Ona tili va adabiyot dars ishlanma
Adabiy so’zlashuv va oddiy so’zlashuv
ona tili fan oyligi
Yangi o’quv yilini ona tili va adabiyot uslub birlashmasi tarkibida jami 9 nafar o’qituvchi o’z ish faoliyatini boshladi. Ualrga quyidagicha dars taqsimot qilindi: Malikova D. – 12 soat, Xoshimova O. 15 soat, Usmonova D. – 15 soat, Xidirova S.-5 soat, Avezova A. -13 soat, Ikromova N.- 7 soat, Tojiyeva V.- 2,5 soat, Safarova Rayhon 3 soat.
Avgust oyida avgust sho’ba yig’ilishi bizning maktabda tashkil etildi. Yig’ilishda ko’rib chiqilgan masalalardan eng muhimi 2017-2018-o’quv yili uchun yangi yillik ish rejasini tasdiqlash va kiritilgan o’zgarishlar haqida bo’ldi. Oktabr oyi – barcha maktab muassasalarida ona tili va adabiyot fan oyligidir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni ona tili va adabiyot faniga yanada qiziqtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishdan iborat. Zero, ona tiliga hurmat bilan qaraydigan, adabiyotga havasi baland yosh avlod kelajakda yurtimizga munosib farzand bo’lib yetishishi, shubhasizdir. Ana shunday maqsadni amalgam oshirish maqsadida, bizning maktabda ham ona tili va adabiyot fan oyligi ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Unda maktabimizda o’z mehnat faoliyatini olib borayotgan 9 nafar o’qituvchi faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’qituvchilari Ermatova Rahima Shaymanovna 1-sinflarda “o’ tovushining yozilishi” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. O’tkazilgan dars yangi ped texnologiyalar asosida olib borildi.
3-oktabr kuni maktabimizda “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Uchquduq tuman gazetasi muharriri Rayhon Qodirova va shoirlar ishtirok etishdi. Mehmonlar o’quvchilar bilan o’qigan sevimli asarlari haqida suhbatga kirishdilar. O’quvchilardan Tursunov Diyorbek o’zining ona siga atab yozgan she’rini aytib, yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlar faol ishtirok etgan o’quvchilarga kitoblar sovg’a qildilar.
Ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida “Eng yaxshi she’r muallifi”, “Eng yaxshi musavvir”, “Eng yaxshi insho muallifi”, “Eng ko’p kitob o’qigan kitobxon” , “Mening sevimli qahramonim” tanlovlari e’lon qilindi, g’oliblar O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda taqdirlandilar. (“Eng yaxshi she’r muallifi”- Nasimov Shohijahon, “Eng yaxshi musavvir” – Suyundikova Zarnigor, “Eng ko’p kitob o’qigan kitobxon” – Sanayev Komiljon, “Eng yaxshi insho muallifi” – Xoshimova Gulbonu)
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Dilafro’z Malikova 5-sinfda ona tili fanidan “Mustahkamlash darsi” va adabiyot fanidan “Hamid Olimjonning hayoti va ijodi” mavzusida ochiq darslar tashkil etdi. Darslar davomida qo’llanilgan yangi metodlar yosh mutaxassislar uchun ayniqsa, katta qiziqish uyg’otdi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mirsoliyeva Shahnoza tomonidan 5-sinflarda ona tili fanidan “Gap bo’laklari” va “Sodda yig’iq va soda yoyiq gaplar” mavzularida ochiq darslar tashkil etildi. Dars DTS talablari asosida tashkil etilganligi e’tirof etildi.
5-sinflarda Safarova Rayhon adabiyot fanidan “Maqsud Shayxzoda “Iskandar Zulqarnayn” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Dars davomida o’qituvchi tomonidan “Charxpalak” metodining qo’llanilishi ayniqsa, yig’ilganlarga manzur bo’ldi.
6-sinflarda A.Avezova va N.Ikromova tomonidan “X.To’xtaboyevning “Sariq devni minib”asari”, “To’plam va tasnif” , “Harakat nomining yasalishi” mavzularida ochiq darslar tashkil etildi. Darslar davomida o’qituvchilarning kasb mahoratlariga yuqori baho berildi.
7-sinflarda Orzigul Hoshimova “Ko’rsatish olmoshlarining talaffuzi va imlosi” va 9-sinflarda “Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati haqida”
mavzularida ochiq darslar tashkil etdi. Dars davomida qo’llanilgan yangi metodlar darsdan so’ng o’qituvchilar tomonidan tahlil qilindi.
8-sinflarda Dildora Usmonova tomonidan ona tili fanidan “Teng bog’lanish va tobe bog’lanish” mavzusida tashkil etilgan dars o’quvchi va o’qituvchilarga manzur bo’ldi. Dars davomida qo’llanilgan metodlar , ayniqsa, darsning qiziqarliligini ta’minladi. Dars davomida mavzuga oid “Zakovat savoli”ning e’lon qilinishi o’quvchilar faolligini yanada oshirdi.
8-sinflarda Surayyo Xidirova tomonidan adabiyot fanidan “Sinfdan tashqari o’qilgan asarlar” mavzusida munozara darsi tashkil etildi. Dars davomida o’quvchilarning ko’p kitob o’qiganligi barchaga manzur bo’ldi.
O’zlikni anglash , milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga , avvolo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan 2017-yil
21-oktabr kuni maktabda “Ona tilim – jonimga masih” mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda maktabning direktori Akramova Z.O va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari U Karimova, pedagog xodimlar, 4-5-6-7-8-9-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni maktabning 10-sinf o’quvchilari olib bordilar.. Tadbir davomida o`quvchilar tomonidan Alisher Navoiy ijodining gultoji bo’lgan “Xamsa” asari “Farhod va Shirin” dostonidan ijro etilgan sahna ko’rinishi, ayniqsa, o’quvchi va o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi. O’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy hayotiga oid “Til bilmoq – el bilmoq” nomli sahna ko’rinishi 8-“A” sinf o’quvchilari tomonidan namoyish etildi, tadbirda ona tilimizni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar o’quvchilar tomonidan ijro etilib, tadbir qatnashchilarini mamnun etdilar. 5-sinf o’quvchilari tomonidan hikmatli so’zlar aytildi. Tadbir yuqori saviyada va ko`tarinki kayfiyatda yakunlandi. Tadbirda 8-sinf o’quvchisi tomonidan chanqovuzda ijro etilgan kuy yig’ilganlarga manzur bo’ldi.
“Ona tili – jonimga masih” mavzusidagi tadbirdan lavhalar
Ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida o’quvchilardan kirish testlari olindi va monitoring natijalari ko’rib chiqildi.
Ona tili va adabiyot fan oyligining oxirgi haftasida chiqish testlari olindi va monitoring qilindi.
Ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida olingan chiqish testlari natijalariga ko’ra maktabda fan oyligi namunali tashkil etilgan. Ona tili va adabiyot fan oyligidagi “”Eng faol sinf” nomiga 5-“A”sinf o’quvchilari sazovor bo’ldi.
Ona tili va adabiyot dars ishlanma
Ona tili va adabiyot fanidan test savollari va javoblari
1.Tobe bog’lanishli birikmalarda qanday so’z bosh so’z sanaladi?
A) ko’makchi bilan kelgan so’z
B) Ma’nosi izohlanayotgan soz
C)Boshqa so’zning ma’nosini ifodalaydigan so’z
D) O’zi bog’langan so’z ma’nosini izohlaydigan so’z
2.Bitishuv munosabatidagi birikmalar berilgan qatorni aniqlang
А) Ko’klam quyoshi , bahor tongi
В) Olis yo’llar, tez yurdi
С) Olkamiz chiroyi , ko’l suvi
D)Qulliq qildi , so’z sehri
3.O’z vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Berilgan gapda nechta so’z birikmasi bor?
4.Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo’laklar mavjud emas?
A) Salimaning baland , ammo mayin ovozi bor edi
B) Xalqqa qaradi-yu , ammo gapirmadi
C) Til bilan dil bir bo’lishi kerak
D) Bugun Anvar yoki O’tkir navbatchilik qiladi
5. Bog’imizda qizlar , o’g’illar , Qo’shiq aytsin , yayrasin , kulsin. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushib kelgan?
6. Ajratilgan bo’laklar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
C) Qo’shtirnoq ichiga olinadi
D) Vergul va tire bilan
7. Undalmali gaplarning kesimi qaysi shaxslarda bo’ladi?
A) 1- va 2-shaxsda
D) Faqat 2-shaxsda
8. Undalmali gapni toping
A) O, naqadar sho’x va quvnoq edik!
B) Sobir akam qayoqqa ketdi?
C) Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang!
D) Demak , o’qishga kirmoqchisiz?
9. Dostlar ,biz bu ishni , so’zsiz, bajaramiz. Ushbu gapdan kirish so’zni aniqlang
D) Kirish so’z berilmagan
10. Qaysi gap bo’lagining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gapga ajratilishiga asos bo’ladi?
11. Berilgan gaplardan qo’shma gapni aniqlang
A) Yuksak , teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin
B) Quvonarlisi shundaki , Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi
C) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli bbuyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u Garbda dong taratdi
D) Tiling bilan dilingni bir tut
12. Bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap tuzilishiga ko’ra qanday gap sanaladi?
B) Bog’lovchisiz qo’shma gap
D) Ergashgan qo’shma gap
13. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vostalar to’g’ri va to’liq berilgan qatorni belgilang
A) Teng bog’lovchilar, yuklamalr,komakchilar
B) Teng bog’lovchilar , ergashtiruvchi boglovchilar, yuklamalar
C) Bog’lovchilar, komakchilar, yuklamalar
D) Bog’lovchilar , bog’lovchi vazifasidagi vositalar,ohang
14. Ammo, lekin, biroq bog’lovchilari voitasida qanday qo’shma gaplar hosil bo’ladi?
A) Zidlob munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
B) Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
C) Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
D) Ergash gapli qo’shma gaplar
15. Shuni bilingki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi gapi tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani aniqlang
A) Teng bog’lovchi
D) Shart mayli qo’shimchasi
16. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang
A) Mashrab shuni yaxshi biladiki , o’rtog’I uni aldamaydi
B) Yo yerning kuchi yo’q , yo urug’ yaxshi emas
C) Bu uyda na Ashirdan , na Soatdan – hech kimdan darak yo’q
D) Kun issiq edi , shuning uchun soyada bir oz dam olishni xohladik
17. Rustam supaga joy qildirib berdi-da , o’zi qayyoqqadir ketdi. Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qaysi bog’lovchi vosita yordamida bog’langan?
A) Biriktiruv bog’lovchisi yordamida
B) Ohang yordamida
C) Yuklamalar yordamida
D) Shart mayli qo’shimchasi yordamida
18.Bog’langan qo’shma gaplar qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositalar yordamida birikadi?
A) Teng boglovchilar , ohang
B) Teng bog’lovchilar, bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
C) Bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
D) Shart mayli qo’shimchasi, deb so’zi, teng bog’lovchilar
19. Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
A) Payt , sabab- natija
C) Zid va qiyoslash
D) O’xshatish va qiyoslash
20. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar… Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?
A) Payt , ketma-ketlik
C) O’xshatish – qiyoslash
D) O’zaro zid munosabat
21.Biriktiruv bog’lovchili boglangan qo’shma gap ifodalangan qatorni aniqlang
A) Lolalar uchun oftob yahshidir, Bolalar uchun odob yahshidir.
B) Ko’m ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqaqrib, yeru ko’kni podalarning shovqin suroni tutdi.
C) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.
D) Chor atrofda esardi yellar , Va bog’larda qushlar chiyillar
22. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gaplarning qaysi qismida keladi?
A) Birinchi qism boshida
B) Birinchi qism oxirida
C) Ikkinchi qism oxirida
D) Ikkinchi qism boshida
23. -u , (-yu) , -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida kelganida qo’shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi?
A) Zidlash va ketma- ketlik
B) Zidlash va tenglik
C) Zidlash va inkor
D) Zidlash va bir paytda bo’lganlik
24. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping
A) Yo’l yurib charchagan Roziq ko’rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi
B) Voajab, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi
C) U davra o’rtasiga o’tirdi-da sekin so’zlay boshladi
D) Suni unutmang-ki,yomonlarga yo’ldosh bo’laslik kerak
25. Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini goh…,goh ; dam…, dam; ba’zan… , ba’zan singari boglovchilar bog’lab keladi?
A) Qoshma gap qismlarida voqea –hodisalarning galma- gal ro’y berishini ifodalaganda
B) Qo’shma gap qismlari orasida voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaganda
C) Voqea hodisalar takror amalga oshirilishini bildirganda
D) Qo’shma gap qismlarda o’xsahtish – qiyoslash unosabati ifodalanganda
26. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang
A) Jondan ortiq narsa yo’q , lekin do’stlar uchun jonimiz fido
B) Men kuyladim goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to’qiyman men
C) Men yoki singlim buvimnikada qolamiz
D) U kim bo’lsa bo’lsin , men esa arxitektor bo’laman
27. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping
A) Aka va singil ko’chadagi harakatni goh eshikka chiqib , goh uy derazasidan kuzatishdi
B) Boyagi izg’irin pasaygan, lekin kun sovuq edi
C) Bektemir dam to’xtab , dam xayol surib turgan generalga duch keldi
D) Yo sen ketasan , yo u ketadi
28. Qanday gapga bosh gap deyiladi?
A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Boshqa gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Ergash gapga tobelangan gap
D) Nisbiy so’zli gap
29. Ergash gapning vazifasi nimadan iborat?
A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Bosh gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Murakkab qo’shma gapning asosiy qismi
D) Korsatish olmoshi istirok etgan gap
30. Ergashgan qo’shma gap qismlari bilan so’z birikmasi qismlari o’rtasidagi o’xshashlik nimada?
A) Qismlar tarkibida
B) Doimo ergash gapning birinchi kelishida
C) Har ikkalasida ham mazmun asosiy o’rinda emasligida
D) Bog’lovchi vositalarida
31. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan gaplar qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’lanadi”
32.Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida qo’shma gap qismlari o’zaro bog’langanda ergash gap bosh gapdan avval keladi?
A) Sabab-maqsad boglovchilari
B) Qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilari
C) Faqat sabab boglovchilari
D) Shart ergashtiruvchi boglovchilari
33. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin
Berilgan qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi ergashtiruvchi bog’lochilar yordamida bog’langan?
A) Maqsad ergastiruvchi bog’lovchilari
B) Sabab ergashtiruvchi bog’lovchilari
C) Shart ergashtiruvchi bog’lovchilari
D) Qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari
34. “Deb” so’zi yordamida bog’lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A) II shaxs buyruq mayli shklida
B) III shaxs shart mayli shaklida
C) I shaxs buyruq mayli shaklida
D) III shaxs buyruq mayli shaklida
35.Ergashgan qo’shma gap qismlari “deb” so’zi yordamida bog’lansa , ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?
A) Sharti,natija ma’nosini
B) Maqsad va sabab ma’nosini
C) Holat ma’nosini
D) Daraja- miqdor ma’nosini
36. Deb so’zi yordamida hosil bo’lgan ergashgan qo’shma gapda ergash gapning o’rnini belgilang
A) Bosh gapdan oldin keladi
B) Bosh gapdan keyin keladi
S) Bosh gap o’rtasida keladi
D) Ushbu gap tarkibida ergash gap qatnashmaydi
37. Bosh gap tarkibida ko’rsatish olmoshlari ishtirok etganda , uning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A) Shart mayli shaklida
B) Uchun ko’makchisi shaklida
C) –ki yuklamasi shaklida
D) III shaxs buyruq mayli shaklida
38. Ko’rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo’llanadi.
A) Ergash gapning tarkibida
B) Bosh gapning tarkibida
C) Teng huquqli sodda gaplar tarkibida
D) Kesim ergash gap tarkibida
39. Qaysi qatordagi ergashgan qo’shma gap tarkibiga ko’rsatish olmoshini o’rnatish mumkin?
A) Siz Hindistonda neni ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib , bir kitob yozmog’ingiz darkor
B) Kim harakat qilsa , u baraka topadi
S) Sen otash ichida urasan javlon ,Dushman qolmasin deb sevgan elimda
D) Odam borki , odamlarning naqshidir, Odam borki , hayvon andin yaxshidir
40. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?
41. Qoshma gap tarkibida qanday so’zlar nisbiy so’zlar sanaladi?
A) Deb , go’yoki so’zlari va uchun ko’makchisi
B) Kim? Nima? so’roq olmashlari
C) Sabab va maqsad ma’nosidagi so’zlar
D) So’roq va ko’rsatish olmashlari
42. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni belgilang
A) Qayerda ahillik bo’lsa , u yreda yutuq bor
B) Shuni sezdimki , oila a’zolari bir-biri bilan ittifoq ekan
C) Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibat qul sifatida kn kechiradi
D) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi
43.Kesimi bosh kelishik shaklidagi olmosh bilan ifodalanmagan kesim ergash gapni toping
A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki , har biringiz alohida-alohida ketasiz
B) Toleim shulki , jahonda bir guliston tanladim
C) Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi
D) Buning natijasi shu bo’ldiki , To’laganning qanshariga musht tushurdi
44.Kesim ergash gapli qo’shma gapni toping
A) Shunisi esimdaki , qo’limdagi toshni kuchim boricha otdim
B) Gap shundaki , Tursunali aka bu institut bilan to’rt yil ishlashga kelishgan
C) Kechqurun maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugagan edi
D) Og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir , to’g’ri so’z-la tilingni beza
45.Kesim ergash gaplar bosh gapga qanday bog’lovchi vosita yordamida bog’lanadi?
A) Deb so’zi yordamida
B) –ki yuklamasi yodamida
C) –sa shart mayli qo’shimchasimasi bilan
D) Nisbiy so’zlar yordamida
46. Quyida berilgan javoblarga ko’ra qanday holatda ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) Ega ergash gapning o’rni bog’lovchi vositaga bog’liq emas
B) –ki shart mayli vositasida boglanganda
C) Nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda
D) chunki , shuning uchun bog’lobvhi vositalari yordamida bog’langanda
47. Ega ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni belgilang
A) Foydasi shuki , odamlar adolat borligiga ishonadi
B) U qarshilik ko’rsatgan edi , Salimni ko’makka chaqirdim
C) Shoirning tovushi shunday qahrli ediki , navkarlar qorqib ketdilar
D) Shunisi ayonki , kitobsiz inson hayoti bo’m-bo’sh
48.Hol ergash gaplar qanday ma’no turlariga bo’linadi?
A) Ayirish va zidlash
B) Sabab , qiyoslash, biriktiruv
C) Payt,o’rin,sabab ,maqsad , shart, miqdor-daraja
D) Shart , miqdor daraja , galma –galllik, natija
49.Berilgan bog’lovchi vositalardan faqat hol ergash gapli qo’shma gapga tegishligini toping
C) –sa shart mayli qo’shimchasi
D) Bo’lsa , esa so’zlari
50.Bilingki, jim turib salomat bo’lish , gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gap ergashgan qo’shma gaopning qaysi turiga mansub?
A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
C) Hol ergash gapli qo’shma gap
D) Ega ergash gapli qo’shma gap
51.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping
A) Sizni qo’rqib ketmasin deb , kechqurun bezovta qilmadik
B) Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqirida g’arq bo’lib ketadi
C) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi
D) Kimki bo’lsa dilozor , undan el-u yurt bezor
52. Azamatlar , shunga nihoyatda xursandmanki , qarigan chog’imda cho’lning husnini ochish uchun ter to’kish menga nasib bo’ldi. Usbu gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B) Hol ergah gapli qo’shma gap
C) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D) Ega ergash gapli qo’shma gap
53.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gapning aniqlovchisi vazifasida qanday so’zlar keladi?
54. Aniqlovchi ergash gap berilgan qatorni toping
A) Biz istaymizki , barcha ellar bir-biriga yanada yaqinroq bo’lsin
B) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo’lmaydi
C) Oq , pushti, sarg’ish , qip-qizil gullarga qarab , dilimiz yayraydi
D) U shunday odim tashlab ketdiki , oqibatda unga hech kim yetolmadi
55.Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi?
B) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi
C) Muallif gapi faqat ko’chirma gap ichida yoki undan keyin keladi
D) Ko’chirma gap muallif gapidan oldin , keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko’chirma gap orasida kelishi mumkin
56. So’zlashuv uslubining quyidagi turlari mavjud…
Adabiy so’zlashuv va oddiy so’zlashuv
57. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gap tarkibidagi undalmaning o’rni o’zlashtirma gapda qanday b o’ladi?
Chiqish kelishigidagi to’;ldiruvchiga aylanadi
58. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang
A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”
B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”
C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…
D) Kesim gapning markazidir
59. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
60. Nutq usliblari nechaga bo’linadi va ular qaysilar
4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
B
B
C
B
C
D
A
C
C
B
B
C
D
A
C
A
C
B
A
B
D
B
A
B
A
A
A
C
C
A
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
C
D
A
D
B
A
C
B
D
C
D
A
A
A
C
C
D
C
A
B
A
C
B
C
B
ADABIYOT FANIDAN TEST SAVOLLARI
1. Badiiy adabiyotning asosiy ish qurolini aniqlang.
A) manzara B) fikr C) so‘z D) tuyg‘u
2. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga dahldor sanaladi?
A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B
3. “Qurruyo- qur hayt –a to‘ramning oti” tarzidagi nola kimga tegishli?
A) Oybarchinga B) Oppog‘oyga C) Qaldirg‘ochga D) Qultoyga
4. Azal ham sen abad ham sen, na avval birla oxir kim,
Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Rabg‘uziy B) Navoiy C) Lutfiy D) Atoiy
5. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan D) fojiaviy, dramatik, lirik
6. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq
7. O‘zligidan voz kechmaydigan millat qanday xususiyatga ega bo‘lishi shart?
A) urf- odatiga B) milliy ruhiyatiga C) san’atiga D) milliyligiga
8. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan shoirni ko‘rsating.
A) Xorazmiy B) Rabg‘uziy C) Yugnakiy D) Yassaviy
9. …bu kitobni tuzgan toat yo‘lida tuzgan ma’siyat yabonin kezgan oz- oziqlik ko‘p yozuqlik.
Ushbu jumla qaysi asardan keltirilgan?
A) “Qutadg‘u bilik” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Guliston bit turkiy” D) barchasi
10. Qissalar syujeti bosh qahqamonlari turlicha bo‘lsada, ularni bir siymo birlashtirib turadi?
A) Iso payg‘anbar B) Muso payg‘anbar C) Muhammad payg‘anbar D) Sulaymon
11. “Qissasi Rabg‘uziy”da “Mavlono azza va jalla” deb kimni atashadi?
A) Sulaymonni B) Luqmonni C) ollohni D) zabonni
12. Tegra so‘zining lug‘aviy manosini aniqlang.
A) qo‘ydi B) atrof C) oyoq D) cho‘l
13. Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim . Ushbu jumla qaysi payg’ambar tilidan aytilgan?
A) Sulaymon B) Rasul alayhissalom C) Muso payg‘ambar D) Iso payg‘ambar
14. Adabiyot ilmida saj qanday ataladi?
A) nasrdagi ichki qofiya B) nazimdagi ichki qofiya C) she’riy san’at D) badiiy tuzilish
15. Xamsachilikni boshlab bergan ulug‘ xamsanavisni aniqlang.
A) Jomiy B) Ganjaviy C) Sheroziy D) Dehlaviy
16. Nizomiyning “Maxzan ul-asror” hamdnomasi kimga bag‘ishlangan?
A) Faxriddin Bahromshohga B) Firdavsiyga C) Rumiy D) Jomiyga
17. Ganjaviy Iroq hukmdori To’rg‘ul II ning topshirig‘iga ko‘ra qaysi asarini yaratdi?
A) “Maxzan ul-asror” B) “Xusrav va Shirin”C) “Haft paykar” D) “Panj ganj”
18. Shirvonshoxlardan Axsatan I Nizomiyga qanday doston yozishni buyuradi?
A) “Layli va Majnun” B) “Xusrav va Shirin” C) “Maxzan ul-asror” D) Ava B
19. Shoh Bahrom haqidagi “Haft paykar” dostoni kimning buyrug‘iga binoan yaratilgan?
A) Faxrididdin Attor buyrug‘iga binoan B) Axsatan I buyrug‘iga binoan C) Turg`ul II buyrug‘iga binoan D) Alauddin Ko‘rpa Arslon buyrug‘iga binoan
20. Buyuk xansanavis Xusrav Dehlaviyning asl vatani qayer edi?
A) Dehli B) Qobul C) Shaxrisabiz D) Samarqand
21. Nizomiy Ganjaviy “Maxzan ul-asror” nomli asarini kimga bag‘ishlab yozgan?
A) Iroq hokimi To‘g‘rul II ga B) Shirvonshohlardan Axsatan I ga C) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga
22. Qaysi ulug‘ shoir o‘z “Xamsa”sini 28 yil davomida yozib tugatgan?
A) Nizomiy Ganjaviy B) Alisher Navoiy C) Abdurahmon Jomiy D) Xusrav Dehlaviy
23. “Xamsa” dostoni qahramonlaridan qaysi biri tug‘ma ishq ta’sirida g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan inson sifatida tasvirlanadi?
A) Majnun B) Bahrom C) Qays D) Ko‘hkan
24. “Farhod va Shirin” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) hazaji musaddasi mahzuf B) hazaji musammani solim C) ramali musaddasi mahzuf D) ramali musammani solim
25. Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni haqida qanday ta’rif keltiradi?
A) “sehrli doston” B) “ishqiy doston” C) “shavq dostoni” D) “sevgi haqidagi eng go‘zal doston”
26. “Farhod va Shirin” dostonida Navoiyning qanday orzusi ifodalanagan?
A) komil inson haqidagi orzusi B) adolatli podsho haqidagi orzusi C) dunyoviy muhabbat haqidagi orzusi D) hech qanday orzu ifodalanmagan
27. Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostoni Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi?
A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) “Saddi Iskandariy”
28. Bobur “Boburnoma” asarida Andijon tasvirini keltirayotganda musiqa ilmida mashhur bo‘lgan kishi nomini keltirib o‘tadi. Ushbu zot nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Yusuf Xoja B) Xoja Ismoil Xartang C) Imom al-Buxoriy D) Ulug‘bek
29. “Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vale’ ikki meva Samarqanddin mashhurdir” “Boburnoma”dan olingan yuqoridagi parchada qaysi mevalar haqida gap bormoqda?
A) sebi Samarqand, sohibi Samarqand B) noshvoti va uzum C) qovun va uzum D) olma va anor
30. Bobur “Boburnoma”da qayerga to‘qqiz ariqdan suv kirishini va bittasini ham chiqib ketmasligini aytib o‘tadi?
A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva
31. Bobur “Boburnoma”da qayerning yetti shaharchasi borligini ta’kidlaydi?
A) Farg‘ona B) Andijon C) Samarqand D) Xiva
32. Memuar asarlarning qanday turlari ko’proq uchraydi?
A) ilmiy va badiiy B) tarixiy va ilmiy C) publitsistik va tarixiy D) badiiy va tarixiy
33. O‘zbek adabiyotidagi memuar asarlarning nodir namunasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Oybek “Bolalik”, G‘.G‘ulom “Shumbola” B) A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”, Jonatan Svift “Guliverning sayohatlari” C) Oybek “Bolalik”, A.Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” D) barchasi
34. Mashrab hayotiga oid so‘ngi ma’lumotlar bizgacha qaysi asar orqali yetib kelgan?
A) Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asari orqali B) Jaloliddin Yusupovning “Mehribonim qaydasan” asari orqali C) Mashrabning “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlari orqali D) Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron” asari orqali
35. Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asari qanday tusdagi asarlar sirasiga kiradi?
A) badiiy-ahloqiy asar B) diniy-falsafiy asar C) diniy va ilmiy asar D) A va B
36. Arz so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ti berilgan?
A) lochin B) ishonarli C) yer shari D) qiynamoq
37. Boborahim Mashrab o‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa o‘sha joyni ziyorat qilib odamlarning suyaklarini ko‘rib qanday so‘zlarni aytib yig‘lab yurar edi?
A) Ey odamzod, boradigan joying shu bo‘ldimi B) Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadigan ish bu C) Ey odamzod, safaringni yakunimi bu D) to‘g‘ri javob keltirilmagan
38. Boborahim Mashrabdagi g‘amginlik “Xamsa” dostoning qaysi qahramonlari g‘amginligiga o‘xshab ketadi?
A) Iskandar B) Qays C) Abu Salom D) A, B
39. Boborahim Mashrabning nisbatan mukammal she’riy to‘plamini nashr etilishida qaysi adabiyot jonkuyarining xizmati beqiyos hisoblanadi?
A) Said Ahmad B) Jaloliddin Yusupov C) Oybek D) G‘.G‘ulom
40. Tasavvuf ta’limotining maqsadi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) komil insonni tarbiyalash B) so‘fiylikni targ‘ib etish C) ruhiyatni poklash D) barchasi
41. Abdulla Qodiriyning ilk bor NKVD tomonidan qamoqqa olinishiga qaysi maqola sabab bo‘lgan?
A) “Matbuot kuni” B) “Yig‘indi gaplar” C) “1918- yil yodgori” D) “Yangi masjid va maktab”
42. “Oybek butun yoz ichi bog‘dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk ijod egasi edi. Shuning uchun ham u o‘ta tahlikali va fojiali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotida “Qutlug‘ qon”day go‘zal va o‘lmas bir asar yaratdi”. Oybek haqidagi ushbu xotira kimga tegishli?
A) Zarifa Saidnosirovaga B) Zulfiyaga C) A.Qahhorga D) O.Yoqubovga
43. Adabiy qahramonlarnning hayoti davomida bir qadar o‘sishi adabiyotshunoslikda qanday ataladi?
A) personoj B) dinamika C) tashxis D) pafos
44. She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu so‘ronli kechalarida,
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon
45. O‘n oykim, so‘lmishdir u tanish na’ra.
Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh.
Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara,
O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripov qalamiga mansub ushbu satrlarda kim nazarda tutilgan?
A) M.Shayxzoda B) G‘.G‘ulom C) Oybek D) A.Qahhor
46. O‘zining she’rlari bilan “quruqshagan o‘zbek she’riyatiga o‘ychil g‘am g‘amchil o‘y” olib kirgan adib to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) E.Vohodov D) Zulfiya
47. 1921- yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tamonidan adabiyotshunoslikka kiritilgan tushuncha qaysi qatorda berilgan?
A) lirik qahramon B) xarakter C) personaj D) badiiy to‘qima
48. O‘tgan asrning 60-80- yillarida o‘z she’riyati bilan “o‘zbek millatini tuyg‘ularning quruqshab qolishdan saqlab qolgan” adib kim?
A) Rauf Parfi B) Abdulla Oripov C) Azim Suyun D) Usmon Azim
49. Shekspirning umri mobaynida yaratgan dramatik asarlari va sonetlari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) 35 dramatik asar, 154 sonet B) 36 dramatik asar, 154 sonet C) 30 dramatik asar, 130 sonet D) 154 dramatik asar, 36 sonet
A) Kassio B) Emelya C) Dezdemona D) Yago
50. Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinadi” deya o‘z tarjimai holini bayon qilgan shoirni aniqlang.
A) Mirmuhsin B) Abdulla Oripov C) H.Sharipov D) Ch.Aytmatov
51. Aytmatov kimni “U men uchun bitmas tuganmas ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning xazinasi edi” deb ta’riflaydi?
A) onasini B) bobosini C) buvisini D) amakisini
52. Ch.Aytmatov tarjimai holida keltirilishicha ovuldagi bolalar qanday holatda kattalar tomonidan qattiq izza qilinadi?
A) o‘z avlodi haqida gapirolmasa B) bobolarini bilmasa C) o‘z ajdodlarining kasb korini bilmasa D) barchasi
53. Qaysi ijodkorning buvisi uni har yozda tog‘ga olib ketishini ta’kidlaydi?
A) Abdulla Oripov B) Ch.Aytmatov C) Mirmuhsin D) O. Yoqubov
54. Ch.Aytmatov ertak qo‘shiqlarning bitmas tuganmas manbai deb kimni tariflaydi?
A) otasi B) onasini C) buvisi D) barchasi
55. “U ovuldagi hurmatli ayollardan biri edi” Ushbu jumlalarda Ch.Aytmatov kimni tariflagan edi?
A) otasi B) onasini C) buvisi D) Ko‘cha biyi
56. Ch.Aytmatov bolaligini buvisi nimalar bilan bezaganini qayd etadi?
A) ertaklar B) qo‘shiqlar C) dostonlar D) barchasi
57. “Asrga tatigulik kun” romanidagi Nayman ona mingan tuyaning nomini aniqlang.
A) Oq o‘rkash B) Qoranor C) Oqmoya D) to‘g‘ri javob yo‘q
58. Qaysi adib manqurt so‘zini o‘z asarlarida ilk bor ishlatgan?
A) O‘tkir Xoshimov B) Rasul Hamzatov C) Said Ahmad D) Chingiz Aytmatov
59. “Asrga tatigulik kun” romani qachon yozilgan?
A) 1977- yil B) 1978- yil C) 1979- yil D) 1980- yil
60. “Asrga tatigulik kun” romanidagi ziyoli ilg‘or fikrli zamonaviy manqurtni aniqlang.
A) Buronli B) Kazangap C) Sobitjon D) Do‘nan boy
61. Qaysi asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi?
A) “O‘tkan kunlar” B) “Asrga tatigulik kun” C) “Mehrobdan chayon” D) “Ulug‘ yo‘l”
62. Insondagi insoniy qiyofani belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) o‘zlikni anglash B) o‘zgani anglash C) tarixiy ildizlarni bilish D) A, B, C
63. Tarixiy ildizlarni bilish undan faxrlanish insonga xos qanday xislatlarni belgilaydi?
A) insoniy qiyofani B) etnografiya C) ehtiroslarni D) tarixiy haqiqatni
64. “Musibatnoma” muallifi G.Narikatsi qaysi xalq vakili edi?
A) Ozarbayjon B) Arman C) Ingliz D) Rus
65. Qaysi yozuvchi o‘z romani haqida ko‘nglimning eng tubidagi yuksak ezgu tuyg‘ular bu romanda ifoda etilgan deb tariflaydi?
A) G.NarikatsiB) Chingiz Aytmatov C) Pushkin D) A, B
66. Yunoncha ehtiros hissiyot ma’nolarini bildiruvchi so‘zni aniqlang.
A) remarka B) pafos C) pezaj D) barchasi to‘g‘ri
67. Asarga singib ketgan, undagi baddiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘tarinki ruh …
A) fabula B) remarka C) barchasi to‘g‘ri D) pafos
68. “Asrga tatigulik kun” romanidagi oddiy temir yo‘lchining nomi qaysi qatorda berilgan?
A) Sobit B) Do‘nan boy C) Edigey D) Ozoda
69. Sog‘lom tamoyillar asosida rivojlangan adabiyot qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) sho‘ro adabiyoti B) Istiqlol adabiyoti C) XIV asr adabiyoti D) barchasi
70. Bugungi kunda milliy adabiyotimizning yetakchi turi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) she’riyat B) dramaturgiya C) proza D) komediya
Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ибрагимов, Х. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 551–554. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258
- APA
- MLA
Хайрулла Ибрагимов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oqituvchisi
Ключевые слова:
Аннотация
Ushbu maqolada texnologiya, dars texnologiyasi va yangi pedagogik texnologiyalar xususida tohtalib, ushbu texnologiyalarni dars jarayonlariga tadbiq qilish xususida qisqacha toxtalib otdik.
Похожие статьи
чамбарчас боғлиқ. Масалан, ―миллий ўзликни англаш, миллий ғурур ва миллий ифтихор
туйғусини тарбиялаш, миллатнинг тили, маданияти халқимизнинг асрлар давомида
шаклланган ўзига хос урф-одатлари, маросимлари ва қадриятларида алоҳида мазмунга эга
бўлган тафаккур услубини кўришимиз мумкин‖[3]. Бизнинг халқимизда жамоавийлик
кайфиятидаги тафаккур услуби доминантлик қилади. Бу айниқса тўй-маракаларда, мотам
маросимларида, ҳашарларда яққол намоѐн бўлади. Ёки, ―тилимиздаги мехр-оқибат, мехр-
муҳаббат, меҳр-шафқат, қадр-қиммат деган, бир-бирини чуқур маъно-мазмун билан
бойитадиган ва тўлдирадиган ибораларни олайлик. Қанчалик ғалати туюлмасин, бу
ибораларни бошқа тилларга айнан таржима қилишнинг ўзи мушкул бир муаммо‖[4].
Ҳақиқатан, тафаккур услуби кенг қамровли тушунчадир.
Xулоса шуки, инсоният ҳаѐтида катта ўзгаришлар юз бераѐтган, миллий
чегаралар ювилиб, миллатлар ва халқлар орасида янгича муносабатлар авж олаѐтган,
турлича муносабатлар қуршовида қолаѐтган даврда, миллий ўзликни сақлаб қолиш ва
миллий тафаккур услубини ҳар томонлама ривожлантириш долзарб масала бўлиб
қолаверади.
Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати:
1. С.Жўраева. 96 мумтоз файласуф. –Т.:Янги аср авлоди, 2011., 46-б.
2.
Xosilmurodov Islom Xamitolim o‗g‗li, Sultonaliyeva Gulshona Sherzod qizi. ―Mantiq
ilmini o‗rganishning ahamiyati‖. Zamonaviy ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ustuvor
yo‗nalishlari, ijtimoiy va pedagogik-psixologik asoslari. 2022 yil. 250-bet.
3.Xosilmurodov Islom Xamitolim o‗g‗li, O‗zbekistonda bag‗rikenglik va millatlararo
totuvlik g‗oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Jamiyat va innovatsiyalar. 2021 yil 10b.
4.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 8-б.
5. Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК ТАРКИБИ
ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари) //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. –
2021. – №. SI-3.
6. Fayzullaev S. B. Fostering the qualities of agility of basketball pupils in Uzbekistan
//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 5.
– С. 1171-1176.
DARS MASHG‗ULOTLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ibragimov Xayrulla Hamdamovich f.f.f.d. (PhD)
O‗zMU Jizzax filiali ―Oʻzbek tili va adabiyoti‖
kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologiya, dars texnologiyasi va yangi pedagogik
texnologiyalar xususida to‗htalib, ushbu texnologiyalarni dars jarayonlariga tadbiq qilish
xususida qisqacha to‗xtalib o‗tdik.
Kalit so‗zlar:
Texnologiya, pedagogik texnologiya, dars texnologiyasi, o‗qitish
texnologiyasi,
ma‘lumot texnologiyasi, mahorat, san‘at, o‗qituvchi, o‗quvchi, tafakkur va
Bugungi kunda ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, darslarni o‗qitishning
faol usullarini qo‗llab tashkil etish muammolarining yechimiga qo‗yilgan talab tobora ortib
bormoqda. AQSh va Yevropa mamlakatlarida «ta‘lim texnologiyasi» sifatida e‘tirof etilgan
nazariya bo‗lib, uning yaratilishi to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi manbalarni o‗rganish natijalari
shuni ko‗rsatdiki, ta‘lim tizimini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish g‗oyasi o‗tgan
asrning boshlarida g‗arbiy Yevropa hamda AQShda ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim
samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta‘minlash va bu borada muayyan
muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga
kelgan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta‘lim texnikasi» tushunchasi o‗quv
mashg‗ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‗maklashuvchi usul, vositalar yig‗indisi deya
talqin etiladi.
Shu narsa ma‘lumki, an‘anaviy ta‘lim mazmuninig asosi shundan iboratki, pedagog bu
jarayondagi avtoritar mavqei, ta‘lim jarayoni o‗quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan
bo‗lib, dars uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy
ma‘lumotlarni bayon etishga sarflanar, o‗quvchilarning faolligini ta‘minlashga zaruriyat
sezilmasligini ifoda etardi.
O‗tgan asrning 60-yillarida ta‘lim faoliyatini avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur
g‗oyalariga muvofiq tashkil etish tashabbusi ko‗tarildi. Dasturlashtirilgan ta‘lim o‗quvchi
muayyan bilimlarni qismlarga bo‗lib hal etilishi asosida ona tili darslarini tashkil etishni nazarda
tutadi. Dasturlashtirilgan ta‘lim mazmunida uning maqsadlari, baholash mezonlari ona tili
darslari mohiyatining aniq tavsifini ko‗rsatuvchi ko‗rsatgichlar ekanligiga alohida o‗rin ajratildi.
Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada boy tajriba to‗plangandir. Pedagogik texnologiyalar
mohiyatini to‗laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug‗aviy ma‘nosini tushunib olish taqozo
etiladi.
―Ta‘lim texnologiyasi‖ iborasining ma‘nosi – (inglizcha ―An educational technology‖)
darslarni yuksak mahorat bilan san‘at darajasida tashkil etish to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi fan,
ta‘limot demakdir[2]. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta‘rifi hamda uning mohiyati borasida
yagona g‗oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud.
Ona tili darslarining samaradorligini oshirish ta‘lim-tarbiya jarayonini davr talabi
darajasida yangi pedagogik texnologiyalar, texnik hamda axborotli vositalar bilan
qurollantirishni taqozo etadi. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish mazkur jarayonning nazariy-amaliy qirralarini tadqiq etish, maxsus ishlanmalar yoki
tavsiyanomalarning yaratilishini talab etadi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda yangi
pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati ta‘lim texnologiyalarini o‗quv muassasalari,
shu jumladan, ona tili darslariga tatbiq etish muammosining qay darajada o‗rganilganligini
tadqiq etish maqsadida mavzuga oid yaratilgan manbalar mohiyati bilan tanishib chiqdik.
Uzoq yillardan buyon ushbu nazariya va uning mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib
borayotgan pedagog olim V.P.Bespalko «ta‘lim texnologiyasi» tushunchasini «amaliyotga tatbiq
qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta‘riflagan bo‗lsa, N.F.Tal‘zina «fan va
amaliyot oralig‗ida muayyan tamoyillarni olg‗a suruvchi usullarni ishlab chiqaruvchi, ularni
izchil qo‗llash kabi masalalarni hal etishga yo‗naltirilgan mustaqil fan» ekanligiga e‘tiborni
qaratadi.
V.V.Klarin tomonidan yaratilgan «Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse»
nomli asarda V.P.Bespalko tomonidan bayon etilgan mulohazalar to‗ldirilib, pedagogik
texnologiyalarning ona tili darslariga tatbiq etish shart-sharoitlari borasidagi qarashlar ilgari
suriladi. V.P. Bespalko va M.V.Klarinlarning tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya»
tushunchasiga ta‘rif berilgan.
Ingliz olimi B.Blum ta‘lim texnologiyasi mazmunida ta‘lim maqsadining aniq belgilanishi
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan holda o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilgan
nazariy bilimlarni aniqlash maqsadida test topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida maqsadni
oydinlashtirishga xizmat qiluvchi taksonomiyani ishlab chiqadi. Taksonomiya muayyan
ob‘ektlarni ularning o‗zaro tabiiy bog‗lanishlari asosida tasniflash va tizimlashdir.
So‗nggi yillarda yurtimiz olimlari tomonidan ham ta‘lim texnologiyasi nazariyasiga oid bir
hator maqola, risola va qo‗llanmalar yaratildi. M.O. Ochilov mazkur iborani «Pedagogik
texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish,
natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning
o‗zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‗qitish va bilim o‗zlashtirish
jarayonlarida qo‗llanadigan usul va usullar majmuidir» deya sharhlasa , N.Saidahmedov
quyidagicha: ―Pedagogik texnologiya bu o‗qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‗qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‗quvchilarga ta‘sir ko‗rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda
oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni‖, – degan ta‘rifni beradi.
texnologiyaning nazariy asoslarini amaliy pedagogik faoliyatga tatbiq etish masalasi
o‗rganilgan.Shuningdek, xususiy fanlarni o‗qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etishning amaliy asoslarini ochib berishga harakat qilingan.
Faylasuf olimlar B.Ziyomuhammedov va Sh.Abdullaevalar tomonidan yaratilgan «Yangi
pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot» nomli asarda «Ma‘naviyat asoslari» darslarini
texnologik yondashuv asosida tashkil etish masalalari ochib berilgan bo‗lib, bu boradagi bir
qator ishlanmalar kitobxonlarning e‘tiboriga havola etilgan[3]. Ma‘lumki, inson va jamiyatining
harakatlantiruvchi kuchi bu – inson tafakkuridir. Tafakkur bu aql – idrok va dunyoviy bilimlar
majmuasidir.
Dunyoviy bilimlar ta‘lim jarayonida bunyod etiladi. Shunga ko‗ra mamlakatimizda
ta‘limga alohida e‘tibor berilgan holda, uni yangi pedagogik tizimga o‗tkazish bugungi
davrimizning bosh vazifalardan biriga aylandiki, bu uzluksiz ta‘limni yo‗lga qo‗yishni ham ilmiy
asosi bo‗lib xizmat qiladi.
Ma‘lumki, har bir mamlakat va jamiyat o‗zining ta‘lim – tarbiya tizimiga va o‗qitish
texnologiyasiga ega bo‗ladi.
Lekin bu texnologiyada albatta jahon va umuminsoniy ta‘lim – tarbiya sistema – tizimidan
va o‗qitish texnologiyasidan ijodiy foydalaniladi va undan bahramand bo‗linadi.
Shular aosida maktab o‗quv fanlari o‗zining o‗qitish sistemasini yangi pedagogik
texnologiyalar asosida o‗qitishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Jumladan, o‗quv predmetini yangi pedagogik texnologiyada o‗qitishga o‗tilmoqdaki,
buning uchun ona tili o‗quv predmeti darslari bo‗yicha didaktik materiallar, ko‗rgazmalar,
metodik adabiyotlarni tayyorlash va ishlab chiqarish zarurligi bugungi kunimizdagi muhim
vazifa bo‗lib qolmoqda.
Ma‘lumki, ta‘lim – tarbiya sohasida pedagogik texnologiya ancha murakkab masala
bo‗lib, undan tasviriy san‘atini o‗qitishda foydalanish ham o‗ziga xos muammolarni keltirib
chiqaradi.
Ona tili darslarini o‗qitishda ham pedagogik texnologiyani ―dars texnologiyasi‖, ―o‗qitish
texnologiyasi‖ va ―ta‘lim texnologiyasi‖ kabi ko‗rinishlaridan foydalanishadi.
1.―Dars texnologiyasi‖ – bu 45 daqiqali dars jarayonini tashkil etilishining umumiy
pedagogik tinglovchilarga (didaktik va metodik) javob berishni kafolatlaydigan pedagogik
jarayondir. Ya‘ni ona tili fanining sinf – dars sistemasi bo‗lib, u: Yangi bilim berish, berilgan
bilim – malakalarni mustaxkamlash, aralash dars, bilim – malakalarni tekshirish va nazorat qilish
darslari kabilar. Ularning har biri o‗ziga xos texnologiyalarda faoliyat yuritadi.
2.―O‗qitish texnologiyasi‖ – ona tili darslarini o‗qitish va ular asosida nazariy va amaliy
sohalaridan bilim – malakalarni o‗zlashtirish yo‗li, qoidalari va uslublari majmuasi jarayonidir.
Bu texnologiya ma‘lum bir o‗quv predmetini o‗qitish va o‗zlashtirish yo‗li, didaktikasi va
xususiy metodikasi jarayonini ifoda etadi. Shunga ko‗ra o‗qtish texnologiyasi ona tili dars
mashg‗ulotlarining turi bo‗yicha o‗zagarib ham turadi. Chunki ona tili dars mashg‗ulotlarini
o‗qitish didaktikasi va uslublari mashg‗ulotlardagi maqsad va vazifalarning o‗zagarib turishi
bilan uning o‗qitish texnologiyasi ham o‗zgarib turadi.
3. ―Ma‘lumot texnologiyasi‖ – bu o‗quvchilarga ma‘lumot berish mazmunida ifodalanib, u
o‗quvchilarga ona tili o‗quv fanidan bilim – malaka berish jarayonida o‗qituvchi bilan o‗quvchi
o‗rtasida ilmiy muloqot, munosabat, ijodiy hamkorlik jarayonlari mazmunida ifodalanadi.
Ya‘ni, beriladigan bilim va malakalarni o‗quvchilarga yetkaza olishni kafolatlay oladigan
ta‘lim-tarbiya vositalari, o‗qitish didaktikasi, metodikasi va uslublari majmuasida ifodalanadi.
Chunki, dars jarayonida ona tili o‗qituvchisi o‗quvchilarga bo‗ladigan dars mazmuni
bo‗yicha va darsda bajariladigan amaliy ishlar bo‗yicha vazifalar va ularni bajarish yo‗llarining
eng oson, eng qisqa va ilmiy asosdagi yo‗llari bo‗yicha ma‘lumotlar beradi[4].
Bu fikrlar shuni ko‗rsatadiki, fanni o‗qitishda pedagogik texnologiyaning yuqoridagi har
uchchala ko‗rishidan ham foydalansa bo‗ladi.
Pedagogik texnologiyani yaxshi tushunib olgan ona tili fani o‗qituvchisi har qanday
holatda ham dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyaning. Muammoli – modulli o‗qtishi shaxsga
yo‗naltirilgan ta‘lim, ta‘limni jadallashtirish, maqsadli o‗qitish, tabaqalashtirib o‗qitish kabi
turlari ishlab chiqilganki, o‗qituvchini o‗zi fanning o‗qitish mazmuniga mos kelishiga ko‗ra
tanlaydi va undan foydalanadi.
Shu o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, dars qaysi fandan bo‗lishidan qat‘iy nazar,
ilmiy yondashsak, mashg‗ulotlarimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, noa‘naviy dars
o‗tish usullaridan ijodiy foydalansak, biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadimizga tezroq yetamiz.
Zero,bularsiz o‗quvchilar mehrini va qiziqishini qozonish mumkun emas.
Yuqorida sanab o‗tilgan mashg‗ulot metodlari o‗quvchida idrok va xotira, diqqat –
e‘tibor va tafakkur, tasavvur va mantiqni birlashtirishi kerak. Bilimlar, ko‗nikma va malakalarni
o‗zlashtirishda o‗quvchining faolligi, qiziqishi, ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar – mashg‗ulotlarni o‗tishning maqbul shakllari va
imkoniyatlari ana shunga ko‗p jihatdan yo‗l ochadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.To‗xliev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – Toshkent, 2005.
2. Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. –Toshkent,
Chinoz ENK, 2002.
3. Tolipov O‗., M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya asoslari. «Maktab va hayot»
jurnaliga ilova. – Toshkent,O‗zPFITI, 2003.
4. Hasanov R.Tasviriy san‘at o‗qitish metodikasi. Toshkent,O‗qituvchi. 2006.
IQTISODIY MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH INSON FARAVONLIGI VA
BARQAROR RIVOJLANISH KAFOLATI
Mohinur Isaxonova
Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot
yo‗nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson
farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi.
Kalit so‗zlar:
iqtisod, rivojlanish, muammo, inson, barqaror, farovon, jamiyat, omil,
asos, taraqqiyot.
Iqtisodiy barqarorlik demokratik, adolatli jamiyat qurishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy sohasini barqaror muhitini doimiy ta‘minlab borilishi
mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Mazkur jarayon jamiyatda
fuqarolarning iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini ta‘minlash, farovon hamda obod
turmushini yanada samarali tashkil etilishiga muhim zamin yaratadi, uning hayotiyligini
ta‘minlaydi. Jamiyat o‗zgarib borar ekan odamlarning hayotiy farovonlikka ega bo‗lishga
qaratilgan ehtiyojlari ham rivojlanib boradi. Mazkur farovon jamiyatga erishi uchun jamiyatda
barcha sohalarda uchraydigan muammolarni ham hal etib borish lozimdir.
Jamiyatdagi inson faravonligini ta‘minlash, mavjud muammolarni bartaraf etib borish
lozimligi haqida mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev quyidagicha ta‘kidlagan: «Insonlarning
Библиографические ссылки
To’xliev В. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2005.
Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. -Toshkent, Chinoz ENK, 2002.
Tolipov 0‘., M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya asoslari. «Maktab va hayot» jumaliga ilova. – Toshkent,0‘zPFITI, 2003.
Hasanov R.Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. Toshkent,O‘qituvchi. 2006.