Ona tili, 8 sinf, Qodirov M, 2019
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
Talaba o‘qish davomida ishlash mumkinmi?
Hozirgi kunda ko‘plab talabalardan bir savol tushmoqda, ya’ni talabalar qonuniy mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinmi? Albatta, ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov mavjud emas. Fikrimizni quyidagicha asoslaymiz. Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda MK) 77-moddasiga ko‘ra, o‘n olti (16) yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan, yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222, 22.02.2003) 50-bandiga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, talabaning asosiy mashg‘uloti bu bilim olish hisoblanadi. Ya’ni, ta’lim olish ustuvor vazifa bo‘lishi lozim.
Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi. Ya’ni, agar talaba ishlashi mumkin bo‘lsa, u to‘liq 1 stavka ishlaydimi yoki faqat 0,5 stavka ishlashi mumkinmi? Yuqorida aytganimizdek, talaba faqat o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin. MK 115-moddasiga muvofiq xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan korxona, muassasa, tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq bo‘lmasligi shart. Shuningdek, ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emas (MK 128-moddasi). Agar talabaning bo‘sh vaqti yetadigan bo‘lsa, unga to‘liq stavka ishlashiga hech qanday to‘sqinlik mavjud emas.
Bundan tashqari, ish beruvchi ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun bir qator imtiyozlar berishi lozim. Jumladan, MK 249-moddasiga muvofiq ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda:
• ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish;
• qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.
Yana bir muhim imtiyoz bu talabalarning yillik ta’tillarini hisobga olgan holda ish beruvchi ushbu toifadagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra imtihonlar va sessiyalar vaqtiga to‘g‘rilab berishi lozimligidir (MK 253-modda).
Bilamizki, so‘ngi bosqich talabalari davlat imtihonlari (GOS) va diplom ishlari uchun ancha muddat tayyorgarlik ko‘rishadi. Shuning uchun qonunchilikda talaba – xodimlar uchun yana bir imtiyoz bergan. Ya’ni, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o‘n o‘quv oyi davomida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo‘lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o‘zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi (MK 255-modda).
Bundan tashqari, sirtdan va kechki shaklda ta’lim olayotganlar uchun ham alohida imtiyozlar belgilangan. MK 256-moddasiga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘ttiz kalendar kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o‘ttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga to‘rt oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining oxirgi kurslarida o‘qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to‘plash uchun o‘ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Mazkur ta’til davrida talabalar va o‘quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Ko‘pchilik ushbu imtiyozlar qo‘shni davlatlar, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda sirtdan ta’lim olayotganlar uchun ham amal qiladimi deb so‘ramoqda? Yuqoridagi normalar qo‘shni respubliklarda sirtdan ta’lim olayotganlar uchun ham tatbiq qilinadi.
Ushbu maqolani o‘qiyotganlar yana bir savol tug‘ilishi mumkin, ya’ni imtiyozlar faqat talabalar uchunmi? Abiturentlarchi? Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan abiturentlar ham ko‘pchilikni tashkil etadiku, ularga ham biror imtiyoz mavjudmi? Ha, albatta, mavjud. MK 254-moddasiga ko‘ra, kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kamida o‘n besh kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. Demak, ish beruvchiga xodimga OTMga hujjat topshirish va imtihondan o‘tish uchun sharoit yaratib berish majburiyati yuklatilgan.
Hozirda ish beruvchilar tomonidan juda ko‘p takrorlanadigan jumla bu “sizni uch yoki to‘rt oylik sinov muddati bilan ishga olaman. Agar sinovdan o‘tsangiz ishni davom ettirishingiz mumkin”. Xo‘sh, amaldagi mehnat qonunchiligida sinov muddati haqida qanday qoidalar belgilangan? Demak MK 85-moddasiga muvofiq dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Yana bir muhim jihat shuki, sinov davrida xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada o‘rnatilgan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi. Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi. Ya’ni, sinov muddatida ishlayotgan xodimlar mehnat haqi, mukofotlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘liq shaklda oladi.
Shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Shunday ekan, agar ish beruvchi sizga sinov muddati haqida gapirganda unga o‘z huquqingizni eslatib qo‘yishni unutmang!
Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, OTM talabalari qonuniy mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin. Ushbu maqolani o‘qigan talabalarda savol tug‘ilishi tabiiy. Ya’ni, talaba ish so‘rab borsa-yu, ish beruvchi uni ishga olishdan bosh tortsa, unda talaba qanday yo‘l tutishi kerak. MK 78-moddasiga ko‘ra ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (bazaviy hisoblash miqdori -223 ming so‘m). Shuningdek, MK 78-moddasiga ko‘ra ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, murojaatchining talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart, bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Bizga ma’lumki, ish beruvchi ayollarga qaraganda erkaklarni ishga qabul qilishni afzal ko‘radi. Buning sababi ayol xodimlarning homiladorlik va tug‘ish, shuningdek uch yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarishlash uchun ta’tilga chiqishi hisoblanadi. Shuning uchun ish beruvchi ayollarni ishga olishni xohlamaydi. Qonun chiqaruvchi mazkur sabablarni hisobga olgan holda ayollarning huquqlari himoya qilishni qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘ygan. Fikrimizni quyidagicha asoslaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 148-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Qizlar aksariyati talabalik davrida turmush quradi va buning oqibatida ishga kirishda ko‘plab to‘siqlarga uchraydi. Shuning uchun ham mazkur normadan talaba qizlarimiz xabardor bo‘lib olishsa, koni foyda.
Shunday ekan agar ish beruvchi sizni o‘zida muvjud bo‘sh ish o‘rniga ishga olishni rad etsa, undan qanday asoslarga ko‘ra rad etganligini yozma ravishda javob berishini talab qiling va ish beruvchi sizni g‘ayriqonuniy ravishda ishga olishni rad etgan taqdirda, shu hududdagi mehnat inspektoriga yoki prokuratura organiga murojaat qiling!
Muhammadamin Karimjonov,
Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi,
Doniyor Imomniyozov, 4-kurs talabasi
Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
Учебник по родному языку для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Til – fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. U o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shaklda bajaradi. Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy nutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. Shevaning belgilab qo‘yilgan qonuniy me’yorlari yo‘q.
SHARAFLI BURCH.
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston
oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda
otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
– Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik – tiriklikdagi o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar.
MUNDARIJA.
Kirish.
1-dars. «So‘zdan so‘zning farqi bor.».
2-dars. Adabiy nutq me’yorlari. Nutqning ko‘rinishlari.
1-BO‘LIM O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
3-dars. Mustaqil so‘z turkumlari.
4-dars. Yordamchi so‘zlar.
5-dars. Undov, taqlid va modal so‘zlar.
6-dars. Olmoshning ma’no turlari.
7-dars. Ravishning ma’no turlari.
8–9-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
2-BO‘LIM IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI.
10-dars. Ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
11-dars. Insho – ijodiy ish.
12-dars. Inshoning mavzu va mazmuniga ko‘ra turlari.
13-dars. Insho rejasi.
14-dars. Sodda va murakkab rejalar.
15-dars. Adabiy mavzulardagi insholar.
16-dars. Erkin mavzudagi insholar.
17-dars. Inshoga epigraf tanlash.
18-dars. Ilmiy insho.
19-dars. Mustahkamlash darsi.
20–21-darslar. Yozma nazorat ishi va uning tahlili.
3-BO‘LIM SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI.
22-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha. So‘z birikmasi.
23-dars. Teng va tobe bog‘lanish.
24-dars. So‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shilmasi, qo‘shma so‘z.
25–26-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
27-dars. «Eng chiroyli va ta’sirchan nutq» tanlovi.
4-BO‘LIM GAP.
28-dars. Gapning ifoda maqsadi.
29-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
30-dars. Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari.
31-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
32-dars. Mustahkamlash darsi.
33-dars. Nazorat ishi.
34-dars. Nazorat ishi tahlili.
5-BO‘LIM SODDA GAP SINTAKSISI.
35-dars. Sodda gap. Gap bo‘laklari.
36-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
37-dars. Kesim. Fe’l kesim va ot kesim.
38-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
39-dars. Sodda kesim va murakkab kesim.
40-dars. Bog‘lamalar.
41-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
42-dars. Kesimning birikma va ibora bilan ifodalanishi.
43-dars. Og‘zaki nutq mahorati bo‘yicha nazorat ishi.
44–45-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
46-dars. Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi.
47-dars. Ega.
48-dars. Egali va egasiz gap.
49-dars. Atov gap.
50-dars. So‘z-gap.
51-dars. Yig‘iq va yoyiq gap.
52–53-darslàr. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
54–55-darslàr. Sodda gap va gap bo‘laklari yuzasidan tahlil.
56–57-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
6-BO‘LIM IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR.
58-dars. Hol.
59–60-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
61-dars. To‘ldiruvchi.
62-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
63-dars. Aniqlovchi va uning turlari.
64-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
65–66-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
67–68-darslar. Gap bo‘laklari tartibi.
69–70-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
71-dars. Gap urg‘usi.
72–73-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
74-dars. To‘liq va to‘liqsiz gaplar.
75-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
MUSTAHKAMLASH DARSLARI.
76–77-darslar. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari yuzasidan tahlil.
78–79-darslar. Nazorat ishi va uning tahlili.
7-BO‘LIM UYUSHIQ VA AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR, GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN BO‘LAKLAR.
80-dars. Gapning uyushiq bo‘laklari.
81–82-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
83-dars. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z va unda ohang hamda tinish belgilari.
84–85-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
86-dars. Ajratilgan bo‘lakli gaplar.
87–88-darslar. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda ohang va tinish belgilari.
89–90-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
91-dars. Kiritmalar (Kirish so‘z).
92-dars. Undalma.
93-dars. Undalmalarda tinish belgilari.
94-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
95–96-darslar. Mustahkamlash.
97–98-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
99-dars. Ish qog‘ozlari ustida ishlash.
100-dars. Asosiy atamalar ustida ishlash.
101-dars. Takrorlash.
102-dars. Yakuniy dars va yozgi ta’tilga topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019 – fileskachat, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi
Salomlashish, o‘quvchiularni darsga jalb qilish. Navbatchi bilan savol-javob o‘tkazish. Dars qoidasini eslatish. M’anaviyat daqiqasi o‘tkazish.
Tinglashadi. Savollarga javob berishadi
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash
1. Ko`rgazmali qurollar orqali o`tilgan mavzusini so`rab mustahkamalash.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Darsning borishi:
2. Navbatchi bilan suhbat.
O`qituvchi : Bugun kim navbatchi?
Navbatchi: Bugun sinfda men navbatchiman. Darsga hamma o`quvchi qatnashayapdi. Hozir diyorimizda oltin kuz fasli. Bugun havo iliq.
1. Vaqtdan unumli foydalanish.
2. O`ng qo`l qoidasi.
5. Faol ishtirok etish.
M’anaviyat daqiqasi.
O`qituvchi: Bolajonlar,
Bugun darsga tayyormisiz?
O`quvchilar xor bo‘lib:
Rahmat ustoz omonmiz
Bugun darsga tayyormiz.
O`qituvchi: Vatan nima?
O`quvchi: Vatan bu biz tug`ilib o`sgan uyimiz, mahallamiz, shahrimiz, tumanimiz ona diyorimiz.
O`qituvchi: Siz qaysi Respublikada yashaysiz?
O`quvchi: O`zbekiston Respublikasida yashaymiz.
O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillik erishdi ?
O`quvchi: -1991 yil 31-avgustda. Har yili 1-sentabrda mustaqilligimizni nishonlaymiz.
O`qituvchi:-Bu yil mustaqilligimizga necha yil to`ldi ?
O`quvchi: -21 yil.
O`qituvchi:- O`zbekiston Respublikasining poytaxti qaysi shahar ?
O`quvchi:-Toshkent shahri.
O`qituvchi:-O`zbekistonda qancha millat yashaydi?
O`quvchi:-130 dan ortiq millat yashaydi.
O`qituvchi:-O`zbekistonda nechta viloyat bor ?
O`quvchi: -12 ta.Toshkent, Namangan , Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Xorazm, Sirdaryo , Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax , Navoiy.
O`qituvchi:-Biz qaysi viloyatda yashaymiz ?
O`quvchi:-Samarqand viloyatida.
O`qituvchi:-O`zbekistonda kimlar yashaydi ?
O`quvchi:-Ko`proq o`zbeklar yashaydi. Shuning uchun O`zbekiston deyiladi.
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash
-Shirin aziz bolajonlar
Bog`dagi gul lolajonlar.
Yaxshi yotib turdingizmi
Uyda siz dars qildingizmi?
-Yozda yaxshi dam oldik
Guruhlarga bo`lish
2-guruh “Quyosh”
3-guruh “Yulduz”
-Oyni kimga o`xshatamiz?
-Quyoshni kimga o`xshatamiz?
So`z turkumlari, gap, so`z haqida savol-javob qilinadi.
She’rdagi so‘zlarga so‘roq bering.
Havo mayin, osmon tip-tiniq,
Ochilibdi gullar rang-barang.
Ariqlarning tubi ko`rinar,
Daraxtlarning bargi quyoshrang.
Qanday? Mayin, quyoshrang.
Nima qildi? Ochilbdi.
Nima? Ariqlar, barg.
Uyga berilgan 385-mashq tekshiriladi. Daftarlar almashriladi.
Berilgan gaplarga mos so`zlar qo`shb, gapni qayta tuzing va yozing.
2. O`quvchilar keldilar
Darsllik bilan ishlash
Yangi mavzu bayoni
386-mashq musobaqa tarzida guruhlarga beriladi.
Qavs ichidagi so`roqlarga mos so`zlar qo`yib o`qing.
Yozda (nima?) yerni qizdiradi.(Nima?) juda isiydi. Bog`larda (qanday?) mevalar pishadi. (Qanday?) shamol esadi. Har tomondan (qanday?) hidlar keladi.
Foydalanish uchun so`zlar: shirin, havo, mayin, quyosh, yoqimli
Ko`chiring. Qo`ygan so`zlaringiz qaysi so`z turkumiga kiradi? Ular gapda qaysi bo`lak vazifasida kelyapti?
“ Aqliy hujum” metodi o`tkaziladi.
1. So`roq gapga misol keltiring.
2. O`zbek alifbosida harflar nechta?
3. Darak gapga misol keltiring
4. So`zlar qanday ma`nolarni bildiradi ?
5. Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi?
6. Qanday so`zlarni bosh harf bilan yozamiz?
7. Nima uchun unli harf deyiladi.?
8.Nimani yozamiz , ko`ramiz, o`qiymiz?
9. Nima qildi ? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlarga misol keltiring.
10. Shirin, baland , odobli so`zlariga so`roq bering.
11. Nomini bildirgan so`zlar tagiga qanday chiziq chizamiz?
Dam olish daqiqasi.
Shamol g`uv –g`uv esadi,
Shamol sekin pasaydi,
Daraxtlar qad ko`tardi.
O‘quvchilr she’rni jismoniy harkatlar bilan bajaradilar.
bildirgan so`zlar
Kuz haqida ikkita-uchta gap tuzib yozing. Unda his-hayajonni bildirgan gaplar ham qatnashgan bo‘lsin.
Kuzgi mevalar.
Har bir guruh rasm asosida gaplar tuzadilar. Tuzilgan gaplar izohlanadi.
Baliq skeleti metodi o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
387-mashq musobaqa tarzida beriladi.
Qavs ichidagi so`roqlarga mos so`zlarni topib, gaplarni to`ldiring. Bosh va ikkinchi darajali bo`laklarni aniqlang.
(Qanday?) yoz boshlandi. (Qayerda?) o`qishlar tugadi. Ular (qayerdan?) (nimalar?) to`playdilar. To`plagan kolleksiyalarini (qachon?) (qayerda?) keltiradilar.
„Klaster“ metodi
1-guruh. Kim? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi.
2-guruh Nima? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi.
3-guruh Qayer? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi
5-bosqich.
Yozgi ta’tilni qanday o`tkazishingiz to`g`risida kichik matn tuzing.
Darsning yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish. Guruhlar ballarini hisoblash. O`quvchilar ballarini e’lon qilish.
1-dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A» 6 «B» Mavzu: O’zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan sifatlarning qanday belgini bildirishini ayting.
Kamtar, egri, qadimgi, yozgi, ichki, keng, tor, quvnoq, chopag’on.
BILIB OLING. Narsalarning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari, o’rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi.
378-mashq. Berilgan sifatlarning qanday belgi ifodalashini va sifatlarning qaysi ma’no guruhiga mansubligini aniqlang.
Uzun, qisqa, keng, baland, tungi, xursand, quvnoq, g’amgin, sho’x, kamtar, bulturgi, qishki, kechki, kuzgi.
379-mashq. Nuqtalar o’rniga berilgan sifatlardan mosini qo’yib ko’chiring va ularga izoh bering.
Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, . «Moskvich» kelib to’xtadi. Mashina eshigi ochilib, . gavdali yigit tushib keldi, taniy olmadim.
— Hormang, dehqonchilik zo’r-ku! — dedi . yigit do’rillagan ovoz bilan.
Shunda hayratdan baqirib yubordim:
Ha, xuddi o’sha Toyning o’zi. Faqat shuncha bo’y, bunaqa . qo’l-oyoqlarni qayoqdan oldi ekan?
— Poshsha oyimlarni ko’rgani keldim! — dedi . qomatiga uncha mos kelmaydigan alpozda muloyim jilmayib. (O’. Hoshimov)
So’zlar: katta, notanish, bahaybat, yap-yangi, zobardast, uzun.
380-masnq. O’qing. Sifatlarni aniqlang, ularni xususiyat, hajm-o’lchov, makon-zamon sifatlariga ajrating.
1. Oftob o’chyapti. Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovillardi. (Said Ahmad) 2. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshar, buning ham to’rtdan birini ayvon egallagan edi. (Abdulla Qahhor) 3. Yozgi harakat — kuzgi barakat. (Maqol) 4. Hoji bobo har gapga bir maqol o’qiydigan ezmaroq tabiatli kishi bo’lsa ham, qo’li anchagina ochiq, xususan, hisobga no’noqroq odam edi. (G’afur G’ulom) 5. Usta qarigina, burni cho’tirroq, juda so’zamol, mahmadona kishi. (Oybek) 6. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o’qiydi. (Oybek) 7. Donishmand chol naq yuz qovun pishig’ini ko’rgan bo’lsada, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. (Murod Xidir)
1. Xususiyat sifatlari ishtirokida gaplar tuzing.
2. Hajm-o’lchov sifatlariga misollar keltiring.
3. Makon-zamon sifatlarini izohlang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og ’ zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ______________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______
MAVZU: RANG-TUS, MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Qanday rang-tus, maza-ta’m va hid bildiruvchi so’zlarni bilasiz? Ularni otlar bilan bog’lab, birikmalar tuzing.
BILIB OLING. Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-ta’mini bildirgan sifatlar maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgan sifatlar hid sifatlari deyiladi.
382-mashq. Matnni o’qing. Maza-ta’m va hid bildiruvchi sifatlarni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chirib yozing.
1. Qaymoq bozoriga kirib, u kosadan yalab ko’rib, «achchiq» deb, bu kosadan yalab ko’rib, «suyuq» deb yursam, bir burchakda Ubay o’tiribdi. (G’afur G’ulom) 2. Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. Juda shirin. Bu qanday non o’zi? (Parda Tursun) 3. Lobarxon oyoqlarida zo’rg’a tursa ham, nur ko’rganidanmi yo dimog’ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay, tinmay jilmayar edi. (Mirzakalon Ismoiliy) 4. Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. (S. Mardiyev) 5. Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. (Qodir Dehqon)
383-mashq. Gaplarni ko’chiring. Rang-tus sifatlarining tagiga chizing.
1. Sap-sariq oltinday cho’girilar, ko’k beqasam to’n kiyishib yotgan ananaslarni yegani ko’zingiz qiymaydi. (O’. Umarbekov) 2. Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov kelmoqda. (A. Qosimov) 3. Ko’z tashlab ko’rilsa, ko’m-ko’k suv ko’k charxiga o’xshaydi. Suvning etagi ko’k bilan birlashib ketgan. (G’afur G’ulom) 4. Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to’lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi. (Oybek) 5. Bahor keldi. Maktab sahnidagi o’riklarni oq, pushti gullar bilan bezadi. (Parda Tursun) 6. Yo’llarimda zangori ko’llar, oyna kabi tiniq va bejon. (Usmon Nosir)
384-mashq. Uyga vazifa. Oppoq, qora, tuzsiz, taxir, badboy sifatlari ishtirokida gaplar tuzing.
1. Rang-tus sifatlariga misollar keltiring.
2. Maza-ta’m sifatlari qaysilar?
3. Hid bildiruvchi sifatlarga misollar ayting
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og ’ zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______
MAVZU SIFATLARNING OTLASHUVI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Ko’chiring. Sifatlarning gap tarkibida qanday so’roqlarga javob bo’layotganini aniqlang.
1. Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan — dog’. (Maqol) 2. Ilg’orlarga mukofotlar topshirildi.
2-topshiriq. O’qing. Sifat bog’langan otlarni tushirib, gaplarni ko’chiring. Sifat vazifasida qanday o’zgarish bo’lganini ayting.
1. Sinfimizda a’lochi o’quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2. Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. 3. Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p. 4. Dangasa odamning bahonasi ko’p.
BILIB OLING. Sifat bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
385-mashq. Otlashgan sifatlarni aniqlang. Ularning gapdagi vazifalarini belgilang.
1. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo’lsa, olovdan uzoqroq o’tirishar edi. (Ertakdan) 2. Dono, aqllilar hech qachon yo’ldan adashmaydi. («Odobnoma») 3. Endi senlar o’qib, oq-qorani taninglar, — deydi Xoliyor amaki. — Hozir dunyo ilmli odamlarniki. (N. Tilavov) 4. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin. (Yusuf Xos Hojib) 5. Yomon-u yaxshini xulqidin anglag’il, Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil. (Navoiy)
386-mashq. Egri, to’g’ri, katta, kichik, oq, qora, dono, nodon so’zlari ishtirokida gap tuzish bo’yicha musobaqa o’tkazing. Sifatlar gapda otlashib kelsin.
Namuna: 1-guruh: To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. 2-guruh: To’g’rining gapi sariyog’, egrining gapi to’mtoq.
387-mashq. Maqollardagi otlashgan sifatlarni aniqlang. O’zingiz ham shunday maqollarga misollar ayting.
l.Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, Yomondan burun o’lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang, Yaxshilik bilan unasan. 2. Dono — durdan a’lo. 3. Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas. 4. Kattaga katta bo’l, kichikka — kichik. 5. Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. 6. Achchiqni achchiq kesar.
l. Sifatlar qachon otlashadi?
2. Sifatlar otlashganda qaysi qo’shimchalarni oladi?
3. Otlashgan sifatlarning gapdagi vazifasi haqida so’zlang.
388-mashq. Uyga vazifa. Tarkibida otlashib kelgan sifatlar bo’lgan hikmatli so’z, maqol va matallardan namunalar yozing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og ’ zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ____________________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______
MAVZU: MUSTAHKAMLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Matnni o’qing. Sifatlarni topib, jadvalga joylashtiring.
Hovlining yarmiga yaqin joyga tangadek oftob tushirmaydigan qari tut barglari sarg’aya boshlagan.
Shu tut tagida oppoq bir it supurgi ustida uxlab yotibdi. Kichkinagina belida belbog’dek ikkita – biri qora, biri jigarrang chizig’i bor. Xuddi kimdir ataylab bo’yab qo’yganga o’xshab ko’rinadi. Tumshug’i bilan ikki ko’zi qop-qora. Bir ko’zining tepasida to’mtoq qoshi ham bor.
2-topshiriq. Matnni o’qing, sifatlarni aniqlang. Bahorni tasvirlab matn tuzing, ularda sifatlardan foydalaning.
Ko’k yuzida pag’a bulut — oq bulut,
Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut?
Pag’a bulut — yaxshi ko’klam elchisi,
Havolarda yomg’ir isi, sel isi.
(Mirtemir)
3-topshiriq. Yozing, gapdagi sifatlarni topib, ularni izohlang.
1. Oftob balandroq ko’tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog’larda ham havo ochilib ketdi. 2. Cho’qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko’rinadi. 3. Oyko’l qishlog’ida na ko’l bor, na kattaroq ariq. 4. Oqlangan maktab binosi oydinda ko’kishroq ko’rinadi. 5. Kuy ta’sirida tog’lar avvalgidan azizroq va ulug’vorroq ko’rinib ketdi. (P. Qodirov)
4-topshiriq. Oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlarga misollar keltiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
5-topshiriq. Kitob, quyosh, bog’, suv, ona, do’st so’zlariga eng ko’p sifat topish bo’yicha «Topqirlar» musobaqasini uyushtiring.
Namuna: kitob: o’qishli, qiziqarli, muqovali, zerikarli, qadimgi, ilmiy, tarixiy.
6-topshiriq. Uyga vazifa. Sifatlar ishtirokida «Osmonimiz hamisha beg’ubor bo’lsin» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan sifatlarning ma’no guruhlarini aytib bering
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og ’ zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ______________________
«Ona tili» 6-sinflar uchun
6«A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________
Mavzu: NAZORAT ISHI – 16
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling