Ona tili darsliklaridagi xatoliklarga qachon barham beriladi
Ushbu qo‘llanmaning muallifi CareerCup asoschisi va Apple, Google va Microsoft kabi yirik kompaniyalarning sobiq xodimi G. Makdouell bo‘ladi. Kitob dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Dasturchilar uchun zarur kitoblar to‘plami (birinchi qism)
Ushbu to‘plamga dasturchilar uchun eng ommalashgan kitoblarni kiritdik. Ular juda ko‘plab mavzularni qamrab olgan va u yoki bu texnologiyalrni o‘rganishni boshlaganingizda eng kerakli qo‘llanma bo‘la oladi.
Ushbu qo‘llanmaning muallifi CareerCup asoschisi va Apple, Google va Microsoft kabi yirik kompaniyalarning sobiq xodimi G. Makdouell bo‘ladi. Kitob dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
U «masala-yechim» formatida yozilgan: qariyb 200 ta savol va javoblardan tashkil topgan va ularning ko‘pchiligini muallif o‘z tajribasidan kelib chiqib kiritgan. U sohaga bog‘liq qariyb barcha, jumladan, algoritmlar, loyihalash shablonlari va boshqa ko‘p mavzularni o‘z ichiga qamragan. Xullas, «Cracking the Coding Interview» ni o‘qish aslo zarar qilmaydi, buni kitobning bestseller maqomi ham tasdiqlaydi.
24 Deadly Sins of Software Security
Mazkur kitobda Microsoft xavfsizligi ekspertlari Maykl Xovard va Devid Leblank turli-tuman dasturiy ta’minot yaratayotgan paytda yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan va jiddiy xatolar haqida hikoya qiladi.
Dasturlashning aksariyat tillari va platformalari ko‘rib chiqilgan.
Artificial Intelligence for Games
Sifatli va rivojlangan suniy intellekt yaratish — O‘yin dasturlovchilar uchun eng murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda loyihaning muvaffaqiyati shularning ish sifatiga bog‘liq bo‘ladi
Ushbu qo‘llanmada o‘yinlar industriyasida mashhur dasturchi va bir qator kitoblar muallifi Yan Millington suniy ong yaratish hamda turli-tuman o‘yinlarda suniy ongni yaxshilash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Kitobda ko‘plab hayotiy misollar, shuningdek, suniy ongning ommalashgan tijoriy savdosining kirish kodlari keltirilgan. Asosiy e’tibor, geympleylarni dasturlashda, personajlarning o‘zini tutishida, ayniqsa boshqotirma o‘yinlarda sun’iy ongga ko‘proq tayanishga urg‘u berilgan.
Mathematics for 3D Game Programming and Computer Graphics
Uchunchi nashrning yangilangani bo‘lib unda kompyuter o‘yinlari uchun professional darajada grafika va o‘yin harakatlarini yaratuvchi zamonaviy dasturchi bilishi lozim bo‘lgan jami matematik konseptlar haqida hikoya qiladi.
Kitob proyeksiya, soyalar, fizika, to‘qimalarni chizish va raqam usullari bilan bog‘liq mavzularni atroflicha ochib beradi, kodlarning barchasi sheyderlar tilining so‘nggi o‘ziga xosliklariga to‘liq mos keladi.
Game Programming Patterns
Ko‘plab o‘yin dasturchilari uchun eng katta muammo, bu mahsulotni dasturlashni nihoyasiga yetkazish. Aksariyat hollarda loyiha «charchab qoladi», murakkabliklar ko‘payib, kodlari aralashib ketadi. Mazkur kitob ana shu muammolarni butunlay hal etishga mo‘ljallangan.
«Game Programming Patterns» — bu kodlarni tozalaydigan (nafaqat o‘yin), osonlashtiradigan va tezlashtiradigan shablonlar turkumi. U orqali siz o‘yinning ishonchli siklini yaratishni, ob’yektlarni va ularning komponentlarini qanday tashkil etishni, samaradorlikni oshirish uchun protsessor keshidan qanday foydalanish va shunga o‘xshash ko‘p jihatlarni bilib olasiz. Siz nafaqat skript harakatlar qanday ishlayotgani va ularni yaxshilashni, balki o‘yinlarni dasturlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan klassik loyihalash shablonlarini ham o‘rganishga tushib ketasiz.
Jump Start MySQL
MySQL — ma’lumotlar ba’zasini boshqarishning eng ommalashgan erkin relyasion tizimi sanaladi. Ulardan ko‘plab internet saytlarda foydalaniladi.
Ushbu kitob yordamida bir hafta ichida MySQL’ni o‘zlashtirishingiz, uning tezligini va moslashuvchanligini ishlatishni o‘rganishingiz mumkin. Kitobni o‘qib, ma’lumotlarni saqlash, modifitsikatsiyalash va qayta ishlashni, dasturingizni BD ga ulashni, jadval bilan ishlashni, bekaplar va boshqa ko‘p yumushlarni bajarishni o‘rganasiz.
Head First. Programmirovaniye dlya Android
Agar sizda mashhur bo‘lib ketgan Android-ilovalari uchun g‘oya bo‘lsa, lekin uni amalga oshirishni bilmasangiz, unda ushbu kitob aynan siz uchun. Siz undan o‘z ilovangiz tuzilmasini qanday to‘g‘rilash, unda interfeys va ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, barcha smartfonlar va planshetlarda ishlab ketishini ta’minlashni o‘rganasiz.
Muallifning ta’kidlashicha, bu kitob xuddi yoningizda turgan tajribali dasturchidek. Boshlash uchun Java haqida ozgina bilimga ega bo‘lsangiz yetadi.
97 Things Every Programmer Should Know
Bu kitobga IT sohosada taniqli mutaxassislarning hayotiy maslahatlari qisqacha tarzda berilgan. U dasturchi qarshisida ko‘ndalang bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Effektivnaya rabota s unasledovannim kodom
Bu kitobda Maykl Fizers legacy-kod bilan samarali ishlash strategiyasini taklif etadi. Muallif uzoq vaqt dasturchilarga uztozlik qilgan va o‘zining boy tajribasini kitobga kiritishga harakat qilgan. Kitobni o‘qir ekansiz, bunday kodlarni qanday qilib o‘qish, tuzatio‘ va yaxshilashni o‘rganib olasiz. Unda bog‘liqlikdan qutilishning 24 usuli bayon etilgan.
Priyomi ob’yektno-oriyentirovannogo proyektirovaniya
Mazkur kitobda patterli loyihalash va ob’yektli-mo‘ljalli loyihalashda paydo bo‘ladigan oddiy vazifalarni oson va o‘ziga xos tarzda hal etish usullari haqida gap ketadi. Patterli loyihalash tayyor halda bo‘lmagan; o‘zlarining dasturlarini takroriy ishlatishda foydaliligini va moslashuvchanligini oshirish imkoniyatini qidirgan aksariyat dasturchilar maqsadga erishish uchun ko‘p kuch sarflaganlar.
Chistiy kod: sozdaniye, analiz i refaktoring
Robert Martin o‘z ijodida, o‘zining boy tajribasiga suyanib, qanday qilib kodlash kerakligi haqida hikoya qiladi. Makkonellning kitobidan farqi shuki, bu asarda u yoki bu harakatning to‘g‘riligi haqida statistik asoslar juda kam, faqat kod (kitobning qariyb, uchdan birini band etgan) va muallifning maslahatlari kiritilgan.
Predmetno-oriyentirovannoye proyektirovaniye (DDD). Strukturizatsiya slojnix programmnix sistem
Bu kitob muammo-maqsadli dasturlashga kirishayotganlar yoki endi kirishganlar uchun juda qo‘l keladi.
Ona tili darsliklaridagi xatoliklarga qachon barham beriladi?
O‘zAda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muhammad Valining ona tili fani bo‘yicha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim dasturlari orasidagi ayrim nomuvofiqliklar xususidagi maqolasi chop etildi.
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zamonaviy maktablar, yangi darsliklarni ko‘rib, ko‘z quvonadi. Demak, endigi muhim vazifa – yaxshi o‘qitish va yaxshi o‘qish. Yangi o‘quv yili boshlangach, bu borada o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi qanday ekanligi bilan qiziqib, bir necha maktablarda bo‘ldik. O‘tkazilgan savol-javoblar o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. Ehtimolki, savollar soddaroq bo‘lgandir. Bilmadim. Shunday bo‘lsa bordir. Lekin muloqot jarayonida yuz bergan ayrim tortishuvlar bizni befarq qoldirmadi.Biz savol-javob jarayonida o‘quvchilardan iloji boricha osonroq tushunchalarni so‘radik. Masalan, “Gap bo‘laklari” mavzusini. Bu mavzu 3-sinf o‘quvchisiga ham yaxshi tanish. 4—5-sinf o‘quvchilarining barchasi bosh bo‘laklar sifatida ega va kesimni tilga olishdi. 8-sinf o‘quvchilarining bir qismi bosh bo‘lak deb kesimni bilishar ekan, bir qismi esa ega va kesimni.
Hayratimiz oshib, darslik va dasturlarni bir-biriga solishtirib ko‘rdik. 3-sinf “Ona tili” darsligi (S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh.Yo‘ldosheva. T., “O‘qituvchi” NMIU, 2014) ning 42-betida ega va kesim gapning bosh bo‘laklari deyiladi: “Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo‘lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi.
Bolalar maktabda o‘qiydilar. Bu gapda bosh bo‘lak ikkita: kimlar? Bolalar (ega), nima qiladilar? O‘qiydilar (kesim). Bolalar o‘qiydilar – gap bolalarning mashg‘uloti (o‘qishi) haqida xabar bildiryapti”.
2015-yilda nashr etilgan 4-sinf “Ona tili” darsligida “Bosh bo‘laklar” tushunchasidan qochishga intilish yaqqol seziladi va “Kesim gapning markazi hisoblanadi” degan xulosa beriladi. Ammo mualliflar o‘zlaridagi ikkilanishni yenga olishmaydi, chog‘i, 26-mashq shartida shunday yozishadi: “Ega va kesimdan tuzilgan gaplarga ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shib yozing”.
Darslikda “bosh bo‘laklar” tushunchasi berilmaganidan hayron bo‘lib turgan o‘qituvchiga mazkur mashq sharti qo‘l keladi va o‘quvchilarga 3-sinfdagi bilimlarni eslatadi. Shu tariqa “bosh bo‘laklar” tushunchasi 4-sinf o‘quvchilari ongida ham eson-omon jon saqlaydi.
Navbat 5-sinf “Ona tili” (N. Mahmudov, A. Nurmanov va boshqalar. T., “Ma’naviyat”, 2015) darsligiga. Bu darslikda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi ma’lumotni topolmadik. Shunda bizga o‘qituvchilar yordamga kelishdi: qo‘limizga shu darslik asosida yozilgan metodik qo‘llanmani tutqazishdi. Agar darslikning 39-betida “Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘lagi bo‘la oladi”, deb yozilgan bo‘lsa, metodik qo‘llanmaning 53-betida quyidagilarni o‘qiymiz: “Boshlang‘ich sinfda (sinflarda – M.V.) o‘quvchilar gap bo‘laklari haqida ilk ma’lumot olgan (olishgan – M.V.) Ega va kesim bosh bo‘laklar ekanligini, qolganlari (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol – M.V.) ikkinchi darajali bo‘laklar hisoblanishini biladilar (Mazkur gapda ega – “ular”ni tushirish noto‘g‘ri – M.V.). Kesim gapning asosiy mazmunini ifodalaydi, shuning uchun u bosh (asosiy) bo‘lak sanaladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘lib, ular bosh bo‘lak ma’nosini konkretlashtiradi (aniqlashtiradi – M.V.), to‘ldiradi, izohlaydi, aniqlaydi (ortiqcha so‘z – M.V.)”.
Jumlalardagi ayrim g‘alizliklarga qaramasdan, qo‘llanmada fikr aniq bayon etilgan, ya’ni ega ikkinchi darajali bo‘laklar qatorida sanaladi. Nega darslikda bunday aniqlik yo‘q? Axir darslik o‘quvchi uchun chiqariladi-ku? O‘qituvchi tushunmagan mavzuni metodik qo‘llanmasidan bilib olar. O‘quvchi-chi? U nima qiladi? Uning metodik qo‘llanmasi yo‘q-ku! Ta’kidlash joizki, “O‘qituvchi kitobi” 2011-yilda chop etilgan. Darslik unga nisbatan yangi. Shu bois o‘qituvchi ongida ikkilanish kuchli. U “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasidan butkul voz kecholmayapti. Chunki bu tushunchalar boshlang‘ich sinflarda mavjud.
Xo‘sh, o‘qituvchi va o‘quvchilar nima qilishsin?! Tajriba-sinov deb har bir olim o‘zining nazariyasini darslikka tiqishtira beradimi? Tajriba-sinovda ham me’yor, marom bo‘lishi kerak-da! Bunaqada taraqqiyot bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilim saviyasi orqaga ketadi. O‘qituvchilarda ham turli ikkilanishlar paydo bo‘ladiki, u dars saviyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Fikrimcha, bu borada tajriba-sinov maydonlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ham aybi bordek. Ehtimol, ular tajriba-sinovning haqiqiy natijalarini yashirishayotgandir. Yoki ularning fikrlari inobatga olinmayaptimikan? Kim biladi, deysiz?!
Yana asosiy mavzuga qaytsak. 5-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligining 44-sahifasida quyidagi nazariy xulosalarni o‘qish mumkin: “Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim.
Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim”.
Xo‘sh, yig‘iq gap faqat kesimdan iborat bo‘ladimi yoki ega va kesimdanmi? Dastlabki xulosaga ko‘ra, yig‘iq gap ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: kesim yoki ega va kesim.
Keyingi xulosadan esa “Yig‘iq gap faqat kesimdan iborat”, degan fikr kelib chiqadi.
Bu o‘rinda berilgan ikki xulosadagi yaqqol inkor zamirida yashirin ma’no – arosat ham bor. Gap shundaki, yig‘iq va yoyiq gaplar haqida yozayotgan mualliflar ongidagi “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasi ularga sezdirmay g‘alayon ko‘taradi va qarama-qarshi nazariy xulosalarga zamin yaratadi. 8-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligida esa, 5-sinf “Ona tili” darsligidan farqli ravishda gap bo‘laklari ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar kabi turlarga ajratilgan. Bu ham, ayonki, “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi tabiiy tarzda “bosh bo‘laklar mavjud va ular ega, kesim”, degan xulosani beradi.
Shu o‘rinda bir jihatga alohida e’tibor qaratishni istardik: 5-sinf “Ona tili” darsligining 2015-yil nashridagi “musaffolik”, ya’ni unda “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasining yo‘qligi aslo yangilanish ruhi bilan bog‘liq emas. Darslikning avvalgi nashrlaridagi nazariy xulosalar yangi nashrda shunchaki takrorlangan. Demoqchimizki, bir necha yildirki, o‘quvchi boshlang‘ich sinfdan 8-sinfga kelibgina yana “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi bilan uchrashadi. Darsliklardagi bu kabi nomuvofiqliklar, uzluksizlik jarayonining buzilishi o‘qituvchini noqulay ahvolga solmoqda, muallif-olimlikning muqaddas martabasiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otmoqda. Yuqorida keltirilgan ko‘chirmalardan ko‘rinib turibdiki, 5-sinf “Ona tili” darsligi mualliflari bosh bo‘laklar haqida o‘quvchi ongiga ikki yil (3—4-sinflarda – M.V.) davomida tinimsiz singdirilgan bilimlarni ongli (e’tibor bering – M.V.) ravishda o‘zgartirishmoqchi! Yana ham aniqroq aytganda, bu bola ongidagi inqilob deyish mumkin. Ehtimol, kimdir bu holga ortiqcha ahamiyat bermas. Lekin biz “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, degan hikmatni unutmasligimiz lozim. Maktab darsliklarida mavzular kengayib borishi, yangiliklar bilan boyitilishi tabiiy hol, albatta. Ammo mavzularning mohiyati tubdan o‘zgartirilishi mumkin emas. Bunday holatlar ko‘proq sof ilmiy ishlarda kuzatiladi. Inqilobiy ko‘rinishdagi nazariy qarama-qarshilikni o‘quvchi, hatto o‘qituvchi ongi, darslik tabiati ko‘tarmaydi. Afsuski, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tashvishga solayotgan, chalkashtirayotgan kamchiliklar birgina “Bosh bo‘laklar” mavzusi bilan tugamaydi. Maktab “Ona tili” darsliklarida bunday muammolar talaygina.
Biz ko‘pchilikni tashvishlantirayotgan mazkur muammolarni bejiz qalamga olmadik. Boisi, respublika Ta’lim markazi mutaxassislari, ekspertlar qanchalik harakat qilishmasin, “Ona tili” darsliklaridagi muammolar bir necha yillardan buyon bartaraf etilmayapti. Umid qilamizki, bizning bu chiqishimiz mas’ul mutasaddilar va mualliflarni hushyor torttirsa ajab emas. Har holda, shunga umid qilamiz.