Press "Enter" to skip to content

Ona Tili Haqida Qoshiqlar – Скачать mp3 бесплатно

Xulosa shuki, sifatni oshirish haqida o‘ylash, ta’sirchan choralar ko‘rish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Ona tili qo’shiq

O‘n sakiz ming olam, olam, olam, olam
Oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, ajab, ajab chun sarvinoz-nozim
O‘n sakiz yoshindadur.

Jahongir Otajonov | Ko’rildi: 338 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Tor ko`chaning tor yo`lchasida,
Sevganim bor, ey bir kulbasida.
U menga mos, men esa unga,
Yuragimning o`sha egasi-da.

Ziyoda | Ko’rildi: 922 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18
Yurakda alanga yoqsa,
Gulda kapalak chiqsa,
Yuzingga shamol tegsa,
Meni esla.
Shohruhxon | Ko’rildi: 551 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18
Umrim oʻtdi shahd bilan,
Yolgʻon bilan dard bilan.
U dunyoga gumon-u,
Kayf-u safo, zavq bilan.
Murod Manzur | Ko’rildi: 591 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Tanam azobdaman, ming afsusdaman,
Qabrim tor, na bo`y bor, na bordir eni.
Yagona o`tinchim – so`rayman sendan,
Alloh, bir lahzaga tiriltir mani.

Murod Manzur | Ko’rildi: 423 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18
Yoring gõzal hur bo’lsin
Yuzlarida nur bõlsin
Mingta dilbar kerakmas
Bitta bõlsin zõr bõlsin
Shohjahon Jo’rayev | Ko’rildi: 408 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18
Bugun o’zgacha qara
Biz kutgan o’sha sana
Go’yo qaytadan seni
Sevib qolyapman yana
Benom | Ko’rildi: 690 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Yor qalbiga yo`l istab,
G`unchalagan gul istab,
Bir mehribon qo`l istab,
Yaxshi ko`rib qoldimda. (x2)

Zohirshoh Jo’rayev | Ko’rildi: 397 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Ayt nima u deydi, jim bo`laqolsaydi,
Yana nima deydi, rosa jonga tegdi.
Ayt nima u deydi, asabimga tegdi,
Yana nima deydi, rosa jonga tegdi.

Zohid Rixsiyev (Ummon) | Ko’rildi: 225 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Alvido de, meni qo`yvorgin,
Yo`llarimizni ikkiga bo`lvorgin.
U shoxdan bu shoxga sakrab yuraverma,
Meni unutgin, meni qo`yvorgin. (x2)

Zohid Rixsiyev (Ummon) | Ko’rildi: 424 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Yurak-yuragimdan sog`indim sizni,
Rasululloh, sizni quchgim kelyapti.
Siz ham sog`indingizmi aytingchi bizni?
Rasululloh, sizni ko`rgim kelyapti.

Shohrux (Ummon) | Ko’rildi: 362 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Ortingga qaramay ketayabsan
Men yo`q joylarga, uzoqlarga.
Menga endi yashashni o`rgat
Sen yo`q joylarda, yolg`onlarda,
Yolg`onlarda.

Hamdam Sobirov | Ko’rildi: 764 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

So`zlagani meni sira qo`ymaydi,
Bo`ldi dema, deya-deya tinmaydi.
Qanaqa yana bahonalar o`ylaydi?
Meni aldaydi, meni aldaydi.

Munisa Rizaeva | Ko’rildi: 258 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Jonim, nega aldading meni?
Aytolmadim – sevardim seni.
Sen meniki, degan so`zlar qani, qani?
Yuragim zor yig`lar har kuni.

Munisa Rizaeva | Ko’rildi: 284 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Xayolimdasan ora-chora,
Unutaman sani bora-bora.
Ey ko`zlari qora, dilim qilding qara
Tilka-tilka, pora-pora.

Sendan endi hech narsa kutmaym

Munisa Rizaeva | Ko’rildi: 441 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

Man bemorman, holi yomonman,
Man mehrga zor-intizorman.
Tinmadi nolam, yurakda alam,
Bedavoman, benavoman.

Munisa Rizaeva | Ko’rildi: 521 | Qo’shdi: Zamonaviy | Sana: 2022-01-18

(Nega-nega, ayt nega,
Nega-nega, nega-nega, ayt nega? Ayt nega?
Nega-nega, nega-nega, ayt nega? (x2) Nega?
Ayt nega?)

Ona Tili Haqida Qoshiqlar – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Ona Tili Haqida Qoshiqlar в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Ona Tilim D Sarimsoqova She Ri Sh Yormatov Musiqasi длительностью 5 мин и 44 сек, размер файла 7.55 MB.

Сейчас слушают

Ona Tili Haqida Qoshiqlar

Nct U Conextion Age Of Light

Я Распишу Нахуй

Хьоьха Ялча Лир Ю Моттахь Бакъ Дац Хьуна Везар Са

Yogayotgan Yomgir Koz Yoshim

Caan Tan Yah Capleton

Angelina Baker The Black Twig Pickers

Nfs Most Wanted Рингтон

Alien Dance Challenge Efra Da Mi Gu Sita Ah Ah Alvando Nizar And

Аскат Мусабеков Бакыт Дайрасы

En Jeevan Theri Flute Instrumental By Flute Siva

Biggie Smalls Hypnotize

Киноцитаты Королева Бензоколонки

Katy Perry The Waterbearer

Владимир Бунчиков Владимир Нечаев Золотая Коллекция Вечер На Рейде Лучшие Песни

Un Alma Innamorata Hwv 173 Aria Quel Povero Core John Mark Rozendaal

Ona tili qo’shiq

Ona tilini mukammal o‘rganish faqat fanga ajratilgan soatga bog‘liqmi. XDP deputati munozaraga qo‘shildi

Foto: O‘zXDP

Ona tili hammamiz uchun muqaddas. Agar u muhokama, munozara mavzusiga aylansa, tomoshabin bo‘lib turishga haqqimiz yo‘q. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida “Ona tili” faniga ajratilgan soatlarning qisqartirilishi masalasi bilan bog‘liq turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Ayrim partiyalar vakillari bu mavzu hammaning ko‘ngliga yaqinligini bilib, shovqin ko‘tarib, o‘zini ko‘rsatishga urinayotgani, to‘g‘risi, menga ma’qul emas.

Mazkur masalaning dolzarbligini hisobga olib, Xalq demokratik partiyasining faollari bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasi va loyiha sifatida taqdim etilgan o‘quv dasturi bilan yaqindan tanishib chiqdik. Chunki “Ona tili” fanini o‘qitishning me’yoriy va metodologik asoslarini tahlil qilmasdan turib, shoshilinch fikr bildirib bo‘lmaydi.

O‘rganish jarayonida qanday masalalarga duch keldik?

Birinchidan, xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 fevraldagi 52-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi” tasdiqlangan. Tayanch o‘quv rejada ona tili va adabiyot fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlangan:

– 1 sinfda o‘quv yilining 1-2 choraklarida haftasiga 4 soat “Alifbe”, 4 soat “Yozuv”, 3-4 choraklarda 4 soat “Ona tili” va 4 soat “O‘qish” fani;

– 2-4 sinflarda haftasiga 4 soat “Ona tili” va 3 soat “O‘qish” fani;

– 5-6 sinflarda haftasiga 3 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani;

– 7-9 sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani;

– 10-11 sinflarda haftasiga 1 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi.

Agar o‘quv reja tahliliga e’tibor qaratilsa, haftalik eng ko‘p o‘quv soati (57 soat) ona tili va adabiyot faniga ajratilgan. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili”ga doir nutqiy, lingvistik va matn bilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish oson hamda samarali amalga oshadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflarda integrallashgan mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quv topshiriqlarining ishlab chiqilishi o‘quvchilarning o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yanada samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqori sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar to‘plami (soni) oshib boradi. O‘qish va yozish ko‘nikmasiga ega o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarni o‘zlashtirishi uchun soatlar hajmi emas, o‘quv materiallarining yirik bloklar asosida strukturalashtirilishi, ularda mustaqil o‘z ustida ishlash motivatsiyasini kuchaytirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kidlab o‘tish lozim: umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi “tilshunos” sifatida tayyorlanmaydi, u ona tilining adabiy me’yorlarini bilishi, og‘zaki va yozma nutq malakalariga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘quvchilardan fanga katta soat ajratib, grammatik qoidalarni yodlatish metodikasi o‘zini oqlamaydi. Bu holat tajribada bir necha yil sinovdan o‘tkazildi: fanga ajratilgan ko‘plab soatlar va zamonaviy talablarga javob bermaydigan o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni ona tilida savodli gapirish va yozishdan yiroqlashtirdi. Demak, fanga ajratilgan soatlar hajmi uni o‘zlashtirishning natijaviyligini kafolatlay olmaydi.

Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining oldida oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish va kasb tanlash masalasi turadi. Ko‘pchilik ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun “Ona tili” fanidan test topshirish talab etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim amaliyoti bilan tanishish orqali mazkur masalaga ham yechim topilgani, ya’ni yuqori sinflar uchun variativ o‘quv rejalarining ishlab chiqilganligiga guvoh bo‘lindi. Variativ o‘quv rejalari asosida ta’lim olish o‘quvchiga oliy ta’lim muassasasiga tayyorgarlik ko‘rish, shu jumladan, “Ona tili” fanini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish imkonini beradi.

Uchinchidan, o‘quv dasturi loyihasi bilan tanishish Respublika ta’lim markazida yangicha yondashuv asosida “Ona tili” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minoti ishlab chiqilayotganligini ko‘rsatadi. Bu albatta, ijobiy holat. Dasturda “Ona tili”ni o‘qitish konsepsiyasi, maktab bitiruvchilariga “Ona tili” fani bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, “Ona tili” fani bo‘yicha o‘quvchilarga sinflar kesimida qo‘yiladigan talablar, “Ona tili” fanini o‘qitish metodologiyasi, o‘quvchilarning ona tilida lingvistik savodxonligini baholash masalalari aniq belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur talablar asosida sinflar kesimida o‘quv dasturlari mazmuni ham yoritib berilgan. Xulosa qilish mumkinki, dastur zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Savol tug‘iladi: asosiy muammo nimada.

Uchinchidan, “Ona tili”ni o‘qitish samaradorligiga erishish uchun uning miqdoriy asoslariga emas, sifatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

– chet tili singari ona tilini o‘rganishda ham til muhiti muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun o‘quvchini qurshab turgan muhitda ona tiliga hurmat, bolaning ko‘zi har kuni tushadigan istalgan axborot savodli yozilgan bo‘lishi, ota-onalarning til savodxonligiga e’tibor qaratish zarur;

– ommaviy axborot vositalarida o‘zbek adabiy tilida mediaxabarlar va matnlarning berib borilishini qat’iy nazoratga olish lozim. Ayrim axborot vositalarining savodsizlikni targ‘ib qilayotganligiga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Ommaga taqdim etilayotgan xabarlarning savodsiz yozilishi va tarqatilishini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Bu holat esa, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda;

– “Ona tili” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga juda katta mas’uliyat bilan yondashish lozim. Til o‘qitish metodikasining “sayozligi” va “no‘noqligi” uni o‘rganishga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

– umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan har qanday fan doirasida o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirish texnologiyasining qo‘llanilishi maqsadga muvofiq;

– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nafaqat ona tili, balki barcha fan o‘qituvchilarida so‘zlashuv emas, adabiy uslubda gapirish malakasini tarkib toptirish lozim. Istalgan fan o‘qituvchisining ona tilida savodli gapirishi va yozishi o‘quvchining grammatik savodxonligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

– bola o‘zining ona tilida ta’lim olishi zarur. Chunki o‘zining ona tilida savodxon bo‘lgan o‘quvchining chet tillarni ham savodli o‘rganishi kafolatlanadi.

Xulosa shuki, sifatni oshirish haqida o‘ylash, ta’sirchan choralar ko‘rish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Mavjuda Hasanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi

Ona tili qo’shiq

ONA TILI – MILLAT RUHI

Ona tili – millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko’p. Har bir xalq, avvalo, o’z tili, milliy urf-odat va an’analari, o’ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o’zligini namoyon qilishida tilning o’rni va ahamiyati beqiyos.

Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobida bu haqda alohida to’xtalib, shunday fikrlarni bayon qiladi: «0’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatningruhidir» .

O’zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo’lmasa, Mahmud Koshg’ariyning «Devoni lug’atit-turk» kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Bobur Mirzoning «Bobumoma»si, Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho’lpon va Abdulla Oripovning o’tli she’riyati yaratilmagan bolardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbayi. U inson kamolotida betakror o’rin tutadi. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alia aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi, odob-u axloqimiz, fe’l-atvorimiz til orqali berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog’liq. Chunki biz biror-bir narsaning xususiyatlari haqida o’ylaganda har biri aniq bir so’zda ifodasini topgan tushunchalar, fikr va tasavvurlarga tayangan holda uning o’ziga xos tomonlarini anglaymiz. Masalan, daraxtning yashilligini ajratish uchun yashil degan so’zning ma’nosini bilgan bo’lishimiz kerak. So’zni, ya’ni tilni bilganimiz sari biz dunyoni ham yaxshiroq bilib boramiz, fikrimiz o’sadi, ongimiz yuksaladi.

Ona tili — ko’hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg’ular evolyutsiyasini, ya’ni tadrijiy taraqqi-yotini ko’rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko’zgudir. Shuning uchun o’z tilini yo’qotgan millat o’zligidan ham mahrum bo’ladi, ma’naviy zavolga yuz tutadi.

Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o’zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o’rin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o’zbek tilining obro’yi uchun kurashgani ham shundan dalolat beradi. XX asr boshida ma’rifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’tgan asrning so’ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yo’lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzum hukmronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tili rivojiga katta e’tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»-gi Qonunda o’zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo’yildi. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan

muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Bu ona tilimiz taraqqiyotida ilgari hech ko’rilmagan yangi davr boshlanganining ifodasi edi.

Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari o’zbek tilida yozilmoqda. Ona tili­miz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo’llanmoqda. U istiqlol yillarida milliy g’urur manbayiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun mamlakatimizda til bayrami sifatida nishonlanmoqda.

Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Uning lug’at xazinasi yangi so’z va tushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayib bormoqda. Shuningdek, ilgari taqiqlab kelingan milliy merosimiz namunalarining qayta tiklanayotgani, muqaddas islom dini asoslari, umumbashariy qimmatga ega bo’lgan dunyo adabiyoti namunalarini tarjima qilish ishlari kuchaygani ham o’zbek tili imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, mustaqillik yillarida Qur’oni karim va hadisi sharif bir necha bor tarjima qilinib, nashr etildi.

Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi obro’-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo’llanishini ta’minlash bo’yicha ko’pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bo’lib voyaga yetgan, shu til orqali o’zini, o’zligini, butun dunyoni tanigan insonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir. Bu haqda o’ylaganda, Yurtboshimizning quyidagi fikrlarini doimo yodda saqlashimiz kerak: «Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko’p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo’shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo’lib qolayotganini ko’rsatadi. Bu haqda so’z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz» degan so’zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz».

O’zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o’tib kelayotgan maqol va hikmatli so’zlari, betakror iboralari, qo’shig’-u dostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo’lgan.

Ona tilini sevish – vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O’z tilini asrab-avaylagan xalq o’zligini, g’ururini asrab-avaylagan boladi. Shuni esda tutingki, ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg’ular, tushuncha va tasavvurlar, urf-odat hamda an’analar chuqur aks etgan. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, nomus, mehr-oqibat degan so’zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo’lmaydi. Ularni faqat o’zbek tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki bu tushunchalar ko’proq bizning xalqimizga xos va ularni bayon etishga ham faqat shu xalqning tili qodir. Bir so’z bilan aytganda, ona tilimiz xalqimiz dilining tubida bo’lgan eng murakkab tuyg’u va tushunchalarni ham ifoda eta oladi. Chunki bu til necha asrlar, ming yillar davomida shu xalq bilan birgalikda shakllangan. Shuning uchun ham ona tili millatning ruhi deymiz.

Ona tiliga bo’lgan muhabbat, avvalo, har bir so’zning ma’nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda ko’rinadi.

Til bilish — madaniyat belgisi. Xalqimiz ta’biri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o’rganish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u hamnafas bo’lib yashash imkonini bergan. Ay­niqsa, bugungi kunda, mamlakatimiz butun dunyo bilan keng ko’lamda hamkorlik qilayotgan paytda til bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun yurtimizda nufuzli xalqaro tillar sirasiga kiradigan tillarni o’rganishga ixtisoslashgan maxsus maktab va litseylar, oliy o’quv yurtlari ochilmoqda, talabalarimiz til o’rganish uchun xorijga yuborilmoqda. Lekin ona tili har qanday sharoitda ham inson uchun ruhiy tayanch bo’lib qoladi. Ayniqsa, milliy o’zlikni anglash, «Kim edim-u, kim bo’ldim?» degan savolga javob topish, xotira tuyg’usi bilan yashashda ona tilining ahamiyati beqiyos. Aynan ona tili tufayli inson o’z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya’ni, ularning aytgan o’gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o’tib boradi.

Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g’urur-iftixor qilish milliy ma’naviyat, o’zlik ifodasi bo’lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo’shimcha bilim quroliga ega bo’lishdir.