Ona tili va adabiyot milliy sertifikat
Davlat test markazining izohlashicha, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.
ONA TILI VA ADABIYOT| ATTESTATSIYA| MILLIY SERTIFIKAT
Ona tili va adabiyot faniga ixtisoslashtirilgan kanal .
Biz bilan 0 dan mukammallikga erishasiz.
Biz bilan bog’lanish: @Murojaat_qabul_bot
Телеграм канал ONA TILI VA ADABIYOT| ATTESTATSIYA| MILLIY SERTIFIKAT @kreativ_ustoz добавлен на наш сайт 19.07.2022
Пожаловаться на контент
Пожаловаться на контент
Другие интересные каналы
ONA TILI VA ADABIYOT| ATTESTATSIYA| MILLIY SERTIFIKAT
Статистика
Подписчики
Посты (30 дней)
Средний охват (сутки)
Средний охват (30 дней)
Рост подписчиков
Публикации
Просмотры
Средний охват + ERR%
Владелец канала не предоставил расширенную статистику, но Вы можете сделать ему запрос на ее получение.
Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.
Отправить запрос
Владельцу канала придёт уведомление
Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.
Ona tili va adabiyot milliy sertifikat
Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikatga tayyorlanuvchilar uchun maxsus bepul kanal
About
Blog
Apps
Platform
Milliy sertifikat | Ona tili
2.55K subscribers
O‘chdi(olov) noto‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
Gaplarni qaysi vosita bog‘laydi va munosabat
Milliy sertifikat | Ona tili
Fikr so‘zi qaysi gapda maslakka o‘zgaradi? Variantlari esda qolmagan ushbu kitobda qanday fikr ilgari surilgan deganga o’xshagan javob edi @onatilitestlar
Forwarded from ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Kechagi milliy sertifikat uchun Ona tili va adabiyot imtihoniga kirgan ustozning fikrlari.
Milliy sertifikat olaman deb.
(Mulohaza)
Imtihon savollarini o‘qirkanman , noto‘g‘ri ish qilganimni tushundim.Bu testlarni ustozimiz Omonullo Madayev aytganlaridek bolasi yo‘q(befarzand) odam tuzgani aniq edi.Qo‘liga qalam berib ,”Test tuzing” desa,yeng shimarib butun “ilm”-u “tajribalari”dan foydalanib, o‘qituvchi-yu abituriyentni “ko‘karmasligini” niyat qilib, “ilohi yecholmagin” deb dam solib,”,yechsang,rozimasman” deb qarg‘ab(astag‘firulloh) tuzganmi,deb o‘ylab qoldim.Savollar kitobi-yu javoblar varaqalarini yirtib,mayda-mayda qilib axlat paqirga tashlab chiqib ketmoqchi bo‘ldim-u,bunday qilolmadim.Qilolmayman ham-da.Men ingliz tili yoki rus tili kabi tuzukroq fan o‘qituvchisi ekanmanmi,bunday qilib.Biz qatori o‘qib,ishlab yurgan do‘stlarimiz ozgina tayyorgarlik bilan Ielts yoki S1 sertifikat olib 50 foizli ustama bilan ishlab,ba’zida “chet”ga ketsammikan,axir imtiyozim bor ,deyishadi.
Aytishlaricha,informatika o‘qituvchisi (o‘tirgan joyida) imtihon topshirib,ustama olayotgan ekan.Shunday paytda “Nima,ona tili yerdan chiqqanmi,-deging keladi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida shuni aytamanki,maktabda biror tadbir sizsiz o‘tmaydi.Ora kunda insho,ora kunda bayon.Birov yo‘talsa “grippga qarshi”,birov sariq bo‘lsa “sariqqa qarshi”,giyohvanlig-u yong‘inga qarshi. Birovning tug‘i lgani-yu birovning o‘lgani sizga tegishli.
Ona tili o‘qituvchisi- qaymoq o‘qituvchi,
Yuguraverib oyog‘i – maymoq o‘qituvchi.
Men ahmoq shu paytgacha millat bolalarini aldaganimga afsuslanib ketyapman.Nima emish,yaxshi o‘qib,yaxshi mutahassis bo‘lib,ta’lim,tibbiyot,bank va boshqa sohalarda(o‘z yurtimizda) faoliyati yuritadigan kadrlar bo‘lishga intiling,yurtimiz iqtisodiyotini baquvvat qiladigan,uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shadiganlar,albatta,siz bo‘lasiz.( tavba)
Bizda “imkon ber, yuksalsin” degan gap yo‘q.
Qo‘limga mikrofon berib,mana shu bolalarining(ko‘proq qizlarining) ortidan kelib turgan ota-onalarga “nima deysiz” desangiz “Aziz ota -onalar, farzandlaringizga rus tili,ingliz tili,axborot texnologiyalari kabi muhim fanlarni o‘qiting,ilojini topsangiz eng rivojlangan mamlakatlarda o‘qitib,ishlating”- degan bo‘lardim.
Bechora qizlar.( sertifikatni qo‘lga kiritsam,keyin boshqa fanlardan bemalol tayyorgarlik ko‘raman, deb o‘ylashganda).Qizlarim, bu hali boshlanishi,hali kech emas.Siz o‘zingizni o‘zgartiring,siz fikringizni o‘zgartiring.
Bu nolish emas(nolishdan Alloh asrasin).Bir aytdim – qo‘ydim-da.
Siddiqali To‘xtasinov
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, deya Davlat test markazi xabar bermoqda.
Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi. Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.
Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
Davlat test markazining izohlashicha, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.
Таълим / Образование
Она тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонлари қачон ўтказилади?
Она тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонлари қачон ўтказилади? Давлат тест маркази ушбу саволга жавоб берди.
Маълумки, 2022 йил 24 октябр куни математика, физика, кимё ва биология фанларидан миллий сертификат имтиҳонлари учун талабгорларни рўйхатга олиш бошланган эди.
Талабгорларни рўйхатга олиш 12 ноябрга қадар давом этди ва тест синовлари 4 ва 18 декабр кунлари бўлиб ўтади.
Ҳозирда талабгорлар томонидан она тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонлари ўтказиладими деган мазмунда кўплаб саволлар келиб тушмоқда.
Давлат тест маркази шуни маълум қиладики, ДТМ томонидан умумтаълим фанларидан миллий сертификат имтиҳонларини январ ойида ҳам ташкил этиш режалаштирилган.
Бунда миллий сертификат имтиҳонлари физика, кимё ҳамда она (ўзбек, рус, қорақалпоқ) тили ва адабиёт фанларидан бўлиб ўтади.
Ona tili va adabiyot milliy sertifikat
Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.
Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.
Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.
Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).
Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
Sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?
Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abiturientlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” (my.dtm.uz sayti) orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tganligimni qanday bilishim mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar kiritilganidan so‘ng talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.
Talabgor to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?
To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g`risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.
Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasini qanday bilishim mumkin?
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g`risidagi ma’lumotni o‘zining shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin.
Test sinovi natijalarini qanday bilishim mumkin?
Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 20(yigirma) ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Ushbu test sinovlarini topshirishim uchun men qaysi o‘quv materiallari yordamida tayyorgarlik ko‘rishim mumkin?
Test savollari davlat ta’lim standartlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqiladi.
Necha ball to‘plasam sertifikat olishim mumkin bo‘ladi?
Sertifikat olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plash zarur.
Sertifikatning amal qilish muddati.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.
Ijobiy natijaga erishsam, sertifikatni qanday olishim mumkin?
Sertifikat elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
Test sinovi balidan qoniqmasam, qayta topshirishim mumkinmi?
Ha, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.