Ona tili 1 sinf
ma’nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini
Ona tili fanidan test savollari. 1-sinf O’zbek tilida nechta tovush bor?
A) q, e, k, i, a, h B) e, a, i, o, u, v D) a, e, i, o, u, o’.
8. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
A) 6 ta B) 24 ta D) 30 ta.
9. J harfi necha tovushni ifodalaydi?
A) 1 ta B) 3 ta D) 2 ta.
10. To’rt harfdan iborat so’zni belgilang:
A) dono B) quyosh D) vatan.
11. ,,Chumoli” so’zi nechta harfdan iborat?
A) 5 ta B) 7 ta D) 6 ta.
12. Undosh tovushni ifodalamaydigan harfni toping?
13. Nuqtalar o’rniga undosh tovushlardan mosini qo’ying?
kito…, hiso…, rubo…, ofto…
14. ,,O’quvchi” so’zida nechta undosh tovush bor?
A) 3 ta B) 5 ta D) 4 ta. 15. Alifbo tartibida berilgan so’zlar qatorini belgilang?
A) olma, norin, asal B) ari, bodom, elak D) gul, fan, bol.
16. Ikki bo’g’inli berilgan so’zni toping?
A) sinf B) o’quvchi D) bola
17. Qaysi harf bo’g’in hosil qiladi?
A) undosh B) unli D) ikkalasi ham.
18. Alifbodagi oltinchi harfni toping?
19. So’zlar bir yo’ldan ikkinchi yo’ldan qanday ko’chiriladi?
A) harflab B) bo’ginlab D) ko’chirilmaydi.
20. Qaysi so’z bog’inga to’g’ri ajratilgan?
A) ol-ma B) ishch-i D) olm-a.
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
B | A | A | B | A | D | D | B | D | A |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 |
D | D | B | A | B | D | B | B | B | A. |
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr
xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Mazkur metodik qo‘llanmada yangilik sifatida darslarning texnologik
xaritalaridan namunalar berildi, ishlanmasi berilmagan darslar boshqa
darslar tuzilishidan foydalanib uyushtiriladi.
Ushbu metodik qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikrlarni mualliflar
mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
ONA TILI DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Birinchi sinfda ona tilini o‘qitish o‘quvchilarning lug‘at boyligini
oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va
yozish) ga, fonetika, leksika, so‘z yasalishi va grammatikaga oid bilimlarni
o‘rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilmog‘i lozim.
Ona tili darslarida o‘quvchilar “Tovushlar va harflar”, “Bo‘g‘in”,
“So‘z ma’nosi”, (“Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar”, “Belgini bildirgan
so‘zlar”, “Harakatni bildirgan so‘zlar”, “Sanoq va tartibni bildirgan
so‘zlar”), “Nutq va gap” kabi bo‘limlar asosida tilga oid elementar
bilimlarni egallaydilar. Bunda asosan grammatik tushunchalarni amaliy
o‘rgatishga e’tibor qaratilgan. O‘quvchi mashq matnini o‘qish va yozish
jarayonida grammatik tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi va
keyingi sinflarda bu qoida va tushunchalarni nazariy o‘rganishga zamin
Asosiy diqqat bolaning nutqi va lug‘at boyligini o‘stirish, imlo
savodxonligini tarkib toptirish, ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmasini
shakllantirishga qaratiladi. Shuningdek, ona tili darslarida o‘quvchilarning
chiroyli yozuviga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki birinchi
sinfdan boshlaboq o‘quvchilarning chiroyli yozuviga e’tibor qilinsa, yuqori
sinflarda va hayoti davomida inson did bilan chiroyli yozish malakasiga
Bundan tashqari, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishga alohida
e’tibor qaratildi. So‘z tuzish, uning ma’nosini izohlash, yozilishini bilib
olish, test topshiriqlarini bajarish shular jumlasidandir.
Darslikda o‘quvchilarning til materiallarini oson o‘zlashtirishlarini,
grammatik tahlilni sodda, aniq yo‘llar bilan amalga oshirishlari uchun turli
Mashq shartlarida o‘quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga
undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga
yo‘llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta’minlovchi
Darslikning o‘ziga xos tomoni yana shundaki, har bir yirik mavzudan
so‘ng bilimlarni umumlashtiruvchi dars kiritildi. Bu dars uchun savol va
topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi. Bular o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan
bilimlar hajmini belgilashga, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini o‘zlashtirish
darajalarini aniqlash va tekshirishga yordam beradi.
Bolalar yozuvchi va shoirlar ijodidan namunalar tanlashda ham
matnning soddaligiga, yengil hajv bilan yozilganiga, matnlarda bola uchun
yangi so‘zlar bo‘lishiga, ular ustida rasmlar asosida ishlashga e’tibor
qaratildi. Masalan, o‘quvchi qush so‘zini yoki kundalik hayotida har kuni
ko‘rib turgan qushlar nomini biladi, lekin son-sanoqsiz qushlar nomini
va ularning o‘zini asta-sekin taniy borishiga e’tibor berilmas edi. Biz shu
narsaga alohida diqqat qaratdik.
Birinchi sinf Ona tili darslarida asosan quyidagi dars turlaridan
1. Yangi bilimlar o‘rganiladigan darslar.
2. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash
3. Umumlashtiruvchi darslar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish darslari. Biz quyida ba’zi
darslar namunasini keltiramiz. Lekin bu o‘sha mazmundagi darslarni
o‘tishning yagona andozasi emas.
O‘qituvchilar o‘z tajribalari asosida darslarni yanada samaraliroq
tashkil etishlari mumkin. Lekin barcha darslarda ham quyidagi qismlar
bo‘lmog‘i lozim (tekshirish darslaridan tashqari):
1. O‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
2. O‘quvchilarning o‘tgan darsni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, uy
3. O‘quvchilarning yozuv malakalarini takomillashtirish ustida
ishlash. Husnixat mashqlari.
4. Mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazib, bilimlarni mustah-
5. Quvnoq daqiqa.
6. Dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish. Uni tushuntirish.
8. Mashqlar orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
9. Didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilar bilimini
mustahkamlash va o‘qish malakalarini o‘stirish.
10. Uyga vazifa berish va uni bajarish yo‘llarini tushuntirish.
11. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va darsni yakunlash.
Darsning bu qismlari dars turlariga qarab turlicha metod va usullarda
ONA TILI DARSLARIDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida ona tili, o‘qish bolalarning
lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini
kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini
ta’minlashning muhim omilidir, deyiladi. Bu vazifalar grammatik
mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus
lug‘aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan
o‘rni,vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi – so‘zlovchi fikr-
mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali
ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi.
Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish
faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqar ekan, har
bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning
grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona
tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya’ni fikrini
og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir.
Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida
e’tibor qaratish lozim. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va
imlosi e’tiborda tutiladi. Lug‘at ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj
sezilgan paytda o‘quvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish,
o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi
ona tili darsligida qo‘llangan har bir so‘zning, ta’limiy jarayonlarda:
dars, ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning
ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni
taqozo etishini belgilab olishi kerak. Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so‘zlarning quyidagi
ma’nolari bilan tanishtiriladi:
1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.
O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch
kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo bo‘lgan so‘z bo‘lmasa
ham, o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o‘quvchi uchun yangi so‘z
hisoblanadi. Masalan, 1-sinf «Ona tili» darsligida darparda (eshikparda),
mag‘rur (g‘ururli), xaroba (vayrona), kamol (kamol topmoq – o‘smoq,
rivojlanmoq), komil (yetuk), sarkarda (qo‘mondon), ziynat (ko‘rk, husn),
qasr (hashamatli saroy) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday so‘zlarning
ma’nosini sinonimlar keltirish yo‘li bilan, qarshi ma’noli so‘zlar bilan izoh
berish, gap tuzish orqali ma’nosini ochish, rasmlar orqali tushuncha hosil
qildirish mumkin. Bunday ishlash o‘quvchilarda tilga sezgirlikni yuzaga
2. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.
O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa
ma’nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini
birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir-
ikki ma’nosi bilan tanishsa, 2-, 3-, 4-sinflarda yana boshqa ma’nolarini
bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so‘z tarkibi,
morfologiya, sintaksisni (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va
harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi) o‘rganish
jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi
ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi.
1-sinf «Ona tili» darsligida qalbi olov birikmasi berilgan, uni yonayotgan
olov birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi biri o‘z ma’nosida qo‘llanyapti?
(Yonayotgan olov). Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanyapti? (Qalbi
olov). Yonayotgan olov birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? . Biror
ishni bajarishga ishtiyoqi, havasi kuchli, deb izoh beradilar.
Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali
usul sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, qalbi olov, til topishdi,
rohatini totdi birikmalarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
1-sinf darsligida qizil yuzli bir pari, navqiron shahar, sen mehrning
o‘chog‘i, sen oftobning uyisan, Bahor yam-yashil poyandoz yozdi, ko‘klam
bog‘larga gul taqib chiqdi, karvon bo‘lib kelamiz, chehrasiga tabassum
yugurdi, oq bulutni yetaklab ketdi kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida
ishlash o‘quvchini zar bo‘lmish tilni o‘rnida qo‘llovchi zargar bo‘lishga
3. O‘quvchilar tilida kam qo‘llanadigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.
Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadi. Bu
so‘zning ma’nosini o‘quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o‘rnida
oddiy so‘zlashuvga doir, boshqa tillardan kirgan yoki shevaga oid so‘zlarni
qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish uchun nutqda
qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi
zarur. Masalan, jim – tinch – osuda – osoyishta; yurakdan – dildan; soat
strelkasi – soat millari; garmdori – qalampir; minut – daqiqa; rayon –
tuman kabi.
So‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar
o‘tkazilayotganda ham ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga
o‘quvchilar e’tibori qaratiladi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og‘zaki
hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutqi biri-biridan farqli bo‘lishi, biri
ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan
so‘zi o‘rnida shirinso‘z, tanbeh berdi – dashnom berdi, zilol suv – tiniq
suv, kichik – mo‘jaz, tik – adl, nafis – nozik, ishbilarmon – ishning ko‘zini
biladigan kabi. Bu o‘quvchilarni keyingi sinflarda yozma bayon yozishga
tayyorlaydi, ya’ni so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar
tanlashga e’tibor berishga o‘rgatadi.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy
ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi
nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi.
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar
darslikda kam qo‘llanadi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq
bo‘lganlarini ajratib olib, «Bilib qo‘ygan yaxshi» rubrikasi ostida ishlansa,
o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Grammatik atama-
ning avvalo to‘g‘ri talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar
asosida uning mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish va mashqlar bajarish
orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma
ma’noli so‘z va iboralar, paronim so‘zlar, shakli bir xil so‘zlarning ma’nosi,
imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi: urish – urush: ikki kishining
janjallashib qolishi – urish; ukki xalq, ikki davlat orasidagi jang – urush.
Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil.
2. So‘zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va
talaffuzini o‘rgatish. Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida,
ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, oq, ko‘k) ma’no nozikliklari,
imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan: gul, guldon, gulchi,
gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarining tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar
ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib
borishini anglay boshlaydilar. Shunday o‘rinda o‘qituvchi so‘zlarni o‘z
so‘ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining
burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rgatishda
ham qo‘llaniladi: og‘iz + im – og‘zim, singil + im – singlim, u + ga –
3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash – aqliy
faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarni anglatayotgan ma’nosi,
turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi.
Guruhlash, kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash
uchun avvalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning
o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Masalan, qavm-qarindoshlik
1. Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, bobo, buvi, buva.
2. Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, oyi, bobo, buva, buvi.
Sifatlarda: a) xususiyat bildiruvchi sifat: sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli,
aqlsiz, hayoli, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar
va hokazo; b) ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r,
mazali, bemaza, chuchmal va h.
Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish ishini alfavit asosida
yozdirish ham mumkin.
1. Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing.
2. O‘zingiz bilgan she’r nomlari ro‘yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro‘yxatini tuzing.
5. Ohangdosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
6. Ma’nodosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
Bular o‘rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog‘liq holda
So‘zlarning izohli lug‘atini sinf va maktab miqyosida tuzib,
ko‘rgazmali qilib osib, umumiste’molga kiritish mumkin. Ona tili darsligi
oxirida lug‘atcha berilgan. Bu lug‘atchadan o‘quvchilar asosan so‘zning
imlosini o‘rganib oladilar. Lug‘atdan foydalanish yo‘1-yo‘riqlarini
1-SINFDA O‘TKAZILADIGAN IMLOVIY MASHQLAR
O‘quvchilarning imloviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish
maqsadida 1-sinfdanoq yozma ish turlaridan foydalaniladi.
Yozma ishning dastlabki shakli namunadan ko‘chirib yozishdir.
O‘quvchilar darslikdan va doskadan so‘z, gap va matnni ko‘chirib yozadilar.
Yozganlarini asliga qarab tekshiradilar, xatolarini to‘g‘rilaydilar. Oddiy
ko‘chirib yozuvdan asta-sekin grammatik topshiriqli ko‘chirib yozuvga
O‘quvchilar grammatik topshiriqni bajarish jarayonida imlo yuzasidan
umumlashma fikrlarga keladilar. Masalan, ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ikkala
bo‘g‘inida u kelsa, 2-bo‘g‘indagi u tovushi i tarzida talaffuz qilinadi, lekin
u tovushi yoziladi. Keyin bu qoidani boshqa so‘zlarga tatbiq etadilar.
Shuning uchun imloviy mashqlarni ko‘chirib yozish, grammatik-
imloviy tahlil, lug‘aviy-grammatik tahlil, diktant, bayon kiritildi.
Barcha imloviy mashqlarda o‘quvchilar bilan so‘zning tarkibini
tahlil qilishga, ma’nosini izohlashga, to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlashga, til
materialini husnixat bilan yozishlariga alohida e’tibor qaratish zarur.
1-sinfda diktantning ikki turi o‘tkaziladi:
1. Ta’limiy diktant.
2. Tekshiruv diktanti.
Ta’limiy diktantlar bilim beruvchi xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun
diktantning bu turi darsning biror qismida o‘tkazilaveradi. Ta’limiy
diktantning quyidagi turlari mavjud bo‘lib, undan bolalarga mos tarzda
1) lug‘at diktant;
2) saylanma diktant;
3) ko‘rsatuv diktanti;
5) o‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti;
6) ijodiy diktant;
7) eshituv diktanti.
1-sinfda lug‘aviy diktant imlo qoidalarisiz, ya’ni imlo qoidalari
o‘rganilmasa ham o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar matndagi qaysi
so‘zlarni xato yozib qo‘yishlari mumkin deb o‘ylasa, shu so‘zga o‘quvchi
diqqatini tortadi, ular bilan birga tahlil qiladi, aytilishi bilan yozilishini
taqqoslaydi, farqli o‘rinlarini aniqlaydi. Keyingi darsda shu tahlil qilingan
so‘zlarning 3-4 tasini tanlab, diktovka bilan yozdiriladi. O‘quvchilar
yozganlarini xattaxtadan yoki lug‘atchadan (o‘qituvchi tuzib qo‘ygan)
1-sinfda eng ko‘p o‘tkaziladigan diktantlardan biri saylanma
diktantdir. Bu diktant o‘quvchini fikrlashga, o‘ylashga majbur etadi,
ziyrak bo‘lishga o‘rgatadi. Saylanma diktant o‘zlashtirgan bilimlarni
aniqlash maqsadida ham o‘tkaziladi. Masalan, so‘zlar ichidan shaxs va
narsani bildirgan so‘zlarni tanlab yozish va hokazo topshiriqlar asosida
o‘tkaziladi. Tanlab olib yoziladigan so‘zlarning ham xato yozib qo‘yishlari
mumkin bo‘lgan holatlarini tanlashga, bolalarga mos bo‘lishiga e’tibor
O‘quvchilar yozib bo‘lgach, suhbat yo‘li bilan tanlab olib yozilgan til
hodisalari (so‘zlar) tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuv diktanti 1-sinf o‘quvchilari uchun mos diktant hisoblanadi.
Diktant matni xattaxtaga husnixat bilan yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi, so‘ng
o‘quvchilar o‘qiydilar. O‘quvchilar matnni kuzatib chiqib, qaysi so‘zlarni
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
1-sinf Ona tili va o’qish Raqamlar bo’ylab sayohat dars taqdimoti
Mazkur sahifada 1-sinf Ona tili va o’qish Raqamlar bo’ylab sayohat dars taqdimoti faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material PPTX formatda bo’lib, 6.87 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | 1-5 Sinf Dars ishlanmalar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 6.87 MB |
Fayl turi: | application/octet-stream |
Ko’rishlar: | 36 marotaba |
Ko’chirishlar: | 2 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 08-10-2022 |
Yangilangan: | 08-10-2022 |
Fayl hajmi: 6.87 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 1-sinf ona tili va o’qish raqamlar bo’ylab sayohat dars taqdimoti faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek 1-5 sinf dars ishlanmalar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein