Ona tili
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra o’zbek tili undoshlari ikkiga bo’linadi: 1. sonorlar, 2. shovqinlilar.
AFG’ONISTONDA O’ZBEK TILI FONETIKASINING O’QITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tuygun Sayed Hussamuddin
Ushbu maqolada Afg„onistonda O„zbek tili Fonetikasini maktab kitoblari hamda universititlarda o„qitilishi haqida to„xtalib o„tishni, maqsad qilgan miz
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Tuygun Sayed Hussamuddin
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida darslarni tashkil etish texnologiyalari
Boshlang`ich sinflarda savod o`rgatish metodikasi. Savod o’rgatish metodikasi tarixi va uning qiyosiytanqidiy tahlili
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA TADQIQI
TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY O‘RGANILISHI
SHIMOLIY AFG‘ONISTON O‘ZBEKLARI ETNOGRAFIK LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
TEACHING UZBEK PHONETICS IN AFGHANISTAN
Annotation: In this article, we aim to focus on the teaching of Uzbek Phonetics in Afghanistan in textbooks and universities
Текст научной работы на тему «AFG’ONISTONDA O’ZBEK TILI FONETIKASINING O’QITILISHI»
AFG’ONISTONDA O’ZBEK TILI FONETIKASINING O’QITILISHI
Tuyg’un Sayed Hussamuddin
Afg’oniston davlati Javzijon davalt universiteti O’zbek tili va adabiyoti bo’ilimi o’qituvchisi, SamDU Filologiya fakulteti magistranti Hussamuddintuygun@gmail.com
Ushbu maqolada Afg’onistonda O’zbek tili Fonetikasini maktab kitoblari hamda universititlarda o’qitilishi haqida to’xtalib o’tishni, maqsad qilgan miz.
Kalit so’zlar: Afg’oniston, O’zbek tili, Fonetika, darslik, unli, undosh, tasnif.
TEACHING UZBEK PHONETICS IN AFGHANISTAN
Annotation: In this article, we aim to focus on the teaching of Uzbek Phonetics in Afghanistan in textbooks and universities.
Keywords: Afghanistan, Uzbek language, Phonetics, textbook, vowel, consonant, classification.
Ko’p yillardan beri Afg’oniston o’zbeklari o’z ona tillarida o’qish va yozishdan mahrum etilganlar. 1978-yil demokratik davlat tuzilgandan so’ng Afg’oniston o’zbeklari birinchi marta tojik, pashtun va boshqa xalqlar qatori ona tillarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu yili davlat tomonidan Ta’lim Vazirligi chorsho’basida o’zbek tili kitoblarini yozish uchun maxsus bo’lim ochildi. 1986- 1987- yilar mobinigacha uzluksiz ishlar davom etgan, mazkur ishlar natijasida 1- 6- sinif darsliklari nashr ettirildi. (1:7-bet).
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Davlat tomonidan o’n ikkinchi sinfga qadar nashr etilishi kutilgan “O’zbek tili” darsliklari 6-sinfga kelib to’xtatildi. 9-sinfga ona tili bo’yicha imtihon olinishi kutilar edi, biroq bu ish ham amalga oshmay qoladi. Afg’onistondagi ichki urushlar, jumladan ayrim jangari guruhlar urushi ta’limga salbiy ta’sir ko’rsatib kelgan va haliham ko’rsatib kelmoqda.
2002- yildan keyin Afg’onistonga AQSH hukumatining kirib kelishi bilan demokratiyaning yangi davri boshlandi. Yangi tuzumda Afg’oniston bosh qonunga ega bo’ldi va bu qonunda o’zbek xalqi ham muayyan o’rin topdi. Mazkur qonunning 16-moddasida Afg’onistondagi pushtu, dari tillaridan keyin o’zbek, turkman va boshqa tillar o’z mahallalarida uchinchi rasmiy til sifatida tan olindi. Mazkur qonunda uchunchi tillarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi jiddiy ta’kidlangan. Afg’oniston o’zbeklari yashayotgan hududlardagi maktablarda 2004-yildan buyon o’zbek tili xorijiy til sifatida o’qitilib kelinmoqda.
Shuningdek maktablardagi darsliklardan tashqari Afg’onistonning 7ta viloyatidagi davlat universititlarida o’zbek tili bo’limlari ham ochilgan bo’lib, unda har yili yuzlab talaba, o’zbek tili va adabiyotini bittirib chiqadi. Men bu kichik maqolada maktab darsliklari hamda universititlardagi ma’ruzalada o’zbek tili fonetikasi qanday qilib o’qitilishi xususida gapirib o’tmoqchiman.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dastlab Fonetika haqida qisqa ma’lumot berib o’tsak, Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo’lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo’ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik bo„linishi, tovushlarining kommunikativ roli hamda prosodika kabi hodisalar o’rganiladi. Demak, fonetika – (gr. Phone – tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi(9:4-bet).
U tovushlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi bo’lim sifatida qarash noto’g’ri.
Har bir til o’z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo’lishi va talaffuzining o’ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog’liq masalalarni o’rganadi, talaffuz va yozuv munosabatlarini hamda urg’u va bo’g’in xususiyatlarini tekshiradi.
Fonetika tilning tovushlar sistemasi va shu tovushlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisalarni o’rganar ekan, u tilning barcha sathlari bilan, ayniqsa, leksika va grammatika bilan bog’lanadi.
Fonetika tovushlarning almashinishi va o’zgarishi, adabiy talaffuz me’yorlari, to’g’ri talaffuz qilish qoidalari, bo’g’in va urg’u, uning turlari kabi muammolarni ham o’rganadi. Demak, fonetika haqida zaruriy ma’lumotga ega bo’lmay turib, to’g’ri talaffuz qilish bilan aloqador bo’lgan orfografiya va grammatika (morfologiya va sintaksis) qoidalari ustida ham muvaffaqiyatli ish olib borish mumkin emas. Shu
bilan birga, fonetikani o’rganish orfografiya (to’g’ri yozish), orfoepiya (to’g’ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar talaffuzi o’rtasidagi farqni aniqlashga katta yordam beradi.
Demak, fonetika tilshunoslikning orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, grammatika, dialektologiya kabi bo’limlari bilan bevosita aloqadordir. Fonetika fizika (akustika qismi) va fiziologiya fanlari bilan ham yaqin munosabatdadir.
Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o’rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil qilinish tomonlarini o’rganishda fiziologiyaga tayanib ish ko’radi.
Bundan tashqari, u adabiyotshunoslik (hijolar, o’lchov metrika va ta’sirli o’qish kabi) va ijtimoiy fanlar bilan doimiy aloqada bo’ladi.
Nutq tovushlarini turli tomondan o’rganish mumkin: tarixiy nuqtai nazardan, qiyosiy tomondan, hozirgi o’zbek tili va mahalliy dialektlarning nutq tovushlarini taqqoslash jihatidan, nutq tovushlarini turli asboblar yordamida eksperiment qilish yo’li bilan va boshqalar. Shunga ko’ra, fonetika nazariy planda umumiy fonetika va xususiy fonetikaga,amaliy planda esa tarixiy fonetika, qiyosiy fonetika, tavsifiy fonetika, eksperimental fonetika kabi bir necha sohaga bo’linadi(9: 4-bet).
Umumiy fonetika turli tipdagi tillarning nutq tovushlarining xilma-xilligini o’rganuvchi bo’lim. U turli sistemalar tillarida inson nutq apparatining tovush hosil qilish imkoniyatlarini, nutq organlari yordamida tovushlarni hosil qilish usullari va ulardan nutqda foydalanish imkoniyatlarini o’rganish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
Xususiy fonetika muayyan bir tilning fonetik bazasini, fonetik qonuniyatlarini umumiy fonetika qonuniyatlariga bo’ysunadi va uning qonuniyatlari asosida faoliyat olib boradi. Xususiy fonetika muayyan bir tilning amaliy fonetikasi hisoblanadi.
Tarixiy fonetika ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda o’rganadi, ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy o’zgarishlarni, ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi.
Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini o’rganadi. Masalan, turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, slavyan tillarining qiyosiy fonetikasi kabi. Bunda bir qancha qarindosh tillarning yoki bir qancha dialekt va shevalarning materiallari – unli va undoshlar, fonetik o’zgarishlar va shu kabilar birbiriga qiyoslash asosida o’rganiladi.
Afg’oniston o’zbek tili makat darslilarida fonetika
Afg’nistonda 12- sinifga qadar o’zbek tili darsliklari tayorlangan. Hozirchalik ulardan faqatgina 6-sinifga qadar chop etilgan va dars brilib kelinmoqda. Kitoblarning muqovasida ^fjJ1) “O’zbek tili” deb katta qilib, yozib qo’yilgan. fikrimiz dalili uchun quyidagi rasmga qarang (6:1).
Kitob muqovasida “O’zbek tili oltinchi sinf darslik kitobi” deb yozib qo’yilgan bo’lsa-da, aslida bu kitobda tildan boshqa har xil fanlardan ma’lumot topsa bo’ladi.
Aytish joyizki, yangi tuzumdagi “O’zbek tili” darsliklari, birinchidan, o’z nomiga yarasha vazifani o’tashdan ojiz, chunki bu kitoblarni yozgan kishilar na tilshunos, na bolalar ruhini biladigan ruhiyotshunosdirlar. Ikkinchidan, kitoblar aslida “O’zbek tili va o’qish kitobi” deb nomlanishi kerak edi, Kitob mualliflarining o’zbek tili va adabiyotshunosligini birga qo’shib “O’zbek tili” deb nom berishidan ko’zlagan maqsadlari nimadan iborat ekan? (7, 79-bet).
Birinchi sinfdan to’rtinchhi sinifgacha b o’lgan darsliklarda tilshunoslikka doir masalalar tahlili aslo uchramaydi. Olimlarimiz bolalarning ruhiyotini nazarda tutib, o’zlaricha maqul ish ko’rgan bo’lsalar kerak? faqatgina beshinchi sinf birinchi darsi tugagandan keyin, to’rtinchi betda, giromar (grammatik) qoidalar berilgan. Bunda o’zbek tili grammatikasi hamda til bahslarining boshling’ch ma’lumot berilgan. O’quvchi o’zbek tilining birinchi darsini darak gap, so’roq gap va boshqalardan o’rganishni boshlaydi [5: 4].
Ikkinchi darsdan keyin, gapdan ma’lumot birdaniga so’zga ko’chadi. Bunda qarama-qarshi (antonim), ma’nodosh (sinonim) va shakildosh (omonim) so’zlar haqida fikr bayon etiladi. [5: 8].
Giramar qoidalari, ya’ni o’zbek tili grammatikasi fors va arab tillari grammatikasiga solishtirilib o’rganiladi. [7: 79].
Darslikning 38-sahifasida yana giromar qoidalari bo’lib, “bo’lishli” va “bo’lishsiz” fe’llar o’rnida “amr” va “nhya” atamalarni ishlatgan. O’timli, o’timsiz o’rnida mutaa’ddi va lozimi, izofat, nisbat, harf rabt kabi o’nlab o’zbek tili grammatikasiga mos kelmaydigan arabcha va forscha atamalarni o’zbekcha atamalar o’rnida qo’llaganlar [5:38].
Xullas biz maktab kitoblariga fonetika haqida hech bo’lmaganda, tovushlar haqida ma’lumotni uchratmadik. Bu kamchiliklar bilan biz qanday qilib bugungi globallashuv jarayonida bolalarga tilni to’g’ri o’rgatishimiz mumkin? Butun dunyo kognitiv-verbal ta’lim tizimiga o’tgan, xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarga qatnashayotgan davrda biz bolalarimizga mos va xos darsliklar yaratishimiz payti kelmaganmi?
Birinchi o’rinda milliy dastur yaratishimiz, keyin yangi darsliklar ham ishlab chiqishimiz kerak. Biz yangi darsliklarni avvalgidek zerikarli emas, bolalarga qulay, qiziqarli tarzda ishlab chiqishimiz kerak bo’ladi.
Universitetlarda Fonetika o’qitilishi
Afg’oniston o’zbek adabi tili o’zbekiston o’zbek adabi tili asosida shakillangan desak, yanglishgan bo’lmaymiz. chunki alifbomiz ikki xil bo’lishiga qaramay, ikki tomon ham bitta til bo’lganligi aniq. Shu bois bizda tilshunoslik fani bo’yicha O’zbekistonga tayanib ish ko’rish maqul kelgan. Tilshunoslik bo’limlari haligacha ko’pincha bu tomondan ko’chirma shakilda olib o’qitilib kelinmoqda. Shu sababdan biz Afg’oniston O’zbek tili ustida yetarli darajada, tadqiqot ishlari olib borilmagan desak, yolg’on bo’lmaydi.
Universitet ma’ruzalari asosan o’zbekistonda nashir etilgan asarlar arab yozuviga o’zgartirilgan nusxasidir. Yaqinda bitta ikkita O’zbek tilshunoslari mustaqil asar sifatida, o’zbek tili giramatikasini ishlab chiqqanlar. Ularning asosi adabiyotlari
O’zbekiston manbalari asosidadir. Biz maxkur asarlarni ko’zdan kechirib o’ztishga qaror qildik.
Universitetda qo’llanib dars o’tiladigan birinchi asar Nurullo Oltoy ga tegishli, bu asarning oti “O’zbek tili giromari” bo’lgan. Bu kitob birinchi bo’limi “ovoshunoslik – fonetiks” bilan boshlaydi. unda birinchi bo’lib, fonetik – akustika haqida ma’lumot beriladi. Nutq tovushlari haqida keng va umumiy shkilda to’xtalib o’tilgan. Nutq a’zolari, unli va undosh fonemalr, ularning tasniflari, haqida quyidagicha ma’lumot beriladi:
.jl i jl c^l c^l d i jlxjj Jä ^Ijjl o^jljj ^Jjjjl
Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: A, O, I, E, U, O’.
iojjS ^^äl ^jjj JJJ
ojjS A^jjSj^. j^c i^ijj JJJ (Y .ojjS A^jSljj^l ^Jjjjlj] (V
Unli fonemalar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) Tilning ufuqi harakatiga ko’ra;
2) Tilning amudi harakatiga ko’ra;
3) Lablarning ishtirokiga ko’ra.
mana quyidagi jadvaldaham ko’rib turganigzdek tushinarli qilib yoritilgan(9: 6-bet). _
AfjT J^1 jCiyi jLJ 1 ilk* «i^T | ,\ht 1
mazkur kitobda undosh tovushlar quyidagicha tasnifqilinadi:
iojjS A^jjjjl ^j] JJ J^l^, iojjS A^jJj^al J^l^, .ojjS A^jSljJ^il i^jjj jl^ j jlji (V
1) hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
2) hosil bo’lish usuliga ko’ra;
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.
.^^l^j jl (^ c^jl^il^j jl JJJ (^i C^JI^IIAS jl
1) hosil bo’lish o’rniga ko’ra o’zbek tili undoshlari uch asosi guruhga bo’linadi: a) lab undoshlari, b) til undoshlari, d) b’o’g’iz undoshlari.
(Y (^ A^tj ^jlxjjji ^IASJI JJJ ^jjjjl íjJS ^J^JJ J^IA
2) hosil bo’lish usuliga ko’ra o’zbek tili undoshlari uchga bo’linadi: 1) portlovchilar, 2) sirg’aluvchilar, 3) portlovchi – sirg’aluvchilar.
.jijirajl^ . Y cjJjUl^i .) jj A^J^OI ^ji^ljjjl ^JJJ ^jjjjl JO^I ^jjj ^¿Sjl^ j jtjl
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra o’zbek tili undoshlari ikkiga bo’linadi: 1. sonorlar, 2. shovqinlilar.
Bo’lim so’ngida undoshlar ham jadval asaosida quyidagicha qilib ko’rsatiladi(9: 10-bet)
Undoshlar tugagandan keyin, bo’gin haqida ma’lumot beriladi. undan so’ng Urg’u, tovush o’zgarishalri, Orfpoepiya haqida so’z uzatiladi, bunda arab yozuvida o’zbek tili unli va undoshlarini to’g’ri yozish masalari ham ko’rib chiqiladi. keyin arfografiya o’rganiladi. Bunda arab yozuvi asosida qo’shimchalarni asosga qo’shish muammolari o’rganiladi. Grafikada arab grafikasidagi O’zbek yozuvi ko’rsatilib beriladi. Til va yozuv, fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv haqida ma’lumot betish bilan, fonetik bolimi to’gaydi.
Ikkinchi asar esa, Zikrulloh Ishonchga oyid. Bu asar nomi, “Hozirgi o’zbek tili” Asarning ikkinchi fasli fonetikaga bag’ishlangan. Ikkinchi fasil boshida fonetika ta’rifi berilgandan keyin, nutq tovushlarining hosil bo’lishi, nutq a’zolari, fonetika va fonologiya, tovush va fonema, fonetikaning bo’limlari, o’zbek tilining unli tovushlari, o’zbek tilida undosh tovushlar tizimi, qo’sh undoshlar, tovush o’zgarishlari, yolashgan harflar, arab harflari bilan birga qo’llanuchi ayrim belgilar xususida, bo’g’in, urg’u, ohang, so’z yasalishi kabi kichik invonlarni bu fasl o’z ichiga oladi.
Unli tovushlar tasnifi haqida keng ma’lumotlar beriladi, hatto o’zbek tilida Unlilar soni oltitadan ortiq degan mulohazani ham bu asarda ko’rishimiz mumkin. Unlilar tasnifi quyidagi jadvalda berilgan.
Yuqoridagi jadvalda, unlilar, lablarning ishtirokiga ko’ra, tilning amudi ko’tarilishiga ko’ra va tilning ufuqi ko’tarilishi – og’izning ochilish darajasiga ko’ra tasnif qilingan dir. (8: 74)
Undoshlar quyidagicha tasnif qilinadi:
iojjS A^J]j^l ^ALJJI .2 iojjS ^jjj j jlji .3
iojjS ^jjjjlji .4
1. hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
2. aytilish usuliga ko’ra;
3. ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;
4. ovozning ishtirokiga ko’ra;
5. undoshlar tarkibiga ko’ra.
Afg’oniston O’zbeklari bu o’lkaning ko’p nufusli jamiyatlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistondan keyin, ikkinchi o’rinda Afg’oniston O’zbeklari turadi. Shunday ekan, ko’p sonli O’zbeklarni o’z ona tillarini o’qishdan mahrium qolishlari, O’zbek tili uchun yaqin kelajakda katta fojea emasmi? Ayniqa hozigi globallashuv jaryonida, texnika va kompyuterga moslanib rivojlanib borayotgan rillarni hujmiga duch kelib turgan, tillar o’lim yoqasida ekan, bizning tilimiz ham halokat ostida emasmi? Tilni o’rgatish, ravojlantirish, texnik – fan va kompyuter tiliga aylantirish uchun, eng avvalo, o’sha tilning fonetikasini yaxshilab o’rganish talab qilmaydimi? Biz Afg’oniston o’zbeklaridan tashqari shoni buyuk O’zbekistindagi O’zbek tili,
necha o’n yillikdan beri ikki alifbo tutquniga tushib, o’zini bu girdobdan chiqarolmaganligiga nima deysiz? Menimcha, bu xususlarda har tamonlama ilmi, va iloji boricha aybsiz va butunlay chora yo’lini topish vaqti kelgan dir. Yo’qsa zamon harakatida bir odim ortta qolish bu butunlay yer yuzidan chiqib ketish degani dir.
1. Amini Muhammad Kozim. Jilavgiri az chop kutub zabon o’zbeki. Ezgu gazitasi. Maymana: Afg’oniston. 1-son, 2016.
2. Toshqin Bohoyi. O’zbek tili barobaridagi to’siqlar. Oykamon gaziytasi Maymana: Afg’oniston. 2-son, 2013.
3. Quyosh, Atubullah. Vaza’yati kutub darsi zabon o’zbeki. Kengash gaziytasi. Kokul: Afg’oniston. 2-son, 2019.
4. Ta’limi nisob o’zbek tili bo’limi darslik kitoblar mua’liflari. O’zbek tili (uchunchi sinif darslik kitobi). 2020. 102-103-97-98-betlar.
5. Ta’limi nisob o’zbek tili bo’limi darslik kitoblar mua’liflari. O’zbek tili (beshinchi sinif), 2020. 4-8- betlar.
6. Ta’limi nisob o’zbek tili bo’limi darslik kitoblar mua’liflari. O’zbek tili (oltinchi sinif), 2020. 7-13-18-betlar.
7. Toshqin Bahoyi, 29 mizo (maqolalar to’plami). 2020. Kobul, Afg’oniston. 79- 82-85-betlar.
8. Ishonch, Zikrulloh. Hozirgi o’zbek tili. Afg’oniston, Kobul. Ta’limi intishorot musisasi nashri. 2014. 66- 75-betlar.
9. Oltoy, nurulloh. O’zbek tili giromari. Afg’oniston, javzijon davlat uneversiti, o’quv qo’llanma, 2019. 6- 10- betlar
10. D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova. O’zbek tili fonetikasi. Andijon: 2016- yili. 4-bet
Ona tili
Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli til undoshlari sanaladi?
Shunda botir o‘g‘lonlar yurt himoyasiga otlanibdilar.
Ilm olish oson ish emas, unga har kim chidayvermaydi.
Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar.
Javohir yo‘lda adashib qolgan bir cholni ko‘rib qoldi.
. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?
bilak, qovoq, chelak
axloq, tirnoq, pishloq
sovuq, sana, o‘ym
yurak, buyruq, kerak
. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi jarangli undosh qatnashgan?
Yosh do‘stim, o‘qituvchi ham xuddi onadek mehribon, ulug‘.
O, gul bahor, sen ochil, sochil, madh etayin men yoza-yoza.
Botir bo‘ling, bolalarim, dushmanga aslo bo‘yin egmang.
Ey farzand, qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni|]?ilganlardan pastroq tutgil.
. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
quduq-quruq
narvon-karvon
dutor-duchor
qayla-qayra
Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas?
-yap zamon shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda -ayap holida talaffuz qilinadi va -ayap holida yoziladi.
g’- undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda asos va qo‘shimcha talaffuzida tovush o‘zgarishi kuzatilsada, imloda tovush o‘zgarishi bilan yozilmaydi.
-a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi ta’sirida so‘z asosi imlosida bir unlining tushib qolishini kuzatish mumkin.
Ko‘rsatish olmoshlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuz va imloda bir undosh orttirilishini kuzatish mumkin.
Ona tili fonetika haqida
Reja :
1. Fonetika haqida umumiy ma’lumot.
2. Tilning fonetik vositalari.
3. Nutq apparati, uning tuzilishi
4. Nutq tovushlari .
Tayanch tushunchalar:
2. Nutq tovushlari.
5. Nutq apparati.
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so`zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so`zlar va shu so`zlarning o`zaro bog`lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug` ayyomni mana shu cho`lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug`, ayyom, mana, shu, cho`l, kutib, olmoq so`zlari, ularning o`zaro bog`lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo`shimchasi), –yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo`shimcha), –miz (shaxs-son qo`shimchasi) qo`shimchalari qatnashgan; har bir so`z va qo`shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz – b, i, z; ulug` – u, l, u, g`; -ni – n, i; -da – d, a kabi) shakllandi.
Ko`rinadiki, nutq tovushlari so`z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.
Fonetika tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, urg`u, bo`g`in, ohang kabilar o`rganiladi. Fonetika grekcha phone so`zidan olingan bo`lib lug`aviy ma’nosi tovush demakdir.
Fonologiya so`zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos – ta’limot). Bu bo`limda tovushlarning so`z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi.
Tovush va fonema
Tovush bilan fonemani o`zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo`linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so`z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so`zlar hosil qilinadi. So`zlar tovush tarkibiga ko`ra turlicha bo`ladi.
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so`zlar: ot – ol, ol – oq, oq – osh, osh – ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og`, og` – ox; o`z – oz, oz – iz, iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, adip – adib kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko`ra farq qiladigan so`zlar. Masalan: qo`y – yo`q (birinchi so`z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so`zning oxirida qo`llanadi.)
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so`zlar: o`lka – yo`lka, et-bet , sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o`roq – so`roq kabi.
Demak, so`zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to`rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashish i dan hosil bo`ladi.
Fonema so`z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan t ovush turidir. Masalan: bal – b e l –bil –bol – b o` l so`zlari tarkibidagi a , e(e), i, o, o` tovushlari so`z ma’nolarini belgilash (ajratish) ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so`zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q ) ham shunday vazifa bajargan.
Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi) [1] .
Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi.
Fonetik akustika
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo
oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o`pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo`ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo`ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko`yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) – 1 sm 2 maydondan 1 sekundda o`tadigan energiya miqdoridir” [2] Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va bur u n bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq.
4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranish i davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o`pka, bronxlar (bir juft), nafas yo`li (traxeya).
2. Bo`g`iz bo`shlig`ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og`iz bo`shlig`ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .
4. Burun bo`shlig`i.
5. Markaziy nerv sistemasi .
Nutq a’zo larining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to`xtalib o`tamiz.
O`pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o`pka nutq tovushlarining hosil bo`lishi uchun zarur bo`lgan havo oqimini etkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o`pka va undagi bronxlar havoga to`ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo oqimi nafas yo`li orqali bo`g`izga tomon harakatlanadi. Bo`g`izdagi cho`michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o`xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog`ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko`z oldingizga keltiring). Og`iz bo`shlig`i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko`p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo`ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g`, x) hosil bo`lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho`chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo`ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg`alib chiqishi natijasida hosil bo`ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo`lishida havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali o`tib, tashqariga chiqadi. Markaziy nerv sistemasi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o`z vazifasi bor.
O`zbek tilining fonetik vositalari
So`z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg`u, ohang (intonatsiya) kiradi. So`z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug`at tarkibidagi barcha so`zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o`xshash bo`lgan (omonim) so`zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg`u (leksik urg`u) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: olma (predmet, mevaning bir turi), olma (harakat, olmoq fe’lining bo`lishsiz shakli, –ma qo`shimchasini ajratish mumkin); akademik (predmet, ot), akademik (belgi, sifat); gullar (ot, “ko`p gul” ma’nosida), gullar ( fe’l, “gullamoq”).
Gapning maqsadga ko`ra turini ajratishda esa intonatsiya (ohang) fonetik vosita bo`lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so`roq gap). ́
Takrorlash uchun savollar :
1. Fonetika nimani o`rganadi?
2. Tovush va fonemaning farqini ayting.
3. Fonologiya haqida nimalarni bilasiz?
4. Fonema qanday belgilarga ega?
5. Fonetik akustika haqida qanday ma’lumotga egasiz?
6. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat?
8. O`zbek tilining fonetik vositalariga nimalar kiradi?
“Fonetika” bo`limi yuzasidan test savollari:
1. Fonetika o`rganadigan masalalar noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) nutq tovushlarining hosil bo`lishi B) urg`u, bo`g`in, ohang C) nutq tovushlarining turlari, o`zgarishi D) nutq tovushlarining so`z ma’nolarini ajratishdagi roli.
2. Fonetika bo`limida tovushlarning qaysi tomoni o`rganiladi?
A) lingvistik xususiyatlari B) ijtimoiy mohiyati C) fizik-akustik xususiyatlari D) ma’no farqlash xususiyatlari
3. Fonologiya bo`limida tovushlarning qaysi tomoni o`rganiladi?
A) qay tarzda hosil bo`lishi B) sifat tomonlari C) kuchi va cho`ziqligi D) ma’no farqlash xususiyatlari.
4. Tovushning xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) so`z va qo`shimchalar bir-birlaridan tovushlari bilan farq qiladi B) har qanday so`z tovushlardan tashkil topadi C) nutqning eng kichik bo`linmas ma’noli qismi D) birchasi to`g`ri.
5. Bir xil tovushlarning turlicha joylashuvidan hosil bo`lgan so`zlar qaysi javobda berilgan?
A) kitob, maktub, maktab B) suvrat, tasvir, tasavvur, musavvir C) uchqur, chuqur, urchuq D) ahbob, habib, muhib.
6. Bir tovushi bilan farq qiladigan so`zlar berilgan javobni toping.
A) kalom, qalam, malak B) borlik, borliq, torlik C) jodu, jodi, juda
D) sohib, hisob, solib
7. Tovushlarning ortiqligi bilan farqlanadigan so`zlar berilgan javobni toping.
A) adab, abad, odob B ) alam, qalam, a’lam C ) stol, ustol, ustul
D) mulk, molik, komil.
8. Fonemaning belgilari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) eshitilishi B) aytilishi C) ma’no farqlashi D) tuzilishi.
9. Fonemaning eng muhim belgisi ko`rsatilgan javobni toping.
A) ma’no ajratishi B) akustikasi C) artikulyatsiyasi D) aytilishi va eshitilishi.
10. Nutq tovushlarining balandligi nima bilan ta’minlanadi?
A) un paychalarining ko`p tebranishi bilan B) un paychalarining kuchli tebranishi bilan C) un paychalarining past tebranishi bilan D) un paychalarining kam tebranishi bilan
11. Nutq tovushlarining kuchi nimaga bog`liq?
A) un paychalarining tebranish vaqtiga B ) un paychalarining tebranish o`rniga C ) un paychalarining tebranish amplitudasiga D) un paycha – larining tebranish joyiga
12. Nutq a’zolaridan qaysi birining hajmi va shakli nutq tovushlarining tembriga ta’sir qilmaydi?
A) og`iz bo`shlig`ining shakli B) burun bo`shlig`ining hajmi C) bo`g`iz bo`shlig`ining shakli D) tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishi.
13. Nutq tovushlarining un paychalari tebranadigan vaqt bilan o`lchanadigan xususiyati qaysi javobda berilgan?
A) tembri B) cho`ziqligi C) kuchi D) balandligi
14. Qaysi javobda nutq a’zosi nomi noto`g`ri berilgan?
A) o`pka, bronxlar, nafas yo`li B) xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon va nayzasimon tog`aylar, un paychalari C) burun bo`shlig`i, markaziy nerv sistemasi. D) til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar
15. Qaysi nutq a’zosi tovushni kuchaytirib berishga yordam beradi?
A) til B ) un paychalari C ) og`iz bo`shlig`i D) bo`g`iz bo`shlig`i
3. Qaysi nutq a’zosi ovoz manbasi hisoblanadi?
A) til B ) un paychalari C ) og`iz bo`shlig`i D) bo`g`iz bo`shlig`i
16. Qaysi javobda markaziy nerv sistemasining vazifasi to`g`ri ko`rsatilgan?
A) nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi B) nutq a’zolarining harakatini boshqarib turadi C) markaziy nerv sistemasi nutq a’zolari sirasiga kirmaydi D) A,B
17. Qaysi tovushlar talaffuzida havo oqimining yo`nalishi o`zgaradi
A) y, z, s B ) m,n,ng C ) v, f, r D) sh, j, g`
18. Fonetik vositalar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) urg`u, bo`g`in, tovush B) nutq tovushlari vergul, nuqta C) intonatsiya, nutq a’zolari, pauza D) fonemalar, urg`u, ohang
19. Urg`uning vazifasi noto`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.
A)) hо́zir (ravish) – hozи́r (sifat) V) qo`llа́r (a’zo) – qў́llar (fe’l) C) nufу́z (obro`) – nу́fus (aholi) D) ko`zlа́r(a’zo)- kў́zlar(fe’l
20. So`z ma’nosini farqlashda urg`uning qaysi turi ishtirok etadi?
A) logik urg`u B) leksik urg`u C) gap urg`usi D) ma’no urg`usi
Adabiyotlar ro’yxati:
1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
3. A .G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis.
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
[1] Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatulla y ev S h . Hozirgi o`zbek adabiy tili. – T.: “O`zbekiston” nashriyoti. 1992, 15-bet.
[2] Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet.