Press "Enter" to skip to content

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi xorijliklarga o’zbek tilini o’rgatuvchi “O’zbek maktabi” kundan-kun kengaymoqda. O’zbek tili va o’zbek madaniyatiga qiziqish bildirayotgan xorijliklar soni ham ortib boryapti. Ayniqsa, bizning markazimizda sohalarga integratsiya qilingan maxsus dasturlar ishlab chiqilgani til o’rganuvchilarga juda qo’l keladi.
Bugun universitetimizga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining O’zbekistondagi elchixonasi Siyosiy masalalar va jamoatchilik diplomatiyasi sektori rahbari Keti Kottrel xonim tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti , xususan, “O’zbek maktabi” faoliyati bilan yaqindan tanishish, diplomatik sohaga yo’naltirilgan tarzda o’zbek tilini o’rgatishga mo’ljallangan dasturlar haqida ma’lumot olishdan iboratdir. “O’zbek maktabi” tomonidan chop etilgan darslik, onlayn darslar va bepul ochiq kontentlar bilan tanishgan elchixona vakili o’z hayratini yashirmadi. Ayniqsa, o’zbek madaniyati, o’zbek adabiyoti bilan yanada yaqinroq tanishish istagidagi o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan mahorat darslari mehmonda katta taassurot qoldirdi.
ToshDO’TAU talabalari tomonidan tayyorlangan Navoiy g’azallaridan iborat kompozitsiya britaniyalik diplomatga juda manzur bo’ldi.

Elchixona vakillari “O’zbek maktabi”ga tashrif buyurdi

BIZNI KUZATING

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

© 2022 TSUULL

  • Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy
  • Telefon: +99(871) 281-45-11
  • E-mail: interdep@navoiy-uni.uz, tsuull@navoiy-uni.uz
  • Avtobuslar: 11, 32, 47, 76, 77, 81, 98, 126, 140
  • Metro: “Xalqlar do‘stligi” bekati, “Oybek” bekati
  • Virtual sayohat