Ona tili va adabiyot haqida rasmlar
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Ona tili va adabiyot haqida rasmlar
Mir Alisher Navoiy yoshligidan Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni mashq qilgan. Navoiyni mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, 1469 yil Temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi.
Ulug‘ bobokalonimizning yorqin xotirasiga bag‘ishlab, 2023 yil 8 fevral kuni viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovni adolatli va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida, adib Sobir-Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot kutubxona markazi sektor mudirasi I.Shamsiddinova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimi D.Jumaeva hamda IIV Surxondaryo Akademik litseyi ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Xursanovlar taklif etildi. Ko‘rik tanlov qizg‘in baxs va munozaralarga boy o‘tdi.
Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan 15 nafar ishtirokchilar orasida o‘zining bilimdonligi, hozirjavobligi va zukkoligi bilan ajralib turgan Boysun tumani IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor psixologi katta serjant Do‘styorov Parda Toshmat o‘g‘li faxrli uchinchi o‘rinni, viloyat IIB JXX kadrlar bilan ta’minlash xizmati muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori kapitan Hazratqulov Jasur Panjievich faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qiziriq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi profilaktika inspektori leytenant Dursoxatov Mansur To‘yli o‘g‘li birinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘oliblariga boshqarma boshlig‘ining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovida faollik ko‘rsatgan tanlov ishtirokchilariga badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Ona tili va adabiyot haqida rasmlar
“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, – deyishmaydi.
1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya eʼtirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.
Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.
Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:
Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shoir keyingi misralarda o‘zbek tiliga va uning rivojiga benihoya katta hissa qo‘shgan “g‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini quyidagicha qayd qilib o‘tadi:
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shukur Qurbonning “Ona tilim” qasidasida ona tilining manguligi, barhayotligi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini taʼkidlanadi:
Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman:
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
Davlatnazarov Muxriddin
IIVning Xorazm akademik litseyi
o‘quvchisi
O‘zbekiston arboblari
«O‘zbekiston arboblari» veb-sayti O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli insonlar haqida ma’lumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy resursdir.
Alisher Navoiy
Tavallud topgan sana: 9 fevral 1441 yil
Vafot etgan sana: 1501 yil
Tug’ilgan joy: Hirot
Tarjimai hol
Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.
1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.
1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o‘z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yo‘lovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta so‘fiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.
Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega bo‘lishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (“mukarrabi xazrati sultani”) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bog‘liq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.
Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u ko‘proq ijod bilan shug‘ullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning so‘nggi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).
Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U – turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.
Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan.
Mazkur dostonlarda, bir vaqtning o’zida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qo‘yiladi. “Hamsa”dagi boshqa ikki dostonida – “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) hukmdor bilan bog‘liq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, o‘zbek tilida) yetakchi o‘ringa chiqadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin bo‘lib, do‘sti va podshoh Husayn Boyqaroga ta’sir ko‘rsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan g‘oyalarni ifodalab o‘tgan: dunyoning va shoh taxtining o‘zgaruvchanligi; hukmdorning o‘z xalqi oldidagi majburiyatlari. Hamsanafislik an’analariga nisbatan, Navoiy o‘zining ijtimoiy va siyosiy qat’iyati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning “Hamsa”sini o‘qib, unga juda yuqori baho bergan.
O‘zining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning “Hamsa”si O‘rta Osiyoda yuqori o‘ringa ega bo‘lgan. U ko‘p marotaba qayta ko‘chirilgan. Hozirgi kunda “Hamsa” yoki uning dostonlarining katta ro‘yhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining o‘zida XV-XX asrlarda qayta ko‘chirilgan 166 ta qo‘lyozma bo‘lib, ular to‘liq “Hamsa” asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi to‘liq doston ko‘rinishidadir. Navoiy “Hamsa”sining miqdori va keng tarqalishi uni O‘rta Osiyo intellektual hayotida alohida o‘rin egallaganligini ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi.
Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek (chig‘atoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: “Arbain” (“Qirq ruboiy”), “Munadjat” (“Allohga iltijo”).
So‘fiy prozaik asari “Nasaim al-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”)ning to‘liqroq matni nashr qilingan bo‘lib, unda 750 ta so‘fiy shayhlar haqida ma’lumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: “Muhokamat al-lug‘atayn” (“Ikki til bahsi”); aruz nazariyasiga oid (she’r yozish hajmi) – “Mezon al-avzan” (“Hajm mezoni”), muammo janri nazariyasiga oid – (jumboq) “Mufradat”.
Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shohlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Payg‘ambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” to‘plamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida – “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher hayoti”), “Xalati Pahlavon Muhammad” (“Pahlavon Muhammad hayoti”)lardan iborat.
Alisher Navoiyning so‘nggi asari “Mahbub ul-qulub” (1500). Unda shoirning so‘nggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.
Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.
O‘zbekiston va xorijda Amir Temur tarixining o‘rganilishiga doir tadqiqotlar
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o‘rganish, ularga to‘g‘ri va xolis baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor” ( Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasidan // Xalq so‘zi 2017-yil 4-avgust) .
O‘tgan davr mobaynida obyektiv tariximizni yaratish yo‘lida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Qator muhim manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyati vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum bo‘lgan qirralari hamda insoniyat o‘tmishida o‘ziga xos o‘rin egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish uchun ham manbaviy asoslar yaratildi. Binobarin, o‘z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o‘zbek davlatchiligi tarixida hamda harbiy mahorat sohasida jahon tarixidan munosib o‘rin egallagan Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat o‘lkamiz, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume’tirof etilgan davr sifatida ko‘plab tadqiqotlarni taqozo etadi. Zero, Sohibqiron Amir Temur el-u ulusning taraqqiyoti, tinchligi va xavfsizligini o‘z orzu-umidlarida mujassam etgan xalqimiz farzandi, “Temuriylar renessansi” asoschisidir.
Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni o‘rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Shuningdek, temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, “Temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi ancha ilgari boshlangan.
Ma’lumki, sovet tarixshunosligida o‘z davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Shu o‘rinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qo‘ygan G.A.Pugachenkova, I.Mo‘minov, R.Mukminova, B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O‘rinboyev, B.Ahmedov, D. Yusupova, O‘.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo‘riyev kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e’tirof etish zarur. Birlamchi yozma manbalar, ya’ni qo‘lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan (Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. Т. I – XI . – Ташкент, 1952-1987.; Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. История. Составители: Д.Ю.Юсупова, Р.П.Жалилова. – Ташкент, Фан, 1998. – 536 ).
Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik ko‘rsatkich mustaqillikkacha bo‘lgan davrda tarixshunos olim B.V.Lunin tomonidan tuzilib adabiyotlar sohalar bo‘yicha o‘n ikki qismga ajratib tasniflangan edi ( Лунин Б.В. История, культура и искусство времени тимуридов в советской литературе (библиографический указатель) // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1969. № 8-9. – С. 100 – 145) . Shu bilan birga, ushbu bibliografik ko‘rsatkichda mustabid sovet davridagi mafkuraviy tazyiq ta’sirida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar “Umumiy tarix” qismiga kiritilgan. Ammo bu holat tadqiqotning ilmiy ahamiyatini pasaytirmaydi, aksincha, olimning falsafiy mushohadasining nechog‘lik teran ekanligidan dalolat beradi. Ushbu bibliografik ko‘rsatkich tasnifi mustaqillik yillarida B.V.Lunin tomonidan ancha rivojlantirilib bir necha fundamental nashrlarda nafaqat keltirildi, balki olim tomonidan ( Temur va Ulug‘bek davri tarixi. – Toshkent: Qomuslar Bosh tahririyati, 1996. – B. 28–42) Amir Temur davri asosiy manbalari hamda ilmiy adabiyotlarining tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlili ham amalga oshirildi. Shuningdek, xorij tarixshunoslari, rus sharqshunos olimlari hamda sovet davrida tadqiqot olib borgan tarixchilarning ilmiy ishlari tadrijiy ravishda o‘rganilib, ilk bor mavzuga oid tarixiy adabiyotlar tarixshunoslikning yangicha talqinida o‘z bahosini oldi. Ushbu tayyorlangan bibliografiya to‘plami hozirga qadar tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Hozirga qadar respublikada mazkur mavzuga oid bir necha bibliografik nashrlar amalga oshirilgan. Chunonchi, 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi xodimlari tomonidan (Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar Fihristi. Muqaddima muallifi: Boboxonov Sh. Tayyorlovchi: Nasrullo Mubashshir at-Taroziy. – O‘zbekiston elchixonasi Qohira shahri, 1996. O‘zbek tilida – B. 1–37, arab tilida – B. 1–422) Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar fihristi yaratildi. 1999-yilda esa akademik E.V.Rtveladze va akademik A.X.Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani ko‘zgusida” (Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – Ташкент: Издательский дом Мирэкономики и права, 1999. – 112 с.; Ўша муаллифлар. Амир Темур в зеркале мировой истории. Библиография / Отв. за выпуск Д.Нурматова. – Париж, 1996. – 28) nomli bibliografik nashrda xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosligida mustaqil “temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishi shakllanganini e’tirof etishdi. Shuningdek, “Amir Temur jahon tarixida” nomli nashrining “Amir Temur davri tarixnavisligi” bobidagi “Ilmiy izlanishlar” qismida O‘zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda “Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko‘nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o‘tish tadriji sodir bo‘ldi” (Amir Temur jahon tarixida . – Toshkent: Sharq, 2001. – B. 214–216), degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir.
2003-yilda akademik B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir muncha tadqiqotlar olib borilib, “Amir Temur bibliografiyasi” (Amir Temur bibliografiyasi. B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov. Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransuz Instituti. Toshkent, 2003. – 114 – b.) nashrdan chiqdi.
2010-yilda O.Rahmatullayeva tomonidan tayyorlangan “Amir Temur saltanati tarixnavisligi” nomli bibliografik ko‘rsatkichda faqat O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan adabiyotlar jamlanib sohalar bo‘yicha tasniflandi (Rahmatullayeva A. Amir Temur saltanati tarixnavisligi (Bibliografik ko‘rsatkich ). – T.: Fan va texnologiya,2010. – 95-b.) .
Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi bo‘yicha O‘zbekistonda bir muncha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Aksariyat tadqiqotchilarning yakdillik bilan ta’kidlashicha, boshqa tarixiy davrni o‘rganishda adabiyotlar taqchilligi qiynasa, bu davr tadqiqotchisiga esa adabiyotlarning ko‘pligi va turli munosabat qiyinchilik tug‘diradi. Aynan shu jihat ham bibliografik tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Keyingi yillarda Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar tarjimasi, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar yaratildiki, ularni aniqlash, tizimlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida bajarilgan “Amir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob” (O‘lja y eva Sh. XX asrning 50−60 yillarida Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi (sho‘ro adabiyotlari misolida).: Tarix fan. nom. … diss. Toshkent: O‘zR FA Tarix instituti, 1999; Абиджанова Д. Мавераннахр эпохи правления Амира Темура в англоязычной историографии 60 – 90-х годов ХХ в.: Дисс. . канд. ист. наук. Ташкент: Институт истории АН РУз, 2000. 160 с.; Usmonov B. Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi (XVII − XX asrlar).: Tarix fan. nom. . diss. Toshkent: O‘zR FA ShI, 2004. 165 – b.; Rahmatullaeva A.R. O‘zbekistonda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixshunosligi (1991–2009).: Tarix fan. nom. . diss. Toshkent: O‘zR FA Tarix instituti, 2010. – 175-b.) mavzuyidagi maqsadli amaliy grant doirasida bajarilgan loyihada O‘zbekiston va jahon miqyosida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab nashr qilingan turli adabiyotlar jamlanib izohlar bilan ta’minlandi.
Bibliografik ko‘rsatkichda yurtimizda Amir Temur xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan rasmiy (Qonun, Farmon, Qaror va boshqa me’yoriy hujjatlar) ma’lumotlarni yig‘ishda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasining Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning elektron to‘plami (LexUz-online platformasi)dan foydalanildi.
Mazkur loyihada mavzuni yorituvchi yozma manbalar, monografiyalar, risolalar, dissertatsiya va avtoreferatlar ro‘yxati, yubileylarga bag‘ishlangan albomlar, tarixiy ma’lumotnoma va solnomalar, respublika va xalqaro konferensiya materiallari, o‘quv qo‘llanmalar, respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar jamlandi. Shuningdek, unda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, muzeylar va fondlardan o‘rin olgan adabiyotlardan ham imkon qadar foydalanildi. Jumladan, rus, ingliz, fransuz, turk, arab, fors tillarida nashr etilgan 6 mingga yaqin turli kitob va maqolalar nashrlari imkon qadar jamlanib, ma’lum bir tartibga solindi.
Kitobda yozma manbalar va ilmiy tadqiqotlar, monografiya va muhim kitob hamda risolalariga tavsif – izoh yozildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bibliografiyada shartli ravishda, ko‘lami jihatidan nihoyatda ko‘pligi bois, davriy matbuot (xususan gazeta) nashrlari olinmadi. Zero, davriy matbuot materiallari, istiqbolda, ushbu bibliografiyaning davomli nashrlarida o‘z aksini topadi degan umiddamiz.
Bibliografik ko‘rsatkichda barcha adabiyotlar, avvalo, nashr tili bo‘yicha, mualliflarning familiya va ismi-shariflari kesimida alifbo tartibida joylashtirildi. Ushbu bibliografiyada adabiyot atamasi deganda monografiya, risola, dissertatsiya, avtoreferat, ilmiy-ommabop nashrlar, badiiy adabiyot va boshqalar ham nazarda tutiladi.
Bir ismning turli xil yozilishi, jumladan, Timur, Tamerlan, Timur, Temour, Tamerlan va h.k. atalishlar manba va ilmiy adabiyot nomlanishida qanday bo‘lsa, shu holatda imkon qadar saqlab qolingan. Ammo izohlarda “Temur” deb yozilishi to‘g‘ri deb topildi. Matbaa shaklidagi nashrlarda (bu hol ko‘proq jamoaviy monografiyalarda uchraydi) muallif ismi sharifi ko‘rsatilmagan maqolalar bevosita sarlavhasi ham alifbo tartibida berilgan.
Temuriylar tarixi davlat muzeyida amalga oshirilayotgan mazkur tadqiqot davomlidir, zero yildan-yilga yangidan yangi adabiyotlar, tadqiqotlar qo‘shilib boraveradi. Bu hol o‘z-o‘zidan kelgusida bu bibliografiyaning davomli nashrlari yaratilishiga zamin bo‘lib qoladi va loyiha kelajakda ilmiy guruhimiz tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan “Amir Temur Bibliografiyasi. Ikkinchi kitob” ishida yana davom ettiriladi. Zero, asarning ikkinchi nashrida Sharq va Yevropa xalqlari tillarida yozilgan ilmiy adabiyotlarni bibliografik ko‘rsatgichda jamlash maqsad qilingan.
Umid kilamizki, ushbu bibliografik ko‘rsatkich zamonaviy tarix fani uchun dolzarb hisoblanib, Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyatini o‘rganishda qulaylik va imkoniyat yaratib, kelgusi tadqiqotlarni yo‘naltirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ilmiy izlanish olib boruvchilarga adabiyotlar topishda yo‘llanma vazifasini bajaradi hamda mazkur muammo bo‘yicha kelajakda amalga oshiriladigan ilmiy izlanishlar uchun istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Azizjon ShARIPOV,
O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
“Madaniyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i