Ilm va ta lim
Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat toʻntarishi boʻlib, Kot Urganch amiri Maʼmun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolganini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. U qadimgi Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha ogʻir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor boʻladi. Olim 998-yildan keyin Jurjotga keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan taʼlim oladi.
Нормурод Нарзуллаев (1934-2006)
Нормурод Нарзуллаев (тахаллуси Нарзий) (1934.7.7, Касби тумани — 2006) — Ўзбекистон халқ шоири (2000). Ўзбекистонда хизмат курсатган маданият ходими (1984). Охунбобоев номидаги Қарши педагогика билим юрти (1948), Самарқанд педагогика институтининг тил ва адабиёт факултетини тугатган (1956). Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раисининг давоми…
“Jajji akademik” журналининг тақдимот маросими бўлиб ўтди
Тошкент шаҳридаги “NEXT” савдо-кўнгилочар мажмуасининг “Фанлао лабораторияси”да “Jajji akademik” болалар илмий-интеллектуал журналининг тақдимот маросими ўтказилди. Унда журнал жамоаси, болалар адабиёти ва санъатининг намоёндалари Худойберди Тўхтабоев, Турсунбой Адашбоев, Анвар Обиджон, Шермат Ёрматов ва бошқалар иштирок этди. “IRFON NASHR” МЧЖ муассислигида чоп давоми…
Чакайя У Тамси (Конго)
БУ ЧЕҲРА… Бу чеҳра очиларловиллаган куз гулларидай,Шодлигим бу чеҳрагаҳил-ҳил пишган мева тўла шохларниҳадя этаётганинёки уни кўнгилга яқинўзгача бир кенгликлар,ўзгача бир туманлар сарибошлаётганин кўрибхудо мендан қувонар. Унга қўлларимни ҳадя қиламан,бўзарган қишдан кейингибаҳор гулларидайтонг исмини бераман унгаёнмоқлиги учун пориллаб. Бўсағамни ҳадя қиламанмени давоми…
Владимир Тюрденев: “Россия ташқи сиёсатда очиқлик ва прагматизмга таянади”
Россия Федерацияси ҳамкорлик истагида бўлган барча давлатлар билан дўстона мулоқот ҳамда кенг кўламли ҳамкорликни ривожлантиради. Айни чоқда, мамлакат тўғри ва ҳаққоний деб билган жиҳатларни ўзгартиришга ҳар қандай уриниш фойдасиздир. Москва ташқи сиёсатда очиқлик, холислик, прагматизм ва миллий манфаатларни қатъий ҳимоя давоми…
Омон Мухтор. ХХ асрнинг энг яхши асарлари
Омон Мухтор (1941-2013) — шоир ва ёзувчи. 1. ХХ аср жаҳон адабиётининг 10 энг яхши асари деб қайси асарларни тилга оласиз? 1. Антуан де Сент-Экзюпери. «Кичкина шаҳзода» (қисса). 2. Габриэл Гарсиа Маркес. «Ёлғизликнинг юз йили» (роман). 3. Эрнест Хемингуэй. «Алвидо, давоми…
Эркин Воҳидов. Устоз билан видолашув (1981)
Улкан, эҳтиросли шоирнинг ёниқ юраги уришдан тўхтади. Куни кеча бизнинг орамизда бўлган, дилбар суҳбати билан, тунда ёзган янги шеъри билан дилларни яйратган, ўзининг борлиги, салобати билан давраларга файз бериб турган устоз бир лаҳзада тарихга айланди қолди. Ақл бовар қилмайди, кўнгил давоми…
Умарали Норматов. Олтин зангламас (2013)
Асли исми-шарифи Ғулом Алимов, адабий тахаллуси эса Шуҳрат бўлган беназир ижодкор эл-юртда, адабиёт дунёсида Шуҳрат деган ном билан танилди. Ўзидан катта устозлари, шунингдек, тенгдошлари, ўзидан кичик шогирдлари унга “Ғулом”, “Ғуломжон” ёки “Ғулом ака” деб эмас, балки “Шуҳрат”, “Шуҳратжон”, “Шуҳрат ака” давоми…
Турк олимлари 1300 йил аввалги бармоқ изларини топди
Турк археологлари Мўғулистондаги Тўнюқуқ ёдгорлигидан ўн уч асрлик ноёб бармоқ изларини топди. Бу ҳақда Онадўли ахборот агентлиги хабар беради. “Биз кўплаб археологик кашфиётларга қўл урдик. Аммо улар орасида 1300 йил аввалги бармоқ излари энг эътиборга молик кашфиёт саналади. Бу ўта давоми…
Азим Ҳожиев (1933-2012)
Азим Ҳожиев (1933.18.12, Тошкент вилояти Тошкент тумани — 2012) — тилшунос. Ўзбекистон Фанлар академияси академиги (2000), Ўзбекистон Республикаси фан арбоби (2000), филология фанлари доктори (1968), профессор (1977). Ўрта Осиё университетининг филология факултетини тугатган (1956). Ўзбекистон Фанлар академияси Тил ва адабиёт давоми…
Абдулла Орипов. Буюк эпосга эҳтиром (1999)
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг улуғ эпосимиз — “Алпомиш” достонининг катта тўйини нишонлаш тўғрисидаги тарихий қарори халқ оғзаки ижодига, буюк меросга юксак эҳтиромнинг ёрқин ифодаси бўлди. Ушбу қарорда “Алпомиш” достони аждодларимиз ижодий даҳосининг улкан бадиий ёдгорлиги сифатида жаҳон халқлари этник ижодиёти давоми…
Ilm va ta’lim
Taʼlim jarayoni asosan til vositasida kechar ekan, ona tili taʼlimi taʼlim tizimidagi fanlar orasida alohida oʻrin tutadi. Boshqa fanlarning oʻzlashtirilishi oʻquvchining oʻz ona tilida yozma matnni, ogʻzaki matnni tushunish, oʻz fikrini yozma va ogʻzaki shaklda izchil bayon eta olish koʻnikmasi bilan bevosita bogʻliq. Aytish mumkinki, ona tili taʼlimi har qanday bosqichdagi taʼlimning negizini tashkil etadi. Tilning eng birinchi vazifasi maʼlumotni kodlash va dekodlashdir, yaʼni soʻzlovchi oʻz fikrini toʻgʻri ifodalashi kerak va qabul qilingan nutqda berilgan maʼlumotni toʻgʻri tushunishi kerak. Oʻrta maktabda ona tili taʼlimi tilning aynan shu – birlamchi funktsiyasini qoʻllash malakasini shakllantirishga qaratilishi kerak.
Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobiliyati toʻrt xil kognitiv malakaning oʻzaro bogʻliqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrini ogʻzaki bayon qilish, oʻqib tushunish, fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish ogʻzaki nutq shakli bilan bogʻliq, oʻqib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bilan. Eshitib tushunish va oʻqib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq yaratish jarayonidir. Mazkur malakalarning har biri insonning turli aʼzolari yordamida yuzaga chiqar ekan, ularning har biri oʻzaro bogʻliqligi bilan birga, bir-biridan farqli ekanligiga eʼtibor qaratish zarur. Xususan, nutqni eshitib tushunish inson bosh miyasining chakka qismida joylashgan neyronlar taʼsirlanishi asosida amalga oshadi; oʻqib tushunish bosh miyaning ensa qismidagi neyronlar yordamida; gapirish bosh miyaning peshona boʻlimidagi nutq aʼzolarini harakatlantiruvchi neyronlar yordamida; yozish esa bosh miyaning peshona boʻlimidagi qoʻlni harakatlantiruvchi neyronlar yordamida amalga oshiriladi. Bir qarashda mazkur farqlar muhim emasday tuyuladi, chunki asosda semantik tizim bitta boʻladi, semantik tizim qolgan hammasini boshqaradiganday tasavvur qilamiz, chunki sogʻlom odamda mazkur toʻrt malakaning jiddiy farqi sezilmaydi. Koʻp kitob oʻqigan odam yaxshi gapiradi, yaxshi yozadi deb qaraladi, bunday boʻlmasa u istisno sifatida eʼtiborga olinmaydi. Mazkur yondashuvga neyrolingvistik tadqiqotlar chek qoʻygan. Nutqiy patologiyasi bor bemorlar kuzatilganda, ularning gapirishi va tushunishida farq borligi aniqlangan. Masalan, Broka afaziyasiga chalingan bemorlar gapni nisbatan yaxshi tushunadi, biroq yaxshi gapira olmaydi, ularning nutqi telegrafik xarakterda boʻladi. Shuningdek, afaziyaga chalingan kishi bir narsaning nomini ogʻzaki aytganda boshqacha, yozma yozib berganda boshqacha aytish holatlari kuzatilgan. Masalan, B.Rapp va A.Karamatsa bir bemor rasmni yozma va ogʻzaki nomlashda ikki xil natija koʻrsatganligini qayd etganlar . Jumladan, bemorga choʻtkaning rasmi koʻrsatilganida bemor yozma javobda “choʻtka” deb yozgan boʻlsa-da, ogʻzaki javobda “taroq” degan. Shuningdek, piyoz rasmi koʻrsatilganda yozma “piyoz”, ogʻzaki “banan”, boyoʻgʻli rasmi koʻrsatilganda yozma “boyoʻgʻli” ogʻzaki “toshbaqa” javoblarini bergan. Bu kabi tajribalar natijalari umumlashtirilib soʻzning inson ongida aks etish modeli yaratilgan. A.Ellis va A.Yang muallifligidagi ushbu modelь markazida semantik tizim turadi. Unda ikkita qabul qiluvchi tizim: koʻrish tahlil tizimi va eshitish tahlil tizimi; ikkita chiquvchi tizim: fonema va grafema darajasi mavjud.
Eshitish tahlil tizimi orqali nutq tovushlari qabul qilinib olar ekan, u audio-kirish leksikonidagi mavjud soʻzlar bilan solishtiriladi va soʻz nutqiy oqimdan ajratib, soʻz sifatida anglanadi, mazkur shaklga bogʻlangan maʼno faollashadi. Mohiyatan olganda biz nutqni turli chastotalarga ega tovush toʻlqinlari sifatida qabul qilamiz. Mazkur toʻlqinlar insonning quloq pardasini turli chastotalarda tebratadi. Bu tebranishlar insonning eshitish tizimi orqali bosh miyaga uzatiladi. Biz eshitib tanigan soʻz – bu bir xilda takrorlangan toʻlqin chastotalari demak. Uning maʼnosi esa oʻsha toʻlqin chastotalari guruhi qabul qilinganda inson turgan vaziyat bilan bogʻliq holda shakllangan boʻladi. Shu zaylda insonda audio-kirish leksikoni shakllanadi.
Matnni oʻqiganimizda esa biz tekislikda aks etgan turli chiziqlar majmuini qabul qilamiz, ular grafema deb ataladi. Mazkur grafemalarga maʼlum til tizimidagi fonemalar shartli ravishda bogʻlangan boʻladi. Insonda oʻqish tajribasi ortib borar ekan, u soʻzlarni harflab emas, butun qabul qilish darajasiga chiqadi. Bunda soʻzning boshidagi va oxiridagi harf muhim boʻladi. Grafemalarning maʼlum kombinatsiyalari koʻp takrorlanishi ortidan insonda vizual kirish leksikoni shakllanadi.
Shifokorlarning yozuvi xunuk degan stereotip mavjud. Ular yozgan retseptni nima uchun bemor yoki oddiy sotuvchi oʻqiy olmaydi, lekin dorixonadagi farmatsevt oʻqishda qiynalmaydi? Shifokor retseptda dorilarning nomini yozadi. Dorilarning nomi soʻz sifatida bizning lugʻatimizda faol qoʻllanuvchi soʻzlar sirasiga kirmaydi. Odatda, biz u dorining nomiga birinchi marta duch kelamiz, yaʼni bizning vizual kirish leksikonimizda dorining nomi birlik sifatida mavjud emas. Farmatsevtning vizual leksikonida esa u soʻz bor, shuning uchun shifokorning yozuvi qanchalik tushunarsiz boʻlmasin, farmatsevt oʻzi tanigan ayrim harflar kombinatsiyasidan gap aynan qaysi dori haqida ketayotganligini anglay oladi.
Inson soʻzlar ekan uning nutq apparati ishlaydi. Uni ishlatishni inson chaqaloqligida turli tovushlarni chiqarib sinab koʻrish orqali oʻrganadi. Bola talaffuzda avval tovush, keyin boʻgʻin, keyin soʻzga oʻtishi ham nutq apparatini boshqarishni sekin-sekin, oddiydan murakkabga tomon oʻzlashtirishini dalillaydi. Oʻzbek bolalarining aksariyati non emas nanna deyishi bola hali nutq apparatini toʻliq boshqara olmayotganini bildiradi. Xususan, o – lablangan unli, uni talaffuz qilish lablanmagan unli boʻlgan a unlisiga nisbatan koʻproq harakat talab qiladi. Soʻzni undosh bilan tugatish oʻpkadan ogʻiz boʻshligʻi orqali chiqayotgan havo oqimini toʻxtatish demak. Unli bilan tugatish esa qoʻshimcha harakat talab qilmaydi. Shuning uchun bola soʻzlarni avval nutq apparatini boshqarishni oʻrgangan darajasida talaffuz qiladi va bu odatda kattalarning talaffuzi bilan bir xil boʻlmaydi. Bola oʻzi talaffuz qilgan soʻzni eshitadi va kattalarniki bilan solishtira olgani uchun oʻz xatosini anglaydi, oʻz talaffuzi ustida ishlashi ortidan soʻzlarning toʻgʻri talaffuzini oʻzlashtiradi. Soʻzni talaffuz etish murakkab jarayon. Masalan, shu non soʻzini olaylik: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi ovoz paychalari, ogʻiz boʻshligʻi va burun boʻshligʻiga taqsimlanib, tilning old qismini tanglayga tekkizib ogʻiz boʻshligʻidagi havo oqimini toʻsib, n undoshini talaffuz qilish, keyin tilni pastga tushirib, tilning orqa qismidagi muskullarni, lablarni harakatlantiruvchi muskullarni qisqartirish bilan o unlisini talaffuz qilish, keyin tilni yana avvalgi joyiga qaytarib n undoshini talaffuz qilish demakdir. Har bir muskul qisqarishi uchun bosh miyadan alohida signallar joʻnatiladi. Maʼlum soʻz qayta-qayta talaffuz qilinar ekan, uning talaffuzi uchun ishlaydagan muskullarga joʻnatiladigan signallarni boshqaruvchi neyronlar oʻrtasida aloqa mustahkamlanib boradi. Shu asosda insonda ogʻzaki chiqish leksikoni shakllanadi. Grafemik chiqish leksikonining shakllanishida ham shu kabi tamoyilga amal qilinadi, faqat unda qoʻlning harakatini nazorat qiluvchi neyronlar guruhi ishlaydi.
Bitta soʻz misolida ogʻzaki va yozma shakl qabul qilishda hamda yaratishda qanday farqlanishini koʻrib chiqdik. Endi bevosita tilni qoʻllashdagi toʻrt malakaning har biriga alohida toʻxtalamiz.
Eshitib tushunish
Eshitish insonning lisoniy qobiliyati shakllanishidagi asosdir. Inson bolasi homilalik davrida eshitishni boshlaydi . Psixolingvistik tadqiqotlarda yangi tugʻilgan bola oʻz ona tilisini boshqa tillardan farqlashi isbotlangan. Inson tilni eshitib qabul qiladi, shu asosda inson ongida til tizimi shakllanadi. Maktab yoshiga yetgan bola oʻz muloqot tajribasi doirasida eshitib tushunish koʻnikmasiga ega boʻladi. Ona tilini oʻzlashtirish borasida qilingan tadqiqotlardan maʼlumki, bola oilada ota-onasi va boshqa kattalar tomonidan qoʻllangan soʻzlar va gaplarni oʻzlashtiradi. Demak, maktabga kelgan bolalarning lisoniy tajribasi bir-biridan farq qiladi. Maktabga kelgan bola oʻzi koʻnikkan lisoniy muhitdan butkul farq qiluvchi muhitga tushadi va shunga mos ravishda unga yuklangan kommunikativ vazifa ham oʻzgaradi. U endi nutqni qisqa bitta yo ikkita gap hajmida emas, dars mavzusi doirasida qurilgan kattaroq hajmdagi ogʻzaki nutqni eshitib tushunishi, unda aytilgan masalalarni bilim sifatida oʻzlashtirishi lozim boʻladi. Bolada birinchi qiyinchilik tugʻdiradigan narsa bu bola dekodlashi, yaʼni tushunishi kerak boʻlgan lisoniy birlik tuzilish jihatdan murakkabroq va hajman kattaroq boʻladi. Bolaning ongi bu oʻzgarishga moslashishi uchun eshitib tushuniladigan materiallar soddadan murakkabga qarab berib borilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, bolada eshitib tushunish mashq qildirilishi kerak. Bolaga eshittirilayotgan matnning diqqat talab qildigan qismlariga urgʻu bergan holda bolaga topshiriq berish bolada eshitish davomida diqqatni ushlash koʻnikmasini shakllantiradi.
Tushunish jarayoni oʻrganilganda shu narsa maʼlum boʻlganki, eshituvchining emotsionalligi va stereotiplari sabab eshituvchi berilgan matnni toʻliq eshitmasligi mumkin . Bu ham eshitib tushunishga xalal beradigan holat boʻlgani uchun oʻrta maktabdagi mashgʻulotlar davomida alohida eʼtibor talab qiladi. Bola tushunishda yoʻl qoʻygan xatolari muntazam ravishda koʻrsatilsa va xatoning asosi tushuntirib borilsa, bola tushunish jarayonini ongli ravishda boshqarishga oʻrganadi.
Masalan, sevgi haqidagi bir qoʻshiqning klipida xonanda va cholgʻuchilarning orqasidagi fonda dunyo xaritasi turibdi. “Qoʻshiq global masala haqida emas, sevgi haqida boʻlsa, klipda dunyo xaritasiga nima bor?” degan savol kishini oʻylantiradi. Savolning javobi qoʻshiq soʻzlaridan kelib chiqadi: “yuragimni chizib berdim, qaramading, xaritasin tuzib berdim, qaramading. ” Ayni vaziyatda xarita soʻzi bilan dunyo xaritasi sifatida qabul qilingan.
Matnning bir parchasi (ayni vaziyatda matndagi bir soʻz) taʼsirida yuzaga kelgan assotsiatsiya tushunishning boshlangʻich darajasida ongda hosil boʻladi va matn mazmuni toʻligʻicha qabul qilinganda u chetga chiqishi kerak. Masalan, kishi “yuragim. xaritasin tuzib berdim” jumlasini eshitish jarayonida xarita soʻzini alohida qabul qilganda dunyo xaritasi tushunchasi unga assotsiatsiya boʻlishi mumkin. Ammo xarita soʻzini qoʻshiq matni ichida u bogʻlangan yurak soʻzi bilan birga qabul qilar ekan, uning koʻchma maʼnoda qoʻllanganini xulosa qiladi va dunyo xaritasi tushunchasi tushunish jarayonida boshqa ishtirok etmasligi kerak. Keltirilgan misolda dunyo xaritasi tushunchasi klipga orqa fongacha yetib borganligidan bilish mumkinki, xaritasi soʻzining matn ichidagi maʼnosi retsipiyent tomonidan qabul qilinmagan, balki alohida soʻz sifatida qolib ketgan. Mazkur holatlar bizga tushunish jarayonidagi tafsilotlar haqida maʼlumot beradi. Ona tili oʻqituvchisining matnni tushunish jarayonidan toʻliq xabardor boʻlishi, undagi har bir darajada qanday lisoniy birliklar ishlashini bilishi bolaning tushunishiga toʻgʻri baho berish va uning tushunish qobiliyatini oʻstirishga xizmat qiladi.
Oʻqib tushunish
Maktabda birinchi sinfda harflar va yozma matnni oʻqish oʻrgatiladi. Keyinchalik oʻqish darslarida matnni oʻqib tushunish koʻnikmasiga eʼtibor qaratiladi. 5-sinfdan keyin matnni tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham baʼzan matndan parchalar beriladi, ammo ular bevosita oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi. Badiiyat obrazlar bilan ish koʻrar ekan, unda matnda qoʻllangan vositalarni toʻgʻri dekodlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmaydi. Ona tili fani doirasida esa grammatik qonun-qoidalar matndan uzib olingan alohida gaplar misolida tushuntiriladi, matnni til birligi sifatida oʻrganish, tahlil qilishga koʻp eʼtibor qaratilmaydi.
Matnni oʻqib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon boʻlib, grafemalarni tanish, soʻzni oʻqish, soʻzning lugʻaviy maʼnosini, kontekstual maʼnosini anglash, sintaktik strukturani toʻgʻri hal etish (yaʼni soʻzlarning oʻzaro munosabati, qaysi soʻz gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini tushunish kabi darajalardan iborat boʻladi . Mazkur darajalar matnni tushunish, uning mazmuniy proyektsiyasini ongda hosil qilgunga qadar kechadigan jarayonlar boʻlib, matnni oʻqib chiqqan har bir oʻquvchi mazkur darajalardan oʻtib matnni toʻliq tushunadi deb boʻlmaydi. Har bir oʻquvchining qabul qilish qobiliyati har xil boʻlgani uchun matnni bir xilda oʻqib chiqqanlar tushunishning har xil darajasida turgan boʻladi. Oʻqituvchi ushbu darajalarni yaxshi bilsa, savollar yordamida oʻquvchining qaysi darajada turganini aniqlashi, matnni yaxshiroq tushunishi uchun yoʻnalish berishi mumkin boʻladi. Ona tili darsliklaridagi matn bilan ishlash mashqlari ham mazkur nazariy maʼlumotga asoslanishi lozim. Masalan, matnni tushunishning dastlabki darajasi assotsiativ daraja boʻlsa, unda oʻquvchida matn mavzusi, matn uslubi va matndagi soʻzlarga assotsiatsiyalar yuzaga keladi. Keyingi daraja bu leksik-morfologik daraja boʻlib, bunda oʻquvchi matndagi soʻzlarni va ularning maʼnosini tushunadi. Uchinchi daraja kontekstual daraja boʻlib, unda soʻzlarning kontekstual maʼnolari anglashiladi. Fikrimizcha, matn bilan bogʻliq mashqlarda aynan shu uchinchi darajaga koʻproq urgʻu berilishi kerak, chunki unda soʻzlarning matn ichida qanday maʼnoda kelayotgani anglashiladi, demakki, soʻzlar alohida birlik darajasidan matn mazmunining tarkibiy qismi darajasiga koʻtariladi. Oʻquvchiga matnda maʼlum tushunchani ifodalayotgan soʻzlarni va soʻz birikmalarini topish, matndagi jumlani oʻz soʻzlari bilan ifoda etish kabi topshiriqlar soʻzning kontekstual maʼnosiga yaxshiroq eʼtibor berishga undaydi. Shu kabi mashqlar asosida bolada matnni diqqat bilan oʻqish koʻnikmasi shakllanib boradi.
Ogʻzaki nutq
Inson hayotining dastlabki vaqtidanoq muloqot ehtiyoji sabab tilni oʻzlashtiradi, gapirishga harakat qiladi. Yillar davomida tajriba asosida ogʻzaki nutq oʻzlashtiriladi.
Jonli suhbatdan tashqari biror nutq soʻzlash talab qilingan vaziyatda jamiyatimizda odatda, bir xil gaplar aytilganiga guvoh boʻlamiz. Toʻyda tabrik aytilganda “Baxt tilayman, doim baxtli boʻling” kabi jumlalar, biror kino yoki hodisaga munosabat soʻralganda aksariyat soʻzlovchilar “menga yoqdi, shunday kinolar koʻpaysin” deb javob beradi. Bunday nutqlarda tahlil, xulosa emas, faqat munosabat aks etadi. Mazkur munosabat ham yo salbiy, yo ijobiy boʻladi. Vaholangki, hodisani har kim oʻz ongi, hayotiy tajribasidan kelib chiqib qabul qiladi va har kimning oʻz talqini boʻladi. Oʻrta taʼlimda bolaning ogʻzaki nutqi biror fandan oʻtilgan maʼlum mavzuni gapirib berishda koʻriladi. Bunda bolaning mavzuni bilish-bilmasligi baholanadi, ogʻzaki nutq mahorati alohida eʼtiborga olinmaydi. Ona tili darslarida ogʻzaki nutq uchun alohida mashgʻulotlar ishlab chiqilishi zarur. Bunda birinchi navbatda bolaning oʻz fikrini lisoniy vositalar yordamida toʻgʻri ifodalash, mavjud lugʻat boyligidan oqilona foydalanish, bir mavzudan chetga chiqmay gapirish, nutqni toʻgʻri strukturalashtirish, yaʼni mavzuga kirish, asosiy fikrni aytish va xulosalash; aytadigan gapi eshituvchiga qanday taʼsir qilishini oldindan baholay olish, tinglovchining diqqatini ushlab turish kabi koʻnikmalar shakllantirilib, takomillashtirilib borilishi zarur. Bu kabi mashgʻulotlarda faqat monologik nutq bilan cheklanmasdan, suhbat, bahslar tashkil etish, bahsda oʻz fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini tinglash, ularga munosabat bildirish kabi koʻnikmalar shakllantirilishi kerak. Inson ongining ishlashi tajribaga asoslanadi. Shuning uchun bolada qaysi koʻnikma hosil boʻlishi maqsad qilinsa, darslarda oʻsha boʻyicha mashqlar muntazam tashkil qilinish kerak.
Yozma nutq
Oʻrta taʼlimda qoʻllanadigan yozma nutq shakllari asosan, bayon, diktant va inshodan iborat. Bayon va inshoda boladan ijodiylik talab qilinar ekan, u faqat badiiylik nuqtai nazaridan baholanadi. Mavzular ham asosan badiiy uslubga mos holda tanlanadi. Maʼlumki, badiiy matn uchun badiiy tafakkur zarur, badiiy tafakkurning asosida insonning individual hayotiy tajribasi yotadi, yaʼni maʼlum ruhiy holat hayotda kuzatilgan maʼlum predmet yo hodisa bilan assotsiatsiyalanadi. Tabiiyki, professional yozuvchi va maktab oʻquvchisining oʻrtasida yosh jihatdan, hayotiy tajriba jihatidan katta farq bor. Yozuvchi qoʻllagan jumla va obrazlar har doim ham maktab oʻquvchisi uchun tushunarli boʻlmasligi mumkin. Til taʼlimidagi bu nomutanosiblik oʻquvchi til malakasining rivojlanishiga salbiy taʼsir etadi. Natijada, bola oʻz mustaqil fikrini oʻz soʻzlarini bayon qilmay, odatda eshitgan tayyor jumlalardan foydalanishga harakat qiladi. Shu bilan bogʻliq holda bola yozishga boʻlgan ragʻbatini yoʻqotib qoʻyishi yoki umuman paydo qilmasligi mumkin. Yozma nutqni rivojlantirish uchun tanlangan mashgʻulot mavzulari dars berilayotgan vaqt uchun dolzarb va oʻquvchi uchun qiziq boʻlishi kerak. Shunday mavzu tanlanishi kerakki, bola oʻsha haqida fikr bildirish istagi kuchli boʻlsin. U xoh kecha boʻlib oʻtgan futbol matchi boʻlsin yoki mashhur serial boʻlsin. Mazkur masalalarga boʻlgan qiziqishdan bolaning kognitiv rivojlanishini taʼminlash uchun samarali foydalanish mumkin.
Shuningdek, turli mavzu va uslubdagi matnlar yuzasidan yozma topshiriqlar bajarish oʻquvchining yozma nutq haqidagi bilimi tasavvurlarini kengaytiradi. Bunday topshiriqlar matndan maʼlum kommunikativ vazifada qoʻllangan soʻz va soʻz birikmalarini topish, ularning nima uchun qoʻllanganligiga izoh berish, matn ichidan matnning bir butunligini taʼminlab turishga xizmat qiladigan vositalarni aniqlash, matn va uning boshqa muallif tomonidan yozilgan bayonini qiyoslash kabi mashqlar yozma nutqning charxlanishiga xizmat qiladi.
Yuqoridagilarni xulosalab shuni aytish mumkinki, har qanday dars psixolingvistik jarayondir, chunki bola unda til vositasida berilgan maʼlumotni dekodlaydi yoki oʻz bilimini ifodalash uchun kodlaydi. Insonning har qanday kognitiv koʻnikmasi tajriba asosida shakllanadi. Mazkur xulosa sunʼiy ong yaratishga urinishning dastlabki paytida vujudga kelgan. Olimlar hatto shaxmat oʻynashday oʻta mantiqiy jarayonda ham tajriba hal qiluvchi ahamiyatga egaligini qayd etganlar. Boshqacha aytganda, qoidani yodlash har doim ham uni amalda samarali qoʻllashni taʼminlaydi degani emas. Insonning til malakalarini qanday namoyon qilishi vaziyat, tinglovchi, ruhiy holat, kayfiyat, taassub kabi omillar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq ekan, nutq jarayonida bu omillarni va ularning taʼsirini farqlay olish nutqning nazorat qilinishini qoidalarga nisbatan yaxshiroq taʼminlaydi. Shuning uchun ham oʻrta taʼlimda ona tili darslari eshitib va oʻqib tushunish, ogʻzaki va yozma nutq koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Azimova I.A. Oʻzbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psixolingvistik tadqiqi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent, 2008.
2. Clark, Eve V. First Language Acquisition. New York: Cambridge University Press, 2003. Pp. xvi,515. ISBN 0-521-62997-7.
3. Ellis, A.W., & Young, A.W. (1988). Human cognitive neuropsychology. Hove, UK: Lawrence Erlbaum Associates Ltd.
4. Rapp, B. C., & Caramazza, A. (1997). The modality specific organizations of lexical categories. Brain and Language, 56, 246-286.
Kalit soʻzlar: ogʻzaki nutq, yozma nutq, oʻqib tushunish, eshitib tushunish, psixolingvistika, Iroda Azimova
Ona tili adabiyot kirish fanlari
Iltimos savolim e’tiborizdan chetda qolmaydi, degan umiddaman.
Javob:
1. Sport jurnalistikasi yo’nalishiga 25 ta kvota ajratilgan va Xalqaro jurnalstika yo’nalishiga kira olmagan abituriyent berilgan kvota asosida o’qishga qabul qilinadi.
2. O’zJOKUda xalqaro jurnalistika va sport jurnalistikasi yo’nalishlaridan tashqari yo’nalishlar mavjud bo’lib, bir-biriga yaqin yo’nalishlarni tanlashni maslahat beramiz.
- Savol: Ijodiy imtihonlar Toshkent shahrida o’tkaziladimi yoki test imtihonlari kabi viloyatlarda ham o’tkazilishi ta’minlanadimi?
- Javob:Ijodiy imtihonlar Toshkent shahrida, universitet hududida o’tkaziladi.
- Savol: Jurnalistika universitetiga hujjat topshirganimizdan so’ng, boshqa universitetlarga hujjat topshirish imkoni yo’qligini aytishdi. Nima uchun biz boshqa oliygohlarga hujjat topshirish imkoniyatiga ega emasmiz.
- Javob:Jurnalistika universitetining shifri boshqa universitet shifriga to’g’ri kelamaganligi va ijodiy imtihonlar mavjudligi sababli abituriyentlar hujjatlarni jurnalistika universitetining xohlagan 3 ta yo’nalishiga topshirishlari mumkin. Bizda faqat bir yo’nalish mavjudki, Mediamarketing va reklama yo’nalishi jurnalistika faoliyat turlariga kirmaydi va shifr boshqa oliygohlarga ham to’g’ri keladi. Ushbu yo’nalishda ijodiy imtihonlar mavjud emas va siz abituriyentlar boshqa universitetlarga topshirish imkoniyatiga egasiz
- Savol: Onlayn xujjat topshirish mumkinmi
- Javob:Yo’q. Kerakli hujjatlar (pasport , diplom yoki attestat) bilan kelishingiz yoki hududlardagi joylarga borib topshirishingiz kerak.
- Savol: Imtihonlar qachon boshlanadi
Javob: Imtohonlar kunini va vaqtini aniqlash aniqlash uchun 95 4755151 ga qo’ng’iroq qilishingiz va uzjoku.uz saytidan ma’lumot olishingiz mumkin.
- Savol: Assalomu alekum jurnalistika universitetiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan boladi?
- Javob:Assalomu alaykum. 7 ta yo’nalishda ( Bosma OAV, Teleradio jurnalistika, Axborot xizmati va PR, Sport jurnalistikasi, Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika va Xarbiy jurnalistika) ona-tili va adabiyot, ingliz tilidan test bo’ladi. Shuningdek, ijodiy imtihonlar (og’zaki va yozma) mavjud. Faqat ikkita yo’nalish Mediadizayn, Mediamarketing yo’nalishida matematika fani ham mavjud. To’liq ma’lumotni 95755151 yoku uzjoku.uz dan olishingiz mumkin.
Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 4-sentyabrda qadimgi Kot shahrida tavallud topdi. Uning nasl-nasabida “berun” soʻzi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” maʼnosini bildiradi. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda, falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (matematika), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi.
Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli boʻlgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qoʻlida taʼlim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zoʻr hurmat bilan tilga oladi. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta oʻrganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim boʻlib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sugʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini oʻrgandi. Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990-yildan Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan.
Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat toʻntarishi boʻlib, Kot Urganch amiri Maʼmun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolganini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. U qadimgi Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha ogʻir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor boʻladi. Olim 998-yildan keyin Jurjotga keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan taʼlim oladi.
Beruniy “Alosor al boqiya an alqurun alholiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. Beruniy uni yozishga juda katta tayyorgarlik koʻrdi. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini oʻrgandi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qoʻlyozma shaklida ayrim shaxslar qoʻlida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda isteʼdodli ekanini koʻrsatadi. Beruniy 1005-yilda Xorazmga qaytadi va soʻngroq uni yangi hukmdor Ali Abbos Maʼmun II saroyga yaqinlashtiradi. Oʻsha davrda Urganchda Xorazmshoh saroyida koʻp mashhur olimlar toʻplanib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlar olib boradilar. “Maʼmun akademiyasi” deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, u shoh Maʼmun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida boʻlgan. Ularning savol-javoblaridan va Beruniyning Ibn Sinoga yozgan eʼtirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan ham qiziqqanini koʻrsatadi. Bu savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borgan. Xorazm Mahmud Gʻaznaviy tomonidan (1017) bosib olingach, Beruniy Xorazmshoh saroyidagi boshqa bir qancha olimlar bilan birgalikda Gʻazna shahriga olib ketildi. Beruniyning Gʻaznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻldi.
Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning geodeziyaga oid muhim asari “Tahdid nihoyot ilamokin li tasʼhih masofot ilmasokin” (“Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash”) 1025-yil 18-noyabrda yozib tugatilgan. Bu asarning birdan bir qoʻlyozmasi Istanbulda, birinchi marta rus tiliga shu qoʻlyozmadan “Geodeziya” nomi bilan tarjima qilindi (Toshkent, 1966). “Geodeziya” Beruniyning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri boʻlib hisoblanadi. “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar” asari ham 1029-yil Gʻaznada yozilgan. Asarning forscha va arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning mashhur “Hindiston” asari— “Tahqiq mo lilHind min maʼqula maqbula filaql av marzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi”) 1030-yilda yozilgan. Bu asar Gʻarb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan.
Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida Beruniy shohga hamroh boʻlgan. Hindistonda sanskrit tilini puxta oʻrganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” hajmi jihatidan juda katta asar.
Beruniy astronomiyaga oid “AlQonun alMasʼudiy” (“Masʼud qonuni”) asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Kitobning qachon yozib tugatilgani aniq emas. Bu asar Beruniyning falakiyotga doir eng muhim asaridir. Oʻrta asr olimlari bu asarni juda yuksak baholagan. Shundan keyin u yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”, yaʼni “Kitob al jamohir fi maʼrifat al javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami”)dir. Bu risola oʻz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, Yevropada mineralogiya sohasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. Uning oxirgi asari – “Dorivor oʻsimliklar haqida kitob”ning qoʻlyozmasi XX asrning 30 yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur, unda Sharqda, jumladan, Turkistonda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning tavsifi berilgan.
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zoʻr qobiliyati uning koʻpchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan eʼtirof etilgan. 1035-36-yillarda Beruniy oʻz ilmiy ishlarining roʻyxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan Kitob va risolalari 113 taga yetgani koʻrsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qoʻshsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Koʻpchilik asarlari oʻz zamonasida oʻziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi maʼdanshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir.
Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina maʼlum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yoʻq. Beruniy ijodini oʻrganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari oʻtgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Masʼud qonuni”, “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar” va boshqa asarlarining matni nashr etildi”: turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va oʻzbek tillarida chop etildi. Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi nazariyalarning toʻgʻriligiga shubha bilan qaraganini ochiq bayon etadi.
Beruniy oʻz asarlarida ayrim hodisalar toʻgʻrisida ham yozgan. Masalan, (birinchi boʻlib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan. U amaliy astronomiya masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullanar edi. Oʻzining aniq va puxta astronomik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi ogʻishining kattaligi (23°34ʼ) va ekliptika ogʻishi uzunligining asriy oʻzgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va oʻziga zamondosh boʻlgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning koordinatalari va “yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar ” jadvalini tuzgan.
Beruniy oʻz zamonasining ulkan matematiklaridan biri edi. Uning matematika faniga qoʻshgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari maʼlum tartib bilan taʼriflandi. Olimning arifmetika va algebrasining katta yutugʻi shundan iboratki, unda irratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti boʻlib qoldi. Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani koʻrib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi.
Beruniy trigonometriya sohasida ham katta yutuqlarga erishdi. Baʼzi bir hozirgi zamon tadqiqotchilari Beruniyni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb eʼtirof etmoqda. “AlQonun alMasʼudiy” asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funksiyaning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, oʻrtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha oʻnli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi.
Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham Beruniyning qoʻshgan hissasi beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy geografik adabiyotda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni umumlashtirib oʻziga zamondosh boʻlgan sayyoh va savdogarlar toʻplagan maʼlumotlar bilan uni yana-da boyitadi. Olim qoldirgan geografik maʼlumotlarning koʻpchiligi u yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi. Beruniyning oʻsha vaqtda uncha maʼlum boʻlmagan shimoliy oʻlkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi maʼlumotlari, Sibirning “bizda yoz boʻlganda, u yerda qish boʻladigan” joylari haqida xabarlari qiziqarli.
Beruniy Xitoy va Tibetga tutash oʻlkalarni ham oʻzidan oldingi olimlarga nisbatan toʻla va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qarama qarshi Atlantika va Hind okeanlarining janubiy tomoni bir-biriga tutashganini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qitʼalari orasida bir vaqtlar boʻgʻoz boʻlgan va Yer sharining janubiy tomoni quruqlik boʻlgan, deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob maʼlumotlar sharq geografik adabiyotida muhim rol oʻynagan. Tarixda Amerika qitʼasini 1492-yil oktabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etgani qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham maʼlum. Olim oʻzining “Hindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik toʻgʻrisida gapirib, “. Yerning choragi maʼmuradir. Maʼmurani gʻarb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) oʻrab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida boʻlishi mumkin boʻlgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (gʻarbdan va sharqdan) ajratib turadi. ” deb yozgan. Shunday fikrni “AlKonun alMasʼudiy” asarida ham uqtiradi. Demak, gʻarbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik, Amerika deb nomlangan qitʼaning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450-yilcha oldin taxmin qilib, oʻz asarlarida bir necha bor yozgan.
Beruniyning gʻarbiy yarim sharda katta quruqlik borligi toʻgʻrisidagi fikri XV-XVI asrlarda oʻz tasdigʻini topdi. Beruniy matematik geografiya taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U joylarning geografik uzoqligini va kengligini aniqlash yoʻllarini ishlab chiqishda yangiliklar ochdi: trigonometriya va geometriyani keng qoʻllash orqali oʻzidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Masalan, u geografik kenglikni aniqlashda XVI asrda Tixo de Brage tomonidan kashf etilgan deb hisoblangan usulni ishlatgan. Uzoqliklarni belgilashda ham Beruniy tomonidan ishlab chiqilgan yangi metod ungacha qoʻllanilgan metodlarga nisbatan eng mukammali edi. Turli geografik joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda u erishgan natijalar hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoldirmoqda. Beruniyning Yer sharining oʻlchamlari haqidagi maʼlumotlari yunon, hind olimlari va oʻziga zamondosh boʻlgan Yaqin va Oʻrta Sharq olimlari xulosalariga nisbatan ancha aniqdir. U Yer aylanasi uzunligini oʻlchashda yangi usul ishlab chiqdi.
Beruniy metodida katta masofalar uchun qiyin va murakkab oʻlchovlarga ehtiyoj boʻlmay, matematik hisoblarga asoslanilardi. U Yer meridiani yoyining bir darajasi 110275 metrga teng deb topdi. Bu hozirgi zamon maʼlumotlariga juda yaqin. Geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni oʻrganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi oʻzining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanini yozadi. Turkistonning baʼzi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy oʻrganishga harakat qilgan ham Beruniy boʻlgan. Uning Amudaryo vodiysining geologik oʻtmishi va Orol dengizining paydo boʻlishi haqidagi xulosalari oʻsha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi. Olim “Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi” degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamlarining paydo boʻlishi, togʻ jinslarining yemirilishi kabilar haqidagi xulosalari katta ahamiyatga ega. Yer qobigʻida ogʻirlikning muvozanatlashib turishi uchun yerosti jismlarining joylashishi haqidagi farazlari ham juda ahamiyatlidir.
Beruniy Markaziy Osiyo va umuman Yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini yaratgan edi. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq koʻrsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordinatalarini aniqlash mumkin boʻlgan. U alkimyoda qoʻllanilgan gʻayriilmiy va asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlar va baʼzi minerallarning “moʻjizakor xususiyatlarini” inkor qildi va bu holni “hodisalarning haqiqiy sababini bilmovchilar uchun bir vajdir”, deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yoʻli bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan xulosaga keladi.
Beruniy oʻzining “Kitob fi axborot ilmu bayyizot valqaromita” (“Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabarlari haqida kitob”) asarini Oʻrta Osiyoda oʻsha davrda eng ilgʻor ijtimoiy harakatlardan biri boʻlgan qarmatiylarga bagʻishlagan. Keyinroq “Yodgorliklar”, “Hindiston” kitoblarini yozgan. Uning “Kitob ul maqolot val arz vaddiyonot” (“Maqolalar, eʼtiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Kitob fi axbori Xorazm” (“Xorazm xabarlari haqida kitob”), “Kitob tarixi ayyom as-Sulton Mahmud va axbori abihi” (“Sulton Mahmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi xabarlar”) kabi asarlari bizgacha yetib kelmagan. “Yodgorliklar” (“Alosor alboqiya”) podshohlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi va oʻsha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy etnografik asardir.
Beruniy birinchilardan boʻlib Aristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fikrlar ham bildirgan. Beruniy Aristotelning “tabiiy joy”, “dunyoning yagonaligi”, “ogʻirlik va yengillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning “ogʻir” va “yengil” degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan “Eʼtirozlar”ida hamma narsalarning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olgʻa suradi.
Beruniyning boy ilmiy merosi Oʻzbekiston va undan tashqarida chuqur oʻrganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinib, hayoti va ijodi yozuvchi va sanʼatkorlar eʼtiborini tortib kelmoqda. Beruniy haqida “Oʻzbekfilm” studiyasi ijodkorlari 2 qismdan iborat “Abu Rayhon Beruniy” filmini (1974) yaratgan. Uygʻun “Abu Rayhon Beruniy” pyesasini (1973) yozgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar, tuman Beruniy nomiga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Toshkent texnika universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston, Xorazmda Beruniy nomida koʻcha, maydon, maktab va boshqa muassasalar bor.
Dunyoda birinchi marta Oʻzbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qoʻyilgan.