Yangra, ona tilim
Jumhuriyatda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillarining o‘z ona tillari bilan bir qatorda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlari bu xalqning mahalliy millat vakillari bilan yanada yaqinlashishlariga, bu xalq urf-odati, madaniyati durdonalaridan to‘la ravishda bahramand bo‘lishlarida yangi ufqlar ochib beradi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ona tili – millat ruhi. 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Har bir millat boshqalardan oʻzining ona tili va urf-odatlari bilan farq qiladi.
Milliy tilning yoʻq boʻlishi millatning yoʻq boʻlishi demakdir. Shu sababli ham mamlakatimizda oʻzbek tilining nufuzini koʻtarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.
Xususan, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 18-sentyabr kunidagi 199-sonli koʻrsatmasida ham tizimdagi tashkilotlar va taʼlim muassasalarida til bayramini munosib nishonlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
IIV Sirdaryo akademik litseyida millatimiz oʻzligining yaqqol ifodasi boʻlgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilishining qonuniy asosi boʻlgan Davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlab “Til bilimdonlari” intellektual viktorinasi tashkil etildi.
Ushbu viktorina litsey oʻquvchilarining zukko va bilimdonliklarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi mutaxassislari, shoir va yozuvchilar, oʻqituvchilar ishtirok etib, oʻquvchilar bilimiga baho berdi. Bebaho qadriyatimiz boʻlgan ona tilimizning goʻzalligi, boyligi, ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Oʻquvchilar ijrosidagi sheʼr va qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha shukuh baxsh yetdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Yangra, ona tilim
1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.
Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Yangra, ona tilim
V. I. Lenin milliy tillarga kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasigina deb qaramasdi, balki avvalambor ana shu tillar asosida xalqlar, ularning taqdiri, madaniyatlari, tarixlari va, qolaversa, insoniy huquqlari borligini to‘la anglab yetgan edi. Shu sababli ham Vladimir Ilich o‘zining milliy masalalarga bag‘ishlab yozgan asarlarida milliy tillar va ularning ravnaqiga alohida e’tibor berdi. U partiyaning oldiga qo‘ygan birinchi vazifa — milliy masala haqida to‘xtalib: “…aholiga o‘z ona tilida ma’lumot olish huquqi berilsin, buning uchun davlat va mahalliy boshqarma idoralari hisobidan kerakli miqdorda maktablar ochilein; har bir fuqaro majlislarda o‘z ona tilida gapirish huquqiga ega bo‘lsin”, deb ko‘rsatgan edi (V. I. Lenin. TAT. 7-tom, 315-bet).
Partiyaning II syezdi, 1903-yilda qabul qilgan dasturida belgilangan bu vazifalar uning keyingi dasturlarida ham o‘z aksini topganligiga qaramay yaqin tariximizda lenincha milliy siyosatdan chekinish, buzilish hollari sodir bo‘ldi. Bunda ayrim partiya va davlat rahbarlarining noto‘g‘ri olib borgan siyosatlari, xalqlar o‘rtasida baynalmilalchilikni vujudga keltirishdagi shoshma-shosharliklar va ularni nazariy jihatdan rag‘batlantirgan olimlarimizning ham xatolari katta bo‘ldi. “Internatsionalizm bayrog‘i” ostida asossiz, shoshqaloqlik bilan chiqarilgan xulosalar jamiyatimizda milliy masalalarni chigallashtirib yubordi. Natijada kichik xalqlarning milliy maktablarini yopish, yalpisiga rus tilida o‘qitishga majbur qilib qo‘yish millatlarning internatsionallashuvi deb xaspo‘shlandi. 1961-yil 3-yanvarda Moldaviya SSR Maorif Ministrligi tomonidan chiqarilgan buyruqda “Gagauz tilida o‘qitiladigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini rus tilida ta’lim olishga o‘tkazish haqida”gi qarori butun boshli bir xalqning ona tili ustidan chiqarilgan o‘lim hukmi bo‘ldi.
Mana shunday qarorlar va turli nuqtayi nazarlar natijasida 1926-yilgi aholini ro‘yxatga olish vaqtida qayd etilgan SSSRdagi 194 ta milliy til 1979-yilga kelib 101 taga tushib qoldi. Maorif ishlari esa atigi 52 tilda olib borildi. Butun boshli el va elatlar o‘z ona tillarini butunlay unutishgacha borib yetdilar. Qarang, XII—XIII asrlarda o‘lik tilga aylangan so‘g‘d tilining bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lib kelayotgan Tojikiston SSRning tog‘li nohiyalarida istiqomat qiluvchi yag‘nobiylar tili davrning shafqatsizligi natijasida ularning turli taraflarga ko‘chirilish oqibatida mangu yo‘qlikka yuz tutdi. Bu xalq tilida muloqot qiluvchilar soni XX asr o‘rtalarida atigi ikki ming kishi atrofida edi. Yoshlar esa umuman o‘z ona tillarini bilmaydilar. Mana shunday hollarni boshqa millatlar taqdirida ham ko‘rishimiz mumkin.
O‘tgan yillarda nafaqat kichik xalqlar, balki ayrim jumhuriyatlarda yashovchi tub aholining vakillari ham o‘z ona tillarida ta’lim olish huquqidan mahrum bo‘ldilar.
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1989-yil 20 oktabr kungi sonida tarixchi olim P. G. Kim tomonidan e’lon qilingan “Uydirma va haqiqat” nomli maqoladagi bir manba e’tiborimizni tortdi. Olimning olib borgan tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, Rossiya imperatori tomonidan berilgan farmonga ko‘ra o‘tkazilgan ro‘yxatga olish davrida aholining savodlilik darajasi birgina Farg‘ona viloyati harbiy gubernatorining ko‘rsatmasiga binoan anketa varaqasiga kiritilgan bo‘lib, u ham “Rus tilida gapira oladimi?” degan savolga javob tarzida o‘tkazilgan va shunga qarab savodxonlik darajasi aniqlangan. Demak, mana shu manbalarga asoslangan holda aytishim mumkinki, birgina Farg‘ona vodiysining o‘zida aholining ikki foizdan ko‘prog‘i rus tilida muloqot qila olgan. Ammo mana shu ko‘rsatkich yaqin-yaqinlargacha ham: “Ulug‘ Oktabr inqilobigacha O‘zbekistonda atigi ikki foiz aholi savodli bo‘lgan”, degan majhul fikrni tug‘dirishga asos bo‘lib xizmat qildi va u o‘zbek xalqining madaniy hayoti tarixiga ayovsiz bosilgan tamg‘a vazifasini o‘tadi.
O‘zbek xalqining rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ixtiyoriylik darajasidan chiqib niqoblantirildi. Baynalmilalchilikni, millatlararo birdamlikni vujudga keltirish uchun rus tili birinchi darajali vosita, deb hisoblandi, bu tilda o‘qitish soatlari ko‘r-ko‘rona oshirilgandan oshirib borildi, rus tili kunlari vujudga keldi. 1970-yillarning oxirlariga kelib bu tilni o‘rganish darajasi viloyat partiya qo‘mitasi kotiblarining yozma hisobotlariga kiritildi va ular o‘quvchilarning til bilish miqdorini raqamlar bilan belgilashgacha borib yetdi. Mana shunday dastaklarga asoslangan holda lenincha milliy masalani hal etishda erishilgan natijalar mutloqlashtirildi, milliy munosabatlarga, til masalalariga chinakamiga ma’muriy ko‘z bilan qaradilar. Hatto partiya va davlat idoralarida ishlovchi kishilar o‘zbek tilida gapirishdan uyaladigan bo‘lib qoldilar. Ular atrofdagilarning hammasi o‘zbeklar bo‘lsada, rus tilida gapirishni o‘zlariga mansab bildilar. Mana shuning uchun ham ayrim sobiq rahbarlarning bugungi kunda tutgan fojiali ahvoliga hech kimning ichi achimayapti. Chunki ular xalqdan, Vatanidan uzoqlashgan edilar.
KPSS Markaziy Komitetining 1985-yil Aprel plenumi tomonidan ilgari surilgan va mamlakatning barcha jabhalarida partiya olib borayotgan qayta qurish siyosatida lenincha milliy til siyosati har qalay o‘z aksini topdi. KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi tomonidan qabul qilingan “Millatlararo munosabatlar to‘g‘risida”gi qarorida “SSSRdagi barcha grajdanlarning ona tillarini erkin rivojlantirish va ulardan teng huquqli foydalanish — ko‘p millatli davlatimizning eng muhim prinsipidir”, deb ta’kidlandi. Mamlakatda lenincha milliy siyosat g‘oyalarining qayta tiklayishi natijasida qator milliy jumhuriyatlar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham jumhuriyat nomi bilan yuritiladigan tilga Davlat tili maqomi berildi.
Ma’lumki, o‘zbek tiliga Davlat tili huquqi berilishi arafasida ham ayrim shaxslar bunga qarshi turib o‘z qarashlarini Lenin g‘oyalari bilan niqoblashga urindilar. Turli bahonalarni ro‘kach qilib, Davlat tili haqidagi qonunni qabul qilish ishini paysalga solib keldilar. Va bu bilan o‘zlarining xalq bilan hisoblashmasliklarini yana bir bor namoyon etdilar. Masalaning qiziq tarafi shundaki, V. I. Lenin ko‘p millatli Rossiyada milliy tillarning erkin rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab chiqqanligi sababli ham Gruziyada Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, 1922-yilda qabul qilingan jumhuriyat konstitutsiyasiga gruzin tilini rasmiy ravishda Davlat tili deb kiritilishiga qarshi chiqmadi. Armaniston SSR, Ozarbayjon SSRda va hatto 1918-yili Turkiston Kommunistik partiyasining birinchi sezdida yerli xalqlar tili davlat tili darajasiga ko‘tarilganida ularga xayrixoh bo‘lgan edi. U Sovet davlatining birinchi hujjatlaridayoq “Rossiya xalqlari haq-huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharqning musulmon mehnatkashlariga murojaat”i, RSFSRning 1918-yilda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasi va qolaversa partiyaning X sezdida velikorus bo‘lmagan xalqlarning o‘z ona tillarida matbuot, maktab, teatr, da’vatxona ishlarini va umuman madaniy-oqartuv muassasalarini rivojlantirish, ona tilida ham umumiy, ham hunar-texnika ta’limi beradigan kurs va maktablarni keng miqyosda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda yordam berish vazifalarini qo‘ydi hamda chekka o‘lkalarda ishlayotgan, “hokim” millat bo‘lib yashash sharoitida o‘sgan va milliy zulm ko‘rmagan velikorus kommunistlarining partiya va sovetlar ishida milliy xususiyatlarning ahamiyati ko‘pincha kamsitishlari va bu ular bilan hisoblashmaslik, o‘z ishlarida millatlarning sinfiy tuzilishi, madaniyati, turmushi va tarixiy o‘tmishining xususiyatlarini nazarga olmaslik partiyaning milliy masalada tutgan siyosatini siyqalashtiradi va buzadi», deb ko‘rsatgan edi.
V. I. Lenin ko‘p millatli davlatda milliy masalada milliy tilning tutgan o‘rnini juda ziyraklik bilan ko‘ra bildi. Mana shuni inobatga olgan holda u o‘zining so‘nggi xat va maqolalaridagi vasiyatlarida: “Milliy tilni ittifoqimizga kirgan o‘zga milliy jumhuriyatlarda ishlatish haqida juda qat’iy qoidalar joriy qilish va bu qoidalarni juda puxta tekshirib turish kerak. Shubha yo‘qki, temir yo‘l xizmatining birligi bahonasi bilan, qonun-qoidalar birligi va shu kabilar bahonasi bilan bizda, hozirgi apparatimiz sharoitida ko‘pdan-ko‘p g‘irt ruscha taxlitdagi suiiste’mollar bo‘lishi turgan gap. Bu suiiste’mollarga qarshi kurashmoq uchun alohida mohirlik zarur. Bunda batafsil ishlangan qonunlar majmuasi kerak bo‘ladi, bu qonunlar majmuasini faqat shu jumhuriyatlarda yashovchi kishilargina bir qadar muvaffaqiyat bilan tuza oladi”, deb ta’kidlagan edi. Lenin g‘oyalarining naqadar to‘g‘ri ekanligini hayot yana bir bor isbot qilib berdi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, — deyishadi jumhuriyat hukumati tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston SSR Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish haqidagi davlat dasturida, — bog‘liq masalalar hal etilganligini bildiradi. Ayni vaqtda boshqa millat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganishlariga yordam berish va ularni rag‘batlantirish O‘zbekiston SSRda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish to‘g‘risida davlat hamda jamiyat g‘amxo‘rligi bilan uyg‘unlashtiriladi. Partiya va hukumat tomonidan jumhuriyatda yashayotgan millat va elatlarning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Aholining ona tilida ta’lim olish xususidagi ehtiyojlari to‘laroq qondirilmoqda. Bugungi kunda 259 maktabda bolalarga tojik tilida, 491 maktabda qozoq tilida, 52 maktabda turkman tilida, 40 maktabda qirg‘iz tilida, 12 maktabda yunon tilida, 7 ta sinfda koreys tilida ta’lim berilmoqda va ularning soni kundan kunga oshib bormoqda. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlarida, Samarqand va Nukus dorilfununlarida tojik, qozoq, qrimtatar, koreys tillarida ta’lim berilmoqda. Bundan tashqari sovet koreyslari, Buxoro yahudiylari, uyg‘urlarning va boshqa millat vakillarining milliy-madaniy jamiyatlari o‘z ona tillari va madaniyatlari ravnaqi yo‘lida ish olib bormoqdalar.
Jumhuriyatda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillarining o‘z ona tillari bilan bir qatorda o‘zbek tilini o‘zlashtirishlari bu xalqning mahalliy millat vakillari bilan yanada yaqinlashishlariga, bu xalq urf-odati, madaniyati durdonalaridan to‘la ravishda bahramand bo‘lishlarida yangi ufqlar ochib beradi.
Bugungi kunda o‘zbek bo‘lmagan aholi orasida o‘zbek tilini o‘rganishda zavod, fabrika va joylarda tashkil etilgan to‘garaklar ma’lum miqdorda ish olib bormoqdalar. Ko‘p hollarda bu borada vujudga kelayotgan muammolar iqtisodiy masalalaga borib taqalmoqda. Mana shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Nima uchun aksariyat hollarda bu to‘garaklarning xarajati kasaba uyushmalari zimmasiga tushmoqda. Axir aholining o‘zbek yoki rus tilini o‘rganishi ular orasidagi baynalmilalchilik munosabatlarini vujudga keltiradi-ku. Baynalmilal tarbiya esa partiya va komsomol tashkilotlarining birinchi darajali vazifalari emasmi? Shunday ekan, ularni bu to‘garaklarning faoliyat ko‘rsatishi uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘z zimmalariga olishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ma’lumki, hozirgi davrda mamlakatimizning iqtisodiy ahvoli juda og‘ir. Mana shunday sharoitda davlat va xo‘jalik ishlarini Davlat tiliga o‘tkazish ko‘plab sarf-xarajatlarni talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston SSR Nozirlar Kengashi qoshida Davlat tilini amalga oshuvini nazorat qiluvchi komissiyaning 1990-yil 5-yanvarida bo‘lib o‘tgan majlisida birgina Maishiy xizmat ministrligida bu ishlarni amalga oshirish uchun 7 million so‘m atrofida mablag‘ lozimligi ta’kidlandi. Shunday ekan, hozirgi sharoitda qonunni iqtisodiy yo‘l bilan to‘la amalga oshirishi ancha uzoqqa cho‘zilishi aniq. Mana shuning uchun ham jumhuriyatda Davlat tilini amalga oshirishni iqtisodiy tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma fondini tashkil etish lozim. Nahotki, bir yilda bir marotaba bo‘lsa ham xalqimizning tarixan sinalgan an’analaridan foydalanib hashar yo‘li bilan tushgan mablag‘ni mana shu xayrli ishga sarf qilishning iloji bo‘lmasa?!
Qonunning tezroq amalga oshishi aholiga o‘z ona tilini puxta egallashiga to‘la imkoniyat yaratadi. Bu esa, o‘z o‘rnida rus va boshqa jahon xalqlari tilini yanada chuqur, puxta egallashga zamin yaratib beradi.
Islom Inoyatov
“Guliston” jurnali, 1990-yil, 10-son
Mavzuga doir:
- Dardning davosini izlaylik
- Tilga e’tibor — elga e’tibor
- Tarqoq dard
- Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz
- Sharoit talabi. Til haqida mulohazalar
- Ona tilisiz xalq chirog‘i o‘chgan xalq
- Til va el uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi
- Til mavqeyi — el mavqeyi
- “Byurokratiya uchun millat, milliy madaniyat, til va shaxs degan tushunchalarning qiymati yo‘q”
- Til ravnaqi
- Til — el ruhi
Birinchi til – First language
Bu maqola uchun qo’shimcha iqtiboslar kerak tekshirish. Iltimos yordam bering ushbu maqolani yaxshilang tomonidan ishonchli manbalarga iqtiboslarni qo’shish. Ma’lumot manbasi bo’lmagan material shubha ostiga olinishi va olib tashlanishi mumkin.
Manbalarni toping: “Birinchi til” – Yangiliklar · gazetalar · kitoblar · olim · JSTOR ( 2008 yil avgust ) (Ushbu shablon xabarini qanday va qachon olib tashlashni bilib oling)
Uchun yodgorlik Ona tili (“Ana dili”) in Naxchivan, Ozarbayjon
A birinchi til, ona tili, mahalliy til, yoki ona / ota / ota-ona tili (shuningdek, nomi bilan tanilgan arterial til yoki L1), a til inson tug’ilishidan ta’sirlangan [1] yoki ichida muhim davr. Ba’zi mamlakatlarda bu atama mahalliy til yoki Ona tili birinchi tilga emas, balki o’z etnik guruhining tiliga ishora qiladi. [2]
Ba’zan “atamasi”Ona tili“yoki”ona tili“(yoki”ota tili” / “ota tili“) odam bolaligida o’rgangan tili uchun ishlatiladi (odatda ota-onasidan). Ikki tilli uylarda o’sayotgan bolalar, ushbu ta’rifga ko’ra, bir nechta ona tili yoki ona tiliga ega bo’lishlari mumkin.
Bolaning birinchi tili bu bolaning shaxsiy, ijtimoiy va madaniy o’ziga xos xususiyatidir. [3] Birinchi tilning yana bir ta’siri shundaki, u aktyorlik va nutqning muvaffaqiyatli ijtimoiy naqshlarini aks ettiradi va o’rganadi. [ tushuntirish kerak ] [4] Bu asosan aktyorlik faoliyatini lingvistik vakolatlarini farqlash uchun javobgardir. [ tushuntirish kerak ] Ba’zilar esa [ JSSV? ] “ona tili” yoki “ona tili” degan tushunchalar mavjud emasligini ta’kidlaydilar, bu muhim [ qanday kontekstda? ] asosiy atamalarni tushunish, shuningdek, “mahalliy bo’lmagan” notiq bo’lish nimani anglatishini va uning hayotiga ta’sirini tushunish. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ona tili bo’lmagan odam taxminan ikki yillik suvga cho’mgandan so’ng maqsadli tilda ravonlikni rivojlantirishi mumkin, ammo bu bola o’z ona tilida so’zlashadigan hamkasblari bilan bir xil ish darajasida bo’lishi uchun besh yildan etti yilgacha vaqt ketishi mumkin. [ iqtibos kerak ] .
1999 yil 17 noyabrda YuNESKO 21 fevralni tayinladi Xalqaro ona tili kuni.
Mundarija
- 1 Ta’riflar
- 1.1 “Ona tili” ta’rifi
- 3.1 “Ona tili” ga ta’rif berish
Ta’riflar
Ona tilida so’zlashuvchilarning yanada kengroq qabul qilingan ta’riflaridan biri shundaki, ular ma’lum bir mamlakatda tug’ilib (va) rivojlanishning o’ta muhim davrida ushbu mamlakat tilida gaplashish uchun katta bo’lganlar. [5] [ keltirilgan iqtibosda emas ] Kishi kattalar bolaga o’xshash til tajribasini baham ko’rgan oilada tug’ilgan va yoshligida tilga singib ketganligi sababli odam tilni “ona tili” deb biladi. [6] Mahalliy ma’ruzachilar, tilni keyinchalik hayotda o’rganishdan farqli o’laroq, tilni tabiiy ravishda egallash jarayoni tufayli berilgan tilda avtoritet deb hisoblanadi. Bunga til va til notiqlari bilan shaxsiy o’zaro aloqada bo’lish orqali erishiladi. Mahalliy ma’ruzachilar tilning har qanday grammatik qoidalari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari shart emas, lekin ular til bilan tajribalari orqali qoidalarning yaxshi “sezgi” siga ega bo’lishadi. [6]
“Ona tili” atamasi, umumiy ishlatilishida, noaniq va turli xil talqinlarga bo’ysunadi deb o’ylashadi lingvistik jihatdan, ayniqsa etnik ozchilik guruhlarining ikki tilli bolalariga nisbatan. Ko’plab olimlar [ iqtibos kerak ] umumiy foydalanish, ma’ruzachining tilga nisbatan hissiy munosabati va hattoki uning atrof-muhitga nisbatan ustunligi asosida “ona tili” ta’riflarini bergan. Biroq, uchta mezonda ham aniqlik yo’q. Uy tili atrof-muhit (“rasmiy” til) tilidan farq qiladigan ko’plab bolalar uchun qaysi til ularning “ona tili” ekanligi munozarali hisoblanadi.
“Ona tili” ta’rifi
- Kelib chiqishiga qarab: avval o’rganilgan til (lar) (birinchi uzoq muddatli og’zaki aloqalarni o’rnatgan til (lar)).
- Ichki identifikatsiyadan kelib chiqqan holda: ma’ruzachi bilan / nutq so’zlovchi sifatida aniqlanadigan til (lar);
- Tashqi identifikatsiyalash asosida: til (lar) boshqalar tomonidan ma’ruzachi sifatida / ma’ruzachi sifatida aniqlanadi.
- Malakaga asoslanib: til (lar) ni kim yaxshi biladi.
- Funktsiyaga asoslanib: til (lar) dan ko’proq foydalaniladi.
Kabi ba’zi mamlakatlarda Keniya, Hindiston va turli xil Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlarida “ona tili” yoki “ona tili” o’z tilini ko’rsatish uchun ishlatiladi etnik guruh umumiy tilda ham, jurnalistik tilda ham (“Men o’z ona tilimni o’rganmaganim uchun uzr so’ramayman”), birinchi tilini emas. Shuningdek, Singapur, “ona tili” o’z tilini anglatadi etnik guruh haqiqiy bilim darajasidan qat’i nazar, va “birinchi til” orolda tashkil etilgan ingliz tilini anglatadi Britaniya imperiyasi, va lingua franca mustaqillikdan keyingi ko’pchilik singapurliklar uchun hukumat maktablarida o’qitish tili va ish tili sifatida ishlatilganligi sababli.
Kanada aholisida o’tkazilgan aholini ro’yxatga olish sharoitida, Kanada statistikasi belgilaydi Ona tili sifatida “bolalik davrida uyda o’rganilgan va ro’yxatga olish paytida shaxs tomonidan hali ham tushuniladigan birinchi til”. [7] Ehtimol, birinchi o’rganilgan til endi notiqning dominant tili bo’lmasligi mumkin. Bunga oilalari yangi lingvistik muhitga o’tgan yosh immigrant bolalar, shuningdek, o’z ona tilini yosh bolaligida uyda o’rgangan odamlar (aksariyat jamoaning tili o’rniga) qisman yoki yo’qotgan bo’lishi mumkin. umuman, ular birinchi til sotib olingan (qarang tilni yo’qotish ). Ga binoan Ivan Illich, “ona tili” atamasi birinchi marta tomonidan ishlatilgan Katolik o’rniga ular ishlatgan ma’lum bir tilni belgilash uchun rohiblar Lotin, ular “minbardan gapirganda”. Ya’ni, “muqaddas ona cherkovi” ushbu atamani kiritdi va mustamlakalar mustamlakachilikning bir qismi sifatida xristianlikdan meros qilib oldilar. [8] [9] J. R. R. Tolkien, 1955 yilgi ma’ruzasida “Ingliz va Welsh “,” ona tili “ni” beshik tili “dan ajratib turadi. Ikkinchisi – bu erta bolalik davrida o’rganadigan til va uning haqiqiy” ona tili “har xil bo’lishi mumkin, ehtimol meros qilib olingan lingvistik did bilan belgilanadi. [ iqtibos kerak ] va keyinchalik hayotda ma’lum bir lahjaga kuchli hissiy yaqinlik bilan kashf etilishi mumkin (Tolkien shaxsan o’zining bunday sherikligini tan oldi O’rta ingliz ning G’arbiy Midlend jumladan).
Bir nechta tillarda gaplashib tarbiyalangan bolalar bir nechta ona tiliga ega bo’lishlari mumkin va shunday bo’lishadi ikki tilli yoki ko’p tilli. Aksincha, a ikkinchi til bu birinchi tilidan boshqa har qanday tilda gapiradigan har qanday til.
Bilingualizm
Xalqaro ona tili kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi yodgorlik, ochilish marosimi, 2006 yil 19 fevral
Bilan bog’liq tushuncha ikki tilli. Bitta ta’rif shundan iboratki, agar inson ikki tilda teng darajada bilimga ega bo’lsa, odam ikki tilli. Ispan tilida gaplashib ulg’aygan va keyin to’rt yil davomida ingliz tilini o’rgangan kishi, ikki tilda teng ravonlik bilan gaplashgandagina ikki tilli. Perl va Lambertlar birinchilardan bo’lib faqat “muvozanatli” ikki tilli tillarni sinab ko’rishdi, ya’ni ikki tilni mukammal biladigan va ikkalasini ham juda yaxshi tushunganliklari sababli o’zlarining “ona” tili emasligini his qiladigan bolani. Ushbu tadqiqot shuni ko’rsatdiki
- muvozanatli ikki tilli egiluvchanlikni talab qiladigan vazifalarni sezilarli darajada yaxshiroq bajaradi (ular vaziyatga qarab doimo ikki taniqli til o’rtasida o’zgarib turadi),
- ular tilning o’zboshimchalik mohiyatini ko’proq bilishadi,
- ular so’z birikmalarini fonetik emas, balki mantiqiy afzalliklarga asoslanib tanlaydilar. [10][11]
Ko’p tillilik
Ikki yoki undan ortiq ona tili bo’lishi mumkin, shu bilan ona tili ikki tilli yoki haqiqatan ham ko’p tilli. Ushbu tillarni o’rganish tartibi, albatta, malakalarning tartibi emas. Masalan, agar frantsuz tilida so’zlashadigan juftlikda farzandi avval frantsuz tilini o’rgangan bo’lsa, keyin ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatda o’sgan bo’lsa, bola ingliz tilini eng yaxshi bilishi mumkin. Boshqa misollar Hindiston, Indoneziya, Filippinlar, Keniya, Malayziya, Singapur va Janubiy Afrika, bu erda ko’p odamlar bir nechta tillarda gaplashadilar.
“Ona tili” ga ta’rif berish
Ona tilida so’zlashadigan narsani aniqlash qiyin va uni aniqlaydigan test yo’q. Mahalliy ma’ruzachilar aniqlangan odamlar guruhi ekanligi yoki kontseptsiya haqiqiy ma’ruzachilar mos keladigan yoki mos kelmaydigan mukammal prototip sifatida qaralishi kerakligi ma’lum emas. [12]
“Mahalliy ma’ruzachi: erishiladigan modelmi?” Sarlavhali maqola. Asian EFL Journal tomonidan nashr etilgan [13] “ona tili” so’zining ta’rifiga taalluqli oltita umumiy tamoyil mavjudligini ta’kidlaydi. Tadqiqotga ko’ra, printsiplar, odatda, ilmiy sohada til mutaxassislari tomonidan qabul qilinadi. Ona tili so’zlashuvchisi quyidagi ko’rsatmalarga muvofiq belgilanadi:
- Shaxs tilni erta bolalik davrida egallagan va tildan foydalanishni davom ettiradi.
- Shaxs tilni intuitiv ravishda biladi.
- Shaxs ravon, o’z-o’zidan nutq so’zlay oladi.
- Shaxs turli xil ijtimoiy sharoitlarda kommunikativ jihatdan vakolatli.
- Shaxs tillar hamjamiyati tomonidan identifikatsiyalanadi yoki aniqlanadi.
- Shaxsda begona aksent mavjud emas.
Shuningdek qarang
- Meros tili
- Voyaga yetmagan kar
- Inson nutqi loyihasi
- Uchinchi madaniyat bolalari
- Ona tilida so’zlashuvchilar soni bo’yicha tillar ro’yxati
- Tilni egallashda statistik o’rganish
- Mahalliy ma’ruzachi
- Ota tili gipotezasi
- Ona tili nomi
Adabiyotlar
- ^ Bloomfield, Leonard. TilISBN 81-208-1196-8
- ^ Devies, Alan (2003). Mahalliy ma’ruzachi: afsona va haqiqat. Ko’p tilli masalalar. ISBN1-85359-622-1 .
- [sahifa kerak ]
- ^“Terri Xirst: bolaga birinchi tilni saqlashning ahamiyati”. bisnet.or.id. Arxivlandi asl nusxasi 2016 yil 12 martda . Olingan 13 iyul 2010 .
- ^ Boroditskiy, Lera (2001). “Til shakli o’ylaydimi ?: Mandarin va ingliz tilida so’zlashuvchilarning vaqt tushunchalari” (PDF) . Kognitiv psixologiya. 43: 1–22. doi:10.1006 / cogp.2001.0748. Arxivlandi asl nusxasi (PDF) 2013 yil 10 mayda . Olingan 17 sentyabr 2013 .
- ^ Saniei, Andisheh (2011). Ideal mahalliy ma’ruzachi kim? (PDF) . 2011 yil Tillar, adabiyot va tilshunoslik bo’yicha xalqaro konferentsiya. Arxivlandi (PDF) asl nusxasidan 2018 yil 2 fevralda . Olingan 1 fevral 2018 .
- ^ ab Sevgi, Nayjel; Ansaldo, Umberto (2010). “Ona tili va ona tili”. Til fanlari. 32 (6): 589–593. doi:10.1016 / j.langsci.2010.09.003.
- ^“Ona tili”. 2001 yilgi aholini ro’yxatga olish. Arxivlandi asl nusxasidan 2008 yil 16 sentyabrda . Olingan 25 avgust 2008 .
- [ishonchli manba? ]
- ^ [Ivan Illich] Patttanayakda, 1981 yil: 24-da keltirilgan “(M) boshqa til sindromi: Ko’krakdan shishaga”Arxivlandi 2017 yil 30-avgust kuni Orqaga qaytish mashinasi
- ^ Ivan Illich, “Oddiy qadriyatlar”Arxivlandi 2016 yil 20-iyul kuni Orqaga qaytish mashinasi
- ^“Tilni bilish darajasi: darajalarni aniqlash chalkashliklardan saqlaydi”. Alsintl. 2013 yil 26-avgust. Arxivlandi asl nusxasidan 2013 yil 17 sentyabrda . Olingan 13 noyabr 2013 .
- ^ Xakuta, Kenji; Diaz, Rafael M. (1985), “Ikki tilli bilish darajasi va kognitiv qobiliyat o’rtasidagi bog’liqlik: tanqidiy munozara va ba’zi yangi uzunlamasına ma’lumotlar” (PDF) , Bolalar tili, 5, 319-344 betlar, arxivlandi (PDF) asl nusxasidan 2013 yil 24 oktyabrda , olingan 21 oktyabr 2013
- ^ Bauer, Lauri (2007). Tilshunoslik bo’yicha talabalar uchun qo’llanma. Edinburg universiteti matbuoti. p. 78. ISBN978-0-7486-2758-5 .
- ^ Li, Jozef J. (2005). “Ona tili ma’ruzachisi: erishish mumkin bo’lgan modelmi?” (PDF) . Osiyo EFL jurnali. 7 (2). 9-modda.
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami
1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan esa 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 31 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami” kuni keng nishonlanmoqda. Xuddi shunday tadbirlar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudlarida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tashkil etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudida Zarafshon shaxar va Tomdi tuman jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari sudya va xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, buyuk tarixga ega ona tilimizga mustaqil yurtimizning davlat tili maqomi berilgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlayotgani hamda davlat tilida ish yuritish va uning o‘ziga xos fazilatlarini saqlab qolish bo‘yicha sud tizimida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.
Huquqshunosning asosiy qurollaridan biri til ekanligi bois, o‘zbek tilining sud-huquq sohasidagi tutgan o‘rnini yanada chuqur o‘rganish va tahlil qilish soha mutaxassislarining e’tiboriga molik masala hisoblanadi.
Darhaqiqat, yetuk sudyaning rasmiy hujjatlarni davlat tilida bexato tuza olishi, ish jarayonida o‘z nuqtai nazarini ravon ifodalay bilishi adolatni qaror toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
D.Ergasheva
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi
D.Xonbo‘tayeva
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi raisi