Turkiyadagi zilzilalar borasidagi eng so‘nggi va muhim yangiliklar: qurbonlari soni oshdi va
• yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va videoaudio texnikalarini о‘quv jarayonida keng qо‘llash.
Ona tili va adabiyot ish rejasi
O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonlari temir yo‘lini ekspluatasiya qilishni davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Foto: Kyselak / Wikimedia Commons
Avvalroq, 1-fevraldan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuk tashuvlarini amalga oshirish vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi bu bo‘yicha izoh berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan texnik ishlarni, ular belgilagan muddatlarda amalga oshira olmagani haqida hech qanday tushuntirish berilmagan.
8−10 fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.
Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” o‘rtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatasiya qilishni kelguvsida davom ettirish bo‘yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning “Sogdiana trans” tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10-fevralidan qayta tiklandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
- # afg’oniston
- # o’zbekiston
- # o’zbekiston temir yo’llari
Turkiyadagi zilzilalar borasidagi eng so‘nggi va muhim yangiliklar: qurbonlari soni oshdi va.
— Turkiya janubi-sharqidagi zilzila zonasida 13740 nafar qutqaruvchi ishlamoqda. Bu haqda seshanba kuni Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.
— Episentri Turkiyaning Qahramanmaras viloyatida sodir bo‘lgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 5894 kishiga yetdi, Turkiyada 34810 kishi jarohat oldi.
— Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 7,7 va 7,6 magnitudali halokatli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishda davom etmoqda.
— Erdo‘g‘on zilzilalardan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatda uch oylik favqulodda holat joriy etilishini e’lon qildi.
— Mamlakat janubida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ko‘plab davlat rahbarlari chuqur hamdardlik bildirishda davom etmoqda.
— Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) yetakchi fraksiyalari mamlakatlar janubi va janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan qo‘shma murojaat qabul qildi.
— Zilzila zonasida qidiruv-qutqaruv ishlarida Turk Qurolli kuchlarining 7,5 nafar harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda, 8 fevraldan boshlab ularga yana 1,5 ming askar qo‘shiladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Hulusiy Akar ma’lum qildi.
— Turkiya janubidagi Hatay viloyatidagi xalqaro Iskenderun portida sodir bo‘lgan yirik yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat:
— BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits Qora dengiz donlari tashabbusini mart oyidan keyin ham uzaytirishga chaqirdi.
— Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Xosep Borrelning «Rossiya ommaviy axborot vositalarini taqiqlash so‘z erkinligini himoya qiladi» degan so‘zlariga izoh berdi.
— Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) halokatli zilzila bilan kurashish uchun Turkiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tabiiy ofatlarga qarshi kurash guruhini (DART) joylashtirdi.
— Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif buyrug‘i bilan Turkiyadagi zilzila zonasiga qidiruv-qutqaruv guruhlari jo‘natildi.
— Suriyada episentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 1602 kishiga yetdi, 3649 kishi jarohat oldi.
— Xorijiy yetakchilar 6 fevral kuni mamlakat janubi-sharqida yuz bergan vayronkor zilzilalar oqibatlari munosabati bilan Turkiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirishda davom etmoqda. Turkiyaga 65 davlat va 13 xalqaro tashkilotdan maktub va chaqiriqlar keldi.
— Mashhur fransuz jurnali Charlie Hebdo episentri Turkiyaning Qahramanmaras shahrida bo‘lgan dahshatli zilzila haqida multfilm ishladi va bu jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi.
— Ukraina Oliy Radasi Kiyev yaqinida vertolyot halokatida halok bo‘lgan departament boshlig‘i Denis Monastirskiy o‘rniga ichki ishlar vaziri lavozimiga Igor Klimenko nomzodini qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi.
— Qahramanmarasdagi zilzila minglab odamlarning umriga zomin bo‘lgan Turkiya bilan birdamlik uchun Bryusseldagi NATO qarorgohida bayroqlar yarimga tushirildi.
— Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning AQSh hududidagi havo shari atrofidagi munosabatini «isterik» deb atadi.
— Falastinda 4,8 magnitudali zilzila yuz berdi.
Mintaqaning boshqa yangiliklari:
— Ozarbayjon Turkiyaga halokatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining yordam yuki bilan ikkita samolyot yuboradi.
— Turkmaniston Turkiyadagi falokat hududiga qutqaruv guruhi va insonparvarlik yordami bilan samolyot jo‘natdi.
— Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Olmaotadan Turkiyaga uchib ketishdi.
— Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskix turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga zilzila qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
— Qirg‘iziston Turkiyadagi vayronkor zilzila qurbonlariga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshladi.
— Turkiyadagi zilzila hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari vayronalar ostidan 11 kishini qutqarib oldi.
— Ozarbayjon poytaxti Bokuning me’moriy ramzlaridan biri hisoblangan Haydar Aliyev markazi 7 fevral oqshomida Turkiya bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan. Aksiya Turkiya va turk xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida tashkil etilgan.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi, Toshkent davlat transport universitetining tuzilmaviy tarkibiga kiradi.
A’zamov Nodirbek Faxriddin o‘g‘li
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshlig’i ,
Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Kadlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq qо‘llab chiqilgan va unda iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash tartibi hamda ular bilan maqsadli ishlashning shakl va uslublari belgilangan.
Iqtidorli yoshlar – О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test о‘tkazish orqali aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qat’iylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagi bilan ajralib turadilar.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi – respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash vazifalari:
• iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
• malakali professor – о‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individuval ishlashga jalb etish;
• ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari buyicha ilmiy tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
• iqtidorli talabalar bо‘yicha respublika banki va monitoringini shakllantirish;
• maxsus о‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
• buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.
IQTIDORLI TALABALARNI IZLASH, ANIQLASH HAMDA ULAR FAOLIYATINING ASOSIY YО‘NALISHLARI
Oliy о‘quv yurtlarida iqtidorli talabalarni izlash о‘qishning dastlabki kunlaridan kasbga yо‘naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.
Iqtidorli talabalar, boshlang‘ich bilimlar hisobga olingan holda, psixologik va pedagogik testlar о‘tkazish orqali qobiliyatning rivojlanganlik darajasiga qarab aniqdanadi.
Aniqlangan iqtidorli talabani maqsadli tayyorlash quyidagi о‘quv-ijodiy, tarbiyaviy masalalar va yо‘nalishlardan iborat:
• kengaytirilgan о‘quv rejasi bо‘yicha о‘qish qо‘shimcha malakaga ega bо‘lish (tanlangan yо‘nalish bо‘yicha: chet tilidan tarjimon; EVM dasturchisi; kasb-hunar kolleji о‘qituvchisi va hokazo);
• maqsadli dastur bо‘yicha yakka tartibda (individuval) о‘qitish;
• chuqurlashtirilgan dastur bо‘yicha о‘qitish (fundamental fanlar; umumkasbiy fanlar: menejment, marketing, audit; huquqiy fanlar; ekologiya va boshqalar);
• Buyurtmachilar talablariga asoslangan holda oliy о‘quv yurti iqtidorli talabalarning kasbiy yо‘nalishi, о‘quv-ijodiy va tarbiyaviy tayyorgarligining qо‘shimcha yо‘nalishlarini belgilashi va ta’lim xizmatlarini joriy etish mumkin.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorsh dasturlarida quyidagi omillar nazarda tutiladi:
• fanlarni yuqori darajada о‘zlashtirish;
• kompyuter bilimdonligi hamda programmalashtirish;
• chet tillaridan birini puxta egallash;
• kurs va bitiruv ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va chet tilidan samarali foydalanish;
• ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va muloxazalarni bildirish, amalda tadbiq etish;
• soha bо‘yicha mustaqil bilim olishga yо‘naltirish va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish;
IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLOVCHI RAHBAR VA PROFESSOR-О‘QITUVCHILARNI TANLASH
Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi bо‘yicha yetarli bilimga ega bо‘lgan professor-о‘qituvchilar jalb etiladi.
Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bо‘lgan, о‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bо‘yicha reytingi yuqori bо‘lgan professor va dotsentlar tayinlanadi.
Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari:
• iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
• iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni о‘rganish va ularni о‘z fadliyatida qо‘llash;
• yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va videoaudio texnikalarini о‘quv jarayonida keng qо‘llash.
• maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bо‘yicha takliflar kiritish.
IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BО‘LIMINING VAZIFALARI:
• iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish; – ta’lim olayogan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
• iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
• chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashg‘ulotlarni tashkil etish;
• fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy tо‘garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
• iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda kо‘maklashish;
• iqtidorli talabalarni respublika va halqaro miqyosda о‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda xorijiy davlatlarga о‘qishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;
• iqtidorli talabalar safidan О‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
• iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
• iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bо‘yicha kasb о‘yinlarini tashkil etish;
• iqtidorli talabalar о‘rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlarni о‘tkazib turish;
• marketing tadqiqotlari, buyurtmachilar talablarini chuqur о‘rganish va tashkil qilayotgan ta’lim xizmatlari banki asosida iqtidorli talabalarga bozor konyukturasini belgilovchi fanlarni tanlashda yordam kо‘rsatish;
Ona tili va adabiyot ish rejasi
Sirdaryo viloyatida Alisher Navoiy nomidagi axborot-kutubxona markazining adabiyot fondi yil sayin boyib bormoqda. Xususan, 2020-yilning yanvar holatiga koʻra, unda 203 ming 121 nusxada kitoblar mavjud boʻlgan boʻlsa, bu koʻrsatkich hozirga kelib 207 mingdan oshdi. Xoʻsh, kutubxona fondini toʻldirish va jamlashda foydalanuvchilarning taklif-soʻrovlari ham eʼtiborga olinadimi?
— Yangi kitoblar asosan foydalanuvchilarning soʻrovlariga koʻra olinadi, — deydi markazning axborot–kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari Zuhra Farmanova. — Soʻrov va takliflar ularga xizmat qiluvchi boʻlimlarimizda qabul qilinadi. Soʻngra bizning boʻlimga kelib tushadi. Talablarni tahlil qilib, soʻralayotgan adabiyotlarning roʻyxati shakllantiriladi. Va ularni iloji boricha tez muddatlarda nashriyot va kitob doʻkonlaridan sotib olib, fondimizga keltiramiz. Oxirgi marta, yaʼni oʻtgan yilning dekabr oyida olingan 255 nomdagi 697 nusxa adabiyotlarning hammasi ayni foydalanuvchilarimiz eng koʻp soʻrayotgan kitoblar hisoblanadi. Fondimizni boyitishni ikkita reja asosida amalga oshiramiz. Bir yilga moʻljallangan joriy rejamiz ayni foydalanuvchilarimiz takliflari asosida bajarilsa, besh yillik, yaʼni istiqbol rejamiz esa mavjud, lekin eskirib qolgan, eng koʻp oʻqiladigan asarlarni yangilab borishdan iborat.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan mavjud fondni elektron shaklga oʻtkazish ishlari ham jadal olib borilmoqda. Elektron kutubxonaga markazdagi barcha adabiyotlar toʻliq kiritildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.