Press "Enter" to skip to content

2-sinf Fan: Ona tili Sana: Sinf

1.Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari

Ona tili uyga vazifalari

1.Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari

2.O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari

3.Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari

4.Bilim va malakalarni tekshirish darslari

5.Ona tili o’qitish metodlari

Tayanch tushunchalar

Dars tiplari, mustahkamlash, malaka hosil qilish, umumlashtirish, tekshirish, metod.

Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:

-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;

-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;

-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.

Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.

Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.

Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.

2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.

Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.

Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.

Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.

Bilim va malakalarni tekshirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.

Ona tili o’qitish metodlari .Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:

1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:

1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;

2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.

Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi . Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

– O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;

– O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):

– bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.

Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi . Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.

2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.

3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.

4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.

Qayta xotirlashga asoslangan metodlar . Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.

Qisman izlanuvchanlik metodi . Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;

b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;

v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;

g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.

Izlanishga asoslangan metodlar . Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.

2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O’quvchilar daftari ko’rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

85-mashq. 0‘qing

Uchqun bilan O‘tkir maktabdan kelayotgan edilar. Ular o‘ynoqlab kelayotgan buzoqni ko‘rib qolishdi. O‘tkir buzoqning yo‘lini to‘sdi. Uchqun uni epchillik bilan ushladi. Buzoqning egasi Davron aka bolalarga rahmat aytdi.

Qanday bolalar haqida hikoya qilinyapti?

  1. Bolalar nimani ko‘rib qolishdi?
  2. Ular nima qilishdi?
  3. Kim bolalarga minnatdorchilik bildirdi?

86-mashq. 0‘qing. Nuqtalar o‘rniga mazmun- ga mos so‘zlarni qo‘yib yozing

. xalq, . ish, . chegarachi, . qiz, . dala, . bola, . dehqon, . shaftoli.

Nuqtalar o‘rniga qo‘yish uchun so‘zlar: mehmondcfst, mehnatsevar, rejali, sersuv, sergak, chevar, zehnli, ken IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

V.Uyga vazifa:

Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________

2-sinf Fan: Ona tili

Sana: __________________ Sinf: _________________________

Nazorat ishi-4. Test sinovi

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

K-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.

K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.

K-4:Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish; milliy bayramlarni bilish;

Ta’limiy: Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari haqida bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O’quvchilar daftari ko’rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

V.Uyga vazifa:

Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________

II chorak (27-soat)

2-sinf Fan: Ona tili

Sana: __________________ Sinf: _________________________

Mavzu:HARF BIRIKMASI BILAN IFODALANA- DIGAN UNDOSH TOVUSHLAR(87-89-mashqlar)

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

K-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.

K-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.

K-4:Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish; milliy bayramlarni bilish;

Ona tili

. Men ikkoviga uchtadan hil-hil pishgan shaftoli berdim. Mazkur gapda qatnashgan taqsim son haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

Taqsim son asosi yopiq bo‘g‘indan iborat.
Taqsim son imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi.
Taqsim son tarkibida faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan.
Taqsim son qo‘shimchasi tarkibida lab undoshi ishtirok etgan.

. Qaysi gapda majhul nisbatdagi va birgalik nisbatidagi fe’llar qatnashgan?

Botayotgan quyoshning horg‘in nuri qorli tog‘ cho‘qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan bulutni bir lahza qizartirdi-da, so‘ndi.

Ozoda gilamlar to‘shalgan past-baland chorpoyalar ustida odamlar choy ichishar, ish yuzasidan maslahat qilishadi.

Bolalar uni yaxshi ko‘rishib, unga yordam berishibdi.

Ko‘zni quvnatadigan gulzor yonidagi yam-yashil daraxt tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida miriqib dam olish mumkin.

Quyida berilganlardan hokim qismining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang. 1) katta qozonda; 2) qush ini; 3) bukchaygan tollar; 4) qovun tilimi; 5) otning dumi; 6) sog‘inchli salom

Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

arang, mardlarcha, jim
olg‘a, qiynalib, ko‘p
dir-dir, kuyinib, yumshoq
yugurib, harsillab, shoshib

. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?

Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.
So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.
El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada televideniyeda chiqar edi.
0 ‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.

. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so’rabdilar. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar sanaladi.
Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan.

. Qaysi gapda ega vazifasida kelgan belgilash olmoshi qatnashgan?

Har birining navkarlari o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan . og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar.

Agar otaxon guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar qalqib turardi va to o‘tib ketguncha ta’zim qilardi.

Shu tariqa hech kim hech qachon adashib ketmas, hamma ishtirokchilar sahnaga o‘z vaqtida chiqardi.

Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

. «Institutni bitirgan yilim meni aspiranturaga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim», – deb so‘zini davom ettirdi и biroz o’ylangandan so‘ng. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda.
Sof fe’llarning faqat 2 tasi xabar maylidagi fe’l sanaladi.
1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l qatnashgan.
0 ‘timli fe’llarning 1 tasi birgalik nisbatida.

. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.

Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi.
Yo‘l bo‘yidagi rang-barang gullar qiyg‘os ochilgan edi.
Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi.
Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi.

. Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan gapni toping.

Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.
Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman.
Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham umuman foyda bermadi.
Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi.

. Qaysi gapda yetakchi fe’l qismi qo‘shma fe’l bo‘lgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?

Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib kelardi.
Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi charaqlab ochilib ketdi.
Sodiqjon, o‘rtog‘ingizga mavzuni aytib berib turing.
Do‘stim, ko‘rgan film va spektakllaringiz haqida hikoya qilib bering.

Qaysi gapda ish-harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalagan ko‘makchi fe’l qatnashgan?

Pastda katta sokin bir daryo oqib yotardi.
Qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi shamollar esa boshladi.
Unutmangki, bu muammoni faqat hamjihatlikdagina hal qila olamiz.
0 ‘g‘illar cho‘plarni osonlik bilan sindirib tashladilar.

. Bunda na g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, роk muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor?

. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to’yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko’ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan.
Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan.
Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan.
Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan.

. U o‘ziga hayratomuz tikila boshlagan Oqbo’yinga boshini и yon-bu yon burib qarab qo’yadi. Mazkur gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

Ko’makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari har xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi ko‘makchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi yetakchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.
Ko’makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari to‘ldiruvchi va aniqlovchiga tobelangan.

. Shunchaki sevilmoq – baxtiqarolik. To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik: Bir charsillab yonay, so‘ngra so’nsam ham. Ushbu she’riy parchada qatnashgan majhul nisbatdagi fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?

aniqlovchi

. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan yasama narsa oti qatnashgan?

Eshikni ochishim bilan dadam qo’lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab yubordi.
Kissasida yarimta o‘chirg‘ichi va kecha ochgan qalami bor ekan.
G‘ildiraklarning bir maromda taraqlab, tebranishidan ko‘zim ilinibdi.
Qovurdoq antiqa bo‘lgan ekan, ochig‘ini aytsam, bunaqa shirin go‘shtni umrimda yemagan edim.

. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap boiagi vazifasini bajargan?

Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi.
Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir.
Tog‘am – tajribali shifokor. Ular ko‘p insonlarning hayotini saqlab qolganlar.
Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.

. 0 ‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.

Keldi ochilur chog‘ing, 0 ‘zliging namoyon qil.
Oq va qora marvarid donachalari ajoyib shaklda ipga tizildi.
Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi.
0 ‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor archaga rang-barang o‘yinchoqlar osilgan edi.

. Or – bu o’ziga ep ko’rilmagan yoki yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan?

harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh
sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh
sifatdosh va harakat nomi
harakat nomi va ravishdosh

. Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi.
Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi.
Bu bino tez fursatda qayta tiklandi.

. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ко‘т-ко‘к, sariq gullar o‘sib yotardi. Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini bajargan.
Otlashgan sifat qatnashgan.

Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga oid so‘zlar qatnashgan?

. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir.
Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan.
Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan.

. Shunchaki sevilmoq – baxtiqarolik. To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik: Bir charsillab yonay, so’ngra so‘nsam ham. Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?

aniqlovchi

. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan?

Biror mamlakatda jabr-zulm, fisq-fasod kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyosat bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozim

Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab yurgan bolalarga berdim.
Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi.

. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang.

Bu qadimiy obida temuriylar hukmronligi davrida qayta tiklangan edi.
Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
Quyoshli kunlarda paxtalar qiyg‘os ochildi.
Shu kuni keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.

. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?

G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi.
Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi
Bo’ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman.
U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi.

. Hayot go’zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

Tub sifatlar tobe bog‘lanishlarda faqat hokim qism vazifasida qo‘llangan.
Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
Asliy va nisbiy yasama sifatlar ishtirok etgan.
Ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida qo‘llangan nisbiy sifat ishtirok etgan.

. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan.
Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rin-joy otlariga mansub.
Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.
Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan.

. Qaysi gapda -ir qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?

Choponiga cho‘nqayib o‘tirdi.
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
0 ‘ta qat’iylik bilan keskin va uzoq gapirdi.
– Yolg‘on! Yolg‘on! – deb baqirdi.

. Tarkibida sifatdan yasalgan sodda yasama ravish qatnashgan gapni aniqlang.

Onaxon Mutribni pinhoniy bir mehr bilan suyadi, unga hamisha qalban intiladi.
Yarim tunda ko‘zi ilingan ayol tong saharlab junjikib uyg‘onib ketdi, osmon oqarib kelardi.
G‘ulomjon keyingi vaqtlartda tanholikni yoqtiradigan bo‘lib qoldi.
U sevinchini ichiga sig‘dirolmay hamma bilan qadrdonlarcha ko‘risha boshladi.

. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

Kesim vazifasini bajargan sifatlar ishtirok etgan.
Tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
Aniqlovchi vazifasida qo‘llangan yasama sifat ishtirok etgan.
Ot turkumidan yasalgan asliy sifat ishtirok etgan.

. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash maroqli. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan.
Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan.
Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga qo‘shilishi kuzatiladi.
Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga qo‘shilishi kuzatiladi.

. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan harakat nomlari qatnashgan?

Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi.
Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
Bu xalqni yaxshiroq bilmoq uchun uning urf-odatlari bilan tanishdim.
Eh, qizaloq, bilmaysan-da, o‘qishning foydasi ko‘p!

Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas?

U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya olmas edi.
Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.
Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.
Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘na boshladi.

. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan bolakay sekingina ichkariga kirdi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan.
Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi vazifasidagi ot qatnashgan.

Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli turkumga oid bo‘la oladigan kesim vazifasidagi fe’l qatnashgan.

Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la oladigan sifatdosh qatnashgan.

Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l qatnashgan?

Otasining Dostonni ishlashga majbur etish uchun qilgan harakatlari natija bermadi.
Keyin yana ular doimgidek men haqimda gapirishdi.
Ish safari bilan ketgan Davron aka va Sodiq aka kecha Toshkentga kelishdi.
Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.

. Qaysi javobda uchta yasama fe’l qatnashgan?

Izg‘irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi.
Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. U loqaydgina alik oldi.
Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi.
Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, порок odamlar shunchalik kamayadi.

. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?

El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada televideniyeda chiqar edi.
0 ‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.
So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.
Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.

. U giloslar ostiga qo‘yilgan panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan katta yog‘och karavotda yonboshlab o’tirar edi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining faqat bir turi qatnashgan.
Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar qatnashgan.
Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda yasama fe’llar sanaladi

. Qaysi javobda o‘zaro bir xil turkumga oid so‘zlar bilan ifodalangan uyushiq ravish holi qatnashgan?

Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq soldi.
Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi.
U hayajon bilan, tez-tez, bo‘g‘ilib so‘zlar edi.
Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.

. Qaysi javobda otlashgan sonlar to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?

Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi.
Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar.
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
To‘qqizida bo‘lmagan aql to‘qsonida ham bo‘lmas.

. Qaysi javobda so‘roq olmoshi qatnashgan?

Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi.
Toshkentning qayeriga qaramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda.
Nazira opa yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi.
Tong otmoqda. Qishloq allaqachon uyg‘ongan.

. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?

Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
Keyin bozorga olib boribdi.
Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.

. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan?

Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.

Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?

Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.

Temuriylar davrida qayta tiklangan bu qadimiy obida hali-hanuz o‘z salobatini yo‘qotgani yo‘q.
U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir quchoq qilib supurib olib keldi.
Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi.
Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi.

. Qaysi javobda ravish qatnashgan?

Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb turibdi.
So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman.
Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim.
Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.

. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan jamlovchi son qatnashgan?

Ularning ikkovi bilan ham alohidaalohida gaplashib qo‘yaman.
Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish safariga jo‘nating.
Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona yashay boshladi.
Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.

. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham и hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub fe’llar sanaladi.
Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turigagina oid fe’llar qatnashgan.
Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.

. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan?

Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi.
Xola, ukam qani, olib ketgani keldim.
Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda.
Tong otgach, yo‘lga tushdik.

Unsin qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?

. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.

Shundan keyin keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.
To‘kilsa manglay tering, Unumli bo‘lur yering.
Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi bo‘lakcha bo‘ladi, albatta.
Umid – parvozga otlangan lochin, umidsizlik – oyoqqa bog‘langan tosh.

. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.

Muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi.
Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida ko‘milib savat to‘qirdik.
U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?

U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.
Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.
Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi.
Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi.

. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan?

« 0 ‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga chiqaylik», – dedi u.
Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin.
Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa qiynalmay yetib olardik.
«Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay», – dedi zavqi oshib.

. Bostirib kelayotgan qo’shinni to‘xtatish, mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni qutqarib qolish uchun goho o‘rnida aytilgan birgina so‘z ham kifoya bo’lgan. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini aniqlab kelgan?

aniqlovchini
to‘ldiruvchini

. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan ot qatnashgan.
Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
Ushbu gapdagi barcha otlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid hisoblanadi.
Ushbu gapda aniq va mavhum otlar qatnashgan.

. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.

Abror yuklarni yuqoriga chiqarishga qiynaldi.
Elektr simlariga qaldirg‘ochlar tizilib o‘tirardi.
U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko’ngil shod. Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok etgan.
Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok etgan.

. Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, Viqor-la o ‘shshaygan qoya labida. Ushbu she’riy parchada qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Ushbu gapda barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining to‘rt turi qatnashgan.
Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda yasama fe’llar sanaladi.
Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.

Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud

Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher
Bog’imizga o’n tub olma ko’chatini o’tqazdik
Sizning har bir so’zingiz biz uchun tilladan afzal
Azim tog’lar, sizlar ham yaxshi qoling

. Qaysi javobda yasama holat ravishi bilan ifodalangan hol qatnashgan?

Do‘stona yig‘inlar ham munosabatlarni mustahkamlab turuvchi vositalardan biridir.
U o‘z xatti-harakati va fidokorona mehnati bilan xalqqa tanilgan.
Chol va kampir amallab uyga yetib olishibdi.
U barcha qiyinchiliklarni mardlarcha yengib o‘tdi.

. Qaysi gapda aniq va o‘zlik nisbatdagi fe’llar qatnashgan?

Ular yashikdagi shaftolining ezilganlarini ajratib bolalarga berishdi.
Qor qalin yog‘ayotgani uchun atrof zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.

. . domlaning ko‘z qiri tushib qolarmikan degan niyatda astoydil xizmat qilishardi. Mehmonlar kechga taklif etilgan edi. Ushbu parchadagi fe’llar tarkibida qaysi nisbat qo‘shimchalari qatnashgan?

orttirma va majhul
birgalik va o‘zlik
birgalik va majhul
birgalik, orttirma va majhul

. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining barcha turida qo‘llana oladigan fe’llar qatori berilgan?

yuvmoq, quvonmoq, uxlamoq
ko‘rmoq, qaytmoq, chaqirmoq
bo‘yamoq, kiymoq, osmoq
shovullamoq, kiymoq, aytmoq

. Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi. Ushbu gapdagi sifatdoshlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelgan?

aniqlovchi va ega
hol va aniqlovchi
to‘ldiruvchi va kesim
to‘ldiruvchi va ega

. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?

Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi
Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki chavandoz ko‘rindi.
Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan xotiniga ham o‘shqirdi.
U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi.

. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan?

Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.

Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi.
0 ‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi.
Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi.
U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi.

. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan?

Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz.
Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.
Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.
Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali bo‘lishni o‘rgandim.

. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

Ushbu gapda tub va yasama otlarning qatnashishi kuzatiladi.
Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum otlar sanaladi.
Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida yasama otlar hokim qism va tobe qism vazifasini bajargan.

. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o’ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
Kesim vazifasida kelgan fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan.

. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasini bajargan o‘zlik nisbatidagi fe’l qatnashgan?

Taklif etilgan mehmonlarning ayrimlari hali kelmadi.
Yechishga qiynalgan masalangni menga ko‘rsat
Lagan-tovoqning bir-biriga teggan tovushi eshitilib turardi.
Halima har doim juda ozoda kiyinadi.

. Qaysi gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qo‘llangan?

Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindiribdi.
Giloslar ostidagi panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan sirlangan yog‘och karavotda uxlab yotardi.
Shamol toy ekan, kuchga boy ekan, yengil ko‘charkan, ko‘kka ucharkan

. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas?

Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush orttirilishi kuzatiladi.

So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo’shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik olmoshlari hisoblanadi.

To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi.

Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. Ayrim kishilik olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush tushishi kuzatiladi.

Ona tili uyga vazifalari

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so’zi”

1989-yil. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinish arafasida bahs-munozara avjiga chiqqan. Eng asosiy mavzu ushbu qonun talablariga rioya qilish muddati haqida. Qonun loyihasida bu muddat oʻn yil deb belgilangan boʻlsa, deputatlar muhokamasidan keyin sakkiz yilga oʻzgartirilgan edi oʻshanda. Keyinchalik, 1995-yil 21-dekabrdagi oʻzgartirishlarda bu muddat koʻrsatilmagandi.

Qarangki, bugun oʻsha kunga sakkiz yil ham emas, oʻn yil ham emas, oʻttiz yil toʻlibdi. Shu davr ichida ona tilimizga boʻlgan munosabat qanchalik yaxshi tomonga oʻzgarganligini oʻylasak, yurtimizdagi mustaqillik tuygʻusi xalqimiz ruhiyatini koʻtarganligi koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Mustabid zamonda aytadigan gapimizni rus tilida ifodalay olmay qanchalik qiynalganimiz hamon yodimizda. Istiqlol arafasida tilimizga davlat maqomi berilganida chin maʼnoda erkinlik gashtini yurakdan his qildik.

Qonunning 2-moddasida “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” deya mustahkamlab qoʻyilishi keng jamoatchilikning gʻururiga gʻurur qoʻshdi.

Axir oʻzbek kalomi hayotimizga, turmush tarzimizga shu qadar singib ketganki, uni boshqa tilga tarjima qilib tushuntirib boʻlmaydi. “Hormang”, “Bor boʻling”, “Xirmoningizga baraka”, “Umringizga baraka”, “Qadamingiz qutlugʻ boʻlsin” kabi oʻzbekona lutflarda ¬xalqimizning asriy tajribasi, koʻngli pokligi, haqiqiy donishmandligi ¬ifodasini topgan.

Birgina Toshkent metrosini olaylik. Qaysi bekatga kelganimiz, oldinda qanday bekat bizga peshvoz chiqishi davlat tilida eʼlon qilinadi. Shunisi diqqatga sazovorki, metroga tushgan har qanday millat vakili oʻzbek tilidagi kalomni oson -tushunadi.

Biror manzilni aniqlash uchun maʼlumotlar byurosiga qoʻngʻiroq qilsak, sof oʻzbek tilida javob olamiz. Bir vaqtlar nuqul oʻzga tilda gapirishga majbur boʻlgan “tez yordam”ni chaqirish ham sodda oʻzbeklarga katta ¬muammo edi.

Shu yil bahorda “Turkiston” saro¬yida “Oltin qalam” Milliy mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimida BMT va YEXHT kabi xalqaro tashkilotlarning vakillari, hijjalab boʻlsa-da, oʻzbek tilida chiqish qilishdi. ¬Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi boʻlgan xonim Alisher Navoiyning “Olam ahli bilingizkim. ” satrlarini yoddan aytdi. Zaldagilar ularni qizgʻin olqishlashdi. Sabab? Chunki bu diplomatlar oʻzbekcha nutq irod qilish orqali Oʻzbekistonga, oʻzbek xalqiga samimiy hurmat koʻrsatishdi. Yetti yot begona millat vakillarining bunday hafsalasi, oʻzimizda tugʻilib, umr boʻyi shu yerda yashab, mahalliy millat tilini oʻrganmagan yurtdoshlarimizning tutumi bizni ajablantiradi. Axir Oʻzbekistonning nonini yeb, shu yurt fuqarosi hisoblanib, tilini oʻrganmagan insonlar haqida nima deyish mumkin?!

Yana bir muammo. Oliy maʼlumotli, hatto nomzodlik, balki doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan ziyolilarning baʼzilari oʻz ona tilida toʻrt qator matnni yozolmaydilar. Otasi oʻzbek, onasi oʻzbek, oʻzi ham oʻzbek, lekin ruscha savod chiqargan. Yaqinda shunday olimlardan biri rus tilida yozgan maqolasini olib keldi. Ushbu matnni, yaxshisi, oʻzingiz oʻzbekchalashtirib bering, desak, “Ana shunga noʻnoqmiz-da”, degan javobi bizni oʻyga toldirdi. Qiziq, biz tilga olgan Qonun bunday ziyolilarga ¬taalluqli emasmi?!

Baʼzan boshqaruv idoralarida masʼul lavozimda ishlayotgan xodimlar ham oʻz tilida yozishlari qiyinligini aytishadi. Ayrim hujjatlarga nazar tashlasangiz, u avval rus tilida yozilgani, soʻng davlat tiliga tarjima qilingani koʻrinib turadi.

Biz oʻz tilini unutgan amaldorlarga oʻttiz yil oldin qabul qilingan Qonunning 4-moddasidan quyidagi parchani aynan keltiramiz: “Oʻzbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari oʻz xizmat vazifasini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Oʻz faoliyatiga koʻra aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq shaxslar ¬xizmat vazifasini bajarish uchun ¬davlat tilini zarur boʻlgan darajada bilishlari lozim”.

Qonun ishlashi uchun nima qilish kerak? Yuqoridagi moddani idoralar peshtoqiga yozib qoʻyish kerakmi?

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan keyin 27 yil oʻtib, yana bir tarixiy voqea roʻy berdi: 2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi. Oʻzbek tili va adabiyotining haqiqiy tabiatini oʻrganish, unga rivojlanish yoʻlini ochish bilan mashgʻul oliy oʻquv yurtini Navoiydan boshqa yana kimning nomi bilan atash mumkin?! Shoʻro davrida shu sohaga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutini rus mumtoz ¬shoiri nomi bilan ataganimiz yodimizdan koʻtarilgani yoʻq. Yangi ochilgan universitet talabalari “Men Alisher Navoiy bobomiz nomi bilan atalgan oʻquv yurtida oʻqiyman”, deganda qanchalar yoqimli jaranglaydi bu soʻzlar.

Tilimiz sofligini saqlash unga toʻgʻri kelgan-kelmagan soʻzlarni tiqishtirishga yoʻl qoʻymaslikni anglatadi. Lekin ayrim ijodkorlar oʻziga xos yoʻl tutish, baʼzan jahon mezonlariga boʻylashish deb hisoblab, oʻzbekcha soʻz yoniga inglizcha yoki ¬boshqa tilga mansub soʻzlarni sunʼiy yopishtirishga harakat qilishmoqda. “Zoʻr” TV telekanalida “Bojalar-komyuniti” degan koʻngilochar koʻrsatuvni eslaysizmi? Bu atamaning ikkinchi qismi nima maʼno anglatishini koʻpchilik bilmasa kerak. “Yoshlar” telekanalidagi “KameRadar”, “Start up club” koʻrsatuvlarini oʻz tilimizda nomlasa boʻlmaydimi? “Toshkent” telekanali dasturi bilan tanishsangiz “Toshkent live”, “Highway”, “MFaktor praktikum”, “Hi-Tech” (oʻzbekchada ¬“Yuksak texnologiyalar” deyish mumkin), “Travel time” (shu koʻrsatuvdan biri yurtimizdagi muqaddas qadamjolarga bagʻishlandi, qiziqarli, albatta. Lekin nega shunday nomlangan?) kabi jumboqlarga duch kelasiz. “Sport” telekanalida “Battle time”, “Runner”, “Revyu” kabi koʻrsatuvlar nimani ¬anglatishini topolmasligingiz mumkin. Axir bu koʻrsatuvlar oʻzbek tomoshabinlariga moʻljallangan-ku? Shuning¬dek, “Oilaviy” kanalda “Like”, “Milliy” TV kanalida “MTV showkids”, “TV-Sale”, “M-news”, “Voydod karaoke”, “Qoʻzgʻolonshou” kabi koʻrsatuvlar nomini oʻz tilimizdagi jozibali soʻzlar bilan nomlashning iloji yoʻqmikan? Axir yoshlarimiz hayotdagi axborotni ham, maʼnaviy boylikni ham, asosan, televideniye orqali olishadi-ku?! Bunday sunʼiy nomlar nafaqat tilimizni, dilimizni ham buzadi.

Oʻzbek tilining nafosatini Alisher Navoiy bobomizdan tortib asrlar mobaynida mumtoz yozuvchi va shoirlarimiz oʻz ijodlari orqali namoyon etib kelishgan. Ajdodlarimiz yaratgan boy merosni zoʻr ishtiyoq va hafsala bilan oʻrganishimiz kerak. Buning uchun Vatanimizda davlat maqomi berilgan oʻzbek tilini eʼzozlashimiz, qalblarimizga singdirishimiz ¬kerak. Bu chin vatanparvarlikning yana bir namunasi hisoblanadi.

Shuhrat JABBOROV.