Press "Enter" to skip to content

Yillik ish reja 2022-2023 o quv yili 1-sinf barcha fanlardan

TIL SABOG‘I Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Sh. MIRZIYOYEV Ona tili – o‘zlik timsoli O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. O‘z tiling o‘z vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk. Bir tomchi shabnamdek moʻjaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor! El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz. Yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik maʼnolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan odam, xalqlar o‘rtasida mehr rishtasini bog‘lovchi, do‘stlik ko‘prigini quruvchi hamdir. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko‘p. So‘zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p! Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi! Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi, Mehru shamsu xurshidi gardun chiqdi. Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k. Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana-da uzayadi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan. “Chaq” so‘zining paydo bo‘lishi Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan noandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib, o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham chaq, deb buyurgan. Bora-bora toshdan o‘t chiqarib, uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik, chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi. Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganning oyog‘i barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa. Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa bo‘ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi chaqaloq bo‘ldi. Taraqqiyot insonga aql-zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni qo‘yib, gap chaqishga o‘tdi. Toshdan uchqun chiqargan bo‘lsa, gapdan o‘t chiqardi. Gap chaqib o‘z qardoshining uyini kuydirdi. Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi Uni chaqimchi, chaqmachaqar dedilar. Chaqimchining nishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari, ilonu chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir. . Odam bolasining bir ojizligi bor. Birov haqida ortdan yomon so‘z aytish gunoh ekanini biladi-yu, o‘rgangan odatini yo‘qotolmaydi. Birovni sirtdan qoralab rohat qiladi. Suhbatning shirini g‘iybat, deydilar hazil qilib. Lekin bu gapda hazildan chin ko‘proq. G‘iybat ham chaquv, birovni birovga emas, birovni hammaga chaquv demakdir. Biz bunday shirin suhbatning nomini chaqchaqlashuv deymiz. Basharti tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, chaq to‘g‘risida chaqchaqlashdik. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z musavviri “Men o‘zbek shoiriman, o‘z xalqimning tiliman”, deb yozgan G‘afur G‘ulom bu gapda faxr-g‘ururdan tashqari, uning zamirida juda katta yuk borligini ham nozik fahm etgan. O‘z xalqining tilini butun nafosatu ifori bilan bilishda XX asr o‘zbek adabiyotida u benazir edi deyilsa, mubolag‘a emas. Xalq tili va mumtoz adabiyotimizga xos ko‘plab hamma ham bilavermaydigan so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, shunday qo‘llash oqbatida badiiy matn, poetik manzara va ifoda yaratish akademik shoir sheʼriyatining xos belgilaridan bo‘lsa, ajabmas. Shoir va adib qo‘llagan so‘zlar; u xoh biror bir sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar, u xoh biror tor sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar asosida yasalgan yangi so‘z, neologizmlar bo‘ladimi, hamisha badiiy niyatga xizmat qiladi. Mana, alloma vafotidan keyin chop etilgan to‘rtlik: “Dunyo qo‘ling kiridir”, deganlari rost axir, Qo‘lom, to‘pol qoladi zargarning ko‘rasida, Millionerdan so‘rasang maydasi yo‘q bir paqir, Brilliant – ko‘mir demak atom gilbo‘tasida. . adibning tilga, so‘zga munosabati haqida gapirar ekanmiz, avvalo, tildan qanday foydalanadi, bunda asosiy narsa, so‘z orqali badiiy matn yarata oladimi, ishlatgan har bir so‘zi o‘z o‘rniga tushib, o‘zidan kattarib, jilolanadimi, kitobxon qalbi shuuriga nur olib kira oladimi? Ushbu savollar juda muhim va ularga javob ijobiy bo‘lgan taqdirdagina shu adibni mohir so‘z ustasi, so‘z sanʼatkori deya olamiz. G‘afur G‘ulom so‘z sanʼatkori edi. Suvon Meli, “So‘z xiyoboni”. Qodiriy so‘zining qadri Mumtoz adabiyotshunoslikda kam so‘z bilan ko‘p maʼnolar bayon etish sanʼatiga “iyjoz” deyiladi. So‘zning iyjoz maqomi Abdulla Qodiriy nasriy poetikasiga, qahramonlari nutqiga ham xos. . Shokirbekning Otabekka evrilish sahnasi ostonasida Usta Alim: “. yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik”, deb someʼlikka hozirlanadi. Bunday nutqda “sen” – “men”, “uzun” – “qisqa”, “yaxshi” bilan “yomon”, “janoza” bilan “hikoya” so‘zlari zidlashadi. Yusufbek hoji bir yig‘ilishda: “Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar taʼsirida qoraydi”, degan gaplari semantikasi qarshilidir. Yusufbek hojining o‘z nafsiga nazari, malomati va eʼtirofidagi soqolining oqarishi yoki ko‘ngilning qorayishi tasavvurni toza bir inson umrining yo‘llari tomon yo‘llaydi. Aslida, vaziyat, xarakterning kontrasti-qiyosli tasvirni romanning dastlabki sahifalarida, yaʼni karvonsaroyda Otabek tushgan hujra yoki Otabek bilan Homid xarakteri bayonidayoq ko‘rinadi. Adib bu badiiy sanʼatdan romanda juda ko‘p va o‘rinli foydalanadi. . Abdulla Qodiriy o‘zining betakror badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotining boyligini isbot etadi; o‘rni kelganda, sheva so‘zlaridan unumli foydalanadi. Adib xalq tilida qo‘llanadigan “chip” so‘zi uchun “g‘ov, barrikada” maʼnosida, boshqa bir sahifadagi dialogda kelgan “eshik” so‘zini “Farg‘onada hovlini eshik deydilar” deb izohlaydi. Homid Jannat opaga “. guzardan chiqib bir chora et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz” deydi. Yozuvchi “bir chorak”ni “uch yarim-to‘rt qadoq chamasi toshdir” deb izohlaydi. Bugungi o‘quvchi uchun bir qadoqning 409,512 grammga teng og‘irlik o‘lchov birligi ekanini eslatishga zarurat bor. Abdulla Qodiriy ijod ahlining o‘z ona tili va qo‘shni millatlar tilini bilish xususida: “ Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat. Shundagina tili boyiydi, asari jonlanadi” deb yozadi. Bahodir Karimov, “So‘z xiyoboni” . So‘z nima? Tilda yuz minglab so‘z bo‘lsa ham, ularning moddiy asosini bir necha o‘nlab tovushlar tashkil qilishi haqida fikr yurita turib, muqtadir olim Alibek Rustamiy shunday yozadi: «…o‘zbek adabiy tilida 31 tovush bor. Shevadagilarni qo‘shsak, 40 dan oshmaydi. Shu qadar ozgina tovushdan milliondan ortiq so‘z yasalgan». To‘g‘ri taʼkidlanganidek, gap so‘zning soni yoki sifatida emas, balki ularni bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay olishdadir. Demak, so‘z – neʼmat, so‘z – rag‘bat, so‘z – tashviq, so‘z – daʼvat, so‘z – davlat, so‘z – savlat, so‘z – hikmat, so‘z – himmat, so‘z – hurmat, so‘z – rahmat, so‘z – zahmat, so‘z – fazilat, so‘z – illat, so‘z – tuzuvchi, so‘z – buzuvchi, so‘z – ilm, so‘z – tilsim, so‘z – bilim, so‘z – zulm, so‘z – saboq, so‘z – tayoq, so‘z – havas, so‘z – hasad, so‘z – g‘urbat, so‘z – g‘iybat, so‘z – do‘st, so‘z – dushman, so‘z – sharofat, so‘z – ofat, so‘z – olqish, so‘z – qarg‘ish, so‘z – mehr, so‘z – qahr … xullas, so‘z – hamma narsa. Faqat uni qachon, qayerda, qanday qilib qo‘llash so‘zlovchiga bog‘liq. Bu esa so‘zlovchining ongu shuuriga, aqlu idrokiga, fahmu farosatiga daxldordir. Rahimboy Jumaniyozov, “Muomala madaniyati”. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan Maʼnodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan; ko‘pgina ish qurollarimiz: jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi. Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy tengri so‘zlarimiz bor. Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz. Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot – uchovi ham o‘zimizniki. Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos boy va rangin. Erkin Vohidov “So‘z latofati”. Furqat – so‘z raʼnosining oshig‘i . So‘z qadrini bilgan, uning insoniyat uchun nechog‘liq ulug‘ neʼmat ekanini chuqur his etgan Furqat so‘zlamoqda andisha bo‘lmog‘i zarurligiga alohida diqqat qaratadi. Shoirning fikricha, har bir odam o‘zi bilgan, maʼnosini teran uqqan holda so‘zlamog‘i maʼqul. Mashrab g‘azaliga tazmin sifatida yozilgan “Lozim emas” radifli g‘azaldan olingan quyidagi bayt shu haqda: Qosir aqling birla sunʼi Kibriyodin urma dam, Bilmag‘on odamga bu nozik suxan lozim emas. Furqat asarlarida “so‘z” kalimasi o‘rnida baʼzan uning suxan, kalom, nukta singari sinonimlari ham faol ishlatiladi. Jumladan, ushbu baytdagi “suxan” so‘zi “nozik” sifat bilan birga qo‘llangan. “Sun” – lug‘atda yaratish, sanʼat demakdir. Kibriyo –Alloh taoloning sifati bo‘lib, ulug‘, buyuk maʼnolarini anglatadi. Shunga ko‘ra, ushbu baytda Furqat qusurli aql bilan buyuk Tangri taoloning yaratuvchanlik qudrati haqida so‘zlashdan tiyilish zarurligini, benihoya nazorat (ehtiyotkorlik) bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadigan bu nozik suxan bilmagan odamga lozim emasligini alohida taʼkidlaydi. “O‘tar-ketar” radifli g‘azalida shoir yaxshilar suhbatida bo‘lishni, yaxshi so‘zlar eshitmoqni tavsiya etadi. Yaxshiar suhbtin ko‘rmagan odamni ko‘rga, yaxshi so‘zlar eshitmaganni karga qiyoslaydi: Yaxshini suhbatin ko‘rub yaxshi suxan eshitki ul, Yaxshi ko‘rib eshitmayin ko‘r ila kar o‘tar-ketar. So‘zga taʼrif berar ekan, shoir: “suxan raʼnosi nazm libosi birla zebo ko‘rinur bo‘lg‘ay” degan fikrini go‘zal badiiy shaklda ifoda etadi. “Suxan raʼnosi” – istiora bilan ziynatlangan behad jozibali bu ibora Furqatgacha va undan keyingi biror ijodkor asarlarida kuzatilmaydi. Haqiqatan, shoir so‘zni go‘zal shaklda suvratlantira olgan yuksak salohiyat egasi, so‘z raʼnosining eng sodiq oshig‘idir. Nurboy Jabborov, “So‘z xiyoboni”. Ko‘mirga aylangan umr Xalq maqollari, matallarida bir hikmat bo‘ladiki, u hikmatli so‘z deb ataladi va asrlar osha og‘izdan og‘izga ko‘chadi. Gap ko‘p, ko‘mir oz, degan iborada men chuqur maʼno, tagdor fikr ko‘rmadim. Suhbat cho‘zilsa, sandalning cho‘g‘i sovub qolgani uchun shunday deydilarmi? Bu gapda na badiiyat, na hikmat bor. O‘ylashimcha, bu ibora aslida gap ko‘p-ku, umr oz bo‘lgan. Ku qo‘shimchasining keyingi so‘zga qo‘shilib ketishidan umr ko‘mirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi. Bu singari zamonlar osha tildan tilga o‘tib, so‘zlari, harflari o‘zgarib ketgan, asl maʼnosini yo‘qotgan maqol va matallar ko‘p. Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol –xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa tolqon qiladigan yigit degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun shu ibora qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam bo‘lmaydi. Soch bilan ko‘cha supurilmaydi, ko‘z yoshi bilan suv sepilmaydi. Lekin yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylanadi. Buni lutf deydilar. Zavqi yo‘q odam lutfni anglamaydi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” Millat hamiyatining muntazam himoyati Mamlakatimizda benihoya ko‘lamli islohotlarning naqd natijalari bois “Yangi O‘zbekiston” degan mag‘zi to‘q istiloh istifodasi urfga kirdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori yurtimizda mutlaqo tabiiy ravishda bosh g‘oya maqomiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining izchil va chinakam xalqchil siyosati tufayli inson qadri eng oliy qadriyatlardan biri sifatida eʼzozu eʼtibor, hifzu himoyat bag‘ridan muqim va mustahkam joy oldi. Shubhasizki, bu xalqimizning nelarni ko‘rmagan boshini ko‘kka yetkazdi. Zotan, o‘zbekning o‘lmas hikmat yombilari orasida “Qornimga emas, qadrimga yig‘layman” tarzidagi teran va dildagi adoqsiz og‘riq bilan aytilgan haqiqat ham bor. Inson bolasi, xususan, bizning ajdodlarimiz azaldan qorin qayg‘usi bilan emas, balki, avvalo, qadr qayg‘usi bilan umrguzaronlik qilgan. Shuning uchun ham ular hech kimdagidan kam bo‘lmagan qadr tuyg‘usi bilan ilm-fan, maʼrifat, madaniyat va maʼnaviyat bobida tengsiz durdonalarni yaratgan, o‘z nomlarini tarix sahifalariga muhrlagan. O‘zbek tilidagi qadr so‘zining asosiy maʼnosi lug‘atda shunday izohlangan: “jamiyatda, kishilar o‘rtasida tutgan o‘rin, o‘zga(lar) tomonidan bo‘lgan hurmat, eʼtibor”. Albatta, buni salomat saqlash hamiyat so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘zning asosiy maʼnosi izohli lug‘atda “or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi” tarzida tavsiflangan. Aytish mumkinki, qadr tuyg‘usi va hamiyat tirikligi bir-biri bilan tamoman uyqash, birisiz ikkinchisining mavjudligi nomumkin bo‘lgan tushunchalar o‘laroq insonning oliy va ardoqli sezgilari sirasiga kiradi. Albatta, til, xususan, ona tili ayni shu qadrning ham, hamiyatning ham hamisha zimnu zaminida yotadigan tushunchalardandir. Til saltanatining benazir sultoni ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin”, “Tilga eʼtiborsiz – elga ixtiyorsiz” kabi hikmatlarida odam bolasi uchun tilga ehtiromli munosabatning azaliy va abadiy ehtiyoji, insonlikning bosh belgisi til ekanligi, til va el hurmati tanosibining tarangligi go‘zal shamoyillarda ifoda topgan. Umuman, har qanday tilga, xususan, ona tiliga, biron-bir darajada bo‘lsin, nopisandlik yoki kamsitish bilan qarash inson va el qadriga hurmatsizlik, inson va xalq hamiyatiga daxl qilish tarzida anglanishi, kishilar ko‘nglini, yumshoqroq taʼbir bilan aytganda, og‘ritishi, tabiiyki, yaqin o‘tmishimizda biz buning guvohi bo‘lganmiz. Bugun yurtimizda xalq hamiyatining muntazam va iddaosiz himoyasi muddaosi bilan o‘zbek tilini davlat tili deb eʼlon qilgan qonunning imzolanganiga 33 yil bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlamoq joizki, davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori bilan, ayniqsa, so‘nggi besh-olti yil ichida mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida yangi bosqich boshlandi. 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va maxsus dastur qabul qilingan, kelgusidagi ishlar aniq-tiniq ko‘rsatib berilgan, shu asosda til ilmi tadqiqi, taʼlimi va targ‘ibiga daxldor tizimli hamda keng qamrovli ishlar jadal surʼatlarda amalga oshirildi va oshirilmoqda. Prezidentimizning o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida izchil harakat olib borilmoqda. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyat hamda sharoitlarning yaratilgani ham bor haqiqatdir. Yurtimizda qaror topgan benihoya oqil va odil til siyosati tufayli ko‘p millatli xalqimizning birligi, hamjihatligi yana-da mustahkamlanmoqda. O‘zbek tili bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz qatorida davlatimizning muqaddas hamda muhtasham ramzlaridan biri sifatida takomil va rivoj o‘zanidan bormoqda. Har yili 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida butun xalqimiz tomonidan cheksiz mamnuniyat bilan keng nishonlanmoqda, bu kun amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yangidan-yangi rejalarning tarhi chizilmoqda. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ko‘p gapirilgan. Shubhasizki, tilning paydo bo‘lishi, o‘zlashtirilishi va taraqqiyotiday murakkab jarayonlarni jamiyatdan ayro holda aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu murakkab jarayonda ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining, uy-xonadon degan birlikning hal qiluvchi omil ekanligidan iborat haqiqatni inson aqli hazm qilib ulgurguncha, ne-ne nasllar yugurik asrlar to‘zoni ichra abadga qo‘nim topgan. Eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab, turli-tuman tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, “Mo‘g‘ullar imperiyasining umumiy tarixi” (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o‘tkazilgan bir g‘aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug‘ shoh “Biron-bir tilga o‘rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy tili bo‘ladi”, degan g‘ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u, chindan ham, qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikkita emizikli bolani ajratib olib, Agradan olti mil uzoqlikdagi qalʼaga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qalʼa darvozasini ochish qatʼiyan taqiqlanadi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltirishni buyuradi va saroyga barcha tillarni biladigan donishmandlarni ham taklif etadi. Agrada yashaydigan bir yahudiy bolalar, chindan ham, yahudiycha gapirish yoki gapirmasliklariga hakamlik qilishi kerak edi. Agrada arablar va xaldey (somiylardan bo‘lgan qadimiy xalq)lar bisyor edi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit (qadimgi hind tili)cha bo‘lib chiqadi deb hisoblardi. Ammo bolalar shoh huzuriga keltirilganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi, chunki ular hech bir tilda gapirmas edi. Bechoralar o‘z enagalaridan fikrlarini faqat turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgangandi. Ular bu notanish, begona jamoadan qo‘rqib-hurkib turardi, ochilmay tugilgan bu tillarning tugunini yechmoq tamoman mushkul, ularga nutq tovushlarini ayttirmoq zamoni o‘tib bo‘lgan edi. Qilni qirq yorgan aksariyat dunyo tilshunoslarining taʼkidlashlaricha, nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki tilning ibtidodan paydo bo‘lishi ham muayyan jamoada birovning boshqasiga nimanidir aytish, nimagadir undash, o‘zining muayyan hissiy holatini bildirish kabi ehtiyoji mahsulidir. Qisqacha aytganda, jamoa-jamiyat bilan bog‘liqdir. Aytish joizki, tilning takomilu taraqqiyotini ham, uning shaxs maʼnaviy-madaniy tashakkuli va ajdodu avlodning zamonlar osha vorisiyligidagi qiyossiz o‘rnini ham jamiyatsiz anglash mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham jamiyat hamda xalq taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini, ularning milliy manfaatlarini taʼminlashday oliy maqsadni birlamchi burchi deb bilgan davlat o‘z hududida milliy tilni davlat tili maqomiga ko‘tarishi, uning tirikligi muhofazasi hamda har taraflama kamoloti uchun qayg‘urishi qonuniy va haqqoniy zaruriyatdir. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonida behad o‘rinli taʼkidlanganidek, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir”. Tilsiz milliy ruh degan bemisl teran va ulug‘vor tushunchaning mohiyati tamoman muallaqlashadi. O‘zbek pedagogikasining atoqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1917- yilda ikkinchi marta nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu haqiqatni mana bunday ifodalagan: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demakki, milliy ruh, milliy ong, milliy maʼnaviyat, milliy madaniyat kabi tushunchalarning tayanch ustuni, tirik tirgagi ona tilidir. Zabardast o‘zbek tilshunosi, akademik Alibek Rustamov bu holatni go‘zal va ohorli qiyos vositasida mana bunday tavsiflagan: “Tirik jonning hayoti uchun havo qanchalik zarur bo‘lsa, insonning inson sifatidagi turmushi va uning insonligini belgilovchi maʼnaviy tirikligi uchun so‘z (yaʼni til) shunchalik zarurdir”. Til nafaqat maʼnaviyat va madaniyatning, balki tafakkurning ham asosiy tayanchi, shuning uchun ham milliy tafakkur tushunchasi mavjud. Tabiiyki, insonning dunyoni bilishiday adoqsiz tadrijiy jarayonning qudratli harakatlantiruvchi kuchlarining boshida tafakkur turadi. Bu kuch taʼrifini ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiydan o‘tkazib hech kim aytolgan emas: “Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”. Shuni ham yodda tutish joizki, tafakkurni voqelantiradigan, unga faqat shamoyilgina emas, balki aniq o‘zan baxsh etadigan qudrat esa tildir. Til milliy tafakkur tarzini tayin etadi va mutlaqo tanosibiy bir intizomda tafakkur takomili tilning tadrijiy taraqqiyotini taʼminlaydi. Insoniyat kamolotida, uning tafakkuri, tasavvuri va taxayyuli parvozida tilning beqiyos omil ekanligi bugun eʼtirof etilgan haqiqatlardandir. Mashhur olmon allomasi V. Gumboldt va uning davomchilarining eʼtiroflaricha, til kishilar o‘rtasidagi shunchaki aloqa vositasigina emas, u millatning dunyoni ko‘rar ko‘zi, eshitar qulog‘i, anglar aqlidir. Har bir xalqning boshqalardan farqli milliy nigohi bor. Har bir til vakili muayyan tovushni boshqasidan farqli eshitadi, masalan, o‘zbek itning tovushini “vov-vov” deb, rus “gaf-gaf” deb va hokazo tarzda ifodalaydi. Idrok intizomidagi farqlarni ham sezmaslik mumkin emas, masalan, ruschadagi “ne dayot govorit” birikmasini o‘zbekchaga “gapirishga bermayapti” tarzida o‘girish ana shu ruschadagi idrok intizomini o‘zbekchaga noo‘rin ko‘chirish natijasidir, o‘zbekcha idrok intizomiga muvofiq “gapirishga qo‘ymayapti” tarzida bo‘lishi zarur. Til bu sinoatli olamni muntazam inkishof qilishning birlamchi qudratli qurolidir. Dunyo adabiyotining nomdor namoyandasi Chingiz Aytmatov “Avezov haqida so‘z” nomli maqolasida “Til xalqning avtoportretidir”, degan behad teran obrazli taʼrifni aytgan. “Avtoportret” so‘zining maʼnosi, maʼlumki, “rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlagan o‘z tasviri, portreti”dir. Chindan ham, masalan, o‘zbek tili o‘zbek xalqining siyratu suratini, tafakkur va taxayyul olamini, o‘tmishu bugunini boricha aks ettiradigan, muhimi, shu tilning o‘zi vositasida hamda “o‘z qo‘li” bilan “chizilgan” ham ichki, ham tashqi xolis qiyofasidir. Bu qiyofa xalqimizning ming yillik lisoniy-tarixiy taraqqiyoti jarayonlarida, betakror madaniy va aqliy, adabiy-badiiy durdonalarida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Bu qiyofa parvarishu muhofazaga, eʼzozu ehtiyotga, ko‘z qorachig‘idek asramoqqa, yana-da kamolot sari eltmoqqa shoyon muhtasham boylikdir. Dunyo til ilmida til va tafakkur munosabati borasida turli fikrlar bildirilgan, ulardan biriga ko‘ra, til tafakkurning shakllanishi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Bunday fikrni ilgari surganlardan biri amerikalik taniqli olim Benjamin Li Uorfdir. Uning nazariy qarashlarini tahlil qilgan Maks Blek “Til mustaqil mazmunning tashqi ifodasidir, til va mazmun o‘rtasidagi munosabat kiyimning o‘zi yopib turgan tanaga munosabatiga o‘xshaydi”, qabilidagi hukm aytilsa, bunga Uorfning mutlaqo qo‘shilmagan bo‘lishini taʼkidlaydi. Buning maʼnosi shuki, tilni Uorf hech qachon ikkilamchi, yaʼni tafakkur shakllanishidagi yordamchi vosita deb hisoblamagan. Ana shu jihatdan qaraganda, mutafakkirning quyidagi ikki mulohaza-hukmi ham alohida eʼtiborga molik: “Taʼkidlamoq kerakki, “hind-evropa tillarida gapiradigan barcha zamonaviy olimlar” va “barcha olimlar” tushunchalari bir-biri bilan teng emas. Zamonaviy xitoy yoki turk olimlarining dunyoni Yevropa olimlari kabi tavsiflashi faqat shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z tafakkur tizimlarini mustaqil holatda ishga solmaganlar, balki butun g‘arbcha tafakkur tizimini yaxlitligicha o‘zlashtirganlar”. “Aytish mumkinki, insoniyatni kelajakda bir tilda, xoh ingliz, xoh nemis yoki xoh rus tilida, gaplashishini tasavvur qiladiganlar insoniy tafakkur taraqqiyotiga ulkan zarar keltirishi aniq bo‘lgan holatni ideal sifatida qabul qilganlari uchun qattiq adashadi”. Olimning bu gaplaridagi ayovsiz haqiqatni unutmaslik lozim. Til tafakkurning shunchaki libosi, tashqi tomoni emas, balki tafakkurning tashakkulida bevosita ishtirok etadigan, uning o‘zanini tayin etadigan benazir unsurdir. Ana shuning uchun ham unutmaslik zarurki, ona tili darsliklarini faqat xorijiy til darsliklari qolipida yaratish, ona tilini o‘qitish jarayonlarini tamoman chet tili taʼlimi andozalariga solish maqsadga muvofiq emas. Ona tili taʼlimida raso milliy tafakkur va rost milliy maʼnaviyatning muntazam tarbiyasi ustuvor yo‘nalish bo‘lmog‘i kerak. “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda bu tilni rivojlantirish va uning sofligini saqlash masalalariga daxldor qoidalar belgilangan. Bugungi kunda o‘zbek tili rivojlangan tillardan biri sifatida hayotimizning barcha sohasida emin-erkin qo‘llanmoqda. O‘zbek tilining sofligini saqlashday ezgu maqsad bilan baʼzan u yoki bu o‘zlashgan (arab, fors, rus, yevropa tillaridan) so‘zni tildan chiqarish, uning o‘rniga boshqa so‘zni kiritish borasidagi yetarlicha o‘ylanmagan yoki ilmiy-mantiqiy asosi anchayin bo‘sh taklif-mulohazalar bildiriladi, o‘zbek tilidagi har qanday o‘zlashmaga g‘ashlik bilan qaraladi, har qanday o‘zlashmani eski turkiy tilga oid so‘z bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Holbuki, Yer yuzidagi 6909 ta tildan (YuNESKOning 2012-yildagi maʼlumoti) lug‘at boyligida o‘zlashmalar tamoman yo‘q bo‘lgan birorta til mavjud emas. Hatto eng yirik va rivojlangan deb hisoblangan tillarda o‘zlashmalar anchayin katta miqdorni tashkil etadi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan 1915-yilda aytilgan quyidagi fikrlarning nechog‘li asosli ekanligiga diqqat qiling: “. Ming yil avvalgi tilg‘a qaytmoq qonuni tabiatg‘a muxolifdur. Chunki moziyg‘a rujuʼ mumkin yo‘q. Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘qdur. Anglischani arabchadan so‘ngra eng boy til derlar. Ma fihi (shunga qaramasdan), o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini yozarlar. Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoye etmayluk”. Bugungi globallashgan XXI asrda esa bir-biri bilan muloqotda bo‘lmagan til yoki xalqning o‘zi yo‘q, tillararo so‘z olish-berish ancha faollashgan va bu odatiy hol tusini olib bo‘lgan. Tilimizga kirib, o‘zlashgan, lug‘atimiz tarkibidan joy olib ulgurgan har qanday chet so‘zga muqobil izlayverish, o‘rinli-o‘rinsiz uni almashtirish payidan bo‘laverish foydali yumush emas. Ko‘hna va donishmand Sharq odamlarida, xususan, bizning alloma bobolarimizda ko‘p tilni bilish benihoya moʻtabar fazilat hisoblangan va ana shu fazilat sohiblari bo‘lganliklari bois ham ular jahon ilm-fani hamda adabiyotida muhtasham va muhtaram o‘rinlarni egallagan. Hatto XIII asrda yashagan tarixchi Ibn Xallikonning ko‘rsatishicha, buyuk olim Abu Nasr Forobiy o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari yetmishdan ortiq tillarni bilgan. Bu haqdagi rivoyatlardan birida aytilishicha, bir kuni Damashq hokimi huzuridagi olimlar yig‘iniga Forobiy ham kelib qoladi. O‘z taxtida o‘tirgan hokim Sayfutdavla Forobiyni o‘tirishga taklif etadi. Forobiy: “O‘zimning martabamga qarab o‘tiraymi yoki sizning martabangizga qarab o‘tiraymi?” deb so‘raydi. Hokim: “O‘zingning martabangga qarab o‘tir”, deb javob beradi. Olim to‘ppa-to‘g‘ri hokimning taxti yoniga borib o‘tiradi. Bundan g‘azablangan hokim ko‘pchilikka nomaʼlum bo‘lgan bir tilda soqchisiga: “Bu odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun uni ketayotganida jazolanglar!” deydi. Shunda Forobiy: “Men hech qanday gunoh qilganim yo‘q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?” deb so‘raydi. Hayratga tushgan hokimning “Bu tilni xalq orasida hech kim bilmas edi, sen qayerdan o‘rgangansan?” degan savoliga Forobiy: “Men ko‘p tillarni o‘rganganman”, deb javob beradi. “Ikkinchi muallim”ni tanib qolgan hokim olimdan uzr so‘raydi. Yurtimizda ko‘p tilni bilish, ko‘p tilni o‘rganishga harakat qilish azaldan anʼana tusini olgan. Bu anʼananing mamlakatimizda bardavom bo‘lishini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb taʼkidlar ekan, XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan maʼrifatparvar Ishoqxon Ibratning quyidagi so‘zlarini eslatadi: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir”. Shubhasizki, odam har qancha ko‘p tilni bilmasin, uning tamomila va tom maʼnoda o‘ziniki bo‘lgan tili faqat bitta bo‘ladi, albatta, bu uning o‘z ona tilidir. Shuning uchun ham boshqa tillarni o‘rganishda ona tili orqali u tillar olamiga kirish aql va mantiqning yo‘rig‘idir. Ona tilidagi sobitlik — milliy tafakkur o‘zanini salomat saqlaydi. Yana shuni ham taʼkidlamoq joizki, xalqimizda “O‘z qadrini bilmagan o‘zganing qadrini bilmas” tarzidagi bikir bir hikmat bor, shu hikmat taʼbiri doirasida atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov o‘zining “So‘z latofati” nomli latif kitobida quyidagi haqqoniy gaplarni aytgan: “Biz o‘z ona tilimiz qadriga yetsak, arab tilining boyligi va mukammal qurilishini qadrlaymiz, fors tilining nafosati va go‘zalligidan bahra olamiz, ingliz, rus tillarining qudratini his qilamiz. Ularni chuqur o‘rgansak, raqobat to‘la bu olamda bamaylixotir qadam tashlaymiz”. Intihosiz iftixor bilan aytish joizki, o‘zbek tili bu kurrai zamindagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. Bu tilda bugun ellik millionga yaqin kishilar so‘zlashmoqda, bu tilning chin muhiblari soni ortib bormoqda. Ko‘plab turli xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini katta ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda. Mamlakatimizda millat va xalq hamiyatining muntazam himoyatini yelkalagan “Davlat tili haqida”gi Qonunimizga muvofiq tarzda shakllangan xolis til siyosati bois o‘zbek tili hamda boshqa tillar erkin rivoj va takomil yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining ozod va obod so‘zi bilan, bu so‘zga monand ko‘lamli faoliyati bilan o‘zligini dunyoga namoyish etayotir. Nizomiddin MAHMUDOV, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor.

Hech narsa topilmadi

Kechirasiz, sizning so`rovingiz bo`yicha hech narsa topilmadi. Boshqa so`z kiritib ko`ring.

Hamkorlarimiz

Teglar

Qidiruv..

Eng ko‘p o‘qilgan

  • Topishmoqlar – 274 848 marta ko‘rildi
  • Ona allasi (O‘zbek tilida yig‘ilgan allalar to‘plami) – 176 338 marta ko‘rildi
  • Alla bolajon (audio) – 83 966 marta ko‘rildi
  • Bo’g’irsoq – 74 069 marta ko‘rildi
  • Zumrad va Qimmat – 67 739 marta ko‘rildi
  • Qalam va sichqon – 57 047 marta ko‘rildi
  • Opa-singil daryolar – 46 131 marta ko‘rildi
  • Kitob – hammabop – 43 937 marta ko‘rildi
  • Quyonchaning uychasi – 43 068 marta ko‘rildi
  • Chol bilan sichqon – 42 806 marta ko‘rildi

So’ngi qo’shilgan ma’lumotlar

  • Savollarga javoblar 24.06.2021
  • Opa-singil daryolar 17.06.2021
  • Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi 16.06.2021
  • Cho‘pon yigitcha 14.10.2020
  • Qalam va sichqon 23.09.2020

E’LON

Reklama va hamkorlik uchun
+99893 597-00-77

Yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 1-sinf barcha fanlardan

2022-2023 o’quv yili uchun yillik ish reja. Ish rejalar RTM tomonidan berilgan dastur asosida yozilgan, hech qanday kamchiliklarsiz, uqtirish xati va kompitensiyalari kiritilgan to`liq variantda. Word formatida beriladi. Bemalol qo`shimcha va o’zgartirishlar kiritishingiz mumkin.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun yillik taqvim ish rejalar:

  • 1-sinf Ona tili va O’qish savodxonligi fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Matematika fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Tabiiy Fan (Science) fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Tarbiya fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Texnologiya fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Tasviriy San’at fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Yozuv (chiroyli yozuv) fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Alifbe fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 1-sinf Musiqa fanidan yillik ish reja 2022-2023

Mazkur sahifada Yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 1-sinf barcha fanlardan faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material DOCX formatda bo’lib, 5.5 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Ish reja va taqvimlar
Versiya: 4
Hajmi: 5.5 MB
Fayl turi: application/msword
Ko’rishlar: 3725 marotaba
Ko’chirishlar: 1061 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 20-08-2022
Yangilangan: 21-08-2022
Teglar: 2022-2023

Fayl hajmi: 5.5 MB

Sifat bizning ustunligimiz! yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 1-sinf barcha fanlardan faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek ish reja va taqvimlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

– bo’lim: Ona tilidan tanlovlar rejasini ishlab chiqish

Seminar mashg‘ulotlar multemidia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem. guruhda alohida o‘tiladi. Boshlang‘ich sinflarda so‘zning morfеmik tarkibini o‘rganish metodikasi, so‘z turkumlarini o‘qitish mеtodikasi, boshlang‘ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elеmеntlarini o‘rganish, ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish, nutq o‘stirish mеtodikasi, lug‘at ustida ishlash, o‘quvchilar nutqini o‘stirish tizimida sintaktik ishlar, bog‘lanishli nutq va uni o‘stirish vazifalari, boshlang‘ich sinf ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mavzularini yoritish va tahlil qilishda suhbat, “B|B|B” str., tuchuntirish, munozara, kichik guruhlarda ishlash, kuzatish va qiyosiy-tanqidiy tahlil metodlardan foydalaniladi.

Mustaqil ishini tashkil etishning shakli va mazmuni

Talabalarga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

-mustaqil ravishda darslik , o`quv qo`llanmalari va metodik qo`llanmalarda belgilab berilgan mavzularni o`rganish;

-tarqatma materiallar bo`yicha auditoriyada o`rganilgan ma’ruza qismlarini o`zlashtirish;

-axborot texnologiyalaridan foydalanib, nazorat tizimlari bilan ishlash;

-maxsus adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishlash;

– zamonaviy texnologiyalarni o`rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish usullarini o`rganish;

– muammoli o`qitish usullari;

Kurs ishini tashkil etish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.

Boshlang`ich ta’lim yo`nalishida kunduzgi va sirtdan o`qiydigan har bir talaba oxirgi kursda ona tili o`qitish metodikasidan yoki matematika o`qitish metodikasidan kurs ishi yozadi.

Kurs ishi yordamida talabalarning bilimi, ko`nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik tayyorgarligi, ilmiy-metodik fikrlashi, amalda ko`rgan va bilganlarini umumlashtirish ko`nikmalari sinab ko`riladi.

Kurs ishini bajarish jarayonida talaba:

1. Tanlagan kurs ishi mavzusi bilan bog`liq nazariy bilimlarini mustaqil ravishda puxta o`zlashtirib oladi.

2. Tilshunoslikka, psixologiyaga, pedagogikaga oid, xususan, metodikaga oid adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy tahlil qiladi va ularga munosabat bildiradi, adabiyot ro`yxatini tuzishga o`rganadi.

3. O`zining shaxsiy pedagogik tajribalariga asoslanadi. Ilg`or o`qituvchilar tajribalarini o`rganadi, ularni tajriba-sinovdan o`tkazishadi.

4. Mavzuni yoruvchiga, reja tuzishga, kichik tajriba o`tkazishishga, zarur didaktik materiallar va ko`rgazmali qurollar tanlash va tayyorlashga, tajriba natijalarini sistemaga solishga va shu asosda kerakli xulosalar chiqarishga o`rganadi.

Kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy ishga qatnashtirish vositalaridan biridir. U bitiruv malakaviy ishini bajarishga tayyorlov bosqichi bo`ladi. Kurs ishini bajarish vaqtida metodika sohasida ijodiy qobiliyatini namoyish qila olgan talaba kurs ishi mavzusi bo`yicha tadqiqot ishlarini davom ettirish va uni malakaviy bitiruv ishi darajasiga olib chiqishi mumkin.

Kurs ishi yozayotgan talaba oldiga quyidagi talablar qo`yiladi:

1. Mavzuni mukammal yoritish.

2. Mavzuga oid adabiyotlarni bilganligini ko`rsata olish; ilmiy-metodik manbalardan asosiy nazariy qoida-qonunlarni va amaliy tavsiyalarni bilib olganligini ifodalash.

3. Tanlangan mavzu bilan bog`langan eng muhim masalalarni ifodalash.

4. Kurs ishini bajarayotganda mustaqillikka amal qilish.

5. Maktab va o`qituvchilarning ilg`or tajribalarini umumlashtirish.

6. Materiallarni uslubiy va imlo jihatdan savodli bayon etish.

Kurs ishini bajarish uchun o`n oy vaqt ajratiladi.
Kurs ishlari mavzusi:

1. Savod o`rgatish va nutq o`stirishdan mavzular:

1. O`quvchilarni savod o`rgatishga tayyorlov («Alifbe» gacha bo`lgan davr) davrida nutq o`stirish

2. Savod o`rgatish tayyorlov davri yozuv darslarini tashkil etish

3.Savod o`rgatish tayyolov davrida o`yinlardan foydalanish

4. Alifbe davrida yozuv ko`nikmalari shakllantirish

5. Savod o`rgatish davridagi dars tiplari, ularning maqsadi, mazmuni va ko`rilishi.

6. Savod o`rgatish darslarida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.

7. «Alifbe» darslarida nutq tovushlarini tahlil va tarkib qilish priyomlarining qo`llanishi.

8.Savod o`rgatish darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.

9.Savod o`rgatish davri darslarini pedagogik texnologiyalardan foydalanish

10.Savod o`rgatish davrida sinfdan tashhari o`qish mashg`ulotlari.

Sinfda o`qish va sinfdan tashhari o`qish metodikasidan mavzular:

1. Sinfdan tashhari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish .

2. Sinfdan tashhari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

3. Sinfdan tashhari asosiy bosqich darslarini tashkil etish.

4. Sinfdan tashhari boshlang`ich bosqich darslarini tashkil etish

5. O`qish darslarida qaytahikoyalashturlaridan foydlanish.

6. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti

7. O`qish darslarida ertak o`tish uslubiyoti.

8. O`qish darslarida masal o`tish uslubiyoti

9. O`qish darslarida she’r o`tish uslubiyoti.

10. O`qish darslarida lirik she’r o`tish uslubiyoti.

Grammatika, imlo va nutq o`stirishdan mavzular:

1. Boshlang`ich sinflarda «So`z tarkibi» mavzusini o`rgatish metodikasi.

2. Boshlang`ich sinflarda «Ot» mavzusini o`rgatish metodikasi.

3. Boshlang`ich sinflarda «Sifat» mavzusini o`rgatish metodikasi.

4. Boshlang`ich sinflarda «Gap» mavzusini o`rgatish metodikasi.

5. Boshlang`ich sinflarda tinish belgilarini o`rgatish metodikasi.

6. Boshlang`ich sinflarda grammatik razborni o`tkazish metodikasi.

7. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini yozilishi qiyin so`zlarni

8.Boshlang`ich sinf grammatika, imlo va nutq o`stirish darslarida ko`rgazmali qurollardan foydalanish.

9. Boshlang`ich sinflarda bayon yozishga o`rgatish.

10. Boshlang`ich sinflarda insho yozishga o`rgatish.

11. Boshlang`ich sinflarda rasmga qarab insho yozish yo`llari.

12. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozma ishlarida yo`l qo`yadigan xatolari ustida ishlash.

13. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida texnika vositalaridan foydalanish.

14. Grammatika va imlo o`rgatish jarayonida muammoli ta’lim elementlaridan foydalanish.

15. Boshlang`ich sinf grammatika va imlo darslarida qiziqarli o`yinlardan foydalanish.

16. Oz komplektli maktab boshlang`ich sinflarida ona tilidan o`quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish.

  • joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan monitoring va ichki nazorat bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaNni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.

Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

Fan bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi, shundan: YaN – 30 ball, JN -52 ball va ON – 18 ball qilib taqsimlanadi.

Ball Baho Talabalarning bilim darajasi
86-100 A’lo Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish
71-85 Yaxshi Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish
55-70 Qoniqarli Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo’lish
0-54 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik

  • Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balldan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
  • Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

  • Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55 ball va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
  • Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
  • ON va YaN turlari kalendarь tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
  • JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
  • Talabaning semestrda JN va ON turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr davomida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
  • Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakulьtet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakulьtet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) nafardan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
  • Appelyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

Ona tili o’qitish metodikasi fani yuzasidan har bir semestrda 3 ta joriy, 1 ta oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkazish rejalashtirilgan.

amaliy Har bir mashg’ulotda topshiriqlardan iborat amaliy ish o’tkazish.

Topshiriqlar mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularni ham qamrab oladi

15-amaliy mashg’ulotdan keyin talabalar to’plagan ballari jamlanadi.

Seminar Seminar topshiriqlarini bajarib, yozma hisobot topshirish.

Savollar mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularni ham qamrab oladi

Jami 16 ball

3 ta savollardan iborat variant asosida yozma ish o’tkazish

har biri 10 balldan.

3 ta topshiriqdan iborat variant asosida amaliy ish o’tkazish

har biri 10 balldan.

Baholash mezonlari:

1-joriy nazorat uchun:

Amaliy mashg’ulotlarga qatnashib, uning topshiriqlarini to’la sifatli bajargan talabaga 1,1-1,2 ball beriladi. 15-amaliy mashg’ulotdan keyin to’plangan ballar jamlanadi. Jami ball – 18 ball

86-100 % – 16-18 ball

71-85 % – 13-15 ball

55-70 % – 10-12 ball

54 % kam – 0-9 ball

2-joriy nazorat uchun:

3-joriy nazorat uchun:

Seminar mashg’ulotlariga qatnashib, uning topshiriqlarini to’la sifatli bajargan talabaga 1,2-1,3 ball beriladi. Jami ball – 16 ball

86-100 % – 14-16 ball

71-85 % – 12-13 ball

55-70 % – 9-11 ball

54 % kam – 0-8 ball

1-oraliq nazorat uchun:

Oraliq baholash yozma tarzda o’tkazilib, 3 ta savolga javob berish so’raladi. Har bir savol 6 ballgacha baholanadi, jami 18 ball:

  • agar savol mohiyati to’la ochilgan bo’lsa, javoblari to’liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo’lsa- 16-18 ball;
  • savolning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to’g’ri bayon etilgan bo’lsa- 13-15 ball;
  • savolga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari bo’lsa 10-12 ball;
  • savolga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to’liq yoritilmagan bo’lsa – 9 balldan kam ball beriladi.

71-85 % – 13-15 ball

55-70 % – 10-12 ball

54 % kam – 0-9 ball

Yakuniy nazorat uchun:

Yakuniy baholashda talaba berilgan 3 ta savollarga javob berishi lozim. Berilgan savollarning har biri 10 ballik tizimida baholanadi.

  • agar savol mohiyati to`la ochilgan bo`lib, mavzu bo`yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo`lsa – 9-10 ball;
  • savol mohiyati to`la ochilgan, asosiy faktlar to`g`ri bayon qilgan bo`lsa – 7-8 ball;
  • savolga to`g`ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo`lsa – 6 ball;
  • berilgan savolda javoblar umumiy va kamchiliklar ko`proq bo`lsa – 3 va undan kam ball beriladi.

71-85 % – 22-25 ball

55-70 % – 16-21 ball

54 % kam – 0-15 ball

VI-semestrda

*Eslatma: Talabaning umumiy bali hisoblanganda yaxlitlab olinadi.
O’zlashtirish ko’rsatgichi:
86-100 ball – “a’lo”
71-85 ball – “yaxshi”
55-70 ball – “qoniqarli”

Foydalaniladigan asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati

Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar.

1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. – 163 b.

2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.

3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,

  1. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.
  2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.
  3. Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.
  4. Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –“O‘zbekiston” -2017.104 B.
  5. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni
  6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –T.: O’zbekiston, 2014-46 b.
  7. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010.- 42-46 b.
  8. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. – 46-68 b.
  9. Abdullayeva Q.va boshq. 0‘qish kitobi (2-sinf uchun darslik).T.:O‘qituvchi, 2010.-192 b.
  10. Abdullayeva Q. va boshq. 2-sinfda o‘qish darslari. -T.: 0‘qituvchi, 2009. 266 b.
  11. Matchonov S. va boshq. O‘qish kitobi (4-sinf uchun darslik). T.: Yangiyo‘l poligraf servis, 2009. – 266 b.
  12. Umarova M.,Sh.Hakimova.O‘qish kitobi(3-sinf uchun darslik).-T.:Cho’lpon, 2008, 240b.
  13. Umarova M, Sh.Hakimova. O’qish darslari (3-sinf uchun). T.: Cho’lpon, 2008. 126 b.
  14. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari. T.: O’qituvchi, 2003.
  15. Qosimova Q. “2-sinflarda ona tili darslari”, T. “O’qituvchi”, 1998 yil.
  16. G’afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O’qish kitobi (1-sinf uchun darslik). T.: Sharq, 2009. – 127 b.
  17. G’afforova T., G’ulomova X. 1-sinfda o’qish darslari. -T.: Sharq, 2003. – 126 b.
  18. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). – T.:Cho‘lpon, 2013.-127 b.
  19. Fuzailov S., udoyberganova M.Ona tili(3-sinf uchun darslik).-T.:O’qituvchi,2013,143-b.
  20. Ikromova R., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik).-T.: O’qituvchi, 2013, – 190 b.

4. www.edu
Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti Sh. Yoqubov tomonidan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuasiga
TAQRIZ

Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan va texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.

Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda axborot texnologiyalarning joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bu esa, o’qituvchilarning o’z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etadi. O’quv jarayonida axborot texnologiyalarning joriy etilishi o’qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o’qituvchining vazifalari va rolini o’zgartiradi.

Ushbu o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlarining 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning ish dasturi, ma’ruza mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi va amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi, mustaqil ta’lim uchun referat mavzulari, oraliq, yakuniy va test savollari jamlangan.

O’qituvchi tomonidan fannining shaxsga yunaltirilgan va rivojlantiruvchi ta’limga asoslangan o’qitish tеxnologiyasi ishlab chiqilgan. Fanni o’qitish tеxnologiyasi ta’lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish, o’tkazish, bilim va ko’nikmalarni baholash jarayonini o’z ichiga oladi. Har bir mashg’ulot uchun tеxnologik xaritalari ishlab chiqilgan. Tеxnologik xaritani loyihalash pеdagogik mahorat cho’qqisi hisoblanadi, chunki mashg’ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni tеxnologik xaritada kеtma-kеtlik qoidasi asosida tasvirlanadi.

O’quv-uslubiy majmuada talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning shakli, mazmuni va qabul qilish tartibi ko’rsatilgan. “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan o’quv-uslubiy majmuadagi mavzular bo’yicha ishlab chiqilgan ishlanmalar Davlat ta’lim standartiga, fanning ish dasturiga to’la mos keladi.

O’qituvchi Sh.Yoqubov tomonidan 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishining III-kurslari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan o’quv-uslubiy majmuasi qo’yilgan talablarga to’la mos keladi va ta’lim tizimida talabalarni o’qitishda qo’llash o’z samaradorligini beradi.

Boshlang’ich ta’lim

kafеdrasi dotsenti: R.Mustafoqulov

Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti Sh. Yoqubov tomonidan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuasiga
T A Q R I Z

Zamonaviy o’qituvchi – kеlajak bunyodkori, yangi pеdagogik tеxnologiyalari, nazariyalar, konsеpsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisidir. Zamonaviy o’qituvchi tomonidan o’quv jarayonining tashkil etilishi jarayonida dars mazmunidagi asosiy ma’lumotlar va o’quv matеriali shunday taqdim etilishi kеrakki, u talabaning vizual idrok qilish qobiliyatini osonlashtirsin.

Zеro o’qituvchi – ta’lim islohatining bosh ijrochisidir. Bunda har bir talabani qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot to’plamini o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o’qituvchiga o’qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot tеxnologiyalari, jumladan kompyutеrlardan foydalanish yordam bеradi. Darsda kompyutеrdan foydalanish o’qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir talabaga individual yondashish imkonini bеradi.

Uquv-uslubiy majmuada talabalarning o’zlashtirish imkoniyatlari va psixologik xususiyatlarini inobatga olib kichik guruhlarda va individual ishlash uchun muayyan mavzuga oid bir biriga bog’liq bo’lgan masalalar, topshiriqlar, muammoli vaziyatlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarish uchun aniq ko’rsatmalar va tavsiyalar bеrilgan.

Guruhlarda ishlashda talabalarning muloqatga kirishish, o’z fikrini aytish, boshqalar fikrini bulmasdan eshitish, faol ishtirok etish huquqiga ega bo’lish bir-birlarining turli nuqtayi-nazarlarini qadrlash kabi tarbiyaviy xususiyatlar va kunikmalar shakllantirishga karatilgan.

Fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni baholash uchun savol va tеstlar, topshiriqlar va mashqlar, loyihalar, yozma ishlar bеrilgan.

Nazorat savollari va tеstlar talabalarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Yozma savollar va topshiriqlar o’qituvchi tomonidan ta’lim oluvchiga yozma tarzda javob olishga mo’ljallab ishlab chiqilgan.

O’qituvchi Sh.Yoqubov tomonidan 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun ishlab chiqilgan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan o’quv-uslubiy majmuasi qo’yilgan talablarga to’la mos keladi va ta’lim tizimida talabalarni o’qitishda qo’llash o’z samaradorligini beradi.

Boshlang’ich ta’lim

kafedrasi o’qituvchisi: I.Shoymardonov

Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti

Boshlang’ich ta’lim kafedrasining 1-son bayonnomasidan

“_____” avgust 2019 yil Termiz shahri

Qatnashdilar: Kafedraning barcha a’zolari.
KUN TARTIBI:

Har xil masalalar.

1. Boshlang’ich ta’lim kafedrasida o’tiladigan fanlar bo’yicha o’quv–uslubiy majmuaning tayyorligi haqida.

ESHITILDI: p.f.n.X.Norbo’tayev – 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun dots. Sh.Yoqubov tomonidan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv–uslubiy majmua tuzilishi, uning mazmuni bilan kafedraning barcha professor-o’qituvchilarini tanishtirdi va muhokamaga qo’ydi.

SO’ZGA CHIQDILAR: kafedra professor-o’qituvchilaridan I.Shoymardonov, N.Berdiyevalar tayyorlangan o’quv–uslubiy majmua mazmuni bilan tanishib chiqqanliklarini, majmua Davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuzilganligi, barcha mezonlari belgilangan talablarga mos kelishini, ta’lim texnologiyalari asosida tayyorlanganligini ta’kidladilar va tasdiqlashga tavsiya etdilar.

Shundan so’ng kafedra mudiri, p.f.n.X.Norbo’tayev so’zga chiqib, dots. Sh.Yoqubov tomonidan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv–uslubiy majmuani ko’rib chiqishni fakul’tet o’quv-uslubiy kengashidan so’rash taklifini kiritdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Q A R O R Q I L I N D I :

1. 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua tayyorlanganlik darajasi yuqori va barcha talablarga javob beradi.

2. 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuani tasdiqlash fakul’tet uslubiy kengashidan so’ralsin.

Majlis raisi: p.f.n.Norbo’tayev X.
Kotib: o’qit. Choriyev Sh.

Termiz davlat universiteti

Pedagogika fakulteti kengashining

1-son bayonnomasidan

KO’CHIRMA
______” avgust 2019 yil Termiz shahri
Qatnashdilar: Rais – M.Mirzayev,

a’zolari: fakultet professor-o’qituvchilari.
KUN TARTIBI:
O’quv – uslubiy majmuani tasdiqlash.
ESHITILDI: M.Mirzayev – 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun dotsent Sh.Yoqubov tomonidan “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv–uslubiy majmua tuzilishi, uning mazmuni bilan fakultet kengash a’zolarini tanishtirdi. Ushbu o’quv-uslubiy majmuani tayyorlash va elektron versiyasini yaratish bo’yicha kafedralardan vakillar tayinlanganligini kengash a’zolariga ma’lum qildi.
SO’ZGA CHIQDILAR: fakultet kengash a’zolaridan X.Norbo’tayev, A.Raxmatullayevlar tayyorlangan o’quv–uslubiy majmua mazmuni bilan tanishib chiqqanliklarini, uni tasdiqlash mumkinligi haqida o’z fikrlarini bildirdilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Q A R O R Q I L I N D I :

1. 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua tayyorlangan va tugatilgan deb topilsin.

2. 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuani tasdiqlab berish universitet o’quv-uslubiy kengashidan so’ralsin.

Fakultet kengashi raisi: M.Mirzayev
Kotiba : L.Muxtorova

Ona tili reja

TIL SABOG‘I Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Sh. MIRZIYOYEV Ona tili – o‘zlik timsoli O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. O‘z tiling o‘z vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk. Bir tomchi shabnamdek moʻjaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor! El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz. Yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik maʼnolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan odam, xalqlar o‘rtasida mehr rishtasini bog‘lovchi, do‘stlik ko‘prigini quruvchi hamdir. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko‘p. So‘zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p! Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi! Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi, Mehru shamsu xurshidi gardun chiqdi. Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k. Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana-da uzayadi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan. “Chaq” so‘zining paydo bo‘lishi Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan noandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib, o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham chaq, deb buyurgan. Bora-bora toshdan o‘t chiqarib, uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik, chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi. Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganning oyog‘i barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa. Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa bo‘ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi chaqaloq bo‘ldi. Taraqqiyot insonga aql-zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni qo‘yib, gap chaqishga o‘tdi. Toshdan uchqun chiqargan bo‘lsa, gapdan o‘t chiqardi. Gap chaqib o‘z qardoshining uyini kuydirdi. Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi Uni chaqimchi, chaqmachaqar dedilar. Chaqimchining nishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari, ilonu chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir. . Odam bolasining bir ojizligi bor. Birov haqida ortdan yomon so‘z aytish gunoh ekanini biladi-yu, o‘rgangan odatini yo‘qotolmaydi. Birovni sirtdan qoralab rohat qiladi. Suhbatning shirini g‘iybat, deydilar hazil qilib. Lekin bu gapda hazildan chin ko‘proq. G‘iybat ham chaquv, birovni birovga emas, birovni hammaga chaquv demakdir. Biz bunday shirin suhbatning nomini chaqchaqlashuv deymiz. Basharti tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, chaq to‘g‘risida chaqchaqlashdik. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z musavviri “Men o‘zbek shoiriman, o‘z xalqimning tiliman”, deb yozgan G‘afur G‘ulom bu gapda faxr-g‘ururdan tashqari, uning zamirida juda katta yuk borligini ham nozik fahm etgan. O‘z xalqining tilini butun nafosatu ifori bilan bilishda XX asr o‘zbek adabiyotida u benazir edi deyilsa, mubolag‘a emas. Xalq tili va mumtoz adabiyotimizga xos ko‘plab hamma ham bilavermaydigan so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, shunday qo‘llash oqbatida badiiy matn, poetik manzara va ifoda yaratish akademik shoir sheʼriyatining xos belgilaridan bo‘lsa, ajabmas. Shoir va adib qo‘llagan so‘zlar; u xoh biror bir sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar, u xoh biror tor sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar asosida yasalgan yangi so‘z, neologizmlar bo‘ladimi, hamisha badiiy niyatga xizmat qiladi. Mana, alloma vafotidan keyin chop etilgan to‘rtlik: “Dunyo qo‘ling kiridir”, deganlari rost axir, Qo‘lom, to‘pol qoladi zargarning ko‘rasida, Millionerdan so‘rasang maydasi yo‘q bir paqir, Brilliant – ko‘mir demak atom gilbo‘tasida. . adibning tilga, so‘zga munosabati haqida gapirar ekanmiz, avvalo, tildan qanday foydalanadi, bunda asosiy narsa, so‘z orqali badiiy matn yarata oladimi, ishlatgan har bir so‘zi o‘z o‘rniga tushib, o‘zidan kattarib, jilolanadimi, kitobxon qalbi shuuriga nur olib kira oladimi? Ushbu savollar juda muhim va ularga javob ijobiy bo‘lgan taqdirdagina shu adibni mohir so‘z ustasi, so‘z sanʼatkori deya olamiz. G‘afur G‘ulom so‘z sanʼatkori edi. Suvon Meli, “So‘z xiyoboni”. Qodiriy so‘zining qadri Mumtoz adabiyotshunoslikda kam so‘z bilan ko‘p maʼnolar bayon etish sanʼatiga “iyjoz” deyiladi. So‘zning iyjoz maqomi Abdulla Qodiriy nasriy poetikasiga, qahramonlari nutqiga ham xos. . Shokirbekning Otabekka evrilish sahnasi ostonasida Usta Alim: “. yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik”, deb someʼlikka hozirlanadi. Bunday nutqda “sen” – “men”, “uzun” – “qisqa”, “yaxshi” bilan “yomon”, “janoza” bilan “hikoya” so‘zlari zidlashadi. Yusufbek hoji bir yig‘ilishda: “Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar taʼsirida qoraydi”, degan gaplari semantikasi qarshilidir. Yusufbek hojining o‘z nafsiga nazari, malomati va eʼtirofidagi soqolining oqarishi yoki ko‘ngilning qorayishi tasavvurni toza bir inson umrining yo‘llari tomon yo‘llaydi. Aslida, vaziyat, xarakterning kontrasti-qiyosli tasvirni romanning dastlabki sahifalarida, yaʼni karvonsaroyda Otabek tushgan hujra yoki Otabek bilan Homid xarakteri bayonidayoq ko‘rinadi. Adib bu badiiy sanʼatdan romanda juda ko‘p va o‘rinli foydalanadi. . Abdulla Qodiriy o‘zining betakror badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotining boyligini isbot etadi; o‘rni kelganda, sheva so‘zlaridan unumli foydalanadi. Adib xalq tilida qo‘llanadigan “chip” so‘zi uchun “g‘ov, barrikada” maʼnosida, boshqa bir sahifadagi dialogda kelgan “eshik” so‘zini “Farg‘onada hovlini eshik deydilar” deb izohlaydi. Homid Jannat opaga “. guzardan chiqib bir chora et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz” deydi. Yozuvchi “bir chorak”ni “uch yarim-to‘rt qadoq chamasi toshdir” deb izohlaydi. Bugungi o‘quvchi uchun bir qadoqning 409,512 grammga teng og‘irlik o‘lchov birligi ekanini eslatishga zarurat bor. Abdulla Qodiriy ijod ahlining o‘z ona tili va qo‘shni millatlar tilini bilish xususida: “ Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat. Shundagina tili boyiydi, asari jonlanadi” deb yozadi. Bahodir Karimov, “So‘z xiyoboni” . So‘z nima? Tilda yuz minglab so‘z bo‘lsa ham, ularning moddiy asosini bir necha o‘nlab tovushlar tashkil qilishi haqida fikr yurita turib, muqtadir olim Alibek Rustamiy shunday yozadi: «…o‘zbek adabiy tilida 31 tovush bor. Shevadagilarni qo‘shsak, 40 dan oshmaydi. Shu qadar ozgina tovushdan milliondan ortiq so‘z yasalgan». To‘g‘ri taʼkidlanganidek, gap so‘zning soni yoki sifatida emas, balki ularni bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay olishdadir. Demak, so‘z – neʼmat, so‘z – rag‘bat, so‘z – tashviq, so‘z – daʼvat, so‘z – davlat, so‘z – savlat, so‘z – hikmat, so‘z – himmat, so‘z – hurmat, so‘z – rahmat, so‘z – zahmat, so‘z – fazilat, so‘z – illat, so‘z – tuzuvchi, so‘z – buzuvchi, so‘z – ilm, so‘z – tilsim, so‘z – bilim, so‘z – zulm, so‘z – saboq, so‘z – tayoq, so‘z – havas, so‘z – hasad, so‘z – g‘urbat, so‘z – g‘iybat, so‘z – do‘st, so‘z – dushman, so‘z – sharofat, so‘z – ofat, so‘z – olqish, so‘z – qarg‘ish, so‘z – mehr, so‘z – qahr … xullas, so‘z – hamma narsa. Faqat uni qachon, qayerda, qanday qilib qo‘llash so‘zlovchiga bog‘liq. Bu esa so‘zlovchining ongu shuuriga, aqlu idrokiga, fahmu farosatiga daxldordir. Rahimboy Jumaniyozov, “Muomala madaniyati”. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan Maʼnodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan; ko‘pgina ish qurollarimiz: jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi. Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy tengri so‘zlarimiz bor. Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz. Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot – uchovi ham o‘zimizniki. Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos boy va rangin. Erkin Vohidov “So‘z latofati”. Furqat – so‘z raʼnosining oshig‘i . So‘z qadrini bilgan, uning insoniyat uchun nechog‘liq ulug‘ neʼmat ekanini chuqur his etgan Furqat so‘zlamoqda andisha bo‘lmog‘i zarurligiga alohida diqqat qaratadi. Shoirning fikricha, har bir odam o‘zi bilgan, maʼnosini teran uqqan holda so‘zlamog‘i maʼqul. Mashrab g‘azaliga tazmin sifatida yozilgan “Lozim emas” radifli g‘azaldan olingan quyidagi bayt shu haqda: Qosir aqling birla sunʼi Kibriyodin urma dam, Bilmag‘on odamga bu nozik suxan lozim emas. Furqat asarlarida “so‘z” kalimasi o‘rnida baʼzan uning suxan, kalom, nukta singari sinonimlari ham faol ishlatiladi. Jumladan, ushbu baytdagi “suxan” so‘zi “nozik” sifat bilan birga qo‘llangan. “Sun” – lug‘atda yaratish, sanʼat demakdir. Kibriyo –Alloh taoloning sifati bo‘lib, ulug‘, buyuk maʼnolarini anglatadi. Shunga ko‘ra, ushbu baytda Furqat qusurli aql bilan buyuk Tangri taoloning yaratuvchanlik qudrati haqida so‘zlashdan tiyilish zarurligini, benihoya nazorat (ehtiyotkorlik) bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadigan bu nozik suxan bilmagan odamga lozim emasligini alohida taʼkidlaydi. “O‘tar-ketar” radifli g‘azalida shoir yaxshilar suhbatida bo‘lishni, yaxshi so‘zlar eshitmoqni tavsiya etadi. Yaxshiar suhbtin ko‘rmagan odamni ko‘rga, yaxshi so‘zlar eshitmaganni karga qiyoslaydi: Yaxshini suhbatin ko‘rub yaxshi suxan eshitki ul, Yaxshi ko‘rib eshitmayin ko‘r ila kar o‘tar-ketar. So‘zga taʼrif berar ekan, shoir: “suxan raʼnosi nazm libosi birla zebo ko‘rinur bo‘lg‘ay” degan fikrini go‘zal badiiy shaklda ifoda etadi. “Suxan raʼnosi” – istiora bilan ziynatlangan behad jozibali bu ibora Furqatgacha va undan keyingi biror ijodkor asarlarida kuzatilmaydi. Haqiqatan, shoir so‘zni go‘zal shaklda suvratlantira olgan yuksak salohiyat egasi, so‘z raʼnosining eng sodiq oshig‘idir. Nurboy Jabborov, “So‘z xiyoboni”. Ko‘mirga aylangan umr Xalq maqollari, matallarida bir hikmat bo‘ladiki, u hikmatli so‘z deb ataladi va asrlar osha og‘izdan og‘izga ko‘chadi. Gap ko‘p, ko‘mir oz, degan iborada men chuqur maʼno, tagdor fikr ko‘rmadim. Suhbat cho‘zilsa, sandalning cho‘g‘i sovub qolgani uchun shunday deydilarmi? Bu gapda na badiiyat, na hikmat bor. O‘ylashimcha, bu ibora aslida gap ko‘p-ku, umr oz bo‘lgan. Ku qo‘shimchasining keyingi so‘zga qo‘shilib ketishidan umr ko‘mirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi. Bu singari zamonlar osha tildan tilga o‘tib, so‘zlari, harflari o‘zgarib ketgan, asl maʼnosini yo‘qotgan maqol va matallar ko‘p. Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol –xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa tolqon qiladigan yigit degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun shu ibora qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam bo‘lmaydi. Soch bilan ko‘cha supurilmaydi, ko‘z yoshi bilan suv sepilmaydi. Lekin yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylanadi. Buni lutf deydilar. Zavqi yo‘q odam lutfni anglamaydi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” Millat hamiyatining muntazam himoyati Mamlakatimizda benihoya ko‘lamli islohotlarning naqd natijalari bois “Yangi O‘zbekiston” degan mag‘zi to‘q istiloh istifodasi urfga kirdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori yurtimizda mutlaqo tabiiy ravishda bosh g‘oya maqomiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining izchil va chinakam xalqchil siyosati tufayli inson qadri eng oliy qadriyatlardan biri sifatida eʼzozu eʼtibor, hifzu himoyat bag‘ridan muqim va mustahkam joy oldi. Shubhasizki, bu xalqimizning nelarni ko‘rmagan boshini ko‘kka yetkazdi. Zotan, o‘zbekning o‘lmas hikmat yombilari orasida “Qornimga emas, qadrimga yig‘layman” tarzidagi teran va dildagi adoqsiz og‘riq bilan aytilgan haqiqat ham bor. Inson bolasi, xususan, bizning ajdodlarimiz azaldan qorin qayg‘usi bilan emas, balki, avvalo, qadr qayg‘usi bilan umrguzaronlik qilgan. Shuning uchun ham ular hech kimdagidan kam bo‘lmagan qadr tuyg‘usi bilan ilm-fan, maʼrifat, madaniyat va maʼnaviyat bobida tengsiz durdonalarni yaratgan, o‘z nomlarini tarix sahifalariga muhrlagan. O‘zbek tilidagi qadr so‘zining asosiy maʼnosi lug‘atda shunday izohlangan: “jamiyatda, kishilar o‘rtasida tutgan o‘rin, o‘zga(lar) tomonidan bo‘lgan hurmat, eʼtibor”. Albatta, buni salomat saqlash hamiyat so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘zning asosiy maʼnosi izohli lug‘atda “or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi” tarzida tavsiflangan. Aytish mumkinki, qadr tuyg‘usi va hamiyat tirikligi bir-biri bilan tamoman uyqash, birisiz ikkinchisining mavjudligi nomumkin bo‘lgan tushunchalar o‘laroq insonning oliy va ardoqli sezgilari sirasiga kiradi. Albatta, til, xususan, ona tili ayni shu qadrning ham, hamiyatning ham hamisha zimnu zaminida yotadigan tushunchalardandir. Til saltanatining benazir sultoni ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin”, “Tilga eʼtiborsiz – elga ixtiyorsiz” kabi hikmatlarida odam bolasi uchun tilga ehtiromli munosabatning azaliy va abadiy ehtiyoji, insonlikning bosh belgisi til ekanligi, til va el hurmati tanosibining tarangligi go‘zal shamoyillarda ifoda topgan. Umuman, har qanday tilga, xususan, ona tiliga, biron-bir darajada bo‘lsin, nopisandlik yoki kamsitish bilan qarash inson va el qadriga hurmatsizlik, inson va xalq hamiyatiga daxl qilish tarzida anglanishi, kishilar ko‘nglini, yumshoqroq taʼbir bilan aytganda, og‘ritishi, tabiiyki, yaqin o‘tmishimizda biz buning guvohi bo‘lganmiz. Bugun yurtimizda xalq hamiyatining muntazam va iddaosiz himoyasi muddaosi bilan o‘zbek tilini davlat tili deb eʼlon qilgan qonunning imzolanganiga 33 yil bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlamoq joizki, davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori bilan, ayniqsa, so‘nggi besh-olti yil ichida mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida yangi bosqich boshlandi. 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va maxsus dastur qabul qilingan, kelgusidagi ishlar aniq-tiniq ko‘rsatib berilgan, shu asosda til ilmi tadqiqi, taʼlimi va targ‘ibiga daxldor tizimli hamda keng qamrovli ishlar jadal surʼatlarda amalga oshirildi va oshirilmoqda. Prezidentimizning o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida izchil harakat olib borilmoqda. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyat hamda sharoitlarning yaratilgani ham bor haqiqatdir. Yurtimizda qaror topgan benihoya oqil va odil til siyosati tufayli ko‘p millatli xalqimizning birligi, hamjihatligi yana-da mustahkamlanmoqda. O‘zbek tili bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz qatorida davlatimizning muqaddas hamda muhtasham ramzlaridan biri sifatida takomil va rivoj o‘zanidan bormoqda. Har yili 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida butun xalqimiz tomonidan cheksiz mamnuniyat bilan keng nishonlanmoqda, bu kun amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yangidan-yangi rejalarning tarhi chizilmoqda. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ko‘p gapirilgan. Shubhasizki, tilning paydo bo‘lishi, o‘zlashtirilishi va taraqqiyotiday murakkab jarayonlarni jamiyatdan ayro holda aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu murakkab jarayonda ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining, uy-xonadon degan birlikning hal qiluvchi omil ekanligidan iborat haqiqatni inson aqli hazm qilib ulgurguncha, ne-ne nasllar yugurik asrlar to‘zoni ichra abadga qo‘nim topgan. Eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab, turli-tuman tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, “Mo‘g‘ullar imperiyasining umumiy tarixi” (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o‘tkazilgan bir g‘aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug‘ shoh “Biron-bir tilga o‘rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy tili bo‘ladi”, degan g‘ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u, chindan ham, qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikkita emizikli bolani ajratib olib, Agradan olti mil uzoqlikdagi qalʼaga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qalʼa darvozasini ochish qatʼiyan taqiqlanadi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltirishni buyuradi va saroyga barcha tillarni biladigan donishmandlarni ham taklif etadi. Agrada yashaydigan bir yahudiy bolalar, chindan ham, yahudiycha gapirish yoki gapirmasliklariga hakamlik qilishi kerak edi. Agrada arablar va xaldey (somiylardan bo‘lgan qadimiy xalq)lar bisyor edi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit (qadimgi hind tili)cha bo‘lib chiqadi deb hisoblardi. Ammo bolalar shoh huzuriga keltirilganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi, chunki ular hech bir tilda gapirmas edi. Bechoralar o‘z enagalaridan fikrlarini faqat turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgangandi. Ular bu notanish, begona jamoadan qo‘rqib-hurkib turardi, ochilmay tugilgan bu tillarning tugunini yechmoq tamoman mushkul, ularga nutq tovushlarini ayttirmoq zamoni o‘tib bo‘lgan edi. Qilni qirq yorgan aksariyat dunyo tilshunoslarining taʼkidlashlaricha, nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki tilning ibtidodan paydo bo‘lishi ham muayyan jamoada birovning boshqasiga nimanidir aytish, nimagadir undash, o‘zining muayyan hissiy holatini bildirish kabi ehtiyoji mahsulidir. Qisqacha aytganda, jamoa-jamiyat bilan bog‘liqdir. Aytish joizki, tilning takomilu taraqqiyotini ham, uning shaxs maʼnaviy-madaniy tashakkuli va ajdodu avlodning zamonlar osha vorisiyligidagi qiyossiz o‘rnini ham jamiyatsiz anglash mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham jamiyat hamda xalq taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini, ularning milliy manfaatlarini taʼminlashday oliy maqsadni birlamchi burchi deb bilgan davlat o‘z hududida milliy tilni davlat tili maqomiga ko‘tarishi, uning tirikligi muhofazasi hamda har taraflama kamoloti uchun qayg‘urishi qonuniy va haqqoniy zaruriyatdir. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonida behad o‘rinli taʼkidlanganidek, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir”. Tilsiz milliy ruh degan bemisl teran va ulug‘vor tushunchaning mohiyati tamoman muallaqlashadi. O‘zbek pedagogikasining atoqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1917- yilda ikkinchi marta nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu haqiqatni mana bunday ifodalagan: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demakki, milliy ruh, milliy ong, milliy maʼnaviyat, milliy madaniyat kabi tushunchalarning tayanch ustuni, tirik tirgagi ona tilidir. Zabardast o‘zbek tilshunosi, akademik Alibek Rustamov bu holatni go‘zal va ohorli qiyos vositasida mana bunday tavsiflagan: “Tirik jonning hayoti uchun havo qanchalik zarur bo‘lsa, insonning inson sifatidagi turmushi va uning insonligini belgilovchi maʼnaviy tirikligi uchun so‘z (yaʼni til) shunchalik zarurdir”. Til nafaqat maʼnaviyat va madaniyatning, balki tafakkurning ham asosiy tayanchi, shuning uchun ham milliy tafakkur tushunchasi mavjud. Tabiiyki, insonning dunyoni bilishiday adoqsiz tadrijiy jarayonning qudratli harakatlantiruvchi kuchlarining boshida tafakkur turadi. Bu kuch taʼrifini ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiydan o‘tkazib hech kim aytolgan emas: “Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”. Shuni ham yodda tutish joizki, tafakkurni voqelantiradigan, unga faqat shamoyilgina emas, balki aniq o‘zan baxsh etadigan qudrat esa tildir. Til milliy tafakkur tarzini tayin etadi va mutlaqo tanosibiy bir intizomda tafakkur takomili tilning tadrijiy taraqqiyotini taʼminlaydi. Insoniyat kamolotida, uning tafakkuri, tasavvuri va taxayyuli parvozida tilning beqiyos omil ekanligi bugun eʼtirof etilgan haqiqatlardandir. Mashhur olmon allomasi V. Gumboldt va uning davomchilarining eʼtiroflaricha, til kishilar o‘rtasidagi shunchaki aloqa vositasigina emas, u millatning dunyoni ko‘rar ko‘zi, eshitar qulog‘i, anglar aqlidir. Har bir xalqning boshqalardan farqli milliy nigohi bor. Har bir til vakili muayyan tovushni boshqasidan farqli eshitadi, masalan, o‘zbek itning tovushini “vov-vov” deb, rus “gaf-gaf” deb va hokazo tarzda ifodalaydi. Idrok intizomidagi farqlarni ham sezmaslik mumkin emas, masalan, ruschadagi “ne dayot govorit” birikmasini o‘zbekchaga “gapirishga bermayapti” tarzida o‘girish ana shu ruschadagi idrok intizomini o‘zbekchaga noo‘rin ko‘chirish natijasidir, o‘zbekcha idrok intizomiga muvofiq “gapirishga qo‘ymayapti” tarzida bo‘lishi zarur. Til bu sinoatli olamni muntazam inkishof qilishning birlamchi qudratli qurolidir. Dunyo adabiyotining nomdor namoyandasi Chingiz Aytmatov “Avezov haqida so‘z” nomli maqolasida “Til xalqning avtoportretidir”, degan behad teran obrazli taʼrifni aytgan. “Avtoportret” so‘zining maʼnosi, maʼlumki, “rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlagan o‘z tasviri, portreti”dir. Chindan ham, masalan, o‘zbek tili o‘zbek xalqining siyratu suratini, tafakkur va taxayyul olamini, o‘tmishu bugunini boricha aks ettiradigan, muhimi, shu tilning o‘zi vositasida hamda “o‘z qo‘li” bilan “chizilgan” ham ichki, ham tashqi xolis qiyofasidir. Bu qiyofa xalqimizning ming yillik lisoniy-tarixiy taraqqiyoti jarayonlarida, betakror madaniy va aqliy, adabiy-badiiy durdonalarida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Bu qiyofa parvarishu muhofazaga, eʼzozu ehtiyotga, ko‘z qorachig‘idek asramoqqa, yana-da kamolot sari eltmoqqa shoyon muhtasham boylikdir. Dunyo til ilmida til va tafakkur munosabati borasida turli fikrlar bildirilgan, ulardan biriga ko‘ra, til tafakkurning shakllanishi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Bunday fikrni ilgari surganlardan biri amerikalik taniqli olim Benjamin Li Uorfdir. Uning nazariy qarashlarini tahlil qilgan Maks Blek “Til mustaqil mazmunning tashqi ifodasidir, til va mazmun o‘rtasidagi munosabat kiyimning o‘zi yopib turgan tanaga munosabatiga o‘xshaydi”, qabilidagi hukm aytilsa, bunga Uorfning mutlaqo qo‘shilmagan bo‘lishini taʼkidlaydi. Buning maʼnosi shuki, tilni Uorf hech qachon ikkilamchi, yaʼni tafakkur shakllanishidagi yordamchi vosita deb hisoblamagan. Ana shu jihatdan qaraganda, mutafakkirning quyidagi ikki mulohaza-hukmi ham alohida eʼtiborga molik: “Taʼkidlamoq kerakki, “hind-evropa tillarida gapiradigan barcha zamonaviy olimlar” va “barcha olimlar” tushunchalari bir-biri bilan teng emas. Zamonaviy xitoy yoki turk olimlarining dunyoni Yevropa olimlari kabi tavsiflashi faqat shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z tafakkur tizimlarini mustaqil holatda ishga solmaganlar, balki butun g‘arbcha tafakkur tizimini yaxlitligicha o‘zlashtirganlar”. “Aytish mumkinki, insoniyatni kelajakda bir tilda, xoh ingliz, xoh nemis yoki xoh rus tilida, gaplashishini tasavvur qiladiganlar insoniy tafakkur taraqqiyotiga ulkan zarar keltirishi aniq bo‘lgan holatni ideal sifatida qabul qilganlari uchun qattiq adashadi”. Olimning bu gaplaridagi ayovsiz haqiqatni unutmaslik lozim. Til tafakkurning shunchaki libosi, tashqi tomoni emas, balki tafakkurning tashakkulida bevosita ishtirok etadigan, uning o‘zanini tayin etadigan benazir unsurdir. Ana shuning uchun ham unutmaslik zarurki, ona tili darsliklarini faqat xorijiy til darsliklari qolipida yaratish, ona tilini o‘qitish jarayonlarini tamoman chet tili taʼlimi andozalariga solish maqsadga muvofiq emas. Ona tili taʼlimida raso milliy tafakkur va rost milliy maʼnaviyatning muntazam tarbiyasi ustuvor yo‘nalish bo‘lmog‘i kerak. “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda bu tilni rivojlantirish va uning sofligini saqlash masalalariga daxldor qoidalar belgilangan. Bugungi kunda o‘zbek tili rivojlangan tillardan biri sifatida hayotimizning barcha sohasida emin-erkin qo‘llanmoqda. O‘zbek tilining sofligini saqlashday ezgu maqsad bilan baʼzan u yoki bu o‘zlashgan (arab, fors, rus, yevropa tillaridan) so‘zni tildan chiqarish, uning o‘rniga boshqa so‘zni kiritish borasidagi yetarlicha o‘ylanmagan yoki ilmiy-mantiqiy asosi anchayin bo‘sh taklif-mulohazalar bildiriladi, o‘zbek tilidagi har qanday o‘zlashmaga g‘ashlik bilan qaraladi, har qanday o‘zlashmani eski turkiy tilga oid so‘z bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Holbuki, Yer yuzidagi 6909 ta tildan (YuNESKOning 2012-yildagi maʼlumoti) lug‘at boyligida o‘zlashmalar tamoman yo‘q bo‘lgan birorta til mavjud emas. Hatto eng yirik va rivojlangan deb hisoblangan tillarda o‘zlashmalar anchayin katta miqdorni tashkil etadi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan 1915-yilda aytilgan quyidagi fikrlarning nechog‘li asosli ekanligiga diqqat qiling: “. Ming yil avvalgi tilg‘a qaytmoq qonuni tabiatg‘a muxolifdur. Chunki moziyg‘a rujuʼ mumkin yo‘q. Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘qdur. Anglischani arabchadan so‘ngra eng boy til derlar. Ma fihi (shunga qaramasdan), o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini yozarlar. Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoye etmayluk”. Bugungi globallashgan XXI asrda esa bir-biri bilan muloqotda bo‘lmagan til yoki xalqning o‘zi yo‘q, tillararo so‘z olish-berish ancha faollashgan va bu odatiy hol tusini olib bo‘lgan. Tilimizga kirib, o‘zlashgan, lug‘atimiz tarkibidan joy olib ulgurgan har qanday chet so‘zga muqobil izlayverish, o‘rinli-o‘rinsiz uni almashtirish payidan bo‘laverish foydali yumush emas. Ko‘hna va donishmand Sharq odamlarida, xususan, bizning alloma bobolarimizda ko‘p tilni bilish benihoya moʻtabar fazilat hisoblangan va ana shu fazilat sohiblari bo‘lganliklari bois ham ular jahon ilm-fani hamda adabiyotida muhtasham va muhtaram o‘rinlarni egallagan. Hatto XIII asrda yashagan tarixchi Ibn Xallikonning ko‘rsatishicha, buyuk olim Abu Nasr Forobiy o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari yetmishdan ortiq tillarni bilgan. Bu haqdagi rivoyatlardan birida aytilishicha, bir kuni Damashq hokimi huzuridagi olimlar yig‘iniga Forobiy ham kelib qoladi. O‘z taxtida o‘tirgan hokim Sayfutdavla Forobiyni o‘tirishga taklif etadi. Forobiy: “O‘zimning martabamga qarab o‘tiraymi yoki sizning martabangizga qarab o‘tiraymi?” deb so‘raydi. Hokim: “O‘zingning martabangga qarab o‘tir”, deb javob beradi. Olim to‘ppa-to‘g‘ri hokimning taxti yoniga borib o‘tiradi. Bundan g‘azablangan hokim ko‘pchilikka nomaʼlum bo‘lgan bir tilda soqchisiga: “Bu odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun uni ketayotganida jazolanglar!” deydi. Shunda Forobiy: “Men hech qanday gunoh qilganim yo‘q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?” deb so‘raydi. Hayratga tushgan hokimning “Bu tilni xalq orasida hech kim bilmas edi, sen qayerdan o‘rgangansan?” degan savoliga Forobiy: “Men ko‘p tillarni o‘rganganman”, deb javob beradi. “Ikkinchi muallim”ni tanib qolgan hokim olimdan uzr so‘raydi. Yurtimizda ko‘p tilni bilish, ko‘p tilni o‘rganishga harakat qilish azaldan anʼana tusini olgan. Bu anʼananing mamlakatimizda bardavom bo‘lishini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb taʼkidlar ekan, XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan maʼrifatparvar Ishoqxon Ibratning quyidagi so‘zlarini eslatadi: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir”. Shubhasizki, odam har qancha ko‘p tilni bilmasin, uning tamomila va tom maʼnoda o‘ziniki bo‘lgan tili faqat bitta bo‘ladi, albatta, bu uning o‘z ona tilidir. Shuning uchun ham boshqa tillarni o‘rganishda ona tili orqali u tillar olamiga kirish aql va mantiqning yo‘rig‘idir. Ona tilidagi sobitlik — milliy tafakkur o‘zanini salomat saqlaydi. Yana shuni ham taʼkidlamoq joizki, xalqimizda “O‘z qadrini bilmagan o‘zganing qadrini bilmas” tarzidagi bikir bir hikmat bor, shu hikmat taʼbiri doirasida atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov o‘zining “So‘z latofati” nomli latif kitobida quyidagi haqqoniy gaplarni aytgan: “Biz o‘z ona tilimiz qadriga yetsak, arab tilining boyligi va mukammal qurilishini qadrlaymiz, fors tilining nafosati va go‘zalligidan bahra olamiz, ingliz, rus tillarining qudratini his qilamiz. Ularni chuqur o‘rgansak, raqobat to‘la bu olamda bamaylixotir qadam tashlaymiz”. Intihosiz iftixor bilan aytish joizki, o‘zbek tili bu kurrai zamindagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. Bu tilda bugun ellik millionga yaqin kishilar so‘zlashmoqda, bu tilning chin muhiblari soni ortib bormoqda. Ko‘plab turli xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini katta ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda. Mamlakatimizda millat va xalq hamiyatining muntazam himoyatini yelkalagan “Davlat tili haqida”gi Qonunimizga muvofiq tarzda shakllangan xolis til siyosati bois o‘zbek tili hamda boshqa tillar erkin rivoj va takomil yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining ozod va obod so‘zi bilan, bu so‘zga monand ko‘lamli faoliyati bilan o‘zligini dunyoga namoyish etayotir. Nizomiddin MAHMUDOV, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor.

Faoliyat

  • Davlat aktivlarini hisobini yuritish
    • Davlat aktivlarini hisobini yuritish tartibi
    • Davlat aktivlarini hisobini yuritish yo‘nalishi va natijalar
    • Joriy yil uchun ijaraning eng kam qiymati
    • Baholash va rieltorlik tartibi
    • Baholash va rieltorlik yo‘nalishi va natija
    • Korporativ boshqaruv kodeksi
    • Namunaviy hujjatlar
    • Savolnoma
    • Metodik tavsiyalar
    • Bankrotlik tartibi
    • Bankrotlik yo‘nalishlari
    • Sud boshqaruvchilar reytingi
    • O’rganish reja-jadvali
    • To‘lovga qobiliyatsizlik
    • Xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida
    • Xalqaro hamkorlik infografikada
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar
    • Amalga oshirilayotgan ishlar
    • Hikoyalar
    • Hikmatlar
    • Video
    • Audio

    Qoniqarsiz

    Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International.

    Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

    • Agentlik haqida
    • Investorlar
    • Faoliyat
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Xizmatlar
    • Matbuot markazi
    • Bog‘lanish
    • Sayt xaritasi
    • Ishonch telefoni: +998(71) 259-21-37
    • 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 6