Press "Enter" to skip to content

Olimpiada natijalari e’lon qilindi

Bunday olimpiada o‘tkazish g‘oyasi 2017 yilning sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkilotining ilm-fan va texnologiyalarga doir birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.

Matematika bo‘yicha Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada natijalari e’lon qilindi

29-30 oktabr kunlari Urganch shahrida universitetlar talabalari o‘rtasida matematika bo‘yicha Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook sahifasida shu haqida xabar berildi.

Bunday olimpiada o‘tkazish g‘oyasi 2017 yilning sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkilotining ilm-fan va texnologiyalarga doir birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.

Olimpiadaning asosiy maqsad va vazifalari qobiliyatli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, fundamental fanlar bilan shug‘ullanishga jalb qilish, talabalar orasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarni aniqlash va rivojlantirish, turli mamlakatlar talabalari o‘rtasida xalqaro hamkorlik shakllari va madaniy aloqalarni kengaytirish, shuningdek buyuk olim Muhammad Al-Xorazmiyning boy merosini ommalashtirishdan iborat.

Olimpiadada dunyoning 20 mamlakati (BAA, Eron, Malayziya, Rossiya, Bolgariya, Estoniya, Sloveniya, Ukraina, Belarus, qator Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari) 58 universitidan 334 nafar kishi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini mamlakatning 33 oliy ta’lim muassasasi talabalari himoya qilishdi.

Olimpiada ishtirokchilari bilimlari 20 kishidan iborat hay’at tomonidan baholandi, ularning 18 nafari xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘ldi.

Olimpiada ochilishining tantanali marosimi 29 oktabr kuni Xorazm viloyatidagi “Yoshlik” sport majmuida bo‘lib o‘tdi. Italiyaning Piza Universiteti professori Marko Abati videotranslyatsiya orqali olimpiada ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlab, ularga omad tiladi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, 66 ishtirokchi turli medallar bilan taqdirlandi – 14 oltin, 23 kumush va 29 bronza. Birinchi o‘rin Pekin universiteti (Xitoy) talabasi Xao Ran Vangga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni esa Sharif universiteti (Eron) talabasi Ali Daei Nabi egalladi. Uchinchi o‘rin Pekin universiteti talabasi Ming Xuiou Yang tomonidan band qilindi. O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Tolibjon Ismoilov to‘rtinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Qo‘lga kiritilgan medallar bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni – Xitoyning Pekin universiteti, ikkinchi o‘rinni – O‘zbekiston Milliy universiteti va uchinchi o‘rinni Estoniyaning Tartu universiteti egalladi. 30 universitet vakillari turli darajadagi medallar bilan taqdirlanishdi.

Olimpiada nizomiga muvofiq, bellashuv g‘oliblari oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga matematika, fizika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik-texnik yo‘nalishdagi ta’lim ixtisosligi bo‘yicha qabul kvotasidan tashqari, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu huquq Olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritgan talaba tomonidan OTM bakalavriatini tugallagan vaqtdan boshlab uch yil davomida saqlanib qolinadi.

Ta’kidlash joizki, Olimpiada ishtirokchilari safar davomida Xiva, Ayoz-Qal’a va Urganchning tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishishdi, shuningdek Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Olimpiada ishtirokchilari buyuk matematik va olim Muhammad Al-Xorazmiyning Urganch markaziy maydonidagi haykali poyiga gullar keltirishdi. Olimpiadaning yopilishida ishtirokchilar uchun mamlakatning iste’dodli yoshlari va san’at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Ikkinchi xalqaro olimpiada 2020 yilning oktabr oyi uchinchi dekadasida Urganch shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Olimpiada natijalari e’lon qilindi!

25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Respublika “Ingliz tili fan olimpiadasi” ning final natijalari e’lon qilindi.

Ishtirokchilar final bosqichida ingliz tili bilish darajasining speaking, writing, reading va listening ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Natijalar ishtirokchilarga sms xabarnoma tarzida yetkaziladi va 27-iyul sanasida eng munosib mutlaq g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblariga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar topshiriladi

Olimpiada natijalari:

# Full name speaking listening reading writing Overall
1 Ozodbek Botiraliev 32 37 36 24 129
2 Vohidjon Juraquziyev 28 36 37 24 125
3 Mukhamedjanova Latofat 30 33 38 22 123
4 Perizat Urazmetova 34 37 26 24 121
5 Kamolaxon Po‘latova 25 36 36 24 121
6 Nurmukhammad Mukhammadiev 27 34 37 23 121
7 Shohrux Xolmurodov 29 34 34 24 121
8 Madina imamkhodjaeva 31 37 32 20 120
9 Jamshidbek Tursunov Ro‘zimamat o‘g‘li 29 35 33 23 120
10 Dilshodbek Khoshimov 24 38 35 23 120
11 Mirzohidov Ulug‘bek 27 36 32 23 118
12 Avazbek Ulug‘bekovich 31 34 32 21 118
13 Jamshid Zokirov 29 31 37 20 117
14 Behzad Sultanov 30 30 36 21 117
15 Nodira Fariddinova 29 31 34 22 116
16 Abdumalik Ko‘charov 23 36 35 22 116
17 Tursunov Javlon 29 28 36 23 116
18 Ulugbek Mamutov 25 33 34 24 116
19 Nodira Kazakova 23 36 35 22 116
20 Sabina Shaymardanova 29 31 36 20 116
21 Muxammadov Quvonchbek 25 35 30 24 114
22 Toshpulatova Sadoqat Furqat qizi 21 37 33 23 114
23 Abdumalik Maksudov 29 30 31 23 113
24 Turdibekov Maqsudbek 26 32 32 23 113
25 Hojiakbar Obobakirov 23 35 30 24 112
26 Diyorbek Qo‘ziboyev 30 33 29 20 112
27 Feruzaxon Muhammadiyeva 24 28 36 23 111
28 Muhammadaziz Aslanov 19 30 37 25 111
29 Alimova Dilzoda Ikromjon qizi 28 31 27 24 110
30 Rashidova Mushtariybegim 24 32 31 22 109
31 Baxodirov Maqsadbek Baxodirovich 21 35 29 23 108
32 Jasurbek Kuandikov 21 34 29 24 108
33 Jamshid Shomirzayev 23 33 31 21 108
34 Kholkhujaev Sanjar 28 27 31 22 108
35 Abdunazarova Dilnozaxon Dusmurodovna 22 33 30 22 107
36 Absalamova O‘g‘iloy 26 28 28 24 106
37 Ozodaxon O‘ktamova 24 30 29 23 106
38 Shoxistaxon Xamroqulova 24 31 26 24 105
39 Sadoqat Xasanova 25 25 33 22 105
40 Iroda Yodgorova 24 26 34 21 105
41 Dilnavoz Najimova 26 28 30 21 105
42 Rohila Salayeva 18 36 31 19 104
43 Qodirova Sevara 25 27 30 22 104
44 Eshboyeva Feruza 24 28 28 23 103
45 O‘ktamov Akbarshoh 25 29 30 19 103
46 Mahmudxonov Humoyunxon 19 30 32 21 102
47 Allabergonov Baxodir Kaxramon o‘g‘li 23 29 31 18 101
48 Nilufar Do‘stmurodova 21 30 30 20 101
49 Sarvinoz Ermatova 24 27 26 23 100
50 Otabek Jo‘nashaliyev 22 31 28 19 100
51 Aqilbek Abilaev 23 19 34 24 100
52 Yorqinjon Mahmudov 16 32 31 21 100
53 Jumayeva Diyora 25 27 23 23 98
54 Tolipjonova Sevara 26 27 18 24 95
55 Toshboyev Nodirjon Salohiddinovich 25 24 23 23 95
56 Khamroboyeva Khabiba 25 26 25 18 94
57 Olimjonova Zarnigor 19 28 25 20 92
58 Nilufar Suyunova 21 26 25 19 91
59 Egamqulova Maxliyo 23 24 22 21 90
60 Abdukarimov Ilhom 21 23 28 18 90
61 Azizjon Yigitaliyev 31 16 20 23 90
62 Xusanboy G‘oyibberdiyev 13 24 30 22 89
63 Muxatillaev Komron 22 27 22 18 89
64 Abdulfayoz Meliqo‘ziyev 24 22 22 21 89
65 KHOLKHUJAEV SAIDUMARKHON 30 23 16 18 87
66 Saidakbarov Saidahror 19 24 22 22 87
67 Husan Baxodirov 20 20 22 23 85
68 Elnur Nazarov Erkin o‘g‘li 13 24 27 21 85
69 Dilnoza Shodmonova 20 17 23 24 84
70 Po‘latova Shahzoda Akmalovna 21 21 24 18 84
71 Baxriddinova Maftuna 15 25 20 20 80
72 Qodirova Muxlisa 25 20 13 0 58
73 Mahfuza Mirkayumova 13 9 11 20 53

Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga, ularning ota-onalariga hamda ular bilan hamroh bo‘lib kelgan barcha yaqinlariga Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi nomidan minnatdorlik izhor qilamiz.