Ona tili va adabiyot jurnali
Mavzu: Gapda so’zlar tartibi.
O’zbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi
1. Gap bo’laklari to’g’risida tushuncha bering.
2. Bosh bo’laklarni izohlang.
3. Ega va uning ifodalanishini ayting.
4. Kesim uning turlari, ifodalanishini tushuntiring.
5. Ega tarkibini holda kesim tarkibini misollar asosida izohlang.
1. GAP BO’LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT.
Gap bo’laklari dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga bo’linadi.
Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr asosan gapning grammatik
asosi orqali ifodalanadi. Gapning ega va kesimi bosh bo’laklar hisoblanadi. Ikkinchi darajali
bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlab, to’ldirib keladi. Ikkinchi darajali bo’laklarga to’ldiruvchi,
aniqlovchi va hol kiradi. Masalan: Mashina shiddat bilan qaltis tog’ yo’lidan uchib ketdi.
1. EGA VA UNING IFODALANISHI.
Gapda mutloq xokim vaziyat egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini
anglatuvchi gap bo’lagi ega deb ataladi. Ega keng ma’noda predmat tushunchasini bildirib,
kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko’rsatadi. Ega
bosh kelishikdagi so’z bilan ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? qayer degan so’roqlardan
biriga javob bo’ladi. Ega ikki sastavli gapning bosh bo’laklaridan biridir. Ma’lumki, gap biror
predmet yoki hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi. Demak, gap tuzilish
uchun asos bo’ladigan biror tushuncha kerak. Gapda butun bo’laklar ana shu asosiy tushunchani
ifodalash uchun to’g’ridan-to’g’ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so’zga yoki
birikmaga bog’lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo’lak tarzida o’qiladi. Bu hususiyat uning
shaklida ham ko’rinadi: Bunday xokim tushuncha bosh kelishik shaklida bo’ladi. Bu fikrlar
shuni ko’rsatadiki, ega gapda fikr ifodalanishiga asos bo’lgan bosh kelshikdagi xokim kismdir.
Eganing sintaktik jixatdan, asosan, ikki xususiyati bor.
1. U bosh bo’lak bo’lib, xech qanday boshqa bo’lakni izoxlamaydi, ya’ni biror bo’lakka
tobe bo’lmaydi, aksincha, boshqa bo’laklarni o’ziga tobe etib oladi.
1. Ega bosh kelishikda kelgan ot, olmosh va olashgan so’zlar bilan ifodalanishidir.
Masalan: 1) Qumri patirlarni dasturxonga tera boshladi. 2) Kimdir unga darrov bir kosa ovqat
keltirib berdi. 3) yaxshilikni qadrlovchi kishi o’zini munosib saqlar. 4) Bilimli o’zar bilimsiz
to’zar (Maqol)
Ega ba’zan-dan formasini olib kelgan ot bilan ifodalanishi mumkin. Bunga ega to’dadan
qismini, butundan bo’lakni ifodalaydi. Masalan: (Qalandarov) Qulluq! Ammo lekin hozirchalik,
nasiyaga olamizda, puldan yo’qroq. (U). . . Magazinga ajoyib uzumlardan keldi. Ega, odatda
va olmosh, otlashgan so’z, sifat, son, harakat nomi, sifatdosh, ravish, undovlar bilan ifodalanadi.
1. Eganing ot bilan ifodalanishi.
Qishloq quyuq daraxtlar ichida oppoq bo’lib ko’rinardi.
(SH.R)
2.Eganing olmosh bilan ifodalanishi. Ega bosh kelishikdagi kishilik, o’zlik, so’roq, belgilash,
gumon, birgalik, ko’rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
1) Biz fan va texnika barq urib rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz.
2) Ko’rganlari haqida o’zi gapirib berdi.
3) Bugungi seminarga kim qatnashmadi
4) Har kim o’z dardini aytar edi.
5) Devor ostidan allakim ko’ringanday bo’ldi.
6) Barchamiz institutini muvaffaqiyatli bitirish uchun kurashaylik.
7) Bular chap tomoni butazor, ung tomoni tukay bo’lgan arava yo’ldan borishdi (A.Q)
3. Eganing otlashgan sifat bilan ifodalanishi.
Sifatlar otlashib gapda ega vazifasida kelishi mumkin. Bunday vaqtda sifat aniqlab
kelayotgan so’z tushuriladi. Lekin uning ma’nosi sifatdan anglashilib turadi.
Masalan: Birinchi kundan boshlab unga katta-kichik samimiy xurmat bilan qaray
boshlaydi. (A.M.)
Sifatlarni otlashishi ko’proq maqollarda uchraydi.
Masalan: Mard bir marta o’ladi. (maqol)
4. Eganing son bilan ifodalanishi.
Masalan: Ikkalovlari atrofni qiziqish bilan kuzata boshladilar.
5. Eganing harakat nomi bilan ifodalanishi. Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir (maqol)
6. Eganing sifatdosh bilan ifodalanishi. Sifatdoshlar ham otlashib, gapda ega vazifasida
keladi.
Masalan: Birlashgan yovni qaytarar. (maqol)
7. Ravish va undovlar bilan ifodalanishi. Masalan: Ko’pimiz sport seksiyalariga aktiv
qatnashmayotirmiz. Dod-voy, ox-uf borgan sari kuchaydi.
8. Eganing turli so’zlari, xato ayrim tovushlari bilan ifodalanishi.
A. Har
yomonning bir ammosi bo’lishi kerak, har “yaxshi” ning bir lekini.
b| Childirmaning birdan ko’tarilgan “taka-taka, gijbang”i zalni yangratib, quloqlarni
qomatga keltirdi.
V) Shu ulug’ nomlar-la ochilda maktab, “M” budur va bunday yoziladi “G”
9. Otlashgan shaxsli fe’l bilan.
Keldi-ketdi kechasi allamaxalgacha davom etdi.
10. Fraziologik birikmalar bilan.
Uq otishimizga xali yetti qovun pishig’i bor.
11. Bir butun xolda qo’llaniladigan bog’lanmalar ega bo’lib keladi.
12. Son| miqdor bildiruvchi boshqa suv |Q ot tipidagi so’z birikmalari ham ba’zan
butunligicha ega bo’lib keladi. Bunday xolat bosh kelshikdagi ot kesim bilan yolg’iz o’zi
moslasha olmagan vaqtda yuz beradi.
Masalan: Uch og’a ini butun kun yo’l yurib, bir joyda tunaydigan bo’lishdi. G’folkG’
13. Har olmoshi bilan birikkan otlar ham gapda butunligicha ega bo’lib keladi.
Masalan: har saxifa jonli chamanzor kabi ko’zni qamashtiradi.
14. Egalik affiksini olgan bir soni va unga bog’lanib kelgan qaratqich yoki chiqish
kelishigidagi so’z butunicha ega bo’lib keladi.
Masalan: Dushmanning biri ham hatar G’MaqolG’
15. Gapda teng xolat ham ba’zan ma’lum o’zgarishlar bilan butunicha gapda ega bo’lib kelishi
mumkin.
Karimning diqqat bo’la boshlaganligi basharasidan ham bilinib turar edi. G’oG’ Bu gapda;
Karim diqqat bo’la boshlagan. Karimning diqqat bo’la boshlaganligi.
3. Kesim va uning ifodalanishi.
Ega xaqida tasdiq yoki inkorni, so’roqni bildirgan gap bo’lagi kesim deyiladi. Kesim egaga
tobe, o’ziga bog’lanib kelgan so’zlarga nisbatan xokimdir. Kesim turli so’z turkumlari bilan ifoda
qilinadi. Tuslangan fellar ikki sastavli gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda, gap bir
so’z orqali ham ma’lum intonasiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda
predikativli struktura jihatidan ko’pincha kesim orqali ro’yobga chiqadi. Demak, kesim egasi
maxsus so’z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo’ladi.
Gapda predikativligini anglatish har vaqt egani izohlashga asoslana bermaydi. Ifodaning
musbiy tugalligini yuzaga keltirishda kesim asosiy rol o’ynaydi. Kesim so’z yoki so’zlar birikuvi
bilan ifodalanadi. Bunday kesimli gaplar ikki xil konstruksiyada bo’ladi. Birinchi xil
konstruksiya ikki sastavli gap bo’lib, ularda keisim ma’lum ega to’g’risidagi xukumni ifodalaydi.
Demak, ikki sastavli gaplardagi kesim egani izohlab, unga tobe bo’lib keladi. Kesimni bir
tarkibli gaplarda kesim yolg’iz ifodalanib, egaga bog’lanmaydi, chunki eganing o’zi
ifodalanmaydi. Bunga gaplarda kesimdan anglashilgan bo’lishli yoki bo’lishsiz ish-harakat,
xolat yoki biror belgi maxsus bir predmetga-egaga bog’liq bo’lmaydi. Shaxsi noma’lum, shaxsi
umumlashgan gaplarda esa kesim ma’lum biror konkret shaxs bilan bog’lanmaydi.
Kesimning nuqtadagi funksiyasi gapni shaklantirishdangina iborat bo’lmay, balki
gapdagi sintaktik va semantik hususiyatlar asosida bir yoki bir necha bo’laklarning o’ziga
ergashtirib, fikrni to’la ifodalash imkoniyatini ham yaratadi. Kesimlar fel’dan tashqari, ot, sifat,
son olmosh, ravish, shunigdek, ravishdosh, harakat nomi bilan ham ifodalanadi. Qaysi so’z
turkumlari bilan ifodalanishiga qarab, kesimlar ikki gruppaga bo’linadi:
1. Fe’l kesim
2. Ot kesim
FE’L KESIM
Felning tuslangan formalari, ba’zan ravishdosh formasi gapda fe’l kesim bo’lib keladi.
Masalan:
1. Uning qo’l ostida.. yigirmadan ziyod odam ishlaydi. (P.K)
2. Ona rozi bo’lgach, suyunib ketdi. (M.G)
3. Quyosh ko’tarilib, atrofni yorita boshladi.
Fe’ldan boqa so’z turkumlari bilan, shunigdek, fe’lning harakat nomi formasi bilan
ifodalangan kesim ot- kesim deb yuritiladi.
1. Otning kesim bo’lib kelishi;
Xona ichi issiq, jimjit, dim. (N.F)
2. Sifatning kesim bo’lib kelishi;
Sen poksanu, men iflosmi?
3. Sonning kesim bo’lib kelishi;
Qilgan ishing yarimta. Biz qirqtamiz.
4. Olmoshning kesim bo’lib kelishi;
Ishongan bog’im, suyangan tog’im o’zingsan.
5. Ravishning kesim bo’lib kelishi;
Xali barg yozmay bezrayib turgan ikki tup sada tagida odam ko’p.
6. Harakat nmining kesim bo’lib kelishi;
Yashamoq, xalqqa va vatanga foyda keltirmoqdir.
7. Bir butun holda qo’llaniladigan bog’lamlarning kesim bo’lib kelishi;
Vatanimiz O’zbekiston Respublikasidir.
8. Turg’un birikmalarini kesim bo’lib kelishi;
Rais aytilgan fikrlarni ovozga qo’ydi.
Ot kesim, odatda bosh kelishik formasida bo’ladi. Ba’zan chiqish, jo’nalish, o’rin kelishigi
formalarida kelgan so’z ham kesim bo’lib kelishi mumkin.
Masalan: Xotin birdan o’zini tundlikka oldi. Xalimaxon u yerda, zikir xona bu yerda. Bu ishni
bajarish sizlardan. Kesimlar ba’zan modal so’zlar, yordamchi so’zlar, undovlar va hamda bor va
yo’q so’zlari bilan ifodalanadi. Bundan ular eganing keng ma’nodagi turli belgisini ifodalaydi.
Bu xil kesimlar hozirgi o’zbek tilida kam uchrab, asosan badiiy va ilmiy ifoda, chaqiriq ham
tabriklarda ishlatiladi.
Masalan:
1. Yetimlik ayib emas, inson uchun fazlu kamol lozim.
2. Ulug’ xind xalqiga qizg’in salom. (“Chaqiriq”lardan)
3. Boy oxiri voy. (maqol)
4. Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir.(maqol)
5. Betka aytganning zaxri yo’q.
Sodda va sostavli kesimlar
Kesimlar tuzilishi jihatidan sodda va sostavli bo’ladi.
1. Sodda kesim birgina so’z bilan ifodalanadi. Masalan:
1. Ochil buva bugun chinor bilan xayrlashmoqda. (As.M)
2. Bahor maysalariga to’yib-to’yib boqish uning orzusi.
Sodda kesimlar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi.
1. Sodda fe’l kesim.
2. Sodda ot kesim.
Sodda fe’l kesim bu fe’l hamda uning ravishdosh va sifatdosh formalari bilan ifodalanadi.
Masalan:
1. U keng va go’zal Nodirshox ko’chasiga chiqdi.
2. U barcha topshiriqlarni sidqidildan bajargan.
3. Bahor kelib gullar ochildi.
Sodda ot kesim Bu ot, sifat, son, olmosh bilan va fe’lning harakat nomi formasi bilan
ifodalanadi.
Masalan: 1. Bilaman, siz qo’li ochiq, bag’ri keng odamsiz
2. Yashamoq-kurashmoq.
3. Uning yarmi besh.
Sostavli kesim. Mustaqil so’z bilan yordamchi so’zlarning birikishidan tuzilgan kesimlar sostavli
kesim deyiladi. Sostavli kesim, odatda, so’zning analitik formasi bilan ifodalanadi.
Masalan: Biz o’quvchi bo’lamiz. Sostavli kesimlar ham ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Sostavli kesim.
2. Sostavli fe’l kesim.
Sostavli ot kesim fe’ldan boshqa so’zlarning bog’lama vazifasida kelgan ko’makchi fe’l yoki
to’liqsiz fe’l bilan birikishidan yuzaga keladi. Sostavli ot kesimda asosiy ma’no birinchi
elementda bo’ladi. Ikkinchi element esa qo’shimcha ma’noni ifodalaydi. Birinchi element
o’rnida ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, harakat nomi kelishi mumkin.
Masalan: Zaynabxon bolalar bog’chasida murabbiy edi. Bilim negizlarini qunt bilan egallash
kerak. Sostavli ot kesim harakat nomi kerak, zarur, lozim tipidagi so’zlar formasida ham bo’ladi.
Masalan: Maqsadga erishish uchun sidqidildan mehnat qilish zarur.
Sostavli fe’l kesim. Bu xil kesimlar ikki yoki undan ortiq negizdan tuzilgan fe’llar bilan
ifodalanadi. Bunda o’zining leksik ma’nosini saqlagan fe’l yetakchi fe’l hisoblanadi.
Qolganlari esa ko’makchi fe’l bo’lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi
bilan bog’liq bo’lgan turli qo’shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Yetakchi fe’l asosan
ravishdosh formasida bo’ladi.
Masalan:
1.Eshikni qo’qqisidan ochilishi Vali akani cho’chitib yubordi.
2.Tong oralig’i asta-asta torayib braverdi. (S.N) Sostavli fe’l kesim ayrim hollarda juft
fe’llar bilan ifodalangan bo’ladi.
Masalan:
1. Gapning naq onasini aytdingiz-qo’ydingiz.
2. Onaxon yangi qaynoq ishning o’rtasidan tushdi-qoldi. (A.M)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbek tili (Universitet va pedagogika inistitutlar uchun) qayta
ishlangan 2 nashri. T., “O’zbekiston” 1991 y.
U. Tursunov, J,Muxtorov, SH. Raxmatullayev, Xozirgi o’zbek adabiy
Tili. T, “O’zbekiston” 1992 y.
2. A. Nurmanov va boshqalar O’zbek adabiy tilining nazariy sintaksisi.
T., “Fan”, 1992 y.
3. R. Rasulov. So’z valentligi va sintaktik aloqa. “O’zbek tili va
adabiyoti” jurnali №5G’6. 1992 y.
4. A.Aliyev, K. Sodiqov O’zbek adabiy tili tarixidan (Universitet
talabalari uchun darslik) T., “O’zbekiston” 1994 y.
5. G’. Abduraxmonov, S. Mamajanov O’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv
yurti talabalari uchun darslik) T., “O’zbekiston” 1995 y.
6. M. Mirtojiyev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi.
“O’zbek tili va adabiyoti jurnali” №2. 1995 y.
7. F. Ubayev, R. Saydullayeva, To’liqsiz gaplar xaqida ba’zi bir
muloxazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali №1. 1997 y.
A. Xojiyev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir.
“O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y.
Mavzu: Gapda so’zlar tartibi.
Tayanch iboralar: Gap, gap bo;laklari tartibi,
odatdagi tartib, o’zgargan tartib (inversiya)
Mavzuga doir muammolar.
1.
So’zlar tartibi t’g’risida ma’lumot bering.
2.
O’zgargan tartibni tushuntiring.
3.
Odatdagi tartibni izoxlang.
4.
So’z tarkibini o’zgarishi ma’noga ta’sir etishini misollar asosida
tushuntiring.
Gap bo’laklarining tartibi o’zbek tilida asosan erkindir. Ularning o’rinlarni
almashtirish gramatik xolatni ko’pincha o’zgartirmaydi. Masalan: Tush kezlari
oftob elkani qizdiradi. (U. X.) Oftob tush kezlari elkani qizdiradi.
Bu gaplarda so’zlarning o’rinlarini almashtirish gramatik xolatni
o’zgartirmagan. Lekin gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, ya’ni hahar
gal boshqa-boshqa gap bo’lagiga odatdagidan ortiq ahamiyat berilgan. So’z
tarkibini o’zgaptirish gramatik holatga ta’sir etishi mumkin. Bunday vaqtda
ma’no ham o’zgaradi. Bu hol ko’pincha gap bo’laklarining vazifasi o’rniga
belgilanganda yuz beradi.
1. ega bilan kesimning tartibini o’zgartirsak, ega kesim bo’lib qoladi, kesim
ega bo’lib qoladi.
Masalan: Ikki o’n besh – bir o’ttiz. Bir o’ttiz – ikki o’n besh.
2. sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o’zgarsa,sifatlanmish ega,
sifatlovchi kesim bo’lib qoladi.
Masalan: Chiroyli bino – Bino chiroyli.
3. Qaratuvchili birikmada qaratuvchi belgisiz bo’lsa, ularning o’rinlarini
almashtirsak, qaralmish ega, qaratuvchi kesim bo’lib qoladi. Bu ko’pincha
qaralmish ko’makchi otlar bilan ifodalanganda yuz beradi.
Masalan: Institut oldida – Oldi institute. Soy o’rtasi – O’rtasi soy.
O’zbek tilida so’zlar tartibi asosan, erkin bo’lsa ham, uning ma’lum normative
xolati bordir. Bu muayyan tartib bo’lib, turli mazmunli gaplarda turlicha bo’ladi.
Agar bu muayyan tartib, ya’ni gap bo’laklarning normative tartibi o’zgarsa, jonli
tilda va she’riyatda uchraydi. Inversiya xossasini o’zgargan tarkib deyiladi.
O’zgargan tartibda gap bo’laklarining odatdagi tartibi boshqacha bo’ladi. Bunda
o’qiyotgan yoki tinglayotgan kishining diqqatini o’rni o’zgartirilgan bo’lakka jalb
qilish ko’zda tutiladi. O’zgargan tartibda gap bo’laklari, odatda quidagicha
joylashadi.
1. Ega kesimdan keyin keladi, masalan: a) Yashasin tinchlik,
b) Xursandliligidan shoshilib qo;di chol.
2. To’ldiruvchi kesimdan keyin kelsdi, masalan: a) To’xtat suvni!
3. Vaziyat holi Fe’l – kesimdan keyin keladi, masalan; Mayin shamol esadi gir-
gir.
O’zbek tilida ega sostavi gap boshida keladi, oxirida esa kesim keladi.
Ikkinchi darajali bo’laklar asosan, shular orasiga joylashadi. Bunday tartib oddiy
xabar mazmundagi gaplarda bo’ladi. Har bir gap bo’lagiga nisbatan tartib
quyidagicha bo’ladi:
1. Ega odatda gap boshida keladi: Dolimov bu gaplarni yurakdan aytdi. Yoyiq
gapda ega ba’zan kesim oldida ham keladi. Bunday holatda uning gapda tutgan
o’rni yanada ortdi. Masalan: Shu dam Maloxatga qadimiy Sharq bozorlarini
serqatnov ko’cha eslatdi. Ba’zan gapning oxirida ham keladi. Bu vaqtda undan
oldin kelgan gap bularga odatdagidan ortiq ahamiyat berilgan bo’ladi.
Masalan: Arslonqulning yo’lini to’sib gapirdi chol! (O).
2. Kesim odatda gapning oxirida keladi. Masalan: Daryo uzoqdan tovlanib
ko’rinar edi.
3. Vasitasiz to’ldiruvchi ko’pincha fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Dilshod
kimningdir kuzatib turganini payqagan edi. Bu tartib o’zgarishi ham mumkin.
Ba’zi hollarda to’ldiruvchidan boshqa bir bo’lakka odatdagidan ortiq ahamiyat
berilgan bo’ladi. Masalan: Zamirani ko’m-ko’k dalada dars tayorlab o’tirgan
holatda uchratdim. Vositali to’ldiruvchilar ham, odatda, kesim oldida keladi.
Agar kesim oldida vositasiz to’ldiruvchi bo’lsa, vositali to’ldiruvchi undan oldin
keladi. Masalan: O’qituvchi uyga berilgan vazifani hammadan so’rab chiqdi.
Vositali to’ldiruvchi ba’zan gap oxirida keladi. Bunda ham unga e’tibor brilgan
bo’ladi. Masalan: Men hech narsaga tushunmadim bu gaplaringdan.
4. Hol asosan kesimdan oldin keladi. 1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan
egadan keyin, ya’ni kesimga oid so’zlardan oldin yoki kesim oldida keladi.
Masalan: 1. Kecha yosh xavaskorlar to’plandilar. 2. Cho’ponlar tong otishi bilan
qo’ylarini Samarqandga haydab ketdilar. (S.A.) 3. Xasanali Otabekda shu
vaqtgacha ko’rinmagan qiziq bir holatga besh-olti kundan beri ajablanar edi.
(A.K). Payt holi ba’zan gap oxirida keladi. Masalan: Suvni tekis ichadigan
yo’sinda jo’yak oldirasan, keyin. (O)
2. O’rin holi, odatda, fa’l kesim oldida keladi. Masalan: Bu kuylarni farg’onani
Marg’ilonida eshitdim. (A.K.)
3. Ravish holi, odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: bizning jamoa bu yilgi
ishga astoydil kirishdilar.
4. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida, ichida keladi.
Masalan: Soch oldirish uchun Yolchi chopiqqa chiqmasdan oldin guzarga chiqdi.
(O). Men Azizning xatosini bo’yniga qo’yish uchun necha kundan beri kuyib
pishaman. (A.M.)
5. Miqdor-daraja hollari ham odatda kesim oldida keladi. Masalan: Biz yosh
xavaskorlar to’garagi a’zolarining uzoq kuzatib turdik.
6. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o’zgartirilsa,
ularning gramatik holati, ma’nilari ham o’zgaradi. Sifatlovchibirdan ortiq bo’lsa,
ularning tartibi quyidagicha bo’ladi:
1. O’qiyotgan yosh bola, Guvirlayotgan zo’r shamol.
2. Son (yoki miqdor bildiruvchi boshqa so’z) ] sifat ] ot: beshta mevali daraxt,
ko’pgina yangi binolar.
3. Olmosh ] son ] ot: mana shu bitta daftar, o’sha o’nta kitob, mana bu o’n
talaba.
4. O’xshatish bildiruvchi so’z ] sifat ] ot; senday qaxramon kishi, Zamiradek
serg’ayrat qiz.
5. Sifatdosh ] son ] ot; o’qiyotgan o’nta talaba uch qiz.
Nazorat savollari:
1.
Gap bo’laklari tartibi haqida ma’lumot.
2.
Odatdagi tartibni tushuntiring.
3.
O’zgargan tartib (inversiya).
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta
ishlangan 2- nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.
2.
A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.
3.
R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti”
jurnali № 5-6 1992 y.
4.
A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari
uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.
5.
B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv
yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.
6.
M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va
adabiyoti” jurnali № 2 1995 y.
7.
F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir
mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1 1997 y.
8.
A. Xo’jiev. So’zining morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va
adabiyoti” jurnali 1998 y.
Ona tili va adabiyot jurnali
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Til va adabiyot ta’limi
2008-yildan boshlab «Til va adabiyot ta’limi» jurnalining nashr etilish muntazamligi har oyda bir marta, bir yilda 12 ta sonni tashkil etdi, «Преподавание языка и литературы» jurnali esa har bir yarim oyda bir marta, bir yilda 8 ta son nashr qilina boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassisligidagi «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» ilmiy-metodik jurnallari mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida til va adabiyot fanlarini o‘qitish, amaliyot va nazariya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash hamda davlat tili va xorijiy tillarning o‘qitilishidagi muammo, ularning yechimlariga doir yangiliklarni amaliyotchi-pedagoglarga yetkazishga xizmat qilmoqda.
Jurnalga obuna bo‘ling
chegirmalarni oling va yangi mahsulotlar haqida bilib oling
Axborotnomaga obuna bo’ling- BOSH SAHIFA
- Tahririyat
- Tahririyat haqida
- Tanlov hamda aksiyalar
- «Eng faol filolog-muallim – 2019»
Copyright © 1991 «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» – «Language and literature teaching»