263-mashq Ona Tili Uy Vazifa 5 sinf! Yordam Beringlar! 30 Ball Beraman
11-sinf ona tili
Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020
Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020.
Учебник по родному языку для 11 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy „Unsiya“ deb atalib, o‘z davrida chin do‘stlar, ijod ahli, ustoz va shogirdlar uchun dilbar suhbatlar oshyoni, ezgulik, xayr-u ehson hamda ilm-ma’rifat maskani bo‘lgan. Ahli toliblar kamoloti uchun u zot bunyod etgan madrasalardan biri „Ixlosiya“ deb yuritilgan. Hazrat mangu qo‘nim topgan „Musallo“ maydoni esa ezgu niyatlar, xayrli duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum va mashhurdir.
URG‘U TALAFFUZI.
Juftliklardagi urg‘u ta’sirida sodir bo‘ladigan ma’no o‘zgarishini aniqlang.
1. O‘zlarimi? Qaysi shamol uchirdi? – Bugungi ishni qizlar o‘zlari bitirib qo‘yishar ekan. 2. Uzoqdagi nishonni ko‘zlar ekanman, o‘qim bexato ketsa, snayper safdoshlarimni yer tishlatishini yaxshi bilar edim. – Jimgina boqib turgan bu ko‘zlar juda tanish, qiziq, qayerda ko‘rganman? 3. Ma, yuvib ye, yangi uzilgan. O‘zimizning tomorqadan! – Kasallikka qarshi yangi usulni qo‘llash, yangi preparatlarni sinovdan o‘tkazish talab etilmoqda. 4. Heech shu shaharcha odatlaring qolmadi-qolmadi-da, Orziqulov. – Qurilajak bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg‘a bo‘ladi. 5. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. – Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir.
Gaplarni o‘qing. Urg‘u ta’sirida talaffuzda sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlarini aniqlang.
1. Barakalla, boplabsan, xo‘o‘p yaxshi ish qilibsan. 2. Bu – biznes, unga tasavvur qilganingdan ham aancha katta pul tikkanman. 3. Bilasanmi, uzoooq o‘yladim, oxiri qayerda xato qilganimni topgandek bo‘ldim. 4. Muncha shiriiin bu tabassum? 5. Senga nima? O‘o‘o‘tiribman katta idoraga xo‘jayin bo‘lib! 6. Vey, bu bola uchchiga chiqqan ayyor, jaa muttaham ekan-ku! 7. Yashshamagur, nimalar qilib qo‘ydiiing, qara, boyaqish yumm-yumm yig‘layapti! 8. Xo‘o‘sh, shu gaplarni o‘ylab gapiryapsanmi? Uyalmaysanmi?
MUNDARIJA.
I FASL. TALAFFUZ VA IMLO ME’YORLARI.
1-mavzu. Talaffuz va imlo.
2-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi unlilar.
3-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi undoshlar.
4-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
5-mavzu. Urg‘u talaffuzi.
6-mavzu. Qo‘shib yoziladimi, ajratib?.
7-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
II FASL. SO‘Z QO‘LLASH ME’YORLARI.
8-mavzu. Nutqda o‘rinli va noo‘rin so‘zlar.
9-mavzu. Nutqdagi taqiqlar.
10-mavzu. Evfemizm va disfemizmlar.
11-mavzu. Olmoshlar uslubiyati.
Mustahkamlash darsi.
12-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
III FASL. BARQAROR BIRIKMALAR – NUTQIMIZ KO‘RKI.
13-mavzu. So‘z va ibora teng emas.
14-мavzu. Maqolni o‘rinli qo‘llash.
15-mavzu. Tasviriy ifoda – ko‘tarinki nutq vositasi.
IV FASL. MADANIY NUTQNING GRAMMATIK VA PUNKTUATSION ME’YORLARI.
16-mavzu. Ortiqcha qo‘shimchalar.
17-mavzu. Qo‘shimchalar tanlovi.
18-mavzu. Nutqda shakl va mazmun mosligi.
19-mavzu. Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash.
20-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
Mustahkamlash darsi.
21-mavzu. Ish qog‘ozlari bilan ishlash.
YIL DAVOMIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
263-mashq Ona Tili Uy Vazifa 5 sinf! Yordam Beringlar! 30 Ball Beraman!
Ответ:Navoiy bobom millatning quyoshidir. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni tugilgan. 1501-yil 3-yanvar kuni vafot etgan. Alisher Navoiy ulug ozbek va turkiy shoiri va arbobi bolganlar.
Ответ:Navoiy bobom millatning quyoshidir. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni tugilgan. 1501-yil 3-yanvar kuni vafot etgan. Alisher Navoiy ulug ozbek va turkiy shoiri va arbobi bolganlar.
Вот это подход!
Новые вопросы в Оʻzbek tili
1. Alisher Navoiy haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 2. Navoiy asarlarida qaysi zamonaviy texnikalarning muqobillari haqida farazlar bor? 3. Eskalat … or nima? 4. Lift va eskalatorning o’xshash va farqli jihatlarini ayting.ПОМОГИТЕ ЖЕ ПОЖАЛУЙСТА!!
Sozlarni mos ustunga ajrating
пж дам hilolada 60 varaq bor unga 500 varaqdi akmal berdi sovol:hilolada nechta varaq bor?
301-mashq uyga vazifa amir temurning toxtamishxon bilan bolgan jangidan olingan tasvirni kuzating. sovut dubulga palaxmon zirh nayza paykon kamon kabi … sozlarning izohini topib ular ishtirokida gaplar tuzing iltimos yordam bervorila iltimoooooos 50 ball beraman
11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
1. Gap bo`laklarining odatdagi tartibi qaysi qatorda qo`llangan?
A. Gulga to`lsin bu yorug` dunyo.
B. Muhabbat husndir har bir insonga.
D. Dugonam osongina qutulgani uchun behad quvondi.
E. Siz yoqqansiz menga hamisha.
2. Gap bo`laklarining o`zgargan tartibi qaysi qatorda qo`llangan?
A. O`z kasbini sevmagan baxtiyor bo`lmaydi.
B. Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir.
D. Nega lablarimda kezar tabassum.
E. Temirchi qo`shnimizning bu jasorati meni hayratga soldi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi 1-topshiriq bajariladi.
Topshiriq. Insho haqidagi fikrlaringizni bayon qiling. Inshoning tarkibiy tuzilishi, insho matnida fikming mantiqiy izchillikdagi bayoni borasida bahslashing.
Bilib oling:
Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o‘zaro mazmuniy-sintaktik bogianishidagi kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri bilan bog`langan bo‘ladi, shunga ko’ra bog’li nutq tushunchasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga muvofiq:
1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil gaplarni bogiovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi.
2. Mantiqiy bog`lilik. Bunday bog`lilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak, shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.
3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki, aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o’tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.
Darslikdagi 47-mashq sharti asosida bajariladi. Matndagi abzaslar aniqlanadi, mazmuniy, mantiqiy, kompozitsion bog`liqliklar tushuntiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 48-mashq sharti asosida bajariladi. Bahs-munozara o`tkaziladi.
V . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 49-mashq.
49-mashq. Demak, shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog`lovchilar, qayd etmoq lozimki, aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o‘tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalarni ishtirok ettirib matn tuzing, bu vositalarning matn kompozitsiyasidagi o‘rniga diqqat qiling.
Sana __ ________
11-sinf ona tili
Matn, mazmuniy sintaktik bog`lanish, kompozitsion bog`liqlik.
Tarbiyaviy:o`quvchilarni ota-bobolarimiz hikmatiga ehtirom ruhida tarbiyalash.
Tur:bahs-munozara.
Shakl:savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, “Otalar so`zi”, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati” kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Nutqiy kompetensiya elementlari
Nutqning mazmuniy, mantiqiy kompozitsion bog`liqligini farqlay oladi
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Matn tarkibidagi gaplarni bir-biriga bog`lay oladi, so`zlarni nutq uslublariga mos ravishda qo`llay oladi
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
2. 50-mashq bajariladi
1.Testlar bilan ishlash.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash Jadval bilan ishlash
Mantiqiy bog`lovchi vositalarni jadvalga joylashtiring:
III.Yangi mavzu bayoni (davomi)
50-mashq. «Qalam» matnini o‘qing. Undagi mantiqiylik sifati vakompozitsiyayaxlitligini tushuntirishga harakat qiling.
Yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa-da, tilimizning boyligini ko‘rsatish maqsadida «qalam» so‘zining ko‘chma ma’nolariga to‘xtalib, bir necha misol keltiramiz. Masalan, «qalam ahli» — yozuvchi va shoirlar, jurnalist va olimlar. «Qalami ojiz» — fikrini yaxshi ifodalay olmaydigan. «Qalami o‘tkir» — fikrinita’sirchan qilib yoza oladigan. «Qalamqosh» yoki «qoshi qalamlar» — uncha egilmagan qop-qora, chiroyli qoshli suluv. (A. Ibrohimov)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” dan olingan iboralar izohi ustida ishlanadi:
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing.
Podadan oldin chang chiqarmoq Ro‘yobga chiqishi aniq bo`lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurmoq.
Varianti: podadan avval chang chiqarmoq. Ma ‘nodoshi: to‘ydan ilgarinog‘ora qoqnmq.
Sirkasi suv ko`tarmaydigan. Tanqidga mutlaqo chidamaydigan.
V . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 51-mashq.
51-mashq. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» mavzusida insho yozing. Unda mazmuniy, mantiqiy va kompozitsionbog`lilikni ko‘rsatadigan vositalarning ishtirokiga alohidadiqqat qiling.
Sana __ ________
11-sinf ona tili
Tarbiyaviy:o`quvchilarnikomillikka, barkamollikkaundashorqaliulargaaxloqiytarbiyaberish, milliyan’analargahurmatruhidatarbiyalash.
Tur: yangi bilimlarni bayon qilish va mustahkamlash
Jihoz: Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”,
N. Mahmudov va Y. Odilovning ≪O`zbek tili enantiosemik so’zlarining izohli lug’ati≫ kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
O`z ustida mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish.
Qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash, internet ma’lumotlari yordamida o`z bilimini muntazam oshirib boorish qobiliyatini shakllantirish.
Lingvistik kompetensiya elementlari.
Adabiy til me’yori va umumxalq tili o`rtasidagi umumiy va xususiy jihatlarni farqlay olish, yozma nutqda adabiy til me’yoriga to`la amal qilish, til elementlarni nutq uslublari doirasida to`g`ri qo`llash qobiliyatini shakllantirish.
Kun hikmati:Ona tabiatni asraylik!
2. Uy vazifasi nazorati
2. 1-topshiriq hamda 52-mashqlar bajariladi.
2. Izohli lug`at bilan ishlash
3. Tarqatma materiallar asosidasavol-javob
4.Mavzuga doir testlar bilan ishlash.
VI bosqich. Dars yakuni va baholash
O`quvchilarning dars davomidagi ishtroki hisobga olinib reyting ballari e’lon qilinadi.
I.Tashkiliy qism.
1.Sinf davomatini aniqlash.
2.Kun yangiliklari haqida suhbat.
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi.
Aqliy hujum:UMUMXALQ TILI deganda nimani tushunasiz?
Savol yuzasidan o`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushumtiriladi.
Nutqning sofligi. Nutqning sofligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, madaniy nutq o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilishi, turli til, qayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bog`liq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`g`ri bo`lishini, so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot – ortologiya ana shu sifatlarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o`zida aks ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab o`tirishning ham hojati yo`q. Ammo notiq tinglovchilarni o`ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador bo`lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XV – XVI asr O`rta Osiyo ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida muhim tezislarni ilgari surgan. Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo`lishiga qaratgan o`z nazariyotchilari ham bo`lishgan.Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo`ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo`lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo`ladi: to`g`rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi
1-topshiriq. Berilgan gaplarni o ‘qing, nutqning sofligi sifatiga puturyetkazgan vositalarni aniqlang.
1. Sizlarnikidaqa situatsiyada har qanday bola ham bunday natijalargaerisholmaydi. (Jurnaldan) 2. Viktorinaga qatnashish jarayonida bir g‘oyatag‘ildi. (Gazetadan)
52-mashq. Gaplarda nutqning sofligiga ta’sir qilayotgan birliklarnianiqlang va ularga izoh bering.
1. Hamqishloqlaming bu bolaga ichlari achir, xudo bergan birginao‘g‘ilni shunchalik qiynab qo‘yganlari uchun orqavarotdan uning ota-onasinitanirdilar. (N. Abdiyeva) 2. Qonun loyihasiga ko‘ra, energetik ichimliklarnio ‘n sakkiz yoshga to ‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish fuqarolarga engkam ish haqining besh baravaridan o ‘n baravarigacha miqdorda jarima solishgasabab bo’lishi mumkin. (Gazetadan) 3. Maktabimizda yuqori sifatgaega ≪smart-class≫ tashkil qilindi. (M. Najmiddinova) 4. Shundan buyonmundial saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti. (Gazetadan)5. Bu yerda esa overtaymlarsiz ish bitmadi: 2:2 ko‘rinishidagi durangdanso‘ng bolqonliklar hal qiluvchi golni urishdi. (Gazetadan) 6. Bu nutq
matbuotga chiqishiga qadar esa Messi o‘zi uchun odatiy shedevr golurishga ulguradi. (Gazetadan) 7. Tez orada hammaning og‘ziga tushgan15 yoshli vunderkind bilan uchrashdi. (Gazetadan)
Mashq guruhlarda og’zaki bajariladi.
Mustaqil ish: Venn diogrammasi yordamida adabiy til meyori va umumxalq tili o`rtasidagi umumiy va xususiy jihatlarni ko`rsating.
Adabiy til me’ yori Umumxalq tili
53-mashq. Matnni o‘qing. ≪Ishlamaydigan≫ yoki parazit so‘zlarningnutq sofligiga zarari haqida fikrlashing.
IV Mustahkamlash. Mavzu savollar asosida mustahkamlanadi. Mavzu yuzasidan testlar bilan ishlanadi.
Yuqoridagi mashqda nutq sofligini buzuvchi kinoya bilan qo`llangan so`zlarning ishlatilish uslubiga e’tibor beriladi.
54-mashq. Matnni o ‘qing va qahramon nutqidagi shu so‘zining qanday ma’no tashiyotgani yoki tashimayotganini izohlang.
Xo‘jayin, shu, shu, desangiz. Shu. bizdi mashina dovonning naryog‘ida,
shu, radiatori teshilib, shu, qolib ketibdi.
— Qanaqa mashina? – dedi hayron bo‘lib Mirvali.
— Hozir Toshkent tomondan, shu. kelayotgan, shu, bir ≪Jiguli≫ garajgakelib shundoq dedi.
— Qanaqa mashina, deb so‘rayapman.
— Shu. asalchining yukini Toshkentga, shu, olib ketgan mashina,
—Nega menga aytasan, garaj mudiriga ayt.
— Shu, xotini to ig ‘o q tutib, shu, kasalxonaga olib ketgandi.
— Bo‘pti, bosh mexanikka ayt.
Qorovul shu deb yana nimadir demoqchi edi; Mirvali qo‘l siltab,≪ketaver≫ ishorasini qildi. (Said Ahmad)
Mashq mustaqil ish sifatida bajariladi.
Sh. Rahmatullayevning ≪O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati≫dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing.
Soyasiga ko‘rpacha solmoq Izzat-hurmat qilishni me’yoridan o’tkazib yubormoq. Varianti: soyasiga ko‘rpacha yozmoq; soyasigako‘rpacha to‘shamoq.O‘xshashi: boshiga ko‘tarmoq.
Tinkasi qurimoq Toliqmoq, darmonsizlanmoq. Varianti: tinka-madoriqurimoq.
M a ’nodoshi: holdan toymoq; holdan ketmoq.
1. Nutqning sofligi nima va u qanday mezonlar bilan belgilanadi?
2. So‘zlovchining madaniy saviyasi uning nutqida aks etadimi?
3. Nutqning sofligiga putur yetkazadigan unsurlami aytib bering.
4. Nutqning sofligini buzuvchi ≪ishlamaydigan≫ so‘zlarga misollar keltiring.
5. Idoraviy so‘z va iboralarni tavsiflang.
V. Darsni yakunlash.Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa55-mashq.O‘zingiz yashayotgan hudud shevasiga mansub beshta so’ztoping, ularni adabiy tildagi muqobillari bilan birga yozing.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sana __ ________
11-sinf ona tili
Tarbiyaviy: o`zaro hurmat ko`nikmalarini rivojlantirish
Shakl: yozma nazorat
Vosita: Darslik yoki elektron darslik, test materiallari
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari.
Nazariy bilimlarni amalda qo`llay oladi.
Oz so`zla, ko`p tingla.
Qisqa savol-javob asosida takrorlash
VIbosqich. Uyga vazifa berish
Mustaqil o`qish, takrorlash
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Sinf davomatini aniqlash.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
Uyga vazifalar nazorati.
Qisqa savol-javob asosida o`tilganlarni takrorlash.
III. Yangi mavzu bayoni
Test materiallari tarqatiladi. Testlar bilan ishlanadi.
IV . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Mustaqil o`qish va takrorlash.
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
Tarbiyaviy: o`quvchilarni komillikka, barkamollikka undash orqali ularga axloqiy tarbiya berish.
Tur: yangi bilimlarni bayon qilish va mustahkamlash
Jihoz: Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”,
Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya elementlari:
Fikrni adabiy til me’yoriga muvofiq ifodalash, til elementlarini ishlatishda me’yorga amal qilish va shevaga xos so`zlardan unumli foydalanish, uning ahamiyatini to`g`ri anglash.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida til elementlaridan to`g`ri foydalanadi.
2. Uy vazifasi nazorati
2. 56-57-mashqlar bajariladi
2. Izohli lug`at bilan ishlash
3. Tarqatma materiallar asosidasavol-javob
4.Mavzuga doir testlar bilanishlash.
VI bosqich. Dars yakuni va baholash
O`quvchilarning dars davomidagi ishtroki hisobga olinib reyting ballari e’lon qilinadi.
I. Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Kun yangiliklari haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi.
Aqliy hujum: KINOYA deganda nimani tushunasiz?
Savol yuzasidan o`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushuntiriladi.
1-topshiriq. Gaplarni o ‘qing va shevaga oid birliklarning nima maqsaddaqo‘llanganligini izohlashga harakat qiling.
1. Juringlar! Qaytishda cho‘milamiz! — dedi Oqboy. (Sh. Xolmirzayev)2. Shuytib kepqolganman-da men bu yoqlarga, bolam. (Erkin A ’zam)3. Mana, Salomxon aytvotti, xijolat bo‘ladigan hech gap o ‘tmabdi-ku.(Murod Mansur) 4. Sharif akamgila xat berib yubordila, — dedi. (TohirMalik)
2-topshiriq. Parchada tagiga chizilgan so‘zlarning qanday badiiy maqsadgaxizmat qilayotganini tushuntiring.
Muxbir: — Xo‘sh, xo‘sh, endi tak. kechirasiz, kelinlaringiz orasidamayin kuladigani bormi?
Farmon: — Ha, bor. Mana, Sotti juda mayin, juda chiroyli kuladi.(Said Ahmad)
O‘g‘ilginamni yaxshi bilasan, qo‘ydek yuvosh bola. Kelinim, yashamagur,
uni ham rasvo qildi. Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip o‘tkaziboldi bu dog‘uli. (Said Ahmad)
Badiiy nutqda nutqning sofligi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.Badiiy nutqda qahramonningmuayyan hududga mansubliginita’kidlash maqsadi bilan shevaga oid so‘z, ibora, grammatik shakllar,personajlarning milliy mansubligi, madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u berish uchun o‘zbek tiliga kirib o‘zlashmagan chet so‘z vaso‘z birikmalari, qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasinibo‘rttirib ifodalash niyatida dag‘al va haqorat so‘z-iboralar, shaxsninghissiy holati, nutqiy malakasining yetarli emasligini ko‘rsatish uchunhaligi, masalan, innaykeyin, уa’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi,men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi o‘z ma’nosidanbegona qilingan, ya’ni ishlamaydigan so‘z va iboralar ishlatilishimumkin.Ta’kidlash joizki, rasmiy-idoraviy qoliplashgan so‘z va iboralarrasmiy uslubdagina qo‘llanadi, ularni boshqa uslublarga olib kirishmaqsadga muvofiq emas. Hatto badiiy asarda ham ularning maqsadsizishlatilishi o‘rinli bo’lmaydi. Ammo personajning madaniy, ma’naviysaviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadida, ya’ni estetikmaqsad bilan rasmiy-idoraviy qoliplashgan iboralarning badiiy matndaqo‘llanishi kuzatiladi.
56-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko’rsatilgan so‘zlarning qandaybadiiy maqsadda qo‘llanganini izohlang.
1. Mingboshi erkin-erkin kuldi: — Tavba de, betavfiq! Astag‘furullo, de!— Miryoqub ≪astag‘furullo≫ o ‘rniga uyat bir so‘z aytdi. Mingboshi beshbattar yoyilib kuldi. — A battol-ey! О battol-ey! – dedi u. (Cho‘lpon)2. Tuf de, ko‘zing tegadi, kasofat! Shu so’zingni menga aytsang, tishingnisug`urib olardim. (Oybek) 3. Bu yerda ish yomonmi? Raisninggapini eshitding-ku, yer yutkur! ( O‘. Umarbekov) 4. Hazarni biladimi bugo‘rso‘xta. Hukumatni qo‘liga tushsa, otuv berardi. (Murod Mansur) 5.Endi Qizilsoyga yaqin borsang, o’ldiraman, juvonmarg! (Erkin A ’zam)
Mashq guruhlarda og`zaki bajariladi.
57-mashq. Atoqli adib Abdulla Qahhor qalamiga mansub quyidagimatnni o‘qing va unda nutqning qaysi sifatiga bee’tiborlikhaqida gap ketayotganini aniqlang.
Mashq guruhlarda yozma bajariladi.