Ona tili va adabiyot
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa.
Olamni quyosh yoritadi, insonni — ilm.
Ona tili
. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan?
Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
Orzu qildim: «Tutarmen», – deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating.
. Bunday g’azallarda baytlar bir-biridan o‘ta mustaqil bo’ladi, ularning o‘rni almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi. Navoiy Hazratlari bu kabi g’azallarni qattiq tanqid qilgan. Ushbu parchada g‘azalning baytlar mustaqilligi, ya’ni qo‘shmisralarning o‘zaro bog‘liqligi, mantiqiy ketma-ketligi, bir-birini taqozo etishi darajasiga ko‘ra qaysi turi haqida fikr yuritilgan?
parokanda g‘azallar
voqeaband g‘azallar
musalsal g‘azallar
yakpora g‘azallar
. Ul qaro ko‘z ko’zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortiqcha g‘avg‘o tortadur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Baytda muqayyad qofiya qollangan.
Qofiyadosh so‘zlarda «r» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu baytda tanosub san’atidan foydalanilgan.
. Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositai robitai olamiyondur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
Mutlaq qofiya qo‘llangan.
Ushbu baytda radif qo‘llanmagan.
Ushbu bayt bilan boshlanuvchi she’r g‘azal janrida yozilgan.
. K o‘ngli tilagan murodig’a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
Radifi yoyiq radif hisoblanadi.
Qofiyadosh so‘zlarda «sh» tovushi raviy bo‘lib kelgan
Ushbu she’r tuyuq janrida yozilgan.
Mutlaq qofiyadan foydalanilgan.
Nasriy didaktik asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
«Mahbub ul-qulub», «Guliston»
«Zarbulmasal», «Qutadg‘u bilig»
«Gulzor», «Miftoh ul-adl»
«Qobusnoma», «Hayrat ul-abror»
. U musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko‘p tarqalgan lirik janr. U dastlab arab she’riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo bo‘lgan. X III-X IV asrlarga kelib she’rning bu turi to‘la shakllangan va mukammal holga yetgan. U arabcha so‘z bo‘lib, «oshiqona so‘z>>, «ayollarga xushomad» kabi ma’nolarni anglatadi. Turkiy adabiyotda uning ilk namunalari Rabg’uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asari va Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida uchraydi. Ushbu parchada qaysi mumtoz janr haqida fikr yuritilgan?
Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan?
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
Ohkim, bo‘ldi yana subhi nashotim shomi g‘am, Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi qisqa radif sanaladi.
Qaysi baytda husni ta’lil san’atidan foydalanilgan?
Nafs kofiri birla tun-u kun qildim urushni, Tanho qilichi birla urub, qiymalab o‘ttum.
Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur.
Dushman-u do‘st orasida men g‘ofilni mudom Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. •
. Azm ayla sabo, yet guli xandonimg’a, Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg‘a. Quyida berilganlardan ushbu bayt haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) Baytda mutlaq qofiya qo‘llangan; 2) Baytda tashbeh san’atidan foydalanilgan; 3) Baytda tardi aks san’atidan foydalanilgan; 4) Ushbu baytda «а» unlisi raviy bo‘lib kelgan.
. Qaysi javobda hikoya janrida yozilgan hajviy asarlar berilgan?
Ne’mat Aminovning «Yelvizak» va Muqimiyning «Dodhohim» asarlari
Abdulla Qahhorning «Adabiyot muallimi» va Chexovning «Qiyshiq oyna» asarlari
Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi» va Gogolning «Revizor» asarlari
Hamzaning «Maysaraning ishi» va Abdulla Qahhorning «Og‘riq tishlar» asarlari
Quyidagi qaysi baytda ijodkor tazod san’atidan foydalangan?
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha toleing feruz bo‘lsun.
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv ila yutsa bo‘lur.
Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
G‘amim pinhon tutardim man, dedilar: «Yora qil ravshan», Desam, ul bevafo, bilman, inonurmi, inonmasu?
. Manx jondan o’sondirdi, jafodan yor o‘sonmazmi? Falaklar yondi ohimdan, murodim sharr, yonmazmi? Ushbu bayt o‘rin olgan Fuzuliyning «Mani jondan o‘sondirdi. » g‘azali haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
G‘azalda radifdan foydalanilmagan.
G‘azal ohangdorlik jihatidan g‘azali musajja usulida yozilgan.
G‘azalda «z» tovushi raviy hisoblanadi
G‘azalda mutlaq qofiyadan foydalanilgan.
. Ko’nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l, Mendin-u, kimdinki, ko’ngling istamas – ozod bo‘l. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Qofiyadosh so‘zlarda «d» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Muqayyad qofiya qo‘llanilgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra odatda raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ba’zan bu talabdan chetga chiqish kuzatiladi.
She’riy janrlarda bir band doirasida ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil – ichki va asosiy radif ishlatilishi mumkin.
Mumtoz she’riyatda faqat cho‘ziq va qisqa unlilar raviy bo‘lib kela oladi, undosh tovushlar raviy bo‘lib kela olmaydi.
Radif bir yoki bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.
. Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilmagan? 1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks
. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu she’r qit’a janrida yozilgan.
She’rning 1-, 2-, 3- va 4-misralari o‘zaro qofiyalangan.
Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra odatda raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bolishi talab etilgan. Quyidagi qaysi baytda bu talabdan chetga chiqish kuzatiladi?
Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, ; Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Ko‘nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l, Mendin-u, kimdinki, ko‘nglung istamas – ozod bo‘l
Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan, Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil ham sig‘magan.
Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
. U to‘rt misradan iborat bo‘lib, misralar a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. U ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi shart. Eng muhimi, qofiyadosh so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so’zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ushbu parchada qaysi mumtoz janr haqida fikr yuritilgan?
. Qaysi javobdagi baytda tarse’ she’riy san’at qo‘llangan?
Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan, Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil ham sig‘magan.
Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas
Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrulmasun, Mehribon munis o‘shal dildoridin ayrilmasin.
Har nechakim sabr ta’mirini bunyod ayladim, Ashk selobida vayron o‘ldi obodim, eshit.
. Quyidagi qaysi asarlar roman janrida yozilmagan? 1) «Oqqushlar, oppoq qushlar» (O. Yoqubov 2) «Jar yoqasidagi chaqmoq» (A. Muxtor); 3) «Adolat manzili» (O. Yoqubov); 4) «Sevgim, sevgilim» (0 ‘. Umarbekov); 5) «Davr mening taqdirimda» (A. Muxtor).
. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun «nas» kelturur «пип» eltibon «sod» ustina. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
Qofiyadosh so‘zlarda «d» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
. 1. G‘azalning birinchi bayti «matla’» deyiladi. Undagi ikkala misra o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi. Shu bayt vazni va qofiyasi (yoki radifi bo‘lsa radifi ham) g‘azalning oxirigacha qat’iy saqlanadi. 2. Baytlar ketma-ketligini sujet, ya’ni muayyan voqea tasviri boshqaradigan g‘azallar voqeaband g‘azallar deyiladi. 3. 0 ‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov maqta’ haqida shunday degan: «Bu baytda , shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon ko‘rsa, undan alamini oladi, g‘azal umum yo‘nalishiga u qadar bog‘lanmaydiganroq gapi bo‘lsa ham, shu yerda aytib qoladi». 4. Qit’a to‘rt misradan iborat bo‘lib, misralar a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. U ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi shart. Eng muhimi, qofiyadosh so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi darkor. Adabiyot nazariyasiga oid yuqoridagi qaysi ma’lumotlar to‘g‘ri?
. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilgan?
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha toleying feruz bo‘lsun.
. Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, K o‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
Baytda tajnis san’atidan foydalanilgan.
Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
Radifi yoyiq radif hisoblanadi.
Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilgan?
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Ul yuzi oykim, jahonning jonidir, Shu zamona xublarning xonidir.
Orzu qildim: «Tutarmen», – deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.
. Qaysi javobda barmoq she’riy tizimining qo’shma vaznida yozilgan she’riy parcha berilgan?
Qani, ayt, maqsading nimadir sening? Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim? Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik, Yillar changi ichra asta yo‘qoldi. Bolalik ketdi-yu, sho‘x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.
Qubbon sohilida qomating bukib, Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, Nimalar haqida surasan xayol, So‘yla> majnuntol?
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, e Kibr-u havo nimaga kerak?
Qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumot berilgan?
Mumtoz she’riyatimizda qofiyadagi ohangdoshlikni hosil qiluvchi unli yoki undosh tirgak tovush raviy deb yuritiladi.
Ona tili va adabiyot
OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ!
About
Blog
Apps
Platform
ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
7.98K subscribers
Qaysi olmosh takror kelganda ma‘noning ortiqligini bildiradi?
Anonymous Quiz
1.1K voters 2.3K views 12:23
⚡️D harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H va ‘‘X‘‘ ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi
#K
Kovush – kalish
Kavsh – chaynamoq
Kazak – xalq
Qozoq – xalq
Kampaniya – ma’lum ishlar tizimi
Kompaniya – korxona, birlashma
Kaft – qo‘lning qismi
Kift – yelka
Kat – yog‘och karavot
Kart – kart dumba
Karta – atlas
Qarta – qazi
Kvadrat – teng yoqli to‘rtburchak
Kvadrant – doiraning choragi
Kontakt – aloqa,
Kontrakt – shartnoma
Kuyindi – kuyishdan qolgan iz
Kuyundi – kuyunmoq
#L
Lahm – suyaksiz
go‘sht
Lahim – yer osti yo‘li
Lop – birdan
Lof – mubolag‘a
#M
Matal – hikmatlar
Ma’tal – kutib qolgan, muntazir
Mahal – payt
Mahol – qiyin
Milk – tishning
yuqori qismi
Mulk – boylik
❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
Tire
Dialoglardagi har bir gapning boshida.
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?
— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q.
Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:
Til — millatning qalbi.
Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.
Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida:
«Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N. Tolstoy.
Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida:
1996-yil 26-aprelda ta’sis etildi:
— «Amir Temur» ordeni;
— «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa.
Olamni quyosh yoritadi, insonni — ilm.
Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida:
O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi — «O‘zbekinvest». Veksel — qimmatbaho qog‘oz, pul qarz olganlik haqidagi tilxat, qarz hujjatidir.
Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:
Vaqting ketdi — baxting ketdi.
Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi.
Biz — yoshlar — millatning tayanchi, Vatanning ishongan tog‘larimiz. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida — bir paytlari bu yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan edi — katta ko‘lamda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida:
Toshkent — Andijon avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarilmoqda.
Nashr, kitobot ishlarida:
Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. — T.: «Adabiyot va san’at nashriyoti», 1987.
Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi:
307 – 23.
Bugun Toshkentda —3°C sovuq bo‘ladi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda:
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!
Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham;Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.
Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin:
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari.
Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida.
Otabek timsoliga tavsif:
a) Otabek — o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi;
b) Otabek — mard va jasur yigit;
d) Otabek — o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor.
⚡️E harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H‘‘ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi
Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
⚡️Dostonlar mundarijasi
ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Тест «11-Sinfga kirish. Go‘ro‘g‘li dostoni. ( Otabek_Tolaganov )»
Testni ishlash uchun @onlineonatili ‘ kanaliga obuna bo‘lishingiz kerak
75 вопросов · ⏱ 30 сек
⚡️Repetitor va o‘qituvchilar diqqatiga!
✅Xabaringiz bor, 6-sinf adabiyoti yangilandi. Shu munosabat bilan biz ushbu kitob bo‘yicha mavzulashtirilgan savol-javob tuzib chiqdik.
Narxi 150 ming so‘m.
Nav –turi, xili
Nov – tarnov
Nar – qush erkagi
Nor – tuya turi
Nasha – narkotik
Nash’a –lazzat,
Naq – xuddi, ayni
Naqd – puli darhol
to‘lanadigan
Nufuz – obro’, e’tibor
Nufus – aholi
Olu – olxo‘ri
Oluv – olish
Ora – o‘rta
Oro – pardoz
Oxir – chegara,
Oxur – hayvonlarga
yem solinadigan joy
Oqlik – oq ranglik
Oqliq – sut mahsulotlari
Orasida – o‘rtasida,
Orasta – bezatilgan, yasatilgan
Oqim – jarayon
Oqin –baxshi
Os – kiyim osmoq
Oz – kam
❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
@onlineonatili
“Dunyoning ishlari” qissasi
1. O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad qaysi asar haqida “. dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz . ” degan e’tirof bildirgan?
J.: “Dunyoning ishlari”
2. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman.
Ushbu fikrlar qaysi muallifning o‘z asari haqidagi e’tirofi hisoblanadi?
J.: O‘tkir Hoshimov
3. Qissaning birinchi hikoyasi qanday nomlangan?
J.: “Oq, oydin kechalar”
4. Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Oq, oydin kechalar”
5. “Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga,
Umr bersin bizga. ”
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
J.: “Oq, oydin kechalar”
6. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida oy nimaga o‘xshatilgan?
J.: Tillaqoshga
7. Ochil-ochil, oq toshlar-a,
Men onamni ko‘rayin-a,
Diydoriga to‘yayin-a.
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
J.: “Oq, oydin kechalar”
8. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida Yetti og‘ayni yulduzlarining nechanchisi “yetimcha yulduz” deb ataladi?
J.: To‘rtinchi yulduz
9. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida tilga olingan “yetimcha yulduz” kimniki edi?
J.: Onaniki
10. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Tasalli”
11. Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning boshlanmasi hisoblanadi?
J.: “Tasalli”
12. Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?
J.: “Tasalli”
13. “Tush” hikoyasida hikoyachining tushida ona qo‘lida nima ko‘tarib yuradi?
J.: chiroq
14. Qissaning qaysi hikoyasida qoyalar ulkan novvot parchalariga o‘xshatiladi?
J.: “Haqqush”
15. . Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?
J.: “Haqqush”
16. “Haqqush” hikoyasida aka-ukalar haqidagi g‘alati cho‘pchakni hikoyachiga kim so‘zlab beradi?
J.: Onasi
17. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi aka-ukalarning nomi nima?
J.: Ilhaq va Is’hoq
18. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi aka-ukalarning taqdiri nima bilan tugaydi?
J.: Aka-ukalarining ko‘zlari ko‘rmay qoladi
19. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar necha yoshda tasvirlanadi?
J.: 7 yoshda
20. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar hikoyachining onasini kim deb ataydi?
J.: Poshsha buvi
21. “Qarz” hikoyasidagi Bahoga ona nima sovg‘a qilgan edi?
J.: Uch oyoqli velosiped
22. “Qarz” hikoyasidagi Baxtiga ona nima sovg‘a qilgan edi?
J.: Ko‘ylak
23. Qissadagi qaysi hikoyada qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan, ya’ni, Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O‘tgan yili ularga tufli olib bergan bo‘lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko‘ylak sovg‘a qiladi. O‘g‘illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi?
J.: “Qarz”
24. Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Ikki afsona”
25. “Ikki afsona” hikoyasida kimning ishi “bir tomondan uloqchi, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga” o‘xshatilgan?
J.: gazetachining
O‘zbek tili ustozi | Rasmiy
Variant
✅2016
Quyida berilgan bitishuvli birikma ishtirok etgan qaysi gaplarda fonetik hodisaga uchragan so’z mavjud?
1. U etagini silkitsa, kulgi to’kilardi.
2.U kirgan xonadonda bir hovli kulgi qolardi.
3.U har bir xonadonning ko’pdan kutgan aziz mehmoni edi.
4. Qayerga borsa, o’sha yerda yosh- u qari o’rab olardi.
5.Donolar davrasida dono edi.
6. Bedilni, Hofizni, Jomiyni qiziqib o’qirdi.
7.Ozarbayjon, tojik , turkman, uyg’ur, qozoq, tatar , qirg’iz tillarida bemalol gaplasha olardi.
8. U hozirjavob odam edi.
A.2,3,6,7,8
B.2,6,7
C.1,3,5,7
D.Faqat 8
❤️Do‘stlarga yuboramiz. Tahlili kechki payt beriladi.
⚡️Javobingizni botimizga yuborasiz. Aniq va lo‘nda tahlil bo‘lsin!
Eslatma: tahlilsiz javoblar qabul qilinmaydi
⚡️ 9- sinfdan lug‘atlarni eslab qolamiz.
TAFAKKUR 1 Obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati; fikrlash. 2 O‘ylash, fikr yuritish,
muhokama; o‘y.
IFTIXOR 1 Shon-sharaf hissi, faxr. 2 Shon-sharaf keltiruvchi, faxrlansa
arziydigan ish.
G‘URUR 1 Insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat�nafs. 2 Faxrlanish, mamnunlik tuyg‘usi; faxr, iftixor. 3 Faxrlanishga asos bo‘ladigan
kimsa, narsa va shu kabilar. 4 Kibrlanish tuyg‘usi; mag‘rurlik, kibr-havo.
IZTIROB Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob.
LUTF 1 Iltifot, marhamat, oliyjanoblik. 2 So‘z yoki gapni bir necha ma’noda ishlatishga asoslangan so‘z o‘yini; qochirim.
ZAHAR-ZAQQUM 1 Og‘u singari achchiq, kishi hayotini og‘ulaydigan,
azobga aylantiradigan narsa; holat. 2 Juda ham achchiq, iste’mol qilib
bo‘lmaydigan. 3 Kishiga qattiq botadigan, achchiq kinoya, piching, kesatiq.
RIZQ 1 Hayot uchun zarur ozuq, ozuqa, ovqat, nasiba. 2 Biror ish, harakat va shu kabilar uchun asos bo‘lgan narsa, ozuqa, oziq. 3 Quro’ni karim, Islom
diniga ko‘ra, Xudo har bir kishi, jonivor uchun atagan, o‘lchab, belgilab qo‘ygan
nasiba, ulush
ASQАTMOQ Kerak bo‘lmoq, kuniga yaramoq, ish bermoq.
ZIYRAK Tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir.
ISLOHOT Ijtimoiy hayotning biron-bir tomonini jiddiy o‘zgartirish.
Ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Noshirlik ishi;
- Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (tillar bo‘yicha);
- Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (tillar bo‘yicha);
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha);
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha);
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha);
- Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha);