Ona tili savol javoblar
81. U dunyoda 3096 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolibketmoqda. Savol: u nima?
O’quvchilar va ularning ota – onalari uchun 100 ta mantiqiy savollar (javoblari bilan)
1 U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
2. Finlyandiya, N о rvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni s о vg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashay о tgan bõladi. Yun о nist о n va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Sav о l u nima?
3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
Bolalar uchun mental arifmetika mashqlari to’plami
4. L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?
5. Kulgili savol: Qishloqqa kelgan sayyohlarni doim bir narsa ajablantirar ekan. U yerda telbaroq bir o’spirin bo’lib, sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik qog’oz kupyuralardan birini olishni taklif qilishsa doim 50 sentlikni tanlar ekan. Holbuki, 50 sent 5 dollardan 10 barobar kam. Qiziq, telba o’spirin nega doim 50 sentlik tangani tanlashi mumkin? Balki, bunga sababi border, juda telba ham emasdir?
javob oddiy: u bolani telba deb bo’lmaydi. Sabab qisqacha qilib aytganda agar 5 dollarlik kupyurani olganda odamlar uni sog’lom deb boshqa pul berishmasdi.
6. Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O’zbekist о n, R о ssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efi о piya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Sav о l: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
1 ta. Davlat bayrog’idagi ranglar soni
7. Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?
Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar.
8. Qadimgi Rimliklarning fikricha, eng shafqatsiz xo’jayinlar – ular. Savol: ular kimlar?
9. Qadimgi Yunonistonda papka ko’targan kishilarni bir nom bilan atashganki biz ularni boshqacha nom bilan ataymiz. Savol: Yunon tilida papka ko’targan kishilar bizda nima deb ataladi?
Buxgalter. Bu so’z yunon tilida papka ko’targan kishi ma’nosini bildiradi.
10. Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
11. 1943-yil, 27-noyabrda tobora kamayib borayotgan militsiya hodimlari uchun bir qaror chiqarishgan. Ushbu qaror tufayli militsiya hodimlari safi yana to’ldirilgan. Savol: bu qanday qaror edi?
II jahon urushiga militsiya hodimlari safarbar qilingani bois shu kundan boshlab ayol kishilar ham militsiya organiga ishga qabul qilina boshlangan.
12. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U – ?
13. Bir boyvachcha honim xizmatkoriga men o’lsam boyligimni senga xatlab beraman deb aytadi. Honim xizmatkoriga yana bir gap aytadiki xizmatkor uni uzoq vaqt yashashini xohlaydi. Savol: mantiqiy fikrlab ko’ring, xizmatkor nega honimni uzoq yashashini istagan?
Boyvachcha honim xizmatkorga qancha yashasam boyligimning shuncha foizi seniki deb aytgan bo’ladi.
Mental arifmetika bilan oddiy arifmetikani qanday farqi bor?
14. Hazil savol: Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?
15. Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
16. Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi.
17. Mantiqiy savol: Ali va Vali baliq ovlagani chiqishibdi. Ular o’g’illarini olvolishibdi. Vlining o’g’lini ismi Mirvali ekan. Ali 4 ta, Vali 3 ta, Mirvali 6 ta baliq tutibdi. Savol: Alining o’g’lini ismi nima?
Alining o’g’lini ismi Vali! Mirvali Valining o’g’li Vali esa Alining o’g’li.
18. Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?
Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.
19. Matematik masala: Qo’lingizda bir xil kattalikdagi, bir xil rangli 9 ta shar bor. Sharlardan 1 tasi boshqalariga qaraganda biroz yengilroq. Ikki pallali tarozidan 2 marta foydalanib yengilroq sharni toping.
Dastlab, tarozining ikki pallasiga 3 tadan shar qo’yiladi. Qaysi tomon yengilroq chiqsa shu palladagi sharlardan biri yengilroq bo’ladi. Tarozining ikki pallasi teng chiqsa taroziga qo’yilmagan 3 sharlar orasida yengilroq shar bor. Endi tarozidan ikkinchi marta foydalanib biz topgan 3 shardan 2 tasini tarozi pallasiga qo’yamiz. Qaysi palla yengil chiqsa sharni topgan bo’lamiz, ikkisi ham teng chiqsa qo’ymagan sharimiz eng yengili bo’ladi.
20. Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda?
21. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari havfliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
22. Qo’qon xonligi davrida mashhur Qo’qon bozoriga vodiy bo’ylab turli tomonlardan kishilar to’planar edi. Qizig’I bir xil mahsulotni bir xil miqdorda olib kelgan bo’lsa ham sharq tomondan kelgan sotuvchiga 100 tanga, g’arb tomonidan kelgan sotuvchiga esa 50 tanga soliq solingan. Savol: nega g’arb tomondan kelgan sotuvchilarga ikki barobar kam soliq solingan?
G’arb tomondan kelgan sotuvchilarga kelayotganlarida ham, ketayotganlarida ham ko’zlariga quyosh tushib turishini hisobga olib ulardan kam haq olingan.
23. Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?
Egiz tug’adigan echkilarning qulog’I katta bo’lar ekan.
24. Matematik masala. Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat noiblari keltirgan tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:
– Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qopni bir tortishda aniqlashga ahd qilibdi. Siz unga 1 marta tortishda qaysi qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilganligini aniqlashda yordam bera olasizmi?
Sulton har bir qopdan qopning raqamiga ko’ra har xil miqdorda tangalar oladi, ya’ni 1-qopdan – 1 ta, 2- qopdan – 2 ta, 3- qopdan 3 ta … 12- qopdan – 12 ta. Shundan so’ng olingan tangalarning og’irliginitortib ko’radi. Umumiy og’irlikdan necha gramm kam bo’lsa shu raqamdagi qopda qalbaki tangalar bo’ladi 5 gramm kam bo’lsa 5- qop, 10 gramm kam bo’lsa 10- qop.
25. Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p suv ichsa ko’p sut beradi.
26. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak?
Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi, ekinlar yetib olishi uchun shundayqilishadi.
27. Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?
Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan
28. Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan. Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi?
Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi. Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi.
29. Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?
Shim kiyib yurish
30. Geografiyadan savol: Bu poytaxt ikki shaharning birlashishidan tashkil topgan. Uning nomi ham ikki shahar nomining qo’shilishidan paydo bo’lgan. Bu qaysi shahar?
31. Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?
32. Hazil savol: Nima uchun inson orqasiga qaraydi?
Chunki, orqasida ko’zi yo’q.
33. Matematik masala: Biro damning 500 so’m puli bor edi. U 100 ta uy hayvoni olishi kerak. Ot – 50 so’m, sigir – 10 so’m, qo’y – 1 so’m. U hamma pulini ishlatib 100 ta hayvon sotib olish uchun qaysi hayvondan nechtadan olishi kerak?
Ot 1 ta 50+ sigir 39 ta 390+ qo’y 60 ta 60 so’m = 100 ta 500 so’m.
34. Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?
35. Kuril orollarida yashovchi tub aholi juda qadimdan beri eulaxon balig’ini tutib olishsa juda xursand bo’lar ekan. Bu baliq ingichka va juda yog’li baliq bo’lib uni quritib olib qo’yishar ekan. Savol: ular bu baliqdan nima maqsadda foydalanishlari mumkin?
Buni qarangki bu baliq o’ta yog’li ekani uchun quritilgandan so’ng undan sham sifatida foydalansa bo’lar ekan.
36. Tarix fanidan savol: Qadimgi Sparta davlatida mast qiluvchi ichimliklarni ichish ta’qiqlangan edi. Qonunni buzganlar qattiq jazolangan, ammo baribir ichimlik ichish davom etavergan. Shundan so’ng shafqatsiz buyruq e’lon qilingan. Savol: bu qanday buyruq edi?
Barcha tokzorlarni buzib tashlash buyrug’i
37. Osiyoda juda taraqqiy etgan bu davlatning qadimiy poytaxti shohlar shahri edi. Bu poytaxtning hozirgi nomi shaharlar shohiga o’zgargan. Qaysi davlat va shaharlar so’ralmoqda?
Yaponiya. Bu davlatning poytaxti dastlab Kioto, ya’ni kio – shoh, to – shahar – shoh shahri edi, hozirgi nomi Tokio bilganingizdek shaharlar shohi bo’lib o’zgargan.
38. Bolalr uchun savol: Suaxili tilini bilmaysiz, lekin u tildagi bir so’zni mashhur multfilmdan ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. Bu so’zning ma’nosi havotirsiz yaxshi yashash degani. Bu qaysi so’z?
39. Qiziq savol: Teatr aktyorlari bir narsadan juda qo’rqishadi, hatto tushlariga kirsa o’ngimda teskarisi bo’ladi deb o’zlarini yupatishadi. Chunki u aktyorlik ijrosiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Savol: teatr aktyorlari nimadan ko’proq qo’rqishadi?
40. Bolalar uchun mantiqiy savol:
18=2
19=1
68=3
17=0
Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?
Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va hokazo.
41. Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg’u?
42. Chalg’ituvchi savol: Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy fikrlab savolning javobini izohlab bering.
Traktorchi ayol kishi edi
43. Jiddiy savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima?
44. VII-VIII asrlarda Eronda topilgan tarixiy hujjatda shunday majburiyatlar yozilgan edi: “Xudo nomi bilan qasam ichaman, uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka ham, boshqalar himoyasiga ham bermayman” Savol: ushbu hujjatda qanday majburiyat zikr etilgan?
Erning xotin oldidagi majburiyati
45. Mantiqiy savol: Bu ikki aka uka bir joyda tug’ilgan. Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi 4 yil yashagan, ukasi akasidan 2 yil ko’proq yashagan. Bu g’alati mashhur aka ukalar nimalar?
I va II jahon urushi
46. Futbol fanatlari uchun savol. Italiyada shunday futbol maktablari borki, hujumchilar alohida, yarim himoyachilar alohida, himoyachilar alohida o’qitiladi. Himoyachilar maktabida 1 yil faqat shunday narsa o’rgatiladiki, bu narsani qilolmagan himoyachi boshqa mashg’ulotlarga qo’yilmaydi. Savol: nima ularga 1 yil o’rgatiladi?
Raqibni sun’iy o’yindan tashqari holatda qoldirish
47. Tizza bo’g’imlari 4 ta bo’lgan yagona sutemizuvchi hayvon qaysi?
48. Tarixdan savol: Aholini ro’yhatga olish qadimgi misrdan boshlangan. Ular eramizdan avvalgi 3,5 ming yil avval bu ishni amalgam oshirganlar. Savol: aholini ro’yhatga olishdan maqsad nima bo’lgan?
Ular zaxiradagi lashkarlar sonini aniqlash uchun bu ishni qilganlar.
49. Qiziqarli savol: Diyego, Manfrid va Sid qaysi “davrda” do’stlashadi?
50. Buyuk Xitoy devorini qurishda mustahkam bo’lish uchun tosh, tuproq va o’sha narsani ishlatishgan. Savol: o’sha narsa nima?
Qaynatilgan guruch suvi. U yopishqoq bo’lib devorning mustahkam bo’lishiga sabab bo’lar ekan.
51. Bir gap borki uni xursand odamga aytsangiz, hafa bo’ladi, hafa bo’lgan insonga aytsangiz xursand bo’ladi. Bu qanday gap?
Bu kunlar ham o’tib ketadi.
52. Adabiyot ixlosmandlari uchun mantiqiy savol. Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitganlar:
“Halol va pok yashab komillikka erishmoq uchun yigitllik chog’ida xarakat qilish zarur. Zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga xomush termulib xotiralarga berilishingga to’g’ri keladi”.
Savol: o’zing qo’ygan nuqtalar deb nimaga shama qilingan?
Hazrat Navoiy hassani umr yo’liga nuqtalar qo’yuvchi vosita deb ta’riflaganlar.
53. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi, so’ng ovozi eshitiladi, so’ng shamolini his qilasiz, ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Metroning bekatga kirib kelishi.
54. Mashxur sayy о x Jeyms Kuk Taiti va Yangi Zelandiya о r о llariga ikkinchi b о r tashrif buyurganida o’zi bilan qo’y va cho’chkalar о lib b о radi. 2 ta maksadi b о r edi: birinchisi о r о lliklar turmush far о v о nligini о shirish, ikkinchisini siz o’ylab ko’ring.
Sayohatchi birinchi bor kelganda orolliklar bir-birlarini go’shtini yeyishayotganini guvohi bo’ladi. Uning ikkinchi maqsadi orolliklarni qo’y go’shtini yeyishga o’rgatib odamlarni ezgulikka boshlamoqchi bo’lgan.
55. Qisqa savol: Koreys tiliga poytaxt so’zini tarjima qiling.
56. XIII asrda bu narsaga ehtiyoj sezila boshlagan. XII-XIII asrlarda universitetlarning ko’payganligini bunga sabab sifatida keltirish mumkin. O’sha vaqtgacha uni hech kim bilmagan. Savol: u nima?
57. Oson savol: Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?
U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.
58. Hindistonda sigirni muqaddas jonzot deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan. Savol: hindlar masofani o’lchashda sigirdan qanday qilib foydalanishi mumkin?
Hindlar uchun Sigirni ovozi yetadigan joy 1 “Mu” ga teng ekan.
59. Oson savol: Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?
60. Matematik topishmoq: pastda turgan bir g’oz osmonda uchib ketayotgan g’ozlarga qarab “Hooy yuz g’ozlar, meni ham olib ketinglar!” – debdi. Shunda osmondagi g’ozlar “Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizni yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz” – deyishibdi Osmondagi g’ozlar nechta?
Osmonda 36 ta g’oz bo’lgan. 36+36+18+9+1 =100
61. Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan:
Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor,
Ular hordiq kun qilmaslar talab.
Dushanba boshlari og’rimas nahot?
Kechikib kelmaslar ishga ertalab!
O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ular degandanimani ta’riflagan?
Ushbu she’rning nomi “Temirtan” edi, ular deb robotlar ta’riflangan.
62. Qiziqarli savol: Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budelniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yhatda 5- o’rinni olgan budelnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4- o’rindagisi esa ertalab sizni har xil haqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3- o’rin mozayka budelnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budelnik 2- o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguningizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1- o’rinni olgan budelnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya, lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budelnikni o’chirish uchun nima qilishingiz kerak?
Budilnikni qidirib toppish kerak. Chunki, u ishga tushishi bilan qochib ketib berkinib oladi.
63. Kembridj universiteti matematika o’qituvchisi eng a’lochi talabaga bir ishi uchun yog’och qoshiq berar edi. Aytingchi, qanday ishi uchun shunday qilardi?
Past baho olsa uyaltirish uchun yog’och qoshiq berardi.
64. Qiziqarli boshqotirma. Ikkita bir xil stakan. Ularning birida sut, ikkinchisida kofe. Ularning miqdori bir xil. Birinchi stakandan 1 qoshiq sut olib ikkinchi stakanga solindi va aralashtirildi, keyin ikkinchi stakandagi sut aralashgan kofedan bir qoshiq olib sut solingan stakanga quyildi va aralashtirildi. Savol: sutda kofe ko’pmi, kofeda sut?
Har ikkisida ham miqdor teng.
65. Geografiya fanidan savol: Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
66. Kulgili savol: Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi?
67. Yuliy Sezar g’animlar o’qiy olmasligi uchun mahfiy maktublarini maxsus shrift bilan yozar edi. Mana maxsus shriftda yozilgan so’zga namuna: nblubd. Shriftni tushunganlar bu so’zni maktab deb o’qishgan. Namunaga diqqat bilan qarab aytingchi, mahfiy shriftning qoidasi nima edi?
Ushbu mahfiy shriftning qoidasi so’z yozishda har bir harfning o’zini emas, o’zidan keyin keladigan harfni yozish edi.
68. Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi.
69. Bir podsho u bilan suhbatga kelgan kishilarni taxt oldidagi sherning ochiq og’ziga qarab gapirishni talab qilgan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, shoh nega shunday yo’l tutgan?
Shohning qulog’I og’ir bo’lgan. Sher unga rup о r vazifasini bajargan.
70. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?
71. Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham qo’yilgan: Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor, Begli, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar nima narsaga qo’yilgan?
72. Oddiy savol: Nimaning 5 ta barmog’I bor, tirnoqlari yo’q?
73. Sherlok Xolms va Doktor Vatson Londonning bir chekkasidagi qahvaxonaga kirishadi, chekkadagi stulga borib o’tirishadi. Xolms qahvaxona xo’jayiniga “Ilgari qahvaxonangizda to’s-to’polonlar bo’lib turarmidi?” – deb so’raydi. Xo’jayin og’zi ochilib buni qayerdan bildingiz deb so’raydi. Xolms buni qayerdan bilgan edi?
Xolms o’tirgan stulini surmoqchi bo’lganda uni polga qotirib tashlanganini bilgach, ko’p to’polonlarda stullari sinishidan to’ygan xo’jayinning stullarni yerga qotirib tashlaganini fahmlaydi.
74. Kulollar kattta-katta xumchalar yasaganda og’iz qismini qalinroq, tub qismini yupqaroq qilib tayyorlashadi. Savol: nega tub qismi yupqaroq qilinadi?
Xumchalar olovda ko’p toblanadi, og’iz qismi yorilib ketmasligi uchun qalinroq qilinadi.
75. Matematik boshqotirma. Qirg’oqqa 2 yosh bola va 1 katta odam kelishdi. Ular daryoning u betiga o’tibshlari kerak. Qirg’oqda 1 ta qayiq bo’lib u 2 yosh bolani yoki 1 odamni ko’tara oladi xolos. Ular o’ylab ko’rib buning yechimini topishdi. Siz ham yechim izlab ko’ring.
Dastlab 2 yosh bola o’tadi, ulardan biri ortiga qaytadi, keyin katta odam o’tadi, u yerdagi 1 yosh bola qaytib kelib sherigi bilan yana o’tadi.
76. Vena opera teatri kiyim topshiradigan xonada sizga uzoqni yaxshi ko’rsatadigan vosita va bepul xapdori (tabletka) taklif etishadi. Savol: xapdori nima vazifani bajaradi?
Opera teatri tinch va ortiqcha ovozsiz tashkil etiladi. Xapdori yo’tal tutganda oldini olish, kishini tinchlantirish uchun kerak bo’ladi.
77. Ummon davlatida ayollarga mashina minish huquqi bir shar bilan ruxsat berilgan. Bu qanday shart?
Yo’lovchi sifatida faqat ayol kishini olish kerak.
78. Yunon faylasufi Diogen “Agar bo’ysunmas, to’polonchi qulim bo’lsa uni jazolab Kolizeyga olib borib o’tirmasdim.” Degan. Savol: faylasuf to’polonchi qul hovurini bosib olish uchun qayerga jo’natishni aytgan bo’lishi mumkin?
79. Qiziqarli savol: Uning o’rnida Sulaymon orollarida odamning bosh suyagi, Santa Krus orollarida qush patlaridan yasalgan 10 m. lik tasma, Tinch okeanidagi ba’zi orollarda 100 yil oldin diametric 4 m. lik bo’lgan toshlar ishlatilgan. Savol: uning o’rnida biz hozir nima ishlatamiz?
80. Tarix bo’yicha savol: Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnaynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol: saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi?
Ular chapaqay edi.
81. U dunyoda 3096 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolibketmoqda. Savol: u nima?
82. Shunday bir narsa borki u dastlab qo’shiq kuylab, so’ngra ko’zyosh to’kadi. Bu nima?
83. Tayland qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos ma’noga ega. Savol: nima uchun bunday qonun chiqarilgan?
Chunki, bu davlat pul birliklarida Tayland qiroli aks ettirilgan va uni bosish hurmatsizlik belgisi sifatida qaralgan.
84. Qisqa savol: Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?
85. Bir yigit bor ekan. U kambag’al bo’lib uning farzandi yo’q ekan.Bu ham yetmagandek otasining ko’zlari ojiz ekan. Kunlarning birida unga farishta uchrabdi va bittagina tilagingni amalgam oshiraman debdi. Yigit bitta tilak bilan uchchala orzusiga ham yetibdi. Savol: u qanday tilak aytgan?
Dadam o’g’limning tilla tangalar o’ynab o’tirganini ko’rsinlar.
86. Uning qora, yashil, sariq, qizil turlari mavjud. U deyarli har bir honadonda bor. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi. Savol: u nima?
87. Dengizda kemalar bir-biriga ko’ringanda qo’l silkitib salomlashganday bo’lishar ekan. Ba’zi kemalarda matroslar arqon ko’rsatishar ekan. Savol: arqon ko’rsatish bilan nima demoqchi bo’lishadi?
Arqon ko’rsatib shatakka olaymi degandek hazillashar ekanlar.
88. Dunyoda o’qitiladigan fanlar ko’p. Har bir fan o’z ma’nosiga ega. Qaysi fan “Donolikni sevaman” ma’nosini bildiradi?
89. Bu poytaxt shaharga o’sha davlatning 1- prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi shahar?
AQSH poytaxti Vashington
90. AQSH davlatining Xitoy respublikasiga sotadigan mahsulotlari orasida u 3- o’rinda turar ekan. Bu AQSHga bir yilda 1 milliard 300 million dollar foyda keltirar ekan. Savol: qanday mahsulot (uni mahsulot deyish ham mushkul) haqida gap ketyapti?
Maishiy chiqindi, ya’ni axlat
91. Antiqa savol: Yaxudiylar fikricha, o’g’il bola tug’ilsa tinchlik qaror topadi. Qiz bola tug’ilsachi?
Hech narsa o’zgarmaydi.
92. Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o’ylab ko’ring, qanday tarjimon so’ralmoqda?
93. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog’liqligini aniqlang.
Bu davlat nomlari ingliz tilida bir xil U harfi bilan boshlanadi.
94. Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?
95. Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi?
96. Bolalarga mos savol: G’orda qaroqchilar qarorgohi bor edi. U yerga kirish uchun mahfiy parolni aytish kerak edi. 1 qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 1 dedi, qaroqchi 3 deb aytdi va ichkariga o’tib ketdi. Boshqa bir qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 2 dedi va u 4 deb javob berdi, u ham to’g’ri aytgani uchun o’tkazib yuborildi. Boshqa bir qo’riqchiga 7 raqami berildi u esa 5 deb javob aytdi. Uning javobi ham to’g’ri edi. O’ylab ko’rib aytingchi, 1-3, 2-4, 5-3 raqamlari qanday mantiq asosida tuzilgan?
97. Raqamdagi harflar nechta bo’lsa shuni to’g’ri aytgan kishi to’g’ri javob bergan bo’lar edi. Bir – 3 ta harf, to’rt – 4 ta harf, yeti – 5 ta harf.
97. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bu vazifani besh daqiqada, yuqori sinf o‘quvchisi o‘n besh daqiqada, oliygoh talabasi oltmish daqiqada yechadi, olim esa yecholmaydi. Mana o‘sha vazifa: “BIUTBOYeSTO‘” nimani bildiradi?
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
98. Bir kema halokatga uchrab birgina erkak kishi omon qolibdi. To’lqinlar uni faqat ayollar yashaydigan orolga eltib tashlabdi. Erkak hushiga kelganda ayollar uni qurbonlik qilish uchun tayyorlanishayotgan ekan. Ular erkakka so’nggi so’zlarini aytishini taklif qilishibdi. U so’nggi so’zlarini aytgach ayollar uni o’ldirish o’rniga qayiq yasab, oziq-ovqatlar bilan ta’minlab qo’yib yuborishibdi. Qiziq, erkak nima degan?
Meni orangizdagi eng xunuk ayol o’ldirsin degan.
99. Qayerda ot ustidan ot sakrab o’tishini ko’rish mumkin?
100. Bir vaqtning o’zida 2 uy yonmoqda, biri bdavlat kishiniki, ikkinchisi kambag’al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo’lib o’chirishga shoshiladi?
Politsiya o’t o’chirish bilan shug’ullanmaydi.
Hozircha shular. Saytni tez-tez kuzatib turing. Yaqin kunlarda rasm ko’rinishidagi mantiqiy savollar e’lon qilaman. Aziz do’stim, sizda ham yangi mantiqiy va qiziqarli savollar bor bo’lsa shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin, javobini ko’pchiliklashib birga topamiz.
Ona tili savol javoblar
OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ!
About
Blog
Apps
Platform
ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
8.02K subscribers
Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
1.3K voters 2.3K views 02:17
Tarkibida ‘h‘ va ‘x‘ bo‘lgan so‘zlar ro‘yxati:
Qaysi biri ortiqcha?
A)qozi
B)ellikboshi C)jug‘rofiya D)mingboshi
Anonymous Quiz
1.2K voters 2.2K views 06:11
Sinonim so‘zlar (10- sinf oxirgi qism)
❗️OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido,
sazo – Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi,
eshitish a’zolari orqali qabul
qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.
Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz
predmetlarning urilishi, ishqalanishi
va boshqa holatidan paydo bo‘lgan
ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.
Un faqat odam ovozini bildiradi va
ovoz so‘ziga nisbatan juda kam
qo‘llanaveradi.
Sado jonli va jonsiz narsalarning
tovushini bildiradi, lekin tovush
so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi.
Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy
adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi
ovozi ma’nosida qo‘llanadi.
Nido kitobiy.
Sazo juda kam qo‘llanadi.
❗️Test beriladi va hammasining mundarijasi ham.
Tinch okeanning kuchli shamolini nima deyishadi?
A) urag’an
B) uragan C) tayfun D) siklon
Anonymous Quiz
1.2K voters 2.3K views 10:15
Yakshanba kuni Milliy sertifikat topshiryapsizmi ? O‘zingizni namunadek tuzilgan testlar bilan sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda biz tayyorlagan namunaviy testlarni kaliti bilan sotib oling.
3 ta namunaviy test kalitlari bilan tayyor.
Narxi kelishilgan narxlarda.
2.6K views edited 12:49
Men butun tanamda kuchli og’riq bilan uyg’ondim. Ko‘zimni ochganimda karavotim yonida hamshira turardi.
— Mister Fujima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimaga tashlangan atom bombasidan omon qoldingiz. Endi gospitaldasiz, xavotirlanishingizga asos yo’q
Men zo’rga savol berdim:
— Qayerdaman?
— Nagasakida, — dedi hamshira.
© Alan Mayer
2.0K views edited 17:32
Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
Jahon tarixi
Jaxon tarixi
1.0K voters 1.8K views 02:17
“J” bilan boshlanuvchi, tarkibida “x” va “h” boʻlgan soʻzlar roʻyxati
jabha
javlongoh
javohir
javohirot
javhar
javharlimu
jadvaltaxta
janggoh
jarohat
jarroh
jarrohxona
jahaldiriq #folklor
jahannam
jahd
jahl
jahldor
jahlli
jaholat
jahon
jahonbaxsh
jahonbin
jahongashta
jahongir
jahondiyda
jahondor
jahoniy
jahonnamo
jahonaro
jahontob
jahonshumul
jahr
jahriya
jerex #zoologiya
jigarsoʻxta
jigarxun
jiddu jahd
jihat
jihod
jihoz
joyxob
jonbaxsh
jon-jahd
jonsoʻxta
jonhalak
jorulloh
joh
johil
johiliya
juvonbaxt
julxirs #hunarmandchilik
jumoduloxir
jumhur
jumhuriyat
junxona
junxoʻrlar #zoologiya
juhud
joʻjaxoʻroz
joʻxori
Hozirgacha o‘tgan audio darslarimiz: (yangi o‘quv yilida)
Endi boshlagan do‘stlarga yuboramiz.
Ko‘chada,avtobusda,taxi‘da eshitish uchun qulay.
@onlineonatili
ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
#dars 1
Fonetika.Unli va undoshlar tahlili
Otabek To‘laganov
Online dars haqida batafsil
://t/onlineonatili/7839
@onlineonatili
Jodi bu sehr degani.
Anonymous Quiz
994 voters 1.9K views 08:13
⚡️Sinonim vaqti (10-sinf)
❗️AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam- Ruhiy yoki jismoniy qiynoq.
Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiyva jismoniy qiynoq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan,
shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan
qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi
Aziyat, asosan, yozma nutqda va
o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar
nutqida qo‘llanadi.
Jabr so‘zida belgi darajasi azob
so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z,
asosan, «inson tomonidan bo‘ladigan
azob» ma’nosida qo‘llanadi.
Jafo mustaqil so‘z holida juda kam
qo‘llanadi. Ko‘pincha jabr so‘zi bilan
juft so‘z holida (jabr-jafo) yoki qilmoq
fe’li bilan birga qo‘llanadi.
Ozor so‘zida belgi darajasi azob, jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘zham mustaqil holda juda kam
qo‘llanadi.
Zahmat mehnat bilan bog‘liq azob.
Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi.
Iztirob «ruhiy azob» ma’nosida
qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob
so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy
so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi.
Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda
juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi
azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi
bilan juft so‘z holida qo‘llanadi .
Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Yakshanba kuni Milliy sertifikat topshiryapsizmi ? O‘zingizni namunadek tuzilgan testlar bilan sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda biz tayyorlagan namunaviy testlarni kaliti bilan sotib oling.
3 ta namunaviy test kalitlari bilan tayyor.
Narxi kelishilgan narxlarda.
Forwarded from Milliy sertifikat | Ona tili
Mayli. Shuncha kanallar Milliy sertifikat test qilgani uchun biz ham Bir namuma testimiz bilan ulashmoqchimiz. Ha. Siz topdingiz. Qatnashish uchun bir sirli ishni qilishingiz zarur: 5 ta tilga oid guruhga test reklamasini yuborib, rasmga olib botimizga jo‘natasiz.
(Hozir trendda bo‘lgan usul)
Qabul qiluvchi bot : @ONATILIIBOT
Natijada siz Juma kuni o‘tkaziladigan BEPUL namuna testimiz ishtirokchisiga aylanasiz. Ha. To‘g‘ri o‘qidingiz bepul)
Test turi : Onlayn
Test vaqti : 27-yanvar,19:00
test to‘lovi: yo‘q
Test o‘tkaziluvchi kanal : @onatilitestlar
Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
687 voters 1.1K views 02:17
‘Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun “K” bilan boshlanuvchi, tarkibida “x” va “h” boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz:
kavush-mahsi
kadxudo
kajbahs
kakoxlor
kalanxoe #botanika
kalimayi shahodat
kallayi sahar
kallamix
kallaohu #hunarmandchilik
kallaxom
kallaxum
kallacharx
kaltafahm
kaltashox
kalxat
kalxamaj
kalxomak
kamaholi
kambaho
kamdaraxt
kamingoh #harbiy
kammahsul
kamoli ehtirom
kampirdahan (ombir)
kamsuxan
kamxarj
kamxastak #botanika
kamxat
kamxoʻrak
karaxt
karbaxolin #farmacevtika
kardiotaxografiya
kardioxirurgiya
karih
karnaydahan
karohat
karpxoʻrlar
kartosxema #geologiya
kataxreza #adabiyot
katexinlar #kimyo
katexolaminlar #farmacevtika
kaxeksiya #tibbiyot
kashandahol
kaʼbatullo(h)
kahkashon #mumtoz_adabiyot
kahrabo
kedxoʻr
kekkaymaxon
kemuxchi (terichi)
kibr-havo
kimxob
kimxobbof
kinoarxiv
kinonigoh
kinorinxlar #biologiya
kinoxronika
kipriknusxa #hunarmandchilik
kichirixoʻr
klinoxlar #geologiya
kojux
kollenxima #botanika
kolxamin #farmacevtika
kolxikum #botanika
kolxicin #tibbiy
kolxoz
konxa #arxitektura
konxoida #matematika
kori xayr
kori hol
korgoh
korxona
kor-hol
kosaxumdon #hunarmandchilik
koxiya #botanika
kohin
kohish
kraxmal
krioxirurgiya
kriptorxizm #tibbiy
kuloh
kulohchi #hunarmandchilik
kulxona
kunjutholva
kurtakxoʻr #zoologiya
kutubxona
kuh-kuh
kuhlamoq
kxemerlar #etnonim
koʻzanusxa #hunarmandchilik
koʻzaxumdon #hunarmandchilik
koʻngilxiralik
koʻngilxushi
koʻphad
koʻp hadli
koʻraxona
koʻtoh
koʻh
koʻhak #geologiya
koʻhandiz #tarix
koʻhiston
koʻhkan (togʻ qazuvchi)
koʻhlik
koʻhna
koʻhnadoʻz
Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
Savollarga javoblar
– Til nimaga berilgan
Qizlar bilan bolaga?
– Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga. Xafa bo‘lib gohida
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.
– Qo‘l nimaga berilgan?
– Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.
– Quloq nega berilgan?
– Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
Donolar nasihatin
Ilib olsa qulog‘ing,
Ishing kelib o‘ngidan,
Chopqir bo‘lar oyog‘ing.
– Aql nega berilgan?
– Halol mehnat qilgani.
Nafsga qul bo‘lmasdan,
Poklikka intilgani.
Xolmurod Safarov
Hamkorlarimiz
Teglar
Qidiruv..
Eng ko‘p o‘qilgan
- Topishmoqlar – 274 851 marta ko‘rildi
- Ona allasi (O‘zbek tilida yig‘ilgan allalar to‘plami) – 176 341 marta ko‘rildi
- Alla bolajon (audio) – 83 966 marta ko‘rildi
- Bo’g’irsoq – 74 071 marta ko‘rildi
- Zumrad va Qimmat – 67 742 marta ko‘rildi
- Qalam va sichqon – 57 048 marta ko‘rildi
- Opa-singil daryolar – 46 131 marta ko‘rildi
- Kitob – hammabop – 43 938 marta ko‘rildi
- Quyonchaning uychasi – 43 069 marta ko‘rildi
- Chol bilan sichqon – 42 806 marta ko‘rildi
So’ngi qo’shilgan ma’lumotlar
- Savollarga javoblar 24.06.2021
- Opa-singil daryolar 17.06.2021
- Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi 16.06.2021
- Cho‘pon yigitcha 14.10.2020
- Qalam va sichqon 23.09.2020
E’LON
Reklama va hamkorlik uchun
+99893 597-00-77
Orzigul Hamroyeva: Ona tili, eng yangi savol-javoblar
Ushbu qo’llanma maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji darsliklari asosida tuzilgan. Darslikdagi ma’lumotlar savol-javob shaklida keltirilgan. Bu qo’llanmadan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-9953-1-4 |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 512 |
Nashriyot | Академнашр |
Muqovasi | Yumshoq |
Qog‘oz formati | А6 |
Chop etilgan yili | 2021 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан