Press "Enter" to skip to content

Ona tili darslarining turlari

4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.

Ona tili darslari nega qisqartirilmoqda? – Respublika ta’lim markazi direktori bilan suhbat

Bu boradagi bahslar Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning masala yuzasidan tushuntirish berishi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning vazir fikrlariga nisbatan bildirgan e’tirozlaridan keyin ancha jonlandi.

Kun.uz muxbiri masala yuzasidan batafsil ma’lumot olish hamda fan soatlarining nima sababdan optimizatsiya qilinayotganiga aniqlik kiritish maqsadida Respublika ta’lim markazi rahbari Shuhrat Sattorov bilan intervyu uyushtirdi.

– Shuhrat aka, mavzuga kirishdan avval ta’lim markazi faoliyati bo‘yicha ma’lumot bersangiz.

– Respublika ta’lim markazi ta’lim tizimining yuragi deb aytishimiz mumkin. Ta’limning mazmun-mohiyati va keyingi rejalari aynan shu markazda tayyorlanadi. Oddiy o‘quv standartlaridan boshlab, o‘quv dasturi va darsliklar, o‘qitish metodikasigacha shu yerda yaratiladi. Nimani o‘qitamiz va qanday o‘qitamiz, degan savollarga respublika ta’lim markazi javob beradi.

– Fikr va munozaralarga sabab bo‘layotgan o‘zgarish – maktablarda ona tilini fani soatlarining qisqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan? Shuningdek, bu fan misolida aynan qanday optimizatsiya kutilmoqda?

– Birinchi navbatda qayd etib o‘tish lozimki, Alisher Qodirovni kuchli siyosatchi sifatida bilamiz, lekin u bunday bayonot berishdan avval masalaning mohiyatiga yetib borganida juda yaxshi bo‘lardi. Bugun oldimizdagi asosiy maqsad o‘zgarish emasmi? Taraqqiyotni xohlasak, o‘zgarishimiz kerak emasmi? Yangiliklarni qabul qilishimiz kerak emasmi? Agar biz har qanday yangilikka ehtiros bilan munosabat bildiradigan bo‘lsak, bu o‘sha yangilikni omma oldida yomonotliq qilishi mumkin. Yoki hukumatni xalqqa dushman qilib ko‘rsatishi mumkin. Bayonotda bir qator anglashilmovchiliklar mavjud. Til bu – inson tafakkurini shakllantiruvchi juda katta xazina, boylik. Biz ham aynan tilning orqasidan shunchalik aziz bo‘lib yuribmiz.

Xalq ta’limi vazirining 52-sonli buyrug‘i mavjud – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun haftalik o‘quv soatlari belgilanadi. Bir hafta davomida bola qaysi fanni necha soat o‘qishi belgilab berilgan. Bunda hech bir sinfda ona tili ikki soat o‘qitilishi ko‘rsatilmagan. Vaholanki, bayonotda ona tili ikki soat o‘qitilarkan, deb aytilmoqda. Bu yil maqbullashtirilgan boshlang‘ich 2-, 4-, sinflarda o‘quvchi ona tilini 7 soatdan o‘qiyapti. 5-, 6-sinflarda esa olti soatdan o‘qiyapti. Ya’ni o‘quvchi bir kunda beshta fan o‘qisa, shulardan biri ona tili.

O‘quvchining sinfda biron fanni o‘zlashtirish uchun ajratgan vaqtini ko‘rsatuvchi o‘quv yuklamasi mavjud. O‘quvchilar hafta davomida 327 soat vaqtini sinfxonasida turli fanlarni o‘qish bilan o‘tkazishadi. 2019-2020 o‘quv yilida mana shu ko‘rsatkich 327 soat edi, yangi o‘quv yilidan boshlab buni yanada maqbullashtirish topshirig‘i berildi. Haftalik o‘quv yuklamasini 314 soatga qisqartirdik. O‘quv yuklamasi 327 soat bo‘lganda, shuning 68 soati ona tili va adabiyot fanlari uchun ajratilar edi. Bu umumiy o‘quv yuklamasining 20,7 foizini tashkil etardi.

Yangi o‘zgarish – 314 soatlik o‘quv yuklamasi bo‘yicha ona tili va adabiyot fani 57 soat o‘tiladi. Bu umumiy o‘quv yuklamasining 20,4 foizini tashkil etadi. Ya’ni o‘zgarish hattoki bir foiz ham emas.

Darsliklarda grammatika, nazariya kamaymoqda, endilikda ularni hazm qilish ham osonlashadi. Shu narsani ham unutmaslik kerakki, o‘quvchi haftaning 6 kunida bitta fanni takror va takror o‘qiydigan bo‘lsa, bu unga og‘irlik qiladi. O‘zlashtirish sifati tushib ketadi. Xalqaro tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hafta davomida 5 soatdan ortiq o‘rganilgan har qanday fan o‘quvchini zada qilib qo‘yadi. O‘quvchi bugun o‘zlashtiradi, ertaga kelib yana o‘zlashtiradi. Vaholanki, bizning kitoblarimiz grammatika, nazariya qonun-qoidalari bilan to‘ldirib tashlangan ekan, bola buni qanday qilib hazm qilishi mumkin? Bu muammo o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan bog‘liq kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

O‘quvchiga haftasiga 4-5 soat dars beraylik, oson, hayotda tatbiq etiladigan amaliy qoidalar, mashg‘ulotlar orqali o‘rgataylik. Bola mana shunda o‘zining tilini yaxshi tushunadi. Shundagina bu til uning tafakkuriga xizmat qiladi.

– Ona tili fani optimizatsiyasi borasida tashabbuskorlar kimlar va qaysi mutaxassislar ishlamoqda? Bu borada qaysi xorijiy davlatlarning tajribasi asos qilib olinmoqda?

– Respublika ta’lim markazida har bir fan bo‘yicha ilmiy-metodik kengashlar mavjud. Bu kengashlarga sohaning yetuk olimlari, amaliyotchi o‘qituvchilar jalb etilgan. Aynan ona tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy-metodik kengashda Hamidulla Dadaboyev, Nizomiddin Mahmudov, Baxtiyor Mengliyev, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov kabi sohaning yirik olimlari jamlangan. Mutaxassislar tomonidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, tilni o‘qitish sifatini soatlarga bog‘lashimiz kerak emas. Sifatni ko‘proq metodika va amaliyot bilan bog‘lashimiz kerak. Shundagina bolada o‘rganayotganini hayotda qo‘llash ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.

Butun dunyoda xalqaro baholash dasturi – PISA mavjud. Bu dastur o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholaydi. Dasturning bir qismi sifatida til ko‘nikmalarini baholash ham bor. Shu reytingda bugun Finlyandiya, Estoniya, Belarus, Angliya, Janubiy Koreya mamlakatlarining o‘quvchilari yuqori o‘rinlarda turadi. Biz ham xorijiy tajribani o‘rganishda e’tiborimizni shu davlatlarga qaratdik.

Misol uchun, Estoniyada ona tili hafta davomida 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Janubiy Koreyada 46 soat o‘qitiladi. Bizda esa bu fan 64 soat o‘tiladi. O‘zbekistonda yil davomida 1938 soat ona tili va adabiyot o‘qitiladi. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Yuqorida nomi keltirilgan mamlakatlarda ham yil davomida o‘rtacha 1300-1600 soat o‘rgatilyapti. Ona tili va adabiyot bizda ikkita alohida fan hisoblanadi. Lekin dunyoning aksariyat mamlakatlarida bu fan ajratilmaydi. Vaholanki, adabiyot ham tilga xizmat qiladi.

– Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktabni bitirayotgan yoshlar savodsiz bo‘lib katta bo‘ldi, degan fikrni aytgan edi. Ona tili va adabiyot uchun shuncha ko‘p soat ajratilganiga qaramay, nega bola savodsiz bo‘lib bitirib chiqyapti? Xatoliklar qayerda?

– Biz o‘quvchilarni ko‘proq qonun-qoidalar bilan, matnlar bilan band qilib qo‘ydik. Ularga nima, qachon, qayerda, degan savollarga javoblarni yodlatdik. Yod olishga yo‘naltirilgan matnlar, dasturlarni berib keldik. Vaholanki, bugun butun dunyo qanday qilib, degan savolga javob izlamoqda. Mohiyat, yaratuvchanlik, ijodkorlikka diqqat qaratiladi.

O‘zim ham filologman. Meni boshqalar tilni yaxshi biladigan mutaxassis sifatida bilsa kerak. Lekin men o‘zimni baholaydigan bo‘lsam, ona tilining bugungi qonun-qoidalariga ko‘ra, 2 yoki 3ga tortishim mumkin. Sababi qonun-qoida, grammatika, nazariya. Butun dunyoda ijodiy yozish degan alohida yo‘nalish bor. Shunday yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan bir paytda bizning olimlarimiz faqatgina nazariyaning ustida ilm bilan mashg‘ul bo‘lishdi va shuning orqasidan katta unvonlarni olishdi.

Til nuqtai nazaridan tinglab tushunish, o‘qib tushunish, voqeaga munosabat bildirish kabi ko‘nikmalarni farzandlarimizda qachon shakllantira olamiz? Darsliklar esa qonun-qoidalar bilan to‘ldirib tashlangan.

Yaqin fursatda aynan shu yo‘nalishda yangi avlod darsliklarini yaratmoqchimiz. Misol uchun, 5-sinf ona tili darsligi misolida ko‘radigan bo‘lsak, Nizomiddin Mahmudov boshchiligida juda yaxshi darslik qilindi. Uning 40 foiz nazariya qismi olib tashlandi. Bularning o‘rniga biz matn berdik. Bola ko‘proq matn bilan ishlasin va undagi mohiyatni tushunsin. Amaliyotchi o‘qituvchilar bilan ham fikrlashganda shunga amin bo‘ldikki, bugun maktablarning o‘zi ham nazariyadan qochishga va amaliyotga yo‘naltirishga ko‘proq muhtoj ekan. Darsliklar shu paytgacha olimlar tomonidan yozilgan va ularni hazm qilish qiyin. O‘quvchi tugul o‘qituvchi ham ularni hazm qila olmaydi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab darsliklarni yaratishda amaliyotchi o‘qituvchilar ham muallif sifatida ishtirok etishi ta’minlanmoqda. Chunki o‘quvchining salohiyati ularga ayon. Olimlar yangiliklar bilan boyitsa, ular ko‘proq amaliyotga yo‘naltiradi. Mana shu hamfikrlik yaxshi darslikning yaratilishiga xizmat qiladi.

– Xalq ta’limi vazirligini maktablarda ona tili fani soatlarining ko‘pligi tashvishga solayotgan ekan, lekin nega 30 yildan beri muammo bo‘lib kelayotgan alifbo masalasida biror marta gapirmaysizlar? Axir bu bilan ham millionlab yoshlar ikki harfli, qo‘pol qilib aytganda, savod masalasida bilimsiz qilinyapti-ku. Nega bu masalada vazirlik jim?

– Bugun Xalq ta’limi vazirligida juda katta o‘zgarishlar bormoqda. Vazirlik va uning bo‘ysunuvidagi tashkilotlar birinchilardan bo‘lib hujjatlarni lotin yozuvida olib boradigan davlat muassasalaridan biriga aylandi. Til va yozuv umummilliy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Birgina vazirlik doirasida buni hal qilishning imkoni yo‘q. To‘g‘ri, biz o‘zimizning qat’iy pozitsiyamizga ega bo‘lishimiz kerak. Ehtimol, yaqin fursat ichida shunday bo‘ladi. Chunki biz yetishtirib chiqarayotgan kadrlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Safimizga bugun qo‘shilayotgan xodimlar lotin yozuvini, yoshi katta xodimlar esa kirill yozuvini ma’qul ko‘rishadi. Shu nuqtada ikki avlod o‘rtasida to‘siq yuzaga kelgandek ham tuyuladi.

Menimcha, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday islohot to‘la amalga oshishi uchun baribir ham avlodlar almashinuviga ehtiyoj sezamiz.

Ilyos Safarov suhbatlashdi

Ona tili darslarining turlari

1.Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari

2.O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari

3.Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari

4.Bilim va malakalarni tekshirish darslari

5.Ona tili o’qitish metodlari

Tayanch tushunchalar

Dars tiplari, mustahkamlash, malaka hosil qilish, umumlashtirish, tekshirish, metod.

Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:

-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;

-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;

-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.

Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.

Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.

Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.

2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.

Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.

Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.

Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.

Bilim va malakalarni tekshirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.

Ona tili o’qitish metodlari .Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:

1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:

1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;

2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.

Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi . Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

– O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;

– O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):

– bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.

Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi . Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.

2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.

3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.

4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.

Qayta xotirlashga asoslangan metodlar . Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.

Qisman izlanuvchanlik metodi . Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;

b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;

v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;

g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.

Izlanishga asoslangan metodlar . Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.

Ona tili darslarining turlari va qurilishi

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagokika instituti ona tili fanidan kurs ishi mavzu: Ona tilida o’quv ishlarini tashkil qilish shakllari

Ona tili darslarining turlari va qurilishi

Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik maqsadiga ko‘ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o‘rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshq. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Muayyan bir darsning didak­tik maqsadi o‘rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. O‘qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o‘rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo‘lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o‘zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o‘qituvchining o‘zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog‘lanish, har bir bosqichdagi ishlarning mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o‘qituvchidan yuksak mahorat talab etadi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o‘rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki o‘quvchilarda bu haqda ko‘nikmalar hosil bo‘la boradi. O‘qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Umumlashtiruvchi dars grammatikadan maxsus dars turi hisoblanadi. Bu darsda biror mavzu yoki bo‘limni o‘rganish jarayonida olingan bilimlar tizimlashtiriladi. Bu dars ilgarigi darslarda o‘rganilgan ayrim nazariy materiallarnitakrorlabbayon qilish darsigaaylanmasligiuchun o‘rganilganlarni o‘zaro taqqoslashni talab qiladigan ish turlaridan foydalaniladi.
Umumlashtiruvchidarslarqurilishiga ko‘ra xilma-xilbo‘lib, tajribalarning natijasiga ko‘ra,quyidagi varianti ma’qullangan:
1. O‘rganilgan grammatik tushunchaning mavjud belgilari haqidagi bilimlarni tatbiq qilishga qaratilgan mashqlarni ishlash.
2. Bilimlarni umumlashtirish va tekshirish.
3. Mustaqil ijodiy ishlar.

Do’stlaringiz bilan baham: