Ilm va ta lim
(Juftliklar bilan ishlash)
«Ona tili va adabiyot» fani o’qituvchisi Idiyeva Mo’taram Badridinovnaning adabiyot fanidan «Xalq ertaklari» mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.
Sana : 8.10 2018-yil
Sinf: 5-“B”
Fan: adabiyot
Mavzu: Xalq ertaklari
Darsning maqsadi:
A. O’quvchilarga xalq ertaklari haqida tushuncha berish.
F.K2 Xalq og’zaki ijodi asarlarini tahlil qila olishi, janrlarni ajrata olish kompetensiyalarini shakllantirish
B. O’quvchilarni o’zbek xalqiga xos madaniyat, odob-axloq qoidalariga mos tarbiyalash.
TK4 Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish kompetensiya elementlarini shakllantirish
C. O’quvchilarning og’zaki nutqi va tafakkurini rivojlantirish
TK 3 sinfda, maktabda, oilada , jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zining burchini bilish , unga rioya qilish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish
Dars uslubi: noan’anaviy
Dars usuli: tezkor savollar, “Pantomimo”,”Klaster” o’yinlari
Darsning jihozi: tarqatmalar, mavzuga oid ko’rgazmalar, didaktik rasmlar,
AKT vositalari
Darsning texnologik xaritasi:
7. Tashkiliy qism 5min
8. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10min
9. Yangi mavzu bayoni 15min
10. Yangi mavzuni mustahkamlash 10min
11. O’quvchilarni baholash 3min
12. Uyga vazifa 2min
Darsning borishi:
5. Tashkiliy qism: salomlashish , navbatchi axboroti tinglanadi. Bir bor ekan, bir yo’q ekan qadim zamonda emas, bugungi kunda istiqlol nashidasini surib yurgan baxtiyor bolajonlar bor ekan. Ular 10-maktabning 5-“B” sinfida tahsil olar ekan. Hozir ular adabiyot darsini o’tayotgan ekan. Xo’sh navbatchi janoblari bu ertakgimizda necha kishi ishtirok etayotgann ekanligigni aytingchi?
Darsimiz -ona tili . Darsning shiori:
O’qib, uqib, o’rganib
Ilmimiz boyitamiz
Darsning maqsadi:
Maqsadimiz-bahordek
Bo’lsin qalblar beg’ubor,
Eng yuksak marralarga
Biz bo’laylik sazovor.
Kunning muhim siyosiy xabarlari, oyning muhim sanalari haqida suhbatlashamiz.Yil nomlanish, Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumotlar aytiladi. Fan oyligi haqida fikrlar she’rlar aytiladi. O’quvchilarga beriladigan savollar:
1.Yilimiz qanday nomlandi?
J: Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va ilg’or texnologiyalarni qo’llab –quvvatlash yili
6. Harakatlar strategiyasida nechta ustuvor yo’nalish o’z ifodasini topgan?
J: 5 ta
7. Ijtimoiy sohani rivojlantirish nechanchi yo’nalish etib belgilangan?
J: 4- yo’nalish
8. Oktabr oyligi butun Respublikamiz bo’ylab qaysi fan oyligi sifatida keng nishonlanadi?
J: ona tili va adabiyot fan oyligi
O’qituvchi: Ona tilimizni madh etuvchi she’rlardan , rivoyatlardan bilamizmi?
Ona tilim
Po’lat Mo’min
O’rgilayin,ona tilim, o’zginangdan.
Tillarimga bol keladir so’zginangdan.
Tilim, yana bo’lavergin burro-burro.
Oh, naqadar ohangdorsan, yana a’lo.
Til haqida
Alixonto’ra Sog’uniy
Asar yozding ersa ona tilida yoz
Yo’q esa aning yozgani buzgani.
Taralmish butun yer yuza ilmu fan
To’liq til kerakdir ani bilgani.
To’liq til qarindosh ona til erur
Bo’lurmu kishi andin ayrilgan
Kishi o’z tilini yaxshi bilmasa gar
Bilingki, har ishdan keyin qolgani.
Til haqida she’rlardan, maqollardan, hikmatli so’zlardan tinglaymiz.
O’quvchilarni ikki guruhga bo’lib olamiz:
1-guruh: Donolar
2-guruh: Zukkolar
Har bir guruh o’z guruhiga berilgan savolga javob berishi lozim.
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzu: “Susambil” ertagi timsollari tahlili.
O’tgan mavzu takrori-
Bugunning poydevori.
Savollarga javob ber,
Topshiriqni tez bajar.
O’tilgan mavzu yuzasidan tezkor savollar: “Takrorlash –bilimlarning onasi” deb nomlaymiz.
1. “Uch og’a-ini botirlar ertagi” da ota farzandlariga qanday nasihat qiladi?
2. “Susambil” ertagida bo’rilar azroil deb ta’riflagan jonivor nima?
3. Ertak qaysi adabiy turga kiradi?
4. Maqol, matal, topishmoq qaysi adabiy turga mansub?
5. “Susambil” ertagida xo’jayini tomonidan o’t o’rnida mayiz , suv o’rnida sharbat bilan siylangan hayvon qaysi ?
6. Hayvonlar qanday qilib Susambilga erishdilar?
7. Uch og’a-ini botirlar ertagida Kenja botir podshoga qanday hikoyat aytib berdi?
8. Botirlar nima uchun saroyda qolmay yurtlariga qaytdi?
Guruhlarning javoblari tarqatmalar orqali baholanib boriladi. Uyga vazifa bajarilishi nazorat qilinadi?
3. Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu — yangi ma’no
Har jumlada ming ma’no.
Azal-azaldan bizning ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar. Ertak, maqol, topishmoq kabi xalq og’zaki ijodi janrlarni bolani tarbiyalovchi vosita deb bilganlar. Uning aqliy salohiyatini, tafakkurini rivojlantirishning eng sodda va to’g’ri yo’li ertak aytib berib, xulosasini so’rab, shu asosida yaxshilikka yo’llangan. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” deydi dono xalqimiz.Ertaklarning hammasi yaxshilik bilan yakunlanadi. Qahramonlar asar oxirida murod maqsadlariga yetadilar. U yosh avlodga insonparvarlikni, vatanga muhabbatni, rostgo’ylik va halollikni,xushmuomala va kamtarlikni o’rgatadi.
Ertak aytuvchilarni qadimda “ertakchi”, “matalchi” deb atashgan. Ertak atamasi Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk.” asarida birinchi bo’lib qo’llangan. Ertak-hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib , xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalardir.Ertaklarda xayoliy hodisalarga ko’proq urg’u beriladi. Bu esa adabiyotda mubolag’a san’ati deyiladi. Mubolag’a arabcha lof urish bo’rttirish degan ma’noni bildiradi. M: yalmog’iz obrazi salomi bo’lmagan kishini ikki yamlab bir yutmoqchi bo’ladi.
Ertaklar mavzusiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
1. Sehrli ertaklar
2. Maishiy ertaklar
3. Majoziy ertaklar
4. Hajviy ertaklar
Sehrli ertaklar dev, pari, yalmog’iz , sehr-u jodu aralashgan ertaklardir. Unga “Yalmog’iz”, “Devbachcha”, “Urto’qmoq”, “Ochildasturxon”….
Maishiy ertaklarga hayotiy voqealar , insonlar o’rtasida bo’lib voqealar hayotga yaqin bo’ladi. “Zumrad va Qimmat”,”Oygul bilan Baxtiyor”, Uch og’a-ini botirlar….
Majoziy ertaklarda qahramonlar hayvonlardan iborat bo’ladi. Bu obrazlar insonlardek gapiradi, o’ylaydi, hrakatlanib yaxshi hayotga intiladi. Ularga “Bo’ri bilan laylak”, “Bo’ri bilan tulki” , “Ayiqpolvon ”. Bu ertaklarda tulki munofiqlik ramzi, bo’ri laqmalik, qonxo’rlik ramzi, chumoli esa mehnatsevarlik timsoli sifatida tasvirlanadi.O’zbek xalq og’zaki ijodi tarixida ertakni badiiy asar darajasiga ko’targan, bugungi kungacha yetib kelishiga o’z hissasini qo’shgan ijodkorlardan Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoberdi o’gli, Haydar baychi o’g’li, Nurali Nurmat o’g’li, Hasanboy Rasul o’g’li kabi ertakchilarning hissalari katta bo’ldi.
Jahon xalqlari ertaklari ham bizning ertaklardan qolishmaydi. Ular ham bizga o’sha xalq urf-odatlari an’analaridan darak beradi. Jahon va o’zbek yozma ertakchiligi ham alohida tarixga ega . Jahon ertakchilaridan Aka-uka Grimmlar, Hans Kristian Andersen, Sharl Perro ertaklarini o’qiganmiz, ular asosida ishlangan multfilmlar kinofilmlarni ko’rganmiz.
O’zbek yozma ertakchiligida A. Fitrat, A.Avloniy, Hamid Olimjon, Sulton Jo’ra, Shukur Sa’dulla , X. To’xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, O’. Imonberdiyev kabi ijodkorlar ertakchilik an’anasini davom ettirdilar. Ertak insonga zavq-shavq bag’ishlovchi ma’naviy ozuqadir. Shukur Sa’dullaning ”Ayyor chumchuq”, “No’xat polvon” “Laqma it”, “Yoriltosh”, “Kashal polvon”, Sulton Jo’raning “Zangori gilam” ertaklari
4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Bilim bo’lsin mustahkam,
Fikrlarni etgin jam.
Bo’sh o’tirma bosh qotir,
Topgin uning javobin.
Klaster usulida ertak turlariga o’zlari o’qigan ertaklarining nomini yozishlari kerak.
Dam olish daqiqasi daqiqasida “Pantomimo” o’yinini o’tkaish. Bunda har bir guruhdan ikkitadan o’quvchi chiqib, tarqatmalarni tanlaydi unda nomi yozilgan qahramonni ijro etib beriadi . Qarshi guruh uni qaysi obraz ekanligini topishi lozim bo’ladi.
Podsho, xo’roz kalamush ,ari eshak , ho’kiz
Ertaklar yuzasidan savollar:
1.Ertak atamasi Buxoroda qanday atalgan?
2. Ertak atamasi Xorazmda qanday atalgan?
3 Ertak atamasi Toshkentda qanday atalgan?
4.”Uch oga-ini botirlar” ertagi qanday ertak hisoblanadi?
5.Ertakda ota o’g’illariga qanday otlarni tayyorlab qo’yganligini aytadi?
6. “Dunyoni tanimay dunyo kishisi bo’lmaysiz” Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
7.Susambil ertagida bo’rilar “so’fi ” deb kimni aytishadi?
8. Susambil haqidagi xabarni kim birinchi bo’lib aytadi?
9.Bo’rilar Susambil uchun bo’lgan jangda yengilgach qayerga qochib ketadi?
Lug’at so’zlar xalachop- uchli tayoqcha so’yil-uzun yo’g’on kaltak
5 O’quvchilarni baholash.
Baholarni jamlaylik,
Olamni yashnataylik.
Bugungi mavzu hammaga tushunarli bo’ldimi? Tushunarli bo’lgan bo’lsa darsimizning eng faol terimchilarini baholab olamiz.
Yig’ilgan tarqatmalar asosida o’quvchilarni baholaymiz. Terimchi o’quvchimiz kim bo’ldi ekan? Keling birgalikda aniqlab olamiz. Tarqatma orqali o’quvchilarning qancha paxta terganliklari aniqlanib, bahoga tenglashtiriladi. 30 kg paxta terganga “5” , 20 kg ga “4”, 10kg ga “3” baho qo’yiladi.
4. Uyga vazifa
Uy ishini eslab qol,
Topshiriqni bilib ol! “Mening sevimli ertagim” mavzusida uy inshosi yozish
Ilm va ta’lim
Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. )
Muallif: Klaraxon Mavlonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD)
Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.
O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.
Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.
Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan.
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar.
Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish mumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur.
Psixologiyaga doir manbalarga ko‘ra ona tili darslaridagi badiiy idrok adabiy o‘qish paytidagi badiiy idrokdan farq qiladi. O.K.Tixomirov idrok etish maydoni tushunchasi haqida gapirib, geshtaltpsixologlarning shu haqdagi fikrini keltiradi va buni quyidagi tarzda izohlaydi: “Ularning fikrini shunday tushunmoq kerakki, idrok etish maydoni avval boshdanoq tarkibiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi: in’ikos paytida idrok etilayotgan predmetning nimasidir birinchi planga chiqadigan (figura deb nomlanadigan) va ikkinchi planga ko‘chadigan (fon deb ataladigan) tomonlari o‘zaro ajralib turadi. Figura va fon o‘rtasidagi munosabatlar harakatchan bo‘lib, o‘zgarib turadi, ya’ni kishining nigohi ma’lum vaqtda nimada qaydlansa, shu figura bo‘lib qoladi, boshqalari esa fonga ko‘chadi” [1]. Muallif ushbu fikrni tushuntirish uchun bir misol keltiradi. Agar kimgadir bir portretni ko‘rsatib, unda tasvirlangan odamning olijanob chizgilarini ajrating, deyilsa, idrok shaxsning shu jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Agar shu portretning o‘zini ko‘rsatib, bu jinoyatchi, uning qiyofasini tasvirlang, deyilsa, idrok etuvchi undan jinoyatchilarga xos alomatlarni qidirishga tushadi.
Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha, ona tili darslarida topshiriq shartiga ko‘ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o‘quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o‘quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo‘naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o‘rganilayotgan til hodisalari (so‘z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko‘chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o‘qib idrok etish, ham badiiy mahorat sirlarini o‘rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog‘liq bo‘ladi. Agar matnni ifodali o‘qing, degan topshiriq berilgan bo‘lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo‘lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o‘qib, darsda o‘tilayotgan biror til hodisasini aniqlash so‘ralgan bo‘lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko‘chadi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.
M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo‘lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o‘z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgilarini hisobga olmaydi.
Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o‘ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi [2]. Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.
Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so‘ng qo‘shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko‘chirilishi ular ustida olib boriladigan ko‘pi bilan 5–7 daqiqaga mo‘ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo‘ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo‘lganlik kabi xislatlarda namoyon bo‘ladi. Bular so‘z va so‘z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.
5-sinf “Ona tili” [3] darsligidagi quyidagi mashqni ko‘rib chiqaylik.
182-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning tarkibidagi kirish so‘zlarni topib, qanday mano anglatayotganini ayting.
Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo‘lsa! Axir, ular tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya! (X. To‘xtaboyev)
O‘quvchilarning e’tiborini -ku va axir yuklamalariga, imlosi hamda ular orasiga qo‘yilgan tinish belgisiga qaratish maqsadida ularga “. mumkin-ku, axir” so‘zlari bilan tugaydigan ta’sirchan gaplar tuzish vazifasi beriladi. Matndagi nahotki, axir, -ku, kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining badiiy matndagi o‘rniga alohida ahamiyat qaratiladi.
Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o‘rgatish, o‘z o‘rnida bilib qo‘llashni ko‘rsatib borishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o‘xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi. 8-sinf “Ona tili” darsligining 16-dars, 1-topshirig‘ida O‘.Hoshimovning asaridan parcha keltirilgan. Ushbu matnda nechta gap borligini aniqlash topshiriq sifatida berilgan.
Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.
Ushbu mashqda ham badiiy matndan olingan parchaning bir jihatiga, yani til hodisasini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini matnda qo‘llangan kuzning og‘ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelishi gapiga, yelpig‘ichday qat-qat bulutlar, tansiq nurlar, yaproqlarning mungli shivir-shiviri kabi so‘z birikmalariga qaratishi ularda badiiy idrok jarayonining ishga tushishini taminlab beradi. Ular matnda qo‘llangan emotsional-ekspressiv vositalar hamda badiiy tasvir vositalarini ham aniqlab, izohlab, badiiy matnning sehrini his etishadi. Bu esa ularda estetik zavqni paydo qiladi.
Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.
Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o‘qish, til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o‘quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o‘qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko‘chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo‘ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro‘yobga chiqadi.
Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].
7-sinf “Adabiyot” darslik-majmuasida izoh berilganidek, “Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik kechinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi” [5]. “Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli” [5].
Ma’lum bo‘ladiki, badiiy idrok etish inson ruhiyatining aqliy, axloqiy, estetik, ijodiy kabi keng doiradagi sohalarini qamrab olar ekan. Estetik soha esa badiiy didni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida badiiy matn ustidagi ishlarga oz vaqt ajratilsa-da, ular nihoyatda ixcham, lekin keng qamrovli tashkil etilmog‘i lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida badiiy idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni birinchi planga olib chiqish uchun badiiy matn asosidagi mashq shartiga qo‘shimcha topshiriq kiritish yo‘li bilan til xususiyati ustidagi ishlarni figuraga aylantirish zarur. Bu ishlar ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, uning estetik madaniyatini rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Тихомиров О.К. Психология: Учебник / Под ред. О.В.Гордеевой. – М.: Высшее образование, 2006. – 538 с.
2. Хайруллаев М ., Ҳақбердиев М . Мантиқ . – Т .: Ўқитувчи , 1993. – Б. 106-107 .
3. Ona tili : Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/ N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.— T.: Tasvir, 2013. 32-b.
4 . Молдавская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – М.: Педагогика, 1976. – С. 28 .
5 . Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua / Q.Yo‘ldoshev, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Qayta ishlangan 3-nashri. – T . : Sharq, 2013. 3- b.
Ona tili fanidan bir soatli dars ishlanmasi
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga otlarnibng ma’no turlari haqida ma’lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad: ularni oilaga, vatanga hurmat ruhida tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutq malakalarini takomillashtirish.
Darsning metodi – suhbat, juftliklar bilan ishlash metodi
Kerakli jihozlar: ko‘rgazmali qurollar, darslik, mavzuga doir kartochkalar , AKT va taqdimot.
Darsda foydalanilgan metodlar: aqliy hujum, “Klaster”, test, “Muzyorar”
Darsning texnologik xaritasi
1. | Tashkiliy qism | 5 daqiqa |
2. | Otgan mavzuni mustahkamlash va yakunlash | 10 daqiqa |
3. | Yangi mavzu bayoni | 10 daqiqa |
4. | Yangi mavzuni mustahkamlash | 10 daqiqa |
5. | Guruhlarni baholash | 5 daqiqa |
6. | Darsga yakun | 5 daqiqa |
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
Ham zukko, a’lochimiz.
Sana aytsin, kun aytsin,
Qotmasin hech boshimiz.
Men bugun navbatchiman,
Yigirma olti o’quvchimiz,
Sinfda bor hammasi
Qizlar o’n oltitamiz.
Tezkor savol-javob
1.Ot so’z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Otlar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
3. Qanday otlar sodda otlar hisoblanadi?
4. Qoshma otlar deb nimaga aytiladi?
5. Juft va takroriy otlarni farqlang.
257-mashq tahlili
Yangi mavzu bayoni
Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra shaxs va joy nomlariga bo’linadi. Atoqli otlar kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.
Kim: Usmon Nosir, Cho’lpon, Abdulla Avloniy.
Qayer: Samarqand , Zangiota tumani
Nima: Bo’ribosar, To’rtko’z, Boychibor.
Atoqli otlarga joy, tashkilot, korxona, muassasa nomlari, tarixiy sanalar, suv havzalari va inshootlari nomlari kiradi.
Masalan: Men Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug’ilganman.
Bir turdagi shaxs, narsa o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar deyiladi.
Shaxs otlari: amma, xola, tog’a.
Narsa otlari: kitob, qalam, daftar.
O’rin-joy otlari: gulzor, saylgoh, o’yongoh.
1. Onajonim kеchalari kirib chiqar tushimga. Opajon, olmalarning yaxshisidan bеring, bo’lmasa, ayam urishadilar.
2. Otajonim quruvchi bo’lganliklari sababli akam ham yoshlikdan shu kasbga mеhr qo’ydilar. Katta Farg’ona kanali ota va bobolarimizning jasoratidan nishonadir.
3. “O’g’lim 6-sinfda o’qiydi”, – dеdi faxr bilan ota. Kеksa bir otaxon mеnga yuzlanib: “Yo’ldan o’tkazib qo’ying o’g’lim”, – dеdilar.
Ayrim turdosh otlarga –lar qo’shimchasi qo’shilib, qo’shimcha ma’no nozikliklarini hosil qiladi.
4. Akalarim Toshkеntda Milliy Gvardiya safida xizmat qilyaptilar. Akamlar univеrsitеtida o’qiyaptilar.
5.Zardo’zlik fabrikasida ishlayotgan minglab opalarim qatori mеn ham zardo’z bo’lmoqchiman. Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar.
6. Siz O’zbеkistonimizning еrtasisiz, mеning o’g’illarim va qizlarim. – O’g’illarim va qizlarim ulg’aygach, ro’zg’or tеbratish ancha yеngillashdi.
Shu bilan birga qarindoshlik otlariga qo’shilgan –cha qo’shimchasining ma’nolarini izohlaydi.
1. Mitti Gulnoz opachasi bilan o’ynardi shodon. Hiylagar bibichaning boshqa qilmishlari haqida bilib oldi.
2. Amin bobo nеvarachasi bilan bog’da kеzardi.
3. Singilchamning tili shirin.
4. Ukamning yangi ko’ylak yarashdi.
5. Qorbobo jiyanchamga sovg’a bеrdi.
Kasb-koriga ko’ra shaxs otlari mavzusida shaxs otlarining tub va yasama so’zlarga ajratish mumkin. Masalan: Suvchi, kosib, zargar, olim, tilshunos, paxtakor, muxandis, suratkash, shifokor, etikdo’z, dorboz, hisobchi
Tub so’z Yasama so’zlar
kosib suvchi
olim tilshunos
Berilgan so’zlarni jadvalga to’g’ri joylashtirish.
265-mashq tahlili
Mustahkamlash darsi
(Juftliklar bilan ishlash)
Matnda berilgan so’zlardan atoqli va turdosh otlarni aniqlash
Toshkent –Markazy Osiyodagi eng qadimiy shaharladan biridir. Bu shahar Vatanimizning poytaxtidir. Mustaqillik yillarida Toshkentning qiyofasi yanada go’zallashdi. Shahar ko’chalari kengaydi, ko’priklar, muzey va sport majmualari qurildi.
Toshkentda tarixiy obidalar bilan birga zamonaviy binolar ham ko’p. Poytaxtimizga chet ellerdan juda ko’p mehmonlar keladi. Ular bu ko’rkam shaharni ko’rib havas qiladilar. Biz o’z shahrimizni sevamiz.
Tez va to’g’ri yozilgan so’zlar soniga qarab g’olib aniqlang.
Chizilgan 20 ta doiradan turdosh otlar hosil qiling. otlari yasash vazifasi topshiriladi.
Bir daqiqa vaqt qjratiladi. Doiralardan yasalgan narsa-buyumlarning soniga qarab guruhlar rag’batlantiriladi.
Natija: Berilgan vaqt ichida o’quvchilarning bajargan ish me’yori ularning xotirasini mustahkamlaydi, fikrlashni tezlashtiradi.
- Guruhlarga turli so’z turkumiga oid so’zlar jamlanmasi beriladi.Guruh a’zolari faqat oso’z turkumiga oid so’zlarni ko’chirib yozadilar. 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Masalan: kelmoq, maktab, ona, millat, Muhabbat, ishlamoq, beshinchi.
- Uch guruhga bo’linib, shaxs , narsa-buyum, o’rin-joy otlarini yozish bo’yicha musobaqa o’tkaziladi.
Hakimov qalam Bo’zsuv
Aziza non “Jamshid” do’koni
Navoiy kitob O’zbekiston
O’quvchilarning bir daqiqa ichida yozgan so’zlari, imlo qoidalariga rioya qilganliklariga qarab guruhlarga baho beriladi.
4 .Testlar bilan ishlash
1. Atoqli va turdosh otlar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A) Leksikologiya B) Morfologiya
C) Orfografiya В) Sintaksis
2. To’g’ri yozilgan suv havzalari nomlarini ko’rsating.
A) Orlol bo’yi, Kasbiy oldi B) Qora Dengiz, Balxash Ko’li
C) Farg’ona kanali, Chorvoq suv ombori D) Orol dengizi, Amu Buxoro kanali
3. Joy nomlari noto’gri yozilgan gapni toping.
A) Men To’rtko’l tumanida tug’ilganman.
B) Ta’tilda “Qorovulbozor” suv omboriga bormoqchimiz.
C) O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan.
D) Kavkaz bo’yi respublikaqlarda to’g’li hududlar ko’p
3. Shaxs otlari yasovchi qo’shimchalarni toping?
A) –zor, -iston B) –chi, -dosh C) –lik, -cha D) – jon, -chilik
Atoqli va turdosh otlarni ta’riflang
Atab qo‘yiladi, gazeta, jurnallar, joy nomalari, ism familiyalar muassasa, tashkilotlarga atab qo‘yiladi. Kim? Nima? Qayer? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Uyga vazifa: 294-mashq.
Matnni ko’chiring. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling