Press "Enter" to skip to content

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Farg’ona viloyati Quva tumanidagi xonadonlarning birida cho’l burguti boqilayotgani aniqlandi.

Farg’onada 13 yoshli bola xonadonida “Qizil kitob”ga kiritilgan cho’l burgutini parvarish qilayotgani ma’lum bo’ldi

Farg’ona viloyati Quva tumanidagi xonadonlarning birida cho’l burguti boqilayotgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, Quva tumanida yashovchi 13 yoshli Adiyatillo ismli bola qanoti singan, uchishga qiynalgan cho’l burgutini uyiga olib keladi. Ota-onasiga bildirmay uni parvarishlaydi.

“Ancha harakat qildim. 3 mahal go’sht berdim. Hozir 10 metr naryoqdan bo’lsa, ham uchib keladi”, – deydi burgutga qarovchi 13 yoshli bola.

Ma’lumot o’rnida, cho’l burguti qarchig’aylar turiga mansub qush turi hisoblanadi. Tanasini uzunligi 60-80 metr hisoblanadi. Vazni 3-5 kggacha. Yevropa va Osiyo cho’llarida tarqalgan. Yerga ba’zan uncha uzun bo’lmagan daraxtlarga in quradi. Sudralib yuruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. U O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi”ga kiritilgan.

Ushbu qushni Adiyotilloning ota-onasi ko’rib, uni parvarishlashga ruxsat beradi. Qariyb ikki yildan beri boqayotgan ushbu qushni, hozirda qancha go’sht yeyishini xonadon egalari yaxshi biladi.

Burgut katta bo’lgandan keyin, ota-onasi uni tabiatga qo’yib yuborish kerakligini aytadi. Lekin bola uni sotishini aytib, cho’l burguti rasmini ijtimoiy tarmoqqa joylaydi.

Shundan so’ng, mas’ullar Adiyotilloning uyiga kelib, undan qushni boqish uchun ruxsatnomasi bor yoki yo’qligini so’radi. Lekin unda ruxsatnoma yo’qligi, lekin uni yaxshi boqib, parvarishlayotganini aytadi. Shu sabbali mas’ullar boquvchini jarimaga tortmagan.

Cho’l burgutini mas’ul xodimlar Farg’ona shahridagi hayvonot bog’iga topshirdi.

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she’ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun’iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma’lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da’vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she’rlar o’qib, ularni asrashga da’vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21-oktabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e’tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta’kidlandi. Shular asosida 21-oktabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e’tibor — elga e’tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so’zlar, she’rlar, qo’shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.«Uchquduq ko’p millatli shahar, — deb yozadi «Xalq so’zi» gazetasi muxbiri A. Pirmatov, — bu yerda muomala madaniyatida davlat tili ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yaqinda shahar madaniyat saroyida «O’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilarga konstitutsiyaviy bilim berish» mavzusida o’tkazilgan tadbir ham buni yana bir bor isbotladi. Tadbirda o’ttizdan ziyod millat va elat farzandlari huquqiy qomusimizni qanchalik bilishlarini o’zbek tilida ifodalashdi. Jonli tildagi savol- javoblar, o’tkir zehnlilar bellashuvi, huquqshunoslar va til mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Bu tadbir shaharda til bayramiga aylanib ketdi. Davlat tili o’z nomi bilan davlatning ramziy belgisiga aylanishiga hamma guvoh bo’ldi» («Xalq so’zi», 2001-yil, 25 oktabr).Toshkent Davlat yuridik institutida «Davlat tili to’g’risida»gi qonunning 12 yilligiga bag’ishlangan «Yuksak huquqiy madaniyat — komillik belgisi» mavzuida tadbir bo’lib o’tdi. Unda ona tilimizning huquqiy bilimlarni ifodalashdagi imkoniyatlari naqadar kengligi, go’zal va boyligi haqida so’z boradi. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov, adabiyotshunos A. Rasulov, shoir va tarjimon Yo’ldosh Parda bo’lg’usi huquqshunoslarga tilimizni puxta o’rganish fazilatlari haqida so’zlab berdilar. Xullas, til bayramining imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir.

Ma’lumot: O’zbek xalq bayramlari. “Sharq”. T.2002.
21-oktabr Xitoy Respublikasida dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni

21-oktabr-Xitoy Respublikasida, Tayvan nomi bilan tanilgan, dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni nishonlanadi. Dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar-ular Xitoydan chiqqan, hozirda boshqa davlatlarda yashayotganlar qatoriga kiruvchilarga nisbatan aytiladi. Agar “xuatsyao” so’zi tarjima qilinsv, xitoy tilidan taxminan “Xitoylik muhojir” ma’nosini anglatadi. Ammo Xitoy adabiyotida “dengiz orti xitoylik” termini qo’llaniladi. Xuatsyaolarga chegara orti mamlakatlarda yashovchi Xitoy va Tayvan aholisi va ularning avlodlariga aytiladi. Xitoyliklarning ongida propiskasi emas, balki uning tug’ilib o’sgan joyi ahamiyatli hisoblanadi. Shuning uchun Xitoyliklar xuatsyaolarni o’zlarining vatandoshlari sifatida qabul qiladilar, chunki ular taqdir taqozosi bilan vatanidan yiroqda yashashga majburligini tushunadilar. Ekspertlarning taxminlariga ko’ra, dunyoning turli mamlakatlarida 40 mln.ga yaqin dengiz orti kelgindilari yashaydilar, ulardan yarmi Janubi-Sharqiy Osiyoda istiqomat qiladilar. Tayvanda hatto “xuatsyao”ga bag’inlangan bayram mavjud. Bundan ko’rinib turibdiki, Xitoy Respublikasi aholisi ularga o’zlarining vatandoshlari sifatida qaraydilar.

21-oktabr olmalar kuni

21-oktabr kuni (shu kunga yaqinroq kunlar ham) Angliyada olmalar kuni o’tkaziladi- 1990-yildan Common Ground hayriya tashkilot tashabbusi bilan nishonlanadigan ushbu bayram o’zining atrofiga mevali bog’lar bilan shug’ullanuvchi bog’bonlarni, omalarning turli navlarini namoyishq mutaxassilarni yig’adi. Tashkilotchilarning fikricha, olmalar kuni o’tkazish orqali tabiatning mo’’jizakorligini, qolaversa atrof muhitdagi o’zgarishlarni kuzatishga yana bir imkon yaratilayotganligini ma’lum qilishdan iborat. Kun g’oyasi shundaki, olma- insoniyat esidan chiqarishi mumkin bo’lmagan jismoniy, madaniy, genetik o’zgarishlar timsolini anglatishidan iborat. Olmalar kunida olmalarning turli navlarini ko’rish mumkin. Olma yetishtiruvchilar olmalarning eng kam tarqalgan navlarini sotib olishni tavsiya qilishadi. Ayram “olma doktori” ham mavjud bo’lib, u olma yetishtiruvchilarga olmalar hayotidan tanishtiradi. Ularni qanday davolash, o’sishiga qanday parvarish lozimligi to’g’risida tavsiyalar berishadi. Tadbirda olma bilan bog’liq turli konkurslar o’ynaladi. Masalan, olma po’stlog’ini kim ko’proq uzunroq artadi va shunga o’xshash musobaqalar bilan bayram yanada mazmunli o’tkaziladi. Ushbu musobaqa orqali qattoki amerikalik Kathy Walfer 1976-yilda Ginnes rekordlar kitobiga kirgan.

Rangli soyabonlar kuni

Aytishlaricha, turli xil rangdagi soyabonlar Andersen ertagi qahramoni Ole Lukoyeda bo’lgan ekan. Ole Lukoye gapga quloq soladigan bolalar boshiga tutarkan, shunda bolalar yaxshi tushlar ko’rishar ekan. Biz esa soyabonlarni kuz faslida tutamiz, chunki boshimizni yomg’irdan asrash kerak. Qulupnoyli soyabon sho’x, yashil rangligi maysani anglatadi, havo rangligi osmon ramzidir, olovrangligi kuz faslini anglatadi. Biz azaldan soyabonlardan yomg’ir kunlari saqlanishga odatlanganmiz, lekin oldindan soyabonlar oftob nurlaridan saqlanish uchun mo’ljallangan edi. Soyabonlarning qachon va kim tomonidan kashf etilganligi ma’lum emas, lekin ularning tarixi juda uzundir, Ma’lumotlarga ko’ra soyabonni birinchi bo’lib xitoyliklar kashf etishgan, bu eramizdan avvalgi XI asrda bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha birinchi soyabonlar qadimgi Vavilon va Misrda quyoshdan himolovchi vosita sifatida foydalanilgan. Qadimda Uzoq Sharqda soyabondan faqatgina qirollik oilasiga mansub kishilar oliy martabi egalari foydalanishgan. Yevropada soyabondan birinchi bor Qadimgi Misr aholisi foydalangan. Ammo ayrim manbalarga ko’ra yomg’irda soyabondan foydalangan xalq rimliklar edi. O’rta asrlarda soyabon ishlatish ozgina susaydi, keyin u yana XVI da Italiyada paydo bo’ldi va soyabon hukmdorlar belgisi sanala boshlandi. 1680-yillarda soyabon Fransiyada keyinchalik Angliyada ham paydo bo’lgan. XVIII asrda soyabon yomg’irdan himoya sifatida butun Yevropada ishlatila boshlandi. Shu davrlar mobaynida soyabonning shakli uncha o’zgarmagan, faqatgina biroz yengilroq bo’ldi. Ayollarga xos bo’lgan turli rangdagi soyabonlar esa XX asrda chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda bahor va kuz oylarida soyabondan unumli foydalanish juda ommalashgan. Hozirda istagan paytda turli rang va shakldagi soyabonlar harid qilib, ulardan unumli foydalanish mumkin.

Shuningdek, 21-oktabr Marshall orollari mustaqillikka erishgan kun

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.