O ZBEKISTON RESPUBLIKASIICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Vatan – muqaddas va buyuk maskan.
Insholar to’plami
Turli mavzularda yozilgan, rejasi, tayanch iboralari bilan keltirilgan insholar to’plamini qabul qiling. Saralangan insholar to’plami kitobchasi. Ushbu kitobcha asosiy deb hisoblangan 15 mavzuni qamrab olgan. Kitobchani eng pastdagi havoladan yuklab olishingiz mumkin.
YAGONADIR VATANIM MANIM!
Vatan – muqaddas va buyuk maskan.
1.Quyosh tafti bilan oshufta zamin muhabbati.
2. Yurtini qadrlashni bilgan kishining ertasi yorug ‘.
3.Vatan qalbiga monand qadri baland avlod maskani.
III.Xulosa. Yoshlikdagi shijoat – kelajakka kafolat.
Buyuksan, mo’tabarsan eng ulug’ zamin-onajon Vatan!
Bir donishmandning “Bilimning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni qo‘llashingiz kerak, xohishning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni amalga oshirishingiz kerak”, – degan so‘zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz o‘zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish, ularni amalda qo‘llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin. Buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoit muhayyo.
Vatan – kindik qonimiz to’kilgan, jonga jondosh, qalbga sirdosh eng ulug’ kalom. Vatan – muqaddas dargoh, mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan, har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog’i zar, ko’zga gavhardir. Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir. Bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Samimiy insonga inson do’st bo’lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo’lmog’i uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o’sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan qadrini faqat bir soniya bo’lsa ham musofir bo’lgan insongina tushunadi. Vatan ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog’ingan yuraklar taftiga mehr urug’ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom va abadiy bo’lsin!
Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun qo’ynida sokin navo insonni o’ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog’lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh, ota kabi qonga qondosh bo’lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun Vatan yagona va takrorlanmas mo’jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg’u tug’yon uradi. Yoinki, go’zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo’y nasim kuy chertadi. Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo’shasi ekanligingizdan faxr etib, go’yoki, osmonlarni zabt etgandek bo’ladi inson. Ha, shu maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun ham farz, ham qarzdir!
Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” – deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…
“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
“ Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir ”- de gan naqlga aml qilgan holda, har kim o‘ziga berilgan ana shu qisqa davrda kasb-hunar egallashga, ulkan marralarni zabt etishga harakat qiladi. Men ham tengdoshlarim qatori malakali mutaxassis sifatida o‘zimni namoyon etishga, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga intilaman. Ba’zi tengdoshlarim hoyu havasga uchib, yengil hayot ortidan quvayotganini, egri yo‘lni tanlab adashayotganini ko‘rib mulohaza qilaman. Axir dunyoda O‘zbekistondek go‘zal va betakror mamlakatda yashashning o‘zi baxt emasmi ? !
Bugun ulg‘ayayotgan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, puxta bilim olishlari uchun olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlarni ba’zi davlatlarda yashayotgan bolalar hattoki tasavvur ham qilisholmaydi. Ayrim mamlakatlarda maktabda o‘qish bolalarning katta orzusi hisoblanadi. Ko‘pincha bolalar ta’lim olish uchun maktabga g‘ayrioddiy yo‘llardan borib kelishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ularning jasorati va mardligiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Dunyodagi eng uzoq maktabgacha tog’lar osha 5 soatli yo’l, 800 metrli po’lat arqon bilan Rio-negeo daryosi ustidan o’tib maktab tomon boradilar. Ammo oramizda yurib, jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan, giyohvandlik, “Ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm kabi illatlardan o‘zini himoya qila olmayotgan yigit-qizlarni ko‘rib ko‘nglimda g‘alayon ko‘tariladi. Axir siz tinch va farovon mamlakatning ertangi kuni va ishonchisiz. Shunday ekan o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oqlang, keyin nadomat qilishdan nima foyda, deya hayqirgim keladi!
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o’rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o ’ rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Inshoyimni prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari bilan yakunlamoqchiman “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
21 oktyabr` – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida professor-o’qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar ishtirokida “Ona tili – millat ruhi” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar, Ona tilimizga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilayotganligining ahamiyati to’g’risida to’xtaldilar.
Binobarin, millatimizning bebaho boyligi, xurligimiz timsollaridan biri bo’lgan davlat tilini buzib qo’llashga, tilimizdagi iboralar ma’nosini anglatmasdan ishlatishga hech kimning haqqi yo’q. Ona tilimizni asrab-avaylash, uni e’zozlash har birimizning burchimiz. Til millatimiz faxri, jamiyatimiz ko’zgusi hisoblanadi.
Tadbirda xodimlar va tinglovchilar Ona tilimizga bag’ishlab yozilgan she’rlarni yoddan aytib berishdi.
Shuningdek, tadbirda “Mard o’g’lonlar nomi barhayot” kitobi taqdimoti tashkil etildi. Vatanimiz oldidagi burchini ado etish chog’ida halok bo’lgan mard va jasur o’g’lonlarimizning aziz xotirasiga bag’ishlangan ushbu kitob xalqimizning mard va jasur farzandlari xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom namunasidir.
– Kitobda yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch-osoyishta hayotini ta’minlash yo’lida aziz jonini qurbon qilgan 222 nafar qahramonning sharafli hayot yo’li ibrat qilib ko’rsatilgan, deydi Institut Axborot-resurs markazi boshlig’i, katta serjant Nargiza Islamova. -Mazkur kitobda tilga olingan xar bir taqdir O’zbekistonimizning bugungi farovon kunlariga etguncha ne ne mashaqqatli yo’llardan o’tgani, el-yurtimiz boshiga turli sinovlar tushgani haqida hikoya qiladi. Kitob sahifalarida barchamizning bugun tinch xotirjam uydan chiqib ishga, o’qishga borishimiz, tunda osuda orom olishimiz uchun o’z xayotlarini xatarga qo’yib, vatan uchun jonlaridan kechgan mard o’g’lonlarimizning hayot yo’llari ham keng yoritilgan.
O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati
Til — el ruhi
1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.
Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Til — el ruhi
Mazkur satrlar avgust oyining boshlarida qog‘ozga tushmoqda. Ular to jurnalxonlarga yetib borguncha orada ikki-uch oy o‘tsa kerak. Davrimiz tezkor. Vaqt shu qadar tez kechib, voqealar shu qadar tez rivojlanmoqdaki, bugun muhim bo‘lib hisoblangan fikr ertaga jo‘n bo‘lib qolishi hech gap emas. Kecha juda qaltis bo‘lib tuyulgan o‘ta jiddiy fikr bugun aslida oddiy gap ekanligi ayon bo‘lib qolayotir. Demak, fikr salmog‘iga baho berishda o‘ziga munosib tosh qo‘ymoq lozim ekan. Yetmish yildan ortiq davr tariximizdagi voqea-hodisalarga, pala-partish chiqarilgan millionlarcha katta-kichik qarorlar, buyruqlar, qonunlar va ko‘rsatmalarga baho berishda hovliqibmiz.
“Korxonalar egalaridan tortib olinsin!” Tortib olindi va… egasizlik yuz berdi.
“Kolxozlar tuzilsin!” Kolxozlar tuzildi va… dasturxonimiz qup-quruq bo‘lib qoldi.
“Saksoninchi yilda kommunizmda yashaymiz!” deya ayyuhannos soldik va… turg‘unlik botqog‘iga bota boshladik.
“Sinfsiz jamiyat quramiz”, dedik va ziyolilarimiz gulidan ayrilib-ayrilib kelyapmiz.
“Qo‘riq va bo‘z yerlarni yoppasiga o‘zlashtiramiz”, dedik va million-million gektar yerni toptadik, million-million kishilarni sun’iy ravishda o‘z tarixiy vatanlaridan judo qilib qo‘ydik. Ularning muayyan qismi o‘zining ona tilini unutib, “русскоязычное население” — rus tilida gaplashuvchi aholi to‘dasiga qo‘shildi. BAM, KamAZ singari haybatli qurilishlar o‘z tilini unutganlar sonini ko‘paytirdi va hamon ko‘paytirmoqda.
“Bora-bora milliy tillar yo‘qolib, umumiy bir til vujudga keladi!” degan shior o‘rtaga tashlandi va qancha vaqt shu shior ruhi ostida xizmat qildik va yashadik. Bu hol ham ona tiliga bo‘lgan munosabatga salbiy ta’sir etdi va rus tilida gaplashuvchi aholi sonini tobora oshira bordi. O‘n beshta ittifoqdosh jumhuriyatning o‘n to‘rttasida milliy maktablar yil sayin kamaya boshladi. Taqdirning taqаzosini qarangki, ana shu o‘n to‘rt jumhuriyatda o‘z tiliga davlat tili maqomi berish haqida qonun qabul qilindi. O‘ta zarurat tufayli shu hol yuz berdi.
Rossiyada esa o‘z tili daxlsiz, raqobatsiz, to‘la huquqli til bo‘lgani uchun unga davlat tili maqomini berish uchun qonun qabul qilish shart emas edi, albatta. Shu sababli Rossiyada til haqida qonun qabul qilinmadi. Agar o‘zbek tili O‘zbekistonda, ukrain tili Ukrainada xuddi rus tili Rossiyada egallagan mavqega ega bo‘lsa, o‘ylaymanki, til haqida maxsus qonun qabul qilib o‘tirmasdik. Zarurati bo‘lmagan ishga qo‘l urib o‘tirilmaydi-da. Binobarin, o‘n to‘rtta ittifoqdosh jumhuriyatda davlat tili haqida qonun qabul qilinishi o‘z tillarini himoya etish va qonuniy mavqeyini tiklash uchun amalga oshirildi. Bu osonlikcha bo‘lgani yo‘q, albatta. Til — elning ruhi. Til bo‘lmasa el ham yo‘q. El bo‘lmasa, turgan gapki, til ham yo‘q.
Mana, salkam ikki yildirki, davlat tili iborasi tez-tez og‘izga olinadi, bu ibora, ayniqsa, o‘tgan yili bir qator jumhuriyatlar tillariga, jumladan, O‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan yilda muttasil og‘izdan tushmadi. Til uchun kurashda har bir xalq o‘zligini ko‘rsatishga intildi. Til haqida qabul qilgan qonunning darajasi va saviyasiga qarab xalqning siyosiy ongi, milliy kamolot darajasini belgilash mumkin. Shu sababli ham o‘n to‘rtta ittifoqdosh jumhuriyatda qabul qilingan qonunlar o‘n to‘rt xildir — men bu qonunlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldim.
O‘zbekiston SSRning til haqidagi qonuni agar bu yil qabul qilingandami, o‘ylaymanki, yanada mukammalroq bo‘lardi. Lekin bu qonun o‘tgan yil uchun inqilobiy bir hodisa edi. Umuman olganda, bu qonun yetmish yildan ortiq sovet davri tariximizda ulkan siyosiy ahamiyatga molik tarixiy hujjatdir. Menimcha, til haqidagi qonunimiz bu yil qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyamizga bilvosita tamal toshi va turtki bo‘ldi. Aslida, avvalo Mustaqillik deklaratsiyasi, keyin Asosiy qonun — Konstitutsiya, undan keyin esa Til haqida qonun qabul etilishi tabiiy va izchil bo‘lur edi. Zamona zayli, davr taqozosi, vujudga kelgan vaziyat, ya’ni tarix hukmi voqealar silsilasini o‘zi belgilab berdi — birinchi bo‘lib Til haqidagi qonunimiz vujudga keldi. Kezi kelganda shuni shohid va ishtirokchi sifatida, to‘la mas’uliyat his etgan holda ta’kidlashim kerakki, til uchun bo‘lgan kurashda oldingi safda, asosan, qalam ahli, qisman ilm ahli bordi.
O‘zbek tiliga O‘zbekiston SSRda davlat tili maqomi berilishiga g‘ashlik bilan qaraganlarning oldingi safida (har kimsani va har bir narsani o‘z oti bilan atashga haqlimiz endi, umuman shunday qilishga o‘rganishimiz shart) yuqorida tilga olganim — jumhuriyatimizga kelib qolgan va yashab turgan rus tilida gaplashuvchi aholining vakillari bo‘ldilar. Rus tilida gaplashuvchi aholi kimlardan iborat ekanligi haqida bundan ilgari e’lon qilingan maqolalarim va “Til — taqdir demak” degan risolamda ham so‘z yuritgan edim. Til muammolari bilan izchil shug‘ullanishda davom etar ekanman, bu borada yangi-yangi faktlarga duch kelmoqdaman, ular asosida yangi fikr-mulohazalar tug‘ilmoqda. Endi shular xususida so‘z yuritaman.
Ma’lumki, “русскоязычное население”ni, asosan, uch qismga bo‘lish mumkin.
1. Milliy tillar yo‘qolib ketadi, degan soxta nazariyaga uchib, o‘z ona tiliga mensimay qarab, unutib qo‘ygan “sobiq” o‘zbeklar, ularning bolalari va nevaralarining ma’lum qismi, bular juda oz sonli bo‘lsa-da, ancha xavflidir;
2. Ittifoqdosh jumhuriyatga kelib qolgan rus aholisi;
3. Boshqa ittifoqdosh va muxtor jumhuriyatlardan, turli mintaqalardan zo‘ravonlik bilan keltirilgan yoki bo‘lmasa to‘q turmush ilinjida va o‘zga sabab-u bahonalar bilan o‘z tarixiy vatanini tark eta olgan turli-tuman el va elatlardan iborat aholidir. “Русскоязычное население”ning rus bo‘lmagan qismini to‘la baxtli deb bilmayman, balki ular orasida o‘zini baxtli deb sanovchilar topilar. Umuman olganda esa o‘z tarixiy vatanidan judo bo‘lish, tilini unutish, meningcha, baxtlilik nishonalari emas. Bir adib sifatida men ularni tushunaman. Zamindan — o‘z tarixiy vatani — ota-bobolarining xoki turobi yotgan tabarruk tuproqdan ayrilganlar, agar ular vatan sog‘inchi va tuyg‘usidan judo bo‘lgan bo‘lsalar, ko‘p narsani chuqur tushuna olmaydigan, buyruqni so‘zsiz ijro etaveradigan qiyofasizlarga aylanib qolishlari hech gap emas ekan. Bu mening o‘z fikrim, boshqalar shu fikrimga qo‘shilishlari shart degan talabdan mutlaqo uzoqman. Lekin misollar keltirib, fikrimni isbotlash huquqimdan, albatta, foydalanaman.
Xo‘sh, 1868-yili Samarqandning buyuk osori-atiqalarini to‘pga tutqazdirgan kim edi?! General Kaufman edi! To‘g‘ri, uning orqasida mustamlakachi va shovinist chor hukumati qutqulab turardi. Rossiyaning, rus xalqining boshiga badbaxt kunlarni solgan o‘sha o‘zi rus emas-u, lekin rus tilida gaplashuvchi aholining tipik va yirik vakili Stalin emasmi? Qotillar, yomon odamlar hamma millatlar orasida bo‘ladi, o‘z eldoshlari orasida va o‘z yurtida yashab turib ham yomon ishga qo‘l uruvchilar son mingtadir. Lekin Vatanidan ayrilgan, ona tilini unutgan kimsalar yomonlikni oshiribroq, yovuzlikka yetkazib ado etar ekanlar, do‘ppisini olib kel desa, boshini olib borar ekanlar. Balki, xalqning umumiy beshigi — vatan, ajdodlar ruhi va avlodlar oldidagi mas’uliyat odamni odamiyroq qilib, insofga chorlab, yomon ishlardan tiyib turarmikan-a!
Yaxshi odam qanoatli bo‘ladi, uncha-munchaga tug‘ilgan yerini tashlab ketavermaydi, yaxshi kunlar kelishiga umid bilan, boriga qanoat hosil qilib yashayveradi. Lekin siyosiy sabablarga ko‘ra Vatanni tark etishga majbur bo‘lish — bu boshqa masala. Bunday shaxs hamisha vatan sog‘inchi bilan yashaydi, birinchi imkon tug‘ilishi bilanoq vatanga qaytish choralarini ko‘radi. Zahiriddin Muhammad Bobur garchi Hindiston podshohi bo‘lsa-da, hamisha ona yurti sog‘inchi bilan yashaganini eslaylik. Yoki bo‘lmasa, Stalin zulmi bilan, Beriya buyrug‘i bilan o‘z yurtlaridan badarg‘a qilingan qrim tatarlari hamisha vatanga qaytish armoni bilan yashab keldilar va birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilan o‘z tarixiy vatanlari — Qrimga ko‘chib keta boshladilar. Ularning bu intilishi diqqatga sazovor va ibrat olishga loyiqdir.
O‘zbekistonda qatag‘onni amalga oshirgan, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosirlarni so‘roq qilganlarning nomlarini va kimligini eslaylik. Ular, asosan, tarixiy vatanidan ayrilgan, o‘z ona tilini boy berib qo‘ygan kimsalar edi. Boringki, “O‘zbek ishi” degan tuhmatni o‘ylab topganlar ham o‘shandaylarning bugungi davomchilari emasmi! Xullas, vatan va til egizak tushunchalardir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ittifoqdosh jumhuriyatlarda, jumladan, O‘zbekistonda shunday adolatli til siyosati olib boraylikki, barcha el va elatlar o‘z ona tillarida gaplasha olish darajasiga erishsinlar, o‘zlari boshqa millat vakili bo‘la turib, o‘zga millat tilida gaplashishga majbur bo‘lib qolmasinlar. O‘zbek millatining soni va tilimizda so‘zlashuvchilarning miqdori o‘zgalarning ona tillarini unutib yuborishlari hisobiga ko‘payishini sira ham istamaymiz va bunga hech zaruriyat ham yo‘q.
Til haqidagi qonunimizda ham ana shu narsa o‘z ifodasini topgan: jumhuriyatimizda barcha xalqlarning tillari erkin rivojlanaveradi. Qonunning 26-moddasida aytilganidek, “O‘zbekiston SSRda yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar”. Shu moddaga suyangan holda jumhuriyatimizda o‘nga yaqin ana shunday milliy-madaniy jamiyat va markazlar tuzildi va qizg‘in ish olib bormoqda. Vatanidan judo bo‘lgan el va elatlarni tarixiy ona yurtga muhabbat va sog‘inish ruhida tarbiyalashda ana shu madaniy jamiyat va markazlar katta ishlar qilishi mumkin. Bunda ilg‘or vatanparvar ziyolilar, jumladan, yozuvchilar yo‘lchi yulduzlik qilishlari turgan gap. 1944-yili Stalin zulmi bilan o‘z ona yurtlaridan nohaq O‘zbekistonga haydab keltirilgan qrim tatarlarning hamisha tarixiy ona Vatanga qaytish niyati bilan yashab kelishlarida shu xalq ziyolilari, birinchi navbatda qrim tatar adiblari ijodining ahamiyati va da’vatkorligi nihoyatda kattadir. Bular doim adolat tiklanishiga ishonch bilan yashadi, o‘z ona tilini unutmadi. Bizning xalqimiz esa o‘z qardoshlariga hamisha muruvvat ko‘rsatib keldi.
Umuman, ona tiliga va ona Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda badiiy ijodning, ayniqsa, ona tili mahsuli bo‘lmish so‘z san’atining ahamiyati nihoyatda kuchlidir. Mamlakat bo‘yicha u yoqdan-bu yoqqa ko‘chib yuruvchi millionlab kishilarning vujudga kelishiga sabab mafkuraviy ishlarning bo‘shashib ketganligi, urushdan keyin vujudga kelgan avlodni ona zaminga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash ishiga yetarlicha e’tibor berilmaganligida deb bilaman. Noqoratuproq mintaqadagi 140 ming qishloqdan 100 mingdan ortig‘i bugungi kunda huvullab qolganiga ham bosh sabab ona zaminga mehrning susayishidir, demak, mafkurachilar, birinchi navbatda adiblar bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘yibdilar, deb hisoblayman.
Jarohatlarning turi va xili ko‘p. Ma’naviy jarohatning birinchi malhami so‘z san’atidir. Ona tili esa so‘z san’atining asosi va mangu bulog‘idir. O‘n to‘rtta jumhuriyatda qabul qilingan til haqidagi qonunlar xalqlarni milliy zaminga chambarchas bog‘lashi bilan so‘z san’ati — milliy adabiyotlar rivojlanishiga ham barakali ta’sir etajak.
O‘zbekiston SSRning “O‘zbekiston SSR davlat tili haqidagi qonuni” katta ahamiyatga ega bo‘lganiga qaramay, uni mukammal deb bo‘lmaydi, bu haqda yuqorida ham to‘xtalib o‘tdim. Uni mukammallashtirish parlamentimizda amalga oshirilishiga ishonaman — hayotning o‘zi buni kun tartibiga qo‘yishi turgan gap, chunki qonunlar ham vaqt va tarix oldida imtihondan o‘tajaklar. Lekin hozirgi vazifamiz amaldagi qonunni bajarishdir. Ushbu qonunning 28-moddasida bunday deyiladi: “O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati va davlat boshqaruv muassasalarining, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar va idoralarning rahbarlari o‘zlariga tobe soha doirasida ushbu qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgardir”. Xo‘sh, qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgar rahbarlar kim va ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmoqdalarmi?
Afsuski, turli idoralardagi katta-kichik rahbarlar va ma’muriy xodimlarning juda ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydi va ochig‘i, ayrimlari bilishni xohlamaydi ham. Shu kecha-kunduzda qayerga bormang, kim bilan suhbatlashmang, davlat tili qonunining bajarilishi juda sust ketyapti, hatto qonun qabul qilingani sezilmaydi ham, degan haqli e’tirozlarni eshitasiz. Demak, jumhuriyat hukumati bu borada rahbarlarning mas’uliyatini oshiradigan biror tadbir belgilashiga zarurat paydo bo‘lib qolibdi. O‘zbekiston SSRning davlat tili to‘g‘risidagi qonunini amalga oshirish komissiyasi tarkibiga jiddiy nazar solsangiz, taajjubki, til haqidagi qonun loyihalari muhokama qilinganda betaraf turganlar ham, ikki tillikni talab qilganlar ham, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishiga mutlaqo qarshi bo‘lganlar ham bor. Ahvol shunday bo‘lgach, qanday qilib til haqidagi qonunni amalga oshirib bo‘lsin?! Demak, komissiya tarkibini qayta tuzish, tilimiz fidoyilarini komissiyaga kiritish, mutasaddilarning mas’uliyatini kuchaytirish kerak.
Endi federatsiya sharoitida tilga munosabat masalalariga to‘xtalaman. Ma’lumki, federatsiyaning birinchi belgisi shuki, federatsiyani tashkil etgan milliy subyektlar — ittifoqdosh jumhuriyatlarning davlat tillarining qo‘llanilishidir. Federatsiyada nechta ittifoqdosh jumhuriyat bo‘lsa, shuncha davlat tili bo‘lishi qonuniy hisoblanadi, yagona bir til davlat tili bo‘lsa, federatsiyaning bosh prinsip va shartlaridan biri inkor etilgan bo‘ladi. SSSR hozir 15 ittifoqdosh jumhuriyatdan iborat ekan, uning davlat tillari ham o‘n beshtadir.
Rus tili — millatlararo aloqa vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin, agar federatsiyaning bir qismi bo‘lmish Rossiyaning tili ittifoq tili deb hisoblansa, u holda SSSRni Rossiya deb atashga to‘g‘ri kelardi. Bu qonunan federatsiya prinsipiga ziddir. Til siyosati va qo‘llanilishi xususida quyidagi takliflarni bildiraman.
1. Sovet Ittifoqi federatsiya bo‘lgani sababli shu federatsiyani tashkil etuvchi subyektlar — ittifoqdosh jumhuriyatlarning davlat tillari Markaziy davlat va jamoat organlarida teng huquqli ravishda qo‘llanilsin. Federatsiyada uni tashkil etgan har subyektning tili har borada, markaziy idoralarda ham tengdir, aks holda federatsiya bo‘lmay qoladi.
2. Jumhuriyat gazeta va jurnallarining barchasi qaysi tilda chiqishidan qat’i nazar davlat tilida yozilgan materiallarni ko‘rib chiqishi va yoritish uchun qabul qilishi qonun bilan mustahkamlanishi kerak. Til haqidagi jumhuriyat qonuniga kelgusi sessiyada shu haqda maxsus modda kiritish lozim. Toki davlat tili o‘z territoriyasida to‘la huquqqa ega bo‘lsin. Hozir esa o‘zbek tilida gazeta-jurnallar chiqaradigan redaksiyalar ruscha materiallarni ko‘rib chiqish va yoritish uchun qabul qilgani holda, O‘zbekistondagi ruscha gazeta va jurnal redaksiyalari o‘zbek tilidagi materiallarni qabul qilmaydi. Holbuki, ularda tarjimonlar shtatlari ham bor.
3. Sovet Ittifoqi davlat va jamoat tashkilotlarining organlari bo‘lmish “Правда”, “Известия”, “Комсомолская правда”, “Литературная газета”, “Советская культура” gazetalari, “Koммунист”, “Партийная жизнь” va boshqa jurnallar ittifoqdosh jumhuriyatlar davlat tillarida yozilgan materiallarni ko‘rib chiqish va yoritish uchun qabul qilishi lozim. Ana shunda federatsiya prinsipiga rioya qilingan bo‘ladi. Markaziy radio va televideniye faqat rus tilida eshittirish va ko‘rsatuvlar olib borishi federatsiya prinsipiga zid. Aslida, ittifoqdosh respublikalarning barcha tillari qo‘llanilishi kerak. Sovet Federatsiyasini yangilash lozim bo‘lsa, ishni ittifoqdosh respublikalarning tillarini teng huquq asosida qo‘llashdan boshlash kerak. O‘zbekiston SSR ittifoq oldiga shu masalani qo‘yishi ittifoqdoshlarimiz talabi va ehtiyojiga ham mos tushadi, deb o‘ylaymiz. Men hisoblab ko‘rdim: “Известия”, “Правда”, “Tруд” va boshqa gazetalarning sahifalari, asosan, Rossiyaga taalluqli masalalarni yoritishga sarflanadi. O‘zbekiston uchun har yili ajratiladigan o‘rin 0,0001 foizni ham tashkil etmaydi. Vaholanki, O‘zbekiston yirik jumhuriyatlardan biri bo‘lib, aholisining soni mamlakat aholisining 7 foizdan ortig‘ini tashkil etadi, muammolarimiz, dardlarimiz, rejalarimiz esa ko‘p.
Ittifoqdosh jumhuriyatlar, shu jumladan, O‘zbekiston SSRning davlat tili Ittifoq miqyosidagi qonuniy o‘rinni egallashi uchun avvalo o‘zimizda to‘la qadrlanishi zarur. Masalan, men hech tasavvur qilolmayman. Biror mamlakatda, ayniqsa, o‘zining boy tarixiga ega, madaniy va elparvar deb bilgan mamlakatda, masalan, Eron, Fransiya, Rossiya, Polshada davlat tilini bilmaydigan shaxsning hukumat a’zosi bo‘lishi mumkinmikin? Men bu savolga mumkin degan javobni berolmayman va boshqalar ham mumkin emas deyishlariga ishonaman. Ministrlikka nomzod davlat tilini bilmasa, shu davlatning hukumat a’zosi bo‘lishga ma’naviy haqqi yo‘q deb hisoblayman. Xullas, davlat tili avvalo o‘z xonadonida qo‘llanilsa va qadrlansa, keyin federatsiyada ham qadr topg‘usidir.
Abduqahhor Ibrohimov, “Sharq yulduzi” jurnali, 1990-yil 10-son
Mavzuga doir:
- Tarqoq dard
- Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz
- Sharoit talabi. Til haqida mulohazalar
- Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq
- Til va el uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi
- Til mavqeyi — el mavqeyi
- “Byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q”
- Til ravnaqi
Qish Mavzusida Insho Rejasi Bilan – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Qish Mavzusida Insho Rejasi Bilan в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Qor Haqida Qiziqarli Maʼlumotlar длительностью 6 мин и 1 сек, размер файла 7.92 MB.
Сейчас слушают
Qish Mavzusida Insho Rejasi Bilan
Thomas Nikki Listen To Your Heartbeat
Гар Надони Кадри Ишкро Пас Чаро Ошик Шуди
Лана Сила Осетина
Joaquin Phoenix Might Not Be The Joker After All
Янра Юра Ольга Кондратьева
Оштв Эттин Баасы Ото Кымбаттады
505 Slowed Arctic Monkeys
365 Mega Remix Feat Gabrielrodriguezemc Manny Montes Cshalom Lizzy
Kisses Under Butterflies Dsf Adedeji
Raw Q I Want Him Dead
Kalyan Haqida Maruza
Классный Танец Под Прикольную Песню
Tudo Certo Cancela Leo Gandelman
Securing The Bag
Angel Dark Soul Project Intro Remix John 00 Fleming The Digital Blonde 00 Db