Uslubiy qo’llanma matnining xususiyatlari va unga qo’yiladigan talablar
qatorlari bitta qatorga mos:
Ona tili qo’llanma pdf
Farzand tug’ilishi Homiladorlik bo’yicha ro’yxatdan o’tish, homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqish, ta’til muddati, suyunchi miqdori, tug’ruqxona xizmatlaridan foydalanish tartibi
Mehnat munosabatlari Ish qidiryapman, ishga kirishda hujjat rasmiylashtirilishi, ishsizlik nafaqasi, malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o’tishda davlat xizmatlaridan foydalanish.
Nikoh va nihokdan ajralishni qayd etish Nikohni rasmiylashtirish, nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzish, nikoh shartnomasi va uni tuzish, nikohni bekor qilish.
Pensiya rasmiylashtirish va uni olish Pensiya olishda ish staji qanday hisoblanishi, ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmaganda, pensiyani bir turidan boshqa turiga o’zgartirish, ishlovchi pensionerga pensiya to’lovi.
Taʼlim Bolani bogʼchaga berish tartibi, bolani bogʼchaga joylashtirishda imtiyozlar, maktabga bolani qabul qilish tartibi, bolani maktabga topshirish uchun kerakli hujjatlar, bolani maktabga joylashtirish uchun onlayn ariza
Yashash joyida propiska qilish va ro’yxatdan o’tish Doimiy propiskani olish, doimiy propiska bekor bo’lishi, yashash joyi bo’yicha vaqtincha ro’yxatga qo’yish
Nogironlarning ijtimoiy himoyasi Nogironlik pensiyasini olish, nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik darajasini oʼzgartirish, nogironligi bor shaxslar tibbiy koʼrikdan oʼtib turishi, nogironlarga ijtimoiy yordam turlari, nogironlik pensiyasi, nogironlik pensiyasining miqdori, nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar,
- Vazirliklar
- Davlat qo`mitalari
- Davlat inspeksiyalari
- Agentliklar
- Qo`mitalar
- Markazlar
- Markaziy tashkilotlar
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari
- Kompaniyalar
- Fondlar
- Boshqalar
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi
- O`zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
- O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi
- O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
- O’zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi
Uslubiy qo’llanma matnining xususiyatlari va unga qo’yiladigan talablar
yordamida arzon, qulay to’la funksionalli aloqa xizmatini tashkil qilish.
Uslubiy qo’llanma – o’quv jarayonining asosiy komponentasi hisoblanadi. Yaxshi kitob hamma vaqtlar yuqori baholangan va fanni o’zlashtirish uchun ishonarli baza hisoblangan. Yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi bilan uslubiy qo’llanmalarning roli nafaqat oshdi balki shunday xossaga ega bo’ldiki, bunda o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga juda katta imkoniyatlar beradi.
Uslubiy qo’llanma afzalligi oddiy o’quv jarayoni sharoitidagi kuzatishdan farqli ravishda, asosiy manbalarni, amaliy jarayonlarni va ma’lumotlarni dinamik ko’rinishda namoyish qilish imkoniyati hisoblanadi. Uslubiy qo’llanma talabalarga fanni chuqur o’zlashtirish uchun yaxshi esda saqlash qobiliyati, aniq fikrlash, aqliy fikrlashning yuqoriligi muhim masala sanaladi. Ammo insonlar dunyoqarashining har-xilliligi intеllеkt va bilish jarayonlarining o’ziga xos bo’lishiga tasir etmay qolmaydi. O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim sohasida ham katta o’zgarishlar yuz bеrdi.
C++ Bo’yicha qo’llanma c++
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o’z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo’ljallangan edi. Ken Thompson o’zining B tilida BCPL ning ko’p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo’lgan. Yani o’garuvchilarning ma’lum bir tipi bo’lmagan – har bir o’zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O’zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo’lgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo’lladi. C o’zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko’p muhim tomonlarini o’z ichiga olish bilan bir qatorda o’zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog’langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo’ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo’yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o’zgarishlar yoki umuman o’zgarishlarsiz juda ko’p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko’p qo’shimchalarni o’z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob’ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta’minlash uchun ob’ektli dasturlash g’oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob’ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko’p ob’ektli dasturlshga yo’naltirilgan tillar paydo bo’ldi. Shulardan eng ko’zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o’hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo bo’lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o’rganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++ ni o’zini o’rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qo’llashni o’rganishdir.
2 – DARS. TIL TUZILISHI.
1. Alfavit, identifikator, xizmatchi so’zlar.
Alfavit. C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi.
• Katta va kichik lotin alfaviti xarflari (A,B. Z,a,b,…,z)
• Maxsus simvollar: “ , <> | [] () + – / % \ ; ‘ . : ? _ ! & * # ~ ^
• Ko’rinmaydigan simvollar (“umumlashgan bushliq simvollari”). Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bushlik, tabulyatsiya, yangi qatorga o’tish belgilari).
Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literalar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin.
C++ tilida olti khil turdagi leksemalar ishlatiladi: ehrkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, khizmatchi suzlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), azhratuvchi belgilar.
Identifikator.Identifikatorlar lotin xarflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat buladi. Identifikator lotin xarfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim.
A1, _MAX, adress_01, RIM, rim
Katta va kichik xarflar farklanadi, shuning uchun ohirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi.
Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 xarfi ,ba’zi kompilyatorlarda 8 ta xarfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi.
Xizmatchi so’zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan uzgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bulmagan identifikatorlar xizmatchi so’zlar deyiladi.
C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud:
int extern else
char register for
float typedef do
double static while
struct goto switch
union return case
long sizeof default
short break entry
auto if
3 – DARS. O’zgaruvchilar. (VARIABLES)
O’zgaruvchilar ob’ekt sifatida. C++ tilining asosiy tushunchalaridan biri nomlangan hotira qismi – ob’ekt tushunchasidir. Ob’ektning xususiy holi bu o’zgaruvchidir. O’zgaruvchiga qiymat berilganda unga ajratilgan hotira qismiga shu qiymat kodi yoziladi. O’zgaruvchi qiymatiga nomi orqali murojaat qilish mumkin, hotira qismiga esa faqat adresi orqali murojaat qilinadi. O’zgaruvchi nomi bu erkin kiritiladigan identifikatordir. O’zgaruvchi nomi sifatida xizmatchi so’zlarni ishlatish mumkin emas.
O’zgaruvchilar tiplari. O’zgaruvchilarning qo’yidagi tiplari mavjuddir:
char – bitta simvol;
long char – uzun simvol;
short yoki short int – qisqa butun son;
long yoki long int – uzun butun son;
long float yoki double – ikkilangan haqiqiy son;
long double – uzun ikkilangan haqiqiy son;
Butun sonlar ta’riflanganda ko’rilgan tiplar oldiga unsigned (ishorasiz) ta’rifi kushilishi mumkin. Bu ta’rif qushilgan butun sonlar ustida amallar mod 2n arifmetikasiga asoslangandir . Bu erda n soni int tipi hotirada egallovchi razryadlar sonidir. Agar ishorasiz k soni uzunligi int soni razryadlar sonidan uzun bulsa, bu son qiyjmati k mod 2n ga teng bo’ladi. Ishorasiz k son uchun ga –k amali 2n – k formula asosida hisoblanadi. Ishorali ya’ni signed tipidagi sonlarning eng katta razryadi son ishorasini ko’rsatish uchun ishlatilsa unsigned (ishorasiz) tipdagi sonlarda bu razryad sonni tasvirlash uchun ishlatiladi.
O’zgaruvchilarni dasturning ihtiyoriy qismida ta’riflash yoki qayta ta’riflash mumkin.
Int a, b1, ac; eki
O’zgaruvchilar ta’riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo’ladi. Lekin
o’zgaruvchilarni ta’riflashda initsializatsiya ya’ni boshlang’ich qiyjmatlarini ko’rsatish mumkin.
Typedef ta’riflovchisi yangi tiplarni kiritishga imkon beradi.
Misol uchun yangi COD tipini kiritish:
Typedef unsigned char COD;
4 – DARS. KONSTANTALAR. (CONSTANTS)
Konstanta bu o’zgartirish mumkin bulmagan qiymatdir. C++ tilida besh turdagi konstantalar ishlatilishi mumkin: butun sonlar, haqiqiy sonlar, simvollar, sanovchi konstantalar va nul kursatkich.
1. Ma’lumotlarning butun son turi.
Butun sonlar o’nlik, sakkizlik yoki un oltilik sanoq sistemalarida berilishi mumkin.
O’nlik sanoq sistemasida butun sonlar 0-9 raqamlari ketma ketligidan iborat bo’lib, birinchi raqami 0 bulishi kerak emas.
Sakkizlik sanoq sistemasida butun sonlar 0 bilan boshlanuvchi 0-7 raqamlaridan iborat ketma ketlikdir.
O’n oltilik sanoq sistemasida butun son 0x eki 0X bilan boshlanuvchi 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F xarflaridan iborat ketma ketlikdir.
Masalan 15 va 22 o’nlik sonlari sakkizlikda 017 va 026, un oltilikda 0xF va 0x16 shaklda tasvirlanadi.
Ma’lumolarning uzun butun son turi.
Oxiriga l eki L harflari quyilgan o’nlik,sakkizlik yoki o’n oltilik butun son.
Ma’lumotlarning ishorasiz (unsigned) butun son turi:
Ohiriga u yoki U harflari quyilgan o’nlik,sakkizlik yoki o’n oltilik oddiy yoki uzun butun son.
2. Ma’lumotlarning haqiqiy son turi:
Olti qismdan iborat bulishi mumkin: butun qism, nuqta, kasr qism, yoki E belgisi, o’nlik daraja , F eki f suffikslari.
Masalan : 66. .0 .12 3.14F 1.12e-12
Ma’lumolarning uzun haqiqiy son turi :
Ohiriga L eki l suffikslari quyjilgan haqiqiy son.
3. Simvolli konstanta.
Bittalik qavslarga olingan bitta yoki ikkita simvol. Misol uchun ‘x’,’*’,’\012’,’\0’,’\n’- bitta simvolli konstanta; ‘dd’,’\n\t’,’\x07\x07’ ikki simvolli konstantalar.
‘\’ simvolidan boshlangan simvollar eskeyp simvollar deyjiladi.Simvolli konstanta qiymati simvolning kompyuterda qabul qilingan sonli kodiga tengdir.
ESC (eskeyp) simvollar jadvali:
Yozilishi | Ichki kodi | Simvoli (nomi) | Ma’nosi |
\a | 0x07 | bel (audible bell) | Tovush signali |
\b | 0x08 | Bs (bascspase) | Bir qadam qaytish |
\f | 0x0C | Ff (form feed) | Sahifani qaytarish |
\n | 0x0A | lf (line feed) | Qatorni o’tkazish |
\r | 0x0D | Cr (carriage return) | Karetkani qaytarish |
\t | 0x09 | Ht (horizontal tab) | Gorizontal tabulyatsi |
\v | 0x0B | Vt (vertical tab) | Vertikal tabulyatsi |
\\ | 0x5C | \ (bacslash) | Teskari chiziq |
\’ | 0x27 | ‘ (single out) | Apostrif (oddiy qavs) |
\” | 0x22 | “ (double quote) | Ikkilik qavs |
\? | 0x3F | ? (question mark) | Savol Belgisi |
\000 | 000 | Любой (octal number) | Simvol sakkizlik kodi |
\xhh | 0xhh | Любой (hex number) | Simvol o’n oltilik kodi |
Satrli konstanta.
Satrli konstantalar C++ tili konstantalariga kirmaydi, balki leksemalari alohida tipi hisoblanadi. Shuning uchun adabiyotda satrli konstantalar satrli leksemalar deb ham ataladi..
Satrli konstanta bu ikkilik qavslarga olingan ihtiyoriy simvollar ketma ketligidir. Misol uchun “ Men satrli konstantaman”.
Satrlar orasiga eskeyp simvollar ham kirishi mumkin. Bu simvollar oldiga \ belgisi quyiladi. Misol uchun :
“\n Bu satr \n uch katorga \n zhoyjlashadi”.
Satr simvollari hotirada ketma-ket joylashtiriladi va har bir satrli konstanta ohiriga avtomatik ravishda kompilyator tomonidan ‘\0’ simvoli qo’shiladi. Shunday satrning hotiradagi hazhmi simvollar soni+1 baytga tengdir.
Ketma-ket kelgan va bushlik, tabulyatsiya yoki satr ohiri belgisi bilan ajratilgan satrlar kompilyatsiya davrida bitta satrga aylantiriladi. Misol uchun:
“Salom” “Toshkent ”
satrlari bitta satr deb qaraladi.
Bu qoidaga bir necha qatorga yozilgan satrlar ham buysinadi. Misol uchun :
qatorlari bitta qatorga mos:
“O’zbekistonga bahor keldi”
Agar satrda ‘\’ belgisi uchrasa va bu belgidan so’ng to ‘\n’ satr ohiri belgisigacha bushlik belgisi kelsa bu bushlik belgilari ‘\’ va ’\n’ belgisi bilan birga satrdan uchiriladi. Satrning uzi keyingi satrda kelgan satr bilan qo’shiladi.
qatorlari bitta qatorga mos:
“Uzbekistonga bakhor keldi”
Sanovchi konstanta.
Sanovchi konstantalar enum hizmatchi so’zi yordamida kiritilib, int tipidagi sonlarga qulay suzlarni mos quyish uchun ishlatiladi.
Agar son qiymatlari ko’rsatilmagan bulsa eng chapki so’zga 0 qiymati berilib qolganlariga tartib buyicha usuvchi sonlar mos quyiladi:
Bu misolda avtomatik ravishda konstantalar quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:
Zero=0, one=1, two=2;
Konstantalar aralash ko’rinishda kiritilishi ham mumkin:
Bu misolda avtomatik ravishda konstantalar quyidagi qiyjmatlarni qabul qiladi:
Zero=0, one=1, for=4;five=5,seeks=6;
NO=0, YES=1;
Nomlangan konstantalar.
CI ++ tilida o’zgaruvchilardan tashqari nomlangan konstantalar kiritilishi mumkin. Bu konstantalar qiymatlarini dasturda o’zgartirish mumkin ehmas. Konstantalar nomlari dasturchi tomonidan kiritilgan va hizmatchi so’zlardan farqli bo’lgan identifikatorlar bulishi mumkin. Odatda nom sifatida katta lotin harflari va ostiga chizish belgilari kombinaciyasidan iborat identifikatorlar ishlatiladi. Nomlangan konstantalar quyidagi shaklda kiritiladi:
Const tip konstanta_nomi=konstanta_kiyjmati.
Const double EULER=2.718282;
Ona tili qo’llanma pdf
1. Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik taraqqiyotining to`rt davri.
2. F.Bopp qiyosiy – tarixiy tilshunoslikning asoschilaridan biri sifatida.
3. R.Rask ilmiy merosi xususida.
4. Y. Grimm va A.X.Vostokovlarning ilmiy faoliyatiga doir.
Asosiy tayanch tushunchalar: Komparativistika haqida, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik taraqqiyotining 4 davri, agglyutinatsiya hodisasi, «bobo til» tushunchasining mohiyati.
XVIII asrgacha til o`zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu asrdan boshlab, tilga bunday qarash o`zgardi. Ya`ni XVIII asrning diqqatga sazovor eng katta xizmati shundaki, u tilga o`zgaruvchan, rivojlanuvchan hodisa sifatida baho berdi. Aniqrog`i, ushbu davrda Sharl` de Bros, Jan-Jak Russo, Monboddo, Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy taraqqiyoti g`oyasini qo`llab, uni rivojlantirdilar.
XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash g`oyasi qat`iy tus oldi. Ya`ni XIX asrning birinchi choragida tilshunoslikda faktlarni yig`ish , ularga e`tibor berish g`oyasidan qiyosiy-tarixiy g`oyaga-nuqtai nazarga burilish, o`tish yuz berdi. Albatta, XIX asrning boshlariga kelib, nuqtai nazarlarning o`zgarishiga lisoniy kuzatishlar, bu kuzatishlardan kelib chiqqan muayyan jiddiy fikrlar sabab bo`ldi. Aniqrog`i, XIX asrdan ancha oldin ayrim tillar o`rtasida o`xshashlik borligi aniqlansada, ammo uzoq vaqtlar davomida ushbu o`xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib berilmadi, olimlar o`xshashlik sabablarini tushuntirib bera olmadi. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o`rtasidagi sistematik o`xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan – bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida , mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, tillar o`rtasida o`xshashlik mavjudligi g`oyasining maydonga kelishida fanga tarixiy yondashish yuzaga kelganligi – til hodisalari tarixiylik nuqtai nazaridan izohlana boshlanganligi bilan, tilshunoslikka romantizm g`oyalarining ta`siri, ya`ni jonli tillarning o`tmishini o`rganishga undash g`oyasi bilan hamda sanskrit (qadimgi hind adabiy tili) bilan yaqindan tanishish kabilar tillar o`rtasidagi o`xshashlikni ularning qarindoshligiga ko`ra izohlash mumkinligiga olib keldi.
Masalan, Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vil`yam Djons (1746-1794) sanskrit tilini yunon va lotin tillariga qiyoslab, ular o`rtasida yaqinlik, qarindoshlik borligi haqidagi fikrlarni, ma`lumotlarni qat`iy aytdi.
Nemis olimi Fridrix Shlegel` (1772-1829) esa o`zining mashhur «Hindlarning tili va donoligi» asarida sanskrit tilining na faqat lug`at tarkibida, balki grammatik munosabatida ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligini, ularning kelib chiqishiga ko`ra umumiy asosga egaligini qayd etadi .
Demak, tillarni qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq qilish, ularga tarixiylik nuqtai nazardan yondashish kabilar qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohida, mustaqil fan sifatida qat`iy tan olinishiga zamin yaratdi.
Ushbu jarayonda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lib, qiyoslash tillarni o`rganishda usul, vosita sifatida, tillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashish esa tadqiqotning principi (bosh g`oyasi, maqsadi) sifatida namoyon bo`ldi.
Ta`kidlash shart, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishigina tilshunoslikning fan sifatida tan olinishiga, boshqa fanlar qatoridan mustahkam o`rin egallashiga olib keldi. Chunki mana shu metodgina til haqidagi fanga chinakam, haqiqiy ilmiylik g`oyasini berdi, ilmiylik ruhini kiritdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi bilan tilshunoslik ham tarixiy, ham ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asosga ega bo`ldi.
Е slatish joizki, Mahmud Koshg`ariy, Vil`yam Djons, Fridrix Shlegel` kabi olimlarning ham qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidagi xizmatlarini inkor qilib bo`lmaydi. Ular qiyosiy-tarixiy metodning ochilishiga jiddiy, chinakam yaqinlashishdi. Ammo qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishida Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo`lib, ular ijodkor ( novator ) tilshunoslar sifatida maydonga chiqdi.
Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi bo`lib, o`z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali o`rganib, u yoki bu tilning tarixini, undagi o`zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko`rsatib berish, tushuntirish vazifasini qo`yadi.
Hind-Evropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganish tarixi to`rt davrni o`z ichiga oladi:
1. Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishidan to yosh grammatikachilargacha bo`lgan davr (XIX asrning birinchi choragi-1870 y).
2. Yosh grammatikachilar davri (1870-1890 y).
3. Yosh grammatikachilar davridan to F de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asari va xet yozma yodgorliklarini o`qib, ma`nosini ochib berishgacha bo`lgan davr ( XIX asrning oxiri va XX asrning ikki o`n yilligi).
4. F. de Sossyur g`oyalaridan bizning davrimizgacha bo`lgan davr.
Birinchi davr, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning ochilishidan boshlab, yosh grammatikachilargacha bo`lgan davrni, ya`ni taxminan 1816-1870 yillarni o`z ichiga oladi.
Ushbu davrning etakchi, bosh yo`nalishi qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi.
Birinchi davr ikkiga:
1. F. Bopp – V.Gumbol`dt
2. A.Shleyxer – G. Shteyntal bosqichlariga bo`linadi.
Birinchi bosqich (F.Bopp – V.Gumboldt bosqichi).
F.Bopp – V.Gumboldtbosqichi XIX asrning ikkinchi o`n yilligining o`rtalaridan to`rtinchi o`n yillikning oxirlarigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi. Ushbu davr qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi, ochilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bilan xarakterlanadi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilari F.Bopp, R.Rask, Ya.Grimm hamda A.Vostokovlardir.
Frans Bopp. Frans Bopp (1781-1867) buyuk nemis tilshunosi-sanskrit mutaxassisi, Berlin universiteti professori. U 1816 yilda «Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» asarini yozdi.
F.Bopp qayd etilgan tillarda mavjud grammatik shakllarni-tuslanish formalarini qiyoslash asosida ushbu tillar o`rtasidagi umumiylikni, o`xshashlikni ochib berdi. U qiyoslash metodi bilan qiyoslanayotgan tillarning dastlabki holatini, ko`rinishini tiklash mumkin, degan fikrni ilgari surdi. Shunga ko`ra 1816 yil to`liq ma`noda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tug`ilish-yaratilish yili deb e`tirof qilinadi.
F.Boppning kashfiyoti, yangiligi nimada? Yuqorida aytilganidek, ko`pgina olimlar V.Djons, Fr.Shlegel` kabilar h ind-Evropa tillari bir bobotildan kelib chiqqan, qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi , degan fikrni aytishgan.
F.Boppning xizmati shundaki, u qarindosh tillarning materiallari asosida sistemaga asoslangan, sistema xarakteridagi umumiy nazariyani qu rib berdi. U fe`llarning qo`shimchalarini qiyoslab, hayratlanarli darajaga keldi. Ya`ni, ma`lum bo`ldiki, h ind-Evropa tillarida nafaqat alohida o`xshash hodisalar mavjud, balki ushbu tillarda o`zaro o`xshashlikning, o`zaro muvofiqlikning butun bir sistemasi-grammatik sistemalarning umumiyligi, o`xshashligi mavjudligi aniqlandi. F.Bopp uchun tillar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik faqat vosita edi, xolos. Maqsad esa boshqa. Ya`ni qiyoslanayotgan tillardagi grammatik shakllarning eng qadimiy, dastlabki ko`rinishini-shaklini ochib berish jarayonida bir tilga xos hodisani boshqa til faktlari yordamida yoritish, tushuntirish edi. Anig`i muayyan tilga oid shakllarni (so`z formalarini) boshqa tildagi shakllar (so`z formalari) orqali tushuntirish, izohlash edi. Ushbu nuqtai nazar F.Bopp tadqiqotlarining yangiligidir. U shu bilan qiyosiy-tarixiy metodning asosini yaratdi.
F.Bopp 1833-1852 yillarda uch tomdan iborat bo`lgan «Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli asosiy asarini e`lon qildi. Bu asarda sanskrit tiliga asoslangan holda ayrim grammatik formalarning taraqqiyotini va ularning dastlabki manbalarini aniqlash mumkin, degan fikrni ilgari surdi.
F.Bopp o`z ta`limoti, asarlari bilan o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha h ind-Evropa tillarining qarindoshligini isbotlab berishga erishdi. Uning izlanishlaridan hali u davrda ochilmagan, noma`lum bo`lgan xet, toxar kabi tillargina chetda qoldi. F.Bopp tilshunoslikka h ind-Evropa tillari degan terminni ham olib kirdi.
U o`z tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan shug`ullandi, fonetika, sintaksis-gap shakllari, qo`llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e`tibor bermadi.
F.Bopp tillarning qarindoshligi masalasida ham jiddiy xatolarga yo`l qo`ydi. Ya`ni u kichik Polineziya va janubiy Kavkaz tillarini ham asossiz ravishda h ind-Evropa tillariga kiritdi.
Rasmus Rask . F.Bopp bilan deyarli bir vaqtda, ammo unga mutlaqo bog`liq bo`lmagan holda hind-Evropa tillarining qiyosiy-tarixiy tadqiqi bilan daniyalik buyuk tilshunos prof. Rasmus Xristian Rask ham shug`ullandi.
R.Rask 1811 yilda «Island tili bo`yicha qo`llanma» nomli birinchi ishini e`lon qildi. Ushbu tadqiqotidayoq F.Boppdan ham oldin grammatik ko`rsatkichlarni, ayniqsa , qo`shimchalarni qiyoslashning muhimligini aytib o`tdi. Ayni vaqtda u, Bopp g`oyalarini to`ldirgan holda, leksik qiyoslashga ham katta ahamiyat berdi va bu jarayonda dastavval eng zaruriy tushunchalar, hodisalar va predmetlar bilan bog`langan leksikani hisobga olinishini to`g`ri ta`kidladi.
1818 yilda R.Raskning «Qadimgi shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» nomli asosiy asari e`lon qilindi. U tadqiqotda german, litva, slavyan, lotin va grek tillarining qarindoshligini isbotlab berdi.
Ushbu asarning 2-qismi «Frakiy tili haqida» nomi bilan 1822 yilda nashrdan chiqdi. Ishda island tilining o`rnini belgilagan holda uning got tillari guruhiga va frakiy (grek va lotin) tillariga bo`lgan munosabatini o`rganadi.
R.Rask asarlarida so`zlarning o`z ma`nolarini o`zgartirishi mumkinligiga e`tibor beradi. Shuningdek, tub va o`zlashgan so`zlarning o`ziga xos xususiyatlarini qayd etadi, lisoniy hodisalarni tadqiq qilishda so`zni mukammal morfologik tahlil qilish lozimligini tavsiya qiladi.
U boltiq tillari slavyan tillari bilan ma`lum bog`liqlikka ega bo`lsa-da, ammo ayni tillar h ind-Evropa tillarining mustaqil shahobchasi, tarmog`i hisoblanadi , degan haqqoniy fikrni birinchi bo`lib ilgari suradi.
R.Rask, F.Boppdan farqli, h ind-Evropa tillarini boshqa til oilalari (masalan, kavkaz-yafetik tillari va Indoneziya tillari) bilan qorishtirmaydi. Shuningdek, u o`z tadqiqot-larida sanskrit tiliga murojaat qilmaydi.
Xullas, R.Rask tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy metodning va germanistika fanining asoschilaridan biri sifatida faxrli o`rinni egallaydi.
Yakob Grimm. Mashhur nemis tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863) qiyosiy-tarixiy metod yordami bilan german tillarini tadqiq qildi. Ya.Grimmning to`rt tomdan iborat «Nemis grammatikasi» asari tilshunoslik tarixida muhim o`rin tutadi. U ushbu salmoqli asarida nemis tili tarixiy grammatikasini boshqa barcha german tillari bilan qiyoslagan holda beradi.
Asar 1- tomining birinchi nashri 1819 yilda, mazkur tomning butunlay, tubdan o`zgargan ikkinchi nashri 1822 yilda chop etiladi. Ayni tomdan german tillarining tarixiy fonetikasi hamda german tillaridagi undoshlarning siljishi, «ko`chish» qonuni o`rin olgan. Ya`ni Ya.Grimm (R.Rask, Ya.Bredsdorflar kabi) undoshlarning siljishini isbotlab beradi. Masalan, hind-Evropa tillarining nafas tovushlari (yoki nafas bilan aytiladigan tovushlar) yoki portlovchi undoshlar bh, dh, gh – german tillaridagi b, d, g tovushlariga o`zgargan-siljigan, ko`chgan yoki hind-Evropa tillariga oid b, d, g – german tillarida r, t, k ga; hind-evropacha r, t, k – germancha f, th, h ga siljigan, ko`chgan, o`tgan.
Ushbu jarayon fonetik qonunlarning tan olingan dastlabki, birinchi namunasi edi. «Nemis grammatikasi» asarining barcha tomlari 1837 yilda yakunlandi.
Ya.Grimmning «Nemis tili tarixi» asari esa 1848 yilda e`lon qilinadi. U jamiyat tarixini o`rganishda tilning asosiy, eng muhim manba ekanligini aytadi va tilni u yoki bu xalqning madaniy-tarixiy taraqqiyotining mahsuli deb hisoblaydi. Shunga ko`ra Ya.Grimm «Bizning tilimiz bizning tariximizdir» degan g`oyani ilgari suradi. Haqiqatan ham – shunday Ya.Grimm ushbu asarida «Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq guvoh bor. Bu tildir», deydi.
Ya.Grimm «Nemis lug`ati» asarida (birinchi tomi 1854 yilda, oxirgi tomi 1960 yilda e`lon qilindi) nemis shoiri Lyuterdan tortib Gyotegacha bo`lgan nemis tili leksikasini qamrab olishga, ko`rsatib berishga harakat qildi.
Aleksandr Xristoforovich Vostokov . Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.Vostokov (1781-1864) tug`ma soqov bo`lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyancev muzeyi kutubxonasiga boshchilik qilgan.
A.Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Olim «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), «Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug`ati» (1858-1861) kabi qator e`tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A.Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo`lib, slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metodning qat`iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.
A.Vostokovning 1820 yilda e`lon qilgan «Slavyan tili haqida mulohazalar» maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan filologiyasiga oid masalalarga to`xtalib, hind-Evropa tillarining slavyan tillari oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo`lgan munosabatini aniqlaydi, izohlaydi.
A.Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi.
A.Vostokov 1842 yilda «Rumyancev muzeyidagi rus va slavyan qo`lyozmalarining tasviri» nomli ko`p yillik mehnatining natijasini e`lon qiladi. Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo`lgan bolgar, serb, rus va janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o`zgarishlarni davrlashtirishga, ya`ni qadimgi (IX-XIV), o`rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo`lishga imkon beradi.
A.Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtai nazardan yondashishni ilk bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy principga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so`z turkumlarining (masalan, sifat, ravishdosh-larning) paydo bo`lish vaqti bilan bog`liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub tillarni o`rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X.Vostokov nomi bilan bog`liqdir.
Hind-Evropa tillarini qiyosiy-tarixiy o`rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo`ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. T.A.AАмирова, Б.A.Oлховиков, Ю.В.Рождественский.
O черки по лингвистики. M., 1975.
2. Я.В.Лоя. История лингвистических учений. M., 1968.
3. X рестоматия по истории языкознания XIX – XX веков.
4. Н. A . Ko ндрашов. История лингвистичевких учений.
5. В.И.Кодухов. Oбщее языкознание. M., 1974.
6. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.