Fan; Ona tili. Mavzu; So`zning manosi
Salom aziz bolalar Chiroyli gul lolalar O`quvchilar: Assalomu alaykum Ustoz sizga qilamiz ta’zim
Ona Tili – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Ona Tili мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Onlayn Ona Tili Darslari Fonetika 1 Dars который загружен Registan LC размером 41.19 MB, длительностью 31 мин и 18 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Ситора Зарин Мо Зарурем Очайе
Вновь При Свете Дня Ночь Рисую Я
Микки Маус Speed Up
Скачать Ресурс Пак Как У Аида
Оксимирон Маша И Медведь
Роберт Катчиев Карачаевские Песни
Такую Как Я Тебе Не Найти Таких Просто Негде Взять Скачать
Туро Рузе Ба Танхои Ёдат Мекунам
Кап Кап Слезы Капают Милая Моя Не Надо Плакать
Клип Кв 44 Homeanimations Мультики Про Танки
Kiichi Virgo Speed Up
Атака Титанов Опенинг 5 На Русском
За Околицей А Бардин
Hoodrich Pablo Juan Ft Migos Do What I Wanna Do
Azide J Swey Dreams Of Divinity
Fan; Ona tili. Mavzu; So`zning manosi
Ta`limiy maqsad; O`quvchilarga so`zning ma’nosi haqida bilim berish, erkin mustaqil ishlashga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad; O`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan mehr- muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash, uni asrab – avaylashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad; O`quvchilarni mashqlar ishlash orqali chi-
royli va bexato yozish ko`nikmalarini hosil
qilish. Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim ko`nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars
Darsning metodi; “Video lug`at diktant”, “Raqamli joylashuv”, savol-javob.
Nutqiy kompetensiya elementlari; ( tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish). O`qituvchi nutqini, audio va video ( multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab yushuna oladi, gapda so`zlarni o`zaro bog`lanishi va ma`lum bir vazifani bajara olishini bilib oladi.
O`tgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni.
- Darsning borishi;
Salom aziz bolalar Chiroyli gul lolalar O`quvchilar: Assalomu alaykum Ustoz sizga qilamiz ta’zim
O`qituvchi: – Qaranglarchi bolalar Tozamikan sinfimiz? Saramjon sarishtalab Qo`ysakmikan o`zimiz ?
O`quvchilar: – Sinchiklab qaradik biz saramjon ekan qarang Navbatchining mehnatin Olqishlaymiz hammamiz.
O`qituvchi; – Har narsadan xabarchi sinfda kim navbatchi.
Salimova Nigora : – Sinfda men navbatchi.
Tayyor barcha o`quvchi.
O`qituvchi: Hozir ona tili darsi shundaymi?
Ona tili darsi haqidagi shiorimizni aytib olaylik.
O`quvchilar : – Ona tilim – jonu dilim
Senla kamol topdi elim.
Tarbiyaviy daqiqa; Aziz o`quvchilar bugun biz siz bilan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig” asaridan, “Bilim, uquv – idrok farqini, nafini aytadi” bo`limidagi, “O`quv – idrok zulmat tunidagi mash’al kabidir, Bilim senga nur sochgan rushnolikdir” hikmatli so`zi haqida suhbatlashamiz. O`quv, idrok, bilim haqida alohida to`xtash joizdir. O`quv, idrok qorong`u tundagi mashalga o`xshaydi . Bilim esa mash’aldan taralayotgan nurga o`xshaydi.
O`quv qut beradi, bilim sharaf – shon, Shu ikkovi tufayli ulug`dir inson. O`qituvchi: – Shirin aziz bolajonlar
Bog`dagi gul lolajonlar.
Yaxshi yotib turdingizmi
Uy ishini qildingizmi?
Uy ishin ham bajardik.
O`qituvchi o`quvchilarning uyga vazifalarini tekshirib chiqadi.
Dars qoidasi bilan tanishtirish.
Vaqtdan unumli foydalanish.
O`ng qo`l qoidasi.
Faol ishtirok etish.
Sinf o`quvchilarini dars boshlanishidan oldin 3 guruhga bo`lib olamiz. Mana kartochkalar orqasida guruhlarga nom yozilgan. Ularni guruh sardorlari bittadan tanlab oladilar.
Demak; 1 – guruh “ Lola “
2 – guruh “ Boychechak “
3 – guruh “ Qaldirg`och”.
Har bir guruh o`zlariga ta`rif beradilar.
1 – guruh birgalikda: Biz bo`lamiz birinchi,
Qani, yetib ko`ring-chi.
Dars qilamiz hamma vaqt,
Bizga bo`lar baland taxt.
2 – guruh birgalikda: Biz ham ortda qolmaymiz,
So`nggi o`rin bo`lmaymiz.
Chiqing maydon kutmasin
Hech kim xafa bo`lmasin.
3 – guruh birgalikda: Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir.
O`tib olsak sinovlardan
Bu har narsadan yaxshidir.
- O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
Ko`rgazmali savollar:
1.So`zlar nimalarga bo`linadi? 2. Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi? 3. So`zlar birinchi satrdan ikkinchi satrga qanday ko`chiriladi? 4. “Qaldirg`och” so`zi nechta bo`g`inli so`z? 5. Alifboda nechta unli tovush bor? 6. Alifboda nechta undosh tovush bor? “Lola” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Boychechak” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Qaldirg`och “ guruhidan ikki nafar o`quvchi shu oltita savolga javob beradilar. “Lola” guruhiga 2 ta 5 ballik rag`bat kartockasi, “Boychechak “ guruhiga 1ta 4 ballik, 1ta 5 ballik rag`bat kartochkasi, “Qaldirg`och” guruhi 1ta 5 ballik, 1ta 3 ballik rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.
Gulsiz bo`lar mevasi,
Berilgan topishmoqni guruhdan uchtadan o`quvchi o`qiydi. Chunki, vaqtimiz kam. Su uch nafar o`quvchining o`qigan topishmog`idagi imloviy xatolar javobini qanday yozilganliklari hisobga olinib rag`batlantiriladi.
Bozorova E`zoza berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Samiyev Botir berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Farxodova Charos berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Lutfullayev Islom berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Bahronov Jafar berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Fayzullayev Shaxro`z berilgan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
- – guruhdan:
Rahmonqulova Zaynura berigan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
Azamatov Akbarali berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi..
O`qituvchi: Mana aziz o`quvchilar o`tgan mavzuni savol – javob bilan eslab oldik. O`tgan mavzuni biz “Bilarjonni kim yengadi?” ko`rgazmasidan va “Ko`rgazmali savollar”dan foydalandik .
3 Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bolajonlar kitobimizning 152 betidagi 365 – mashqqa qaraymiz. Mashq qoidasini Rahmatov Muhiddin o`qiydi.
Rahmatov Muhiddin: O`qing. Ajratib kop`rsatilgan otlarning o`rniga shu otlarni ko`rsatadigan olmoshlarni qo`yib ko`chiring. Yana qanday olmoshlar borligini ayting.
(Mashq guruhlar o`rtasida o`qiladi va otlar o`rniga mos kishilik olmoshlari qo`yilib mashq doskada o`quvchilar tomonidan yoziladi.)
_ Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, – dedim men. Rahimjon yalt etib menga qaradi. Rahimjonning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Rahimjon ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men Rahimjonga tikilib yotardim. Rahimjonni oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
O`qituvchi; Bolajonlar mashqdagi otingiz so`ziga ma`nodosh so`z toping va matnda qaysi so`z ko`chma ma`noda qo`llanganini aniqlang.
3 – guruhdan Hamroqulov Murod javob berdi; Otingiz so`ziga ma`nodosh so`z ismingiz.
O`qituvchi: Ofarin Murodga To`liq javob bergani uchun “Ofarin kartoshkasini beramiz.
2 – guruhdan Rahmatov Muhiddin javob berdi; “Tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi”. Bu yerda Rahimjonning badani qizib turgan cho`yan pechga o`xshatilayapdi. Ko`chma ma`noda qo`llangan.
O`qituvchi: Ofarin Muhiddin .To`liq javob bergani uchun Muhiddin “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlanadi.
365 – mashq doskada otlarga mos kishilik olmoshlari qo`yilib yoziladi.
– Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, – dedim men. U yalt etib menga qaradi. Uning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Biz ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men unga tikilib yotardim. Rahimjonning oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish cho`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
366 – mashq o`quvchilarga mustaqil ishlash uchun berildi. O`qituvchi qoidasini o`qidi.
O`qituvchi: Matnni o`qing. Undagi ot, sifat, son va olmoshlarni aniqlang. Ularni alohoda guruhlab yozing.
( Mashq Matashova Gulsanam tomonidan o`qildi va o`qituvchi tomonidan tushuntirildi. O`quvchilar mustaqil bajardilar.)
Yunus Rajabiyning 5 jildli “O`zbek xalq musiqasi”, 6 jildli “Shashmaqom” kitoblari xalqimizga o`lmas meros bo`lib qoldi.
1 – guruhdan Abdurashidov Temur “Ofarin”, Musurmonova Asila “Ofarin”, 2 – guruhdan Ergashova O`g`iloy “Ofarin”, Rahmatov Muhiddin “Ofarin”, 3 – guruhdan Hamroqulov Murod “Ofarin”, Islomov Dilshod “Yaxshi” baholari bilan taqdirlandi.
- Mustahkamlash.
1.Qaysi olmosh hurmatni bildirsa bosh harf bilan yoziladi?
- Men b) sen s) siz d) u
Ona xalqing, ona yurt,
Senda g`ayrat, senda sur`at,
Senda orzu, matonat.
- 4 b) 5 s) 6 d) 3
Menda ham bir hunar bor,
Hunarim zo`r, ko`rarsiz,
Mening kasbim duradgor.
- 3 b) 1 s) 2 d) 4
Do`stlarim sizga aytsam.
Uyga kelsam, menga ish
Buyurmasa hech oyim.
- 1 b) 2 s) 3 d) 4
a) Oyi, nima yumush bo`lsa, menga ayting.
b) Men bo`sh vaqtimda qayiqcha yasayman.
s) Sen bu gapimni uqib ol.
d) Sizni sog`indim, mehribon akajonim.
( To`g`ri javoblar 1 s ; 2 a; 3 s; 4 a; 5 a; tekshiriladi va 5 ta 4 ta topgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Ular;)
1 – guruhdan Abdurashidov T, Shaxriyeva E, Musurmonova A, “Ofarin” va Tilabov M, Amriddinova F, Bektimirov A, Ziyodullayeva N “Yaxshi” kartochkasi bilan rag`batlantirldi.
2 – guruhdan Rahmatov M, Ergashov O, Islomov O, Ergashova O`, Turdaliyeva G, Haqberdiyev R “Ofarin” kartochkasi bilan rag`batlantirildi.
- Darsni yakunlash.
1 – guruh “Olmoshlar “ 88 ball
2 – guruh “Kelishiklar” 96 ball
3 – guruh “Sifatlar” 99 ball.
Bugungi darsimizda “Sifatlar “ jamoasi 99 ball to`plab 1 – o`rinni egalladi. 2 – o`rin “Kelishiklar” jamoasi 96 ball to`plaid. Oxirgi jamoamiz 88 ball to`plagan “Olmoshlar jamoasi 3 – o`rinni egalladi.
Bugungi darsimizda eng faol qatnashgan o`quvchilarni turli namenatsiyalar bilan taqdirlaymiz.
- Eng “Bilimdon” o`quvchi; Rahmatov M 25 ball va Hamroqulov M 25 ball.
- Eng “Topqir” o`quvchi; Abdurashidov T 20 ball
- Eng “Ziyrak” o`quvchi Musurmonova Asila 15 ball.
- Uyga vazifa;
Darsda mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalari samaradorligi 94,3 foizni tashkil qildi.
Dars namunali deb topildi.
Maktab direktori; Mamadaliyeva M.
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi; Nizomova Sh.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi; Qurbonova H.
Sana; 16. 03. 2018 yil.
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTB ga qarashli 36 – umumiy o`rta ta`lim maktabi
4 – B sinf o`qituvchisi Hamroyeva Nazokatning bir soatlik namunaviy
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTBga qarashli 36- umumta’lim maktabining 1-“B” sinf o`qituvchisi Haqberdiyeva Binobarning bir soatlik namunaviy