Press "Enter" to skip to content

Jomboy tuman xalq ta limi bo limiga qarashli 7-umumta lim maktabi rasmiy sayti

2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang

Ona tili 5 sinf

* Iltimos, izoh qoldirishda odob ahloq qoidalariga rioya qiling!

Sfsvefvefvf wdc Ответить Удалить

KATTA RAXMAT TESTLAR UCHUN JUDA ZO`R MEN ABUTURIENTMAN TESTLAR QO`L KELISHIGA ISHONIB QOLAMAN Ответить Удалить

121 ta test – 2 min 29 sekund

200 ta test – 5 min 30 sekund

100 ta test – 2 min 10 sekund

Featured post

GUESS WHAT! 2 Hello again. VOCABULARY TEST 6

Nodirbek Fayzullayev февраля 12, 2023

Izohlar

35/comments/show

Yangi maqola va testlar

6/sidebar/recent

Ijtimoiy tarmoqlar

Havolalar

  • 7-tarix-uzb 1
  • Adabiyot 1
  • Advanced Grammar 8
  • Alphabet 1
  • Antonyms test 3
  • Azar Beginner 7
  • Azar FOEG 10
  • Beauty and the Beast 10
  • biologiya 5 2
  • BuxDU 9
  • Cartoon new words 3
  • Cartoon test 7
  • CEFR 1
  • CEFR B2 TEST 5
  • CEFR C2 TEST 1
  • CEFR LEVEL 1
  • Crossword 11
  • Destination B1 21
  • DTM 10
  • DTM STUDY ENGLISH 1
  • Eng 11 7
  • Eng 11 Lesson New Words 22
  • Eng 11 New Words 20
  • Eng 11-Unit 1-1B Exercise 2
  • Eng 11-Unıt 1-1A Exercise 12
  • English cartoon 2
  • english class 11 2
  • English Kids 1
  • English Olympiad 1
  • English Olympiads 1
  • Grammar A1 12
  • Grammar A2 10
  • Guess what 2 60
  • HB4 30
  • HE4 25
  • Headway Beginner Grammar test 1
  • Headway Beginner new words list 3
  • Headway Beginner new words test 3
  • Headway Beginner PICO test 1
  • Headway Elementary new words list 4
  • Info 1
  • Intermediate 10
  • iq 1
  • Level test A+ 2
  • Level test B1 1
  • Listening 5
  • Logic 5
  • Majburriy 4
  • Mantiq savol javob 1
  • Mental arifmetika 1
  • mini olimpiada 6
  • morfologiya 2
  • Murakkab test 8
  • New Words A1 13
  • New Words A2 14
  • Olimova 2
  • on 1
  • Ona tili 9
  • Online Test 79
  • Paper Test 20
  • PHRASES AND SENTENCES 1
  • PICO A1 6
  • PIZA o’qish 1
  • President maktabi 1
  • Qadimgi Dunyo Tarixi – 6 ochiq test 67
  • Qadimgi Dunyo Tarixi – 6 yopiq test 86
  • rasmli mantiq 3
  • Reading 3
  • Reading Clues A1-A2 24
  • Reading Clues book 1 1
  • Reading Stories Level 1 10
  • Sayt Auditori 3
  • Sh. Olimova 2
  • Song Test 1
  • Songs 2
  • Start Reading Book 1 2
  • Summary 1
  • Synonyms test 1
  • Tarix 6 krosvord 1
  • Tarix 7 3
  • Test Bank 1
  • Test with Timer 24
  • TOEFL 1
  • TRUE or FALSE 17
  • Uzb Tarix 11 test 6
  • Uzb Tarix 11 yopiq test 2
  • UZBEK PIRLS 1
  • video 1
  • voc 1
  • Vocabulary test 38
  • words spinner 8
  • wow 1 10

Arxiv

  • ▼2023 (59)
    • ▼февраля (29)
      • GUESS WHAT! 2 Hello again. VOCABULARY TEST 6
      • GUESS WHAT! 2 Hello again. VOCABULARY TEST 5
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 8 – Vocabulary Test 5
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 8 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 8 – Vocabulary Test 3
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 8 – Vocabulary Test 2
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 8 – Vocabulary Test 1
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 7 – Vocabulary Test 5
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 7 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 7 – Vocabulary Test 3
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 7 – Vocabulary Test 2
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 7 – Vocabulary Test 1
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 6 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 6 – Vocabulary Test 3
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 6 – Vocabulary Test 2
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 6 – Vocabulary Test 1
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 5 – Vocabulary Test 5
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 5 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 5 – Vocabulary Test 3
      • ARALASH TEST
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 5 – Vocabulary Test 2
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 5 – Vocabulary Test 1
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 4 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 4 – Vocabulary Test 3
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 4 – Vocabulary Test 2
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 4 – Vocabulary Test 1
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 3 – Vocabulary Test 5
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 3 – Vocabulary Test 4
      • GUESS WHAT! – Book 2 – UNIT 3 – Vocabulary Test 3
      • ►января (30)
      • ►2022 (118)
        • ►октября (3)
        • ►сентября (3)
        • ►августа (1)
        • ►июля (4)
        • ►июня (24)
        • ►мая (24)
        • ►апреля (19)
        • ►марта (16)
        • ►февраля (9)
        • ►января (15)
        • ►2021 (218)
          • ►декабря (2)
          • ►ноября (17)
          • ►октября (163)
          • ►сентября (15)
          • ►августа (7)
          • ►июля (14)
          • ►2020 (94)
            • ►июля (55)
            • ►мая (17)
            • ►марта (2)
            • ►февраля (15)
            • ►января (5)
            • ►2019 (99)
              • ►декабря (1)
              • ►ноября (98)

              Jomboy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumta’lim maktabi rasmiy sayti

              Mavzu : “Sonli va harfli ifodalar”
              Dars taqsimoti :
              1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
              2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
              3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
              4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
              5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
              6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa

              Darsning texnologik xaritasi
              Mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”
              Soatlar soni: 1 soat
              Mavzuni qisqacha ta’rifi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, sonli va harfli ifodalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish
              O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
              Metod: Guruhlash metodi
              Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
              Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
              Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
              Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
              Darsning maqsadlari
              Ta’limiy: Sonli va harfli ifodalar mavzusida yangi bilimlarni egallash, sonli va harfli ifodalarda misollar bilan mustahkamlash
              Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
              Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
              Kutilayotgan natija
              O’qituvchidan:
              Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o’quvchilarning harfli va sonli ifodalar haqidagi misol va masalalarni yechishni o’zlashtirishga darsga o’quvchilarning faol qatnashishiga erishish
              O’quvchilardan:
              Chiroyli, to’g’ri, xatosiz yozishga o’rganadi. Turli mashqlar yordamida sonli va harfli ifodalarni o’rganish malakalari takomillashadi
              Dars jarayoni va texnologiyasi
              Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt

              1 – bosqich
              Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
              Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .

              3 daqiqa
              2 – bosqich
              O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Natural sonlarni ayirish va uning xossalari“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftarlarni almashtirish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
              Savol – javob , suhbat .

              5 daqiqa
              3 – bosqich
              O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .

              5 daqiqa
              4 – bosqich
              Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
              Darslikda 1-6-misol va masalalarni tushuntirish va
              Guruhlar bilan birgalikda bajarish

              Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .

              20 daqiqa
              5 – bosqich
              Yangi mavzuni mustahkamlash
              Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
              “Zinama-zina” didaktik o`yini
              7 daqiqa
              6 – bosqich
              Dars yakuni Uyga vazifa 7-8- misol va masalalar. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.

              Tushuntirish , nazorat
              5 daqiqa
              Darsning borishi:
              1-bosqich. Tashkiliy qism:
              O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
              Salomlashish. Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
              O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
              O`quvchilar : Matematika darsi.
              O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
              O`quvchilar : Tayyormiz.
              O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
              Navbatchi hisoboti tinglanadi :
              Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
              Ikkinchi navbatchi:
              Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
              O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
              navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
              2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
              O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
              O`quvchi : “Natural sonlarni ayirish va uning xossalari” . Uy ishi 18-19 – masala va misol berilgan edi .
              O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi , daftarlar almashtiriladi .
              18- misol
              1) 4487-923=3564
              2) 3010-2318=692 3) 19334-15722=3612
              19- masala
              Kit akuladan 20 metr uzunroq. Agar kitning uzunligi 31 metr bo’lsa, akulaning uzunligini toping.
              Yechish: 1) 31-20=11
              Javob: akulaning uzunligi 11 metr.
              Demak o’tgan darsimizni qisqacha takrorlab olamiz:

              4-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
              O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
              Yangi mavzu: Sonli va harfli ifodalar
              O`qituvchi : Bolajonlar, biz siz bilan sonli ifodalar ustida misol va masalalar yechishni o`rganib kelganmiz. Endi harfli ifodalar ham qatnashgan misollarni qaraymiz:
              SONLI VA HARFLI IFODALAR
              Sonli ifodalar
              (280 – 120) + 60 yozuv sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan. Bunday yozuvlar sonli ifodalar deb ataladi.
              Sonli ifodada amallar ko’rsatilgan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo’ladi. Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati 460 ga teng.
              1- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 6 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
              Yechish. Masalani sonli ifoda tuzib yechamiz. Ishchi ikkinchi soatda 12 + 6 dona detal tayyorlagan.
              Demak, u ikki soat ichida 12 + (12 + 6) dona detal tayyorlagan.
              12 + (12 + 6 ) yozuv sonli ifodadir. Uning qiymati 30 ga teng. Demak, ishchi ikki soatda jami 30 ta detal tayyorlagan.
              2- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 8 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
              Yechish. Bu masalani yechish uchun 12 + (12 + 8) sonli ifodani hosil qilamiz. Bu ifodaning qiymati 32 ga teng. Demak, ishchi 2 soatda jami 32 dona detal tayyorlagan.
              Harfli ifodalar
              Yuqorida ko’rilgan ikki masala bir-biridan 6 sonini 8 soniga o’zgartirilgani bilan farq qiladi. Hargal bu masalalarni yangidan yechmaslik uchun, masaladan-masalaga o’zgarib borayotgan sonni m harfi bilan belgilaymiz. Unda bu ikki masala quyidagi yangi masalaga birlashadi:
              3-misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
              Yechish. Bu masalani yechish uchun ham 1- misoldagidek ifoda tuzamiz:
              12 + (12 + m).
              Bu ifodada sonlar bilan bir qatorda m harfi ham qatnashyapti. m harfi o’rniga 6 sonini qo’ysak, 1-masala uchun tuzilgan sonli ifodani, 8 sonini qo’ysak, 2-masala uchun tuzilgan sonli ifodani hosil qilamiz. Bu sonli ifodalar qiymatini hisoblab mos ravishda 1- va 2-masala yechimlarini topamiz.
              Son va harflar qatnashgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi.

              Harfli ifodadagi harf o’rniga turli sonlarni qo’yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatiari deb ataladi. Harf o’rniga son qo’yib hisoblaganda chiqqan natija harfli ifodaning qiymati deyiladi.
              Dam olish daqiqasi 1) Nafas olishga doir mashqlar

              Keyingi bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash :
              1-topshiriq Sonli ifodalarni topish uchun darchalarni to’ldirish daftarda bajariladi

              2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang

              3-topshiriq daftarda bajariladi:

              O`qituvchi : Aziz o`quvchilar bugungi darsimizni tushundilaringizmi ?
              O`quvchilar – ha :
              O`qituvchi : Unda uyga vazifani belgilab olingizlar .
              Uyga vazifa : 8-9– masala va misollar.

              28-12=16 28-24=4 139-109=30 523-109=414
              9-misol

              (19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
              (5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
              O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.

              Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati .
              1) A . Yo . Yusupov ,, Matematika kechalari “ Toshkent . 1976 – yil
              2) Bikboyeva N . U . Va boshqalar . ,, Boshlang`ich “ sinflarda matematika o`qitish metodikasi . Toshkent . ,, O`qituvchi “ 1996 – yil
              3) Boltayev J . Qodirov B ,, Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ,, Toshkent “ , ,, O`qituvchi “
              4) Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q., ,,Matematika “ 3-sinf. Toshkent ,, O`qituvchi “ 2012 – yil
              5) Quchqarov A., Sariqova Sh., Usmonova P., Raxmonov U. “Matematika”.4-sinf. Toshkent. “O`qituvchi”. 2013-yil.
              6) T . G`affarova ,, Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 2012 – yil
              7) ,, Boshlang`ich ta’lim jurnali 2009 – yil aprel 4 – son
              8) ,, Boshlang`ich ta’lim “ jurnali mart 3 son .