ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»
3. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., “Sharq”, 2013.
Кasb-hunar kollejlarida ingliz tili o’qitishning hozirgi ahvoli
Ахмедов, У. Ю. Кasb-hunar kollejlarida ingliz tili o’qitishning hozirgi ahvoli / У. Ю. Ахмедов, Н. Н. Каримова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 9-10. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39049/ (дата обращения: 04.03.2023).
Ma`lumki, tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o’rtasidagi o’quv predmeti deb hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga xizmat qiladi degan fikrni ilgari suradilar.
Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:
- Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir.
- Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur.
- Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar bilan muloqotga kiradi. CHet tilni o’rgatishda ahvol umuman o’zgacha. Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o’rganiladi, chet tilda fikr bayon etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi.
- T. Q. Sattorov bilim va malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb hisoblaydi.
O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. Taniqli metodistlardan J. J. Jalolov, S. S. Saydalievlar barcha o’quv predmetlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan o’quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya berishga qaratilgan o’quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); v) amaliy faoliyatni o’rgatadigan o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til).
Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va go’zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o’rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi [38:26–29.
Lingvodidaktikaning ob’ekti bo’lgan tilga oid o’quv predmetlarini tahlil etganda, ular orasida o’xshashlik va keskin farqlar borligi namoyon bo’ladi. Tillar orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o’rganishda ham o’quvchi nutq faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Ushbu tillarda shakllangan ko’nikma va malakalar tufayli boshqa fan va sohalarga oid bilim(axborot)lar o’zlashtiriladi, boshqacha aytganda, tilga oid o’quv predmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi.
Kollej sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o’rganish chog’ida amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy, kasbiy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir xilda ro’yobga chiqadi. Ingliz tilida esa muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi.
Ona tilini o’quvchi kollejgacha amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy malakalar, avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan kamroq hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy bilim)lar amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.
KHKda o’zbek, rus va ingliz tillarini o’qitishga qo’yiladigan dasturiy talablardan biri mazkur o’quv fanlari orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga imkoniyat yaratishdir. Ta’limda o’quv fanlarining imkoniyatlarini birlashtirish ko’zlangan maqsadga erishishning asosiy yo’li sanaladi. Tadqiqotlarda predmetlararo bog’lanish katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tilgan (A. M. Mamadaliev, Q. Q. Qiyasova va b.).
Predmetlararo bog’lanish hozirda didaktika va o’qitish metodikasida bilimlar mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaxlit sistema sifatida tushuniladi (M. N. Skatkin, I. D. Zverev, I. YA. Lerner va b.). Predmetlararo bog’lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, uning boshqa tizim ob’ektlari (o’quv jarayoni, o’quv-tarbiyaviy faoliyat va h. k.) bilan munosabatini birgalikda ochib berishni taqozo etmoqda.
KHKdagi lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga oid so’z va atamalar bilan boyitish, kommunikativ faoliyatga tayyorlash, ixtisosiy ehtiyojdan kelib chiqadigan nutq uslublarini o’rgatish, nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ko’zlangan maqsadga bo’ysundirilganligi kabi omillar tanlangan ixtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi.
O’zbek, rus va ingliz tili darslarida kollej o’quvchisi tanlagan sohasiga oid o’z ona tilisidagi zaruriy atamalarning ma’nosini tushunsa, o’zbekcha, ruscha va inglizcha nomlanishini bilsa, bir so’zni boshqasi bilan qiynalmay almashtira olsa, shu tillarda fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ifodalash malakalariga ega bo’lsa, nutqiy sinonimiyadan foydalana olsa, kasb-hunar ta’limida tillarni o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.
Ishning asosiy maqsadi — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ingliz tili o’qitishning lingvodidaktik xususiyatlari va kollej ta’limida ingliz tili o’rganish bilan bog’liq masalalarni tahlil qilishdan iborat. SHu bilan birga, kollej o’quvchilarining lisoniy ta’limi samaradorligini oshirishni nazariy jihatdan asoslab berish, bo’lajak kichik mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish ham ilmiy-tadqiqotning asosiy masalalaridandir.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish, o’z navbatida, quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
bo’lajak kichik mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda ingliz tilining tutgan o’rni mavzuga oid adabiyotlarni tanqidiy o’rganib chiqib, ulardan tadqiqot jarayonida tahliliy foydalanish;
kollejlar uchun mo’ljallangan ingliz tili darslik, o’quv qo’llanma va dasturlarini o’rganish hamda tahlil etish;
KHKda ingliz tili o’qitish maqsadlariga aniqlik kiritish va o’quv predmeti oldiga qo’yilgan dasturiy vazifalarni zamonaviy talablar asosida qayta ko’rib chiqish;
beriladigan ixtisoslik nuqtai nazaridan ingliz tili ta’lim mazmunini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish va o’quvchilarning bo’lajak kasbiy faoliyatlarida qo’l keladigan bilim, ko’nikma va malakalar nisbatini aniqlash;
KHKda ingliz tili materiali(leksika, grammatika, talaffuz)ni metodik tashkil qilish (tanlash, tasnif, taqsimot va taqdimot bosqichlari) va o’zlashtirish bilan bog’liq masalalarni tadqiqotga tortish;
umumta’limiy o’quv predmeti hisoblanmish ingliz tilini kasbiy yo’naltirishdagi o’rnini aniqlash;
KHK o’quvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini ko’tarishda fanlararo aloqani ahamiyatini asoslash maqsadga mofiq bo`lar edi.
- O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 1997 y. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy hujjatlar to’plami. “SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. –T., 2001. –672 b.
- O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to’g’risidagi Qonun. 1997 y. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlar to’plami. “SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. –T., 2001. –672 b.
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari. Oliy ta’lim me’yoriy-huquqiy va uslubiy xujjatlar to’plami. “Istiqlol” nashriyoti Bosh tahririyati. –T., 2004. –511b.
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»
Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Orzigul Baxromjon Qizi Raxmonaliyeva, Dilafroz Mamaroziyevna Abduraxmonova
Ushbu maqolada ona tili darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan interfaol metodlar va ularning mazmuni xususidagi fikrlar keltirilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по социологическим наукам , автор научной работы — Orzigul Baxromjon Qizi Raxmonaliyeva, Dilafroz Mamaroziyevna Abduraxmonova
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MA’NODOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLAR YORDAMIDA OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MA`NODOSH VA ZID MA`NOLI SO`ZLAR YORDAMIDA OG`ZAKI NUTQINI O`STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI
Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH ASOSIDA O’QUVCHILARNI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASH
O’QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Orzigul Baxromjon qizi Raxmonaliyeva Dilafro’z Mamaro’ziyevna
Abduraxmonova Farg’ona tumani 43-maktab ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari
Ushbu maqolada ona tili darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan interfaol metodlar va ularning mazmuni xususidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: innovatsion texnologiya, metod, texnologiya, interfaol, bayon qilish, suhbat, muammoli vaziyat.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo’nalishlariga jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. “XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir” Yangi asr o’qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik – psixologik jihatdan chuqur bilimga egaligi, intellektual salohiyatning yuksak darajadaligi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, ta’limning interfaol usullari va ilg’or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta’lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatini to’liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo’lishini ta’minlashga ko’maklashadi. Interfaol usullaridagi darslar o’quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.
Interfaollik – bu o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni bunda o’quv-biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida) yoki o’quvchining o’zaro muloqotiga asosan kichadi. Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi.
Talim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o’zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Ona tili darslarida zamonaviy usullardan foydalanish
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish hamda mavzuni o’zlashtirishda yaxshi samara beradi.
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini t ashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish bayon metodi, suhbat metodi, analiz – sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib kelinmoqda.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo’ljallangan.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savo – ljavob metodi deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894 – yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
leksik – semantik va grammatik mashqlami tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1sinfdan boshlab foydalanish mumkin
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u asta – sekin murakkablashtirilib boriladi. 1 sinfdan ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring”, ,,Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, ,,Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar beriladi. Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi.
Analiz – sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi. Induksiya metodida o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol – topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o’qituvchining beradigan savol – topshiriqlariga bog’liq. Yo’1 – yo’lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritilib kelinmoqda.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’ va kelajagi farovon bo’ladi. T.: “O’zbekiston”, 2019.
2. Yo’ldoshev J., Yo’ldosheva F., Yo’ldosheva G. Interfaol ta’lim – sifat kafolati. -Toshkent, 2008.
3. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., “Sharq”, 2013.
4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11,
5. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.
6. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.
7. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(4), 738-740.
8. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Yusupova, N. M. (2022). SMART TEXNOLOGIYALARDA TA’LIM JARAYONI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 441-445.
9. Mamatzhonovich, O. D., Khamidovich, O. M., & Esonali o’g’li, M. Y. (2022). DIGITAL ECONOMY: ESSENCE, FEATURES AND STAGES OF DEVELOPMENT. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 355-359.
10. Avazjono’g’li, V. D., &Esonalio’g’li, M. Y. (2022). Use and Importance of Three-Dimensional Images in Fields. Journal ofEthicsandDiversityin International Communication, 2(2), 1-4.
11. Avazjono’g’li, V. D., &Esonalio’g’li, M. Y. (2022). Prospects for the Development of the 3D Modeling Process. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 78-79.
12. G’ofurovich, T. X. A., & Esonali o’g’li, M. Y. (2022). Computer Using Dynamic System Modelling Environments. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 9-13.
13. Norbutaev, M. A. . (2022). Create Computer Learning Games Taking Into Account the Psychophysiological Characteristics of the User. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 113-116.