Ona tili – Majburiy fanlardan namunaviy test
Shu oynada sizning ID raqamingiz ko’rsatilgan.
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining onlayn aprobatsiyasi
Davlat test markazi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasini o’tkazishda davom etadi.
Endilikda talabgorlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlari namunalarini olishi va aprobatsiyada ishtirok etgan holda, o’z bilimlarini sinab ko’rishi mumkin.
Buning uchun http://aprobatsiya.dtm/sayti orqali ro’yxatdan o’tiladi.
Ro’yxatdan o’tish juda sodda bo’lib, talabgorlar o’z shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish tili va variantlardan birini tanlashi hamda tasdiqlash kodini kiritishi talab etiladi.
Talabgorlarga ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biridan 15 tadan jami 45 ta test topshiriqlari va 1 soat vaqt beriladi.
Test topshiriqlarini ishlab, kerakli javoblar belgilangandan so’ng “Test sinovini tugatish” tugmasi bosilganda talabgorga qaysi fandan nechta to’g’ri javob topgani ko’rsatiladi.
Saytga o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarining har biridan 2 tadan variant joylashtirilgan.
Onlayn aprobatsiya 10 kun davom etadi, ya’ni http://aprobatsiya.dtm/ sayti 1-noyabrdan 10-noyabrgacha ochiq bo’ladi va talabgorlar internet orqali istalgan joydan mazkur saytga kirgan holda, test savollari bilan tanishishi va o’z bilimini sinab ko’rishi mumkin.
Davlat test markazi barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi!
Ona tili majburiy.pdf – Majburiy fanlardan namunaviy test.
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari ONA TILI 1. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) xususiyat, tafsilot B) daromad, sabzovot C) saxovot, zokovat D) halovat, forosat Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan so‘zlarning talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. A javobda berilgan xususiyat, tafsilot so‘zlarida hech qanday imloviy xatolik uchramaydi. B javobdagi sabzovot ( sabzavot tarzida yozilishi kerak), C javobdagi saxovot, zokovat ( saxovat, zakovat tarzida yozilishi kerak), D javobdagi forosat ( farosat tarzida yozilishi kerak) so‘zlari esa imloviy jihatdan xato yozilgan. To‘g‘ri javob: A. Manba: N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2020. 2. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan so‘zlarning talaffuzi va yozilishi, asos va qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Ma’lumki, jo‘nalish kelishigi ( -ga ) qo‘shimchasi -k va -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan ( -ka yoki -qa tarzida) aytiladi va yoziladi. Aks holda, imloviy xatolik sanaladi. A javobdagi ko‘kga so‘zida xuddi shunday holat kuzatiladi, ya’ni imloviy xatolik mavjud. Boshqa javoblarda qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik kuzatilmaydi. To‘g‘ri javob: A. Manba: N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 7-sinf uchun darslik. “Ma’naviyat” nashriyot uyi. Toshkent – 2017. 1
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari 3. Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud emas? A) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim, Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim. B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi? C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring. D) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis tebranib turibdi. Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Bilan ko‘makchisining she’riy uslubga xos qisqargan shakli (-la) o‘zi bog‘langan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi va A javobda ushbu ko‘makchining yozilishi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi. Qo‘shimcha yuklamalarning ayrimlari o‘zidan oldin kelgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib, ayrimlari esa qo‘shib yoziladi. Ya’ni -mi, -dir, -oq(-yoq), -ov(-yov), -gina(-kina, -qina) kabi yuklamalar so‘zga qo‘shib yoziladi. -chi, -a(-ya), -u(-yu), -da, -ku, -e, -ey(-yey) kabi yuklamalar o‘zidan oldin kelgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Test topshirig‘ining B va C javoblarida ushbu yuklamalarning yozilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik kuzatiladi. D javobda ham chiziqcha noo‘rin qo‘llangan, chunki sifatning daraja shaklini hosil qiluvchi och,
Want to read all 5 pages?
Previewing 3 of 5 pages. Upload your study docs or become a member.
View full document
Want to read all 5 pages?
Previewing 3 of 5 pages. Upload your study docs or become a member.
View full document
End of preview
Want to read all 5 pages? Upload your study docs or become a member.
View full document
Students also studied
Сборник_упражнений,_Часть_1._Лубяная,_Плотникова,_Усова.pdf
Ona tili va adabiyot.pdf
Ona tili va adabiyot.pdf
MISSION imPOSSIBLE.docx
Political corruption
government spending
construction companies
IRIS module.docx
Touring car racing
Response to media 1.docx
source of human rights
Response to media 1.docx
Responce to media 3(2).docx
Responce to media 3(2).docx
Other related materials
07.04.19.ona tili, tarix, ingliz tili 2_080419174105.docx
Tashkent Financial Institute
07.04.19.ona tili, tarix, ingliz tili 2_080419174105.docx
Onlayn test
Onlayn test – bu har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasini onlayn rejimda sinash imkoniyatini beruvchi test turidir. Test hamma topshiruvchilar uchun bir vaqtda o‘tkaziladi. Test tugaganidan so‘ng o‘z bilimlaringizga baho berishingiz va o‘z bilim darajangizni boshqalar bilan solishtirib olishingiz mumkin bo‘ladi.
Test topshirish pullikmi yoki bepul?
Test topshirish pullik. To‘lov 30 000 so‘m.
Nega test pullik?
Test pullik ekanligining sababi – to‘lov o‘tkazgan o‘quvchi testga jiddiyroq munosabatda bo‘ladi. Testdagi savollar qiyinlik qilsa yoki boshqa mayda bahonalar paydo bo‘lsa ham, testni oxirgacha ishlab yakunlashga intiladi. O‘z imkoniyatlarini maksimal qo‘llashga harakat qiladi. Bu sizga o‘z bilimingizni aniq baholash imkoniyatini beradi. Bepul testlarda esa bu holat kuzatilmaydi.
To‘lovni qanday qilib o‘tkazaman?
Onlayn test uchun to‘lovni Click, PayMe yoki Paynet to‘lov tizimlari orqali o‘tkazishingiz mumkin.
Click orqali to’lovni qanday amalga oshirish mumkin?
Click orqali to’lovni *880# kodni terib yoki Clickning Telegram boti orqali o’tkazishingiz mumkin:
*880# kod orqali to’lov o’tkazish:
1. Karta ulangan telefondan *880# kodni terasiz.
2. Hosil bo’lgan oynadan To’lovlarni tanlaysiz.
3. To’lovlardan so’ng, Web-saytlarni tanlaysiz.
4. Ro’yxatda Prep bo’lmasa, 10 ni terib Keyingi sahifaga o’tasiz.
5. Prep ni topib, Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz.
6. Kerakli summani yozib, to’lovni amalga oshirasiz.
7. Balansingizni tekshiring va to’lov amalga oshganiga amin bo’ling.
Click Telegram Bot orqali:
1. Click Telegram Botda To’lovlarni tanlaysiz
2. Paydo bo’lgan variantlarda Ta’limga o’tasiz.
3. Ta’lim ro’yxatidan Prep ni toping va uni tanlang.
4. Hisob raqam deyilgan joyga ID raqamingizni kiritasiz.
5. O’zingizga kerakli summani yozib, to’lovni amalga oshirasiz.
6. Balansingizni tekshiring va to’lov amalga oshganiga amin bo’ling.
Payme orqali to’lovni qanday amalga oshirish mumkin?
Payme orqali to’lovni amalga oshirish uchun sizning kartochkangizda sms-xabarnoma(cмс-информирование) yoqilgan bo’lishi kerak.
1. Pastdagi katakchaga o’zingizga kerakli summani kiriting va To’ldirishni bosing.
2. Paydo bo’lgan oynada, karta raqamingizni va tugash sanasini kiriting (Misol uchun, karta raqami 8600. ; tugash sanasi 12/19)
3. To’lash tugmasini bosing.
4. Kartaga ulangan telefon raqamga 6 xonalik kod keladi. Shu kodni kiritish so’ralgan joyga kiriting.
5. Balansingizni tekshiring va to’lov amalga oshganiga amin bo’ling.
Paynet orqali to’lovni qanday amalga oshirish mumkin?
Paynet orqali to’lov quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Paynet shaxobchasiga borib, Prep uchun to’lov qilmoqchilingizni aytasiz. Paynet ishchisi Prep ni bilmayman desa, qidiruv orqali izlashni so’rang. Shunda Prep chiqadi.
2. Hisob raqamingiz deyilgan joyga ID raqamingiz kiritiladi.
3. Kerakli summani aytib, pulni tushurasiz.
4. Balansingizni tekshiring va to’lov amalga oshganiga amin bo’ling.
ID raqamimni qayerdan olaman?
ID raqamni olish uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak. Ro’yxat o’tgan bo’lsangiz, ekranni tepa qismidagi belgini bosasiz. Shunda sizda quyidagi oyna ochiladi.
Shu oynada sizning ID raqamingiz ko’rsatilgan.
Qachon test boshlanadi?
Test 20:00 dan 23:00 gacha ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Boshlanish vaqti 20:00 da. Test topshirish kuni saytda oldindan e’lon qilinadi.Test 20:00 dan 23:00 gacha ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Boshlanish vaqti 20:00 da. Test topshirish kuni saytda oldindan e’lon qilinadi.
❗️ Karantin munosabati bilan test vaqti o’zgarishi mumkin. Test vaqtini Onlayn test bo’limiga ko’rib oldindan ko’rib oling.
Agar 20:00 test boshlanishiga ulgurmaydigan bo‘lsam, testga kechroq ulansam bo‘ladimi?
Testni kechroq boshlashingiz mumkin. Faqat yodingizda tuting, test 23:00 da yakunlanadi.
Test qancha davom etadi?
Test 3 soat davom etadi.
Test necha blokdan iborat?
Test majburiy fanlar to’plami (Ona tili, Matematika, O’zbekiston tarixi – 45 ta savol) va ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2 blokdan tashkil topgan va har bir blokda 30 savoldan iborat.
Bloklarni qachon tanlayman?
Bloklarni testni xarid qilgandan keyin yoki test boshlanganidan keyin tanlasangiz bo’ladi. Agar oldindan tanlagan bo’lsangiz, test boshlanguncha, ya’ni 20:00 gacha bloklarni almashtirsangiz bo’ladi. Undan keyin almashtirolmaysiz.
❗️ Eslatib o’tamiz, karantin munosabati bilan test boshlanish vaqti o’zgarishi mumkin. Onlayn test bo’limiga kirib, oldindan ko’rib oling.
Test qaysi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi?
Test 2 tilda o‘tkaziladi. Quyidagi fanlar bo‘yicha test topshirishingiz mumkin:
Majburiy fanlar (Обязательные предметы)
Ona tili adabiyot (Русский язык и литература)
Ingliz tili (Английский язык)
Testlar kim tomonidan tayyorlangan?
Testlar «Abituriyent» gazetasi ekpertlari tomonidan tuzilgan. «Abituriyent» gazetasi 15 yilga yaqin faoliyat olib bormoqda. Uning har bir sonida DTM standartlari asosida barcha fanlardan testlar, shuningdek, abituriyentlar uchun zarur bo‘lgan yangilik va axborotlar, testlar tahlili, oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rishning psixologik va metodik tavsiyalar o‘rin olgan. Gazeta tahririyatida barcha fanlar bo‘yicha katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan Oybek Qudratov (fizika), Jamol Xo‘jaev (matematika), Otabek Muydinov (kimyo), Mansur Siddikov (ona tili va adabiyoti), A’zamjon Ruziev (ingliz tili), Qobil Shoimov (tarix), Murod Nishonov (biologiya) kabi o‘qituvchi va repetitorlar ekspert sifatida faoliyat yuritadilar. Mazkur jamoa tomonidan hukmingizga xavola etilayotgan test topshiriqlari ham Sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
Natijalar qachon e’lon qilinadi?
Natijalar test tugaganidan 30 daqiqa o‘tib e’lon qilinadi. 23:30 da. Natijalarni istalgan payt kirib, ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Natijalarni qanday ko‘rishim mumkin?
Test topshirgan joyga kirib, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosasiz. Test bo‘lgan kunni tanlaysiz. Keyin «Mening natijalarim» tugmasini bosib, o‘z natijalaringizni ko‘rishingiz mumkin. Agar umumiy natijalar orasida o‘z reytingingizni va qolgan test topshiruvchilar natijalarini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosgandan so‘ng, 3 blokni tanlab «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosing.
Natijalar chiqqanidan so‘ng, to‘g‘ri javoblarni bila olamanmi?
Ha, ko‘ra olasiz. Test topshirgan joyga kirib, «Natijalarni ko‘rish» tugmasini bosasiz. Test bo‘lgan kunni tanlaysiz. Keyin «Mening natijalarim» tugmasini bosganingizdan so‘ng, sizga siz belgilagan javoblar va to‘g‘ri javoblar taqdim etiladi.
Test haqida o‘z fikr va mulohazalarimni bildira olamanmi?
Albatta, test haqidagi o‘z fikr va mulohazalaringizni saytimizdan Administratorga xat yoki telegramda @prepuzadmin ga yozgan holda qoldirishingiz mumkin.
Dilbar Boymurodova: Ona tili fanidan testlar to‘plami
Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi!
Ushbu kitob oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida majburiy ona till fanidan 15 talik testlarni o’z ichiga oladi. Ushbu test savollari kitobining o’ziga xos tomoni shundaki, unda kirish imtihonlarida tushish ehtimoli yuqori bo’lgan hamda yangilangan maktab darsliklarining barchasidan tuzilgan testlar jamlangan. Shuningdek, to’plamdan test ishlovchiga ruhiy dalda beruvchi motivatsion aforizmlar va test ishlash texnikasiga doir qa tor maslahat va qoidalar ham o’rin olgan. Test savollari kitobining asosiy maqsadi-abituriyentlarning yuqori natijalarga erishishlariga ko’mak berishdir.
Har qanday kitob undan unumli foydalangandagina muvaffaqiyatga xizmat qiladi. Agar Siz ushbu kitobdan to’g’ri foydalana olsangiz, albatta, talaba bo’lasiz. Hayotning har qanday eng qiyin nuqtasi muvaffaqiyatga bir soniya qolganda yuzaga chiqadi. Bugun qiynalyapsizmi, shuni bilingki, sizni orzularingizning ro’yobi kutib turibdi. Ushbu kitob qoʻlingizdami, demak, siz talaba bo’lish uchun astoydil harakat qilyapsiz. Bu yo’lda sabrli. irodali va yengilmas bo’ling. Yuksak cho’qqilarda koʻrishguncha.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-6870-6-6 |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 112 |
Nashriyot | Zabarjad media |
Muqovasi | Yumshoq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2021 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан