Press "Enter" to skip to content

Ochiq Dars Ishlanma Ona Tili

Yerga to`p-to`p tushibdi.

“Pp” tovushi va harfi mavzusida 1-sinflar uchun dars ishlanma

Oqituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar.

Dam olish daqiqasi.

Boqqa kirsam olmalar

Qip- qizarib pishibdi

Yerga to`p-to`p tushibdi.

Bo`gin tuzish o`yini

O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.

“So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar.

”Darvoza” o’yini Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi. Masalan qog’ozdan yasalgan gullar , mevalar shakli yulduzchalar,.O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asini olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda , ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim.

Darsni yakunlash bu kabi o’yinlardan foydalanish, yangi mavzuning o’quvchilar xotorasida mustahkam o’rnatishiga xizmat qiladi. Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish.

Ochiq dars ishlanma ona tili

Ona tili va Adabiyot fan oyligi doirasida Samarqand viloyati Qo’shrabot tuman XTBga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida .

Ona tili fanidan “Ochiq Dars”.
Просмотров 6 тыс. Год назад

Ona tili va Adabiyot fan oyligi doirasida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani XTBga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida .

DARS ISHLANMA SOTIB OLISH
Просмотров 4 тыс. 3 года назад

https//t.me@USTOZ kanalidan konspektlar va boshqa xujjatlarni sotib olish juda oson KANALGA OBUNA BO’LISHNI .

�� “Eng yaxshi ochiq dars” �� tanloviga
Просмотров 20 тыс. Год назад

Respublika ta’lim markazi tomonidan eʻlon qilingan “Eng yaxshi ochiq dars” tanloviga “Oʻzbekiston Respublikasida qonun .

#Ona_tili Respublika ta’lim markazi. Ona tili fanidan ochiq dars.
Просмотров 1,1 тыс. Год назад

Ona_tili Batafsil yuqoridagi videolavhada tanishishingiz mumkin. ‍ O’qituvchi: Abduvaliyeva Sayyoraxon sinf: 7-sinf .

Ona tili fanidan ochiq dars
Просмотров 23 тыс. Год назад
Adabiyot fanidan ochiq dars. MULLAYEVA MUNOJATXON
Просмотров 18 тыс. Год назад
Farg’ona viloyati Dang’ara tumani 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan ochiq dars.
Ochiq dars. 2- sinf. Ona tili va o‘qishsavodxonligi
Просмотров 228 2 месяца назад
5-‘B’ SINFINING ONA TILI FANIDAN OCHIQ DARSIDAGI LAVHALAR
Просмотров 8 тыс. Год назад
ZARINA TILLAYEVA.
Adabiyot fanidan “Ochiq Dars”
Просмотров 3,5 тыс. Год назад

Ona tili va Adabiyot fan oyligi doirasida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani XTBga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida .

Ona tili fanidan”Ochiq Dars”
Просмотров 2 тыс. Год назад

Ona tili va Adabiyot fan oyligi doirasida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani XTBga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida .

Dars ishlanma
Просмотров 256 2 года назад
Muratova Nafisa ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari 15-guruhida ochiq dars o’tkazdi.
Просмотров 13 тыс. Год назад

Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy .

Ona tili va o’qish savodxonligi fani bo’yicha namunaviy dars | Nodira Paxritdinova
Просмотров 40 тыс. Год назад

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 67-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Nodira Paxritdinovadan mahorat darsi .

Dars jarayonida Gugurt metodini qo’llash
Просмотров 89 тыс. Год назад
Boshlang`ich ochiq dars
Просмотров 31 тыс. 11 месяцев назад
Magistratura tanlovi uchun tayyorlandi. Tasvir Murodmedia tomonidan jonlantirildi.
Bo‘g‘in
Просмотров 1,4 тыс. 2 года назад
3-B ONA TILI FANIDAN OCHIQ DARS
Просмотров 18 тыс. Год назад
SARVINOZ YO’LDOSHEVA.
Qalblarni titragan “Ochiq dars” Munavvara Usmonova bilan
Просмотров 48 тыс. 4 года назад
Qalblarni titragan “Ochiq dars” Munavvara Usmonova bilan.
“Demo lesson” part 1. Ingliz tili fani ochiq dars 1 qism
Просмотров 11 тыс. Год назад
“Shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar”-ochiq dars.
Просмотров 17 тыс. Год назад

Ohangaron tumani 26-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Anarboyeva Gulnoza Mamayunusovna.

ona-tili fanidan ochiq dars. Ustozimiz Rahimova Barno
Просмотров 5 тыс. Год назад
Dars oʻtishda metodlar kerakmi? Marhamat siz uchun eng sodda va samarali metodlar!
Просмотров 87 тыс. 8 месяцев назад

Bugungi kunda taʼlim tizimini rivojlantirish barchamizning asosiy vazifamiz. Sizga oʻz tajribamdagi metodik faoliyatimdan .

Ona tili darsi. 6-sinf. Mavzu: Fe’l so‘z turkumi.
Просмотров 1,8 тыс. Год назад
Kelishiklar
Просмотров 7 тыс. Год назад
M tovushi va M harfi
Просмотров 31 тыс. Год назад

Sharof Rashidov tumani 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf oliy toifali o’qituvchisi Normatova Dilfuzaning 1-A .

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari 15-guruhida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Просмотров 6 тыс. Год назад

Joriy yilning 13-oktabr sanasida Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy .

Ochiq dars | Boshlangʻich sinf fan oyligi
Просмотров 64 тыс. 4 месяца назад

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 274 -sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nozima Usmonova .

Ona tilim-jonu dilim!

Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning maʼnaviyati, madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi, eng muhimi mustaqillik belgisidir.

Dunyoda 7 mingdan ortiq tillar muomalada boʻlib, dunyo aholisining
90 foizi 70 ta tilda soʻzlashadi. 200 ta til davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bugungi kunda dunyoning 50 milliondan ortiq aholisi oʻzbek tilida soʻzlashib, bu tilda soʻzlashuvchilar soni boʻyicha dunyoda
27-oʻrinda turadi. 6 ta (oʻzbek, turk, qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon, turkman, uygʻur) barqaror turkiy tillardan biri hisoblanadi. Oʻzbek tili dunyoning
60 dan ortiq universitetlarida, 200 dan ortiq maktablarida oʻqitiladi.

Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Milliy tilimizga, ona tilimizga boʻlgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu oʻrinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur” (M.Behbudiy).

Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yoʻqotmak millat tilini yoʻqotmakka qiyoslanyapti. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi soʻzlarning zalvori ikki hissa ortadi.

“Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020-yil 10-aprelda Prezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan maʼnaviy qadriyatimiz – ona tilimiz qonun himoyasida ekanligi yana bir bor oʻz isbotini topdi.

Ushbu bayramning mamlakatimizda keng nishonlanishi ona tilimizga eʼtiborni yuksaltirish, uning mukammalligi va boyligini koʻrsatib bera olish, nafaqat oʻzbek xalqi, balki boshqa millat vakillarini ham bebaho boyligimiz hisoblangan tilimiz va madaniyatimizni oʻrganishga ilhomlantirishda xizmat qiladi.

Biz esa oʻz navbatida tilimizning pokligi va oʻziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz darkor.

Bu yoʻnalishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati Yangibozor tuman boʻlinmasi tomonidan hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda aniq, manzilli chora-tadbirlar tashkil qilinyapti.

Jumladan, Davlat tili haqidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman ishchi guruhi tashkil qilinib, tuman hududidagi tashqi yozuvlar, reklama va boshqa vositalarning davlat tili haqidagi qonun-hujjatlari asosida, imlo xatolarisiz yozilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosini tumandagi idora-tashkilotlarda toʻliq taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik bayramini keng nishonlashga qaratilgan targʻibot tadbirlari mahallalarda, taʼlim muassasalari, korxona-tashkilotlarda koʻtarinki ruhda tashkil etilyapti.

Tuman hokimining tashabbusi bilan tuman hokimligi katta majlislar zalida “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani kutubxonasi” tashkil etildi. Kutubxona har kuni aholi, ayniqsa yoshlar bilan gavjum. Kitobxonlar oʻrtasida ona tilimizning ahamiyati, goʻzalligi, muqaddasligini tarannum etuvchi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari namoyish qilinib, faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirilishi bayramga yanada koʻtarinkilik bagʻishlayapti.

Ayniqsa, tadbirlarga idora-tashkilotlar xodimlarining keng jalb etilishi ish yuritish hujjatlarini davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda olib borishga zamin yaratadi.

R.Matyusupov,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Xorazm viloyati Yangibozor tuman boʻlimi rahbari,

D.Tajimuratova,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Xorazm viloyati Yangibozor tuman boʻlimi bosh mutaxassisi.