Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
Birinchi o‘zbek ayol dirijyori, olima, traktorchi, pillachi qizlar, ayollar klubi aʼzolari. “O‘zbek ayoli — o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” anʼanaviy II respublika ko‘rgazmasiga fototashrif
Toshkent fotosuratlar uyida Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda anʼanaviy II respublika fotoko‘rgazmasi ochildi.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma taʼlim sohasidagi fidoyi ayollarning 200 dan ziyod fotosuratlarini o‘zida jamlagan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Bundan tashqari, ko‘rgazmadagi suratlarda ayollar taʼlimi tarixi hamda ayollarning ijtimoiylashuvi singari mavzular aks etgan. “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova Fotosuratlar uyida bo‘lib, ko‘rgazma suratlarini galereyaga jamladi.
Fotoko‘rgazma shu yilning 11-mart sanasiga qadar davom etadi. Kirish mutlaqo bepul.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Guliston shahridagi “Quvonch” bolalar bog‘chasi tarbiyachisi Svetlana Soy tayyorgarlik guruhi tarbiyalanuvchilariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda, 1998-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent shahridagi 92-sonli maktabning hind tili o‘qituvchisi D.Yusupova 9-sinf o‘quvchisi Z.Mavlonovaning uy vazifasini tinglamoqda, 1992-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Tepada: Respublika pionerlar madaniyat saroyi “Yulduzcha” xoreografiya ansambli qizlari, 1984-yil.
Pastda: Toshkent shahridagi 107-sonli maktab o‘qituvchisi Muyassar Shomirzayeva lingafon xonasida o‘quvchilarga dars o‘tmoqda, 1989-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbek xotin-qizlari 8-mart bayramini nishonlash chog‘ida, 1930-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Traktorchi kasbini birinchilardan bo‘lib egallagan o‘zbek qizlari, 1930-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Ayollar klubi aʼzolari. Doskada “Din — xalq uchun qora dori” deb yozilgan, 1933-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Markaziy ayollar klubida umumtaʼlim maktabi darslari. Uljayeva Taraxon 6-“B” sinf o‘quvchisi, uy bekalariga kitob o‘qimoqda, 1936-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova K.E.Voroshilov nomidagi Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi savodsizlikni tugatish kursi o‘qituvchisi Nazira Ramazonova tinglovchilarga o‘qishni o‘rgatmoqda, 1938-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Xalq artisti Halima Nosirovaning saylovchilar bilan uchrashuvi, 1938-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Xalq artistlari Tamaraxonim va Mukarrama Turg‘unboyevalar paxta terimida, 1938-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Xalq artisti Tamaraxonim xotin-qizlar davrasida, 1940-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova “Fidokorona mehnatlari uchun” medali sohibasi, Buxoro shahridagi M.Gorkiy nomli maktab o‘qituvchisi Mariya Ivanovna Valyanskaya o‘quvchilarning sinf daftarlarini ko‘rish chog‘ida, 1945-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova ToshMI talabalari Jamilova Sharifa va Shamurotova Qumri darsga tayyorlanmoqda, 1945-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Kuybishev nomidagi ayollar maktabi 4-sinf o‘quvchisi Xabiya Sotiboldiyeva tabiatshunoslik darsida, 1946-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova “Izvestiya” nomidagi Toshkent maktabi o‘quvchilari imtihonga tayyorgarlik chog‘ida, 1947-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputatligiga nomzod, Payariq tumani 38-sonli maktab o‘qituvchisi T.Rahimova, 1947-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent astronomik observatoriyasida professor aspirantga dars o‘tish chog‘ida, 1948-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Samarqand rayoni “Parij kommunasi” qishloq xo‘jaligi arteli mohir bog‘dorchisi Nubuvvat Ahadova uzum hosilini yig‘ishtirmoqda, 1948-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Andijondagi 5-maktab aʼlochi o‘quvchilari geografiya darsida, 1948-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Yangiyo‘l tumani “Sharq yulduzi” kolxozining 7-sinf o‘quvchilari geografiya darsida, 1950-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Xalq artisti Maryam Yakubova, 1952-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi Abdulla Qahhor yosh yozuvchi ayollar bilan, 1954-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Turkman qizlari taʼlim olmoqda. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Musulmonlar maktabi husnixat darsida. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Savodsizlikni tugatish kursida tahsil olayotgan xotin-qizlar, 1928-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova “O‘zbekiston xotin-qizlari” jurnali bosh muharriri, shoira Zulfiya ish ustida, 1954-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Mukarram Gulyamova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, qahramon ona (Toshkent shahridagi 145-sonli maktab o‘qituvchisi), 1955-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova L.Sultanova — birinchi o‘zbek ayol dirijyori, 1955-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Qahramon ona Rahima G‘ulomova mahalla ayollariga “O‘zbekiston xotin-qizlari” jurnali yangi sonini o‘qib bermoqda, 1955-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi N.R.Rahimova talaba qizlar M.Yunusova, I.Hayitqulova va X.Boltayevalarga jismoniy tarbiya darsini o‘tmoqda, 1955-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ganiya Karimova Toshkent shahridagi 28-sonli maktabning sobiq o‘quvchilari davrasida, 1957-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent to‘qimachilik instituti ayol olimasi, texnika fanlari nomzodi, dotsent Maqsuda Xadijanova. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Kolxozning mohir pillachi qizlari Xanum Babayeva va Toktash Gulaeva xirmonda, Surxondaryo viloyati, 1961-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova “To‘qimachi” madaniyat saroyi “To‘quvchi” qizlar klubi aʼzolari dasturxon tuzash sirlarini o‘rganmoqda, 1975-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent davlat universitetining xotin-qizlar jamoasi Xalqaro ayollar kongress yig‘ilishi ochilishi chog‘ida, 1975-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Anorchilik sohasi mirishkorlari bilan o‘zaro suhbat, 1977-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Xo‘jaobod ixtisoslashtirilgan maktab-internatining auditoriyasida mutaxassis bilan mashg‘ulotlar, 1988-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova Toshkent shahridagi L.B.Shastri nomidagi 24-sonli o‘rta maktabning hind tili o‘qituvchisi Raʼno Botirova o‘quvchilarga hindcha qo‘shiq o‘rgatmoqda, 1986-yil. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekiston Qahramonlari: (chapdan) Dilbar Akromova, Vera Pak, Suyima G‘aniyeva, Munojot Yo‘lchiyeva, Martiya Rahmatova, Oyshaxon Qo‘chqorova, Xolchaxon Mirzayeva. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekiston Qahramonlari: (chapdan) Lola Murodova, Manzura Madaliyeva. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova O‘zbekiston Qahramonlari: (chapdan) Onesiya Saitova, Siyosatxon Abdullayeva. Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish
Юсупова, Г., & Сабурова, Ш. (2022). Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 302–306. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5613
- APA
- MLA
Гулара Юсупова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Шахноза Сабурова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Аннотация
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ( PISA, TIMSS, PIRLS)
VA ULARNI AMALDA QO‘LLAY OLISH
Yusupova Gulara Ataxanovna
– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti dotsenti, PhD
Saburova Shaxnoza
– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi.
innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda
kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish
muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan
– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida
o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMA
esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika
bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv
dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija
ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari,
egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho
berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O‘quvchilarning
savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo‘llanma.-T.:2019.-6-bet
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
Hozirgi kunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish,
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda
baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta
qo‘llanilgan.
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va
ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –
15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib
boriladi
PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni
o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich
maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda
o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va
matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
O‘qish savodxonligining maqsadi
– badiiy tajriba orttirish;
– axborotni olish va undan foydalanish.
Tushunish jarayoni:
– diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish;
– to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
– g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;
– kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
oecd.org/pisa/ – PISA xalqaro baholash dasturi sayti
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur
dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim
darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga
yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi
maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni,
o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil
oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan
omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat
qiladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy
farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa,
TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi
sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS
baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan
bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi.
TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va
ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga
alohida e’tibor qaratadi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini
o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi
yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA
baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida
qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5-
sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili,
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib
o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar
savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda
o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni
mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va
sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va
intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida
berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni
mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA
topshiriqlari tuzishi mumkin:
“Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi:
-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa,
birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni
qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000
bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib,
nollarning o‘zi qoladi.
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
1-topshiriq: Javobi tanlanadigan test
Al-Xorazmiy insonning qanday fazilatini 1 ga tenglashtiradi?
A.Uning nasl-nasabini
B.Yaxshi xulqini
S.Husn sohibi ekanligini
D. Boyligini
2-topshiriq: Bir necha javobli test
Al-Xorazmiy insonni yaxshi xulqli, chiroyli va boy
bo‘lishini uch xonali songa tenglashtiradi.
Agar yaxshi xulq yo‘q bo‘lib ketsa, 3 xonali son 2 xonali
songa almashadi.
Xorazmiy ushbu ajoyib tenglamada insonning qiymati,
avvalo, yaxshi xulqi bilan o‘lchanishini ta’kidlayapti.
3. Javobi yoziladigan test:
RIYOZIYOT so‘zi hozirda qaysi fanni bildiradi?
Javob: (Hozirgi matematika fani)
4-topshiriq: Lingvistik topshiriq:
Matn mazmunidan kelib chiqib, bir o‘rinda
bog‘lovchisini, yana bir o‘rinda
ham bog‘lovchisini qo‘llang. Qo‘llangan bog‘lovchilar matn mazmuniga ta’sir
ko‘rsatmasin.
Agar inson yaxshi xulq sohibi va chiroyli bo‘lsa, uning qiymati
10 ga teng. Agar inson ham yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, ham chiroyli bo‘lsa, uning
qiymati 10 ga teng.
Ona tili darslarida bunday keng qamrovli topshiriqlarni qo‘llash matematikadan
o‘rgangan nazariy bilimlarini hayotiy ko‘nikmalar asosida idrok etishimkoniyatini
beradi.
Adabiyot darslarida ham matn mazmunini tinglab tushunish kompetensiyasini
o‘stirish o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda muhim omildir.
Yangi avlod darsliklarida bu talablarga asosiy urg‘u berilayotgani hech kimga sir
emas. 9-sinf adabiyot darsligida Xojaning “Kechadur” g‘azali keltirilgan
o‘rganish jarayonida quyidagi mantiqiy savollar bilan ishlash o‘quvchilarni xalqaro
baholash dasturlariga tayyorlashda dastlabki qadamdir:
Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
1-topshiriq: Xojaning “Kechadur” g‘azalidagi 1-baytdagi “kechadur”
so‘zlariga berilgan to‘g‘ri izohni toping.
1.1-misradagi “Kechadur” so‘zi kunduz so‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan. HA-
2.1 va 2-misradagi “kechadur” so‘zining ikkitadan ma’nosi mavjud. Ha-Yo‘q
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston, 2019. 87-bet.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
2-topshiriq: Geografik bilimlaringiz asosida oy, yil, soat, kun so‘zlarini
xronologik tartibda yozing va ushbu atamalarga ta’rif bering.
Xulosa qilib aytganda, ona tili va adabiyot darslarida aniq fanlar, tabiiy fanlar
bilan fanlararo integratsiyani qo‘llash o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga
tayyorlashning muhim omili hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq,
2. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
3. Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
4. G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.
5. G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
6. Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini
baholashning milliy test sinovi
test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.
7. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,
8. Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical
Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas.
Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.
Библиографические ссылки
Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq, 2020, 155-b.
Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.
G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.
Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.
Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.