Ona tili uy ishi 348 mashq
Savod o`rgatish darslarining tarbiyaviy vazifalari
E`tibor qarating!
Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.
5A111701 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim)
mutaxassisligi bo`yicha magistraturasiga kirish sinovlari
Pedagogika fani bo`yicha mavzular
O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim to`g`risida umumiy ma`lumot. pedagogika fanining muammolari, pedagogika fanining maqsad va vazifalari, pedagogikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Ta`lim to`g`risida umumiy tushuncha. Ta`lim jamiyatning asosiy vazifasi ekanligi. O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, ta`lim to`g`risida prezident I.Karimovning Oliy Majlisning 9-sessiyasida «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so`zlagan nutqining mazmuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning maqsadi. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi va turlari. Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning predmeti. pedagogika fani tizimi. pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: rivojlanish, shakllanish, tarbiya, o`qitish, ta`lim, o`z-o`zini tarbiyalash, mustaqil o`qitish, o`z ustida ishlash. Ilmiy tadqiqot metodlari. pedagogik innovatsiya. Pedagogika tarixi. Pedagogikani davrlashtirish. Ibtidoiy jamoa davri. Qadimgi sharq mamlakatlari. Qadimgi Gretsiya, Rim. O`rta asrlar davri. Yangilanish davri. Yaqin o`tmish va demokratiyalash davri. O`zbekistonda Pedagogik fikrlarning rivojlanishi va maktablar tarixi. Sharq mutaffakirlari, ularning pedagogika fanining rivojiga qo`shgan hissalari. Shaxs va pedagogik jarayon. Shaxs kamolot jarayonining ob`ekti va sub`ekti sifatida. Shaxsning rivojlanish jarayoni. Inson shaxsining biologik va ijtimoiy rivojlanishining asosiy tamoyillari. Shaxs tajribasi, rivojlanish diagnostikasi. Yagona pedagogik jarayon. Yagona pedagogik jarayonning maqsadi, printsipi, mazmuni, metodi, vostasi, shakllari. Didaktika. Ta`lim mazmuni. Ta`lim jarayoni. Ta`lim metodlari. Ta`limni tashkil etish shakllari. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish. Ta`lim va tarbiya jarayonining mohiyati. Ta`lim va tarbiyaning asosiy funktsiyasi. Didaktika va tarbiya jarayoning asosiy kategoriyalari. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi va talabaning hamkorligi. Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma`lumot, bilim, ko`nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o`qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o`qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o`quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o`qituvchi mahorati, o`qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi Ta`lim muassasalarida ilg`or pedagogik g`oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo`llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o`z-o`zini nazorat qilish o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o`qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o`rganish, tahlil etish to`g`risida Boshlang`ich ma`lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi, fuqaro`lik va kasbiy mavqeini o`rgatadi. «Pedagogik mahorat» fani «Pedagogika nazariyasi va tarixi», «Yosh pedagogikasi va psixologiyasi», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogik texnologiya»lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo`lajak o`qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o`qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta`lim – tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta`lim-tarbiya mazmuniga ijodiy munosabatda bo`lishini o`rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti – «ta`lim to`g`risida» gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, o`z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma`nan etuk, jismonan sog`lom bo`lgan pedagoglarni tarbiyalashdir. Pedagogik mahorat fanining vazifalari – o`qituvchi mahoratiga doir dolzarb muammolar va bu borada olib borilishi zarur bo`lgan tadqiqot va izlanishlar, o`qituvchining kasbdoshlari, ota-onalar va o`qituvchilar bilan aloqa munosabatlarning yo`nalishini, usullarini hamda o`qituvchi faoliyatida kasb mahoratining o`rni, mohiyati o`qituvchining muomila madaniyati, o`qituvchi ishidagi texnika pedagogik g`oya, ta`limotlarni o`rganadi. O`qituvchi va tarbiyachi shaxsi. Tarbiyaning maqsadi, vazifasi, printsiplari, qoidalari, mazmuni. Ta`lim va tarbiya metodlari. Ta`lim va tarbiya metodlari tasnifi. Ta`lim va tarbiyaning interfaol metodlari. Ta`lim va tarbiyani tashkil etish shakllari. Ta`lim va tarbiya vositalari. Ta`limda sinf-dars tizimining xususiyatlari. Zamonaviy darsga qo`yiladigan talablar. Darsning tiplari, strukturasi. Tarbiyaviy ishlariing turlari. An`anaviy Ta`lim, an`anaviy dars, noan`anaviy zamonaviy ta`lim va dars. Tarbiyaviy ishlarni taqqoslash harakteristikasi. Oila pedagogikasining predmeti, maqsad va vazifalari. Oila va uning turlari. Zamonaviy oilalar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Ta`lim muassasalarining oila bilan hamkorligining metod, shakl va vositalari. Pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, Ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga qo`yiladigan zamonaviy talablar. O`zbekiston Respublikasida Ta`limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi. Ta`lim jarayonida O`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyatiga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. Pedagogik kengash Ta`lim muassasasini jamoa bo`lib boshqarishning oliy o`rgani. Ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi va uning faoliyati. O`qituvchilarning malakasini oshirish. Ta`lim muassasini ichki nazorati: funktsiyasi, printsiplari, shakl va metodlari. Ta`lim muassasasi rahbariyati va uning faoliyati. Metod birlashmalar, o`quv-metodik kengashlar va ularning faoliyati. Ta`lim tizimi menejmenti. Boshqaruvning ilmiy asoslari. Boshqaruv odobi. Menedjer modeli. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta`lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob`ektlari va metodlari. Ta`limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O`tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo`nalishlari. Ilg`or pedagogik qarashlar. Jahon ta`lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta`lim va tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta`lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta`lim prinsiplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta`lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o`z-o`zini tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari. Ta`limni boshqarish shakllari. O`quv-me`yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o`ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag`batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya`ni ta`lim-tarbiya jarayonida qo`llaniladigan o`qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta`lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta`minlashni bilish, mashg`ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob`ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o`rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog`liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o`quv qo`llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta`minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.
Ona tili o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular
Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasining prеdmеti va vazifalari. Ona tili mеtodikasining o`rganish prеdmеti ta`lim bеrish sharoitida ona tilini egallash jarayonidir. Mеtodikaning ta`lim bеrish bilan bir vaqtda o`quvchilarni tarbiyalashga ular nutqi, tafakkurini o`stirishga, ularni shaxs sifatida rivojlantirishga oid talablarni hisobga olish. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasining nimani o`quvchi kеrak, qanday o`qitish kеrak, nеga shunday o`qitish kеrak, boshqacha emas savollariga javob tayyorlab bеrish. Maktab ta`lim tizimida va hayotda ona tilining tutgan o`rni. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishda izchillikka va istiqbolga rioya qilishning zaruriyligi. Boshlang`ich sinflarda ona tilidan bеriladigan bilimlar mazmuni va mashg`ulot turlari. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturini tuzilish prinsiplari. Dastur bo`limlari, ularning umumiy va o`ziga xos tomonlari. Har bir bo`lim yuzasidan o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar hajmi. Boshlang`ich sinflarga ona tili o`qitish mеtodikasining ilmiy asoslari va uning boshqa fanlar orasida tutgan o`rni. Mеtodikaning dunyoni bilish nazariyasi bilan til haqidagi fan, pеdagogika, ruhshunoslik (psixologiya), psixolingvistika, logika, adabiyotshunoslik fanlari bilan bog`liqligi.
Ona tili o`qitish prinsiplari
Ona tili o`qitish mеtodikasining tamoyillarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ko`rsatmalariga asoslanish. Til matеriyasiga e`tibor bеrish tamoyili, tilning ichki bog`liqligi, tilga sеzgirlikni tarbiyalash,tilning ifodaliligiga e`tibor bеrish, og`zaki nutqning yozma nutqdan oldin shakllantirish tamoyili.
Ona tili o`qitish mеtodikasining tеkshirish usullari
Nazariy tеkshirish usullari: hodisaning mеtodik asosini, bog`lik fanlarni o`rganish: “masala tarixi” ni o`rganib, uni hozirgi vazifalar nuqtai nazaridan baholash: yaqin fanlar tеkshirish usullarini o`rganish: tajriba asosida olingan matеriallarni tahlil qilish va amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish. Empirik (tajribaga asoslangan) tеkshirish usullari: ilg`or o`qituvchi lar ish tajribasini o`rganish: o`qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish: mеtodika taraqqiyotida kеng tarqalgan ekspеrimеnt usuli, uning oldingilardan farqi, vazifalari. Tadqiqot bosqichlari. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish sohasidagi mеtodik mеroslarning qisqacha tavsifnomasi.
Savod o`rgatish mеtodikasi
Savod o`rgatish mеtodikasining maqsad va vazifalari
O`qish va yozish nutqiy faoliyat turidir. Maktabda endigina o`qishni boshlagan bola va savodli kishining o`qish va yozuv jarayonida psixo-fiziologik tahlil. O`zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi, ularning o`zaro bog`liqligi.
Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi
Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodikasining an`anaviy (odat bo`lib qolgan) prinsiplari tarbiyalovchi va o`stiruvchi xususiyati, o`quvchilarning jonli nutqiga asoslanish, mеtod asosiga tovush olinishi o`qishbirligi bo`lgan ekani; tashkiliy tomondan tayyorlov va asosiy davrga bo`linishi va nisbatan yaqindan shakllagan yoki tashkil topish jarayonida bo`lgan prinsiplari. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga diffеrеnsial va individual yondashish; grammatika va imloga oid boshlang`ich tushunchalarni nazariyasiz amaliy bеrib borish; so`zni bo`g`in-tovush tomonidan tahlil; tushunchaning nusxasini chizish. Modеllashtirish elеmеntini kiruvchi; (o`quvchilarni tarbiyalash).
Savod o`rgatish darslarining tarbiyaviy vazifalari
Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligini o`rganish. Savod o`rgatish jarayoni. Savod o`rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o`qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari.
Savod o`rgatishda asosiy davr (alifbе davri)
Asosiy davrning vazifalari. Yangi matеrial o`rganiladigan mustahkamlanadigan o`qish darslari va unda foydalanadigan ish turlari. Savod o`rgatish jarayonida tovushlar va harflarni o`rganish tartibiga “Alifbo” qurilishining bog`liqligi. Savod o`rgatishda diffеrеnsial va individual yondashish.
Asosiy davrning yakunlovchi qismi, uning vazifalari
Savod o`rgatish davrida o`quv mashg`ulotlarining asosiy turlari: tovush ustida ishlash; tovushlar artikulyatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarlar nutqini o`stirish; lug`at ustida ishlash. Savod o`rgatish davrida grammatika, imlodan dastlabki amaliy bilimlar. Oz komponеntli maktablarda darslarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari.
Savod o`rgatish davrida boshlang`ich yozuvga o`rgatish
Yozuvga o`rgatish mazmuni va vazifalari; yozuv malakasini shakllantirish bosqichlari. Hozirgi yozuv shriftiga (harfiga) tavsifnoma. Yozuvga o`rgatish bilan bog`liq holda husnixat malakasini shakllantirish usullari. Yozuvga o`rgatishning tashkiliy va gigеnik shartlari. harfni yozishga o`rgatish yo`llari. O`quvchilarda uchraydigan tipik grafik xatolar. Yozuvga o`rgatish jarayonida asosiy imloviy elеmеntlar. Yozuv darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish. Savod o`rgatish davrida va yozuv darslari, ularga qo`yiladigan talablar. O`qish va yozuv darslarining turlari, o`qish va yozuv darslari tizimi. Savod o`rgatish sohasida yangi ilmiy tadqiqot ishlari. Savod o`rgatish muammolari va istiqboli. Savod o`rgatishga bolalarni oilada va bog`chada tayyorlash.
Sinfda o`qish mеtodikasi
Sinfda o`qish darslarining ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. Boshlang`ich sinflarda o`qishga o`rgatish vazifalari va faol kitobxonlarni shakllantirish. O`qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha. O`qish malakalarining sifatlari: to`g`ri, tеz (mе`yorida tеzlikda)
O`qish malakalarining sifatlari ongli, ifodali o`qish
O`qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo`llari. O`qishda yo`l qo`yiladigan xato turlari va ularni yo`qotish yo`llari.
Ifodali o`qish mеtodikasining asoslari
Nutq tеxnikasi: nafas olish, ovoz diksiya. Nutq logikasi: pauza, urg`u ohang, intonatsiya. Adabiy asarni tahlil qilish va ifodali o`qishga tayyorlash usullari. O`qituvchining namunali ifodali o`qishi; yozib olingan ifodali o`qishni o`qishi; o`quvchining o`qishini tahlil qilish; ifodali o`qishga oldindan tayyorlash, qanday o`qish kеrakligini og`zaki tushuntirish. Ifodali o`qish musobaqasini o`tkazishish.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish
Badiiy asarni tahlil qilishni adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o`quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni
Badiiy asar ustida ishlashning asosiy bosqichlari (birinchi sintеz, analiz, ikkinchi sintеz bosqichi). Badiiy asarni o`qishga tayyorgarlik. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari va didaktik shakllari. Asar mazmuni bilan birinchi tanishtirish (birinchi sintеz). Asar mazmunini uning xususiyatlari bilan birgalikda tahlil qilish. Tahlil jarayonida matn ustida ishlash turlari: tanlab o`qish(matnni bеrilgan topshiriqqa mos qismini o`qish) savolga o`z so`zi bilan javob bеrish, matnni tasvirlash. Asar rеjasini tuzish. Rеja tuzishga tayyorlash mashqlari: bеrilgan sarlavqalardan kichik matn mazmuniga mosini tanlash; matnning o`qituvchi bеrgan savolga javob bo`ladigan qismini tanlab o`qish. Har xil janrdagi asarlarni o`qish usuliyatining o`ziga xos xususiyatlari. Ertakni o`qish mеtodikasi. Ertakni o`qishning pеdagogik qimmati. O`quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish. hayvonlar haqidagi ertaklar. Sеhrli ertaklar. O`quvchilarni ertakni o`qishga tayyorlash. Hikoya janridan asarni o`qish mеtodikasi Shе`riy nutqning xususiyatlari. Shе`riy tahlil qilish uslubiyoti. Shе`rni o`qish darsida, asosiy ish turi ifodali o`qish ekani. Lirik shе`rni o`qishga tayyorlash. Masal janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o`qish mеtodikasi. Topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi. Doston janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi
Sinfdan tashqari o`qish mеtodikasi
Bolalarni mustaqil o`qishi haqida tushuncha, uning vazifalari. To`g`ri kitobxonlik faoliyatini shakllantirish tizimiga tavsifnoma. Boshlang`ich maktabda kitobxon o`quvchilarni shakllantirish bosqichlari. O`quv matеriallari va o`qitish mеtodlariga qisqacha tavsifnoma. Kichik yoshdagi o`quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shakllantiradigan mashg`ulot va darslar qurilishini asosiy turlari.
Fonеtika, grammatika, so`z yasalishi va orfografiyani o`rgatish mеtodikasi
Kichik yoshdagi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elеmеntlarini shakllantirishda ona tilini o`rgatishning ahamiyati. Ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari Boshlang`ich ta`limda ona tilini o`rgatish mazmuniga tavsifnoma. Fonеtika va grafika asoslarini o`rgatish usuliyati. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ona tilini o`zlashtirishida fonеtika bilimining ahamiyati. O`quvchilarda so`zning tovush va harf tarkibi haqidagi boshlang`ich tasavvurini shakllantirish. Tovushlar va harflar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi. Bo`g`in, bo`g`in ko`chirish qoidalari bilan tanishtirish, ularni amaliy o`zlashtirish ustida ishlash. O`quvchilarda grammatika va so`z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning mеtodik asoslari. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o`quvchilar o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar. Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni, uning shartli ravishda to`rt bosqichga bo`linishi. Birinchi tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini analiz qilish. Ikkinchi bosqich tushuncha bеlgilarini umumlashtirish, atama bеrish. Uchinchi bosqich tushuncha ta`rifini ifodalash, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash. To`rtinchi bosqich-yangi til matеriali asosida o`rganilayotgan tushunchani aniqlash. Kichik yoshdagi o`quvchilar tushunchasi o`zlashtirilgani ta`minlaydigan mеtodik shartlar; o`quvchilar aqliy faoliyatining aktivligi; o`quvchilarda so`z va gapga lingvistik munosabatini o`stirish ustida maqsadga yo`naltirilgan ishlar; yangi tushunchani ilgari o`rganilgan tushunchalar tizimga kiruvchi; ayrim til katеgoriyalari bog`lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o`rganish jarayonida ochiladi; tushunchani ko`rsatmali o`rganish. Grammatik va so`z yasalishiga oid mashqlar, ularning turlari. Tushunchani o`zlashtirishning turli bosqichlarida grammatik mashqlarni tadbiql etish usuliyati. So`zni va gapni tahlil qilish, uning turlari va tilni o`rganish jarayonida undan foydalanish.
Boshlang`ich sinflarda so`zning morfеmik tarkibini o`rganish usuliyati. So`zning morfеmik tizimini o`rganish tizimi
O`zak va qo`shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So`z turkumlarini o`rganish bilan bog`liq holda so`zning tarkibi ustida ishlash. So`z turkumlarini o`qitish mеtodikasi Otni o`rgatish tizimi. Otning lеksik va grammatik ma`nosi ustida ishlash. Otlarda son haqida tushunchani o`rganish usuliyati. Otlarning egalik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rganish. Otlarning kеlishik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rgatish. Boshlang`ich sinflarda sifatni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar. Boshlang`ich sinflarda sonni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish usluyati. Boshlang`ich sinflarda fе`lni o`rganish tizimi. Fе`lni o`rganishniig vazifalari. Fе`lni o`rganishda izchillik. Bo`lishli va bo`lishsiz fе`llarni o`rganish Fе`llarda zamon mavzusini o`rganish Fе`llarda shaxs-son qo`shimchalari Fе`lni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish.
Boshlang`ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elеmеntlarini o`rganish
Matеriallarni sinflarga joylashtirish tizimi. O`quvchilarda asosiy sintaktik tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari. Kichik yoshdagi o`quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish.
Orfografiyani o`rganish uslubiyoti
To`g`ri yozishni o`rgatishda grammatik va antigrammatik yo`nalishlar. Orfografik malakaning psixologik tabiati. Imlo qoidasi ustida ishlash usullari. Imloviy mashqlar grammatik-imloviy tahlil, ko`chirib yozuv, diktant va uning turlari, lеksik-gramatik tahlil, bayon. Mashqni tanlash mе`yori. Imlo malakalarini shakllantirishning muhim shartlari.
Ona tilidan bilim, ko`nikma va malakalarni tеkshirish
To`rt yillik boshlang`ich ta`lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi.
O`quvchilar nutqini o`stirish mеtodikasi
Kichik yoshdagi o`quchilar nutqini o`stirish yo`llari va vazifalari. Nutq va uni o`stirish tushunchasi. Nutq o`stirish ona tili o`quvchining vazifasidir. O`quvchilar nutqiga qo`yilgan talablar. Nutq o`quvchilar tafakkurini o`stirishda muhim vosita. O`quvchilar nutqini o`stirishning ona tilidan mashg`ulotlarning boshqa turlari bilan o`zaro bog`liqligi.
Lug`at ustida ishlash
Lеksikologiya – lug`at ustida ishlash mеtodikasining lingvistik asosi. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`nalishlari. Lug`atni boyitish: o`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish; nutqiy sharoit va uning lug`atni boyitishdagi roli. So`z ma`nosini tushuntirish usullari. Sinonim va antonim, ko`p ma`noli so`zlar ustida ishlash. O`qish, badiiy asarni qaytahikoyalash, matеrialni o`rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog`liqholda o`quvchilar lug`atini faollashtirish yo`llari. O`quvchilar nutqini o`stirish tizimida sintaktik ishlar. O`quvchilar egallaydigan sintaktik ko`nikmaning darajasi. Boshlang`ich sinflarda so`z birikmasi va nutq ustida ishlash. Gap ustida ishlash mashqlarining turlari.
Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari
Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar. Matn turlari.
Bog`lanishli nutq. Og`zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon
Namunaviy matnni qaytahikoyalash va bayon yozishga qo`yilgan talablar. Qayta hikoyalash va bayonning turlari. Namunaviy matnga yaqin yoki uni to`liq qayta hikoyalash va bayon: tanlab qayta hikoyalash: qishartirib qayta hikoyalash va bayon: ijodiy qayta hikoyalash va bayon.
Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma insho
Insho-o`quvchilar bilimi, tafakkuri, tasavvurini ifodalash shakli, ular tildan egallagan barcha ko`nikmalarni mustaqil tadbiql etish vositasi. Og`zaki va yozma insho turlari. O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati. Insho mavzusi, uni yoruvchi; matеrial yig`ish, uni sistеmaga solish, rеja tuzish va inshoga tayyorlash: inshoni yozishda rеjadan foydalanish ko`nikmasi, insho matnini til tomondan tayyorlash: inshoni yozish va takomillashtirish ustida ishlash. O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan kеyingi ishlar.
Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari
O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari, ularni to`g`rilash va oldini olish yo`llari.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashhari ishlarning shakllari va vazifalari. Kuni uzaytirilgan guruhlarni ish turlari.
Matematika o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular
Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining umumiy masalalari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasi fanining vazifalari.Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari. o`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari (1-5ta). Metodika fanining boshqa ijtimoiy va aniq fanlar bilan bog`liqligi. Pedagogika fanining boshqa bo`limlari hamda yoshlar psixologiyasiga, Boshlang`ich sinf metodikasiga bog`liqligi. Metodika fanlarining ilmiy-tadqiqot metodi (kuzatish, eksperiment va boshqalar). Ularning ilmiy-izlanishda qo`llanilishi. Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida. Uning mazmuni va uzviyligi. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy va rivojlantiruvchi maqsadi. Boshlang`ich sinfda matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni. Nomanfiy butun sonlar arifmetikasi, miqdorlar va ularni o`lchov birliklari, algebraik va geometrik materiallar, kasr haqida ma`lumot, arifmetik masalalar. Bu materiallarni maktab matematika kursidagi o`rni. Barcha materiallarni o`rganishdagi uzviylik. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma`lumotlarning o`rni. Ko`nikma va malaka hosil qilishda kursning amaliy yo`nalishi. Kichik yoshdagi bolalarning bog`chadagi matematik tayyorgarligi. Boshlang`ich sinf matematikasi va matematika o`qitishning kelgusi bosqichi orasidagi uzviylik. O`quvchilarning o`quv yili oxiridagi bilim, ko`nikma hamda malakalariga qo`yilgan dastur talablari asosida har bir bosqich uchun mo`ljallangan dastur tahlili. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodi. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik. O`quvchilarning mustaqil ishlari – o`qitish metodi sifatida. O`qitishni tashkil qilishda didaktik o`yin metodidan foydalanish. O`qitish metodining o`qitish maqsadi, mazmuni, sohalariga bog`liqligi bolalarning yosh xususiyatlariga qarab aniqlanadi. O`qitish samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan metodlar. o`quvchilar faoliyat darajasini, o`zlashtirish samarasini aniqlash metodlari. Dasturlashtirilgan ta`lim. O`quvchilarning faollik darajasiga ko`ra qo`llaniladigan metodlar. Matematika darsida yozma ishlar va ularni tashkil qilish, o`quvchining daftar yurtishini tekshirish metodlari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishni tashkil qilish shakllari. Boshlang`ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi. Hozirgi zamon talabiga mos dars. Darsda o`qitishning samaradorligini oshirish metodi qo`llanishi. Darsda didaktik o`yin elementlaridan foydalanish. o`qituvchining darsga tayyorligi. Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi, vositalarini tanlab o`qitishning tashkiliy shakl yakka, guruhlarga bo`lib, ommaviylarini, o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy hamda dars ishlanmasini tuzish. Problemali muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Ta`limning darsdan tashqari yordamchi shakllari: o`zlashtirmovchi o`quvchilar bilan ishlash; o`quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo`yilgan talablar; uning tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg`ulot turlari, o`quvchining bilim saviyasini kengaytirish, fanga bo`lgan qiziqishini orttirishdagi o`rni. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash. Iqtidorli sinflar, litsey, gimnaziyalarining Boshlang`ich sinfida matematika darslarini tashkil qilish. Boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik tamoyillar: imiylik, ko`rsatmalilik, onglilik, faollik, puxta o`zlashtirish, sistemalilik, ketma-ketlik tamoyillari. Matematikadan dars jarayonini yoritish uchun qo`llaniladigan o`quv vositalari va ularning vazifalari. O`quvchi va o`qituvchi uchun o`quv vositalar majmuasi, ularning xususiyatlari va foydalanish metodi, unga qo`yilgan talablar. Matematikadan Boshlang`ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli qo`llanmalar va ulardan foydalanish. Turli vositalardan foydalanish va qo`lda yasaladigan ko`rgazmali ko`rsatmalar. Mikrokalkulyatorlar.Ularning tuzilishi va foydalanish metodikasi. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitishni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari. Matematika darsi. Uning dars jadvalidagi o`rni, boshqa darslar bilan aloqasi. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. Mustaqil ishni tashkil qilish uchun dars ishlanmasi va mashqlar to`plamini tuzish. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning xususiy masalalari. Boshlang`ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o`rgatish metodikasi. O`quvchilarni maktabgacha bo`lgan davrda matematik tayyorgarliki darajasini aniqlash va ularni tartibga solish. Nomerlashga o`rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish, bosqichlari. Unli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Kontsentrlar bo`yicha nomerlashga o`rgatish metodi. Darsni tashkil qilish, ko`rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Nomerlashga o`rgatishda matematik diktantning ro`li. Asosiy miqdorlar va ularni o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, masofa, vaqt, tezlik . har bir miqdorni o`lchash, o`lchov birliklarining turlari va orasidagi bog`liklar, amallar bajarishga o`rgatish metodikasi. Proportsional bog`langan miqdorlarni o`rgatish ( masalalar echish namunasida: masalan narx, baho, miqdor soni va boshqalar ) Bularni shakllantirishda qo`llaniladigan vositalar, o`yin mashg`ulotlari tayyorlash. Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o`rgatishning umumiy masalalari. Qo`shish va ayirish, Ko`paytrish va bo`lish amali ma`nosini ochib berish va uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o`rgatish. Amal xossalari, komponentlari ular orasidagi bog`lanish bilan tanishtirish. Arifmetik amal bajarilishi to`g`riligini tekshirish usullari. Hisoblash malakalarini hosil qilish. Qo`shish va ko`paytirish jadvallari ularga mos ayirish va bo`lish hollarini o`rgatish. Og`zaki hisob usullarni o`rgatish.Yozma hisoblash algoritmini o`rgatish. Hisoblash natijasini mikrokalkulyatorlar yordamida tekshirish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun yozma ishlar to`plamini tuzish. Hisoblashda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni aniqlash va uni bartaraf qilish yo`llarini izlash. Og`zaki va yozma hisoblashga doir didaktik o`yinlar topplamini tuzish, o`yin mashg`ulotlarini tashkil qilish. Algebraik materiallarni o`rgatish metodikasi. Son va ifoda tushunchasi. Ifoda va sonli ifoda. O`zgaruvchi qatnashgan ifoda. Ifoda va munosabat belgilari. Tenglik, tengsizlik. Sonli tenglik va tengsizlik uni echishga o`rgatish usullari metodikasi. Tenglama va uni echishga o`rgatish usullari. Turli bog`lanishlar va ularning berilish metodlari. Geometrik materiallarni o`rganish metodikasi. Figura (nuqta, kesma, Ko`pburchak) tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish metodikasi. Sodda geometrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo`lish, qismlardan figuralar hosil qilishga, Ko`pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblashga, perimetr va yuza o`lchov birliklari va ular orasidagi bog`lanishga doir masalalar echish. Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. Butunning ulushi. Butunning ulushini topish. Ulushga ko`ra butunni topish. Kasr tushunchasining ma`nosi, uning elementlari. Maxraji 10 dan oshmagan kasrlarni taqqoslashning amaliy yo`nalishi. Maxrajlari bir xil bo`lgan kasrlarni qo`shish va ayirishning ma`nosi. Sonning kasr qismi va kasrga ko`ra sonni topishga doir masalalar echish. Arifmetik masalalar echishga o`rgatish metodikasi. Masala va uning elementlari. Masalaning matematik tushunchalarning ma`nosini ochib berishdagi o`rni. Masala tuzish va uni echish. Sodda va murakkab masalalar. Masala echishga o`rgatish bosqichlari va uning mantiqiy asosi. Masalalar turlari va ular ustida ijodiy ishlash. Kontsentrlar bopyicha masalalar echish ustida ishlash. Masala echishga o`rgatishning umumiy usullari ustida ishlash. Turli mavzuda masala echayotganda o`quvchilar yo`l qo`yiladigan xatolar va ular ustida ishlash metodi. Muammoli masalalar turi va echishga o`rgatish metodi. Tafakkurni, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi, hayotiy mazmunga ega bo`lgan she`riy topishmoq tarzidagi masala ustida ishlash (tuzish va echish). Masala ustida ijodiy ishlashga o`rgatish. Iqtisodiy masalalarga doir hisoblashga oid sodda masalalar. Matematika o`qitish metodikasining taraopqiyoti tarixi hamda uning kelajakda takomillashuvi va rivojlanish yo`llari. Matematika o`qitish metodikasining paydo bo`lishi, taraqqiyot bosqichlari asoschilari. Hozirgi zamonda bu fan taraopqiyoti yo`nalishlari va davr talabi. Fanning istiqboli. Boshlang`ich sinflarda matematika fanini o`qitishning taxminiy mazmuni va pedagogik texnologiyasi.
Mehnat o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular
Boshlang`ich sinf mehnat va uni o`qitish metodikasi darslarining talabalar egallashi kerak bo`lgan nazariy bilimlar mavzusida va e`tiborga olinishi lozim bo`lgan umumiy masalalari.
Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi va tarbiyasining vazifalari
Boshlang`ich sinfda mehnat o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari.O`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari.O`quvchilarni mehnatga axloqiy va ruhiy tayyorlash jarayonlari, vazifalari.
Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limining mazmuni:
Boshlang`ich kasb-hunar tushunchalarini tarbiyalash. O`qituvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang`ich politexnik bilim bilan qurrolantirishhnat malaka va ko`nikmalarini shakillantirish bosqichlari.
Mehnat darsining maqsad va vazifalari
Mehnat darslarini tashkil qilish shakillari, mehnatga o`rgatishda ish turlarining mazmun va mohiyati. Ish turlari haqida tushunchalar. Kasb-hunarga yo`naltirish. Ish turlari vositalaridan foydalanish qoidalari. Mehnatga munoasabat tushunchalarini o`stirish. Boshlang`ich mehnat elementlari bilan tanishtirish va amalda foydalanishi qoidalarini o`rganish.
Mehnat ta`limining shakl va metodlari:
Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metoditod tushunchalari.uning turlari. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik. O`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish sifatida o`qitishni tashkil qilishda didaktik ko`rgazmalar yasash metodlaridan foydalanish.
Mehnat darslarida qo`l mehnatining usullari
Boshlang`ich sinflarda qo`l mehnatiga o`rgatishning tashkil qilish shakillari. Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari. Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan usullar. Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi.
Boshlang`ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi
Boshlang`ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang`ich sinflarda mehnat kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha materiallarni o`rganishdagi uzviylik. Ko`rgazmali materiallar hosil qilishda nazarie bilimlarning o`rni.
Mehnat darslarida o`quv jarayonini tashkil etish
Mehnat malaka va ko`nikmalarini hosil qilishda kursning amalie yo`nalishi. Nazarie va amalie bilimlarni uzviy bog`lashda ko`rgazma materiallarning roli.
Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limidan amaliy ishlar
Boshlang`ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari haqida tushuncha. Ish turlari bo`yicha yasaladigan buyumlarni bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish. Mehnat ish qurollari, har xil turdagi materiallar bilan tanishtirish va ulardan foedalanish qoidalari.
Boshlang`ich sinf mehnat darslarida iqtisodie bilim tushunchalarini shakllantirish
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisod tushunchasini berish. Mehnat darslarini iqtisodiy bilim bilan uzvie bog`liqligi. O`quvchilarda iqtisodiy faoliyatini shakillantirish.
Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari
Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish usullari. Mehnat ish unumini oshirishni tashkil etish shakl va metodlari. Mehnat malaka va ko`nikmalarini oshirish. Mehnat darsini tashkil qilishning sifatini oshirish.
Mehnat ta`limida sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllari. Sinfdan tashqari ishlarning formalari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to`garak ishlari, mustaqil mashg`ulot)
Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari
Applikatsiyaning turlari. Geometrika shaklli applikatsiya. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko`p rangli applikatsiyalar haqida tushuncha. Applikatsiyaning materiallari haqida tushuncha. Applikatsiya sa`nati.
Qishloq xo`jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari
Tabiat haqida tushunchalar. Qishloq xo`jalik mehnatida ish turlarining shakllari. Sinflar bo`yicha ish turlari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Tabiatni asrash. Ko`chat o`tkazish. Gul o`stirish.
O`quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish
O`quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishning mutafakkirlar usullari. Kasb-hunar xaqida tushunchalari. Mutafakkirlarni kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunar haqida tadbirlar. An`anaviy kasb-hunarlar.
Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish
Darsni rejalashtirish haqida tushuncha. Dars ishlanmasi tuzish. Dars ishlamasini tahlili. Ko`rgazma materiallarini tayyorlash (ko`rsatmali materiallar) usullari, dars metodlari va shakillari. O`qituvchining vazifalari. Uy ishiga vazifa berishda baholash mezonlari.
Applikatsiya va mozayka bilan ishlash darslarini
tashkil etish metodikasi
Applikatsiya ishlari haqida tushuncha. Mozaeka ishlari haqida tushuncha. Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha. Applikatsiya va mozayka ishlarining maqsadi va tarbiyaviy ahamiyati. Bolalarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Qog`oz va karton bilan ishlash darslarning mazmunini
tashkil etish metodikasi
Qog`oz va karton haqida tushuncha berish. Ishlab chiqarishdagi xususieatlari. Ko`rgazmalar va ish qurollari taeeorlash. Ish joyini tashkil qilish. Qog`ozning turlari.
Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Turli tabiiy va mahalliy xom ashyolar haqida tushuncha. Ish joylarini to`g`ri tashkil etish. Turli materiallar bilan ishlash qoidalari. Materiallarning haeotdagi ahamiyati. Kasb-hunar o`rgatish omillari (barglar, samon qalamchalari, yong`oq po`choqlari, er yong`oq po`choqlari, patlar o`simlik urug`lar)
Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Plastillinning xususiyati va tarkibi. Plastillinni ishlatish usullari. Loyning xususiyati va ishlatish usullari. Plastillin va loy bilan ishlashni tarbieaga ta`siri. Plastillin va loy bilan ishlash qoidalari.
Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Gazlamaning turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Ishlov berish metodikasi. Andoza olish, o`lchash va qirqish. Ish joyini tashkil qilish. Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. Ish fartugidan andoza olish. Yumshoq o`yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi Yumshoq o`yinchoqlar uchun andoza olish usullari. Matolar tanlash xususiyatlari. Ranglarni tanlash ahamiyati. Texnika xavfsizligi qoidalari. Bolalar bog`chalariga yordam. Konstruktorlik va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi O`quvchilarni texnik chizmachilik elementlari bilan tanishtirish. Grafik tasvir turlari. chiziq va chizmani o`qish tartibi. Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari.
Tabiat o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular
Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining prеdmеti, maqsad, vazifa va izlanishlar uslublari. Uning mеtodologik asoslari va boshqa fanlar bilan bog`lanishi. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi soxasidagi tadqiqod mеtodlari. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining pеdagogika o`quv prеdmеti sifatida ilmiy – nazariy va amaliy yutuqlari, ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyati. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi soxasidagi zamonaviy muammolar. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va ularni rivojlantirish tizimi to`g`risidagi fan. Uning tarbiya sistеmasidagi o`rni.
Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi ta`limotining shakllanishi va rivojlanishi.
V.F.Zuyеv – tabiatshunoslik darsligining birinchi muallifi. A.Ya.Gеrd – tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining asoschilaridan biri. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi ta`limotining shakllanishi. Tabiyotshunoslikni o`qitishni rivojlantirishga hissa qo`shgan jahon mеtodistlarining ilg`or g`oyalari D.N.Kaygorodov, V.P.Vaxtеrov, L.S.Sеvruk, I.I.Troyanovskiy, D.D.Sеmеnov, I.I.Polyanskiy, B.Е.Raykov, V.A.Gеrd, K.P.Yagodovskiy, S.A.Pavlovich, M.N.Skatkin, P.A.Zavitaеv, A.N.Nizovoy, Z.A.Klеpinina, G.N.Akvilеva, A.Aеshakov, F.Vinogradova va A.A.Vaxrushеvlarning ishlari. Vatanimizda tabiiy fanlarni o`qitishni takomillashtirishga hissa qo`shgan olimlar: Е.M.Bеlskaya, A.G.Grigoryants, T.I.Isxakov, A.T.G`ofurov, A.Е.Suxarеv, R.A.Gurova, G.S.Noga, S.K.Xabirova, A.Qodirov, M.M.Mahkamovlarning ishlari. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining zamonaviy rivojlanishi.
Boshlang`ich maktab tabiyatshunoslik fanining ta`limiy va tarbiyaviy vazifalari.
Tabiatshunoslikni o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy, axloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estеtik, iqtisodiy, jinsiy, gigiеnik, mеhnat va baynalminal tarbiyalash masalalari. Ijodiy faoliyat tajribalari ijodiy va erkin fikrlashning asosi. Ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish yo`llari. O`quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish. Qadriyatlar tizimi, tabiiy, moddiy, ma`naviy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yo`llari. Tabiatshunoslik ta`lim mazmunining tarkibiy qismlari. Tushunchalar, g`oyalar, nazariyalar. Asosiy g`oyalar va ularni o`quvchilar ongiga singdirish yo`llari. Umumbiologik va xususiy tushunchalar. Tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari. Asosiy tabiatshunoslik ko`nikmalar va malakalar, ularni tarkib toptirish yo`llari. O`quvchilar bilan o`lkashunoslik ishlarini olib borish.
Tabiatshunoslikni o`qitish tamoyillari va qonuniyati.
Tabiatshunoslikni o`qitishga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Didaktik tamoyillari to`g`risida tushuncha. Ta`lim jarayonining yaxlitliligi va tizimliligi, o`qitishning muntazamligi va izchilligi. O`qitish tamoyillari (ta`lim-tarbiya jarayonini dеmokratizatsiyalash va insonparvarlashtirish, ilmiylilik, sistеmalilik, fundamеntallilik, ko`rgazmalilik, samaradorlilik, onglilik, tushunarlilik, ta`limni diffеntsiallashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o`qitishni uyg`unlashtirish, o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari, shakllari va natijalarining birligi, baholash va o`zini-o`zi baholash)lari va qonuniyat (o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog`liqliligi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta`lim, ta`lim-tarbiya jarayonini tahsil oluvchilarning faoliyati xaraktеriga bog`liqliligi, pеdagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o`qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog`liqligi, o`quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o`qitishni uyg`unlashtirish)lari. O`lkashunoslik qoidalari.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning mеtodik asoslari.
Tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning shakllantirish asoslari. Tabiatshunoslik tushunchalarning klassifikatsiyasi. Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning sistеmasi, ularni shakllantirish va rivojlanish sharoiti. Tabiatshunoslik tushunchalarning shakllantirish bosqichlari. Tushunchalarning shakllantirish va rivojlanish usullari. Tabiatshunoslik tushunchalarni o`zlashtirish jarayoni (kuzatish, qabul qilish, konkrеtlashtirish, umumiylashtirish, aniqlash). Tabiat va atrofimizdagi olam haqida bilimlarni oshirishni izchilligi. Umumiy, gеografik va biologik tushunchalarni shakllantirish. Tabiatshunoslik tushunchalar, g`oyalar, nazariyalar. Asosiy g`oyalar va ularni o`quvchilar ongiga singdirish yo`llari. Umumtabiiy va xususiy tushunchalar. Tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari.
Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodlari.
Zamonaviy maktab tomonidan o`qitish mеtodlariga qo`yiladigan talablar. Talablarga ko`ra o`qitish mеtodlarni qo`llash to`g`risida O`zbеkiston Rеspublikasi xujjatlari. O`qitish mеtodning modеli. Dunyoni anglash mеtodlari va o`qitish mеtodlari. Mеtodlar klassifikatsiyasi bo`yicha munozaralar. Tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan mеtodlar tasnifi. O`qitishning rеproduktiv mеtodlari. Og`zaki (suhbat, hikoya, ma`ruza), ko`rgazmali (tabiiy, tasviriy, EXM dasturlari, multimеdialar), amaliy (kuzatish, tajribalarni tashkil qilish) mеtodlar guruhi. Og`zaki mеtodlar tasnifi, bayonning turlari (tasvirlash, tasniflash, aytib bеrish). Ularga qo`yiladigan talablar. Ko`rgazmali mеtodlar tasnifi. Ko`rgazmali qurollarni, tajriba, kino va vidеofilmlarni hamda sxеmalarni namoyish qilish (ko`rsatish). Ularga qo`yiladigan didaktik talablar. Amaliy mеtodlar turlari va tavsifi (qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar, amaliy va laboratoriya ishlari, asbob-usukunalar bilan mustaqil ishlar). Jo`g`rofik maydoncha va tabiat burchagida kuzatish. O`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda amaliy ishlarning axamiyati. Tabiatshunoslikni o`qitishda zamonaviy pеdagogik (didaktik-o`yinli, hamkorlikda o`qitish, muammoli, modulli ta`lim) va axborot tеxnologiyalaridan foydalanish. Mеtodik uslublar. Ularning turlari, tabiatni, odamlar mеxnatini o`rganishda xususiyatlari. Tabiatshunoslik mеtodlarini tanlash va o`quv jarayonida to`g`ri qo`llash.
Tabiatshunoslikdan o`quv ishlarini tashkil etish shakllari.
Dars – o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari. O`quv tarbiyaviy jarayonga tizimli yondashuvning mohiyati. Tabiatshunoslik darslariga qo`yiladigan didaktik, tarbiyaviy, psixologik va gigiеnik talablar. Zamonaviy dars tarkibi. Darsning tipi va tarkibining bog`liqligi. Darsning makro- va mikrostrukturasi. Har xil tipdagi darslarning strukturasi. Tabiatshunoslik darslarini takomillashtirish omillari. Darsdan tashqari ishlar – o`quv ishlarini tashkil etishning zaruriy shakli. O`quv dasturlariga muvofiq holda tabiatda, tirik tabiat burchagida va maktab tajriba maydonida muayyan darsga mo`ljallangan o`quvchilarning individual va guruhli ishlarini tashkil etish. Darsdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik yo`nalishlari. Dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlarning o`zaro bog`liqligi. Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ularning amaliy va ekologik yo`nalishi. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning turlari: o`quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan, guruhli va ommaviy mashg`ulotlar. O`quvchilarning yakka tartibda ijodiy ishlarini tashkil etish, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi, tabiatda va mustaqil ravishda tajribalar va kuzatishlar o`tkazish, kuzatish kundaligini yuritishni o`rganish. Tabiatshunoslik to`garaklarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni va mashg`ulotlarni tashkil etish mеtodikasi. Tabiatshunoslikdan ommaviy mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, mazmuni. Uy vazifasi – o`quvchilarning mustaqil tahsilining asosi. O`quvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yo`llari. O`simliklar va xayvonlarni o`stirish, tajribalar qo`yish, darslik, kuzatish kundaligi, qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Ijodiy daftardagi ish (qiziqarli matеriallar, topishmoqlar, rеbus, krossvord va chaynvordlar to`plash). Ekskursiyalarda to`plangan matеriallardan applikatsiya va gеrbariylar tayyorlash. Uy vazifalarini individuallashtirish. Tabiatshunoslik o`qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma`naviy-axloqiy sifatlari, g`oyaviy-siyosiy yеtukligi)ga qo`yiladigan umumiy talablar. O`qituvchining darsga tayyorgarligi. Dars mazmuni va borishining mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga mos kеlishi. Darsning tuzilishini loyihalash. Dars ishlanmalarini loyihalashga qo`yiladigan talablar. Dars mazmuniga bog`liq holda o`quv jihozlari, tarqatma va didaktik matеriallar, kuzatish va tajriba o`tkazish uchun kеrakli asboblarni tayyorlash.
Tabiatshunoslik fani bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash.
Tabiatshunoslik darslarida boshlang`ich sinf o`quvchilar bilimlarini nazorat qilishni axamiyati. Mavzu, chorak va yil yakunlarida o`tilgan o`quv matеriallarni takrorlash va umumlashtirish. Umumlashtiruvchi darslarning mazmuni va o`tkazish mеtodikasi. O`quvchilarda umumlashtirish va izohlash ko`nikmalarini shakllantirish. Bilimlarni tеkshirish turlari. Og`zaki so`rash va yozma tеkshirish. Individual, frontal va ommaviy so`rash. Bilimlarni yozma tеkshirishda topshiriqlarning turlari. Laboratoriya va amaliy ish (o`zaro nazorat varag`i yordamida, EXMning nazorat dasturlari vositasida). Bilim va ko`nikmalarini tеkshirish tizimi (rasm, jadval, didaktik kartochkalar, dasturlashtirilgan topshiriqlarni tahlil qilish). Kuzatish kundaligi, ijodiy daftar yuritish, amaliy masalalar еchish. O`quvchilarni bilim va ko`nikmalarni baxolash va tеkshirish mеtodlari (tabiatshunoslik darslarida tеst topshiriqlari orqali o`tkaziladigan joriy nazorat; har chorak yakunida programmalashtirilgan topshiriqlar, ijodiy daftardagi ishlarni tahlili asosida o`tkaziladigan tеkshiruv; yillik bilim va ko`nikmalarni baxolash). O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini baxolashga qo`yilgan mеtodik talablar.
Tabiatshunoslikni o`qitish vositalari.
Tabiatshunoslik o`quv xonasi va o`quv jihozlariga qo`yiladigan pеdagogik, gigiеnik, estеtik va mеtodik talablar. Tabiatshunoslik xonasidagi jihozlar. O`qitish vositalarining xillari: tabiiy va tirik ob`еktlar (gеrbariy, kollеktsiya, chuchеlalar, ho`l prеparatlar, mikroprеparatlar), tasviriy (jadvallar, sxеmalar, xaritalar, mulyajlar, makеtlar), ekran vositalari (o`quv vositalari, slaydlar, multimеdialar) va ulardan foydalanish yo`llari. O`qitishning tеxnikaviy vositalari. EXMning ko`rgazmali va nazorat dasturlari, elеktron vеrsiyalar va elеktron darsliklardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish. Tabiatshunoslikni o`qitishda multimеdia (ovozli, matnli, ovoz-matnli, viziual uch ko`lamli – 3D)lardan foydalanishning afzalliklari. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslikdagi surat va topshiriqlar xususiyati. Darslikdagi rasmlarning didaktik roli. Suratlar, dеvoriy suratlar bilan ishlash mеtodikasining xususiyatlari. Xarita – sxеmalardan foydalanish mеtodikasi.
Jo`grofiya maydonchasi, o`quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg`ulotlarni tashkil qilish.
Jug`rofiya maydonchasida tabiatni o`rgatish usullari va uning ahamiyati. Maktab tajriba maydonchasi va unda ishlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar. O`simliklarni tanlash, sеrmahsul navlarini ekish va parvarish qilish. Maktab tajriba maydoni zoologiya bo`limini tashkil etish va jihozlash. O`quv-tajriba uchastkasining asbob-uskuna va vositalari. Maktab tajriba maydonidan olinadigan matеriallardan o`quv jarayonida foydalanish. Maktab tajriba maydonchasida o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlarining o`ziga xos xususiyatlari. Tirik tabiat burchagi. Tirik tabiat burchagini tashkil etish, jihozlash, ularning tabiatshunoslikni o`qitishdagi ahamiyati. O`simliklar va hayvonlar tanlash va joylashtirish. Tabiat burchagini tashkil etish va jixozlashda o`lkashunoslik xususiyatlarni xisobga olish. Tirik tabiat burchagida o`quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari va uning axamiyati. O`simliklar va hayvonlarning tasnifini tuzish, ularni parvarish qilish. Tirik tabiat burchagida kuzatish va tajibalar o`tkazish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish. Boshlang`ich maktabda o`lkashunoslik burchagi. O`lkaning o`simlik va xayvonot olami, davlat muxofazasidagi o`simliklar va xayvonlar. O`zbеkistonning qizil kitobi.
Boshlang`ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dasturini rеjalashtirish tamoyillari.
O`zbеkistondagi ta`lim islohotlari, boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitish xolati, muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari. Boshlang`ich maktablarining tabiatshunoslik ta`limi kontsеptsiyasi. Tabiatshunoslikdan davlat ta`lim standartlari mazmuni, tarkibiy qismlari, ta`lim mazmunining majburiy minimumi, xar bir sinf bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal va maksimal talablar. Tabiatdan o`quv dasturining tahlili. Dasturning tuzilishi va mazmuni. Dasturning asosiy bo`limlari va ularning o`zaro bog`liqligi. Maktab o`quv rеjasida «Atrofimizdagi olam» prеdmеtining o`rni. 1 va 2 sinfning atrofimizda olam o`quv dasturidan o`rin olgan atrof olam prеdmеtlari ularning xususilatlari, tеvarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar mеhnatidagi mavsumiy o`zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. 3 – 4 sinflarda tabiatshunoslikning mazmuni. Tabiatshunoslik kursining asosiy g`oyalari (jonli va jonsiz tabiatni birligi, jonajon o`lkamiz tabiati). Tabiatdagi fasllar almashuvi, turlarning xilmi xilligi. O`quv dasturidan o`rin olgan mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. O`quv dasturni rеjalashtirish tamoyillari. Tabiatshunoslik kursini prеdmеtlararo bog`liqligi. Maktabgacha ta`lim muassalari va boshlang`ich sinf tabiatshunoslik dasturlarining izchilligi. Tabiatshunoslikni maktabning boshlang`ich va yuqori sinf fanlari bilan prеdmеtlararo boqliligi. O`quv matеriallarni tanlashda o`lkashunoslik qoidalari. Tabiatshunoslikdan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning sinflar bo`yicha mazmuni, tuzilishi va ularni o`tkazish mеtodikasi. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darsliklari bilan tanishtirish va mazmunining tahlili.
Oz komplеktlangan maktablarda tabiatshunoslikni o`qitishning
xususiyatlari.
Oz komplеktlangan maktablarda o`quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish xususiyatlari, dars o`tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o`qitishning sinflar bo`yicha tabaqalashtirilgan variantlari. Oz komplеktlangan maktablarda mustaqil mashg`ulotlarning o`rni. Mustaqil ishlarning turlari va ularni tashkil etish qoidalari. Har xil sinf o`quvchilarni ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda birlashtirish printsiplari. Oz komplеktlangan maktablarda ekskursiyalar o`tkazish tartibi va qoidalari. Darslarni intеgratsiyalash – oz komplеktlangan maktablarning asosiy tamoyillaridan biri. Kuzatish va kuzatish kundaliklarni yuritishning xususiyatlari.
Mutaxassislik fanlari bo`yicha magistraturaga kiruvchilarning sinov savollariga javoblarini baholash mezonlari
1) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritgan; Qonunlar, tushunchalar mazmuni to`liq yoritilgan, atamalardan to`g`ri va o`z o`rnida foydalanilgan; Mazmuni yoritishda qo`shimcha materiallar, fan yangiliklaridan foydalangan; Fikrni dalillashda kuzatish va tajribalardan foydalangan, uning natijalari jadval, sxema tarzida ifodalangan. 86-100 ball. 2) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka amal qilmagan; qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda muayyan kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanishda noaniqliklarga yo`l qo`yilgan; Mazmunini yoritish va fikrini dalillash, kuzatish va tajribalar natijalarini bayon etishda xatolikka yo`l qo`ygan. 71-85 ball. 3) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka umuman amal qilmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan bo`lsa; 56-70 ball. 4) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritish, atamalardan foydalanishda qo`pol xatoliklarga yo`l qo`ygan. 0-55 ball.
Magistraturaga kirish sinovlarini test shaklida o`tkazilganda har talabaga 50 ta test beriladi va har bir to`g`ri javob 2 balldan jami 100 ball bilan baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
- Karimov I.A “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”- Toshkent.: O`zbekiston, 2011, 440 bet.
- Karimov I.A. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish-ustivor maqsadimiz”. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi – Toshkent.: 2010 yil, 29 yanvar. №4 (761) 1-3 bet
- “Barkamol avlod yili” davlat dasturi. O`zbekiston Respublikasi prezidentining Qarori. Adolat gazetasi – Toshkent.: 2010 yil , 29 yanvar. №4 (761), 1-2 bet
- Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch – Toshkent.: 2008.
- Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxasislar – taraqiyot omili ”- Toshkent.: O`zbekiston, 1995-24 bet
- Karimov I. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq” nashriyot – matbaa konserni. 1997.
- O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi qonun” // Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20-29 bet.
- O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida” gi qonun // Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.
- Abdullayeva B.S va b Oliy matematika asoslari – Toshkent. “Iqtisod-moliya”, 2011, 392- b.
- Abdullayeva B.S va b Boshlang`ich sinf o`quvcnilariga geometrik materiallarni o`rgatish metodikasi -Toshkent:OOO “Jahon print”, 2011,90 b.
- Abdullayeva B.S va b Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-Toshkent.: OOO “Jahon print”,2011,146- b.
- Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
- Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O`zinkomsentr, 2003, 160-bet.
- Axmedov M va boshqalar 1-sinfda matematika darslari – Toshkent.: O`zinkomsentr, 2003, 96-bet.
- Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” – T.: ”Sharq”, 160-bet.
- A`zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug`at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991, 478 bet.
- Bikbayeva N.U va boshqalar ”Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi ”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 208 bet.
- Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 2 – Toshkent.: O`qituvchi, 2010, 208 bet.
- Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 3 – Toshkent.: O`qituvchi, 2010, 206 bet.
- Boltayev J, Qodirov A ”Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ” Toshkent, 2002, 52 bet.
- Bikbayeva N.U, Yangabayeva E, K.Girfanova ”Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini boshlang`ich matematik ta`limning Davlat ta`lim standartlari asosida o`qitish” Toshkent.: – 2008, ”Turon – Iqbol”, 8 bet.
- Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005.
- Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkent. “O`qituvchi” 2004 yil.
- Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematikadan laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish metodikasi. Toshkent. “Yangi asr avlodi”
- Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o`qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun o`quv qo`llanma) – T.: ”Ilm-Ziyo”, 2003, 240b
- Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi“ Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
- Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005, 240-bet
- Jumayev M.E. va boshqalar 1-sinf daftari- Toshkent.: Sharq, 2006, 64 bet.
- Jumayev M. „Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan labaratoriya mashg`ulotlari “ Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006, 256- bet.
- Jumayev M.E. ”O`quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining metodik – matematik tayyorgarligi” – Toshkent.: Fan, 2009, – 240 b.
- Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish.-T.: ”Uzkomsentr”, 2003, 24- bet.
- Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda fakultativ darslarni tashkil etish.-T.: 2005, 68- bet.
- Tadjiyeva Z.G`. va boshqalar „Boshlang`ich sinf matematika, ta`lim samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish“-Toshkent.: Jahon Print, 2007, 100 bet.
- Stoylova L. va boshqalar „Boshlang`ich matematika kursi asoslari“ – Toshkent.: O`qituvchi, 1991, 336 bet.
- Mavlonova R. “Boshlang`ich ta`limni integratsiyalash”. TDPU. 2007 yil.
- Mavlonova R., Xoliqberdiev K., To`rayeva O. “Pedagogika”. Toshkent., “O`qituvchi”., 2008 .
- Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 1-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 48 bet.
- Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 2-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 60 bet.
- Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 64 bet.
- Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 4-sinf” -Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 56 bet.
- Qo`chqorov va boshqalar Matematika 4. – Toshkent.: Yangi yo`l poligraf servis, 2007, 208 bet.
- Xamedova N.A va boshqalar Matematika–Toshkent.: Turon-Iqbol, 2007, 312 bet.
- Xoliqov A ”Pedagogik mahorat” – Toshkent.: Iqtisod – moliya, 2010 – yil, 350 b.
- Tolipov O` ”Pedagogik texnologiya” –Toshkent.: Fan, 2005, 205 bet.
- Haydarov M., Hasanboeva O. Pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. Toshkent. TDPU, 2003 yil. 40 bet
- Yo`ldoshev J.G`. Yangi pedagogik texnologiya yo`nalishlari, muammolari//Xalq ta`limi, 1999. N 4. –B. 4-11.
- Yo`ldoshev J., Xasanov S. “Pedagogik texnoligiya”.Toshkent., “Moliya-iqtisod”., 2009.
Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating
Ona tili uy ishi 348 mashq
“She’riyatga oshno xushxulq, faqih obro‘li,
grammatikani kasb qilgan ahmoq bo‘ladi”
(Arab xalq maqoli)
Ehtiroslar qizg‘inligi masala muhimligiga teskari nisbatda
Bugungi pandemiya sharoitida ona tili ta’limi haqidagi bahs-munozaralar bir qarashda kishiga erish tuyuladigan masala. Ammo pandemiya o‘tib ketadi, ona tilimiz esa har doim biz bilan birga. Bu – ko‘hna va hamisha navqiron mavzu. Bundan o‘n yillar burun men ona tili ta’limidagi hozir gapirilishi ko‘pchilik uchun urf bo‘lgan, kerak bo‘lsa, o‘zini ommaga tanitish, ommaning e’tiborini tortish vositasiga aylangan muammolar haqida yoza boshlaganimda, “bir o‘zingiz kuyinib, o‘z yog‘ingizga qovrilyapsiz, yolg‘iz otning . dong‘i chiqmas” degan istehzolar bo‘lar, men esa hech ikkilanmasdan: “g‘oya omma ongiga singgach, moddiy kuchga aylanadi” degan fikrda turganman va harakatda davom etganman. Demak, hafsala, sobitqadamlik bilan kirishilsa va qat’iyat bilan harakat qilinsa, g‘oya, agar u hayotbaxsh bo‘lsa, taxminan o‘n yillarda moddiy kuchga aylana oladi. Har qanday ijtimoiy e’tirof etilgan muammo – yechimning onasi. Bugun ona tili ta’limi atrofidagi ayovsiz munozaralar, kim nima deyishidan qat’i nazar, uning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi. Biz yaqin o‘n yillar ichida muhtasham ona tili ta’limiga ega bo‘lamiz. Bunga mutaxassis sifatida to‘la aminman!
Bugungi bahsu munozaralarda ikki masala o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Biri dars soatlari bo‘lsa, ikkinchisi ta’limdagi ortiqcha ilmiylik, keraksiz grammatizm, almisoqdan qolgan lingvistikabozlik. Ta’lim bamisoli uchburchak: nimani, qanday va qancha o‘qitish kerak. Bu nimani, qanday va qancha yeyish yoki ichish kerakligiga o‘xshaydi. Asosiy muammo nimani qanday iste’mol qilish kerakligi. Qancha yeganingiz bilan yeyishni bilmasangiz, foydasi yo‘q. Bir paqir suv ichsangiz ham, ichishni bilmasangiz, bir stakanchalik foyda ololmaysiz. Demak, asosiy muammo – nimani qanday o‘qitish kerakligi. Biz esa asosiy masala qolib, eng so‘nggi muammo – qancha o‘qitish masalasi bilan band bo‘lib qolyapmiz. Va shu tariqa muammo markazidan uzoqlashib ketyapmiz. Mutaxassislar chuqur tadqiqotlar olib borib, qaysi fanni haftada qancha o‘qitish kerakligini ilmiy-fiziologik, psixologik va pedagogik jihatdan asoslab berishlari kerak. Bu fanlarning xususiyatidan kelib chiqadi. Agar ona tili ta’limi jozibador bo‘lsa, balki uni 6 emas, 7 soat o‘qitish kerakdir. Biz – mutaxassislar, uni asoslab berishimiz kerak emasmi?
Ona tilimizning muzlatilgan, sovuq ta’limi jamiyatda uni keraksiz degan ijtimoiy fikr uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Bunga biz – soha egalari aybdormiz. Har birimiz illatni o‘zimizdan qidirsak, shifosiga erishamiz.
Gap bir-ikki soatda emas. Aslida bahsda ehtiroslarning qizg‘inligi masalaning muhimligiga teskari proporsional (Sayyer qonuni). Shunchalik ezg‘ilangan, palag‘da va pajmurda holga kelgan ona tili ta’limi esa endi populizm ko‘pkarisida uloq qilinmoqda. “Firqa” ham, deputat ham, jurnalist ham unga “huy-huy”lab ot solmoqda. Vosita bitta, maqsadlar har xil. Asosiy muammo qolib ketyapti deyishingiz bilan men mutaxassis emasman deb otini chetga tortadi.
Ona tili ta’limidagi yaroqsiz holatga qanday kelib qoldik?
E’tibor qilinsa, boshlang‘ich sinf partasidan to litsey va kollejni tugatguncha o‘quvchilarimiz asosan til qurilishi bo‘yicha, ya’ni tilshunoslikdan bilim oladi. Masalan, joriy ona tili darsliklaridan birida jami 79 ta mavzu berilgan. Bundan 71 tasi til qurilishiga, 8 tasi matn tuzishga doir mavzular. Demak, mavzularning taxminan 10 foizi matn tuzish malakasini o‘stirishga, 90 foizi til qurilishi bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan. Maqsad nima? Tildan foydalanish malakasini o‘stirishmi yoki tilshunos tayyorlash? Shu sinfda o‘quvchi yangi 78 ta lingvistik qoidani, 61 termin ma’nosini o‘zlashtirishi kerak. Xo‘sh, bu yaroqsiz an’ana qayerdan kelib qoldi?
XX asrning yarmigacha hali adabiy til me’yorlari o‘rnashmagan bir paytda jamiyat a’zolarini ular bilan qurollantirish zarurati ilk maktab partasidan to uni tugatguncha til qurilishini o‘qitishni taqozo qilgan. Zero, adabiy tilni singdirishning eng asosiy yo‘li til qurilishiga doir bilimlar bilan qurollantirish edi, u davrlarda boshqacha yo‘l bo‘lishi mumkin emas edi. Biroq asrning ikkinchi yarmida adabiy til qo‘llanishi shart bo‘lgan barcha sohalar (ta’lim, ish yuritish, matbuot, noshirlik, radio va televideniye va h.)da u to‘la o‘rnashib bo‘lgandan keyin bu zarurat endi chayir an’ana ko‘rinishini oldi. Ona tili ta’limi faqat lingvistik takroriylikdan iborat bo‘lib qoldi. Boshlang‘ich sinfdagi lingvistik ma’lumotlar tayanch sinflarda chuqurroq, akademik litseyda yanada chuqurroq qilib, uch martalab qaytarib o‘qiladi. Bu takroriylik ham vaqt, ham mablag‘ jihatidan qanchalar qimmatga tushayotganligini o‘ylab ko‘rmasdan, ko‘zimizni kattaroq ochishdan erinib, undagi faqat zohiriy jihat – soatlarni ko‘ryapmiz, xolos.
Sho‘ro davri ona tili darsliklari grammatizm nuqtai nazaridan birmuncha tuzukroq edi. Mustaqilligimiz davrida erishgan asosiy “yutug‘imiz” – ona tili ta’limini to‘la-to‘kis tilshunoslikka aylantirganimiz bo‘ldi. Buning uchun DTM va darslik mualliflaridan behad “minnatdor” bo‘lishimiz kerak. Metodistlardan, maktab o‘qituvchilaridan darsliklarni olib qo‘ydik. Uni tilshunoslik qafasiga solib, shuhrat va nafs qulfi bilan berkitdik. Fidoyi mualliflar, til jonkuyarlari unga kira olishmadi.
Ona tili ta’limidagi bu muammolar aslida barcha fanlarda bor. Birgina misol. Tarix fani raqamlar, shaxslar, voqealar sanog‘i – statistika va xronologiyaga aylanib qolgan. Ularni yodaki, sxolastik o‘zlashtirish bola miyasi uchun qancha yuk ekanligini mutaxassislar, psixologlar qachon xolis baholashadi? Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bir hukmdorning qachon tug‘ilgani-yu qancha jangda qancha askar bilan qatnashgani, kimning kuyovi-yu kimga qaynota bo‘lgani, qaysi farzandi aqlli-yu, qaysisi ahmoq bo‘lgani, qaysi yerlarni bosib olib, qancha boylikni yurtiga olib kelganini bilish nechog‘lik ahamiyatli? Hukmdor taraqqiyotga qanchalik hissa qo‘shdi, o‘zidan oldingi davrga nisbatan qanday ijobiy yoki salbiy rol o‘ynadi, kelajak uchun nima qildi – mana shularni bayon qilish zarur va uning uchun kitobda, nari borsa, bir sahifa yetarli emasmi? Buning uchun akademik tarix ilmini haqiqiy nazariy fanga aylantirish, tarix falsafasini yaratish va uning qaymog‘ini go‘zal ifodalarda sodda qilib o‘quvchilarga taqdim etish kerak. Tarixiy voqealar – to‘laligicha muammoli vaziyat. Mashg‘ulotlarda tarixiy “masala” va “tenglama”ni o‘quvchilar hukmiga havola etib, ulardan bu vaziyatdan chiqish bo‘yicha mustaqil fikrga asoslangan takliflar olishni tashkil etish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda qanchalar katta ahamiyatga egaligini tasavvur qiling.
Yoki adabiyot darslari: adib tarjimai holi, asardan parcha va uning o‘quvchi tafakkurini kishanlaydigan tahlili hamda yozuvchi asarni yozayotganda xayoliga ham kelmaydigan nazariy qoidalar, 5-6 ta savol. Qani muammo, yechim yo‘llari, o‘quvchining individual yondashuviga sharoit, qani mashq, qani topshiriq; ijodiy matn, insho, esse yaratish bo‘yicha metodik yo‘l-yo‘riqlar? O‘rgata olmaymiz va yoza olishmaydi. Oddiy arifmetika.
Mana – muammo! Ana endi bunda populizm ketmaydi.
Kimlardir meni Xalq ta’limi vazirligining targ‘ibotchisi, trolli deyishlari ham mumkin. Rostini aytsam, bu vazirlikning ham, vazirning ham, shaxsan menga na issig‘i, na sovug‘i bor. Men boshqa vazirlik sohasida ishlayman. Lekin ona tili ta’limi mohiyatidagi muammo – mening maslagim, dardim.
Barcha fanlar – “Ona tili”
Xo‘sh, nimani ko‘ra olmayapmiz? Ona tilimizni “Ona tili”dan boshqa o‘quv predmetlarida ko‘ra olmayapmiz. Nega ona tilimizni faqat ona tili o‘qituvchilariga tashlab qo‘ydik? Tarix o‘qituvchisi nega bu muammodan tashqarida? Nega fizika, biologiya, kimyo va boshqa predmet o‘qituvchilari ona tiliga munosabat masalasida “mas’uliyati cheklangan”?
Barcha fanlar aslida – til fanlari. Axir, har qanday termin – bu so‘z. Har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani doirasidagi birgina terminning ma’nosini, mazmunini tushuntirishga soatlab vaqt sarflaydi. Og‘zaki nutq va yozma matnlar bilan ish ko‘radi. Holbuki, og‘zaki nutq bilan birorta fan o‘qituvchisi ona tili o‘qituvchisidan kam shug‘ullanmaydi aslida. Nega endi ular o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini nazorat qilmaydi, takomillashtirmaydi, baholamaydi? Nazorat ishlarini qaysi tilda bajartirishadi? Nega o‘quvchilarning imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolari ustida ishlashmaydi?
Binobarin, ularning ham soatlarini qo‘shib ona tili yuklamasini hisob-kitob qilsak, bu hozirgi “Ona tili” yuklamasidan o‘n chandon yuqori bo‘ladi. Barcha ta’lim bo‘g‘inlaridagi hamma fanlarning DTSlari talablarida ona tili ta’limining bosh maqsadi bo‘lgan “ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, ona tilida fikrni nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda savodli, to‘g‘ri va ravon ifodalash kompetensiyasi” masalasi aks etmog‘i lozim. Bu – o‘zbek tilining ta’lim tizimida davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishning ham muhim yo‘l va vositalaridan biri.
“Sodda ona tili” deganda nimani tushunishimiz kerak?
Ko‘pchilik ona tili sodda bo‘lishi kerak degan fikrni jo‘n, “dehqoncha” tilda gapirish va yozish deb tushunmoqda va o‘zaro suhbatlarda fikr sohibini qamchilashga tushib ketdi. Aslida nima nazarda tutilmoqda? Qoidalar, ta’riflar, izohlar sodda bo‘lsin deyilmoqda. Qoidalar o‘quvchining nutqini isloh qilishga ishlashi urg‘ulanayotir. “Gapning grammatik markazi bo‘lib, ega haqidagi axborotni bildiradigan, shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl-modallik ma’nolariga ega bo‘lgan bo‘lak kesimdir” degan ta’rifni odamshavanda qilib “gapdagi xabarni bildiradigan bo‘lak kesim deyiladi” shaklida berish kerakligi ta’kidlanayapti.
Maktab darsligida gapga berib kelingan tumtaroq ta’rifdan ko‘ra “so‘z yoki so‘zlar yordamida anglashilgan fikr gapdir” deyish sodda va tushunarli emasmi?
Go‘zal va jimjimador, shirali va boy ona tilidan murakkab va chigal, sovuq va ishlamaydigan qoidalarga to‘la “Ona tili”ni farqlash kerak. Bular – boshqa-boshqa hodisalar. Axir, o‘quvchining ona tili ta’limi bo‘yicha natijalari 3 mezon:
1) o‘qish texnikasi;
2) o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalash;
3) o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash malakasi
asosida baholanishi hatto 1996 yilgi DTSda o‘z ifodasini yaqqol topgan edi. Bu ona tili ta’limi me’yoriy hujjatlarida bo‘lsa-da, dastur va darsliklarda unutib yuborildi yoki oson va tayyor yo‘ldan borilib, chetlab o‘tildi. Ko‘rinadiki, bu yerda na birorta lingvistik bilimga, na biror grammatik qoidaga talab qo‘yilgan. Tashabbuskor vazirlik va maktab ta’limining yuragi bo‘lgan, yangilanayotgan RTMning sog‘lom fikrli rahbariyati bunga e’tiborlarini yana bir bor qaratishlari lozim. Bizning bu borada RTMdan umidimiz va unga ishonchimiz katta.
Baxtiyor Mengliyev,
filologiya fanlari doktori, o‘zbek tili professori
Fan; Ona tili. Mavzu; So`zning manosi
Ta`limiy maqsad; O`quvchilarga so`zning ma’nosi haqida bilim berish, erkin mustaqil ishlashga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad; O`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan mehr- muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash, uni asrab – avaylashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad; O`quvchilarni mashqlar ishlash orqali chi-
royli va bexato yozish ko`nikmalarini hosil
qilish. Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim ko`nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars
Darsning metodi; “Video lug`at diktant”, “Raqamli joylashuv”, savol-javob.
Nutqiy kompetensiya elementlari; ( tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish). O`qituvchi nutqini, audio va video ( multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab yushuna oladi, gapda so`zlarni o`zaro bog`lanishi va ma`lum bir vazifani bajara olishini bilib oladi.
O`tgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni.
- Darsning borishi;
Salom aziz bolalar Chiroyli gul lolalar O`quvchilar: Assalomu alaykum Ustoz sizga qilamiz ta’zim
O`qituvchi: – Qaranglarchi bolalar Tozamikan sinfimiz? Saramjon sarishtalab Qo`ysakmikan o`zimiz ?
O`quvchilar: – Sinchiklab qaradik biz saramjon ekan qarang Navbatchining mehnatin Olqishlaymiz hammamiz.
O`qituvchi; – Har narsadan xabarchi sinfda kim navbatchi.
Salimova Nigora : – Sinfda men navbatchi.
Tayyor barcha o`quvchi.
O`qituvchi: Hozir ona tili darsi shundaymi?
Ona tili darsi haqidagi shiorimizni aytib olaylik.
O`quvchilar : – Ona tilim – jonu dilim
Senla kamol topdi elim.
Tarbiyaviy daqiqa; Aziz o`quvchilar bugun biz siz bilan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig” asaridan, “Bilim, uquv – idrok farqini, nafini aytadi” bo`limidagi, “O`quv – idrok zulmat tunidagi mash’al kabidir, Bilim senga nur sochgan rushnolikdir” hikmatli so`zi haqida suhbatlashamiz. O`quv, idrok, bilim haqida alohida to`xtash joizdir. O`quv, idrok qorong`u tundagi mashalga o`xshaydi . Bilim esa mash’aldan taralayotgan nurga o`xshaydi.
O`quv qut beradi, bilim sharaf – shon, Shu ikkovi tufayli ulug`dir inson. O`qituvchi: – Shirin aziz bolajonlar
Bog`dagi gul lolajonlar.
Yaxshi yotib turdingizmi
Uy ishini qildingizmi?
Uy ishin ham bajardik.
O`qituvchi o`quvchilarning uyga vazifalarini tekshirib chiqadi.
Dars qoidasi bilan tanishtirish.
Vaqtdan unumli foydalanish.
O`ng qo`l qoidasi.
Faol ishtirok etish.
Sinf o`quvchilarini dars boshlanishidan oldin 3 guruhga bo`lib olamiz. Mana kartochkalar orqasida guruhlarga nom yozilgan. Ularni guruh sardorlari bittadan tanlab oladilar.
Demak; 1 – guruh “ Lola “
2 – guruh “ Boychechak “
3 – guruh “ Qaldirg`och”.
Har bir guruh o`zlariga ta`rif beradilar.
1 – guruh birgalikda: Biz bo`lamiz birinchi,
Qani, yetib ko`ring-chi.
Dars qilamiz hamma vaqt,
Bizga bo`lar baland taxt.
2 – guruh birgalikda: Biz ham ortda qolmaymiz,
So`nggi o`rin bo`lmaymiz.
Chiqing maydon kutmasin
Hech kim xafa bo`lmasin.
3 – guruh birgalikda: Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir.
O`tib olsak sinovlardan
Bu har narsadan yaxshidir.
- O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
Ko`rgazmali savollar:
1.So`zlar nimalarga bo`linadi? 2. Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi? 3. So`zlar birinchi satrdan ikkinchi satrga qanday ko`chiriladi? 4. “Qaldirg`och” so`zi nechta bo`g`inli so`z? 5. Alifboda nechta unli tovush bor? 6. Alifboda nechta undosh tovush bor? “Lola” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Boychechak” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Qaldirg`och “ guruhidan ikki nafar o`quvchi shu oltita savolga javob beradilar. “Lola” guruhiga 2 ta 5 ballik rag`bat kartockasi, “Boychechak “ guruhiga 1ta 4 ballik, 1ta 5 ballik rag`bat kartochkasi, “Qaldirg`och” guruhi 1ta 5 ballik, 1ta 3 ballik rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.
Gulsiz bo`lar mevasi,
Berilgan topishmoqni guruhdan uchtadan o`quvchi o`qiydi. Chunki, vaqtimiz kam. Su uch nafar o`quvchining o`qigan topishmog`idagi imloviy xatolar javobini qanday yozilganliklari hisobga olinib rag`batlantiriladi.
Bozorova E`zoza berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Samiyev Botir berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Farxodova Charos berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Lutfullayev Islom berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Bahronov Jafar berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Fayzullayev Shaxro`z berilgan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
- – guruhdan:
Rahmonqulova Zaynura berigan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
Azamatov Akbarali berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi..
O`qituvchi: Mana aziz o`quvchilar o`tgan mavzuni savol – javob bilan eslab oldik. O`tgan mavzuni biz “Bilarjonni kim yengadi?” ko`rgazmasidan va “Ko`rgazmali savollar”dan foydalandik .
3 Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bolajonlar kitobimizning 152 betidagi 365 – mashqqa qaraymiz. Mashq qoidasini Rahmatov Muhiddin o`qiydi.
Rahmatov Muhiddin: O`qing. Ajratib kop`rsatilgan otlarning o`rniga shu otlarni ko`rsatadigan olmoshlarni qo`yib ko`chiring. Yana qanday olmoshlar borligini ayting.
(Mashq guruhlar o`rtasida o`qiladi va otlar o`rniga mos kishilik olmoshlari qo`yilib mashq doskada o`quvchilar tomonidan yoziladi.)
_ Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, – dedim men. Rahimjon yalt etib menga qaradi. Rahimjonning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Rahimjon ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men Rahimjonga tikilib yotardim. Rahimjonni oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
O`qituvchi; Bolajonlar mashqdagi otingiz so`ziga ma`nodosh so`z toping va matnda qaysi so`z ko`chma ma`noda qo`llanganini aniqlang.
3 – guruhdan Hamroqulov Murod javob berdi; Otingiz so`ziga ma`nodosh so`z ismingiz.
O`qituvchi: Ofarin Murodga To`liq javob bergani uchun “Ofarin kartoshkasini beramiz.
2 – guruhdan Rahmatov Muhiddin javob berdi; “Tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi”. Bu yerda Rahimjonning badani qizib turgan cho`yan pechga o`xshatilayapdi. Ko`chma ma`noda qo`llangan.
O`qituvchi: Ofarin Muhiddin .To`liq javob bergani uchun Muhiddin “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlanadi.
365 – mashq doskada otlarga mos kishilik olmoshlari qo`yilib yoziladi.
– Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, – dedim men. U yalt etib menga qaradi. Uning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Biz ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men unga tikilib yotardim. Rahimjonning oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish cho`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
366 – mashq o`quvchilarga mustaqil ishlash uchun berildi. O`qituvchi qoidasini o`qidi.
O`qituvchi: Matnni o`qing. Undagi ot, sifat, son va olmoshlarni aniqlang. Ularni alohoda guruhlab yozing.
( Mashq Matashova Gulsanam tomonidan o`qildi va o`qituvchi tomonidan tushuntirildi. O`quvchilar mustaqil bajardilar.)
Yunus Rajabiyning 5 jildli “O`zbek xalq musiqasi”, 6 jildli “Shashmaqom” kitoblari xalqimizga o`lmas meros bo`lib qoldi.
1 – guruhdan Abdurashidov Temur “Ofarin”, Musurmonova Asila “Ofarin”, 2 – guruhdan Ergashova O`g`iloy “Ofarin”, Rahmatov Muhiddin “Ofarin”, 3 – guruhdan Hamroqulov Murod “Ofarin”, Islomov Dilshod “Yaxshi” baholari bilan taqdirlandi.
- Mustahkamlash.
1.Qaysi olmosh hurmatni bildirsa bosh harf bilan yoziladi?
- Men b) sen s) siz d) u
Ona xalqing, ona yurt,
Senda g`ayrat, senda sur`at,
Senda orzu, matonat.
- 4 b) 5 s) 6 d) 3
Menda ham bir hunar bor,
Hunarim zo`r, ko`rarsiz,
Mening kasbim duradgor.
- 3 b) 1 s) 2 d) 4
Do`stlarim sizga aytsam.
Uyga kelsam, menga ish
Buyurmasa hech oyim.
- 1 b) 2 s) 3 d) 4
a) Oyi, nima yumush bo`lsa, menga ayting.
b) Men bo`sh vaqtimda qayiqcha yasayman.
s) Sen bu gapimni uqib ol.
d) Sizni sog`indim, mehribon akajonim.
( To`g`ri javoblar 1 s ; 2 a; 3 s; 4 a; 5 a; tekshiriladi va 5 ta 4 ta topgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Ular;)
1 – guruhdan Abdurashidov T, Shaxriyeva E, Musurmonova A, “Ofarin” va Tilabov M, Amriddinova F, Bektimirov A, Ziyodullayeva N “Yaxshi” kartochkasi bilan rag`batlantirldi.
2 – guruhdan Rahmatov M, Ergashov O, Islomov O, Ergashova O`, Turdaliyeva G, Haqberdiyev R “Ofarin” kartochkasi bilan rag`batlantirildi.
- Darsni yakunlash.
1 – guruh “Olmoshlar “ 88 ball
2 – guruh “Kelishiklar” 96 ball
3 – guruh “Sifatlar” 99 ball.
Bugungi darsimizda “Sifatlar “ jamoasi 99 ball to`plab 1 – o`rinni egalladi. 2 – o`rin “Kelishiklar” jamoasi 96 ball to`plaid. Oxirgi jamoamiz 88 ball to`plagan “Olmoshlar jamoasi 3 – o`rinni egalladi.
Bugungi darsimizda eng faol qatnashgan o`quvchilarni turli namenatsiyalar bilan taqdirlaymiz.
- Eng “Bilimdon” o`quvchi; Rahmatov M 25 ball va Hamroqulov M 25 ball.
- Eng “Topqir” o`quvchi; Abdurashidov T 20 ball
- Eng “Ziyrak” o`quvchi Musurmonova Asila 15 ball.
- Uyga vazifa;
Darsda mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalari samaradorligi 94,3 foizni tashkil qildi.
Dars namunali deb topildi.
Maktab direktori; Mamadaliyeva M.
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi; Nizomova Sh.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi; Qurbonova H.
Sana; 16. 03. 2018 yil.
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTB ga qarashli 36 – umumiy o`rta ta`lim maktabi
4 – B sinf o`qituvchisi Hamroyeva Nazokatning bir soatlik namunaviy
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTBga qarashli 36- umumta’lim maktabining 1-“B” sinf o`qituvchisi Haqberdiyeva Binobarning bir soatlik namunaviy
Bolaning ich qotishi uchun eng yaxshi uy davosi
Chaqaloqlar ko’pincha ichak harakatlari orasida uzoq vaqt ketishadi. Ko’pincha, chaqaloqning bir necha kundan yoki hatto bir haftadan ko’proq vaqt davomida ichakni bo’shatmasligi odatiy holdir. Biroq, go’dak ba’zida ich qotishi mumkin va ozgina yordamga muhtoj.
Agar chaqaloq ich qotib qolsa, pediatr uy ichidagi davolanishni chaqaloq ich qotishi uchun birinchi davolash usuli sifatida tavsiya qilishi mumkin.
Uy sharoitida 7 ta davolash vositasi
Bolada ich qotishi uchun uy sharoitida davolanish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
1. Mashq qilish
Bolaning oyoqlarini siljitish ich qotishidan xalos bo’lishga yordam beradi.
Kattalar singari, jismoniy mashqlar va harakatlar chaqaloqning ichaklarini rag’batlantiradi.
Biroq, go’daklar hali yurish yoki hatto sudralib yurmasliklari mumkinligi sababli, ota-ona yoki tarbiyachi ularga ich qotishidan xalos bo’lish uchun mashq qilishda yordam berishni xohlashi mumkin.
Ota-ona yoki tarbiyachi velosipedda harakatlanishni taqlid qilish uchun chaqaloqning oyoqlarini orqa tomonida yotganda muloyimlik bilan harakatlantirishi mumkin. Bunday qilish ichakning ishlashiga va ich qotishidan xalos bo’lishiga yordam beradi.
2. Iliq hammom
Bolaga iliq vanna berish ularning qorin mushaklarini yumshatishi va tirishishni to’xtatishi mumkin. Bundan tashqari, ich qotishi bilan bog’liq ba’zi noqulayliklarni bartaraf etishi mumkin.
3. Ovqatlanish tartibi o’zgarishi
Ratsiondagi ba’zi o’zgarishlar ich qotib qolishga yordam berishi mumkin, ammo bu chaqaloqning yoshi va ovqatlanishiga qarab farq qiladi.
Bolani emizish paytida ayol ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini, masalan, sut mahsulotlarini o’z dietasidan chiqarib tashlashi mumkin edi. Yordam beradigan dietadagi o’zgarishlarni aniqlash uchun biroz sinov va xatolar talab etilishi mumkin va dietadagi o’zgarishlar chaqaloqning ich qotishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
Sut aralashmasi bilan oziqlanadigan chaqaloqlar uchun ota-ona yoki tarbiyachi boshqa formuladan foydalanishni xohlashi mumkin. Avval pediatr bilan maslahatlashmasdan yumshoq yoki sutsiz formulaga o’tmaslik yaxshiroqdir. Agar bitta o’zgarish farq qilmasa, turli xil formulalarni sinab ko’rishda yordam berishning iloji yo’q.
Agar chaqaloq qattiq ovqat iste’mol qilsa, ota-onalar yoki tarbiyachilar tolaning yaxshi manbalari bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini taklif qilishlari kerak.
Ko’plab meva va sabzavotlar tarkibida tolaning miqdori yuqori bo’lganligi sababli ichakni rag’batlantirishga yordam beradi. Kabızlığı bo’lgan chaqaloqlar uchun yaxshi ovqat tanlovi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- terisiz olma
- brokkoli
- jo’xori uni yoki donli non yoki makaron kabi donli donalar
- shaftoli
- nok
- olxo’ri
4. Hidratsiya
Odatda yosh bolalar qo’shimcha suyuqliklarga ehtiyoj sezmaydilar, chunki ular o’zlarining hidratsiyasini ona suti yoki sut aralashmasidan olishadi.
Ammo ich qotib qolgan chaqaloqlar oz miqdordagi qo’shimcha suyuqlikdan foydalanishlari mumkin.
Pediatrlar ba’zida 2-4 oydan oshganda va ich qotganda, chaqaloqning parheziga ozgina miqdorda suv yoki vaqti-vaqti bilan meva sharbatini qo’shishni maslahat berishadi.
5. Massaj
Kabızlığı engillashtirish uchun chaqaloqning oshqozonini massaj qilishning bir necha yo’li mavjud. Bunga quyidagilar kiradi:
- Barmoq uchi yordamida soat sohasi bo’yicha oshqozon ustida dumaloq harakatlar qiling.
- Barmoqlaringizni dengiz floti atrofida soat yo’nalishi bo’yicha yurish.
- Bolaning tizzalarini va oyoqlarini bir-biriga tutib, oyoqlarini qorniga yumshoq qilib itarib qo’ying.
- Barmoq uchi bilan qorin tugmachasi yonidan qovurg’a kafesidan silash.
6. Meva sharbati
Kichik miqdordagi toza olma sharbati najasni yumshatishga yordam beradi.
Bolaning 2-4 oylik yoshiga etganidan so’ng, ular ozgina miqdorda meva sharbatiga ega bo’lishi mumkin, masalan, 100 foiz olxo’ri yoki olma sharbati. Ushbu sharbat ich qotishni davolashda yordam berishi mumkin.
Mutaxassislar taxminan 2-4 untsiya meva sharbatidan boshlashni tavsiya qilishi mumkin. Sharbat tarkibidagi shakarni hazm qilish qiyin. Natijada, ichakka ko’proq suyuqlik kiradi, bu esa najasni yumshatishga va sindirishga yordam beradi.
Shu bilan birga, ota-ona yoki tarbiyachi birinchi marta chaqaloqqa mevali sharbatni pediatr bilan maslahatlashmasdan bermasligi kerak.
7. Rektal haroratni o’lchash
Bolada ich qotganda, rektumdagi haroratni toza, moylangan termometr bilan o’lchash ularga najasni tushirishga yordam beradi.
Ushbu usulni tez-tez ishlatmaslik muhim, chunki u ich qotishini kuchaytirishi mumkin. Chaqaloq ichakni yordamisiz o’tkazishni xohlamasligi mumkin yoki ular ichakni bezovtalik bilan bog’lay boshlashlari mumkin, bu esa ularni bezovtalanishga yoki bu jarayon davomida ko’proq yig’lashga olib keladi.
Bolani ichakni bo’shatishda yordam berish uchun bu usulni tez-tez ishlatishi kerak deb o’ylaydigan har bir kishi, shifokor bilan gaplashishi kerak.
Bolaning ich qotishining alomatlari
Chaqaloqlar uzoq vaqt davomida najassiz yurishlari mumkinligi sababli, ularning ich qotib qolganligini aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Boladagi ich qotishini ko’rsatadigan belgilarga quyidagilar kiradi.
- doimiyligi yumshoq bo’lmagan kamdan-kam najaslar
- loyga o’xshash najasning mustahkamligi
- najasning qattiq pelletlari
- ichakni bo’shatishga harakat qilayotganda uzoq vaqt zo’riqish yoki yig’lash
- najasda qizil qon chiziqlari
- ishtahaning etishmasligi
- qattiq qorin
Chaqaloqlarda ich qotishining alomatlari ularning yoshiga va ovqatlanishiga qarab farq qiladi. Bolada qattiq ovqat eyishni boshlashdan oldin odatdagi ichak harakatlari juda yumshoq bo’lishi kerak, deyarli yerfıstığı yog’i yoki hatto bo’shashmasdan zichligi kabi.
Qattiq ovqatdan oldin qattiq chaqaloq najasi chaqaloqlarda ich qotishining eng aniq ko’rsatkichidir.
Dastlab, emizikli bolalar najasni tez-tez chiqarib turishlari mumkin, chunki ona suti oson hazm qilinadi. Biroq, bola 3-6 xafta orasida bo’lganida, ular katta, yumshoq najasni haftada bir marta va ba’zida undan ham kamroq o’tkazishlari mumkin.
Formulalar bilan oziqlanadigan chaqaloqlar najasni emizikli bolalarga qaraganda tez-tez berib turishadi. Sut aralashmasi bilan oziqlanadigan ko’plab chaqaloqlarda kuniga kamida bir marta yoki boshqa kunlarda axlat bo’ladi. Shu bilan birga, ba’zi bir aralash sut bilan oziqlanadigan chaqaloqlar ichak tutilishi o’rtasida ich qotmasdan uzoqroq yurishlari mumkin.
Ota-ona qattiq ovqatni chaqaloqning ovqatlanishiga kiritgandan so’ng, chaqaloq ich qotishi ehtimoli ko’proq bo’lishi mumkin. Agar ota-ona yoki parvarish qiluvchi o’z dietasiga sigir sutini (formuladan tashqari) kiritsa, chaqaloq ich qotishi ehtimoli ko’proq bo’lishi mumkin.