Press "Enter" to skip to content

Umumta’lim fanlarini bilish darajasi sertifikatlanadi

Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga ta’alluqli 15 ta ma’lumotlarni taqdim qilamiz:

Hazrat Mir Alisher Navoiy (9 fevral 1441 yil – 3 yanvar 1501 yil)

Uning asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo’lgan. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdanaoq u Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487) ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 ta rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta hammom, 9 ta koʻprik va 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga koʻra Hazrat Mir Alisher Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga ta’alluqli 15 ta ma’lumotlarni taqdim qilamiz:

  1. Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan;
  2. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yoddan bilganlar;
  3. 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan;
  4. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan;
  5. Alisher Navoiy “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan;
  6. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur “Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, – deb yozsa, Husayn Boyqaro “Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi” deb ta’kidlagan;
  7. Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan;
  8. Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan;
  9. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan;
  10. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi;
  11. Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi;
  12. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi. Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi;
  13. 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy);
  14. Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan;
  15. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491-1498)ga jamlangan.

Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish vaqtida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.

Hikmat bo’stoni

Biz Hazrat Alisher Navoiyni mutafakkir shoir deb ulug’laymiz. Mutafakkir so’zining ma’nosi tafakkur sohibi, keng va chuqur salohiyatga ega bo’lgan kishi degani. Bu ish har qanday iqtidorli qalam ahlining ham qo’lidan kelavermaydi. Shuning uchun dunyoda shoir-u yozuvchi ko’p o’tgan bo’lsada, ulardan juda oz qismigina bu sharafli nomga loyiq ko’rilgan.

Mutafakkir adib, birinchidan, chuqur bilim, keng dunyoqarash, katta hayotiy tajribaga ega bo’lishi, ikkinchidan, hayot, inson va umrning ma’no-mazmuni, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, halol va harom, fan va baqo, nafosat va qabohat, do’stlik va dushmanlik, diyonat va xiyonat kabi azaliy hamda abadiy tushunchalarning mohiyatini teran anglab yetishi va falsafiy nuqtai nazardan tahlil qila olishi, uchinchidan, fikr-mulohazalarini turli badiiy tasvir vositalari yordamida aniq, lo’nda va ta’sirchan ifodalash mahoratini egallashi kerak. Bu esa hamma ijodkorlarga ham nasib etavermaydigan buyuk maqomdir.

Hazrat Alisher Navoiy asarlari, yaxlit olganda hayot qomusiga o’xshaydi. Chunki biron-bir hayotiy masala, insonga xos qadriyat va tuyg’ular, fazilat va illatlar yoqki, u qalam olmagan bo’lsa! Birinchi Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda: “Buyuk gumanist shoirimiz faoliyati va ijodiga teran nazar tashlasak, uning dahosi ijtimoiy hayotning, mafkura va madaniyatning barcha sohalarini qamrab olganidan hayratga tushamiz”.

Darhaqiqat, hech narsa Hazrat Alisher Navoiyning teran nigohidan chetda qolmagan. Aytaylik, ota-onaning farzand hayotidagi o’rni va farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida shunday yozadi:

Boshni fido ayla ato qoshig’a,

Jismni qil sadqa ano boshig’a.

Tun-kunungg’a aylagali nur fosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh

Mazmuni: “Otangning qoshiga boshingni fido, onangning boshiga jismingni sadqa qil. Birini tuningni yoritadigan oy, ikkinchisini kuningni charog’on etadigan quyosh deb bil”.

Ota-onaning farzand hayotida tutgan o’rnini hech kim bundan ortiq ta’riflab berolmasa kerak: dunyo uchun oy bilan quyosh qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, farzand uchun ota-ona ham shunchalik qimmatga ega! Chindan ham, oy tufayli tun, quyosh sababli kun yorug’ bo’lganidek, ota farzand hayotining tunini yoritsa, ona kunini nurga to’diradi. Ulardan biri bo’lmasa, kecha-kunduzning yarmi yorug’, yarmi qorong’uday tuyuladi.

Mutafakkir ustoz va shogird munosabatlari xususida fikr yuritar ekan, “ Haq yo’lida kimki mashaqqat chekib, senga birgina harf o’rgatgan bo’lsa, yuz xazina boylik bilan ham uning haqqini ado etolmaysan“, deydi:

Haq yulida kim senga bir harf o’qimish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Bu-ustoz va shogirdning o’zaro munosabati to’g’risidagi shoirning falsafiy xulosasi. Darhaqiqat, ustozning maqomi buyuk-uni hech narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydi. “Ustoz otandek ulug’”, degan maqol bejiz aytilmagan. Bir donishmanddan uning ma’nosini so’raganlarida: “Chunki otam meni ko’kdan yerga tushirgan bo’lsa, ustoz yerdan yana ko’kka ko’tardi”, deb javob bergan ekan.

Yoshlarga qarata esa shunday deydi:

Yigitlig’da yig’ ilmning maxzani,

Qarilig’ chogi sarf qilg’il ani.

Avvalo, yoshlikda egallangan bilim toshga o’yilgan naqsh kabi mustahkam bo’lishi ma’lum. Qolaversa, keyin hayot tashvishlariga ko’milib, ilm egallashga fursat ham, imkon ham qolmaydi. Bora-bora, xalq ta’biri bilan aytganda, “xotira ham aytganni qilmaydi”.

Mutafakkir shoir insonlik mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida-jamiyatga foydali kasb bilan shug’ullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning og’irini yengil qilishida deb biladi. Uning xalq g’amini o’z g’ami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga qo’shmasligi bejiz emas:

Odamiy ersang, demag’il odami

Onikim,yo’q xalq g’amidin gami.

Bu-Hazrat Alisher Navoiyning inson haqidagi qarashlari tizimida eng muhim nuqta. Zero, shoirning o’zi ham xalqqa qancha ko’p foydang tegsa, bu narsaning o’zingga foydasi ko’proq, degan aqida bilan yashagan:

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,

Bilki, bu naf’ o’zungga ko’prakdurur.

Hazrat Alisher Navoiyning nuqtai nazariga ko’ra, mol-u dunyoni yig’ish emas, balki xayrli ishlarga, xalq farovonligi yo’lida sarflash kerak. Uning o’zi shunday yo’l tutadi va boshqalarni ham shunga da’vat qiladi. Shoirning yozishicha, pul-u boylikning quliga aylangan, jonini tikib mol-u dunyoga intilgan kishi hech qachon aziz bo’lmaydi:

Hargiz bo’lmas johu diram zori aziz,

Jon naqdi berib, siym xaridori aziz.

Xalq hayotini eng chuqur qatlamlarigacha, ikir-chikirlarigacha yaxshi bilgan, xalq og’zaki ijodidan to’la xabardor shoir o’z asarlarida xalq maqol-matallari, obrazli iboralardan keng foydalanadi, kundalik turmushdan olingan hayotiy tashbehlarni ko’p qo’llaydi. O’z navbatida, zamonasining barcha ilmlarini egallagan, hayotning butun achchiq-chuchugini totgan donishmand shoirning ko’rgan-kechirganlarining xulosasi sifatidgi teran mazmunli, lo’nda hikmatlari xalq orasiga shunchlik singib ketganki, ularning qaysi biri xalqniki-yu, qaysi biri Navoiyniki ekanligini ajratib bo’lmaydi. Misollar:

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim va orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

O’z-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz.

Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

Sihat tilasang, ko’p yema, izzat tilasang, ko’p dema.

Hazrat Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva va boshqalar. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. Ulug’ shoirning asarlari ko’p tillarga tarjima qilingan. 1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi. O’zbekistonda Alisher Navoiy nomidagi viloyat, shahar, kutubxonalar, universitet, maktablar, poytaxtdagi metro stansiya, markaziy ko’chalar bor.

Albatta, Hazrat Alisher Navoiy ijodi-muazzam ummon. Bu ummonga sho’ng’igan har bir g’avvos o’z imkoni darajasida ma’no marvaridlarini qo’lga kiritishi shubhasiz. Ulug’ shoir, she’riyat sultoni Alisher Navoiy hikmatlari hayotdan olinganligi, shaklan go’zal, mazmunan teran, badiiy jihatdan yuksak ekanligi uchun hech vaqt o’z ahamiyatini yo’qotmay, barchaga ma’qul bo’lib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://tafakkur.net/alisher-navoiy.haqida.
  2. Алишер Навоий.Ҳикматлар.Тошкент.”O’zbekiston”2011.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasi sertifikatlanadi

2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi.

2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi.

Sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq sertifikat berish Davlat test markazi (DTM) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi. Talabgordan ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Eng yuqori ballning kamida 60%ini toʻplagan shaхslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Sertifikatlash quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:

  • 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari boʻyicha;
  • 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari boʻyicha;
  • 2022–2024 yillarda fizika, geografiya va tariх fanlari boʻyicha.

Talabgor ariza va boshqa hujjatlarni ma’lumotlarni roʻyхatga olish elektron tizimi orqali taqdim etadi. DTM rasmiy saytida talabgor uchun shaхsiy kabinet shakllantiriladi. Talabgor toʻlovni amalga oshirganidan keyin roʻyхatdan oʻtgan hisoblanadi va DTM bilan ommaviy oferta shartnomasi tuziladi.

Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab DTM direktorining buyrugʻi asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaхsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2020 yildan kuchga kirdi.

Ona tili va adabiyot dtm 2022 pdf

Bugun 10 fevral, 2023 yil, juma

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich

Erdo‘g‘an Rajab Toyip

  • Kasallanganlar soni 677 186 916
  • Sog‘ayganlar soni 649 696 136
  • Vafot etganlar soni 6 779 665
  • Eng ko’p o’qilgan yangilik
  • Eng ko’p muhokama qilingan yangilik
  • USD 11.350,12 sum
  • EUR 12.217,27 sum
  • RUB 156,09 sum
  • iPhone X 64gb 920 $
  • iPhone X 256gb 1000 $
  • Samsung S9 555 $
  • Samsung S9+ 640 $
  • Samsung S9+ 256gb 740 $
  • Samsung Note 9 1010 $
  • iPhone XS 64gb 1070 $
  • iPhone XS 256gb 1200 $
  • iPhone XS MAX 64gb 1200 $
  • iPhone XS MAX 256gb 1300 $
  • iPhone XS MAX 512gb 1460 $
  • Chevrolet Spark 104 095 000 сум
  • Chevrolet Nexia 119 921 000 сум
  • Chevrolet Cobalt 126 984 000 сум
  • Chevrolet Lacetti 129 457 000 сум
  • Chevrolet Malibu 2 405 900 000 сум
  • Chevrolet Tracker 2 255 200 000 сум
  • Chevrolet Trailblazer 398 000 000 сум
  • Chevrolet Equinox 389 000 000 сум
  • Chevrolet Traverse 408 009 595 сум
  • Chevrolet Tahoe 519 728 198 сум

Global statistika

  • . Hozirda dunyo aholisi
  • . Qurolli kuchlar xarajatlari $
  • . Internetdan foydalanuvchilar

SURATLI SO’ROVNOMA

So’rovnoma

Siz qayerda yashaysiz?

Siz qanday dam olishni yoqtirasiz?

Elektroenergiya narxi

Elektr plitalar bilan

1 кВт/соат-295 сўм

Kriptovalyuta kurslari

Surxondaryolik fuqaro hayron: plastigidagi salkam 20 million pul qayerda?

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 03:01 29.01.2023. O’qildi: 3492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

“Chiroqchidagi tug‘ruqxonada hasharotlar bor” (VIDEO)

“Telegram”dagi “Otabek Artikov” kanalida e’lon qilingan videoda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limida hasharotlar borligi aks etgan.

Kiritildi: 14:23 19.01.2023. O’qildi: 1716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda kuyovjo‘ra o‘ldirildi. Qotilga hukm o‘qildi

2022 yilning 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi mahallalardan biridagi to‘yda sodir bo‘lgan janjal oqibatida kuyov jo‘ralardan biri pichoqlanadi. Jabrlanuvchi o‘shanda ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Kiritildi: 13:58 17.01.2023. O’qildi: 4950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda gaz zapravka 752 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Yakkabog‘ tumanidagi AGTKSh elektr energiyasi sarfini yashirgan va transformatorni o‘zboshimchalik bilan almashtirgan.

Kiritildi: 22:01 12.01.2023. O’qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda ikki yoshli qizaloq emlashdan so‘ng falaj bo‘lib qoldi. U noto‘g‘ri emlanganmidi?

Bir qator manbalarda Ko‘kdala tumanida ikki yoshli qizaloq noto‘g‘ri emlanganligi sababli falaj bo‘lib qolganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 17:53 09.01.2023. O’qildi: 2158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Firibgarning parvozi Moskvada «yakunlandi»

Ko‘p miqdorda firibgarlik xatti-harakatini sodir etgan chiroqchilik J.I. tergov organlarini ham chalg‘itmoqchi bo‘ldi.

Kiritildi: 12:22 07.01.2023. O’qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda haydovchi 4 kishini urib ketdi. Hammasi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan R.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 13:45 04.01.2023. O’qildi: 4073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda fuqarolar hokim o‘rinbosarini do‘pposlashdi. Nega?

Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Kiritildi: 11:43 04.01.2023. O’qildi: 4335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryoda hamshirani kaltaklashdi (VIDEO)

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:14 19.11.2022. O’qildi: 4468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Qashqadaryolik harbiy yigit Termizda nega vafot etgani aytildi

Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. sog‘ligi bo‘yicha shikoyat qilgani sababli Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan.

Kiritildi: 00:40 16.11.2022. O’qildi: 8778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning 5 ta yo‘nalishini belgilab berdi

Bular tadbirkorlik, sanoat, agrar va ijtimoiy sohalar, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdir.
Kiritildi: 20:37 25.10.2022. O’qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

20 ming AQSh dollariga yer sotgan firibgar qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:06 28.08.2022. O’qildi: 2434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
Viloyatlar

SO’NGGI XABARLAR

10 FEVRAL

22:57 Zelenskiy kechki nutqida ukrainaliklarga minnatdorchilik bildirdi
22:57 Avstriya terma jamoasi sobiq futbolchisi Venada otib o‘ldirildi
22:52 Deputat qidiruvga berildi
22:51 O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish normallashtirildi
22:49 Endi kollej va texnikumlarga bir yilda ikki marta o‘quvchi qabul qilinadi
22:47 Kiprda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik boshlandi
22:45 MAGATE Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratishga umid qilmoqda
22:43 Maxachevda mojaro: “Polisiya bizga qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q”
22:40 SAMP-T havo mudofaa tizimlarining Ukrainaga topshirilishi «yaqin kunlarda» e’lon qilinadi
22:37 Indoneziyada Karangetang vulqoni uyg‘ondi
22:29 O‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana bir turkiyalikni vayronalar ostidan olib chiqdi
22:24 Xitoy AQSh davlat qarzini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda
22:20 Yanvar oyidagi anomal sovuqlar tufayli karam yetishtiruvchi fermerlar katta zarar ko‘rdi
22:17 Ukraina ichki ishlar vaziring beshta o‘rinbosari iste’foga chiqdi
22:11 BAAda “Lamborghini” hashamatli yaxtasi sotuvga qo‘yiladi
22:00 AQSh FQB sobiq vise-prezidentning uyida tintuv o‘tkazadi
21:53 Henkel tezroq Rossiyadagi biznesini sotishni yakunlamoqchi
21:46 Farg‘onada yo‘l cho‘kishi oqibatida Neksiya YTHga uchradi
21:42 Moldova Ukrainaga insonparvarlik yordamining yangi partiyasini jo‘natdi
21:41 2022 yilda 4,6 mingta noqonuniy tarzda daraxt va butalar kesilgan
21:38 Pentagon Kongressdan o‘ta maxfiy dasturlarni moliyalashtirishni davom ettirishni so‘ramoqda
21:37 Pavel Durov yana bir marta Dubayning eng nufuzli shaxsi deb topildi
21:34 Sanoatni rivojlantirish choralari belgilandi, yangi korxonalar ishga tushirildi
21:19 FIFA yil goli uchun yakuniy da’vogarlarni e’lon qildi
21:13 Sharqiy Quddusda avtomobil avtobus bekatiga borib urildi
21:01 Putinning parlamentga murojaati sanasi ma’lum bo‘ldi
20:53 Qozog‘iston zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga 50 tonna gumanitar yordam jo‘natdi
20:51 Polsha Saakashvilini da’volash uchun olib ketishni taklif qildi
20:47 O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi tayinlandi
20:47 Zelenskiy: “Rossiya bugun Ukrainani 70 ta raketa bilan o‘qqa tutdi”
20:38 Xataydagi zilzila oqibatida vayron bo‘lgan turar joy pudratchisi qo‘lga olindi
20:37 Shveysariya Ispaniyaga zenit qurilmalarini Ukrainaga topshirishga ruxsat bermadi
20:35 Demiral Ronaldu va yana ikki sobiq jamoadoshining futbolkasini auksionda 5 mln liraga sotdi
20:34 Gruziyada harbiy xizmatchi o‘z uyida o‘lik holda topildi
20:32 Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida bo‘ldi
20:24 Melburndagi buddistlar ibodatxonasi yong‘in sababli vayron bo‘ldi (video)
20:21 Dunyodagi eng yirik loy vulqonlaridan biri “uyg‘ondi”
20:18 Qozog‘istonning birinchi bosh vaziri vafot etdi
20:14 Polshada tug‘ilish darajasi so‘nggi 30 yil ichida 40 foizga kamaydi
20:13 Rossiyaga olib ketilgan yuzdan ortiq bola Ukrainaga qaytarildi
20:09 Prezident Jizzaxdagi yaqinda ishga tushirilgan sanoat korxonalarini borib ko‘rdi
20:08 Moldova hukumati iste’foga chiqdi
20:05 Novosibirskdagi gaz portlashi qurbonlari soni 13 kishiga yetdi
20:02 Zilziladan jabr ko‘rgan oilalarning har biriga 15 ming liradan beriladi – Erdo‘g‘on
19:59 Zilzila qurbonlari soni 20 mingga yaqinlashdi
19:48 Ukraina Niderlandiyadan qiruvchi samolyotlar so‘ramoqda
19:43 Qo‘shma Shtatlar «Shimoliy oqim» portlashlari haqidagi haqiqatni yashirishga harakat qilmoqda
19:39 Suriya prezidenti G‘arbni zilzila atrofidagi vaziyatni siyosiylashtirganlikda va insonparvarlik yo‘qligida aybladi
19:31 Soxta haydovchining firibgarligi fosh etildi
19:28 Toshkentda o‘g‘irlab ketilgan Kia Seltos avariyaga uchradi
19:26 “Spark ikkiga bo‘lindi. ”
19:16 Kroos faoliyatini tugatmoqchi, qachonki.
19:07 Jahon banki Turkiyaga 1,78 milliard dollar ajratadi
19:02 Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
18:58 Qozog‘iston va Rossiya chegarasida zilzila sodir bo‘ldi
18:56 Buxoroda 1500 dollarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
18:56 Bojxona qo‘mitasi vakili Jenevada Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi Ma’muriy qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
18:52 Disney kompaniyasi 7000 nafar xodimini ishdan bo‘shatmoqchi
18:38 BAA Suriya va Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun 100 million dollar ajratadi
18:30 Nobel mukofoti laureati 12 yilga qamalishi mumkin

Boshqa xabarlar

TEGLAR BULUTI

XABARLAR ARXIVI

Guvohnoma №1241. Berilgan sanasi: 13.07.2017.
Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ.
Bosh muharrir: Bo’ronov Olimxo’ja Azimxo’ja o’g’li.
Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125.
E-mail: admin@aniq.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko’rsatilishi shart.