Press "Enter" to skip to content

Finlyandiya tajribasi» O‘zbekistonning ta’lim muammolarini hal qila oladimi

Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

Ona tili darsliklari tahlili

Bolalikda o‘qilgan asarlarning ta’siri umr bo‘yi insonga hamroh-hamnafas bo‘ladi. Yoshlikda xayolga o‘rnashgan tushuncha, tasavvurlar hamisha to‘g‘ri tuyuladi. Shuning uchun bolaning oq qog‘ozdek sof, toza ongu shuuri kitobda zikr etilgan haqiqatlarni hayratomuz bir tashnalik bilan o‘zlashtiradi, ularga umri davomida inonib yashaydi.

Shunday ekan, bugungi adabiyot darsliklari qay ahvolda? Ular bugungi davr talabiga javob bera oladimi?

Darsliklar yaratish mas’uliyatli va murakkab ishligini hisobga olsak, uzluksiz ta’lim tizimi uchun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksincha, mazmunan to‘ldirishi, o‘quvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat qilishi kerak. Hozirgi maktab darsliklari katta fundamental ish sifatida e’tirofga loyiq. Lekin darsliklardagi ayrim o‘rinlar xususida mulohazalar borki, ularni aytib o‘tishni lozim topdik.

Amaldagi 5–9-sinf adabiyot darsliklarida o‘quvchilar 67 nafar o‘zbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, shuningdek, turli adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi…

Avvalo, adabiyot darsliklari o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ruhiy dunyosiga mos bo‘lmog‘i kerak. Shuni inobatga oladigan bo‘lsak, 5—6-sinf o‘quvchilari hali turli o‘yinlarga qiziqadigan, har xil sarguzashtlarga boy ertak va rivoyatlarni eshitishni xush ko‘radigan, multfilmlarni tomosha qilib charchamaydigan yoshda bo‘ladi. Maqolani yozish jarayonida chet el adabiyot darsliklarini o‘rganib chiqdik. Masalan, 5—6-sinf rus bolasi Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Mark Tven, Ernest Seton-Tompson, Amadey Hofman, Lev Tolstoy, Aleksandr Pushkin kabi adiblarning bolalarbop sarguzasht asarlarini o‘qiydi. Ammo bizda…

To‘g‘ri, 5—6-sinf darsliklarida bolalarbop asarlar yo‘q emas. Lekin ularning safini kengaytirish lozim. Sababi, mana bir necha yilki, maktab o‘quvchilari Xudoyberdi To‘xtaboyev, Antuan de Sent-Ekzyuperi, Janni Rodari kabi sanoqli bolalar yozuvchilarining asarlarini o‘qishmoqda. Ushbu sinflarda o‘zbek yozuvchilaridan Nosir Fozilov, Erkin Malik, Anvar Obidjon, Qambar Ota hamda jahon adabiyotidan Lev Tolstoy, Aleksandr Pushkin, Ivan Krilov, Jyul Vern, Lafonten, aka-uka Grimlar, Sharl Perro, Amadey Hofman kabi ijodkorlarning bolalarga atalgan asarlaridan namunalar berish ayni muddao bo‘lardi.

To‘g‘ri, bu ijodkorlarning kitoblari nashr etilmoqda, maktab kutubxonalariga ham yetib borgan. Ammo hamma maktab kutubxonalari ham kitobga boy emas. Shu ma’noda aslida o‘quvchilar yuqorida zikr etilgan adiblarning asarlarini eng avvalo maktab darsliklari orqali bilib olishlari kerak deb o‘ylaymiz.

Adabiyot darsliklarida berilgan ijodkorlarning tarjimai holi haqidagi ma’lumotlar xususida to‘xtalib o‘tsak. Ayrim shoir-yozuvchilarning hayot yo‘li bayonida faqat ma’lumotbozlik bo‘y ko‘rsatadi. Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi ko‘pligidan o‘quvchi tugul, hatto o‘qituvchi ham shoshib qoladi. Masalan, 5-sinfda Maqsud Shayxzoda, 6-sinfda Turob To‘la, 7-sinfda Mirmuhsin va O‘lmas Umarbekov, 8-sinfda Fitrat, 9-sinfda Furqat kabi ijodkorlar hayoti haqidagi ma’lumotlar shu qadar ko‘p va quruq holatda berilganki, bu o‘quvchini zeriktirishi, toliqtirishi, chalg‘itishi tabiiy.

Quyidagi iqtibosga e’tibor bering: «. yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston davlat nashriyoti (O‘zdavnashr) muharriri, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari». Bu – shoir Turob To‘laning 6-sinf darsligining 1-qismi 27-sahifasida berilgan tarjimai holidan parcha. O‘quvchiga ijodkorning qaysi mansabda ishlagani emas, qanday asar yozgani, uning mazmun-mohiyati ahamiyatli (aslida bu yoshdagi bola bu lavozimlarning farqiga ham bormaydi).

Ayrim ijodkorlar haqidagi mavzular sinfdan sinfga o‘tarkan, hech o‘zgarishsiz, qo‘shimcha va to‘ldirishlarsiz ko‘chiriladi. Masalan, 6-sinfda keltirilgan Muqimiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni olaylik. Shoirning vafotidan keyin uning 4-5 ta to‘plami nashr qilinganini aytmasak, 5-sinf darsligida berilgan ma’lumotlar mazkur sinfda shundayligicha takrorlangan. Bundan tashqari, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov kabi ijodkorlarning ham tarjimai hollari o‘zgarishsiz, yangi ma’lumotlarsiz darslikdan-darslikka ko‘chib o‘tavergan. Keyingi nashrlarda bu qaytariqlar tuzatilishi maqsadga muvofiq.

Hazrat Alisher Navoiy – ma’naviyatimiz quyoshi, ulug‘ mutafakkir. Ul zoti sharifning ibratlarga to‘la hayot va ijod yo‘li maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonidan yosh avlodga o‘rgatib kelinayotgani tahsinga loyiq. Lekin darsliklarda Navoiy haqidagi mavzular, bizningcha, tizimli ravishda berilmayapti. E’tibor bering, 5-sinfda ulug‘ shoir hayoti va ijodi haqida ikki sahifa, 6-sinfda esa bir sahifagina ma’lumot berilgan bo‘lib, barchasi umumiy gaplardan iborat. Vaholanki, 6-sinfda o‘quvchilar Navoiy haqida avvalgi sinfda berilmagan ma’lumotlarni o‘qishlari, ul zotning hayoti va ijodiga taalluqli yangi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak edi. Biroq, afsuski, bu masala na kitob mualliflari, na Respublika ta’lim markazi xodimlarini o‘ylantirayapti…

6-sinfdagi Navoiy mavzusidan keyin berilgan savol va topshiriqlar qismida «Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va boshqa san’at asarlarini bilasiz?» degan savol bor. To‘g‘ri, 5-sinfda adib Mirkarim Osim qalamiga mansub «Zulmat ichra nur» qissasidan parcha berilgan. O‘quvchilar, agar yaxshi o‘qigan bo‘lishsa, ushbu asarni aytishlari mumkin. Ammo 6-sinfning o‘zida shoir tarjimai holida bu haqda biror gap aytilmagan. Shunday ekan, o‘quvchi bu savolga qanday javob berishi mumkin?! Darslikning keyingi nashrlarida Navoiy siymosi aks etgan badiiy kitob va boshqa san’at asarlari haqidagi ma’lumotlar ham kiritilishi kerak (masalan, Oybekning «Alisherning bolaligi» asaridan parchalar berilsa, buyuk bobokalonimizni quruq faktlar bilan emas, badiiy tasvir orqali yaxshiroq tanitgan va o‘quvchilarda ul zotga nisbatan mehrni yanada oshirgan bo‘lardik).

Hozirgi o‘quvchilardan Navoiyning qaysi g‘azallarini bilasan deb so‘rasangiz, «Kecha kelgumdir debon. », «Ko‘rgali husningni zoru. » kabi g‘azallari, «G‘urbatda g‘arib. », «Zohid, sanga huru. » singari ruboiylarini aytishadi, xolos. Bizningcha, buning asosiy sababi bir necha yildan beri o‘zgarmasdan, shunda ham faqat 8-sinf darsligidagina berib kelinayotgan «dejurniy» she’rlar. Aslida darsliklarda Navoiy ijodidan namunalarning berilish tizimi ham munozarali. E’tibor bering: 5- va 6-sinflarda hazratning «Hayrat ul-abror» va «Mahbub ul-qulub» asarlari, 7-sinfda «Sab’ai sayyor» dostonidan parcha, 8-sinfda bir turkum g‘azal hamda qit’alari, 9-sinfda esa «Farhod va Shirin» dostonidan parchalar berilgan. Nega butun bir avlod faqat 8-sinfda akasi, opasi, amakisi, xolasi yodlagan g‘azallarni yodlashi kerak!? Axir hazrat Navoiyning o‘zbek tilida yozilgan 2600 dan oshiq g‘azali bor-ku! Shuning uchun har bir sinf darsligiga shoir g‘azallari-yu ruboiylaridan, qit’alari va tuyuqlaridan namunalar hamda ularning tahlillarini kiritish lozim.

7-sinfda «Sab’ai sayyor» dostonidan parcha berilgan. Bizningcha, birinchi galda asar nima uchun «Yetti kezuvchi» deb nomlangani, uning asosiy syujeti va mazmun-mohiyati haqida o‘quvchiga tushuncha berilishi kerak edi. Ammo bu asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, tuzilishi haqida bir jumla ham ma’lumot berilmagan. Shoir hayoti haqidagi ma’lumot tugashi bilan «Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofirning dostonorolig‘i» deb Mehr va Suhayl haqidagi voqealar boshlanib ketgan. Aslida bu asar shoh Bahrom hamda uning husn va tafakkurda tengsiz bo‘lgan yori Dilorom haqida bo‘lib, Bahromning shoshqaloqligi va kaltabinligi oqibatida Diloromdan ayrilgani, Bahromni chalg‘itish uchun turli rangdagi yettita qasr qurilib, yetti kecha unga turli rivoyatu afsonalar aytilgani, Mehr va Suhayl haqidagi rivoyat beshinchi kecha – chorshanba kuni moviy qasrda bir jahongashta sayyoh tomonidan aytilganini o‘quvchilar Navoiyni o‘qishni o‘zi ham ma’naviy burch deb bilgan o‘qituvchisi bo‘lsa, biladi… Bo‘lmasa, bilmay ulg‘ayaveradi (o‘quvchilardan «Sab’ai sayyor» qanday asar deb so‘raganingizda, Mehr va Suhayl haqida deyishsa, hech ajablanmang!).

…Darslik yaratish mushkul ish. Buning uchun katta bilim va salohiyat, mehnat talab qilinadi. Shu bois kitoblar bir nechta kishidan tarkib topgan jamoa tomonidan yoziladi. Amaldagi darsliklarning mualliflari ham taniqli, chuqur bilimga ega bo‘lgan adabiyotshunos olimlar. Darsliklar 4-5 yilda yangilanadi (oxirgi o‘n yillikdagi yangilanishlar unchalik farq qilarli darajada emas). Ammo mualliflar o‘zgarmaydi. Bizningcha, maktab darsliklarini tuzadigan mualliflar tarkibini qayta shakllantirish, to‘ldirish kerak. Bu bilan hozirgi darsliklarning muallifi bo‘lgan hurmatli olimlarimizni qatordan chetlatish lozim demoqchi emasmiz. Faqat kitoblarning saviyasini yuksaltirish va mundarijasini yanada boyitish uchun mualliflar safini kengaytirish tarafdorimiz, xolos. Dunyoni teran anglaydigan, uyg‘oq fikrli kitobxonlarni tarbiyalash adabiyot ta’limining birlamchi vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlari, adabiyotshunoslikning yangi so‘zi asosida zamonamizning yuksak sur’ati va shiddatli tafakkuriga munosib bo‘lgan mukammal darsliklar yaratish lozim.

Shuni inobatga olib, darslik yaratishga adabiyotning turli sohalari – nasr, nazm va dramaturgiya yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan, turli oliy o‘quv yurtlarida adabiyotdan saboq berayotgan, adabiyot o‘qitish metodikasi bilan muntazam shug‘ullanayotgan yuksak salohiyatli fan doktorlari va professorlarni ham jalb qilish lozim. Bunday deyishga ham sabab bor. 9-sinf adabiyot darsligida mumtoz adabiyot vakillaridan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat kabi ulug‘ shoirlar bor. Ammo darslik mualliflari safida na navoiyshunos, na boburshunos, na ogahiyshunos, umuman olganda, mumtoz adabiyot olimlari bor (yoki darsliklarda berilgan xalq og‘zaki ijodiga doir namunalar – turli xalq qo‘shiqlari, maqol va topishmoqlar, dostonlarning tahlilida ham folklorshunos olimlarning ko‘magidan foydalanish mumkin edi. ).

Agar ushbu darslik mualliflari navoiyshunos olimlarni ijodiy hamkorlikka chorlab, birga ishlaganlarida edi, «Farhod va Shirin» dostonidagi «Mashaqqatdin yigitni el qori der / Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer» bayti «Mamlakatdin yigitni el qari der / Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer» deb tushunarsiz holda darslikka kiritilmasdi. Yoki bo‘lmasa, 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi mavzuda shoirning «Hajringda bu tun ko‘ngilda qayg‘u erdi / Vaslingga yetishmadim, jihat bu erdi / Ohim tutuni birla ko‘zimning yoshidin / Yo‘l balchiq edi, kecha qorong‘u erdi» ruboiysining oxirgi ikki misrasi shunday izohlanadi: «Keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga o‘tadi. Fojia hazil bilan beriladi. ». Bizningcha, bu yerdagi holatni fojia deyish va shoirning izohini mutoyibaga yo‘yish to‘g‘ri emas. Oh tutun kabi atrofni zim-ziyo qilishi, ko‘zidan oqqan tinimsiz yosh sabab hammayoq loy-balchiq bo‘lishi – mubolag‘a, bo‘rttirish san’atidir…

Adabiyot darsliklarida bir qancha ilmiy-uslubiy, imloviy xatolar ham mavjudki, ularni tuzatish maqsadga muvofiqdir. Quyidagilarga e’tibor bering:

  1. 5-sinf darsligida Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» kitobi to‘g‘risida fikr yuritilib (31-bet), ushbu kitobga 600 ming hadisdan 7397 ta hadis kiritilgani aytilgan. 7-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsligining 102-betida «Al-jome’ as-sahih»ga kiritilgan hadislar soni 7275 ta deb ko‘rsatilgan. Bir necha yil bo‘ldiki, bu tafovut hech kimning e’tiborini tortmadimi, shundayligicha qolayotir. Faraz qiling, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonidagi abituriyentga ona tili va adabiyot, tarix hamda chet tilidan iborat testlar to‘plami keldi. Ikki fandan tuzilgan testlarda ham bir xil – Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» kitobiga qancha hadis kiritilgan degan savol berildi deylik. O‘z-o‘zidan ma’lumki, abituriyent ikkala fan kitobida qanday yozilgan bo‘lsa, o‘shani belgilaydi.

Xo‘sh, o‘quvchilarni chalg‘itayotgan ma’lumotning aslida qay biri haqiqatga yaqin? Bu savolga javobni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2017 yilda nashr qilingan «Islom» ensiklopediyasidan topamiz: «Undan («Al-jome’ as-sahih»dan – H.M.) Imom Buxoriy tomonidan to‘plangan 600 mingga yaqin hadis orasidan ishonchli hadislar sifatida tanlab olingan 7275 hadis (takrorlanadiganlari bilan birga) joy olgan. To‘plamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 dan iborat» (415-bet). Ushbu ensiklopediya bir necha tarixchi olimlar, islomshunoslar, diniy ulamolar tomonidan tayyorlangan. Demak, hadislarning 7275 taligi haqiqat. Shunday ekan, 5-sinf adabiyot darsligining keyingi nashrida bu ma’lumot to‘g‘rilanadi degan umiddamiz.

  1. 5-sinf adabiyot darsligining 2-qismida Alisher Navoiy 90 yoshli Lutfiy bilan ko‘rishganida 12 yoshda ekani aytiladi. Hazrat Navoiyning tug‘ilgan yilidan kelib chiqsak, bu voqea 1453 yilda yuz bergan. 8-sinf adabiyot darsligida Lutfiyning tug‘ilgan sanasi 1366 yil deb ko‘rsatilgan. 1366 ga 90 ni qo‘shsak, 1456 hosil bo‘ladi. Demak, bu ma’lumotda ham tafovut bor.
  2. 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida «Panchatantra» va «Kalila va Dimna» alohida asarlar sifatida sanab o‘tilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: «. sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi» (72-bet). 8-sinfdagi ma’lumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlashadi. Ko‘rinib turibdiki, bu ma’lumotlar ham bir-birini inkor qiladi.
  3. 6-sinf darsligining 1-qismida Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» asaridan olingan «Do‘nan» nomli parchaning hajmi to‘rt sahifa. Ammo hikoya tahlili undan katta – olti sahifani egallagan. Bizningcha, tahlilning haddan ziyod ko‘pligi o‘quvchining fikrlashi uchun imkon qoldirmaydi.
  4. 6-sinfda G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi berilgan bo‘lib, mavzu oxirida shunday savol keltirilgan: «Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar o‘sha asar bilan bir xil bo‘lishi kerak deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning o‘ziga xos hikoya yo‘sinini solishtirishga harakat qiling». 12 yoshli bolaga bunday savol bilan murojaat qilish to‘g‘rimikan?!
  5. 9-sinfda berilgan «Farhod va Shirin» dostonida ham mazmunga putur yetkazadigan bir qancha imloviy xatolar bor. Masalan: «Bu farni hodiyi baxt yetgach irshod, Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod» (aslida «Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod»); «Bu jalvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda» (aslida «Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda»); «Ne imkonim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga, Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga» (aslida «Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga, Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga»).
  6. Xuddi shu – 9-sinfda mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqidagi mavzuda «Shoirning to‘yi», «Chapaklar va chalpaklar mamlakatida» nomli asarlar muallifi sifatida «A.A’zam» ko‘rsatilgan. Zamonaviy o‘zbek adabiyotidan boxabar bo‘lgan kishi bu asarlar Ahmad A’zam emas, Erkin A’zam qalamiga mansubligini biladi.
  7. 5-sinfda Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topshiriqlarda shunday savol bor: «Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas, Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas» satrlari ma’nosini tushuntirib bering». Xo‘sh, 12-13 yoshli bola shu savolga javob topa oladimi? Aslida Shayx Sa’diyning asarlaridan olingan she’riy parchalarni birinchi galda tahlil qilish, o‘quvchilarga soddaroq tilda tushuntirish lozim edi. Ammo mualliflar bu ishni zimmasidan chetlatib, yuqoridagi kabi savollar bilan o‘quvchini o‘ylantirib qo‘yishmoqda.
  8. 9-sinf adabiyot darsligining so‘nggi mavzusida mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqida so‘z yuritilib, bir o‘rinda shunday deyiladi: «Milliy poeziyamiz tarixida ikkigina so‘zdan iborat she’r hech qachon bo‘lmagan. Faxriyor shunday she’r yozdi. …odamga o‘zgacha tuyg‘u baxshida qiladigan tugal she’r yaratilgan». Muallif nazarda tutayotgan bu «ikkigina so‘z» aslida taniqli shoir Faxriyorning «Ayolg‘u» dostonidan («Ayolg‘u». T.: «Sharq» NMK bosh tahririyati, 2000 yil, 166-bet) olingan «Oy bolta» jumlasi bo‘lib, muallif(lar) uni o‘zbek adabiyotida yaratilgan eng qisqa she’r deb e’tirof etib, o‘quvchilarda she’r haqidagi tushunchalarni boshqa o‘zanga burib yuboradi. Ko‘pchilik o‘quvchilar va abituriyentlar bilan bo‘lgan suhbatlarda ma’lum bo‘ldiki, yuqoridagi jumla «tuturiqsiz jumla», muallif esa «g‘alati shoir» (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti yotoqxonasida Faxriyor bilan bo‘lgan bir uchrashuvda hatto bo‘lajak filologlar ham «shuyam she’rmi, o‘zicha yangilik qilaman deb xohlagan ikkita so‘zni yozsa she’r deb yurish nima degan gap?» deganlarini eshitganman. Hatto shoirning o‘zi ham bir suhbatda «darslikdagi shu gap chakki bo‘lgan-da» deganiga o‘zim guvohman). Demak, darslikdagi bu tahlil o‘quvchilarni zamonaviy she’riyatdan, zamonaviy ijodkorlardan uzoqlashtirishga sabab bo‘layapti…

Shu o‘rinda yana bir muhim masalaga to‘xtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi bo‘lgan muassasalar – O‘zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratish jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantirish va ularning ko‘ngliga ezgulik hamda to‘g‘rilik urug‘larini qadashda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalari-yu taqrizlari yetarli bo‘lsa?! Bizningcha, bu ishda ko‘pchilik bo‘lib, bahamjihat ishlagan ma’qul.

. Yaqinda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun repetitorga qatnayotgan bir yigit bilan suhbatlashib qoldim. Adabiyot sohasiga yaqinligimni bilib, «Hozir ham tirik shoirlar bormi?» deb qoldi. Daf’atan kulib yubordim. Kulganimdan xijolat bo‘ldimi, «To‘g‘ri-da, darslikdagi hamma shoirlar vafot etgan. Hozir ham yashab ijod qilayotganlari kiritilmagan demoqchiman», — dedi. Bu gapdan keyin esa kulolmadim, aksincha, ich-ichimdan xo‘rsindim. Negaki, bu yigit darslikka qarab, bugungi kunda adabiy asarlar yaratilmayapti, boshqa shoir-yozuvchi yo‘q ekan degan xayolga borayotgani hammani ham o‘ylantirishi tayin. Afsuski, bunday yoshlar (abituriyentlar) ko‘plab topiladi. «Bularning hozirgi adabiy jarayondan uzoqligiga o‘zlari aybdor, gazeta-jurnal o‘qishmaydi, televideniyedagi badiiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni ko‘rishmaydi» deydiganlar ham topilsa kerak. Balki shundaydir. Yaxshiyam oliy o‘quv yurtlaridagi kirish imtihonlarida ona tili va adabiyot fani qo‘yilgan, ko‘pchilik yoshlar test uchun bo‘lsa-da, shoir-yozuvchilarimizning hayoti va ijodini o‘qib, yodlashmoqda…

Adabiyot darsliklari bugungi adabiyot, adabiy jarayon darakchisi bo‘lishi ham kerak. Biroq… Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Yo‘ldosh Eshbek, Usmon Azim, Xurshid Davron, Azim Suyun, Mirza Kenjabek, Xurshid Do‘stmuhammad, Eshqobil Shukur, Sirojiddin Sayyid, Nazar Eshonqul, Iqbol Mirzo, Shoyim Bo‘tayev, Nabi Jaloliddin, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton, shuningdek, marhum ijodkorlardan Muhammad Rahmon, Matnazar Abdulhaqim, A’zam O‘ktam, Ravshan Fayz kabi shoir-yozuvchilarning borligi, ularning ajoyib asarlari o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari ekanligidan bexabar avlodning ko‘pligiga ham ayni shu hol – maktab darsligida zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining yo‘qligi sabab bo‘layotir (to‘g‘ri, akademik litseylarning 3-bosqich adabiyot darsligining oxirgi bo‘limida mustaqil o‘qish uchun hozirgi adabiy jarayon vakillari asarlari berilgan. Ammo bular ham o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘qilmaydi. Sababi bo‘limning nomidan bilinib turibdi: mustaqil o‘qish uchun! Shuning o‘zi ham hozirgi davr ijodkorlarini maktab darsliklariga kiritish zaruriy holga aylanganini ko‘rsatadi).

Bundan tashqari, Shukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning yurt va millatni sevishga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuyg‘ularni bosh g‘oya sifatida aks ettirgan asarlari negadir darsliklardan tushib qoldi. Ularning o‘rniga Saida Zunnunova, Xayriddin Saloh, Turob To‘la, Mirmuhsin kabi ijodkorlar kiritildi. Ochig‘ini aytish kerak, olib tashlangan ijodkorlar yangi kiritilganlardan ijodi jihatidan yuqori bo‘lsa yuqoriki, aslo kam emas. Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, milliy adabiyotimiz darajasini ko‘rsatib turuvchi darsliklarga asarlari badiiy barkamol bo‘lgan shoir-yozuvchilarni kiritish kerak (to‘g‘ri, 9-sinf darsligining oxirgi mavzusida mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqida muxtasar ma’lumot berilgan. Ammo ushbu mavzu may oyining oxirlariga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, bu mavzuning o‘tilishi gumon (ushbu mavzu matni mustaqillik davridagi o‘zbek adabiyotining ahvoli haqida xorij jurnalida e’lon qilish uchun yozilgan taqrizga o‘xshaydi: muallif va asar nomlari ko‘p, umumiy gaplardan iborat). Qolaversa, o‘quv yili oxirida darslar ta’til kayfiyatida o‘tilishi sir emas. Ayniqsa, 9-sinf o‘quvchilari bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rib, nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlarni ham diqqat bilan o‘qib, o‘zlashtirishmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda 7-, 8-, 9-sinflarda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan ijodkorlarning hayoti va ijodini yoritish ayni muddao bo‘lar edi).

…Yuqoridagi barcha fikrlarga oddiy bir kitobxonning mulohazalari deb qaralishini istardik. Biz darsliklar mualliflarini tanqid qilish, ularning kamchiliklarini ko‘rsatish yoki ularga aql o‘rgatish niyatidan yiroqmiz. Ushbu fikrlar taklif sifatida qabul qilinib, agar ma’qul bo‘lsa, keyingi nashrlarda e’tiborga olinadi degan umiddamiz.

Husan Maqsud

«Finlyandiya tajribasi» O‘zbekistonning ta’lim muammolarini hal qila oladimi?

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda ta’limning finlyandcha tajribasi haqida yuqori minbarlardan turib ko‘p gapirilmoqda. Dastlab Sirdaryo viloyatiga tashrifi vaqtida prezident Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich maktablar uchun «Finlyandiya standartlari» asosida darsliklar ishlab chiqilishini e’lon qildi va bu qarorni «Finlyandiya xalq ta’limi Yevropada va umuman butun dunyoda raqobatbardosh ekani» bilan izohladi. Keyinroq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan prezident huzuridagi yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilidan boshlab viloyatning 48 ta maktabida Finlyandiya ta’lim tizimini tatbiq etish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masala finlyandiyalik ekspert bilan muhokama qilingani haqida hisobot berdi.

«Fin tajribasi» nimadan iborat o‘zi? Fin tajribasini ko‘chirish haqiqatan ham bizning ta’lim tizimimizdagi barcha muammolarni tuzata oladigan «sehrli hapdori»mi?

Finlyandiya ta’lim tizimi sharhi

Finlyandiya Ta’lim va madaniyat vazirligi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi ta’lim tizimi bir necha bo‘g‘indan iborat. Maktabgacha ta’lim pulli va uning narxi oilaning moddiy farovonligidan kelib chiqib belgilanadi. Undan keyin bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlov bosqichi bo‘lib, u bepul. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlov ko‘zda tutilgan.

Finlyandiyada bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim olti yil davom etadi. 7-sinfdan boshlab bolalar o‘rta ta’limning uch yil davom etadigan birinchi bosqichiga o‘tadi. Boshlang‘ich maktabda va o‘rta ta’limning birinchi bosqichida barcha bir xil ta’lim olishi kerak: bolalarni, bizning ixtisoslashtirilgan maktablarimizdagi amaliyotdan farqli ravishda, qobiliyatlari va qiziqishlariga qarab ajratish mumkin emas. Boshlang‘ich maktabda bolalar bilan faqat bitta o‘qituvchi ishlasa, o‘rta maktabda har bir fan bo‘yicha alohida o‘qituvchi dars beradi.

O‘quv yili 38 hafta, har bir dars 45 daqiqa davom etadi. Bolalar til (ona tili va adabiyot, ikkinchi davlat tili, xorijiy tillar), matematika, tabiiy fanlar va salomatlik haqidagi fan, din va etika, tarix va jamiyatshunoslik, san’at (musiqa, vizual san’atlar, qo‘l hunari), ro‘zg‘orshunoslik va jismoniy tarbiya, shuningdek, o‘z tanlovi bo‘yicha boshqa fanlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, funksional va metakognitiv ko‘nikmalar (o‘z o‘quv jarayonini nazorat qila olish ko‘nikmasi) hamda kasb tanlovi bo‘yicha maslahatlashuvlar uchun maxsus soatlar ajratiladi. O‘quvchiga beriladigan haftalik yuklama, Yevropaning boshqa davlatlari bilan taqqoslaganda, past: 1 va 2-sinflarda minimal yuklama 20 soatni tashkil etadi va katta sinflarda 27 soatgacha ko‘payadi (taqqoslash uchun: O‘zbekistonda bu yuklama haftasiga 22 soatdan 34 soatgacha yetadi). Maktablarda xotirjamlashtiruvchi muhit hukmron, kiyim bo‘yicha talab yo‘q, darsliklar va tushlik bepul beriladi, darslar orasidagi uzoq tanaffuslar esa bolalarga o‘ynash va dam olish imkonini beradi.

To‘qqiz yillik umumiy o‘qishdan so‘ng bolalar o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichidagi ikki yo‘nalishdan birini tanlashi kerak: akademik yoki kasb-hunar (professional) ta’limi. Biror bilan kasbni egallashni xohlaganlar kasb-hunar yo‘nalishini tanlab, o‘qishni tugatgach, tegishli sertifikat egasiga aylanadi. Qabul imtihonlar orqali amalga oshiriladigan akademik yo‘nalishda esa bolalar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorlanadi va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishi mumkin. Uch yillik ta’lim yakunida o‘quvchilar natijalari oliy o‘quv yurtlariga kirish-kirmaslikni hal qiluvchi milliy imtihonlarda qatnashadi. Bunday yondashuv bizning avvalgi «9+3» tizimimizni yodga soladi (to‘qqiz yillik umumiy ta’lim + uch yil litsey yo kollejda o‘qish), biz shu tizimni buzib tashlab, o‘rniga 11 yillik maktabni qaytargan edik.

Oliy ta’limni e’tibor ilmiy tadqiqotlarga qaratiladigan universitetlarda yoki ko‘proq amaliyotga asoslangan amaliy fanlar universitetlarida olish mumkin. Oliy va OTMdan keyingi ta’lim bakalavriat, magistratura, litsensitura (litsensiat — magistr va fan doktorligi o‘rtasidagi oraliq bosqich) va doktoranturaga bo‘linadi.

«Fin mo‘’jizasi»?

«Ta’limdagi fin mo‘’jizasi» haqida ilk bor 2000 yili, o‘quvchilarning ta’limdagi ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur — PISA’ning birinchi natijalari e’lon qilinganida gapirilgan edi. Finlyandiya o‘qish savodxonligi bo‘yicha tadqiqotda qatnashgan 32 mamlakat orasida 546 ball bilan (o‘rtacha ball — 500) birinchi, matematik savodxonlik bo‘yicha 536 ball bilan (Gonkong, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiyadan keyin) beshinchi va tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha (Janubiy Koreya, Yaponiya va Gonkongdan keyin) to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. PISA’ning keyingi sikllarida ham, natijalarning pasayish va Osiyo mamlakatlari (Shanxay, Gonkong, Tayvan, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya)ning reytingi o‘sishi tendensiyasini kuzatish mumkin bo‘lsa-da, Finlyandiya baribir yuqori o‘rinlarni egallagan.

2000

2003

2006

2009

2012

2015

2018

PISA’ning 2000−2018 yillardagi tadqiqotlari bo‘yicha Finlyandiya natijalari. Qavs ichida mamlakatning reytingdagi o‘rni ko‘rsatilgan.

Ko‘rsatkichlarning pasayishidan tashqari, PISA’ning 2018 yilgi natijalar bo‘yicha hisobotida IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) mamlakatlari orasida mutolaa bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalarning natijalari bo‘yicha eng katta farqqa, mutolaa bo‘yicha ko‘rsatkichlari past bolalarning ulushi ikki barobar oshganiga, shuningdek, turli ijtimoiy-iqtisodiy maqomdagi oilalarning bolalari erishgan natijalar o‘rtasidagi farqning kattalashuviga e’tibor qaratgan.

Ayni vaqtda, tadqiqot natijalariga ko‘ra, aksariyat bolalar maktabda o‘zlarini baxtiyor va maktabga bog‘lanib qolgandek his qilishlarini qayd etib o‘tgan. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda o‘quvchilarning yetarlicha katta qismi xavotir va tushkunlikdan aziyat chekadi, shuningdek, maktab bilan bog‘liqlikni his qilmaydi.

Boshqa tarafdan, ayrim ekspertlar «fin mo‘’jizasi»ga shubha bilan qaraydi: ba’zilarning fikriga ko‘ra, fin o‘quv dasturlari PISA testlariga kiritilmagan tushunchalarni rad etadi, boshqa mutaxassislar esa PISA’dagi muvaffaqiyatlarga «Pirr g‘alabasi» deya ta’rif beradi: PISA uchraydigan matematik masala turlariga katta urg‘u berilgani bois, ko‘plab bolalarda OTMda o‘qish davrida tayanish mumkin bo‘lgan bilimlar zaxirasi yo‘q. Finlyandiyaning YLE teleradiokompaniyasi «PISA’dagi fin mo‘’jizasi afsonaviy ko‘lamga chiqqani» va «fin ta’limi tilsimini o‘rganish uchun butun dunyodan kelayotgan delegatsiyalar ko‘plab tashkilotlar uchun daromad manbasiga aylangani» haqida istehzo qiladi. Asosiy faoliyati «fin sifati»ga muvofiqlik sertifikatini taqdim etishdangina iborat bo‘lgan tijorat kompaniyalari ham ko‘payib ketgan.

Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari: O‘zbekiston bilan taqqos

Finlyandiya ta’lim tizimining eng asosiy o‘ziga xosliklarini O‘zbekiston bilan taqqoslagan holda ko‘rib chiqamiz. Muhim izoh: ushbu taqqosdan «ularda hammasi yaxshi, bizda esa — rasvo» degan xulosa berish maqsad qilinmagan. Shuni yodda tutish lozimki, har qanday ta’lim tizimining ishlashi ko‘plab — tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa omillarga bog‘liq.

Jahon banki ekspertlari fin jamiyatining uni boshqa davlatlardan mutlaqo ajratib turuvchi va, xususan, ta’lim tizimida ham o‘z izini qoldirgan quyidagi o‘ziga xos farqli jihatlarini sanab o‘tgan: kichik, etnik va madaniy jihatdan gomogen aholi (Finlyandiya aholisining atigi 4 foizigina fin emas) va aholi jon boshiga daromadlarning yuqori darajasi. O‘zbekiston aholisi esa nafaqat ko‘p, balki milliy, madaniy va diniy jihatdan ham xilma-xil, daromad darajasi esa o‘rtachadan past.

Helsinki universitetidan Hanna Simola «fin mo‘’jizasi»ning tarixiy va ijtimoiy ildizlarini tadqiq etarkan, Finlyandiyaning agrar jamiyatdan industrial, undan so‘ng esa post-industrial jamiyatga aylanishi juda tez yuz berganini, ta’lim sohasida ham xuddi shunday jadal rivojlanishni ko‘rish mumkinligini ta’kidlaydi: Finlyandiyada umumiy ta’limni joriy etish 1970 yillardagina boshlangan va u «tez, tizimli va hatto totalitarchasiga» tatbiq etilgan.

Simolaning yozishicha, mamlakat ta’lim tizimida 1970 yillardagi islohotning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri maktablarni «kuchli» va «oddiy»lariga ajratishdan voz kechib, hamma uchun bir xil umumta’lim maktablarining joriy etilishi edi. Jahon banki ham bolalarni (qobiliyatlari va qiziqishlariga ko‘ra) erta ajratishdan voz kechish Finlyandiya maktab ta’limining asosiy xususiyatlaridan biri ekanini qayd etib o‘tgan.

O‘zbekistonda esa, ekspertlarning ta’kidlashicha, ta’lim va fanni rivojlantirish strategiyasi iqtidorli bolalar uchun alohida, masalan, o‘quvchilar 5 yo 7-sinfdan qabul qilinadigan prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Finlyandiyada umumta’lim maktablari nafaqat o‘quv dasturlari, balki moliyalashtirish masalasida ham bir xildir. Moliyalashtirishning bir qismi markaziy budjetdan, qolgani esa mahalliy budjetda amalga oshiriladi. Avstraliyaning ABC News telekanali jurnalistining tasvirga olish guruhi kelgan maktab boy ko‘rinishi va, katta ehtimol bilan, ko‘proq pul olsa kerak, qabilidagi savoliga, maktab direktori unday emasligi, bu maktab ham boshqalari kabi bir xil moliyalashtirilishini aytadi. To‘g‘ri, moliyalashtirish o‘quvchi boshiga bir xil, ya’ni moliyalashtirish hajmi o‘quvchilar soniga bog‘liq.

Finlyandiya ta’lim tizimidagi islohotlarning yana bir muhim jihati — 1970 yillardan boshlab boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash kollej va seminariyalardan universitetlarning qayta tashkil etilgan ta’lim fakultetlariga ko‘chirilgan, shuningdek, maktab o‘qituvchilari magistr darajasiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Hozir boshlang‘ich maktabda dars berish uchun o‘qituvchi ta’lim sohasida magistr darajasiga, o‘rta maktabda dars berish uchun esa dars berayotgan fani bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lishi lozim. Taqqoslash uchun: ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda qo‘ituvchilarning 13 foizi o‘rta maxsus yoki tugallanmagan oliy ma’lumotga ega.

Finlyandiyaning pedagogika fakultetlarida magistr darajasini olish uchun zarur 300 kredit (bakalavriatda 180 kredit va magistraturada 120 kredit)ning kamida 60 tasi, qoida tariqasida, pedagogika bilan bog‘liq fanlarga va o‘quv vaqtining 15 foizdan to yarmigacha bo‘lgan qismi pedagogik amaliyotga ajratilgan. Ishlayotgan pedagoglarning malakasini oshirish mahalliy munitsipalitetlar zimmasida va budjetni qanday sarflash ham ularning o‘ziga havola bo‘lgani bois, malaka oshirish imkoniyatlari va shakllari hudud va maktabga qarab farq qilishi mumkin.

O‘zbekistonda malaka oshirish tizimi, qoida tariqasida, hukumat qarorlari bilan tartibga solinadi va barcha uchun bir xildir. Faqat yaqindan boshlab o‘qituvchilarga o‘z malakasini oshirish uchun ta’lim muassasasini tanlash huquqi berildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Finlyandiyada o‘qishga kirish uchun tanlov eng katta bo‘ladigan yo‘nalishlardan biri pedagogikadir. Masalan, so‘nggi yillarda boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash fakultetlaridagi o‘rtacha 900 ta o‘ringa 7000 ga yaqin abituriyent da’vogarlik qilgan. Ish haqi boshqa sohalarga nisbatan kamroq ekaniga (masalan, boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi magistr darajasiga ega boshqa mutaxassislarga qaraganda 22 foiz kamroq, o‘rta maktabning birinchi bosqich o‘qituvchisi esa 15 foiz kamroq maosh oladi) va stress darajasi o‘sib borayotganiga qaramay, ko‘plab o‘qituvchilar o‘z ishidan qoniqish va sadoqat his qiladi: o‘qituvchilarning faqat 10−15 foizigina faoliyati davomida sohasini o‘zgartiradi. Shuningdek, o‘qituvchilarga nisbatan ota-onalar tomonidan ishonch va hurmatning yuqori ekanini ham alohida qayd etib o‘tilgan.

Hanna Simolaning ta’kidlashicha, Finlyandiya ta’lim islohotlaridagi yana bir muhim burilish nuqtasi bu — 1990 yillarda o‘qituvchilar va maktab ustidan rasmiy nazoratdan voz kechilganidir: «maktablarni tekshirish, detallashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv materiallarini rasman tasdiqlash, o‘qituvchi har bir darsni yozib borishi shart bo‘lgan jurnallar kabi barcha an’anaviy nazorat mexanizmlari yo‘qoldi».

Ta’lim bo‘yicha ekspert, Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi islohotlariga bag‘ishlangan «Finnish Lessons» kitobi muallifi Pasi Salbergning yozishicha, Finlyandiyada o‘qituvchilarni «qamchi va shirinlik» tamoyili asosida harakatga keltirishga intilish yo‘q, aksincha, ularga katta erkinlik (avtonomiya) beriladi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini baholab borishlari va ularning davomati haqida hisobotlarni taqdim etishlari kerak, ammo, ayni vaqtda, ularning nazarida o‘quvchilarga mosroq keladigan o‘z dasturlarini ham ishlab chiqishlari mumkin. Jahon bankining qayd etishicha, bu tizim o‘zaro ishonch asosiga qurilgan: Finlyandiyaning Ta’limni baholash markazi (FINEEC) shaharlarni alohida-alohida tanlab olib, muntazam baholashlar o‘tkazib turadi, ammo bunda maktablarni bir-biri bilan taqqoslamaydi, bunday baholashga tushmagan maktablar esa o‘qitishdagi muammolarni aniqlash va tuzatish uchun o‘zining baholash usullaridan foydalanadi.

Umuman olganda, nomarkazlashuv (detsentralizatsiya) hamda munitsipalitetlar va maktablarga erkinlik (avtonomiya) berilishini ko‘plab tadqiqotchilar fin ta’lim tizimidagi islohotlarning eng muhim samaralaridan biri, deya e’tirof etadi. Misol uchun, Milliy o‘quv dasturi maktabdagi har bir fan bo‘yicha maqsad va vazifalarni, shuningdek, ta’lim muhiti, o‘qitish va baholashga aloqador umumiy qoidalarni belgilab beradi, biroq munitsipalitetlar va maktablar milliy dastur hamda mahalliy o‘ziga xosliklar va o‘z o‘quvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘z dasturlarini ishlab chiqishi mumkin.

O‘zbekistonda umumta’lim maktablari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur va rejalarga qat’iy rioya qilishi shart. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazib, ularning reytingini tuzadi, o‘qituvchilar esa Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadigan attestatsiya jarayonidan muntazam o‘tib turishi talab etiladi.

Darsliklar

Finlyandiyada darsliklar Sanoma Pro, Otava yoki Edita kabi ko‘plab nashriyotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Nashriyotlar odatda o‘z mahsulotlari namunalarini maktablarga yuboradi, shuningdek, pedagoglarni bozorda mavjud mahsulotlar bilan tanishib, o‘z tanlovini amalga oshirishi uchun yangi darsliklarning taqdimotlariga taklif qiladi. Xarid qilinadigan darsliklar masalasidagi hal qiluvchi qaror maktab direktorlari va munitsipalitetlar rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. Maktablar darsliklarni o‘quvchilarga bepul taqdim etadi va kelgusi avlod o‘quvchilari ham ushbu darsliklardan foydalana olishlari uchun ehtiyotkorlik bilan foydalanishni so‘raydi. Ko‘plab nashriyotlar darsliklarning raqamli talqinini va darsliklarga ilova qilish mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab resurslarni ham taqdim etadi.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, darsliklar umumta’lim maktabida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi va aksariyat o‘qituvchilar uchun «o‘quv dasturining ekvivalenti»ga aylanadi.

Internetdan topish mumkin bo‘lgan darsliklar namunalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, qandaydir o‘ziga xos «fincha standart» mavjud emas: fin noshirlarining darsliklari, masalan, Kembrij, Pirson yoki Xodder kabi jahonning yetakchi nashriyotlari chiqargan darsliklari kabi umumqabul qilingan pedagogik tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Misol uchun, Finlyandiyaning Otava nashriyoti tomonidan boshlang‘ich maktab uchun chiqarilgan ona tili darsligi bilan Britaniyadagi Cambridge University Press’ning shunday darsligini, Sanoma Pro va Hodder’ning tarix bo‘yicha yoki Sanoma Pro va Pearson’ning biologiya bo‘yicha darsliklarini taqqoslab ko‘ring.

Muallif tomonidan ushbu maqolani yozish davomida o‘rganib chiqilgan ekspertlarning fikricha, Finlyandiyaning PISA’dagi muvaffaqiyatiga darsliklar emas, balki yuqorida sanab o‘tilgan omillar (nomarkazlashuv (detsentralizatsiya), o‘qituvchilarni tayyorlash va barcha uchun bir xil ta’lim olish imkoniyati) sabab bo‘lgan.

«Fin tajribasini tatbiq etish»: savollar

Fin tajribasini tahlil qilarkan, Salberg shunday ogohlantiradi: Finlyandiya ta’limdagi muvaffaqiyatli islohotlar namunasi sifatida ko‘p ko‘rsatilsa-da, bu Finlyandiyaning o‘zida 1970 yillardan boshlab qo‘llab kelinayotgan g‘oya va tamoyillar boshqa madaniy yoki ijtimoiy kontekstlarda ish beradi, degani emas.

Darhaqiqat, ta’lim tizimi — masalan, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari, ta’lim muassasalari, baholash tizimi, tizimda ishlovchi mutaxassislar, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq unsurlardan iborat murakkab bir mexanizm bo‘lib, ushbu zanjirning bir yoki bir necha pog‘onasini ularning boshqa unsurlar bilan munosabatlarini inobatga olmay ko‘chirish kutilgan samarani bermasligi mumkin. Butun tizimni kontekstni inobatga olmay ko‘r-ko‘rona ko‘chirish ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu munosabat bilan, «Finlyandiya ta’lim tizimini tatbiq etish» yuzasidan bir qator savollar tug‘ilmoqda:

  • Nima uchun, masalan, so‘nggi yillarda PISA reytingida Finlyandiyani ortda qoldirib ketgan davlatlarning emas, aynan Finlyandiyaning modeli tanlandi?
  • Nima uchun «tatbiq etish» hududi sifatida Qashqadaryo tanlangan? Qanday ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa omillar O‘zbekistondan ko‘plab jihatlar bo‘yicha farq qiluvchi Finlyandiyadek mamlakatning tajribasini aynan ushbu hududda tatbiq etib ko‘rishga imkon beradi?
  • «Finlyandiya ta’lim tizimi» deganda aynan nima nazarda tutilmoqda? Finlyandiya ta’lim tizimining aynan qanday jihatlari hududda joriy etiladi? Masalan, 11 yillik ta’lim yo‘q qilinib, o‘rniga Finlyandiyadagidek «9 3 3» tizimi joriy etiladimi? Mahalliy ta’lim organlari va maktablarga Finlyandiyadagidek avtonomiya beriladimi? Xuddi Finlyandiyadagidek ushbu hududda ham maktab va o‘qituvchilarni nazorat qilish va tekshirishlardan voz kechamizmi? Xuddi Finlyandiyadagidek barcha bir xil ta’lim xizmatlaridan foydalana olishi uchun ushbu hududdagi prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni yopib, moliyaviy resurslarni teng taqsimlash tizimini joriy etamizmi? Barcha o‘qituvchilar xuddi Finlyandiyadagidek magistr darajasiga ega bo‘lishi shart bo‘ladimi?
  • «Darsliklarning fincha standarti» deganda nimalar nazarda tutilmoqda? Fin darsliklarining aynan qanday xususiyatlari ularni, masalan, prezident maktablaridan foydalanilayotgan Kembrij darsliklaridan yoki boshqa mashhur nashriyotlarning darsliklaridan yaxshiroq qiladi?

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa vakolatli organlarni shu va boshqa savollarni ochiq muhokama qilishga chaqiraman. Bir necha yil avval biz 12 yillik ta’limdan voz kechgandik, vaholanki uning joriy etilishi uchun katta kuch va vositalar sarflangan va o‘z vaqtida rosa maqtalgan edi, ammo shu vaqtgacha ushbu qarorning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib beruvchi tadqiqotlar yo‘q. Finlyandiya yoki boshqa istalgan mamlakat tajribasini ko‘chirish — izchil o‘ylangan holda qabul qilinishi zarur bo‘lgan taqdirlarga ta’sir qiluvchi qarordir.

P.S. Maqola tayyorlanayotgan vaqtda, prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish va XTVning brifingi haqida xabarlar chiqdi. Ularga ko‘ra, 2023 yil yanvaridan boshlab 1−4-sinf o‘quvchilari uchun «Finlyandiyaning vakolatli organlarining sifat belgisi bilan qayd etilgan» darsliklar aprobatsiya qilish rejalashtirilgani, katta sinflar uchun esa aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha darsliklar tayyorlash maqsadida Sanoma Pro va Otava nashriyotlari bilan maslahatlashuvlar olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan men avval ham ko‘targan yana bir qator savollar yuzaga kelmoqda:

  • Aprobatsiya qilinishi kutilayotgan 1−4-sinf darsliklari kim tomonidan va qanday dastur asosida ishlab chiqilgan?
  • Ushbu darsliklar «Finlyandiya vakolatlari organlari»ning qay biri tomonidan va qanday mezonlar asosida tahlil qilingan?
  • Ushbu darsliklar Novda Edutainment kompaniyasida (yoki uning ko‘magi asosida) ishlab chiqilgani inobatga olinsa, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi va ma’muriy resursdan foydalanganlik masalalari qanday hal qilinadi?
  • Davlat rahbarining Milliy ta’lim dasturini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi farmoni asosida 1−3, 6, 7 va 10-sinflar uchun Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan darsliklar taqdiri nima bo‘ladi?

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin

Комил Жалилов, колумнист 7 520

  • # finlyandiya ta’lim tizimi
  • # kolonka
  • # maktab ta’limi
  • # ta’lim

Ona tili darsliklari tahlili

TIL SABOG‘I Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Sh. MIRZIYOYEV Ona tili – o‘zlik timsoli O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. O‘z tiling o‘z vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk. Bir tomchi shabnamdek moʻjaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor! El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz. Yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik maʼnolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan odam, xalqlar o‘rtasida mehr rishtasini bog‘lovchi, do‘stlik ko‘prigini quruvchi hamdir. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko‘p. So‘zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p! Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi! Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi, Mehru shamsu xurshidi gardun chiqdi. Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k. Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana-da uzayadi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan. “Chaq” so‘zining paydo bo‘lishi Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan noandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib, o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham chaq, deb buyurgan. Bora-bora toshdan o‘t chiqarib, uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik, chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi. Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganning oyog‘i barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa. Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa bo‘ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi chaqaloq bo‘ldi. Taraqqiyot insonga aql-zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni qo‘yib, gap chaqishga o‘tdi. Toshdan uchqun chiqargan bo‘lsa, gapdan o‘t chiqardi. Gap chaqib o‘z qardoshining uyini kuydirdi. Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi Uni chaqimchi, chaqmachaqar dedilar. Chaqimchining nishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari, ilonu chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir. . Odam bolasining bir ojizligi bor. Birov haqida ortdan yomon so‘z aytish gunoh ekanini biladi-yu, o‘rgangan odatini yo‘qotolmaydi. Birovni sirtdan qoralab rohat qiladi. Suhbatning shirini g‘iybat, deydilar hazil qilib. Lekin bu gapda hazildan chin ko‘proq. G‘iybat ham chaquv, birovni birovga emas, birovni hammaga chaquv demakdir. Biz bunday shirin suhbatning nomini chaqchaqlashuv deymiz. Basharti tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, chaq to‘g‘risida chaqchaqlashdik. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z musavviri “Men o‘zbek shoiriman, o‘z xalqimning tiliman”, deb yozgan G‘afur G‘ulom bu gapda faxr-g‘ururdan tashqari, uning zamirida juda katta yuk borligini ham nozik fahm etgan. O‘z xalqining tilini butun nafosatu ifori bilan bilishda XX asr o‘zbek adabiyotida u benazir edi deyilsa, mubolag‘a emas. Xalq tili va mumtoz adabiyotimizga xos ko‘plab hamma ham bilavermaydigan so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, shunday qo‘llash oqbatida badiiy matn, poetik manzara va ifoda yaratish akademik shoir sheʼriyatining xos belgilaridan bo‘lsa, ajabmas. Shoir va adib qo‘llagan so‘zlar; u xoh biror bir sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar, u xoh biror tor sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar asosida yasalgan yangi so‘z, neologizmlar bo‘ladimi, hamisha badiiy niyatga xizmat qiladi. Mana, alloma vafotidan keyin chop etilgan to‘rtlik: “Dunyo qo‘ling kiridir”, deganlari rost axir, Qo‘lom, to‘pol qoladi zargarning ko‘rasida, Millionerdan so‘rasang maydasi yo‘q bir paqir, Brilliant – ko‘mir demak atom gilbo‘tasida. . adibning tilga, so‘zga munosabati haqida gapirar ekanmiz, avvalo, tildan qanday foydalanadi, bunda asosiy narsa, so‘z orqali badiiy matn yarata oladimi, ishlatgan har bir so‘zi o‘z o‘rniga tushib, o‘zidan kattarib, jilolanadimi, kitobxon qalbi shuuriga nur olib kira oladimi? Ushbu savollar juda muhim va ularga javob ijobiy bo‘lgan taqdirdagina shu adibni mohir so‘z ustasi, so‘z sanʼatkori deya olamiz. G‘afur G‘ulom so‘z sanʼatkori edi. Suvon Meli, “So‘z xiyoboni”. Qodiriy so‘zining qadri Mumtoz adabiyotshunoslikda kam so‘z bilan ko‘p maʼnolar bayon etish sanʼatiga “iyjoz” deyiladi. So‘zning iyjoz maqomi Abdulla Qodiriy nasriy poetikasiga, qahramonlari nutqiga ham xos. . Shokirbekning Otabekka evrilish sahnasi ostonasida Usta Alim: “. yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik”, deb someʼlikka hozirlanadi. Bunday nutqda “sen” – “men”, “uzun” – “qisqa”, “yaxshi” bilan “yomon”, “janoza” bilan “hikoya” so‘zlari zidlashadi. Yusufbek hoji bir yig‘ilishda: “Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar taʼsirida qoraydi”, degan gaplari semantikasi qarshilidir. Yusufbek hojining o‘z nafsiga nazari, malomati va eʼtirofidagi soqolining oqarishi yoki ko‘ngilning qorayishi tasavvurni toza bir inson umrining yo‘llari tomon yo‘llaydi. Aslida, vaziyat, xarakterning kontrasti-qiyosli tasvirni romanning dastlabki sahifalarida, yaʼni karvonsaroyda Otabek tushgan hujra yoki Otabek bilan Homid xarakteri bayonidayoq ko‘rinadi. Adib bu badiiy sanʼatdan romanda juda ko‘p va o‘rinli foydalanadi. . Abdulla Qodiriy o‘zining betakror badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotining boyligini isbot etadi; o‘rni kelganda, sheva so‘zlaridan unumli foydalanadi. Adib xalq tilida qo‘llanadigan “chip” so‘zi uchun “g‘ov, barrikada” maʼnosida, boshqa bir sahifadagi dialogda kelgan “eshik” so‘zini “Farg‘onada hovlini eshik deydilar” deb izohlaydi. Homid Jannat opaga “. guzardan chiqib bir chora et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz” deydi. Yozuvchi “bir chorak”ni “uch yarim-to‘rt qadoq chamasi toshdir” deb izohlaydi. Bugungi o‘quvchi uchun bir qadoqning 409,512 grammga teng og‘irlik o‘lchov birligi ekanini eslatishga zarurat bor. Abdulla Qodiriy ijod ahlining o‘z ona tili va qo‘shni millatlar tilini bilish xususida: “ Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat. Shundagina tili boyiydi, asari jonlanadi” deb yozadi. Bahodir Karimov, “So‘z xiyoboni” . So‘z nima? Tilda yuz minglab so‘z bo‘lsa ham, ularning moddiy asosini bir necha o‘nlab tovushlar tashkil qilishi haqida fikr yurita turib, muqtadir olim Alibek Rustamiy shunday yozadi: «…o‘zbek adabiy tilida 31 tovush bor. Shevadagilarni qo‘shsak, 40 dan oshmaydi. Shu qadar ozgina tovushdan milliondan ortiq so‘z yasalgan». To‘g‘ri taʼkidlanganidek, gap so‘zning soni yoki sifatida emas, balki ularni bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay olishdadir. Demak, so‘z – neʼmat, so‘z – rag‘bat, so‘z – tashviq, so‘z – daʼvat, so‘z – davlat, so‘z – savlat, so‘z – hikmat, so‘z – himmat, so‘z – hurmat, so‘z – rahmat, so‘z – zahmat, so‘z – fazilat, so‘z – illat, so‘z – tuzuvchi, so‘z – buzuvchi, so‘z – ilm, so‘z – tilsim, so‘z – bilim, so‘z – zulm, so‘z – saboq, so‘z – tayoq, so‘z – havas, so‘z – hasad, so‘z – g‘urbat, so‘z – g‘iybat, so‘z – do‘st, so‘z – dushman, so‘z – sharofat, so‘z – ofat, so‘z – olqish, so‘z – qarg‘ish, so‘z – mehr, so‘z – qahr … xullas, so‘z – hamma narsa. Faqat uni qachon, qayerda, qanday qilib qo‘llash so‘zlovchiga bog‘liq. Bu esa so‘zlovchining ongu shuuriga, aqlu idrokiga, fahmu farosatiga daxldordir. Rahimboy Jumaniyozov, “Muomala madaniyati”. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan Maʼnodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan; ko‘pgina ish qurollarimiz: jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi. Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy tengri so‘zlarimiz bor. Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz. Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot – uchovi ham o‘zimizniki. Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos boy va rangin. Erkin Vohidov “So‘z latofati”. Furqat – so‘z raʼnosining oshig‘i . So‘z qadrini bilgan, uning insoniyat uchun nechog‘liq ulug‘ neʼmat ekanini chuqur his etgan Furqat so‘zlamoqda andisha bo‘lmog‘i zarurligiga alohida diqqat qaratadi. Shoirning fikricha, har bir odam o‘zi bilgan, maʼnosini teran uqqan holda so‘zlamog‘i maʼqul. Mashrab g‘azaliga tazmin sifatida yozilgan “Lozim emas” radifli g‘azaldan olingan quyidagi bayt shu haqda: Qosir aqling birla sunʼi Kibriyodin urma dam, Bilmag‘on odamga bu nozik suxan lozim emas. Furqat asarlarida “so‘z” kalimasi o‘rnida baʼzan uning suxan, kalom, nukta singari sinonimlari ham faol ishlatiladi. Jumladan, ushbu baytdagi “suxan” so‘zi “nozik” sifat bilan birga qo‘llangan. “Sun” – lug‘atda yaratish, sanʼat demakdir. Kibriyo –Alloh taoloning sifati bo‘lib, ulug‘, buyuk maʼnolarini anglatadi. Shunga ko‘ra, ushbu baytda Furqat qusurli aql bilan buyuk Tangri taoloning yaratuvchanlik qudrati haqida so‘zlashdan tiyilish zarurligini, benihoya nazorat (ehtiyotkorlik) bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadigan bu nozik suxan bilmagan odamga lozim emasligini alohida taʼkidlaydi. “O‘tar-ketar” radifli g‘azalida shoir yaxshilar suhbatida bo‘lishni, yaxshi so‘zlar eshitmoqni tavsiya etadi. Yaxshiar suhbtin ko‘rmagan odamni ko‘rga, yaxshi so‘zlar eshitmaganni karga qiyoslaydi: Yaxshini suhbatin ko‘rub yaxshi suxan eshitki ul, Yaxshi ko‘rib eshitmayin ko‘r ila kar o‘tar-ketar. So‘zga taʼrif berar ekan, shoir: “suxan raʼnosi nazm libosi birla zebo ko‘rinur bo‘lg‘ay” degan fikrini go‘zal badiiy shaklda ifoda etadi. “Suxan raʼnosi” – istiora bilan ziynatlangan behad jozibali bu ibora Furqatgacha va undan keyingi biror ijodkor asarlarida kuzatilmaydi. Haqiqatan, shoir so‘zni go‘zal shaklda suvratlantira olgan yuksak salohiyat egasi, so‘z raʼnosining eng sodiq oshig‘idir. Nurboy Jabborov, “So‘z xiyoboni”. Ko‘mirga aylangan umr Xalq maqollari, matallarida bir hikmat bo‘ladiki, u hikmatli so‘z deb ataladi va asrlar osha og‘izdan og‘izga ko‘chadi. Gap ko‘p, ko‘mir oz, degan iborada men chuqur maʼno, tagdor fikr ko‘rmadim. Suhbat cho‘zilsa, sandalning cho‘g‘i sovub qolgani uchun shunday deydilarmi? Bu gapda na badiiyat, na hikmat bor. O‘ylashimcha, bu ibora aslida gap ko‘p-ku, umr oz bo‘lgan. Ku qo‘shimchasining keyingi so‘zga qo‘shilib ketishidan umr ko‘mirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi. Bu singari zamonlar osha tildan tilga o‘tib, so‘zlari, harflari o‘zgarib ketgan, asl maʼnosini yo‘qotgan maqol va matallar ko‘p. Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol –xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa tolqon qiladigan yigit degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun shu ibora qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam bo‘lmaydi. Soch bilan ko‘cha supurilmaydi, ko‘z yoshi bilan suv sepilmaydi. Lekin yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylanadi. Buni lutf deydilar. Zavqi yo‘q odam lutfni anglamaydi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” Millat hamiyatining muntazam himoyati Mamlakatimizda benihoya ko‘lamli islohotlarning naqd natijalari bois “Yangi O‘zbekiston” degan mag‘zi to‘q istiloh istifodasi urfga kirdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori yurtimizda mutlaqo tabiiy ravishda bosh g‘oya maqomiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining izchil va chinakam xalqchil siyosati tufayli inson qadri eng oliy qadriyatlardan biri sifatida eʼzozu eʼtibor, hifzu himoyat bag‘ridan muqim va mustahkam joy oldi. Shubhasizki, bu xalqimizning nelarni ko‘rmagan boshini ko‘kka yetkazdi. Zotan, o‘zbekning o‘lmas hikmat yombilari orasida “Qornimga emas, qadrimga yig‘layman” tarzidagi teran va dildagi adoqsiz og‘riq bilan aytilgan haqiqat ham bor. Inson bolasi, xususan, bizning ajdodlarimiz azaldan qorin qayg‘usi bilan emas, balki, avvalo, qadr qayg‘usi bilan umrguzaronlik qilgan. Shuning uchun ham ular hech kimdagidan kam bo‘lmagan qadr tuyg‘usi bilan ilm-fan, maʼrifat, madaniyat va maʼnaviyat bobida tengsiz durdonalarni yaratgan, o‘z nomlarini tarix sahifalariga muhrlagan. O‘zbek tilidagi qadr so‘zining asosiy maʼnosi lug‘atda shunday izohlangan: “jamiyatda, kishilar o‘rtasida tutgan o‘rin, o‘zga(lar) tomonidan bo‘lgan hurmat, eʼtibor”. Albatta, buni salomat saqlash hamiyat so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘zning asosiy maʼnosi izohli lug‘atda “or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi” tarzida tavsiflangan. Aytish mumkinki, qadr tuyg‘usi va hamiyat tirikligi bir-biri bilan tamoman uyqash, birisiz ikkinchisining mavjudligi nomumkin bo‘lgan tushunchalar o‘laroq insonning oliy va ardoqli sezgilari sirasiga kiradi. Albatta, til, xususan, ona tili ayni shu qadrning ham, hamiyatning ham hamisha zimnu zaminida yotadigan tushunchalardandir. Til saltanatining benazir sultoni ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin”, “Tilga eʼtiborsiz – elga ixtiyorsiz” kabi hikmatlarida odam bolasi uchun tilga ehtiromli munosabatning azaliy va abadiy ehtiyoji, insonlikning bosh belgisi til ekanligi, til va el hurmati tanosibining tarangligi go‘zal shamoyillarda ifoda topgan. Umuman, har qanday tilga, xususan, ona tiliga, biron-bir darajada bo‘lsin, nopisandlik yoki kamsitish bilan qarash inson va el qadriga hurmatsizlik, inson va xalq hamiyatiga daxl qilish tarzida anglanishi, kishilar ko‘nglini, yumshoqroq taʼbir bilan aytganda, og‘ritishi, tabiiyki, yaqin o‘tmishimizda biz buning guvohi bo‘lganmiz. Bugun yurtimizda xalq hamiyatining muntazam va iddaosiz himoyasi muddaosi bilan o‘zbek tilini davlat tili deb eʼlon qilgan qonunning imzolanganiga 33 yil bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlamoq joizki, davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori bilan, ayniqsa, so‘nggi besh-olti yil ichida mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida yangi bosqich boshlandi. 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va maxsus dastur qabul qilingan, kelgusidagi ishlar aniq-tiniq ko‘rsatib berilgan, shu asosda til ilmi tadqiqi, taʼlimi va targ‘ibiga daxldor tizimli hamda keng qamrovli ishlar jadal surʼatlarda amalga oshirildi va oshirilmoqda. Prezidentimizning o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida izchil harakat olib borilmoqda. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyat hamda sharoitlarning yaratilgani ham bor haqiqatdir. Yurtimizda qaror topgan benihoya oqil va odil til siyosati tufayli ko‘p millatli xalqimizning birligi, hamjihatligi yana-da mustahkamlanmoqda. O‘zbek tili bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz qatorida davlatimizning muqaddas hamda muhtasham ramzlaridan biri sifatida takomil va rivoj o‘zanidan bormoqda. Har yili 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida butun xalqimiz tomonidan cheksiz mamnuniyat bilan keng nishonlanmoqda, bu kun amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yangidan-yangi rejalarning tarhi chizilmoqda. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ko‘p gapirilgan. Shubhasizki, tilning paydo bo‘lishi, o‘zlashtirilishi va taraqqiyotiday murakkab jarayonlarni jamiyatdan ayro holda aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu murakkab jarayonda ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining, uy-xonadon degan birlikning hal qiluvchi omil ekanligidan iborat haqiqatni inson aqli hazm qilib ulgurguncha, ne-ne nasllar yugurik asrlar to‘zoni ichra abadga qo‘nim topgan. Eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab, turli-tuman tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, “Mo‘g‘ullar imperiyasining umumiy tarixi” (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o‘tkazilgan bir g‘aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug‘ shoh “Biron-bir tilga o‘rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy tili bo‘ladi”, degan g‘ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u, chindan ham, qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikkita emizikli bolani ajratib olib, Agradan olti mil uzoqlikdagi qalʼaga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qalʼa darvozasini ochish qatʼiyan taqiqlanadi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltirishni buyuradi va saroyga barcha tillarni biladigan donishmandlarni ham taklif etadi. Agrada yashaydigan bir yahudiy bolalar, chindan ham, yahudiycha gapirish yoki gapirmasliklariga hakamlik qilishi kerak edi. Agrada arablar va xaldey (somiylardan bo‘lgan qadimiy xalq)lar bisyor edi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit (qadimgi hind tili)cha bo‘lib chiqadi deb hisoblardi. Ammo bolalar shoh huzuriga keltirilganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi, chunki ular hech bir tilda gapirmas edi. Bechoralar o‘z enagalaridan fikrlarini faqat turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgangandi. Ular bu notanish, begona jamoadan qo‘rqib-hurkib turardi, ochilmay tugilgan bu tillarning tugunini yechmoq tamoman mushkul, ularga nutq tovushlarini ayttirmoq zamoni o‘tib bo‘lgan edi. Qilni qirq yorgan aksariyat dunyo tilshunoslarining taʼkidlashlaricha, nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki tilning ibtidodan paydo bo‘lishi ham muayyan jamoada birovning boshqasiga nimanidir aytish, nimagadir undash, o‘zining muayyan hissiy holatini bildirish kabi ehtiyoji mahsulidir. Qisqacha aytganda, jamoa-jamiyat bilan bog‘liqdir. Aytish joizki, tilning takomilu taraqqiyotini ham, uning shaxs maʼnaviy-madaniy tashakkuli va ajdodu avlodning zamonlar osha vorisiyligidagi qiyossiz o‘rnini ham jamiyatsiz anglash mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham jamiyat hamda xalq taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini, ularning milliy manfaatlarini taʼminlashday oliy maqsadni birlamchi burchi deb bilgan davlat o‘z hududida milliy tilni davlat tili maqomiga ko‘tarishi, uning tirikligi muhofazasi hamda har taraflama kamoloti uchun qayg‘urishi qonuniy va haqqoniy zaruriyatdir. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonida behad o‘rinli taʼkidlanganidek, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir”. Tilsiz milliy ruh degan bemisl teran va ulug‘vor tushunchaning mohiyati tamoman muallaqlashadi. O‘zbek pedagogikasining atoqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1917- yilda ikkinchi marta nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu haqiqatni mana bunday ifodalagan: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demakki, milliy ruh, milliy ong, milliy maʼnaviyat, milliy madaniyat kabi tushunchalarning tayanch ustuni, tirik tirgagi ona tilidir. Zabardast o‘zbek tilshunosi, akademik Alibek Rustamov bu holatni go‘zal va ohorli qiyos vositasida mana bunday tavsiflagan: “Tirik jonning hayoti uchun havo qanchalik zarur bo‘lsa, insonning inson sifatidagi turmushi va uning insonligini belgilovchi maʼnaviy tirikligi uchun so‘z (yaʼni til) shunchalik zarurdir”. Til nafaqat maʼnaviyat va madaniyatning, balki tafakkurning ham asosiy tayanchi, shuning uchun ham milliy tafakkur tushunchasi mavjud. Tabiiyki, insonning dunyoni bilishiday adoqsiz tadrijiy jarayonning qudratli harakatlantiruvchi kuchlarining boshida tafakkur turadi. Bu kuch taʼrifini ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiydan o‘tkazib hech kim aytolgan emas: “Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”. Shuni ham yodda tutish joizki, tafakkurni voqelantiradigan, unga faqat shamoyilgina emas, balki aniq o‘zan baxsh etadigan qudrat esa tildir. Til milliy tafakkur tarzini tayin etadi va mutlaqo tanosibiy bir intizomda tafakkur takomili tilning tadrijiy taraqqiyotini taʼminlaydi. Insoniyat kamolotida, uning tafakkuri, tasavvuri va taxayyuli parvozida tilning beqiyos omil ekanligi bugun eʼtirof etilgan haqiqatlardandir. Mashhur olmon allomasi V. Gumboldt va uning davomchilarining eʼtiroflaricha, til kishilar o‘rtasidagi shunchaki aloqa vositasigina emas, u millatning dunyoni ko‘rar ko‘zi, eshitar qulog‘i, anglar aqlidir. Har bir xalqning boshqalardan farqli milliy nigohi bor. Har bir til vakili muayyan tovushni boshqasidan farqli eshitadi, masalan, o‘zbek itning tovushini “vov-vov” deb, rus “gaf-gaf” deb va hokazo tarzda ifodalaydi. Idrok intizomidagi farqlarni ham sezmaslik mumkin emas, masalan, ruschadagi “ne dayot govorit” birikmasini o‘zbekchaga “gapirishga bermayapti” tarzida o‘girish ana shu ruschadagi idrok intizomini o‘zbekchaga noo‘rin ko‘chirish natijasidir, o‘zbekcha idrok intizomiga muvofiq “gapirishga qo‘ymayapti” tarzida bo‘lishi zarur. Til bu sinoatli olamni muntazam inkishof qilishning birlamchi qudratli qurolidir. Dunyo adabiyotining nomdor namoyandasi Chingiz Aytmatov “Avezov haqida so‘z” nomli maqolasida “Til xalqning avtoportretidir”, degan behad teran obrazli taʼrifni aytgan. “Avtoportret” so‘zining maʼnosi, maʼlumki, “rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlagan o‘z tasviri, portreti”dir. Chindan ham, masalan, o‘zbek tili o‘zbek xalqining siyratu suratini, tafakkur va taxayyul olamini, o‘tmishu bugunini boricha aks ettiradigan, muhimi, shu tilning o‘zi vositasida hamda “o‘z qo‘li” bilan “chizilgan” ham ichki, ham tashqi xolis qiyofasidir. Bu qiyofa xalqimizning ming yillik lisoniy-tarixiy taraqqiyoti jarayonlarida, betakror madaniy va aqliy, adabiy-badiiy durdonalarida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Bu qiyofa parvarishu muhofazaga, eʼzozu ehtiyotga, ko‘z qorachig‘idek asramoqqa, yana-da kamolot sari eltmoqqa shoyon muhtasham boylikdir. Dunyo til ilmida til va tafakkur munosabati borasida turli fikrlar bildirilgan, ulardan biriga ko‘ra, til tafakkurning shakllanishi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Bunday fikrni ilgari surganlardan biri amerikalik taniqli olim Benjamin Li Uorfdir. Uning nazariy qarashlarini tahlil qilgan Maks Blek “Til mustaqil mazmunning tashqi ifodasidir, til va mazmun o‘rtasidagi munosabat kiyimning o‘zi yopib turgan tanaga munosabatiga o‘xshaydi”, qabilidagi hukm aytilsa, bunga Uorfning mutlaqo qo‘shilmagan bo‘lishini taʼkidlaydi. Buning maʼnosi shuki, tilni Uorf hech qachon ikkilamchi, yaʼni tafakkur shakllanishidagi yordamchi vosita deb hisoblamagan. Ana shu jihatdan qaraganda, mutafakkirning quyidagi ikki mulohaza-hukmi ham alohida eʼtiborga molik: “Taʼkidlamoq kerakki, “hind-evropa tillarida gapiradigan barcha zamonaviy olimlar” va “barcha olimlar” tushunchalari bir-biri bilan teng emas. Zamonaviy xitoy yoki turk olimlarining dunyoni Yevropa olimlari kabi tavsiflashi faqat shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z tafakkur tizimlarini mustaqil holatda ishga solmaganlar, balki butun g‘arbcha tafakkur tizimini yaxlitligicha o‘zlashtirganlar”. “Aytish mumkinki, insoniyatni kelajakda bir tilda, xoh ingliz, xoh nemis yoki xoh rus tilida, gaplashishini tasavvur qiladiganlar insoniy tafakkur taraqqiyotiga ulkan zarar keltirishi aniq bo‘lgan holatni ideal sifatida qabul qilganlari uchun qattiq adashadi”. Olimning bu gaplaridagi ayovsiz haqiqatni unutmaslik lozim. Til tafakkurning shunchaki libosi, tashqi tomoni emas, balki tafakkurning tashakkulida bevosita ishtirok etadigan, uning o‘zanini tayin etadigan benazir unsurdir. Ana shuning uchun ham unutmaslik zarurki, ona tili darsliklarini faqat xorijiy til darsliklari qolipida yaratish, ona tilini o‘qitish jarayonlarini tamoman chet tili taʼlimi andozalariga solish maqsadga muvofiq emas. Ona tili taʼlimida raso milliy tafakkur va rost milliy maʼnaviyatning muntazam tarbiyasi ustuvor yo‘nalish bo‘lmog‘i kerak. “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda bu tilni rivojlantirish va uning sofligini saqlash masalalariga daxldor qoidalar belgilangan. Bugungi kunda o‘zbek tili rivojlangan tillardan biri sifatida hayotimizning barcha sohasida emin-erkin qo‘llanmoqda. O‘zbek tilining sofligini saqlashday ezgu maqsad bilan baʼzan u yoki bu o‘zlashgan (arab, fors, rus, yevropa tillaridan) so‘zni tildan chiqarish, uning o‘rniga boshqa so‘zni kiritish borasidagi yetarlicha o‘ylanmagan yoki ilmiy-mantiqiy asosi anchayin bo‘sh taklif-mulohazalar bildiriladi, o‘zbek tilidagi har qanday o‘zlashmaga g‘ashlik bilan qaraladi, har qanday o‘zlashmani eski turkiy tilga oid so‘z bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Holbuki, Yer yuzidagi 6909 ta tildan (YuNESKOning 2012-yildagi maʼlumoti) lug‘at boyligida o‘zlashmalar tamoman yo‘q bo‘lgan birorta til mavjud emas. Hatto eng yirik va rivojlangan deb hisoblangan tillarda o‘zlashmalar anchayin katta miqdorni tashkil etadi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan 1915-yilda aytilgan quyidagi fikrlarning nechog‘li asosli ekanligiga diqqat qiling: “. Ming yil avvalgi tilg‘a qaytmoq qonuni tabiatg‘a muxolifdur. Chunki moziyg‘a rujuʼ mumkin yo‘q. Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘qdur. Anglischani arabchadan so‘ngra eng boy til derlar. Ma fihi (shunga qaramasdan), o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini yozarlar. Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoye etmayluk”. Bugungi globallashgan XXI asrda esa bir-biri bilan muloqotda bo‘lmagan til yoki xalqning o‘zi yo‘q, tillararo so‘z olish-berish ancha faollashgan va bu odatiy hol tusini olib bo‘lgan. Tilimizga kirib, o‘zlashgan, lug‘atimiz tarkibidan joy olib ulgurgan har qanday chet so‘zga muqobil izlayverish, o‘rinli-o‘rinsiz uni almashtirish payidan bo‘laverish foydali yumush emas. Ko‘hna va donishmand Sharq odamlarida, xususan, bizning alloma bobolarimizda ko‘p tilni bilish benihoya moʻtabar fazilat hisoblangan va ana shu fazilat sohiblari bo‘lganliklari bois ham ular jahon ilm-fani hamda adabiyotida muhtasham va muhtaram o‘rinlarni egallagan. Hatto XIII asrda yashagan tarixchi Ibn Xallikonning ko‘rsatishicha, buyuk olim Abu Nasr Forobiy o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari yetmishdan ortiq tillarni bilgan. Bu haqdagi rivoyatlardan birida aytilishicha, bir kuni Damashq hokimi huzuridagi olimlar yig‘iniga Forobiy ham kelib qoladi. O‘z taxtida o‘tirgan hokim Sayfutdavla Forobiyni o‘tirishga taklif etadi. Forobiy: “O‘zimning martabamga qarab o‘tiraymi yoki sizning martabangizga qarab o‘tiraymi?” deb so‘raydi. Hokim: “O‘zingning martabangga qarab o‘tir”, deb javob beradi. Olim to‘ppa-to‘g‘ri hokimning taxti yoniga borib o‘tiradi. Bundan g‘azablangan hokim ko‘pchilikka nomaʼlum bo‘lgan bir tilda soqchisiga: “Bu odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun uni ketayotganida jazolanglar!” deydi. Shunda Forobiy: “Men hech qanday gunoh qilganim yo‘q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?” deb so‘raydi. Hayratga tushgan hokimning “Bu tilni xalq orasida hech kim bilmas edi, sen qayerdan o‘rgangansan?” degan savoliga Forobiy: “Men ko‘p tillarni o‘rganganman”, deb javob beradi. “Ikkinchi muallim”ni tanib qolgan hokim olimdan uzr so‘raydi. Yurtimizda ko‘p tilni bilish, ko‘p tilni o‘rganishga harakat qilish azaldan anʼana tusini olgan. Bu anʼananing mamlakatimizda bardavom bo‘lishini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb taʼkidlar ekan, XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan maʼrifatparvar Ishoqxon Ibratning quyidagi so‘zlarini eslatadi: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir”. Shubhasizki, odam har qancha ko‘p tilni bilmasin, uning tamomila va tom maʼnoda o‘ziniki bo‘lgan tili faqat bitta bo‘ladi, albatta, bu uning o‘z ona tilidir. Shuning uchun ham boshqa tillarni o‘rganishda ona tili orqali u tillar olamiga kirish aql va mantiqning yo‘rig‘idir. Ona tilidagi sobitlik — milliy tafakkur o‘zanini salomat saqlaydi. Yana shuni ham taʼkidlamoq joizki, xalqimizda “O‘z qadrini bilmagan o‘zganing qadrini bilmas” tarzidagi bikir bir hikmat bor, shu hikmat taʼbiri doirasida atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov o‘zining “So‘z latofati” nomli latif kitobida quyidagi haqqoniy gaplarni aytgan: “Biz o‘z ona tilimiz qadriga yetsak, arab tilining boyligi va mukammal qurilishini qadrlaymiz, fors tilining nafosati va go‘zalligidan bahra olamiz, ingliz, rus tillarining qudratini his qilamiz. Ularni chuqur o‘rgansak, raqobat to‘la bu olamda bamaylixotir qadam tashlaymiz”. Intihosiz iftixor bilan aytish joizki, o‘zbek tili bu kurrai zamindagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. Bu tilda bugun ellik millionga yaqin kishilar so‘zlashmoqda, bu tilning chin muhiblari soni ortib bormoqda. Ko‘plab turli xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini katta ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda. Mamlakatimizda millat va xalq hamiyatining muntazam himoyatini yelkalagan “Davlat tili haqida”gi Qonunimizga muvofiq tarzda shakllangan xolis til siyosati bois o‘zbek tili hamda boshqa tillar erkin rivoj va takomil yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining ozod va obod so‘zi bilan, bu so‘zga monand ko‘lamli faoliyati bilan o‘zligini dunyoga namoyish etayotir. Nizomiddin MAHMUDOV, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor.

Faoliyat

  • Davlat aktivlarini hisobini yuritish
    • Davlat aktivlarini hisobini yuritish tartibi
    • Davlat aktivlarini hisobini yuritish yo‘nalishi va natijalar
    • Joriy yil uchun ijaraning eng kam qiymati
    • Baholash va rieltorlik tartibi
    • Baholash va rieltorlik yo‘nalishi va natija
    • Korporativ boshqaruv kodeksi
    • Namunaviy hujjatlar
    • Savolnoma
    • Metodik tavsiyalar
    • Bankrotlik tartibi
    • Bankrotlik yo‘nalishlari
    • Sud boshqaruvchilar reytingi
    • O’rganish reja-jadvali
    • To‘lovga qobiliyatsizlik
    • Xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida
    • Xalqaro hamkorlik infografikada
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar
    • Amalga oshirilayotgan ishlar
    • Hikoyalar
    • Hikmatlar
    • Video
    • Audio

    Qoniqarsiz

    Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International.

    Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

    • Agentlik haqida
    • Investorlar
    • Faoliyat
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Xizmatlar
    • Matbuot markazi
    • Bog‘lanish
    • Sayt xaritasi
    • Ishonch telefoni: +998(71) 259-21-37
    • 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 6

    Ona tili darsliklari tahlili

    “She’riyatga oshno xushxulq, faqih obro‘li,
    grammatikani kasb qilgan ahmoq bo‘ladi”
    (Arab xalq maqoli)

    Ehtiroslar qizg‘inligi masala muhimligiga teskari nisbatda

    Bugungi pandemiya sharoitida ona tili ta’limi haqidagi bahs-munozaralar bir qarashda kishiga erish tuyuladigan masala. Ammo pandemiya o‘tib ketadi, ona tilimiz esa har doim biz bilan birga. Bu – ko‘hna va hamisha navqiron mavzu. Bundan o‘n yillar burun men ona tili ta’limidagi hozir gapirilishi ko‘pchilik uchun urf bo‘lgan, kerak bo‘lsa, o‘zini ommaga tanitish, ommaning e’tiborini tortish vositasiga aylangan muammolar haqida yoza boshlaganimda, “bir o‘zingiz kuyinib, o‘z yog‘ingizga qovrilyapsiz, yolg‘iz otning . dong‘i chiqmas” degan istehzolar bo‘lar, men esa hech ikkilanmasdan: “g‘oya omma ongiga singgach, moddiy kuchga aylanadi” degan fikrda turganman va harakatda davom etganman. Demak, hafsala, sobitqadamlik bilan kirishilsa va qat’iyat bilan harakat qilinsa, g‘oya, agar u hayotbaxsh bo‘lsa, taxminan o‘n yillarda moddiy kuchga aylana oladi. Har qanday ijtimoiy e’tirof etilgan muammo – yechimning onasi. Bugun ona tili ta’limi atrofidagi ayovsiz munozaralar, kim nima deyishidan qat’i nazar, uning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi. Biz yaqin o‘n yillar ichida muhtasham ona tili ta’limiga ega bo‘lamiz. Bunga mutaxassis sifatida to‘la aminman!

    Bugungi bahsu munozaralarda ikki masala o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Biri dars soatlari bo‘lsa, ikkinchisi ta’limdagi ortiqcha ilmiylik, keraksiz grammatizm, almisoqdan qolgan lingvistikabozlik. Ta’lim bamisoli uchburchak: nimani, qanday va qancha o‘qitish kerak. Bu nimani, qanday va qancha yeyish yoki ichish kerakligiga o‘xshaydi. Asosiy muammo nimani qanday iste’mol qilish kerakligi. Qancha yeganingiz bilan yeyishni bilmasangiz, foydasi yo‘q. Bir paqir suv ichsangiz ham, ichishni bilmasangiz, bir stakanchalik foyda ololmaysiz. Demak, asosiy muammo – nimani qanday o‘qitish kerakligi. Biz esa asosiy masala qolib, eng so‘nggi muammo – qancha o‘qitish masalasi bilan band bo‘lib qolyapmiz. Va shu tariqa muammo markazidan uzoqlashib ketyapmiz. Mutaxassislar chuqur tadqiqotlar olib borib, qaysi fanni haftada qancha o‘qitish kerakligini ilmiy-fiziologik, psixologik va pedagogik jihatdan asoslab berishlari kerak. Bu fanlarning xususiyatidan kelib chiqadi. Agar ona tili ta’limi jozibador bo‘lsa, balki uni 6 emas, 7 soat o‘qitish kerakdir. Biz – mutaxassislar, uni asoslab berishimiz kerak emasmi?

    Ona tilimizning muzlatilgan, sovuq ta’limi jamiyatda uni keraksiz degan ijtimoiy fikr uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Bunga biz – soha egalari aybdormiz. Har birimiz illatni o‘zimizdan qidirsak, shifosiga erishamiz.

    Gap bir-ikki soatda emas. Aslida bahsda ehtiroslarning qizg‘inligi masalaning muhimligiga teskari proporsional (Sayyer qonuni). Shunchalik ezg‘ilangan, palag‘da va pajmurda holga kelgan ona tili ta’limi esa endi populizm ko‘pkarisida uloq qilinmoqda. “Firqa” ham, deputat ham, jurnalist ham unga “huy-huy”lab ot solmoqda. Vosita bitta, maqsadlar har xil. Asosiy muammo qolib ketyapti deyishingiz bilan men mutaxassis emasman deb otini chetga tortadi.

    Ona tili ta’limidagi yaroqsiz holatga qanday kelib qoldik?

    E’tibor qilinsa, boshlang‘ich sinf partasidan to litsey va kollejni tugatguncha o‘quvchilarimiz asosan til qurilishi bo‘yicha, ya’ni tilshunoslikdan bilim oladi. Masalan, joriy ona tili darsliklaridan birida jami 79 ta mavzu berilgan. Bundan 71 tasi til qurilishiga, 8 tasi matn tuzishga doir mavzular. Demak, mavzularning taxminan 10 foizi matn tuzish malakasini o‘stirishga, 90 foizi til qurilishi bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan. Maqsad nima? Tildan foydalanish malakasini o‘stirishmi yoki tilshunos tayyorlash? Shu sinfda o‘quvchi yangi 78 ta lingvistik qoidani, 61 termin ma’nosini o‘zlashtirishi kerak. Xo‘sh, bu yaroqsiz an’ana qayerdan kelib qoldi?

    XX asrning yarmigacha hali adabiy til me’yorlari o‘rnashmagan bir paytda jamiyat a’zolarini ular bilan qurollantirish zarurati ilk maktab partasidan to uni tugatguncha til qurilishini o‘qitishni taqozo qilgan. Zero, adabiy tilni singdirishning eng asosiy yo‘li til qurilishiga doir bilimlar bilan qurollantirish edi, u davrlarda boshqacha yo‘l bo‘lishi mumkin emas edi. Biroq asrning ikkinchi yarmida adabiy til qo‘llanishi shart bo‘lgan barcha sohalar (ta’lim, ish yuritish, matbuot, noshirlik, radio va televideniye va h.)da u to‘la o‘rnashib bo‘lgandan keyin bu zarurat endi chayir an’ana ko‘rinishini oldi. Ona tili ta’limi faqat lingvistik takroriylikdan iborat bo‘lib qoldi. Boshlang‘ich sinfdagi lingvistik ma’lumotlar tayanch sinflarda chuqurroq, akademik litseyda yanada chuqurroq qilib, uch martalab qaytarib o‘qiladi. Bu takroriylik ham vaqt, ham mablag‘ jihatidan qanchalar qimmatga tushayotganligini o‘ylab ko‘rmasdan, ko‘zimizni kattaroq ochishdan erinib, undagi faqat zohiriy jihat – soatlarni ko‘ryapmiz, xolos.

    Sho‘ro davri ona tili darsliklari grammatizm nuqtai nazaridan birmuncha tuzukroq edi. Mustaqilligimiz davrida erishgan asosiy “yutug‘imiz” – ona tili ta’limini to‘la-to‘kis tilshunoslikka aylantirganimiz bo‘ldi. Buning uchun DTM va darslik mualliflaridan behad “minnatdor” bo‘lishimiz kerak. Metodistlardan, maktab o‘qituvchilaridan darsliklarni olib qo‘ydik. Uni tilshunoslik qafasiga solib, shuhrat va nafs qulfi bilan berkitdik. Fidoyi mualliflar, til jonkuyarlari unga kira olishmadi.

    Ona tili ta’limidagi bu muammolar aslida barcha fanlarda bor. Birgina misol. Tarix fani raqamlar, shaxslar, voqealar sanog‘i – statistika va xronologiyaga aylanib qolgan. Ularni yodaki, sxolastik o‘zlashtirish bola miyasi uchun qancha yuk ekanligini mutaxassislar, psixologlar qachon xolis baholashadi? Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bir hukmdorning qachon tug‘ilgani-yu qancha jangda qancha askar bilan qatnashgani, kimning kuyovi-yu kimga qaynota bo‘lgani, qaysi farzandi aqlli-yu, qaysisi ahmoq bo‘lgani, qaysi yerlarni bosib olib, qancha boylikni yurtiga olib kelganini bilish nechog‘lik ahamiyatli? Hukmdor taraqqiyotga qanchalik hissa qo‘shdi, o‘zidan oldingi davrga nisbatan qanday ijobiy yoki salbiy rol o‘ynadi, kelajak uchun nima qildi – mana shularni bayon qilish zarur va uning uchun kitobda, nari borsa, bir sahifa yetarli emasmi? Buning uchun akademik tarix ilmini haqiqiy nazariy fanga aylantirish, tarix falsafasini yaratish va uning qaymog‘ini go‘zal ifodalarda sodda qilib o‘quvchilarga taqdim etish kerak. Tarixiy voqealar – to‘laligicha muammoli vaziyat. Mashg‘ulotlarda tarixiy “masala” va “tenglama”ni o‘quvchilar hukmiga havola etib, ulardan bu vaziyatdan chiqish bo‘yicha mustaqil fikrga asoslangan takliflar olishni tashkil etish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda qanchalar katta ahamiyatga egaligini tasavvur qiling.

    Yoki adabiyot darslari: adib tarjimai holi, asardan parcha va uning o‘quvchi tafakkurini kishanlaydigan tahlili hamda yozuvchi asarni yozayotganda xayoliga ham kelmaydigan nazariy qoidalar, 5-6 ta savol. Qani muammo, yechim yo‘llari, o‘quvchining individual yondashuviga sharoit, qani mashq, qani topshiriq; ijodiy matn, insho, esse yaratish bo‘yicha metodik yo‘l-yo‘riqlar? O‘rgata olmaymiz va yoza olishmaydi. Oddiy arifmetika.

    Mana – muammo! Ana endi bunda populizm ketmaydi.

    Kimlardir meni Xalq ta’limi vazirligining targ‘ibotchisi, trolli deyishlari ham mumkin. Rostini aytsam, bu vazirlikning ham, vazirning ham, shaxsan menga na issig‘i, na sovug‘i bor. Men boshqa vazirlik sohasida ishlayman. Lekin ona tili ta’limi mohiyatidagi muammo – mening maslagim, dardim.

    Barcha fanlar – “Ona tili”

    Xo‘sh, nimani ko‘ra olmayapmiz? Ona tilimizni “Ona tili”dan boshqa o‘quv predmetlarida ko‘ra olmayapmiz. Nega ona tilimizni faqat ona tili o‘qituvchilariga tashlab qo‘ydik? Tarix o‘qituvchisi nega bu muammodan tashqarida? Nega fizika, biologiya, kimyo va boshqa predmet o‘qituvchilari ona tiliga munosabat masalasida “mas’uliyati cheklangan”?

    Barcha fanlar aslida – til fanlari. Axir, har qanday termin – bu so‘z. Har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani doirasidagi birgina terminning ma’nosini, mazmunini tushuntirishga soatlab vaqt sarflaydi. Og‘zaki nutq va yozma matnlar bilan ish ko‘radi. Holbuki, og‘zaki nutq bilan birorta fan o‘qituvchisi ona tili o‘qituvchisidan kam shug‘ullanmaydi aslida. Nega endi ular o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini nazorat qilmaydi, takomillashtirmaydi, baholamaydi? Nazorat ishlarini qaysi tilda bajartirishadi? Nega o‘quvchilarning imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolari ustida ishlashmaydi?

    Binobarin, ularning ham soatlarini qo‘shib ona tili yuklamasini hisob-kitob qilsak, bu hozirgi “Ona tili” yuklamasidan o‘n chandon yuqori bo‘ladi. Barcha ta’lim bo‘g‘inlaridagi hamma fanlarning DTSlari talablarida ona tili ta’limining bosh maqsadi bo‘lgan “ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, ona tilida fikrni nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda savodli, to‘g‘ri va ravon ifodalash kompetensiyasi” masalasi aks etmog‘i lozim. Bu – o‘zbek tilining ta’lim tizimida davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishning ham muhim yo‘l va vositalaridan biri.

    “Sodda ona tili” deganda nimani tushunishimiz kerak?

    Ko‘pchilik ona tili sodda bo‘lishi kerak degan fikrni jo‘n, “dehqoncha” tilda gapirish va yozish deb tushunmoqda va o‘zaro suhbatlarda fikr sohibini qamchilashga tushib ketdi. Aslida nima nazarda tutilmoqda? Qoidalar, ta’riflar, izohlar sodda bo‘lsin deyilmoqda. Qoidalar o‘quvchining nutqini isloh qilishga ishlashi urg‘ulanayotir. “Gapning grammatik markazi bo‘lib, ega haqidagi axborotni bildiradigan, shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl-modallik ma’nolariga ega bo‘lgan bo‘lak kesimdir” degan ta’rifni odamshavanda qilib “gapdagi xabarni bildiradigan bo‘lak kesim deyiladi” shaklida berish kerakligi ta’kidlanayapti.

    Maktab darsligida gapga berib kelingan tumtaroq ta’rifdan ko‘ra “so‘z yoki so‘zlar yordamida anglashilgan fikr gapdir” deyish sodda va tushunarli emasmi?

    Go‘zal va jimjimador, shirali va boy ona tilidan murakkab va chigal, sovuq va ishlamaydigan qoidalarga to‘la “Ona tili”ni farqlash kerak. Bular – boshqa-boshqa hodisalar. Axir, o‘quvchining ona tili ta’limi bo‘yicha natijalari 3 mezon:

    1) o‘qish texnikasi;

    2) o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalash;

    3) o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash malakasi

    asosida baholanishi hatto 1996 yilgi DTSda o‘z ifodasini yaqqol topgan edi. Bu ona tili ta’limi me’yoriy hujjatlarida bo‘lsa-da, dastur va darsliklarda unutib yuborildi yoki oson va tayyor yo‘ldan borilib, chetlab o‘tildi. Ko‘rinadiki, bu yerda na birorta lingvistik bilimga, na biror grammatik qoidaga talab qo‘yilgan. Tashabbuskor vazirlik va maktab ta’limining yuragi bo‘lgan, yangilanayotgan RTMning sog‘lom fikrli rahbariyati bunga e’tiborlarini yana bir bor qaratishlari lozim. Bizning bu borada RTMdan umidimiz va unga ishonchimiz katta.

    Baxtiyor Mengliyev,
    filologiya fanlari doktori, o‘zbek tili professori

    Ona tili darsliklari

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Yangi “Ona tili” darsliklari haqida
    Просмотров 333 8 месяцев назад

    Sa’dullo Quronov “Munosabat” ko’rsatuvida “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.

    ONA TILINI OSON O’RGANISH
    Просмотров 19 тыс. Год назад

    Ona tilini o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas Zamonaviy metod va usullar bilan hammasi juda oson Sizga ona tili va .

    Onlayn Ona tili darslari | Fe’l so’z turkumi | 9 – dars
    Просмотров 77 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Ona tili va o`qish savodxonligi. 3-sinf. “Mustaqillik maydoni”
    Просмотров 81 21 день назад
    Samarqand shahar 47-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Isroilova Dilafruz.
    Похожие запросы для Ona tili darsliklari
    Onlayn Ona tili darslari | Leksikologiya 1-qism | 2 – dars
    Просмотров 133 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ
    Просмотров 13 тыс. 2 года назад
    ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ .
    3 sinf ona tili darslik
    Просмотров 4,8 тыс. 2 года назад
    3 sinf onatili vidio darslik.
    КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ!
    Просмотров 10 млн 6 лет назад

    КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ! Топ лайфхаков. Самое лучшее решение. 10 способов как стереть .

    Onlayn Ona tili darslari | Sintaksis | 13 – dars
    Просмотров 43 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    1-sinf. Ona tili va o’qish savodxonligi. Sanamalar
    Просмотров 4,5 тыс. 8 месяцев назад
    Urgut tuman 1-maktab Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Tuychiyeva Barno.
    YENGIL ONA TILI. 2-Dars: FONETIKA. BO’G’IN. URG’U
    Просмотров 80 тыс. 2 года назад
    JONLI EFIR. Mavzu: FONETIKA. BO’G’IN. URG’U. O’qituvchi: Namoz Rasulov.
    Onlayn Ona tili darslari | Yordamchi so’z turkumi | 11 – dars
    Просмотров 41 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    1-qism | DTM – 2022 standartidagi test tahlili | Ona tili va adabiyot
    Просмотров 57 тыс. 6 месяцев назад
    Oflayn darslarga yozilish uchun: t.me/rgn_qabulbot?start=s34 Biz bilan aloqaga chiqish uchun: .
    1-SINF, ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI: “KUN TARTIBI”, ”ABRORNING BIR KUNI”.
    Просмотров 4,6 тыс. 14 дней назад
    O’QITUVCHI: USMANOVA N. B. VIDEODARS O’QITUVCHI, OTA~ONALAR VA O’QUVCHILAR UCHUN MO’LJALLANGAN.
    Onlayn Ona tili darslari | Morfologiya | 4 – dars
    Просмотров 76 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Onlayn Ona tili darslari | Olmosh so’z turkumi | 8 – dars
    Просмотров 47 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Yetti xazina. 3 sinf ona tili va oʻqish savodxonligi
    Просмотров 17 тыс. Месяц назад
    Tilshunoslik va uning bo’limlari ( Toshpo’latova Barno )
    Просмотров 3,2 тыс. 2 года назад
    1-sinf.Ona tili òqish savodxonligi.Mavzu:Kun tartibi.1-fevral.Teledars.
    Просмотров 3,7 тыс. Год назад
    1-sinf.Ona tili òqish savodxonligi.Mavzu:Kun tartibi.ì.
    Onlayn Ona tili darslari | Ot so’z turkumi | 5 – dars
    Просмотров 79 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Yashirin so’z metodi
    Просмотров 43 тыс. 8 месяцев назад
    Boshlang’ich sinf ona tili darslarida Yashirin so’z metodini qo’llash.
    Dars jarayonida Gugurt metodini qo’llash
    Просмотров 87 тыс. Год назад
    1-SINF:ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI,”MENING OILAM”, “HOSHIMJONNING OILASI”
    Просмотров 2,7 тыс. 21 день назад

    O`qituvchi : Usmanova Nodira Bahodirovna Mazkur videodars o`qituvchilar, ota-onalar hamda bolajonlar uchun mo`ljallangan.

    Onlayn Ona tili darslari | Sifat so’z turkumi | 6 – dars
    Просмотров 52 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .

    Baxtiyor Rahmonovning “Kitob” qo’shig’i
    Просмотров 49 тыс. Год назад
    Bolaga kitob bering!
    Ona tili va adabiyot darslarida Besh barmoq metodini qo’llash
    Просмотров 28 тыс. 7 месяцев назад

    . bulucu sözler asarlı sim yani fark ona şarkıyı ondan ona ve doktor bana dördüncüsü kaçın soruya cevap olacak Normal erkaçan .

    Onlayn Ona tili darslari | Leksikologiya 2-qism | 3 – dars
    Просмотров 89 тыс. Год назад

    Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .