Press "Enter" to skip to content

Ona tili va adabiyot o’quv dasturi

Har elning o‘z tiliga munosabati, hurmati va sadoqati nafaqat ota-bobolariga, balki o‘z millati va davlatiga bo‘lgan cheksiz ehtiromining ramzi hisoblanadi.Davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, uning sofligi va me’yorlarini saqlash, muntazam boyitib borish, nutq madaniyatini oshirish nafaqat o‘qituvchi-pedagoglarning, balki har bir millatdoshimizning insoniy burchidir.Albatta, ayrim shaxslarga 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash, adabiyot bo‘yicha bilimlarini baholash yoqmasligi mumkin. Ammo bu tilimizni takomillashtirish konsepsiyasi va dasturida o‘z ifodasini topgan. Bu zamon talabi hamdir.Bu jarayonlarga yordam berish bo‘yicha targ‘ibot ishlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining telegram kanalida tashkil etilgan rasmiy sahifasi …

Ona tili va adabiyot o’quv dasturi

“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari departamenti

  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Maslahatchi minbari
  • Tanlovlar
    • E’lon
    • Tanlov nizomi
    • Tashkiliy qo’mita
    • Umumiy ma’lumot
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Qo’llanmalar
    • Lug‘at va ensiklopediyalar
    • Badiiy-publitsistik adabiyotlar
    • Davlat tilini rivojlantirish faoliyati
    • Davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosi monitoringi
    • Atamashunoslik faoliyati
    • Geografik nomlash faoliyati
    • Rasmlar
    • Videolar
    • Audio
    • Til haqida hikmatlar

    0 % га катталаштириш

    • Bosh sahifa
    • Maqolalar

    Maqolalar

    Til haqida nutq

                                                                                                         Abdulla QAHHOR. Ayniqsa bahor kunlari majlisdan yomoni yo‘q! Ko‘cha-ko‘yga suqlanib qarab o‘tirganingizda bir odam minbarga chiqib, sartaroshning qaychisiday shaqqillayversa. har qanaqa odamning ham uyqusi keladi! Har qanaqa odam ham loaqal og‘zini ochmasdan esnaydi! Xabarim bor, ikki kundan beri gap eshityapsizlar. Shuning uchun meni bu majlisga taklif …

    Munosabat

    Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!Bugun barcha qatori men ham Prezidentimizning murojaatini ko‘rdim. Taassurotlarim yuqori darajada. Ijtimoiy davlat qurish yo‘lida keng qamrovli rejalar, amaliy loyihalar, dolzarb masalalar qamrab olingan. Ayniqsa, ikkita katta muammo bo‘yicha aytilgan fikrlar meni qattiq hayajonga soldi. Birinchisi, kelayotgan yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi. Haqiqatan ham, ta’limga alohida e’tibor, sifatli ta’lim orqaligina kelajakning mustahkam poydevorini qura olamiz. Bunday e’tibor uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim fidoyilari nomidan hurmatli yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ikkinchisi, “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oinayi hayoti” (Abdulla Avloniy) bo‘lgan ona tilimiz haqida aytgan quyidagi gaplari: …

    Oynali deraza, temir pechka, globus, kitob-daftar bilan jihozlangan birinchi Buxoro jadid maktablari – ta’minotchilar kim bo‘lgan?

    Jadidchilik harakatining tamal toshi jadid usuli maktablaridir. Bu harakatning asl maqsadi millatning o‘zligini tanitish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish, millat, Vatan istiqloli edi. O‘tgan asrlarda ne-ne buyuk alloma-yu olimlarni tarbiyalab yetishtirgan an’anaviy maktablar oradan bir necha asr o‘tib, jahon taraqqiyotidan butunlay uzilib qolgan, buning ustiga mustamlaka tuzumi tufayli parokanda ahvolga tushgan edi. Shuning uchun ham mahalliy maktablarni tubdan isloh qilish, zamon talablariga mos maktablar, oliy o‘quv yurtlarini tashkil etish jadid mutafakkirlarining asosiy vazifasiga aylangan edi. Buxorolik mashhur ma’rifatparvar adib, adabiyotshunos olim, shoir va dramaturg, O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur siymolaridan bo‘lgan Abdurauf Fitrat (1886–1938) “Bayonoti sayyohi …

    YURTIM JAMIYATI — QALBIM HAMIYATI

    Biz ezgu maqsadlarga yuragi to‘lib-toshgan xalqmiz! Ko‘nglimizdagi orzu-niyatlarimizga qarang — o‘ta sof, o‘ta shaffof, shu bois, ular mutlaq soyasiz. Dilimizga tukkan hech bir maqsadimiz “birovlarning bog‘i”ga soya tashlamaydi. Biz birgina o‘zimizga emas, butun bashar ahliga yaxshilik sog‘inamiz. O‘tmishdagi ajdodlarimiz ham burda noni bo‘lsa, boshqalar bilan bo‘lishgan. Shu tuproqda voyaga yetgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlarimizning bitiklariga qarasak ham faqat yaxshilik ulug‘langan, osoyishtalik eng nodir neʼmatlardan ekani bot-bot taʼkidlangan. Rosti, bugungi dunyoviy voqea-hodisalarni ko‘rib-kuzatib, tinchlik nechog‘li baxt ekanini yana bir karra chuqurroq his etmoqdamiz. Yoshi ulug‘larimizning har bir duosida tinchlik-xotirjamlik kabi tilaklarning nima sababdan bot-bot takrorlanib turishini ham …

    Shevalarga ko‘chgan joy nomlari: siz yashayotgan ko‘cha, qishloq, mahalla nomlari qadimiymi yoki zamonaviy?

    Bu dunyoda har kimning va har narsaning o‘z nomi bor. Nomlar aslida bir narsadan ikkinchisini farq qilish uchun qo‘llanadi. Bir kishidan ikkinchisini, bir hayvondan ikkinchi hayvonni, bir o‘simlikdan ikkinchi o‘simlikni yoki bir joydan ikkinchi joyni ajratish uchun nom qo‘yiladi. Ular atab qo‘yilgani uchun tilshunoslikda atoqli otlar, deyiladi va doimo bosh harflar bilan yoziladi.Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar davomida ko‘plab joy nomlari, ularning yozilishi, kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar to‘plashga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli geografik ob’ektlarning nomlarini o‘rganuvchi Toponimika fani sohalari bilan ham shug‘ullanishga to‘g‘ri kelmoqda. Toponimika (yunoncha …

    MILLATNING RUHI VA NURLI BOG‘ICHI

    O‘zligimiz ko‘zgusiSo‘nggi yillarda mamlakatimizda ona tilimizning rivoji, ravnaqi, barqarorligi yo‘lida bajarilayotgan keng qamrovli ishlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, kuzatib, ishtirokchisiga aylanib turibmiz. Poytaxt Toshkentda ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda. Shahar ko‘chalarida qad rostlagan ulkan inshootlar, ko‘rkam binolar nomlanishidagi xatoliklar, xorijiy tillarda yozilgan g‘aliz jumlalar, peshlavhalardagi tushunarsiz holatlarni bartaraf etish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi. Bu borada tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan bozor va ko‘chalar, jamoat joylarida uchrayotgan reklama, …

    “O‘Z TILIGA SADOQAT, BU VATANIY ISHDIR”

    Til — millat ko‘zgusiQadimiy til sifatida eʼtirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, maʼnaviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.1989-90-yillarda tilimizga sof o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarni kiritishga olimlarimiz ko‘p harakat qildi. Masalan, “uchoq”, “tayyora”, “tikuchoq” singari so‘zlarning asl maʼnosi berilsada, tushunsak ham qabul qilmadik. Bu haligacha davom etmoqda. O‘sha vaqtlarda qandaydir ko‘zga ko‘rinmas to‘siq bordek tuyulardi. Ammo, bugun-chi, nima uchun talaffuzi o‘z tilimizda aytiladigan, tushuniladigan so‘zlarni inkor qilyapmiz.Davr muammosini ko‘tarmoqchi emasmiz. Fikrimizcha, bugun ham milliy til va uning ravnaqi uchun g‘amxo‘rlik qilish bir guruh …

    Millatning eng qadrli boyligi, maʼnaviy qiyofasini aks ettiruvchi muhim vosita, bu – til.

    Ona tili ong-u shuurimiz, qalbimizga onalarimiz, buvilarimiz aytgan allalar, aytimlar orqali singadi. Ularning duolari bilan endigina tili chiqayotgan go‘dak ona tilini o‘rganadi. Inson uchun eng sevimli so‘z, shubhasiz, bu uning ismi. Qizlarimiz aytadigan xalq qo‘shiqlaridan biriga eʼtibor beraylik:Mudom tusharsiz yodima,  Ko‘p xat yozing o‘z otima,  Quloq soling faryodima,  Sevar yorga mendan salom.  Qo‘shiqdagi lirik qahramon xat aynan uning nomiga yozilishini, uning nomi tilga olinishini istaydi. Mana shu so‘zlargina uning dilidagi dardlariga davo bo‘la oladi. Ona tilimiz ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab, sayqallab kelgan muqaddas tushuncha.  Misol uchun, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida turkiy xalqlar …

    UCHINCHI RENESANSGA DAVLAT TILI BILAN ERISHAMIZ

    Inson ona tili orqali dunyoni o‘zlashtiradi, tarixini o‘rganadi, o‘zligini taniydi, maʼrifatli bo‘ladi. Shu tilda umr bo‘yi muloqot qiladi, faoliyat yuritadi, aslida bu ham katta baxtdir. Shunday insonlar, xalqlar borki, ularning ona tilisi davlat tili maqomida emas, ular yaxshi ishlash, farovon yashash uchun boshqa tillarni o‘rganishga majbur bo‘ladi. O‘zbek xalqi o‘z tarixi mobaynida ona tilida ish yurita olmagan, nutq so‘zlay olmagan davrlarni ham boshidan o‘tkazdi. O‘zi yashaydigan mahallani, tug‘ilgan joyni o‘z tilida nomlay olmagan paytlar bo‘ldi.            1989-yil 21-oktabrda ona tilimizga davlat tili maqomi berildi, yaʼni “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonun qabul qilindi. Bu – fikrni erkin …

    Tilning shakllanishi va rivojlanishini millat tarixidan ayro holda o‘rganib bo‘lmaydi

        Inson o‘z tilini mukammal bilishi, uni doim ulug‘lashi va shu bilan birga, boshqa millatlarning tiliga ham hurmat bilan qarashi yuksak madaniyatdan dalolat. Tilning shakllanishi tarixi, me’yoriy rivojlanish jarayonini millat tarixidan ayri holda o‘rganib bo‘lmaydi.O‘zbek xalqining buyuk siymolaridan biri mutafakkir, olim, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy barcha davrlarda butun turk dunyosi tomonidan «Shams ul-millat», ya’ni «Millat quyoshi» deb e’zozlab kelingan.  Umrini turkiy til mavqeyini yuksaltirish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosibdir.  Tarixchilarning ma’lum qilishicha, Alisher Navoiyning yangi yozib tugatgan …

    MILLIY NOMLARIMIZ YURTIMIZ KO‘RKIGA AYLANADI!

    Mulohaza Til ajdodlardan qolgan buyuk meros, millat shaʼni va iftixoridir. Tilda xalqning o‘zligi, o‘tmishi, buguni, anʼana va urf-odatlari, madaniyati, sanʼati o‘z aksini topadi. Shu sababli tilni eʼzozlash, uni asrash va himoya qilish masalasi har doim millat oydinlari eʼtiborida bo‘lib kelgan. Yurtimizda o‘zbek tilining qo‘llanish doirasini yanada kengaytirish, sofligini saqlab qolish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shunga qaramay, sohada kechiktirmay bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar mavjud. Shulardan biri tadbirkorlik faoliyati obyektlari, korxona, firma, isteʼmol tovarlariga berilgan nomlarning o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga qanchalik mosligi masalasidir. Bugungi fan-texnika taraqqiyoti asrida, yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlar davrida tilimizda yangi-yangi nomlar hosil qilinmoqda, …

    “O‘q-yoy xaltasi” ma’nosidagi “qo‘ramta”ning “qo‘ramtani qo‘zg‘ash” iborasiga aloqasi bormi? – mutaxassis tahlili

        Yaqinda noshir, adabiyotshunos do‘stimiz Sanjar Nazar feysbuk sahifasida “qo‘ramta” so‘zini eslatib qo‘ydi. Sanjar “qo‘ramtani qo‘zg‘ab qo‘ydi”yu, lekin uning “tafti” hali ketmadi (hazil). Ba’zi shevalarda “qo‘ramtani qo‘zg‘ash” degan ibora bor. Unutila boshlagan, sovigan janjal yoki bahs-munozarani qaytadan qo‘zg‘ash ma’nosida aytiladi. Ammo “qo‘ramta”ning o‘zi nima?     “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “qo‘ramta” so‘ziga shunday izoh berilgan: “qo‘ramta – (tarixiy) kamon o‘qlari solib, osib yuriladigan maxsus xalta” (II tom. 1981. 639). “Этимологический словарь тюркских языков” (ЭСТЯ) lug‘atida ham “qo‘ramta”ga berilgan izoh shunday. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kabi baxshilar aytgan dostonlarda ham “qo‘ramta” shu ma’noda ishlatilgan.       “Devonu lug‘otit-turk”da bu jihozning nomi “qo‘ramta” emas, “qurman”, Ergash Fozilovning XIV …

    “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”

    Til har bir millat madaniyatining o‘zagi va ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, anʼanalarini saqlaydi. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: «Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik …

    Tilimizning 3000 yillik tarixini tasdiqlovchi manbaa mavjud

        Maʼlumki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 73-maqsadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida buyuk ajdodlarimizning ilmiy, falsafiy, maʼnaviy-axloqiy, maʼrifiy-tarbiyaviy asarlari va qo‘lyozmalarini tadqiq qilish, ularni milliy hamda xalqaro darajada keng targ‘ib etish va ommalashtirish, nodir manba va qadimiy qo‘lyozmalar asosida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar ijrosini taʼminlashga ko‘maklashish belgilangan.    Shundan kelib chiqqan holda har yili “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan har yili tarixiy shaxslar ulug‘ allomalar asarlarini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi.    Ushbu …

    Til savodxonligi oiladan boshlanadi

    Til — millat ko‘zgusi    Tilning taraqqiyoti jamiyat, millat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Davlat tili maqomi esa uning har tomonlama rivojlanishi, taraqqiy etishiga imkon yaratadi. O‘zbek tilining istiqlol davri taraqqiyoti buning yorqin misoli bo‘la oladi. Bunday istiqbolli rivojlanish islohotlar, o‘zgarishlar, takomillashuvlar tilimizning leksikasida o‘z aksini topmoqda. Olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, moddiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘zbek tilimizning rivoji va taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.Mana, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganiga ham 33 yil to‘lmoqda. O‘tgan davr mobaynida tilimizning nufuzi va mavqei oshdi, ijtimoiy vazifasi va qo‘llanish doirasi kengaydi. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilmoqda.Istiqlol sharofati …

    ELNI BIRLASHTIRUVCHI VOSITA

    21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunQadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.1989-1990-yillarda tilimizga sof o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarni kiritishga olimlarimiz ko‘p harakat qildi. Masalan, “uchoq”, “tayyora”, “tikuchoq” singari so‘zlarning asl ma’nosi berilsada, tushunsak ham qabul qilmadik. Bu haligacha davom etmoqda. O‘sha vaqtlarda qandaydir ko‘zga ko‘rinmas to‘siq bordek tuyulardi. Ammo, bugun-chi, nima uchun talaffuzi o‘z tilimizda aytiladigan, tushuniladigan so‘zlarni inkor qilyapmiz.Davr muammosini ko‘tarmoqchi emasmiz. Fikrimizcha, bugun ham milliy til va uning ravnaqi …

    AVVALO ONA TILI.

                                    Mulohaza Tilshunos olimlar inson hayoti uchun suv va havo qanchalik zarur bo‘lsa, so‘z ham shunday ulug‘ maqomga egaligini doimo e’tirof etishadi. So‘z tirik jon yanglig‘ ilohiy ne’mat, unga yolg‘on, soxtalik aralashsa, ta’sir kuchi va jozibasini yo‘qotadi. Ravon nutq — hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydigan ma’naviy boylik. O‘z ona tilida, shu bilan birga, boshqa tillarda ham fikrini tiniq ifoda etishga qodir kishilar fazilat, aql-idrok bobida komillikka yaqin turadilar. Ulug‘ ajdodlarimiz bir emas, bir necha tilni  o‘rganib, shu tillarda ham barakali ijod qilishgan. Ma’mun akademiyasida, olis Andalusiyada jam bo‘lgan …

    O‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishdagi muammolar

    Kechmishi olis tarixga borib taqaladigan, o‘zining betakror yozma manbalariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biri bu-o‘zbek tilidir. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Darhaqiqat, o‘zbek tili shu kungacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda. Eng qadimiy manbalardan tortib, hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan adabiy ifodasi, ma’no qatlamlari, lug‘at tarkibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar bera oladi.O‘zbekning buyuk ma’rifatparvari A.Avloniy: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” deganlarida nechog‘li haq edi. U o‘sha paytda ham tilimiz haqida qayg‘urib, “milliy tilimizni saqlamoq …

    Millat hamiyatining muntazam himoyati

    Mamlakatimizda benihoya ko‘lamli islohotlarning naqd natijalari bois “Yangi O‘zbekiston” degan mag‘zi to‘q istiloh istifodasi urfga kirdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori yurtimizda mutlaqo tabiiy ravishda bosh g‘oya maqomiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining izchil va chinakam xalqchil siyosati tufayli inson qadri eng oliy qadriyatlardan biri sifatida eʼzozu eʼtibor, hifzu himoyat bag‘ridan muqim va mustahkam joy oldi.Shubhasizki, bu xalqimizning nelarni ko‘rmagan boshini ko‘kka yetkazdi. Zotan, o‘zbekning o‘lmas hikmat yombilari orasida “Qornimga emas, qadrimga yig‘layman” tarzidagi teran va dildagi adoqsiz og‘riq bilan aytilgan haqiqat ham bor. Inson bolasi, xususan, bizning ajdodlarimiz azaldan qorin qayg‘usi bilan emas, balki, …

    O‘zbek tilining milliy korpusi yaratiladi

        O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha  50 millionga yaqin kishi shu tilda so‘zlashadi. Keyingi yillarda davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, boshqa tillar bilan aloqalari istiqbolini belgilash, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari, elektron dasturlarni ishlab chiqish va o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.    “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Konsepsiyada o‘zbek tiliga oid …

    Til – bu millat ruhi

                Har bir millatning Vatani kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu ham bo‘lsa uning tilidir. Aynan til odamlarni bir millatga mansub xalq sifatida birlashtiradi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisi, xalqni xalq, millatni millat qiladigan ramzlardan biri sanalib, asrlar osha ajdoddan-avlodga meros bo‘lib yetib keladigan o‘zaro muomala vositasidir.Yer yuzida hozirgacha yashagan xalqlarning 7 mingga yaqin tili bo‘lib, ularning 96 tasiga davlat tili maqomi berilgan. Xalqlarning tarixi va bugunini o‘zida mujassam etuvchi asosi bo‘lib xizmat qiladigan so‘zlashuv vositasi bo‘lmish tillarning 2000 dan ortig‘ini 20 ta til oilasi (hind-yevropa, finugor, turkiy, mo‘gʻul, somhom, tungus-manjur, xitoytibet, …

    MASLAHATCHINING BIR KUNI.

    O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Muntazam ravishda lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritilishini taʼminlanishi yuzasidan tizim tashkilotlari va hududiy filiallarda Bosh direktor maslahatchisi tomonidan monitoringlar olib boriladi. Monitoring jarayonida ishlarning samaradorligi baholanadi, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etiladi, yo‘nalish bo‘yicha ishlarning yana-da takomillashtirish va jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi, hamkorlikda turli mavzularda tadbirlar o‘tkaziladi.Bugun Bosh direktor maslahatchisining huddi shu maqsadda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy filiallari faoliyatini o‘rganish uchun qilgan xizmat safari …

    Turk tilining tadrijiy taraqqiyotidan qisqa lavha

     Dunyodagi tillar qatori o‘zbek adabiy tili va unga urug‘dosh bo‘lgan turkiy tillar bilan birga o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega. Bunga ko‘pgina turkiyshunos olimlar turkiy adabiy tillar rivojlanish bosqichini mushtarak obidalarga ko‘ra eng qadimiy davr V-X asrlar deb hisoblasalar, XI-XIV asrlar davrini Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u  bilig”, Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at-ut turk”, Xoja Ahmad Yassviyning “Devoni hikmat”, Adib Ahmad Yugnakiynin “Hiybat-ul-haqoyiq” asarlari kitobiy til bilan xalq adabiy tili ta’sirida turkiy tillar rivojlanishi hamda mahalliylashishiga asos solinganligini ta’kidlamoqdalar. SHu bilan birga, mahalliylashish jarayoni turkiy tillarning bir-biridan farqlanishiga olib keldi. XIV asr oxiri – XIX asr ikkinchi yarmigacha …

    DAVLAT TILI VA RASMIY TIL MAQOMI

    Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan tildir. Odatda, ko‘p millatli mamlakatlarda, masalan, O‘zbekiston, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitusiyalarida belgilab qo‘yilgan. Davlatlarning ko‘pchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat tili maqomidan farqlanadi. Masalan, Shveysariyada konstitusiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — davlat tili sanaladi.Davlat tili maqomi darajasini O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, sho‘rolar hukmronligi paytida davlat tili haqida umuman gapirish ham mumkin bo‘lmagan, aksincha …

    MALAYZIYA – MEZBON VA MING TURFA MEHMON

         Yaxshi yangilik!Xabaringiz bo‘lsa kerak, joriy yil boshida O‘zbekiston xalqaro Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi – IBBYga aʼzo bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan yurtimizda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy hamda respublika bolalar kutubxonalari, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida Milliy sho‘ʼba tashkil qilindi. Endilikda o‘zbek yozuvchilari va ijodkorlari ham ushbu kengash tomonidan taʼsis etilgan tanlovlarda qatnashish va xalqaro miqyosda kitobxonlar eʼtirofiga sazovor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganligi mutloq quvonarli holdir.                                Xalqaro Kengash xususida Maʼlumki, Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi …

    Bir sandiq Soʻz

    IOʻz sepimga hayajonda koʻz soldim:Birdan qamashib ketdi koʻz oldim.Eng sara, eng goʻzal, eng dilbar –Onam sepimga bir sandiq Soʻz soldi. Bu soʻzlarni soʻzlaganda el dadil!Bu soʻzlarni soʻzlaganda er dadil!Bu soʻzlarni soʻzlaganda men – dadil!Ular meni baxt tomonga eltadi,Bir sandiq Soʻz bir umrga yetadi! “Alla, bolam, alla” desam bolamga.“Assalomu alaykum” deb olamga.“Xush keldingiz, xush koʻrdik” deb bot-botBir sandiq sepimga koʻngan Odamga! Atlas soʻzlar, adras soʻzlar, boʻz soʻzlar,Shoyi-ipak soʻzlar, banoras soʻzlar,Baxmal soʻzlar, movut soʻzlar, xos soʻzlar,Xoksor soʻzlar, balandparvoz soʻzlar!Oʻnta tilni biladigan tilmoch hamOʻz tilida gapirganda rost soʻzlar! Onam yana solibdi bir nayqamish.Momolarning oʻgitini payqamish:Uyda ona tili jaranglab tursa,Yov bostirib kirgani ham …

    Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

    O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir. Buning asosiy sabablaridan biri – global darajada davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga rag‘bat berib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tug‘ilish xavfini yuzaga keltirmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo‘liga qaytishini va global ta’minot zanjirlarining tiklanishini …

    ISTE’MOLCHILAR KO‘NGLIDAGI ISH

    O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda bugundan kuchga kirdi.Ko‘chalarda turli shakl-shamoyildagi, tartibli-tartibsiz tashqi yozuv, reklama, do‘konlarning peshlavhasiga ko‘zimiz tushadi. Reklama materiallari joylashtirilmagan televideniye, radio, bosma nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar ham yo‘q, hisob. Xo‘sh, reklama nima uchun kerak? Nima uchun bugungi kunda reklamalar pala-partish joylashtirilganiga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz? Tarqatilayotgan reklamalarning barchasi talabga javob beradimi? Reklama — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko‘riladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborotdir. Ishbilarmon va tadbirkorlar reklamaga alohida ahamiyat qaratishadi. Va bu orqali mahsuloti haqida kengroq ommaga …

    Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari

                Mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.Barchamizga maʼlumki, 1989-yil 21-oktabrda «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz.Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan ushbu kun – 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayram kuni” deb belgilandi. O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir. Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning ramzi sanaladi.Davlatimiz …

    TILIMIZ – BIZNING BIRLIGIMIZ VA BORLIGIMIZDIR

    Dunyoda yetti milliarddan ortiq odam umrguzaronlik qilayotgan bo‘lsa, shu insonlar yetti mingga yaqin tilda gaplashadilar. Jahonda millatlar so‘zlashadigan tillar kundan kunga kamayib, yo‘qolib bormoqda. Albatta, bu raqamlar achinarli holatni ifoda qilib turibdi. Qolaversa, o‘zbek tili qanchalik qadimiy va navqiron til bo‘lmasin bugungi texnika taraqqiyoti, globallashuv davrida o‘z o‘rnini saqlab turishi qiyin kechadi. Texnika taraqqiyoti tufayli yangidan yangi buyumlar, asbob-uskunalar yaratilib, ular yangi nomlar bilan yuritilmoqda. O‘zbek tilida bo‘lsa, quvonar edik, faxr-iftixor qilar edik, afsuski, boshqa tillarda nom berilmoqda. Xalqaro tajribalarni o‘rganish, hamkorlik qilish kerak, ammo bu ona tilini unutish hisobiga bo‘lmasligi lozim. To‘g‘ri, dunyoda sof …

    TILGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR

    Hazrat Alisher Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmatida olam-olam ma’no bor. Har bir millatning birinchi ramzi  uning tilidir. Til yashasa, millat ham barhayot bo‘ladi.O‘z ona tilini mukammal bilgan inson boshqa tillarni ham tez o‘rganadi. Tilning rang-barangligi, jozibasini his etadi. Bu borada o‘zbek tili, shubhasiz, dunyo tillari ichida so‘zlarga boyligi, o‘ziga xosligi, asrlar osha sayqal topib borayotgani bilan alohida ajralib turadi. E’tiborlisi,  milliy zabonimizda so‘zlashuvchilar soni tobora oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Yurtimizda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor keyingi yillarda yanada kuchaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda O‘zbek tili …

    YURIDIK TIL MILLIY ADABIY TILNING AJRALMAS TARKIBIY QISMIDIR

     Yuridik til-ko‘p ming yillik taraqqiyot va ko‘p avlodlar tajribasi mahsuli.U insoniyatning asrlar davomida to‘plagan huquqiy bilim va tafakkurini o‘zida saqlagan holda rivojlanib bormoqda.        Yuridik til-milliy adabiy tilning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, uning maxsus toifasini ajratadigan qator ma’no, gap qurilishi va boshqa xususiyatlarini qamrab oladi.  Yuridik tilning qadr-qimmati, uning nafosati, xususan, qat’iylik, mantiqiylik, qisqalik, to‘g‘ri va aniq ifoda etish tamoyillarini o‘zida mujassam etgan uslub ekanida namoyon bo‘ladi.Yuridik til har bir fuqaro qonunlarda bayon etilgan o‘z huquqlari va majburiyatlarini to‘la anglab olishi uchun sodda va tushunarli bo‘lishi kerak.Yuridik tilning tushunarli bo‘lishi har qanday fuqaro uchun huquq, qonun va …

    Yangami, opa? – “egachi” so‘zining lug‘at va shevalardagi bugungi ma’nosi

    “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da yozilishicha, ba’zi shevalarda “egachi” (“әkәji”, “egәch’”) deb akaning xotini, ya’ni yangaga nisbatan aytiladi. Ammo adabiy tilda, shuningdek, ba’zi shevalarda “egachi” deganda “opa” tushuniladi, “egachi-singil” – “opa-singil” demak.Bu so‘z “ega” so‘zidan yasalmagan, “Devonu lug‘otit-turk”da “ekā” so‘zi bor va shunday izohlangan: “ekā – opa. O‘g‘uzlar ezā deydilar”. Ba’zi o‘zbek shevalarida bu so‘z “acha”, “eja”, qirg‘izlar ham “opa”ni “eja” deydilar. “Boburnoma”da Bobur bu so‘zni “aka” shaklida qo‘llaydi, ammo “Mo‘g‘ullarning sirli tarixi” asarida “ākā” so‘zi “ona” ma’nosida qo‘llangan.“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da Sh.Rahmatullayev “egachi” so‘zini: “akaning xotini, yoshi katta xotinga ayol kishining murojaat so‘zi. Bu so‘z …

    TILINI ARDOQLAGAN MILLAT – MANGULIKKA DAXLDOR

    Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin hamda bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotir. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Mutaxassislarning fikricha, dunyo xalqlari bugungi kunda 7000 dan ziyod tilda gaplashsa, ularning faqatgina 200 ga yaqinida davlat tili yoki rasmiy til maqomi mavjud ekan. O‘tmishda …

    Hunarmandlar mahsulotlarining reklamasi davlat tilida raqamlashtiriladi

    Innovatsion rivojlanish vazirligining amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida “Turizm sohasiga sayyohlarni jalb qilishda milliy hunarmandlik mahsulotlari brendining axborot platformasini yaratish” mavzusi bo‘yicha Toshkent moliya instituti olimlari guruhi tomonidan topshirilgan innovatsion loyiha g‘olib topilib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. Nega bu mavzu tanlandi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Mamlakatimizda hunarmandchilik va turizm sohalarida ko‘pgina tadqiqotlar amalga oshirilgan, shu kungacha hunarmandlar uchun mo‘jallangan bir qancha veb sahifalar mavjud bo‘lsa-da, ularda mahsulotlar brendi himoyalanmagan, jozibadorligi yetarli emas. Yaʼni hunarmandlar mahsulotlari orqali sayyohlarni jalb qilish mexanizmlari mavjud emasligi ushbu loyiha yaratilishiga zaruratni yuzaga keltirdi. Milliy hunarmandlik mahsulotlariga QR-kod qo‘yish orqali mahsulot brendi …

    So‘zlar har doim ham “eski” bo‘lmaydi

    “Ma’rifat” gazetasining 2022-yil 27-iyul sonida e’lon qilingan Ilm-fan, texnika rivojlanib borgan sari tilda ham yangi tushunchalar paydo bo‘ladi. Shu paytgacha iste’molda bo‘lgan ayrim so‘zlar eskiradi. Yoki aksincha eskirgan deya qaralgan so‘zlar qayta “tirilish”i ham mumkin. Til shuning uchun ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Jamiyatda bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlar tilda ham o‘z aksini topa boradi.  Ayniqsa, uning lug‘at tarkibida tez aks etadi. Bu esa o‘z navbatida, tilga oid izohli lug‘atning ham yangilanib borishini taqozo qiladi. Shu paytgacha “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” uch marta (1981, 2006, 2020) nashr etilgan. So‘nggi nashr bilan bilan dastlabki nashr orasida qariyb qirq yillik …

    Til – ma’naviyat asosi

    Maʼnaviyat – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. Barchamizga maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlarini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi. Til esa hayotning boshlanishi. Inson o‘z ona tili yordamida yangi tushunchalarni anglay boshlaydi. Ona tili bizga ona suti bilan singdiriladi. …

    MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARDA MAS’ULIYATSIZLIKKA YO‘L QO‘YIB BO‘LMAYDI

    Prezident qarorlari hayotda va nazoratda.“Biz o‘z oldimizga jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida qo‘ydik”. Prezidentimizning mana shu aniq maqsadli, xalqimizning farovon hayoti yo‘lida ezgu harakatlar bilan yo‘g‘rilgan gaplarini eslaganda, har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi shartligi anglashiladi.Shu asnoda, har bir maqsadni amalga oshirishda strategik yondashuv ahamiyatini tushungimiz keladi. Bu, albatta, aniq maqsad va uzoqni ko‘ra bilib ish ko‘rish mahoratidir. Keyingi yillarda Prezidentimiz rahbarligida nimaki yutuqqa erishgan, xalqimiz turmushi farovonligini taʼminlagan bo‘lsak, ularning har biri zamirida davlat rahbarining nuktadonlik bilan amalga oshirayotgan xalqchil siyosati turibdi. Va, …

    Madh etish jasorat emas, nuqsonlarini yuziga aytolgan ijodkorgina haqiqiy shoirdir – Prezident maslahatchisining Erkin Vohidov haqidagi xotiralari

    Hayotda buyuk iste’dodli insonlar o‘z mehnati va ijodi bilan millat, xalq ma’naviyati va madaniyatiga yuksak hissa qo‘shishi bilan bir qatorda, favqulodda noyob qobiliyat egasi, butun bo‘y-basti bilan millat, xalq qiyofasini o‘zida aks ettiradigan kuchli bir tarixiy shaxs sifatida ham o‘chmas iz qoldiradi.Ana shunday shaxslardan biri  O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, butun umri davomida ona yurt, jonajon xalqining dard-u armonlarini kuylab o‘tgan inson Erkin Vohidovdir.Ustoz Erkin Vohidovning insoniy fazilatlari, ularning hayotlik davrlarida biz shogirdlarga bergan hayotiy saboqlari haqida uzoq hikoya qilish mumkin.Erkin aka bilan Toshkentda, Huvaydo mahallasida qo‘shni bo‘lib yashardik. 1981-1983-yillari Farg‘onada davlat xizmati organida ishlardim. O‘sha …

    Til ma’naviyati

    Insonning aqliy takomilida fanning, ruhiy kamolotida ma’naviyatning ishtiroki muhim. Aqliy takomilga erishgan inson o‘zining moddiy olamini bekam-u ko‘st qilishi bor gap, biroq kam-ko‘stsiz bu olam ma’naviyatsiz butun bo‘lmas. Ma’naviyatni qushning ikki qanotiga mengzalganining bosh sababi ham shudir. Odamiylikning chin omili sanalgan ma’naviyat odam bolasini shaxs sifatida shakllantiradi, biologik mavjudotdan insonlik rutbasiga ko‘taradi. Bu rutbaning yo‘rgagi axloqiy va ruhiy tarbiya bo‘lsa, beshigi til va adabiyotdir. Bugungi globallashgan dunyoda millat tiliga milliy o‘zlikni asrashning bosh sharti deb qaralayotgani ham shundan.Biz bilgan, o‘qigan adabiyotlarda ma’naviyatning katta tushuncha ekanligi, insonning butun axloqiy-ruhiy olamini o‘zida jam etishi aytib kelinadi. To‘g‘ri, …

    MILLIY O‘ZLIGIMIZNING BOSH MEZONI

    Har bir xalq o‘zi yaratayotgan moddiy neʼmatlar bilan faxrlanishga haqli. Ammo tabiatda shunday boylik borki, unga ega bo‘lmasdan, avaylab-asramasdan, rivojlantirmasdan turib kamolotga erishib bo‘lmaydi. U ham bo‘lsa, millatga berilgan ulug‘ neʼmat – tildir. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.Ajdodlarimizning milliy o‘zligimizning bosh mezoni hisobalangan tilga bo‘lgan bu darajadagi kuyunchakligini o‘sha davrdagi siyosiy-ijtimoiy talatoplar taqazosi sifatida qarashimiz tabiiy. Ammo ular bildirgan xavotirlar har qaysi davr uchun ham dolzarbdir. Taʼkidlash joiz, xalqimiz orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili …

    Xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilinmoqda

    O‘zbekiston Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan hozirda qator xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, quyidagi xalqaro standartlar:  – ASTM D 512 “Suvdagi xlorid ionlari uchun standart sinov usullari”; – ASTM D 1426 “Suvdagi ammiak azotining standart sinov usullari”; – ASTM D 3977 “Suv namunalarida cho‘kma konsentratsiyasini aniqlash uchun standart sinov usullari”; -ISO 8637-2 “Qonni tozalash uchun ekstrakorporal tizimlar. Gemodializatorlar, gemodiafiltrlar va gemofiltrlar uchun ekstrakorporal qon aylanishi”; – EN 1288-1 “Binodagi shisha – Shishaning egilish mustahkamligini aniqlash. Shishani sinash asoslari”; –  shular jumlasidan.O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan ikkinchi chorak davomida 3 ta davlat tilida Davlat standarti …

    Ona tilini bemehnat sevib bo‘lmaydi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda.Shu ezgu g‘oyaga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Zero, til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning maʼnaviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vositadir.Buyuk bobokalonimiz Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining “Hifzi lison” bobida: “Bobolarimizga yetushg‘on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak yo‘qolganlarini ham …

    Reklamalar–ma’rifat ko‘zgusi

     Bugungi kunda hayotimizni reklamalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yurgan yo‘lingizda turli hajmdagi reklama vositalariga ko‘zingiz tushadi.Beixtiyor o‘qiysiz. O‘zingizning ona tilingizda bo‘lsa-ku, ko‘nglingiz nurga to‘ladi. Tanish so‘zlar, tanish iboralar. Boshqa tilda yoki boshqa tildagi so‘zlar bilan aralash holda berilgan bo‘lsa ensangiz qotadi. Ba’zan ko‘nglingizdan o‘tgani tilingizga ham chiqib ketadi. Gapirib yuborganingizni bilmay qolasiz. Kimdir izza bo‘ladi, kimdir parvo ham qilmaydi, “Brend bu, opa”, deydi pinagini buzmay. Ayrimlari esa qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qabilida “Tadbirkorning ishiga aralashmang”, deb po‘pisa qiladi. Darvoqe, qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan shu yil 17-martda ma’qullangan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi …

    Ona tilim – faxrim, iftixorim !

     Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millat ruhi, or-nomusi.Maʼlumki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro muloqot tillarining asosiylaridan biri hisoblanadi. U hayotimizning har bir jabhasiga kirib borgan va siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishni osonlashtiradi, desak adashmagan boʻlamiz. Biroq har bir mamlakat oʻz tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni oʻziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi.Darhaqiqat, til –millat tafakkurining bebaho mahzani, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi.Oʻzbek tilining mavqeini yuksaltirish oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy …

    Majburiy ijro byurosida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida amalga oshirilmoqda

    Majburiy ijro byurosi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.Bugungi kunda Byuro organlarida ish yuritish davlat tilida amalga oshirilib, barcha ichki va idoralararo hujjatlar va yozishmalar o‘zbek tilida rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblangan o‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga e’tibor tobora oshib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o‘zbek tilining davlat va jamiyat …

    Nega tilimizni boshqa tillarga mag‘lub qilishimiz kerak?

    Nima uchun “водород” deymiz? Inglizchada u “hydrogen”, xitoy tilida “tsing”, yapon tilida “suiso”? Nima uchun turklar, arablar ingliz, fransuz tili orqali yunoncha istilohni olishgandek (“hidrojen”), biz esa ruscha shaklni olishimiz kerak edi? O‘zbek tilida vodorodni “suvzot”, kislotani (ingl. acid) “achitqich” deya olmasligimiz kerak edi? Axir “temir”, “oltin”, “ruh” degan kimyoviy unsurlar, “suv”, “tuz” moddalarini o‘zbekchada ataymiz-ku? Yana qiziq bir narsani kuzatdim: dunyoviy bilim yurtlari uchun chiqarilgan “Mantiq (logika)” adabiyotida ba’zi istilohlar rus tilidan kirib kelgan so‘zlarga duch kelsak, xuddi shu ma’nolarni aks etuvchi kalom mantig‘idagi iboralar tarjimasiz arab va fors so‘zlari ishlatilayotganini ko‘ramiz. Albatta, ikkala yondashuvda o‘zbek tiliga …

    Omikron, “omikron” yoki Omicron?

    Hozir koronavirusning eng keng tarqalayotgan shtammi mana shu – omikron. U turli nashrlarda turlicha yozilyapti. Аslida (https://t.me/oriftolib/1745) qanday yozish kerak?Omikron yunon alifbosining 15-harfi. Koronavirusning oldingi shtammlari ham yunon alifbosi harflari bilan nomlangan (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D1%82%D0%B0%D0%BC%D0%BC%D1%8B_SARS-CoV-2).Аlfa, beta, gamma, delta, omikron kabi soʼzlar bu oʼrinda koronavirusning variantini anglatyapti. Shu sababli ularni kichik harflarda va qoʼshtirnoqsiz, hech qanday chiziqchasiz yozish kerak. Shtammlar imlosi navlar (https://t.me/oriftolib/1716) imlosiga oʼxshaydi. Shtamm atoqli ot emas, yoki sarlavha emas. Ilmiy matnlardagina soʼzni qoʼshtirnoqda va bosh harfda berish mumkin. Chunki bunday matnlarning oʼziga xos talab va asoslari bor. Ommaviy axborot vositalari, telegram kanallar va oddiy yozishmalarda …

    “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida chop etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-son, PF-6084-son Farmonlarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 135-sonli va 410-sonli Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining buyurtmasiga binoan tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi tomonidan qoraqalpoq tilida tayyorlangan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” (davlat tilida ish yuritish) amaliy qo‘llanmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahrida 1000 nusxada chop etildi. Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to‘xtab o‘tilgan, ularga doir namunalar ko‘rsatilgan, ish yuritishga oid lug‘at berilgan. Qo‘llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv …

    Mahalla bilan hamkorlik yo’lida

    O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan uning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, Texnik jihatdan tartibga  solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti hududiy filiallarida maʼanviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar monitoringi amalga oshirildi. Shunday monitoring tizimi tashkilotlarning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida har bir viloyat hududiy filialining alohida namuna bo‘ladigan jihati ko‘rsatilib, boshqa filiallarda amalga oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Masalan, tizim tashkilotlarining Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududiy  filiali shahardagi …

    “Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!”

    So‘nggi paytlarda shu ibora juda mashhur bo‘ldi. Magazinchi G‘aybullayam, mahalladagi xotinlar ham, ikkichi Yoshvoy ham, a’lochi Toshvoy ham – hamma qo‘llayapti.Biror so‘z yoki iborani qo‘llashda uning asl mazmuni nima, boshqa ma’noda ishlatsa, to‘g‘ri bo‘ladimi-yo‘qmi – o‘ylab ko‘rish kerak, albatta.Sarlavhadagi jumla, asosan, tug‘ilgan kun tabrigi sifatida ishlatilyapti. Lekin shukrona kuni iborasini tug‘ilgan kun ma’nosida qo‘llash xato.Shimoliy Amerikada, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada keng nishonlanadigan bayram bor – Shukrona kuni. Marosim nomi o‘zbekchada Shukronalik kuni shaklida ham ishlatiladi. U Yangi yilgacha davom etadigan bayram mavsumini ochib beradi.Yangi yerlardan baxt izlab yo‘lga chiqqan angliyaliklar ummon oshib, 1620-yil noyabrida hozirgi Massachusets shtati hududlariga kelib tushadi. Yuz kishiga yaqin muhojirning yarmi qahraton …

    Qarisi bor uyning parisi yo‘q

    Qofiya so‘zni ta’sirchan, esda qolarli qiladigan vosita. Lekin qofiya qilaman deb ma’noni ko‘chada qoldirish yaramaydi.“Qarisi bor uyning parisi bor” degan maqolni eshitgan bo‘lsangiz kerak. To‘liq shakli:Qarisi bor uyning parisi bor, Parisi bor uyning barisi bor.Mana shu maqolda ma’no ko‘chaga quvilgan. Nega deysizmi?Pari asli forscha so‘z, o‘zbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi:1. Sharq xalqlari og‘zaki ijodida keng tarqalgan, juda go‘zal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz; go‘zallik ramzi:Qari bilganini pari bilmas. (Maqol)2. Ko‘chma ma’noda: juda go‘zal, xushro‘y ayol, nozanin:– Sizni shu pariga uylantirib qo‘yaymi? – dedi Tojiboy.  P. Tursun, O‘qituvchi.Endi shu maqoldagi pari so‘zini bu ikki ma’noda tushunib ko‘ring. Mantiqli ma’no topolmadingizmi? Topolmaysiz ham. Qorong‘i …

    MILLATNING BUYUK TARIXI

    “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” Abdulla AvloniyMa’lumki, o‘zlikni anglash, ma’naviy yuksalish, milliy ong va tafakkurning ifodasi, shuningdek, ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Haqiqatdan, hayotni kuzatsangiz, ko‘p o‘qigan, hayotni ko‘p kuzatgan, teran ma’naviyatli, odobli, ilmli, madaniyatli inson bilan suhbatlashganimizda ularning ovoz ohangidagi samimiylik, inson dilini yorituvchi yoqimli so‘z sehri o‘ziga maftun qilib qo‘yadi. Bunday insonlar teran, sokin daryoga o‘xshaydi. Ular shovqin-suronsiz oqadi. Bir insonning ikkinchi bir insonga intilishi, uni dil qumsab, sog‘inishi zamirida muomala madaniyati yotadi. Jamiyatning rivojlanganligi, uning madaniyatlilik …

    O‘zbek tiliga maftun turk qizi: Burcu Yilmaz bilan suhbat

    Turkiyalik qizning ilm yo‘lida O‘zbekistonga tashrifi va o‘zbek tiliga muhabbatidan hayratlanib, u bilan suhbat qurishga oshiqdik. Suhbatni ramziy ma’noda Abdulla Qodiriy uy muzeyida tashkil etib, Qodiriy yurgan yo‘llar aro o‘tkan kunlarimizni birga xotirladik. Ayniqsa, Burcu «O‘tkan kunlar»dan parcha o‘qiganida, unga mehrim tovlanib ketdi. Bu, millatning o‘tkan kunlari yodi bilan yashayotgan, o‘z ona tiliga ishqi va hurmati baland har bir o‘zbek uchun faxr! Burcu Yilmaz Istanbul universiteti, Turkologiya taqdqiqotlar instituti doktoranti.– Burcu, O‘zbekistonga xush kelibsiz! Bu Sizning O‘zbekistonga ilk tashrifingiz-a? Taassurotlaringiz qanday? –  Bu mening O‘zbekistonga birinchi kelishim emas. Ilk bor 2018-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek …

    “Masnaviy”dan ibratli hikoyatlar

    Nahv ilmimi yoki mahv ilmi? Inson ta’rifi, dunyo hashamati, do‘st tanlash haqida hikoyatJaloliddin RUMIY Teri qo‘ldan ketarKo‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.Odam aytdi:— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.— Xo‘sh, xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin. Tovusning go‘zalligi o‘ziga dushmanBir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi:— Ey go‘zal qush. Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging …

    NUQTAYI NAZAR: BUGUNGI BRENDLAR HAQIDA

    O‘z mehnatini, hayot tarzini, hududi va madaniyatini ma’lum bir simvollarda, ya’ni zamonaviy ibora bilan aytganda, brendlar orqali ifodalash insondagi qadimgi mashg‘ulotlardan biridir. Masalan, qadimgi totemistik tasavvurlar qavm, urug‘ sig‘inadigan hayvon obrazi, simvoli tarzida ifoda etilgan, mazkur brendni rad qilish, toptash aslo mumkin emasdi. Taniqli etnograf va madaniyatshunos E.Taylor totemizm va animizm ibtidoiy kishilarning, qavm va urug‘larning “hayot falsafasi” bo‘lganini ta’kidlaydi. Bu falsafa totem obrazida, simvolida ifodalangan. Masalan, turk qavmlarida bo‘ri shunday simvol bo‘lgan.Ilmiy-texnik rivojlanish brendni tovar, arxitektura, lokal madaniy hayot, hatto etnik identifikatsiyalash san’atiga aylantirdi. E.Vohidov kuylagan do‘ppi (“Boshda do‘ppi g‘oz yurasan gerdayib”) o‘zbek etnosining …

    “Men yaralishimdayoq insonparast edim”

    – “Vatanim  meni  suymas  ekan,  men  uni  sevganligimdan,  ulusim  meni  tanimas   ekan,  men  uni  taniganligimdan,  Vatan  ustida  bo‘layotgan  tarixiy  o‘zgarishlarni  va  ham  buning  kelajakdagi  yaxshi-yomon  natijalarini  ko‘rsatib,  Vatan  bolalariga  ulgu  (namuna)  bo‘lgudek,  boshqalar  bundan  ibrat  olgudek  tarixiy  bir  asar  yozishga  kirishdim.  Biroq,  men yolg‘izgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim. – Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. …

    Jaloliddin Manguberdi va Jaloliddin Rumiy qarindoshligini bilasizmi?

    Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169–1220-yillarda yashagan va 1200–1220-yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172–1200-yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh (yoki Abul Muzaffar Takesh) ning o‘g‘li.Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya’ni jiyani hisoblanadi. Bu haqida tarix fanlari nomzodi Murodulla Mirzayev ilmiy izlanishlarida keltirib o‘tgan.Qayd etilishicha, Jaloliddin Rumiy (Balxiy) 1207-yil 30-sentabrda Afg‘onistonning Balx shahrida tavallud topib, 1273-yilning 17-dekabrida Turkiyaning Ko‘niya shahrida 66 yoshida vafot etgan. Uning otasi islom va tasavvuf ilmining taniqli siymolaridan biri, “Sulton ul-Ulamo” (“Olimlarning sultoni”) …

    Chetso‘zlarning muqobili – bir asr oldingi yechim, bugun davom etayotgan muammo

    Keyingi vaqtlarda o‘zbek tilining mavqeyi haqida bildirilayotgan ko‘plab fikr-mulohazalarni o‘qishimizga to‘g‘ri kelayapti. Xullas, soha mutaxassislari ham, oddiy odamlar ham, talabalar ham uning jamiyatimizda egallagan o‘rnidan rozi emas. Muammo shundaki, tilning jamiyatdagi mavqeyini har qancha qaror-u farmonlar bilan ham, janjal-u majlislar bilan ham mustahkamlab bo‘lmaydi. Faqatgina jamiyatda kitobxonlikni muttasil rivojlantirish, targ‘ib etish lozim.Munavvar qori tayyorlagan boshlang‘ich sinf darsligida 50 ga yaqin sodda, lekin ibratli hikoya va she’rlarni, Elbekning “O‘rnak” darsligida yuzdan ortiq maqol va matallarga boy ibratli hikoyalarni sanadim. Ular o‘quvchilarning ongiga milliy qadriyatlar va o‘zlikni singdirgan. Bolalarimizda badiiy tafakkurni o‘stirish uchun bayon va insholarni qaytarish …

    Tilda machchoyi sayil

    Til – shunchaki gapirish yoki yozish emas, til – odamning tiynati, dil oynasi, madaniyati. Odam olgan jami tarbiyalarning hosilasi. Ataylab shevada yozish, farqi yo‘q, kinofilmda aktyorlarni gapirtiramizmi yoki televizorda o‘zimiz mahalliy vatanparvarlik qilamizmi, bu bilan ma’naviy cheklanganimizni, ma’nan qashshoqligimizni ko‘z-ko‘z qilamiz. O‘ylamaylikki, shu bilan tilimga tabiiylik beraman, hammahallalarimizga yaqinroq bo‘laman deb. Aksincha. Adabiy tilni buzishga jinoiy modda qo‘yilmagan, chunki bunga jazo millatning javobgar a’zosi sifatida har bir odamning o‘zi bilan.Hozirgi adabiy tilimiz ne-ne asrlar davomida qancha minglab ijodkorlarning tinimsiz mehnati hosilasi ekanini bir o‘ylab ko‘raylik. Til tarixini gapirganda O‘rxun-Onasoy yodgorliklaridan boshlaymiz, “budun”, “ulus”, “qoon”, “ochun”ni …

    «OMON YOR» QO‘SHIG‘INING PAYDO BO‘LISHI…

    Biz yaxshi bilgan o‘sha “Omon yor” — u “bosmachi” deb atalganlar taqdiriga bog‘liqmi?Omoncha ingrasangchi, Omon yor, Belingni bog‘lasangchi, Omon yor. Belingni bog‘lab olib, Omon yor, Jo‘ramlab yig‘lasangchi, Omon yor. «Omon yor» qo‘shig‘ini barchamiz o‘zbek milliy qo‘shig‘i sifatida yaxshi bilamiz. Ammo nega “Omoncha ingramoqda, jo‘ramlab yig‘lamoqda?” Shunday raqsbop qo‘shiqqa o‘yin-kulgini, juda bo‘lmasa, hajvni ifodalovchi so‘zlar mos tushmas edimi? Yo‘q tushmas edi! Chunki bu qo‘shiq tor bilan o‘yinga chorlovchi sho‘xlikni emas, qalbni zirillatib, yig‘latuvchi qayg‘uni, millat dardini o‘zida ifoda etadi.«OMON YOR»DAGI OMON POLVON KIM? Omon polvon Mavlonqul o‘g‘li 1856-yil Namangan viloyati, Xizrobod (Qizil Rabot) qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ildi. …

    Jilosi-yu jozibasi dilga orom ona tilim!

    Alla aytay, jonim bolam, quloq solgin alla.Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin alla.Dunyoga kelganimizdanoq onalarimizning sehrli allalari ohangi ila qulog‘imizga, ruhimizga singib ketgan ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zining jozibasi, go‘zalligi, ohangiyu tarovati bilan yuragimizdan chuqur joy olgan. Ilk bor aytgan so‘zlarimiz ham shu tilda baralla yangragan – ona, ota, non kabi aziz va mukarram bo‘lgan, biyron tillarimizda aylangan bu so‘zlar o‘zbek tili ohangida taralgan. Shundan bo‘lsa kerak, ona tili tug‘ilganimizdan boshlab bir umr qalbimizga, butun borlig‘imizga, ruhiyatimizga juda-juda yaqin va unga bo‘lgan mehrimiz ham o‘zgacha.O‘zbek tilining bor jilosiyu jozibasi, tarovati nafaqat onalarimiz allasida, balki …

    Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

    . “Dugonangizdan nafratlanaman” degan jumlamni “Dugonangizni ko‘rarga ko‘zim yo‘q” deb tahrir qilayotib, talabchan muharrir Vahob Ro‘zimatov ta’na-taajjub aralash so‘ragan edi: “Yoki sizlar, hozirgi yoshlar shunday gapirasizlarmi?”.Hozirgi yoshlar shunday gapiradi, domla! Chunki ular biz yozgan kitoblarni o‘qigan, biz ishlagan kinolarni ko‘ryapti. U yog‘i o‘zingizga ma’lum. Axir, telefon go‘shagini olib, o‘zbekona tavoze bilan “labbay” demoqning o‘rniga “eshitaman” (“slushayu”) deymiz-ku to‘ralarcha! Holbuki, birov bizga: “Eshitmaysan, qulog‘ing og‘ir, karsan”, deyayotgani yo‘q. “Malakasini oshirdi”, “mahoratini oshirdi” degan gap turganda xunukdan xunuk, bema’ni – “o‘z ustida ishladi” (“nad soboy rabotal”) deb qo‘llaymiz. “Osh bo‘lsin” emas, “yoqimli ishtaha” demoq bilan madaniy ko‘rinmoq bo‘lamiz. …

    Alisher Navoiy tili boqiydir!

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug‘ova bilan tilimizning tarixiy ahamiyati, o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish borasidagi ishlar xususida suhbatlashdik.– Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 21-oktabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilangani tilimizning mavqeyi yanada oshishiga xizmat qiladi. Har bir o‘zbek farzandi uchun o‘zbek tili eng aziz va eng mo‘’tabardir, desak yanglishmaymiz. Shunday emasmi?– Tangri insonlarga o‘z yaratiqlaridan farqli ravishda til bergani …

    O‘zbek tili – o‘zbek xalqining o‘zligi

    “Til – millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir”, – deyiladi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida. Haqiqatan ham, o‘zbek tili o‘zbek xalqining bebaho boyligi, tengsiz kuchga ega bo‘lgan qudratli kuchi, tengsiz tilsimidir.Olamning gultoji bo‘lgan insonga tuhfa qilingan til uning  mislsiz boyligi hisoblanadi. O‘zbek tilining borlig‘i, boyligi, bo‘y-basti-yu butunligini ko‘rsata olgan filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov ta’kidlaganlaridek,  “Odamni, olamni va Ollohni tanimoqday mashaqqatli, sharafli yo‘lning avval-oxir charog‘boni shu tildir. Dunyoda o‘zining kimligini anglash, qavmining hamiyati va hurligini ko‘rish tuyg‘usi ham, avvalo, til tufayli poydordir. Ona tilining inson va aqliy va ma’naviy-ruhiy dunyosining tayanchi ekanligidan iborat …

    Oʻzbek tilining global lisoniy manzaralari

    Har yilning oktabr oyida O‘zbekistonda davlat tilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan tadbirlar o‘tkaziladi, aksiyalar, konferensiyalar uyushtiriladi, muhokamalar bo‘lib o‘tadi.Bu ishlarga odatda davlat tashkilotlari bosh-qosh bo‘ladi. Ziyolilar, jurnalist-blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari esa til muammolari haqida yoza boshlaydi: ko‘chalardagi peshlavhalar davlat tilida emasligi, savodsizlik avj olayotgani, davlat tashkilotlarida rus tili ustunlik qilayotgani qizg‘in bahslarni keltirib chiqaradi.Skeptiklardan farqli ravishda, bu «tadbirbozlik», bu muhokamalar mutlaqo befoyda deb hisoblamayman. Har qanday sa’y-harakat izsiz ketmaydi, albatta.Ammo men hozir boshqa masalaga to‘xtalmoqchiman. Bu o‘zbek tili muammolarini o‘rganish va muhokama qilish yuksakroq, akademik bosqichga ko‘tarilmayotganidir.Ilm-fanning ahamiyati shundaki, u bizga har qanday masalada aniq, xolis …

    ONA TILIM!

    Tinglasang gar erta sahar bulbul nolasin,Yoqimli kuy, ovozi-la etadi shaydo.Anglagaysan bir on tinglab ona allasin,Goʻzal tilim jozibasi undan-da aʼlo!Eshit doʻstim, jilgʻalarning mayin sadosin,Shildir-shildir shoʻx sozi-la etar qalbing rom.Tingla, ey yor, dildan xalqim nazm-u navosin,Ona tilim kalomidan olarsan orom!Koshgʻariyni choʻl-u dashtda qilding sargardon,Bebaho dur-javharlaring aqlin etmish lol.Navoiyni dunyolarga etding namoyon,Dono tilim, bebahosan, topma hech zavol!Butun dunyo durlaridan tizilgan marjon, Tenglasholmas sen yaratgan injularingga.Alishmasman qancha boylik boʻlmasin, ishon.Qalbga orom, dilga malham ona tilimga!Tomirimda oqib turgan obi hayotsan,Bilsang agar, sen gʻururim, orim, nafasim.Nirday aziz, jonga Masih bir dildorimsan,Qadring baland boʻlaversin, ey ONA TILIM!Muhabbat Jumaniyazova,Ogahiy ijod maktabining ona tili va …

    Oʻzbek tilining hozirgi holati va kelajagi

    So‘nggi paytda ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda milliy til va o‘zlik (identiklik) haqida bahslar va turli fikrlar ko‘paydi. Bu, albatta, yaxshi holat.Til va o‘zlik doimo bahslarda shakllanadi. Mashhur fransuz olimi Ernest Renan e’tirof etganidek, «millat – bu har kuni plebissit demakdir».Millat doimo so‘zlashuv va muloqot (dialog) orqali barpo etiladi. Milliy tilning asosida anglangan borliq yotadi. Til jahondagi voqealarni anglab, ilmiy mushohada orqali soddalashgan dunyo tasvirini ham yaratadi. Voqealar o‘z vaqtida anglanmasa va tilimizda aks etmasa, ular bayonini biz boshqa tillardan olishimizga to‘g‘ri keladi. Natijada jamiyat ongi o‘zga tilga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham …

    “Bolasi ruscha gapirib, o‘zbekchani bilmayotganidan o‘ksinish o‘rniga xursand bo‘lishyapti” – filolog bilan suhbat

    Kun.uz muxbiri o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi, alifbo va imlo kabi mavzularda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sherali Turg‘unov bilan suhbatda bo‘ldi.Lotin yozuviga o‘tishga yetmagan 30 yilSuhbatimiz avvalida O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi hanuzgacha oxiriga yetmayotgani haqida gaplashdik.Mutaxassisning fikriga ko‘ra, lotin yozuvini ilk o‘rganishni boshlagan avlod maktab bitirish davriga kelib, davlatdagi barcha sohalar to‘liq lotin yozuviga o‘tgan bo‘lishi kerak edi. Ya’ni 9-10 yil bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘tishga yetarli bo‘lgan. Oradan salkam 30 yil o‘tibdiki, lotin yozuvida bitirgan aksar yoshlar ham kirill yozuvida ish yuritishiga …

    Ona tilimiz taraqqiyotida yangi bosqich: muammo va yechimlar

    Xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, mashhur yozuvchi Iosif Brodskiy: “Xalqda bor narsalarning eng yaxshisi – xalqning tilidir”, – degan edi. Haqiqatdan ham, til − millatni millat sifatida ajratib turadigan belgisi, bebaho boyligi, moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi, insoniylik jamiyatining asosi, davlat suverenitetining muhim tamoyillaridan biri. Millat tarixi qancha uzoqqa borib taqalsa, til ham shuncha qadimiy. Til azaldan mavjud va millat bor ekan, u ham yashab qolaveradi. Qisqa muddatda dunyo xaritasida yangi davlatlar paydo bo‘lishi mumkin, ammo hech vaqt bir kun yoki bir asrda yangi bir til paydo bo‘lib qolmaydi. Insonni tiliga qarab …

    “Tilimizni o‘z yerinda ishlatmak va so‘zlamak lozimdur. ”

    Ona tilim. Va nihoyat o‘z qadrini topgan, toj kiygan tilim. Faxru iftixorim bo‘lib yuragimning tub-tubidan jarang sochgan g‘ururimsan. Tiriklik olamida nafas olishni boshlagan kunimdanoq onam allasi bo‘lib jon tomirimga singgan ohanrabosan. Asrlar suronidan omon kelgan, “xalq g‘amidin o‘zga g‘ami yo‘q” hazrat Navoiy, “anda joni qolgan” Bobur, “iqboli nigun, baxti ham qaro” Furqat, “til vositayu, robitayu, olamiyondir” deguvchi Avaz, seni deb jonidan kechgan Fitratu Qodiriylar, Cho‘lponu Elbeklar suyib o‘tgan qutlug‘ kalomimsan. Ravon so‘zlamoq va bexato yoza olmoq ziyolilikning ibtido belgisidir. Insonda tafakkur tili, odatda, ona tili bo‘ladi. Kishi ona tilida o‘ylaydi, fikrlaydi, faqat shu tildagina dilidagini tiliga, …

    Milliy tilni qanday saqlab qolish mumkin?

    Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 6 mingdan ortiq til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida. Bu ko‘rsatkich asosan kam sonli millatlar tilida uchraydi. Chunki bu tillarda so‘zlovchilarning ayrimlari o‘z yozuviga ega bo‘lsa, aksariyati bundan bebahra. Masalan, Afrika tillarida so‘zlovchilarning 80 foizi hamon o‘z yozuvlariga ega emas. Shuning uchun ham bunday tillar inqiroz yoqasida.Tilning yo‘qolib ketishiga asosiy sabab nima? Qachon til yo‘qoladi? Qachonki, ona tili o‘rganilmasa va boshqa til ustunlik qilsa. Ma’lumki, hozirda internet tilining 80 foizdan ortig‘i ingliz tilida. Shu sababli yurtimizda ham keyingi paytda chet so‘zlarning kirib kelishi ancha ko‘paydi. Bu esa tilimizdagi so‘zlarning kamayishiga …

    Bulbul xonishi va “to‘ti falsafasi”

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.Bulbul xonishi va “to‘ti falsafasi”Mabodo, biron sababga ko‘ra, bizning ayrim tilshunos, adabiyotshunos va tarjimashunos olimlarimizni… jazolash lozim bo‘lib qolsa, ularni o‘zlari yozgan kitoblarini ko‘pchilik o‘rtasida ovoz chiqazib o‘qishga majbur qilish kerak. Bundan og‘ir jazo bo‘lmasa kerak jahonda! “O‘quvchi” — zerikib o‘ladi, tinglovchini esa …

    Baliqdan balchiqqa, balchiqdan Balxashga

    Etimologiya juda qiziqarli soha. So‘zlarning boshidan kechirganlari, sarguzashtlari haqidagi fan deyish mumkin. Biror so‘zning tarixini o‘rganib, qiziq hikoya o‘qiganday bo‘lasiz. Bal o‘zakli so‘zlar ham ana shundaylar sirasiga kiradi.Shavkat Rahmatullayev qalamiga mansub “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” kitobida aytilishicha, bal qadimgi turkiy tilda namlik, suv maʼnosini anglatgan. Baliq so‘zi bal so‘ziga -i (qisqa i) qo‘shimchasini qo‘shib feʼl yasash, so‘ng unga -q qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilingan va suvda yashaydigan jonivor maʼnosini anglatgan.Baliq so‘zi turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, bir qancha slavyan va bolqon tillariga o‘tgan. Jumladan, bolgar, serb, rumin, rus, ukrain kabi tillarda baliq va uning turi maʼnosini …

    Davlat tilida ish yuritish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish – davr talabi

    Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazda tashkil etilgan seminar-trening aynan shunday nomlandi.Tadbirni Moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Bo‘riyev kirish so‘zi bilan ochib, vazirlik huzuridagi tashkilotlar va hududiy moliya organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.Tadbirda ta’kidlanganidek, vazirlik tizimida davlat tilini to‘laqonli joriy etish, ish yuritish va hujjatlar aylanishini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.  Bu borada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi …

    Til o‘tmish, til bugun, til bu – istiqbol

    Dunyoda inson zoti yaratilibdiki, bir-biri bilan gaplashadi, so‘zlashadi, o‘zaro muomalada bo‘ladi. Bunda tilning o‘rni beqiyos, albatta. Inson til orqali boshqa tirik jonzotlardan ongli ravishda farq qiladi. Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq, har bir millat uchun o‘z tili qadrdon va sevimli, chunki shu tilda u bemalol muloqot qiladi, o‘z fikr-tuyg‘ularini bevosita erkin ifoda etadi.O‘zbek xalqi qanchalik teran tarixga ega bo‘lsa, ona tilimiz ham shunchalik uzoq tarixga egadir. Asrlar davomida xalqimiz qanday kunlarni boshidan kechirgan bo‘lsa, tilimiz ham shunday kunlarni boshidan kechirdi. O‘zbek xalqi qadimgi davrlarda yashagan turkiy xalqlarning bir bo‘g‘ini hisoblangan. Prezidentimiz ta’biri bilan …

    Mulohaza: Banklar o‘zbekCHALAshdimi?

    O‘zbek tili rasmiy maqom olganiga 32 yil bo‘libdiki, hali-hamon rus tilining bosimidan qutulolmayapmiz. Qancha qonun-u farmon-u qarorlar chiqmadi deysiz, lekin ayrim sohalarga o‘zbek tilining so‘zi hanuz o‘tmayapti. Xususan, kundalik ehtiyojimizga aylangan banklarda “ikkinchi ona tilimiz”ni bilmagan inson noqulay vaziyatga duch kelishi mumkin.Ayni paytdagi holatni o‘rganish maqsadida “Sanoat qurilish bank”ning Yunusobod filialiga bordim. Boshlanishi chakki emas! Ariza to‘ldirish uchun menga o‘zbek tilida namuna berishdi. Albatta, bu yoqimli holat. Bankning saytiga kirib esa… Sayt ikki tilda faoliyat ko‘rsatadi, lekin mijozlar elektron shartnomalarni rus tilida yuklab olishga majbur. Davlat tilidagi versiyasida ham ruscha hujjat chiqib kelaveradi. Afsuski, bunday …

    “Deb” va vergul

    Tajribali muharriru musahhihlarni ham o‘ylantirib, chalkashtirib qo‘yadigan holatlardan biri deb so‘zi bilan vergul ishlatishdir. Hatto punktuatsiya qoidalari haqidagi kitob ham chalkashliklarga yo‘l qo‘ygan. Bitta o‘rindagi prinsip keyingi o‘rinda teskarisiga ishlagan.Men tinish belgilarini o‘ta zarurat bo‘lsagina ishlatish tarafdoriman. Jumladan, deb so‘zi bilan ham. Vergul talab qiladigan holat bo‘lsa, qo‘llash kerak. Bo‘lmasa – yo‘q.Izohli lug‘at deb so‘zi ravishdosh bo‘lib kelganda undan oldin, qo‘shma gap tarkibidagi bog‘lovchi bo‘lib kelganda esa undan keyin vergul ishlatgan. “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” kitobi ham shu yo‘ldan borgan. Lekin kitobda vergul ishlatilmasligi kerak bo‘lgan ikkita holat tilga olingan:Baʼzan deb shakli gap tarkibida …

    IQTISODIY YANGI SOʻZLAR

    “. Til masalasi — jiddiy masala. Demak, uni chinakam maʻruf kishilarga xos aql-zakovat va yangicha tafakkur bilan hal etish lozim. ”Xayriddin Sulton, taniqli adibBugungi kunda barcha sohalarda yangi soʻzlar bilan boyimoqda. Jumladan, iqtisodiyot sohasi ham “toʻlishib” bormoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning yetakchi yoʻnalishlaridan boʻlgan buxgalteriya, marketing, menejment, logistika yoʻnalishlari yangi soʻzlar bilan boyishi har bir iqtisodchini beeʻtibor qoldirmasa kerak. Oʻzbek tilining asoschilari A.Navoiy va M.Qoshgʻariyning iqtisodiyotga oid atamalari mazkur sohaning xazinalaridir desam mubolagʻa boʻlmaydi.Tilimizni asrab-avaylash, toza saqlash, chet tillar taʻsirini bir meʻyorga keltirish zarurati har birimizning zimmamizda ekanligi xususida koʻp va xoʻp gapirmoqdamiz, soʻz yuritamiz. Inchunun, tilimizdagi oʻzgarishlar, avvalo, …

    Islohga yuz tutayotgan alifbo

    Bugungi kunda bahs-munozaralarga sabab boʻlayotgan, hali-hanuz bir yechimga toʻxtalmayotgan yangi alifbo haqidagi oʻzgarishlar borasida koʻp va xoʻp gapirilmoqda.Umuman olganda, oʻzbek tilining jamiyat va davlat oldidagi ahamiyati, imloviy xatolar va savodsizlik oqibati xususida gapiradigan boʻlsak, har bir xalqning  madaniyati, urf-odati,  dunyoqarashlari boʻlgani kabi, oʻz tili ham boʻladi. Bu til  orqali u  dunyoga taniladi. Tilning ahamiyatligi shu qadar buyukki, hech bir taraqqiyot  usiz boʻlmaydi. Chunki, u orqali biz dunyoni taniymiz, tafakkurga ega boʻlamiz.Farzand  aqlini taniy boshlagani zahoti aqliy rivoji, salohiyatini oʻstirish uchun harflarni turli xil usullar orqali oʻrgatishga intilamiz. Yaʻni, millat alifbosini tanitishni boshlaymiz. Faylasuflardan biri bu …

    Abdulla Qahhor o‘gitlari

    * * *Xalqning qalbiga uzoqdan qo‘l solib bo‘lmaydi, qo‘l solish uchun uning oldiga borish kerak.* * *Men o‘z yurtimda musofir itday dumimni qisib yurishni xohlamayman.* * *Yurtdan chiqish tiriklay go‘rga kirish degan so‘zdir.* * *Biz xatolarni qancha tez tuzatsak, o‘tmish madaniyatimiz uchun ham, kelgusi taraqqiyotimiz uchun ham shunchalik katta savob ish qilgan bo‘lamiz.* * *Tilini tishlab olgan odam tishini sug‘urib tashlamaydi.* * *Gapni tonnalab olingu grammlab soting.* * *Bitta go‘l poraxo‘rni tutishdan ko‘ra yigirmata uchar o‘g‘rini tutish osonroq. O‘g‘ri urgan kishi: «dod, o‘g‘rini ushla» deydi, pora bergan kishi: «dod, poraxo‘rni ushla!», — demaydi.* * *Biror …

    ONA TILIM – IFTIXORIM!

    Ona tilim, sen faxru – iftixorimsan.Sen – Millat yuragisan, nomus, orimsan.Sen borsangki, yashaydi o‘zbek degan el,Ming yillik bayrog‘im, barqarorimsan.Bobolardan meros qolgan taxtim, davlatim.Ona tilim, Xudo bergan baxtim, shavkatim!Navoiylar senda bitmish, ashʼoru suluk.Sen Boburning sevgilisi, jonisan suyuk.Amir Temur, Buxoriylar so‘zlab o‘tgan til,Senda so‘zlab ne ne zotlar bo‘ldilar buyuk!Ona tilim sen podshohlar, buyuklar tili,So‘z mulkining sultonlari, suyuklar tili!Ming ming go‘dak senda so‘zlab chiqarmoqda til.Ulug‘ millat senda so‘zlab yashnadi ming yil.Millionlarga beshik bo‘lding, minglarga qanot,Butun dunyo rivojiga qo‘yding tamoyil.Jahon ilmin gurkiratgan shonli doxiysan,Yana ming yil eng oldinda borar, boqiysan!Ona tilim, Xudo bergan, nolam, bo‘zimsan,Qoshu ko‘zim, nurli yuzim, jonim …

    Abdulla Qodiriyga salom berolmagan kelini

    Adibning omadi“O‘zbek adabiyotining darg‘alari – zamonasiga sig‘magan, qatag‘on kurbonlari haqida xotira kitoblar yaratishning o‘z vaqtida imkoni bo‘lmagan. Mustaqillik yillarida bunga yo‘l ochilsa-da, baxtga qarshi ular haqida yozishga qodir-qobil shaxslar barmoq bilan sanarli qolgan. Ko‘rgan-bilganlardan yozib olinganlari ham mazmunan o‘ziga yarasha, xiyla parishon chiqqan. Boz ustiga, bu allomalar ortida sadoqatli, fidoyi shogird, umr yo‘ldosh, og‘a-inilar, farzandlar qolmagani uchun mavjud imkoniyatlar boy berilgan. Biroq bu borada Abdulla Qodiriyning omadi bor ekan (Umarali Normatov, “Qodiriyning so‘nggi iltijosi”). ”.Adibning 1918-yili tug‘ilgan to‘ng‘ich o‘g‘li Habibulla Qodiriy padari buzrukvori hibsga olinganida 20 yoshda, tibbiyot instituti tolibi edi. Otasining hayoti, ijodi, qismatiga oid jamiki …

    TILGA EʼTIBOR — MUSTAQILLIKKA BOʻLGAN EʼTIBOR

    . TILIM TURIB OʻZ TILIMDA GAPIRMADIM. «Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim. Bu oliyjanob harakatni barchamiz oʻzimizdan, oʻz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak».Shavkat MIRZIYOYEVBugungi kunda “Nega ayrim hujjatlar mamlakatimiz aholisining asosiy qismi soʻzlashadigan oʻzbek tili, yaʼni davlat tilida emas, aksincha koʻp hollarda boshqa tilida yoziladi va yozilmoqda?” kabi eʼtirozli savollar oʻz javobini topdi. Negaki, davlat tilida ish yuritish, shuningdek, lotin yozuvi asosida ish …

    O‘zbekistonlik tilshunos olim xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    YUNESKOning Bangladeshdagi Xalqaro ona tili instituti tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro ona tili mukofoti” tanlovining “Ona tilining xalqaro miqyosdagi tadqiqi” yo‘nalishida o‘zbek tilini antropotsentrik yo‘nalishda tadqiq qilayotgan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yosh tilshunos olimi G‘ulom Ismoilov oltin medalga loyiq deb topildi.16 iyul kuni mamlakatimiz bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida Bangladesh Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo‘min O‘zbekistonga tashrif buyurdi.Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Zahangir Alam  tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Bangladesh davlati Tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo‘min tanlov g‘olibi G‘ulom Ismoilovga Bangladesh hukumati nomidan mukofot, …

    O‘zbekistonlik talaba koreys o‘quvchilari uchun o‘zbek tili darsligini yaratdi

    Koreya Respublikasining Hankuk xorijiy tillar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Dilshodjon Akbarov koreys o‘quvchilari uchun o‘zbek tili darsligini yaratdi. Nashrdan chiqqan mazkur kitob tilimiz tarixida o‘zbek muallifi tomonidan koreys tilida yozilgan birinchi darslikdir.- Ancha yillar oldin koreys tilini birinchi marotaba o‘rganayotganimda o‘zim o‘qiyotgan darsliklarni ko‘rib, xayolimdan «Qachonlardir o‘zbek tilini ham chet ellarda o‘rganisharmikan? O‘zbek tilini o‘rgatuvchi darsliklar ham chop etilarmikan?» degan o‘ylar o‘tgani haligacha yodimda,-deydi Dilshodjon.Bugun o‘zbek tili hamda o‘zbekistonshunoslik jahonning bir qancha yetakchi oliy o‘quv yurtlarida, shuningdek, Moskva sharqshunoslik instituti, AQSHdagi Indiana universiteti, Italiyadagi Rim chet tillari akademiyasi turkiy tillar tadqiqot institutida hamda Hankuk …

    “O‘zbek tilida sof so‘zlashaylik” nomli kitob chop etish haqida

    Aziz feysbukdoshlar, qadrdon do‘stlarim!Biz O‘zJOKUda yangi bir dolzarb loyihaga qo‘l urdik. Gap shundaki, biz “O‘zbek tilida sof so‘zlashaylik” nomli kitob chop etish niyatidamiz. Nega bunday qarorga keldik, deb o‘ylayapsizmi? Bilasiz, hozirgi kunda ona tilimizda so‘zlashayotganimizda o‘zimiz anglamagan holda ko‘plab xatolar qilamiz. Afsuski, bunday xatolarga nafaqat oddiy insonlar, balki media olami vakillari, yaʼni biz, jurnalistlar ham yo‘l qo‘ymoqdamiz.Masalan, baʼzida chiroyli narsaga taʼrif berayotganda, “dahshat” so‘zini ishlatamiz (Misol uchun, “Binoni dahshatligini qara!”). Vaholanki, dahshat so‘zi asli do‘zax olovini anglatadi.Shuningdek, “dahshat” so‘zi quyidagi maʼnolarga ham ega:1. Nihoyat darajadagi qo‘rqinch, xavf, vahima;2. Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa;3. Ortiq darajadagi …

    O‘rta dengiz haqida

    Afrika va Yevropa qitʼalari orasida bir dengiz bor, nomi – O‘rta dengiz. Uni o‘zbekchada ko‘pchilik O‘rtayer dengizi yoki O‘rta Yer dengizi shaklida xato ishlatadi. Manaman degan nashrlar, kitoblar, hatto qo‘llanmalarda ham uchraydi bu holat. Lekin milliy ensiklopediya va ensiklopedik lug‘atni varaqlab ko‘rsangiz, dengiz haqidagi mavzuga O‘rta dengiz deb sarlavha qo‘yilganiga guvoh bo‘lasiz Ayni shu shaklda ishlatish to‘g‘ri.O‘rtayer, O‘rta yer yoki O‘rta Yer dengizi deyish nima uchun xato? Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, bu yerdagi mazmunga ko‘ra, yer o‘rtada bo‘lib qolyapti. Aslida o‘rtada yer emas, suv havzasi bor. Gap dengiz o‘rtasidagi yer haqida emas, ikki yer yoki ikki …

    Erkin Vohidov. “So’z latofati” kitobidan – “Oy farzandi”

    Amerikaning Los-Anjeles shahrida O‘zbekistonning sadoqatli bir do‘sti yashaydi. Kelib chiqishi mojar bo‘lgan bu turkolog olim Los-Anjeles universitetida maxsus kurs ochib, amerikalik talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatadi. Ular diyorimiz nafasini his qilishi uchun O‘zbekistondan olim va ijodkorlarni taklif etib, suhbatlar uyushtiradi. Ismi Andrash, nasabi Bodrogligetti.Talaffuzi qiyin, yodda saqlash undan ham qiyin bo‘lgan bu familiyani ilk bor eshitganimda olimni italiyalik deb o‘ylagandim. Los-Anjelesda ko‘rishib, unga shu savolni berdim.― Familiyam aslida Badrogligetti. Bad so‘zi forscha ham, inglizcha ham yomon degan maʼnoni bildirgani uchun bu yurtda nasabimni bir harf o‘zgartirib Bodrogligetti deydilar. Lekin italiyalik emasman. Familiyam sof turkcha. ― Shunday …

    Tilimizni bilamizmi: qo‘llanadimi yo qo‘llaniladi? Biz yozishda ko‘p yanglishadigan holatlar

    Ba’zi so‘zlarni xato yozish urf bo‘lib ketgan. Endi uning to‘g‘ri shakli xato ko‘rina boshlaydi. Bunday illyuziyaga tushib qolmaslik uchun so‘zlarning ma’no-mohiyatini, qo‘llanish doirasini anglab olish kifoya. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib shunday so‘z va birikmalar, qo‘shimchalar imlosi haqida so‘z yuritadi.“Al” va uning imlosiO‘zbek tilida arab tilidan kirgan so‘zlar ko‘p. So‘zlar bilan birga arab tilidagi aniq artikl al ham tilimiz chegaralaridan ichkarilagan.Al artikli qatnashgan birikmalarning qanday yozilishi bo‘yicha qat’iy qoida yo‘q, lekin qat’iy odat bor. Al artikli qatnashgan so‘zlar ikki xil usulda yoziladi. Chiziqcha bilan ajratilgan yoki chiziqchasiz, so‘zga qo‘shilgan holatda:1. “Xazoyin ul-maoniy” devonlari. “Navodir ush-shabob” asari. “Asos ul-balog‘a” asari.2. “Xazoyinul maoniy” devonlari. “Navodirush shabob” asari. “Asosul balog‘a” asari.Men tinish …

    Alisher Navoiy ijodiy merosi Germaniyada keng o‘rganilmoqda

    Joriy yil o‘zbek xalqining buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi mamlakatimizda va xalqaro ko‘lamda keng nishonlanmoqda.Turon Fanlar akademiyasining faxriy akademigi, taniqli tilshunos va navoiyshunos olima, Navoiy g‘azallari, ruboiy va aforizmlarining nemis tiliga tarjimasi hamda qiyosiy lingvopoetik tahlilining badiiy qiymati haqidagi salmoqli ilmiy ishlar muallifi Roviyajon Abdullayeva “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga Germaniya akademik doiralari vakillarining buyuk bobokalonimiz ijodiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi haqida so‘zlab berdi.- Germaniyada Mir Alisher Navoiy ijodiga qiziqish, ushbu bebaho merosga turlicha yondashuvlar doimo kuzatilgan, – deydi olima. – Biroq “Manzuri shahanshohi Xuroson” deya ulug‘langan, “Shams ul-millat” …

    Mulohaza: Tuman Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari nega lotin yozuvida yozolmaydi?

    Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini tobora oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalishda bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining 1 ta qonuni, Prezidentimiz tomonidan 2 ta farmon, 2 ta qaror hamda hukumatimizning 12 ta qarorlari qabul qilindi.Ushbu qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish bo‘yicha tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Lekin, tumanda bu kabi vazifalarga ayrim rahbarlar tomonidan panja ortidan qarash yoki befarqlik bilan yondashish holatlari uchramoqda.Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi yuzasidan tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand tumani Elektr ta’minoti korxonasida ish …

    Munosabat: Imlo qoidalari qachon shakllanadi?

    Orif Tolibning “@oriftolib” sahifasida aytilganidek, hozirgi kunda bir qator so‘zlarning yozilishida farqlar bor va buning sababi quyidagicha:“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” yaratilgan vaqtda qaysidir sabablar bilan bir qator so‘zlar: sentabr, oktabr, aluminiy, budjet, dirijor, dujina, duym, glukoza, kastrul, kastum, lustra, miniatura, parashut, regulator, rejissor, verstka tarzida berilgan. Vaholanki, ushbu va yana shu kabi boshqa so‘zlarni hech bir o‘zbek bunday talaffuz qilmaydi, qilolmaydi. Shuning uchun ham O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida tayyorlangan va 2013-yilda chop qilingan “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”da kirill yozuvidagi barcha “yolashgan” unlili so‘zlarning imlosi bir xillashtirilgan. Yaʼni sentyabr, oktyabr, byudjet, syujet, …

    Fuzuliy sheʼriga oshiqligim rost.

    Ko‘hna Sharq, xususan, Markaziy Osiyoda barcha sohalar qatori sheʼriyat bobida xalaflar o‘z salaflaridan doim mutaassir bo‘lganlar, ustoz ijodkorlarga ergashib nazira, tazmin, taxmislar bitganlar, avvalgi daholar yaratgan mahorat maktablarini o‘tab, ular bilan ijodiy bahsga kirishganlar. Turkiy g‘azaliyotni haddi aʼlosiga ko‘targan ikki buyuk siymo bor: biri hazrat Alisher Navoiy bo‘lsa, biri qardosh ozarbayjon xalqining otashnafas shoiri  Muhammad Fuzuliydir.Bu borada Vadud Mahmud “Fuzuliy Bog‘dodiy” nomli maqolasida o‘zining aniq bahosini bergan: “Fuzuliy bizda Navoiydan ko‘b o‘qulmasa, Navoiydan kam ham o‘qulmaydir”.Darhaqiqat, Navoiydan ulgi olib, mohir ijodkor maqomini egallagan Fuzuliy bizning adabiyotda 16 asrdan 19 asr oxiri, hatto 20 asr boshi va …

    Til bilgan el biladi

    O‘zbekistonda barcha jabhalarda kechayotgan islohotlar jarayoni taʼlim sohasini tobora kengroq va chuqurroq qamrab olmoqda. Xususan, bu yili ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida fizika bilan bir qatorda xorijiy tillar tanlanishi eʼtirofga sazovordir.Shu o‘rinda beixtiyor o‘tgan asr boshidagi maʼrifat fidoyilari – jadid bobolarimizning g‘oya va qarashlari yodga tushadi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyo donishmandlari asarlaridan xabardor bo‘lish, jahon adabiyoti durdonalaridan chinakamiga lazzatlanish, shuningdek, zamonasini anglash, taraqqiyot uchun chet tilini bilish o‘ta muhimligini taʼkidlaydi. Chunonchi, jadidlar yetakchisi millat farzandlari o‘z naʼfi, jamiyatda muhim mavqe va obro‘ga ega bo‘lishi uchun xorijiy tilni bilishi zarurligi haqida so‘zlab, qatʼiyat bilan “Xulosa, bugun …

    Karim Bahriyev: O‘zbek tilida ish yuritishga qarshilar o‘qisin!

    «O‘zbek tilida ish yuritishga qarshilar o‘qisin» – Karim Bahriyev turli davlatlarda til qoidalarini buzishga qanday jazo belgilangani haqida Jurnalist, shoir, tarjimon va media huquqi mutaxassisi Karim Bahriyev dunyoning turli mamlakatlarida davlat tili qoidalarini buzishga qanday jazo belgilangani yuzasidan fikrlarini bildirdi.Ijodkor o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan ma’lumotlarni ayni kunlarda parlament quyi palatasida ko‘rilayotgan «Davlat tili haqida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamalarida turli vajlar bilan o‘zbek tili rivojiga qarshi bo‘layotgan ayrim deputatlarga bildirish sifatida ham qabul qilish mumkin.Shuningdek, maqola til masalasining ahamiyati naqadar yuqori ekanini tushunib yetmay (balki bilimi yetmay), ovoz berish jarayonida betaraf qolayotgan …

    TIL – MILLATNING JONI VA QONI

    Balki eshitgandirsiz, 1958-1959-yillarda Ozarbayjonning barcha birinchi rahbarlari ishdan olib tashlangan. Buning o‘ziga xos sababi bor.Ozarbayjonning 1937-yilda qabul qilingan Konstitutsiyasiga 1956-yil 21-avgustda «Ozar tili – Ozarbayjon SSRning davlat tilidir» degan modda kiritildi. Shundan so‘ng Boku rahbariyati barcha korxona va tashkilotlardan davlat tilida ishlashga o‘tishni talab qildi. Jamiki ish qog‘ozlari ozar tiliga o‘tkazila boshlandi. SSSR rahbari N.Xrushchyovning millatchilikka berilish haqidagi aybloviga Ozarbayjon Kompartiyasi Markazqo‘mining birinchi kotibi Imom Mustafoyev keskin javob qaytardi: «SSSR Konstitutsiya­siga ko‘ra, Ozarbayjon – sovet sotsialistik davlati. Shunday ekan, uning davlat tili ham bo‘lishi shart. Davlat tili mavjud ekan, uni qo‘llash lozim».Respublika Oliy Soveti Prezidiumi …

    Davlat tili masalasiga befarq bo‘lishga haqqimiz yo‘q!

    Baʼzan o‘ylanib qolaman. Ona tilimizni qay darajada asrab-avaylab, himoya qilyapmiz? Uni qadrlay olyapmizmi? Agar o‘sha 1989-yilda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinmaganida, bugun tilimiz qanday ahvolda bo‘lardi?Bu kabi savollar har birimizni har kuni o‘ylantirishi lozim. Chunki xalq taqdiri til bilan bog‘liq. Ona tilimiz bor ekan, o‘zbek xalqi bor. Yaʼni, til bo‘lmasa, xalq millat sifatida tan olinmaydi.Taʼkidlash joiz, so‘nggi yillarda tilimizni rivojlantirishga har qachongidan jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xalqimizning davlat tiliga bo‘lgan munosabati, talabi ham keskin o‘zgardi. Davlat tilini barcha sohalarda keng qo‘llashga harakat qilinmoqda. Biroq bu boradagi ishlar hali yetarli emas. O‘zbek tilining maqomini yanada kengaytirish, tilimizning …

    Munosabat: Yozuv islohi to‘kis bo‘lsin

    Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish va isloh yuzasidan mamlakatimizda turli bahsu munozaralar bugunga qadar davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng miqyosda takliflar havola etilmoqda.Taʼkidlash joizki, isloh uchun olinayotgan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi tilning imlo qoidalariga to‘liq mos kelishi va aynan hozirgi o‘zbek tilining orfoepik xususiyatlarida ham maksimal darajada o‘z aksini topishi zarur. Bu holat imloviy hamda orfoepik meʼyor o‘rtasidagi masofaning nisbatan qisqarib, farqning keskin kamayishida muhim omil bo‘lib, ayni vaqtda, lisoniy jihatdan chalasavodlikni ham bartaraf etadi.1995-yil 15-mayda qabul qilingan lotin yozuvli o‘zbek alifbosi turli ko‘rinishlarni o‘zida mujassam etgan murakkab shaklda taqdim etildi:birinchidan, …

    Firdavsiyni o‘zbekcha so‘zlatgan alloma

    Shoislom Shomuhamedov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlanadiBadiiy va g‘oyaviy salmog‘i bilan dunyo ahlini hayratga solgan “Shohnoma”ni barcha forsiyzabon xalqlar o‘zlarining ishonchli tarixi va bebaho qadriyatlari sifatida qadrlaydilar. Firdavsiyning salkam o‘ttiz yillik ijodiy mehnatlari samarasi bo‘lgan ushbu muhtasham obida taniqli sharqshunos olim va mutarjim  Shoislom Shomuhamedov saʼy-harakati bilan o‘zbek tiliga o‘girilgan. “Shohnoma” tarjimasi juda katta mehnat va vaqt talab etishini inobatga olgan olim bu ishga Jumaniyoz Jabborov, Nazarmat va Hamid G‘ulomni ham jalb etgan. Natijada shoh asar uch jildlik kitob holida o‘zbek kitobxonlari qo‘liga yetib bordi.       Shoislom Shomuhamedov Umar Xayyomdek buyuk darg‘ani ham o‘zbek tilida biyron so‘zlatgan. Asli …

    “Soʻz latofati” kitobidan: Bo‘yinbog‘ desang o‘larmiding?

    Bu voqeani men bir turk adibidan eshitganman. Unga o‘sha hodisani boshdan kechirgan polvon jiyani hikoya qilgan ekan. U yigit bir xalqaro kurash musobaqasida o‘zbek polvoni bilan tanishib qolibdi. Ular bir mehmonxonada yonma-yon turar ekanlar. Gaplari qovushib, didlari mos kelib, oz vaqt ichida qadrdon bo‘lib olibdilar.Bir kun o‘sha yigit o‘zbek do‘stidan, bir kechaga kravatingni berib tur, deb so‘rabdi. O‘zbek hayron bo‘libdi. Krovatim senga nega kerak, debdi. Turk unga shivirlabdi:― Bir jonon bilan tanishib qoldim. Bugun ko‘rishadiganmiz. U juda go‘zal ekan. ― Tushundim, krovating yo‘qmi?― Bor, lekin eskiroq.― Mening krovatimda aysh-ishrat qilmoqchimisan?― Bir kecha xolos. O‘zbekning joni xalqumiga kelibdi:― …

    Savodxonlik alifbodan boshlanadi

    “Har bir tilning yozuvi uning o‘ziga favqulodda mos va muvofiq bo‘lishi, shundagina yozuv tilning tabiiy va tarixiy taraqqiyotiga xalaqit bermasligi, tilning tugal tozaligiyu oydin ohangdorligiga putur yetkazmasligi” ko‘p ta’kidlangan haqiqatlardan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi  “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi …

    Takomillashayotgan lotincha imlo: Qonun loyihasiga ayrim takliflar

    Lotincha imloga asoslangan o‘zbek alifbosi masalasi yana kun tartibiga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga havola etdi. Milliy alifbodagi noqisliklar va ularning salbiy oqibatlari haqida o‘ylanib yurgan ziyolilar loyihani mamnuniyat bilan kutib olishdi.O‘zi nega shu vaqtgacha lotin imlosi ommalashmadi?Yodingizda bo‘lsa, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ilk marta 1993-yilda lotin yozuviga o‘tdik. 1995-yilda alifbo tahrirga uchradi va o‘shandan buyon maktablarda o‘quvchilarning savodi yangi alifboda chiqmoqda. 26 yil bo‘libdi shunga ham. Lekin jamiyatda hamon kirill alifbosidan teppa-teng foydalanilmoqda.Nima uchun lotincha alifboga Ozarboyjon, Turkmaniston kabi davlatlarda …

    Alifbo takomili – tilimiz kamolotining muhim omili

    Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tilining ona tili va ayni paytda davlat tili sifatidagi taraqqiyoti tarixida tom maʼnodagi burilish bosqichini boshlab bergan donishmandona nutqi, shu nutq so‘zlangan kuni imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni barchamizning ko‘nglimizni tog‘day ko‘targan chinakam tarixiy hujjatlardir. Ularda bu borada qilinadigan ishlar odatdagi emas, ko‘lam va mohiyat eʼtiboriga ko‘ra  tamoman yangicha o‘zanlarda, naqd natijalarni hadaf qilgan holdagi tarx tarzida o‘z ifodasini topgan. Xususan, Farmonda bir qator favqulodda muhim  vazifalar sirasida “lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish” ham ko‘rsatilgan. Shubhasizki, …

    TINIQ KO‘ZGUGA G‘UBOR TUSHMASIN

    “Tilingdan oldin qalbingni tarbiyat qil, chunki so‘z qalbda tug‘ilib, tilda namoyon bo‘ladi”, degan edi Jaloliddin Rumiy. Chindan ham o‘z yurtini sevgan, ona tili qadrini qalban his qilgan insongina bugungi kunda mamlakatimizda davlat tiliga qaratilayotgan eʼtibor va ushbu jarayondagi o‘zgarishlar qadrini teran anglaydi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari, Oliy Majlis senati aʼzosi, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon SIDDIQOVA bilan ona tilimizning rivoji va bu borada yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida suhbatlashdik.— Hukumatimiz tomonidan davlat tilimizning rivoji, mavqeyining yuksalishi, o‘zbek tili meʼyorlariga amal qilinishi bo‘yicha keyingi yillarda bir qator qonun va farmonlar chiqdi. Viloyatda ayni boradagi ishlarda …

    Tizimli ishlarning uzviy davomi

    “O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi Yangi O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirish borasida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning uzviy davomidir.Ushbu qonun loyihasi jamoatchilik tomonidan necha yillardan beri kutilayotgan edi. Shuning uchun u katta qiziqish va xayrixohlik bilan qarshi olindi,  regulation.gov.uz portalida loyiha bilan ko‘z ochib yumguncha qariyb yigirma bir ming kishi tanishib chiqdi. Yetti yuzga yaqin fuqaro o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishga ulgurdi.Qizg‘in davom etayotgan ushbu jarayon, o‘zbek tili o‘zining qadimiy va boy tarixida hech qachon davlat va jamiyatning bugungidek yuksak eʼzoz-eʼtibori va …

    Benuqson va qulay alifbo — xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi

    Oliy taʼlim tizimidagi deyarli 30 yillik faoliyatimiz davomida har yili 21-oktabr arafasida biz — tilshunoslarga OAV eʼtibori va diqqati alohida qaratilganini kuzatib keldik. OAVda chiqish qilar ekanmiz, o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish uchun bu ishni qilish kerak, u ishni qilish kerak, bu zarur, u zarur, deyishdan nariga o‘tolmas edik. Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilib, faqat g‘oya va taklif berardik, afsuski, ularning deyarli hech biri hisobga olinib, amaliyotga tatbiq qilingan emas. Ming shukrki, orzu va armonlarimiz ushaladigan kunlarga ham yetib keldik. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish …

    RAQAMLI O‘ZBEKISTON O`ZBEK TILINI INTERNET TILIGA AYLANTIRISHDAN BOSHLANADI

    Internet tili haqida so‘z ketganda, “o‘zbek tili internet tili emasmi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘zbek tilida internet sahifalarida ma’lumotlar berilmoqda, yozishmalar amalga oshirilmoqda, tilimizda ish olib boradigan sayt va portallar, ijtimoiy tarmoqlar kundan kunga ko‘paymoqda. Bir qaraganda o‘zbek tili internet va axborot-kommunikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanayotgandek, internet tiliga aylangandek. Aslida ham shundaymi?Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Kompyuter lingvistikasida “kompyuterning tilni tanishi” degan tushuncha bor. Agar kompyuter tilni “tanir” ekan, tilning internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Kompyuter tilni “tanishi” uchun u bu tilni “bilishi” zarur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatishi, matnni qayta ishlashi, tarjima …

    Alisher Navoiy abadiyati va renessans ehtiyoji

    Bugungi global davrda hayotning talabi, zamonning ehtiyoji kun sayin o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, keyingi kutilmagan ofatlar miqyosi olam va odam dardlarini ham birlashtirdi. Uzoq tarixiy tamaddun tajribalari shuni ko‘rsatdiki, qay bir davr va makonda olam haqida qarashlar, odam to‘g‘risida mushohadalar salmog‘i yuksalsa, Uyg‘onish — Renessans qaror topadi, gumanizm muqarrarligi taʼminlanadi, umuminsoniy tuyg‘ular vujudga keladi. Biroq inson botini histuyg‘ular bilan to‘liq bo‘lsa ham hurriyat orzusi qadar qadr-qimmat egasi eng kamyobidir.Shu maʼnodaki, odil jamiyat, ideal shoh va komil inson tuyg‘usi uchun, birinchi navbatda, olamu odam mohiyati anglanishi zaruriy holdir. Bu masala ilohiy taʼlimotlarda ham, bashariy qarashlarda ham, badiiy-estetik …

    Tashqi reklama materiallari davlat tilida hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim

    Bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 21-oktyabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinishining o‘zi bu borada hech bir izohga o‘rin qoldirmasa kerak. Tilimiz mavqeyini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni doirasida boshlangan ishlar esa tom maʼnoda davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida o‘z aksini topmoqda.Ammo, afsuski, tilimiz taraqqiyotiga xizmat qilish yo‘lida hamon masʼuliyatni his etmaslik, milliylik, boringki, davlat siyosatiga panja ortidan qarash holatlari uchrab turibdi.O‘zingizga yaxshi maʼlum, poytaxt mamlakatning yuzi. Unda millatning ming yillik anʼanalari zamonaviy turmush bilan uyg‘unlashadi. Hududlar ham poytaxtdagi o‘zgarishlardan andoza olib o‘zgaradi, rivojlanadi. Ammo bugungidek, …

    Qattiq “x”mi yoki yumshoq “h”: qanday farqlash kerak?

    O‘zbek-lotin alifbosiga o‘tish “x” va “h” harfli so‘zlar imlosidagi xatolar kamayishiga ham yordam beradi, deydi filolog Ravshan Jomonov. Lug‘atshunos olimning navbatdagi darsida “x” va “h” harfli so‘zlar imlosi haqida so‘z boradi.Bahsli “x” va “h” harfli so‘zlar imlosi haqida gapirganda, masalani to‘g‘ri anglash uchun, avvalo, kirill adifbosidagi holatlarni ham ko‘rib o‘tish lozim. Kirill alifbosida bu ikki tovushni ifodalash uchun bir-biriga shaklan yaqin ikki harf qabul qilingan. Bu shaklan o‘xshashlik ayrim sheva vakillari nutqida ikki tovushni bir-biridan farqlamaslikka, yozuvda ajrata olmaslikka olib keladi.Natijada esa ularni birlashtirishga harakat qilishadi. Aslida, unday emas. Chunki mazkur tovushlar hosil bo‘lish o‘rniga …

    Poshsho, poshsha va posho

    Bu uch soʻz bir-biriga talaffuz jihatidan yaqin, lekin maʼnolari farqlanadi.Poshsho soʻzi podshoh soʻzining soʻzlashuv tilidagi variantidir: podshoh – podsho – poshsho. Baʼzi Sharq mamlakatlarida mutlaq hokimlik qiluvchi hukmron unvoni va shunday unvonga ega shaxs, yaʼni shoh podshoh deb ataladi. Podshohlar tarixda koʻp oʻtgan, Sharq xalqlari xalq ogʻzaki ijodi, jumladan, ertaklarda ham hukmdorlar asosan podshohlar boʻladi.Podshoh soʻzi qadimgi fors tilida pod – hukmdor, shoh – ulugʻ, buyuk, yaʼni ulugʻ hukmdor maʼnosini anglatadi.Podshohlar hozir ham bor. Masalan, Saudiya Arabistonida davlat rahbari podshohdir.Poshsha xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni ifodalaydi. Bu soʻz katta ehtimol bilan podshoh soʻzining oʻzgargan shakli. Ayollarga, jumladan, kelinlarga ayricha hurmatni ifodalash, podshohlarga koʻrsatiladigan izzat-ehtiromga siz ham loyiqsiz degan maʼnoni berish …

    Alisher Navoiy “kashf qilgan” zamonaviy besh texnologiya

    ESKALATOR”Sabʼai sayyor” dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘ysa, zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi.TELEVIZOR”Farhod va Shirin” dostonida “jomi Jamshid” haqida gap boradi. U to‘rt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan bo‘lib, insonda xohlagan odamini istagan vaqtda ko‘rsata olgan.ROBOTLARFarhod Yunonistonga safar qilganda u yengishi kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning eng kuchlisi ko‘ksida ko‘zgu bo‘lib, Farhod yoyi bilan ana shu ko‘zguni nishonga olishi kerak. Agar u nishonga to‘g‘ri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuzlab odam ham u bilan birga yiqiladi.OLOVGA QARSHI MAXSUS …

    O‘zligiga qarshi bormagan shaxs

    Taniqli yozuvchi, mohir publitsist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xurshid Do‘stmuhammad jurnalistik faoliyatiga chizgilar.Ustoz, zahmatkash olim, filologiya fanlari doktori, taniqli yozuvchi, mohir publitsist, bag‘rikeng rahbar, shaxmat shaydosi, “Ofarin”, “E’tirof” va “Ehtirom” milliy mukofotlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Do‘stmuhammadning faoliyati haqida, uning muharrirlik yo‘lidagi hayotiy tajribalariga, jurnalistik faoliyatiga nazar tashlamoqchimiz.Haqiqiy bosh muharrirlar har qanday davrda jamiyatning yurak zarbini his qiladilar. Ayniqsa, zamon talablariga mos bo‘lmagan tomonlarini, kamchiliklarini, yuzaga kelgan muammoyu taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan illatlarni avvalroq anglab yetadilar. Ularni bartaraf etish uchun bong urishga harakat qiladilar. Bu bo‘layotgan yaxshiliklar, …

    Ona tilimiz sofligi yo‘lida fidokor bo‘laylik!

    O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, hozirgi kunda ushbu til Yer yuzi aholisining qariyb 50 million aholisi uchun asosiy muloqot vositasidir. Shunday ekan, tilimizning mavqeyiga qaratiladigan eʼtibor ertangi avlodning kelajagi haqida qayg‘urishimizning muhim asosi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodni ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Mustaqillik davri tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, tilga eʼtibor, uning mavqeyini qonuniy jihatdan mustahkamlab qo‘yish mustaqillikka erishishning dastlabki qadamlaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlat tilini izchil joriy etish …

    INSON VA QORACHIQ

    Hazrat Alisher Navoiy shohbaytlariga yana va yana qaytish ehtiyoji ko‘nglimizda har lahza paydo bo‘ladi.Qaroko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.Avvalgi suhbatlarda baytni sharh qilib, unda jam bo‘lgan teran mazmun, go‘zallik, sanʼatlarga birgalikda hayrat qilganmiz. Hozir endi gapimiz faqat birgina mardum so‘zi to‘g‘risida, bu forscha atamaning inson va ko‘z qorachig‘i degan maʼnolari to‘g‘risida bo‘ladi. Bir-biridan juda uzoq bo‘lgan bu ikki tushuncha nega shu bir so‘zda ifoda etilgan? Bu savolga javob izlab boshqa tillarga murojaat qilamiz. Arablar ko‘z qorachig‘ini insonul ayn der ekanlar. Yaʼni ko‘zning insoni. Arab tilida ham qorachiq va inson bir so‘z …

    Quruq gapdan aniq saʼy-harakatlarga o‘taylik!

    Chorrahadagi bekatda avtobus kutib qoldim. Bunday paytda beixtiyor atrofdagi yozuvlarga ko‘zing tushadi, ularni o‘qib uqmoqchi bo‘lasan. Ammo. to‘rt tomondan ko‘rinib turgan binolar – katta savdo majmuasi, uning birinchi qavati sahnidagi kichik-kichik do‘konchalar, oziq-ovqat do‘konlari va yengil tamaddixonalar, maydon o‘rtasiga o‘rnatilgan katta ekranda chiqayotgan eʼlonlar, hatto tashqariga bitta tuynukcha ochib qo‘ygan somsaxonagacha. bittagina “Dunyo gullari” degan yozuvni hisobga olmaganda, hammasi xorijiy so‘zlar.Sal naridagi muhtasham binoda qurilish uchun kerakli xomashyolar sotiladi. U yangi ochilganda yuqori qavatiga o‘rnatilgan, uzoqdan ham ko‘rinib turadigan “Usta bor” degan yozuvni ko‘rib biram quvongandim. “Rosa munosib nom topishibdi-da! Ham o‘zbekona, ham o‘ziga juda …

    Tilni asrab-avaylash xalqning taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi

    Ona tili – millatning ko‘zgusi, tarixi va ertasi, bebaho mulkidir. Bu mulkni asrab-avaylash, uni boyitish, kelajak avlodga bekami-ko‘st yetkazish har bir millatdoshning burchi, insoniy fazilati bo‘lishi kerak.Alisher Navoiy bobomiz o‘z asarlarida til o‘tkir qurol ekanligini, so‘zning kuch-qudratini ko‘rsatib berganidek asrlar osha sayqal topib kelgan boy, serjilo va go‘zal tilimizni qadrlash, uni yanada rivojlantirish lozim.  Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da ham ana shu ruhda faoliyat olib borilmoqda. Institut va uning hududiy filiallari tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek …

    TIL — MILLAT TIRIKLIGI RAMZI

    Muayyan tarixiy bosqichda vujudga kelgan maʼmuriy-jug‘rofiy, iqtisodiy-siyosiy, harbiy-huquqiy va etnik tuzilmaning belgilangan chegarasi, konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi, pul birligi va boshqa atributlari bo‘lsayu, asrlar mobaynida rivojlanib kelgan, adabiy meʼyorga tushirilgan davlat tili bo‘lmasa, aytaylik, o‘zga tilda rasmiy ish yuritsa, u maʼnaviy jihatdan mustamlakaligicha qolaveradi. Shukrlar bo‘lsinki, biz istiqlolga erishishimizdan avvalroq o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berib, qonunlashtira oldik. Davlat tili haqida qonun qabul qilindi.Afsuski, joylarda ushbu qonun talablariga to‘liq amal qilinyapti, deb bo‘lmaydi. Bunga bevosita baʼzi mutasaddi rahbarlar va keng jamoatchilik vakillarining beparvoligi sabab bo‘lmoqda. Shu bois, so‘nggi yillarda bu muhim ijtimoiy vazifani to‘la ado etishga …

    Tilimiz faol muloqot vositasiga aylanishi shart

    Har elning o‘z tiliga munosabati, hurmati va sadoqati nafaqat ota-bobolariga, balki o‘z millati va davlatiga bo‘lgan cheksiz ehtiromining ramzi hisoblanadi.Davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, uning sofligi va me’yorlarini saqlash, muntazam boyitib borish, nutq madaniyatini oshirish nafaqat o‘qituvchi-pedagoglarning, balki har bir millatdoshimizning insoniy burchidir.Albatta, ayrim shaxslarga 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash, adabiyot bo‘yicha bilimlarini baholash yoqmasligi mumkin. Ammo bu tilimizni takomillashtirish konsepsiyasi va dasturida o‘z ifodasini topgan. Bu zamon talabi hamdir.Bu jarayonlarga yordam berish bo‘yicha targ‘ibot ishlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining telegram kanalida tashkil etilgan rasmiy sahifasi …

    ONA TILIMIZGA QANOT BERGAN HURRIYAT

    Dunyoda o‘zligini anglagan, qadr-qimmati, or-nomusini sharaf deb bilgan biror millat, xalq yo‘qki, ozod va farovon yashashni istamagan va bu yo‘lda kurashmagan bo‘lsa. Chunki odam bolasi hurriyat tufayli erkin yashaydi, o‘z ona tilida bemalol gaplashadi, fikrini mustaqil bayon qiladi. Hurriyat atalmish neʼmatning huquqiy asosini esa har bir davlatning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiya belgilab beradi.Mustaqilligimizning huquqiy poydevoriDavlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2-modda.Har bir davlatning Konstitutsiyasi, avvalo, unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, ongi va madaniyatini aks ettiradi. Shu maʼnoda, Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy …

    “NAVOIYDAN ADOLATNI O‘RGANAYLIK. ”

    Dunyoda mumtoz adabiy til yaratgan xalqlar uncha ko‘p emas. Chunki mumtoz adabiy tilning yaratilishi va rivojlanishi Renessans deb ataladigan va har ming yilda bir necha martagina yuz beradigan madaniy-maʼnaviy yuksalish hodisalari bilan bog‘liqdir. Navoiy dahosi xuddi ana shunday noyob hodisa bo‘lib, XV asrda mintaqada  Renessans davrining boshlanishi va xalqning millatga aylanishi uchun shart-sharoit yaratib bergan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Bugungi kunda yosh avlodni Vatan tarixining shonli sahifalari, umumbashariy anʼanalari, yuksak maʼnaviy–maʼrifiy eʼtiqod ruhida tarbiyalash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Hazrat Navoiy kabi mutafakkir daholarning shaxsiyati va umrboqiy asarlari o‘tmishni bugun bilan tutashtirib, hammaga birdek …

    Endi gazeta o‘qimaymizmi.

    Juda murakkab kechayotgan kabisa yilimiz barcha sohalar kabi ommaviy axborot vositalari, ayniqsa gazetalar tahririyatlari muammolarini keskinlashtirib yubordi.Koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan transport harakati cheklovlari, shuningdek gazeta va jurnallar savdosiga ixtisoslashgan kiosklarning uzoq muddat yopilishi chop etilgan nashrlarni obunachilarga va o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilishiga to‘siq bo‘ldi.Ana shu kutilmagan favqulodda holat vaziyatisiz ham yildan-yilga adadlari kamayib borayotgan gazetalar tahririyatlarining moliyaviy ahvoli yanada abgorlashdi. Chunki ularning chakana savdo tushumlaridan tashqari reklamadan olayotgan daromadlari ham nihoyatda kamayib ketdi. Chunki reklama beruvchilar ham o‘ta murakkab moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotganlari yaxshi ma’lum.Oqibatda qator, hatto partiyalarning, viloyat va shahar hokimliklarining gazetalari …

    TIL VA TAʼLIM ISLOHOTCHISI (Nazariyadan amaliyotgacha)

    Mamlakatimizda filologiya sohasi olimlar va tadqiqotchilar tomonidan keng va atroflicha o‘rganilmoqda, biroq asosiy eʼtibor nazariy tilshunoslikka qaratilgan. Bir muddat nazariya amaliyotdan, hayotdan uzilib qolgan edi. Ilm maydonida har bir olimning o‘z yo‘li va shunga mos ilmiy maqsadlari bo‘ladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori – Baxtiyor Rajabovich Mengliyev ham bu borada o‘ziga xos, jamiyat uchun foydali, zamon talablariga mos ilmiy faoliyat yo‘lini tanlagan. O‘zi kabi shogirdlarini ham jamiyat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri naf keltiradigan tadqiqotlarga, amaliy tilshunoslikka yo‘naltirdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining ilmiy maktabini shakllantirishga erishdi. B.Mengliyev universitetda “Amaliy …

    Aslimizga qaytaylik

    Asli nasli balki O‘zluq, balki Tarxon, o‘zbegim…(E.Vohidov).Buyuk ajdodlarimiz haqida hamma vaqt har yerda faxr bilan gapiramiz. Navoiy, Beruniy avlodimiz deya ko‘ksimizga uramiz-u, ularga munosib bo‘la olyapmizmi, deya o‘zimizdan so‘ramaymiz. Mustaqillikka erishganimizga ham o‘ttiz yil to‘lyapti. Barcha jabhalarda sobiq mustabid tuzum asoratlaridan to‘la xalos bo‘ldik desak bo‘ladi. Ammo bir masala meni anchadan buyon qiynab keladi. Nega ismi sharifimizni, nasl-nasabimizni atashda o‘zligimizga qaytishga shoshilmayapmiz? Qachongacha ota-bobomiz ismlariga rus tiliga xos -ov, -yev qo‘shimchalarini qo‘shib, o‘zimizni tanishtiramiz?Avvalo, “familiya” atamasi haqida so‘z yuritsak. Rus tilining o‘zida ham o‘zlashma so‘z hisoblangan bu atamadan voz kechib, “Familiyangiz nima?” deyish o‘rniga “Nasabingiz …

    TILGA HURMAT – XALQQA HURMAT

    Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, uning shahar va tuman markazlari tashkil etilgan edi. Qisqa fursat ichida tezkor, qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimi xalqimiz ishonchiga sazovor bo‘lishga ulgurdi. Faoliyatimiz davomida xalqimizga sidqidildan xizmat qilishga, fuqarolarni ochiq chehra va muloyim lutf bilan kutib olishga harakat qilamiz. Bunda davlat tilini bilish va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish faoliyatimizning asosiy mezonidir. Zero, mustaqilligimizning asosiy belgisi – bu ona tili va milliy madaniyatimizdir. Millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri bu til …

    Til masalasi mavsumiy mavzu emas

    Qonun so‘zi – qudratli so‘z. U barchani sergaklantiradi, itoat ettiradi, kishi eʼtiborini tortuvchi kuch bor unda. Ayni paytda unga so‘zsiz bo‘ysunish, uni hurmat qilish talabi ham bor.Muayyan soha yoxud jabhaga oid qonunlar o‘sha tizimning rivojini taʼminlasa, shunday hujjatlar borki, ular butun bir xalqning ruhiyati, millatning qiyofasini o‘zida mujassam etadi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ana shunday muhim hujjat sifatida qabul qilindi. Uning asosida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanganishi esa tarixiy hodisa bo‘ldi, desak o‘rinlidir.Ushbu qonunning yana bir ahamiyatli, ramziy jihati uning aynan Abdulla Qodiriy tavallud …

    O‘ZBEK TILINING XALQARO TARG‘IBOTCHISI

    Bundan yigirma yil oldin Samarqand davlat universiteti talabasi bo‘lganimda bir ustozning maʼruzalari menga kuchli taʼsir qilgan. U kishi boshqa professor-o‘qituvchilardan kiyinishi, nutq so‘zlashi, dars berish uslubi bilan ajralib turar edi. U o‘zbek tilining haqiqiy bilimdoni va  jonkuyari ekanligi ikki og‘iz gapidan talabaning qaysi sheva, qaysi lahja va qaysi urug‘danligigacha aytib bera olishidan maʼlum bo‘lgan. Bu olim – filologiya fanlari  doktori, professor Jo‘liboy Eltazarov edi.Olim o‘zbek tilini ko‘p yillardan buyon dunyo miqyosida o‘qitib keladi. Jumladan, 1999-2000-yillarda Busan Chet tillar universitetida (Janubiy Koreya), 2003-2005-yillarda Berlin Gumboldt va  Berlin Frey universitetlarida (Germaniya), 2007-2010-yillarda Osaka universitetida (Yaponiya), 2010-2014-yillarda Mug‘la …

    Bir paytlari ona tilimiz yupun, gʻarib holatga kelib qolgan edi.

    Joriy yil 23-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasida nutq soʻzladi.Mazkur Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli BMT tarixida ilk bor video-anjuman shaklida boʻlib oʻtdi. Eʼtiborli tomoni va bizni quvontiradigan jihati Davlatimiz rahbari ilk marta BMTda oʻzbek tilida nutq soʻzladi.Prezidentimiz ushbu nutqi orqali ona tilimizni naqadar jozibali ohangdor ekanligini butun dunyoga namoyon etdi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqida dunyodagi va mintaqadagi muammolar xususida Oʻzbekistonning siyosiy yondashuvini aniq va teran yoritib berdi.Til – millat koʻzgusi. Til – oʻzbegimning libosi. Butun dunyo ona tilimning jozibasini, …

    VATAN VA MILLAT QAYGʻUSI

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan keyingi oʻylar. Napoleon Bonapartning bir gapi meni koʻp mulohazalarga chorlagani bilan yodimda muhrlanib qolgan. U taxminan shunday edi: dunyoda ikki kuch bor – qilich va aql-idrok. Ular doim mahorabada, biroq meni hayratga soladigani shuki, oxir-oqibat mudom aql qilich ustidan gʻolib keladi.Bunday xulosaga kelgan odam umri qilich koʻtarib jang-u jadallarda oʻtgan, muzaffariyat va shon-sharaf bayrogʻiga burkangan mashhur sarkarda ekanini hisobga olsak, oʻsha hikmatomuz gapning ma gʻzi toʻq, chuqur hayotiy maʼnoga ega ekani yana-da oydinlashadi. Darvoqe, qilich qanchalik kuchli boʻlmasin, yaratuvchilik qudratiga ega emas, vayronkorlik va talafotdan boʻlak …

    Assalom, yangi Oʻzbekiston!

    Buyuk tarixiy hodisa – Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida oʻzbek tilida soʻzlagan nutqini tinglab. Turkiyada chiqadigan “Jumhuriyat” gazetasi oʻzining 21-sentyabr sonida “Oʻzbek tili BMTda” sarlavhali maqola eʼlon qildi. Savol tugʻilishi tabiiy: Bu shunchalik ahamiyat qilinishi kerak boʻlgan hodisami? Uning ijtimoiy-siyosiy maqomi naqadar muhimmi?Masalaga yuzaki yondashilsa, bunga BMT ish tartibiga istisno tarzida kiritilayotgan oʻzgarish, deb ham qarash mumkin. Chunki belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, mazkur xalqaro tashkilot odatda dunyo boʻyicha oltita tildan foydalanadi. Oʻzbek lideri tarixda ilk bor oʻz ona tili – buyuk Navoiy, Sohibqiron Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdining tilida soʻz aytishi, albatta, tarixiy voqea.Mohiyatan qaraganda, mustaqil …

    TIL HAMISHA HIMOYAGA MUHTOJ

    Til ijtimoiy aloqa vositasi sifatida inson va jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo tillari esa taʼlim va taraqqiyotning rivojlanish tendensiyasida o‘ziga xos o‘rin tutib, bashariyat uchun birlamchi strategik unsurdir. Insoniyat zabon orqali fikrini ifoda etadi, faoliyat yuritadi hamda olamni taniydi. O‘z o‘rnida til vositasida maʼlumot almashinuvi hosil bo‘ladi. Ming afsuski, bugun mana shu maʼlumot almashinuvi vositasining o‘zi qaysi bir maʼnoda himoyaga muhtoj. Globallashuv asrining shiddati barcha soha va munosabatlarda aks etgani kabi, til maʼnaviyatiga ham taʼsirini o‘tkazmay qo‘ymadi. Buning natijasida esa dunyo tillari yaxshigina tahdid ostida qolmoqda. Tillarda ko‘payish surʼatining pasayishi, ulardagi xilma-xillikning tobora …

    Ona tilim jarangi yuqori minbarlar uzra yangradi

    Xalqimiz, dunyo hamjamiyatining yurtimizga va xalqimizga befarq bo‘lmagan qatlami hamda qardoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning joriy yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi munozaralarida BMTning 6 ta rasmiy tillaridan birida emas, balki o‘zbek tilidagi chiqishi bilan ishtirok etishini intizorlik bilan kutayotgan edi.Bu haqdagi xabar tarqalgani zahoti, dunyoda umrguzaronlik qilayotgan 50 milliondan ortiq o‘zbek millatiga mansub kishilarda, shuningdek 200 milliondan ortiq o‘zbek va turkiy tillarda so‘zlashadigan vatandoshlar va qardoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.Tilimizning bugungi kundagi xalqaro mavqeyiga qaraydigan bo‘lsak, rasmiy til maqomiga ega 200 ga yaqin davlat yoki …

    O‘zbek tili ilk marta yangragan sessiya

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiya­sidagi chiqishi, yuksak minbarda turib ona tilimizda ma’ruza qilishi barchamizning qalbimizni g‘ururga to‘ldirdi. Vatanimiz tarixida bunday yuksak minbarda o‘zbek tili, “Navoiy tili” hech qachon yangramagan edi. Yangi ­O‘zbekiston rahbarining eng nufuzli xalqaro anjumanda o‘zbek tilida ma’ruza qilishi ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 31 yilligiga munosib tuhfa bo‘libgina qolmay, tilimizga davlat darajasida e’tibor qarati­layotganining dalolati bo‘ldi.O‘zbek tilida so‘zlangan nutqning jarangi, ohang va jozibasi har bir vatandoshimiz qalbiga g‘urur va iftixor bag‘ishladi.Ma’ruzani OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali milliardlab insonlar tomosha qildi, tingladi.Bu tarixiy voqea ona tilimizga bo‘lgan cheksiz …

    Oʻzbek tilim, millatim, iftixorim mening

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqini alohida tarixiy voqea deb hisoblayman.Bu nutqda dunyodagi va mintaqadagi muammolar xususida Oʻzbekiston siyosiy yondashuvi aniq va teran yoritib berilgan. Oʻzbekiston Prezidenti ushbu chiqishining tarixiy ahamiyati shundan iboratki, BMT tarixida ilk marotaba mustaqil Oʻzbekiston rahbari oʻzbek tilida nutq soʻzladi.Men bundan shaxsan oʻzim oʻzbek oʻgʻloni va afgʻonistonlik oʻzbeklarning rahbari sifatida faxrlanaman. Bu biz uchun yuksak iftixordir.Oʻzbek tilida soʻzlangan bu nutq nafaqat 34 millionlik Oʻzbekiston ahlini, balki dunyodagi koʻplab mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimizni, xususan, Afgʻonistondagi oʻzbeklarni ham chin maʼnoda gʻururlantirdi.Oʻzbekiston Respublikasining, xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning oxirgi …

    Bengal tilida o‘zbekchaga o‘xshash so‘zlar bor, urf-odatlarimiz ham o‘xshash – Bangladesh elchisi bilan suhbat

    Bangladeshning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Masud Mannan O‘zbekistonda 7 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Ayni paytda uning mamlakatdagi elchilik faoliyati yakunlanish arafasida. Elchi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uzoq yillik faoliyati davomidagi tahlillari, davlatlararo munosabatlar, o‘zbek madaniyati haqidagi taassurotlari haqida to‘xtalib o‘tdi.Masud Mannan suhbat boshida O‘zbekistondagi faoliyati davomida kuzatgan 3ta muhim o‘zgarishni sanadi.“O‘zbekiston siyosatida ochiqlik paydo bo‘ldi. Masalan, men chet eldan O‘zbekistonga biznes qilish maqsadida kelsam, osonroq qoidalar bo‘lishini xohlayman. Bunga imkon paydo bo‘ldi. Shuningdek, chetdan investitsiya kiritish osonlashdi.Siyosat ochilishi bilan O‘zbekiston boshqa davlatlar, ayniqsa, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamladi. Oldingiga qaraganda bu yo‘nalishda …

    Uch daryodan suv ichgan dengiz

    Ona tilimni muazzam va ulug‘ desam, eʼzozlab boshga ko‘tarsam, buning boisi o‘zimniki bo‘lgani, jonimga yaqinligi uchun emas. Shunga ishonganim, iymon keltirganim uchun, mening ham bir ikki tildan xabarim bo‘lib, qiyoslash imkoniyatlarim borligi uchundir. Bir tomchi shabnamdek moʻjaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor! El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz, yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik maʼnolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan …

    Yosh olimning iztiroblari

    Yosh tilshunos olim Nazar Qodirov til bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanga keldi-yu, zaldagi shiorlarni ko‘rib o‘yga toldi: “Agar bu shiorlarga hamma amal qilganda edi, ona tilimizning qadri haqiqatdan yuksalardi”.Muhtasham zal odamlar bilan liq to‘la, g‘ala-g‘ovur avjida. U old qatordagi o‘rindiqqa o‘tirib, o‘zi tayyorlab kelgan ma’ruzani yana bir qur ko‘zdan kechirdi.      Nazar Qodirov o‘z sohasi bo‘yicha salmoqli ilmiy maqolalar yozgan, tengqur olimlar ichida ancha peshqadam edi. Olimning nazdida barcha sa’y-harakatlar balandparvoz gaplar singari qog‘ozda qolib ketayotgandek…  …Kutilmaganda birdan zalga sukunat cho‘kdi. Sahnaga chiqib kelgan suxandon qiz anjumanni ochiq deb e’lon qildi. Taniqli shoir minbarga chiqib o‘zbek tilining …

    ONA TILIMIZ – JONU DILIMIZDIR

    Bu yil ilk marotaba yurtimizda 21-oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Hozirda joylarda ushbu bayramga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Xususan, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik, idora va muassasalar rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tilshunos va adabiyotshunoslar, jurnalistlar hamda o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining ona tili, yaʼnikim davlat tilining nufuzi hamda mavqeini oshirishga oid bir-biridan qiziqarli va mazmunli maqolalari, suhbat hamda intervyulari eʼlon qilib borilmoqda. Ushbu ezgu amaliy saʼy-harakatlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining hissasi katta bo‘lmoqda, …

    OQ TONGLAR KUYCHISI

    Toshkentning Mirobod bozorini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Shu bozorga tutash ko‘chalardan biri “Sapyorlar” (hozirgi Mirobod) nomi bilan atalar edi. U temir yo‘l vokzali bilan Tuproqqo‘rg‘ondagi harbiy garnizonni bir-biriga bog‘lagan. Bu yerlarda ko‘proq temir yo‘l ishchilari hamda askarlar istiqomat qilgan.XX asr boshlarida bu yer inqilobiy voqealarning qaynagan joylaridan edi. Ana shu ko‘chadagi 74-uyda xalqimizning atoqli farzandi, maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yashagan. Saqlanib qolgan tabarruk dastxatlar, yuzlab kitob va hujjatlar guvohlik berishicha, Abdulla Avloniy o‘zbek bolalar adabiyoti, o‘zbek milliy teatri, dramaturgiyasi, pedagogika va matbaachiligining asoschilaridandir. Avloniy Turkistonda juda katta ijtimoiy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan …

    “Intriga kuchaydi”, “shedevr gol”, “ajoyib seyf” – bu kabi ajnabiy so‘zlarning o‘zbekcha muqobili qurib ketganmi?

    O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani va bu Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilganiga o‘ttiz yil bo‘lyapti. Shu davrda unga amal qilish, o‘rganish, sofligini taʼminlash, boyitish borasida izchil ishlar olib borilyapti. Bu borada qonun, qonunosti hujjatlari ishlab chiqilgan, qarorlar qabul qilingan.Ona tilimiz g‘oyat go‘zal va rang-barang. Muloqotda, talaffuzda, yozuvda uning imkoniyatlari juda boy. Ammo o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatishga uringan baʼzi kishilar tilimizda muqobili bo‘lsa-da, ajnabiy so‘zlarni qo‘shib gapirishi g‘ashga tegadi. Bu borada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” kanali sport sharhlovchilarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. “Raqibga nisbatan fol ishlatildi”. Bu holatni, nima, “o‘yin qoidasi buzildi” deb aytsa bo‘lmaydimi? Yoki “goldan …

    TO‘NNI KIM TESKARI KIYADI?

    Tilimizda shunday iboralar borki, ularning asl kelib chiqishi maʼlum emas, mazmun boshqa, so‘zlar boshqa. Ishing oshib-toshib yotganda ermakka balo bormi, deyiladi. Yoki birov xato ish qilsa, qovun tushurdi, deydilar. Bu jumlalarda balo ham, qovun ham gap maʼnosiga aloqasiz. Og‘ayni chalish deymiz. Og‘ayni maʼlum, lekin chalish nima? Og‘aynilar bir-birini oyog‘idan chalgani uchunmi? Yoki bir-birining aybini nog‘ora qilib chalgani uchunmi? Tan berdi, yo tan oldi, degan iboralarimiz bor. Biri qoyil qolish, ikkinchisi iqror bo‘lishni bildiradi. Bu maʼnolarga tan so‘zining nima aloqasi bor? Dabdala so‘zining dalaga, dabdurustdan so‘zining durustga bog‘liq joyi bormi? Shunday so‘z birikmalarini tilshunos olimlarimiz majhul …

    O‘ZBEK TILI BAYRAMI OLDIDAN

    “Gilgamish” (“Bilgamish”) dostoni – yer yuzida insoniyat yaratgan eng qadimgi dostonlardan biri  bo‘lib, shumerlarning eramizdan avvalgi XVIII-XVI asrlarda yashagan Uruk shahri hukmdori Gilgamish haqidagi qahramonlik eposidir. Xalqimizning “Alpomish”, “To‘xtamish” kabi dostonlari ham shunday ruhdagi asarlar sirasiga mansub.Ushbu doston ikki tilda – shumer va akkad tilida sopol lavhlarga bitilgan. Qadimshunos olimlar uning qaysi biri avval yozilgani haqida bahslashishadi. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, akkad (qadimgi yahudiy) tilidagi doston shumerlarning og‘zaki dostonlari asosida yaratilgan.“Eramizdan avvalgi XVIII-XVI asrlar” bu – hozirgi kundan 3600-3800 yil avval degani. Buncha yilning nimaligini tushunib olish uchun hech bo‘lmasa davlatlar tarixiga nazar solish kerak. Elam davlati …

    Eng avvalgi so‘z

    Xoliqi olamning Bo‘l degan so‘zidan borliq yaralgan, inson bunyodga kelgan. Odamzod tilga kirib u aytgan birinchi so‘z nima edi? Bu savolga javob hech bir kitobda yo‘q. Olimlar, insoniyatning ilk so‘zlari tovushga taqlidan paydo bo‘lgan, deydilar. Darhaqiqat, qadimgi ajdodlarimiz tog‘dan shovillab tushgan suvni shovva, shar-shar to‘kilganini sharshara degan. Qushlarning churq-churq qilgani chumchuq, lak-lak qilgani laylak (aslida laklak) qag‘illagani qarg‘a bo‘lgan. G‘oz, chittak, chug‘urchuq, chag‘alay, olashaqshaq, kakku, g‘ulg‘ul tovuq (kurka), jiblajibon. sanoqni davom ettirish mumkin. Lekin qush nomlari ichida eng go‘zali bul-bul deya yoqimli sayragan bulbuldir. Inson bora-bora o‘zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan. To‘qillab …

    Joy nomlari xalqimizning o‘tmishi, buguni va ertasi haqida “gapirishi” lozim

    Bugun yoshlarimiz yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari, avtobus bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan o‘zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko‘rib, bularning barchasini odatiy bir hol sifatida qabul qilishadi. Vaholanki, yaqin tariximizda bu manzara butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi. Birgina shahrimizni olib qaraylik. O‘tmishda uning ko‘chalari nomlarini o‘qib, qaysi mamlakatda yurganingizni bilmay qolar edingiz: Titova, Marks, Krasnoarmeyskaya, Frunze va hokazo. Shunisi ajablanarliki, bolsheviklar va ularning partiyasiga aloqador bo‘lgan bu nomlarning birortasi Samarqandga aloqador emas va qadriyatlarimizga mutlaqo mos bo‘lmagan kimsa va narsalar edi. Yoki, shahardagi aksariyat turarjoy mavzelari Super, BAM, Partsyezd degan, insonda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan …

    TIL MILLAT KO‘ZGUSI, XALQNING MA’NAVIY AKSI

    Yo‘l-yo‘lakayAslida birovlarning telefoniga e’tibor berish axloq qoidalariga butkul zid. Ammo, ko‘cha-ko‘yda kishi har xil vaziyatlarni kuzatadi. Ularning qay birlari u qadar e’tiborni jalb etmasada, ayrimlari diqqatingizni butkul o‘g‘irlaydi. Kunda-kunora ro‘y beradigan vaziyatlarning biri, taksida yonimda o‘tirgan 16-17 yoshlar chamasidagi yosh yigitchaning telefonidan do‘stiga yozayotgan sms xabarnomasi diqqatimni o‘ziga tortdi.- Salom urto. 4otkimi bugun esingdan chi4madimi soat 4 da kurishamiz. Dimka (aslida Dilmurod demoqchi shekilli)ni xam chakirdim.- Yuk. Esimda dakanechna kurishamiz. Bupti ketishda maniyam opketarsalla.- Ok (barmoqcha belgili smayl)- OK.Vaholanki, bu kabi axborot mazmunidagi gap-so‘zlar kundalik turmushimizning asosiy qismini tashkil etadi. Achinarlisi, biz bu borada o‘zimizning …

    MAG‘ZI TO‘Q TIL – OZIG‘I KO‘P TIL!

    Har bir millat yoki xalqning rasmiy darajadagi davlat tili maqomiga ega tilidan tashqari, o‘ziga xos asriy an’analarini davom ettirib kelayotgan, madaniy merosga aylangan shevalari ham bor. Shevalar xalqning, aholining ma’lum bir hudud doirasidagi chegaralangan so‘zlashuv uslubi bo‘libgina qolmay, kishilarning asrlar osha nutqiy madaniyatini shakllantirgan omildir. Binobarin, hozirgi o‘zbek tili adabiy til va mahalliy xalq shevalari hisobiga boyib boradi. Adabiyotlarda ilmiy jihatdan xalq shevalariga “Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi. Shevaning faqat og‘zaki shakli mavjud”, deya ta’rif beriladi. Shevalarda yangicha so‘zlarning kirib kelishi bo‘lmasada, ular adabiy til …

    ADABIY TIL BARCHA UCHUN BIRDEK TUSHUNARLI BO‘LISHI LOZIM

    Bu davrdagi o‘zbek tilshunosligining o‘ziga xos jihatlari, adabiy tilning shakllanishi, dastlabki imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, milliy alifboning tartibga solinishiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi vatandoshlarimizning faoliyati, ularning ilmiy merosi Fitrat, Cho‘lpon, Elbek, Ashurali Zohiriyni hisobga olmaganda, deyarli o‘rganilmagan. Istiqlolga qadar nashr qilingan adabiyotlarda o‘zbek tilshunosligi 40-yillarda shakllana boshlagan, degan fikr ustuvor bo‘lib, 20-30-yillar o‘zbek tilshunosligi deyarli inobatga olinmadi. Vaholanki, o‘sha davrda mukammal alifbosi, muayyan qoidalarga solingan adabiy til bo‘lishini orzu qilgan, shu yo‘lda o‘z jonini qurbon qilgan, tarix sahifalariga “jadidlar” nomi bilan kirgan millatparvar bobolarimiz o‘zbek tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan.Millatimizning shunday qahramonlaridan biri Shokirjon Rahimiydir. …

    OILАDА MUQАDDАS TUSHUNCHАLАR QАTORIDА TIL HАM BO‘LISHI KERАK!

    O‘zbek xalqi hamma davrlarda ham bag‘rikengligi, mehmondo‘stligi bilan dunyoni hayratga solib kelgan. Аmmo manashu bag‘rikenglik natijasida kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari oqibatida bugun urf-odatlarimiz, mentalitetimiz o‘zgarib ketayotgani, asosan, ziyolilarimizni qattiq tashvishga solmoqda. Jamiyatimizdagi har qanday o‘zgarish, avvalo, milliy tilimizda o‘z aksini topadi. Shifokorga borsangiz, butun tanangizning tibbiy tahlilini maxsus tibbiy moslama orqali tekshirib, natijasini qo‘lingizga chiqarib beradi. Ruhiyatning, maʼnaviyatning, insonlarimiz tabiatining bugungi holati qaysi uskuna yordamida aniqlanadi?Insonning butun borlig‘i, kishilarga, jamiyatga, davlatga, uni o‘rab turgan olamga munosabati, tabiiyki, tilida namoyon bo‘ladi. Har qanday odamning so‘zlagan nutqi, tilga munosabati uning kim ekanligini ko‘rsatib turadi. Navoiy aytgani kabi …

    BIZDА TАKLIF BOR

    Insoniyat paydo bo‘libdiki transport shaharlarni, davlatlarni, umuman qitʼalarni bir-biri bilan bog‘lab kelgan. Hech bir davlatning taraqqiyotini transport sohasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jug‘rofiy o‘rniga ko‘ra arzon va qulay transport kommunikatsiyalariga ega bo‘lgan va ulardan samarali foydalanib kelayotgan davlatlar bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti va siyosatida egamen mavqeni egallab turibdi. “Osiyo yo‘lbarsi”, “Osiyo qoploni” maqomi bilan iqtisodiy yuksalishda mo‘ʼjiza yaratgan Janubiy-Sharqiy Osiyodagi bir qator davlatlarning bu mavqega erishishida ham transport kommunikatsiyasidagi qulayliklarning ahamiyati katta bo‘lgan. Bunda boshqa faktorlarning, ayniqsa inson omilining munosib o‘rni bor, albatta.Barcha Markaziy Osiyo davlatlari kabi eng arzon suv transporti qulayliklariga ega bo‘lmagan O‘zbekistonni rivojlangan …

    O‘quvchi tilimizni qanchalik biladi yoxud ona tili – faqat grammatik qoidalar fanimi?

    Biz uzoq yillar o‘z fanlarimizni, jumladan, ona tilimizni unga to‘la mos kelmaydigan qoidalar, tartiblar asosida o‘rgandik, o‘rgatdik. Ona tili fani tilimiz jozibasi, uning imkoniyatlari haqidagi emas, tilning sirtqi tartib-qoidalarini o‘rganadigan va o‘rgatadigan ilmiy fanga aylandi. O‘quvchi ona tili deganda betakror go‘zal ifodalar, bir tushuncha yoki tuyg‘uning bir necha so‘zlar bilan ifodalanishidagi imkonlar, ma’no tovlanishlari, ifoda go‘zalliklarini emas, so‘zning qaysi turkumga kirishi, gapda qaysi bo‘lak bo‘lib kelishi hamda qator vahokazolarni anglaydigan bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtiga kirish niyatida bo‘lgan yoshlar ham fanning tartib-qoidalari qolipini to‘liq yod olishga majbur edi. Bu tartib-qoidalar esa ko‘p o‘rinda tilimizning borlig‘iga yopishmagan, …

    SOF O‘ZBEKCHA SO‘Z

    Biz universitetning birinchi bosqichida tahsil olayotganimizda Ozod Sharafiddinov aspiranturani endigina tugatib, dars bera boshlagan yosh domla edi. Qardosh xalqlar adabiyotidan bir turkum ma’ruza o‘qigan Ozod aka Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi lavhani shunday bayon qilgan edi:— Farhod sehrli teshasi bilan tog‘ni kesib, vodiyga suv ochdi. Shirin erta tongda qarasa tog‘dan sharqirab suv oqib yotibdi. Malika hayrat va hayajon ichida: “Nichego sebe!”, dedi.Talabalik yillari paxta terimida qishgacha qolib ketardik. Yotar joyimiz molxona, to‘shagimiz poxol, tashnobimiz ochiq dala. Hammomni tushda ko‘rardik. Arqon bilan qor to‘kib paxta terish ham, ho‘l to‘nkalarni yorib ovqat tayyorlash ham azob edi.Shunday …

    MUHАMMАD YUSUFNI АNGLАSH

    “Koinot qachonlardir bir nuqtaning, bir zarraning portlashidan paydo boʼlgan deyiladi. Аgar shu fikr toʼgʼri boʼlsa, poetik soʼz yaʼni sheʼriyatning mohiyatida lohududga sochilib ketgan koinotni toʼplab, sidirib yana oʼsha nuqtaning ichiga sigʼdirish istagi yotadi”, – deydi Ramiz Ravshan. Va shoirning zimmasidagi qutlugʼ vazifa haqida gapirib: “har bir asl shoir tangrini oʼz ona tilida tasvirlaydi va haqiqiy shoir tangri diydorini tilab qushday qanot qoqa-qoqa oʼz tilining osmonini kengaytiradi”, – deydi. Qushning qanot qoqishidan ohang yaraladi, kuyga aylanadi, soʼzga aylanadi. Shu bepoyon osmon qushlarga va shoirlarga armugʼon qilindi, deya bejiz aytilmaydi.Oʼz soʼzi bilan koʼrkli tilimizning pokiza osmonini kengaytirgan …

    Ona tilimizning jozibasi shevalarda

    Ko‘chalarda, yo‘l chetidagi reklama e’lonlarida, tashkilot va muassasalarning tashqi reklamalarida o‘zbek tili qoidalari, me’yor va talablariga amal qilinmasdan, savodsizlarcha bitilgan yozuvlarni hanuz uchratayapmiz. Vaholanki, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil o‘ttiz bir yil to‘ladi. Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibidagi mavzu – shahar hududidagi jamoat joylari, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tili va o‘zbek adabiy tili me’yor va qoidalariga amal qilish holati to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019-yil 4-oktyabr kuni “Davlat tili haqida”gi Qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida …

    TILIMIZ XAZINASINING KO‘ZGUSI

    O‘z taraqqiyotining tamomila yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yayotgan mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘layotgani kabi davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida ham tub burilish jarayonlari boshlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bu borada qilinadigan ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarhini chizib berar ekan, bu ishlarning pirovard natijalarini quyidagicha ifoda etdi: “Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”. Har bir fuqaroning ongu shuurida ana shu qoidaning …

    Til va tafakkur yoxud imlo qoidalari buzilishining tilimizga ta’siri xususida

    Til vujud bo‘lsa, so‘z uning libosidir. Aytayotgan, yozayotgan so‘zlarimiz bexatoligi ana shu libos ko‘rkamligini belgilaydi. Shu ma’noda imlo qoidalarining tilimiz sofligini ta’minlashda o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Zulxumor Xolmanova bilan suhbatimiz davlat tilining takomillashuv bosqichi, imlo qoidalarini qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularning yechimi xususida bo‘ldi.- Bugun o‘zbek tilini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Sizningcha, ayni yo‘nalishdagi faoliyat qaysi mezonlarda yanada ko‘proq o‘z samarasini beradi? – Darhaqiqat, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bugunning dolzarb vazifasiga …

    Bolaning ona tiliga sadoqati oilada shakllanadi, maktabda mustahkamlanadi

    Til millatning ma’naviy boyligi. U orqali har bir millat dunyo sahnasida o‘zligini, ma’naviy-siyosiy qiyofasini, irodasini namoyon etadi. Shu ma’noda ma’lum bir xalqning ma’naviy qudratini uning ona tiliga bo‘gan e’tibori bilan baholash mumkin.O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga ham o‘ttiz yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida uni mustahkamlash, rivojlantirish, obro‘yini oshirish yo‘lida ko‘plab ishlar qilindi. Xususan, milliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. Bu jarayonda ayniqsa, umumta’lim maktablariga alohida e’tibor berildi. Maktab ostonasiga qadam qo‘ygan bolajonlarda ona tilimizga muhabbat, sadoqat , milliy g‘urur  tuyg‘ularini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.Bu borada gapirganda shahrimiz xalq ta’limi bo‘limi famoasi tajribasiga …

    O‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlantirish va xalqaro nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir

    Dunyo tamaddunida millatning o‘zligini, xalqning takomil darajasini belgilovchi muhim omillaridan biri – til hisoblanadi. Ona tilining rivoji, unda yaratilgan osori-atiqalar, ma’naviy merosning ko‘lamiga hamda ona tilini o‘rganish, tahlil etish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab millatga baho beriladi.1989-yil 21-oktyabr sanasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi davlatchiligimiz tarixida haqiqiy ma’naviy jasorat va fidoyilik namunasi bo‘lgan desam, adashmayman. Chunki bu O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari tashlagan ilk qadamidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ayni shu tilda e’lon qilindi. Bosh qomusimiz – Konstitusiya o‘zbek tilida yaratildi, Davlat madhiyasi jahon bo‘ylab jaranglamoqda, 120 dan ziyod millat vakillarining bir osmon ostida tinch, osoyishta, ahil …

    Yuz yillik orzu

    Biz millat haqida, milliy qadriyatlar haqida gapirganda o’z-o’zidan Qodiriy, Cho’lpon, Behbudiy va Fitratlarni esga olamiz. Chunki, ular millatni asl ko’rish, adl ko’rish uchun kuyunganlar. Shu millatning tili, adabiyoti uchun va uning tagzamiridagi mazlumiyat va mahrumiyatlari borasida qayg’urganlar. Ular sofligi uchun kurashgan tilda biz gapiramiz, jadidlarimiz ochgan maktablarda bizning ota-bobolarimiz ilm olishgan, ular keltirgan ozodlikni yuraklarimizda ko’tarib yuribmiz.Quyida yozuvchi Isajon Sulton va Qodiriy shajarasining davomchilaridan biri Xondamir Qodiriy qurgan suhbatni siz mushtariylarimizga ilinar ekanmiz, asriy jumboqlarning asl javobini topgandek bo’lamiz.Isajon Sulton: — Xondamir aka, siz bilan ulug’ adibimiz Abdulla Qodiriy asarlari, qahramonlarining fe’l-atvori, u zot yashagan …

    TIL – JAMIYAT TAYANCHI

    Ona tilida fikrlashga toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo‘lmasin, ona tili kamsitilishiga yo‘l quymasin. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa, Onaizor, Vatan, millat har biri bittadan, Ona tili ham bitta. Agar o‘z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot bo‘lishni istamasangiz, ona tilini puxta o‘rganing. Boshingizga ko‘taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo‘la oladi, ammo faqat o‘z tilida bekamu-ko‘st bo‘lishi mumkin.                                                        …

    Ona tilini o‘qitish – o‘quvchi nutqini o‘stirishning bosh omili

    Maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda berishi, o‘z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiy til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta o‘rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini alohida ta’kidlab, bunday deb yozgan edi: So‘zdirki nishon berur o‘likka jondin,So‘zdirki, berur xabar jonga jonondin.Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin.Ona tili o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida bajaradigan ana shu vazifasi …

    Ilmdagi o‘zbek tili

    Turli xalqaro bazalarga kiritish talabi kuchayaversa, hademay o‘zbek tilidagi ilmiy jurnallar ham tugab bitsa ajab emas. Aslida-ku, sho‘ro davrida qizil imperiya hududidagi yagona ilmiy til sifatida rasman bo‘lmasa-da e’tirof etilgan rus tili ta’sirida o‘zbek tilining ilmdan tamomila chetlashib qolgani hammaning yodida bo‘lsa kerak. Eslang-a, dissertatsiyalar rus tilida yozilib, rus tilida himoya qilingan zamonlar bo‘lmadimi. Bo‘ldi, bo‘lganda qandoq! Va buni ko‘pchilik ziyolilar ich-ichida yoqladilar ham: ilmiy aloqalarning kuchayishi, milliy ilm-fanimizni tanishlari, tan olishlari uchun rus tilida yozish kerak, degan fikr aqidaga aylandi; markaziy jurnallarda rus tilida chop ettirgan maqolalar bilan faxrlanadigan bo‘lindi. Shubhasiz, ilmda yuksalish bo‘ldi, ittifoq …

    Til millatning mavjudligidir

    Til – taqdir degani. U millat taqdiri, uning o‘tmishi va yorqin kelajagi. Buning uchun esa, milliy til hayotda keng ko‘lamda amal qilmog‘i lozim. Chunki, davlat tilining amaldagi mustaqilligi, mustahkamligi, mavqei millat qadri va qadriyatlarining bardavomligi, sobitligini ta’minlovchi kuchdir.Bu borada biz Markaziy Amerikadagi yerli aholi hindularning, dunyoga o‘z madaniyati bilan tanilgan atseklar, mayyalar, irokezlar, seneka, rama, borigon kabi elatlarning deyarli yo‘qolib ketgani, Shimoliy Sibir va Uzoq Sharqdagi korel, pomor, fin, ajar, veps, nanay, yoqut, gundus, evenk, eskimos, chukcha, kunis xanti, mansi, buryat kabi yana o‘nlab millat va elatlarning milliy tillari va shu tillar tugatilishi oqibatida, batamom …

    O‘z tilini hurmat qilmagan xalqni hech kim hurmat qilmaydi!

    Rossiyada ish yuritish ingliz tili yoki Turkiyada rus tilida olib borilishini tasavvur qila olasizmi? Yoinki bu mamlakatlarga borganda, ularning ona tilini bilmay ko‘ring-chi! Bizda esa bu haqida endi fikr yuritila boshlandi. Tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yildan oshdi hamki, nihoyat, bugun davlat ishlarini ona tilimizda yuritish masalasi kun tartibiga chiqdi.Ona tili haqida fikr yuritganimda yoki bu mavzu bilan bog‘liq maqolalarni o‘qiganimda, ko‘z oldimda rahmatli onamning siymosi gavdalanadi. Ular fidoyi olima, o‘z ona tilining haqiqiy kuyunchagi edilar. Nomzodlik dissertatsiyalari ham “Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasining taraqqiyoti” mavzusida bo‘lib, ilmiy ishlarini 70 yillarning birinchi yarmida himoya …

    QADRSIZLANGAN TILIM

    Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida xorijiy tillarga, ayniqsa, ingliz tiliga e’tibor juda kuchayib bormoqda. Bu bilan xorijiy tillarni o‘rganmanglar deyishdan yiroqman. Odamlar o‘z tili qolib boshqa tillarni o‘rganishga “qattiq kirishdilar” shekilli, qayerga bormang yoki qaramang, ayniqsa yoshlar orasida tuturiqsiz, mantiqsiz so‘zlarni eshitishga qulog‘imiz, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga bo‘ysunmagan yoki chet tilda yozilgan har xil yozuvlarni ko‘rishga ko‘zimiz ko‘nikib bormoqda.Qaysi bir ijtimoiy tarmoqqa qaramang, ona tilimizga e’tibor susayib ketgani haqida qanchadan-qancha tanqidiy maqolalar yozildi, hozir ham yozilmoqda, bundan keyin ham yoziladi. Chunki tilimizga bo‘lgan e’tibor va uning bugungi ahvoli shunga muhtoj.Har kuni ishga, bozorga, o‘qishga boramiz. Qayerga …

    Ko‘mirga aylangan umr

    Xalq maqollari, matallarida bir hikmat bo‘ladiki, u hikmatli so‘z deb ataladi va asrlar osha og‘izdan og‘izga ko‘chadi.Gap ko‘p, ko‘mir oz, degan iborada men chuqur ma’no, tagdor fikr ko‘rmadim. Suhbat cho‘zilsa sandalning cho‘g‘i sovub qolgani uchun shunday deydilarmi? Bu gapda ne badiiyat, ne hikmat bor?O‘ylashimcha, bu ibora aslida gap ko‘p-ku, umr oz bo‘lgan.Ku yuklamasining keyingi so‘zga qo‘shilib ketishidan umr ko‘mirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi.Bu singari zamonlar osha tildan tilga o‘tib, so‘zlari, harflari o‘zgarib ketgan, asl ma’nosini yo‘qotgan maqol va matallar ko‘p.Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan …

    Vatan hajri, til sog‘inchi

    (bo‘lgan voqea)2014 yil yozida oilamiz bilan Antalyaga borgan edik. Bolalar “shahar aylanamiz” deyishgach, bir kuni ertalabdan avtobusga chiqib, shahar markaziga yo‘l oldik.Manzara – subtropik. Yashil-ko‘kish dengiz to ufqqacha to‘lqinlanadi. Tevarak orasta, ammo havo nam. O‘zimizdagi quruq, turli islarni opkeladigan havoga o‘xshamaydi. Baribiram o‘zgachaligi bor.Shaharning katta supermarketlaridan biri – “Terra Siti” soat o‘nda ochilar ekan. Kun isiy boshladi. Hali yarim soatcha vaqt bor. Yaqin bir joyda kichkina favvorali salqin bog‘chaga ko‘zimiz tushib, o‘sha yoqqa borayotsak, ortimizdan birovning:– Shoshmang-shoshmang! To‘xtang! – degan ovozi keldi.Qarasam, guldor ko‘ylagini shimi ustiga tushirib olgan, to‘ladan kelgan bir kishi, biz tomon lapanglab …

    Ona tilimizga e’tiborli bo‘laylik!

    Alisher Navoiy “Muhokamat-ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) nomli ilmiy asarida turkiy va forsiy tillarni qiyoslash orqali turkiy tilning boyligini aytib o‘tgan. Shu bois buyuk zotlarimiz tan olgan ona tilimizning sofligini saqlash, ushbu bebaho ma’naviy xazinani asl holicha asrash, kelajak avlodga bus-butun yetkazish dolzarb muammoga aylanib bormoqda.Muhtaram Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ustivor vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish va yosh avlodni ma’naviy qadriyatlarimizga cheksiz ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ekanligi, ona tilmizda paydo bo‘lgan muammolarning yechimiga yo‘l ochilganidan dalolatdir. “Tilga e’tibor-elga e’tibor” deganlaridek, Yurtboshimizning …

    “So‘z so‘zlashda. andisha kerak”

    – 1 -Abdulla Qodiriy nomi tilga olinganda bir entikib, hayratlar bilan Otabek va Kumush, Anvar va Ra’nolar taqdirini esga olmaydigan o‘zbek ziyolisi, adabiyot muhibi topilmasa kerak. Adibning badiiy so‘zida betakror joziba mujassam bo‘lgani bois “O‘tkan kunlar”ni necha topqir o‘qilsa ham, odam to‘ymaydi, zerikmaydi; qayta o‘qishga zarurat sezaveradi. Roman zavq-shavq bilan yutoqib o‘qiladi. Qayta o‘qishda asarning yangidan-yangi qirralari ochilib boradi. Bir o‘qilganda e’tiborsiz o‘tilgan tasvir va epizodlar boshqa safar diqqatni tortadi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga, voqea-hodisalar bayon usuliga tegishlidir. Zero, adabiyotdek so‘z san’at uchun badiiy til juda muhim sanaladi; …

    Til qashshoqmi yoki nutq.

    Ko‘cha-ko‘yda odamlarning o‘zbek tilida o‘zaro muloqotini tinglab qolsangiz, ular qo‘llayotgan so‘zlarning qanchalik ozligini, boshqacharoq qilib aytganda nutqining naqadar qashshoqligini ko‘rib achinib ketasan kishi. Til muayyan tizim qoidalariga bo‘ysunganligi bois o‘rni bilan kerakli lug‘aviy birliklar talab qilinadi. O‘sha birlik xotiraga kelmasa, olmosh (o‘sha, haligi, anaqa, kim, nima) yoki vulgar so‘zlar (adabiy tilga yot so‘kish yoki qo‘pol va dag‘al so‘zlar) qo‘llaniladi. Bunday holat asosan shahar shevalarida keng tarqalgan. Afsuski, bu “kasallik” keyingi vaqtlarda ommalashib bormoqda. Oddiy xalqning tilga munosabati, aniqrog‘i, tildan foydalanish ko‘nikmasi kundan-kunga pasayib borayotganligi ayni haqiqatdir.Xo‘sh, ziyolilar-chi? Ularning orasida ahvol qanday, deb so‘rashingiz mumkin. Hujjatchilik …

    Nomlarimiz milliy g‘ururimizga aylansin!

    Dunyo tillari va o‘zbek tiliManbalarda ko‘rsatilishicha, dunyoda 7000dan ortiq til bor. Shulardan 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O‘sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham borligi quvonarli. Lekin har qanday til, u nechog‘lik mukammal shakllangan bo‘lmasin, til auditoriyasi uning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilaydi. Til auditoriyasi – bu – tilning qo‘llanish ko‘lamining kengligi, undan foydalanuvchilarning til meʼyorlariga rioya qilishi bilan belgilanadi.Tilimiz nufuzi yo‘lidagi islohotlar2019 -2020-yil tom maʼnoda ona tilimiz rivoji hamda uning huquqiy maqomini mustahkamlash borasida tub burilish yili bo‘ldi:Prezidentimiz tomonidan …

    Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek tilida chop etilgan gazetalar

    “O‘zbekiston matbuoti tarixi” (1925-1952 yillar) kitobi mualliflari Ikkinchi jahon urushi frontlarida o‘zbek tilida 13 ta front va 3 ta diviziya gazetalari chop etilganligini taʼkidlaydi.Jumladan, 1-Boltiqbo‘yi frontida “Dushmanga qarshi olg‘a”, 2-Boltiqbo‘yi frontida “Suvorovchi”, 3-Boltiqbo‘yi frontida “Vatan uchun”, 1-Belorussiya frontida “Front haqiqati”, 3-Belorussiya frontida “Qizil askar haqiqati”, 1-Ukraina frontida “Vatan sharafi uchun”, “2-Ukraina frontida “Suvorov natiski”, 3-Ukraina frontida “Sovet jangchisi”, Bryansk frontida “G‘alaba sari olg‘a”, Uzoq Sharq frontida “Bong” singari gazetalar chop etilgan.Urush yillarida Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham Rahmat, Nazir Safarov, Ibrohim Rahim, Ziynat Fatxullin, Adham Hamdam, Sulton Jo‘ra, Abdunabi Alimuhamedov, Mahmud Murodov singari …

    Til – ulug‘ neʼmat, cheksiz imkoniyat

    Farzandimiz so‘zlay boshlaganida qanchalar quvonganimizni, u bilan chaqaloq tilida gaplashganimizni bir eslaylik. Olam shodligi bor bu lahzalarda. Shunday chog‘larda til insonga qanchalar aziz va zarur bo‘lsa, uning daxlsizligi, himoyasi ham shu qadar muhim ekani ayon bo‘ladi.Inson ulg‘ayib borgani sari o‘zligimizning muazzam poydevoriga bo‘lgan qarashlarimiz mustahkamlanib boradi. Shu asnoda qalbimizni turli shaytoniy qutqulardan, noto‘g‘ri qarashlardan asragan iymonimiz kabi muqaddas ona tilimizga bo‘lgan munosabatimiz ham yuksaladi.Qariyb bir oydirki qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42 moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu yerda hech bir millatga yoki o‘zga tilga nisbatan cheklov …

    Davlat tiliga hurmat – insoniy burchimiz

    Ilmning ham, axloqning ham kaliti tildir. Til insonning yuksak madaniyatini, chuqur bilimini, hissiyotini namoyish qiluvhi vositadir. Shuning uchun til qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Xalqimizda ona tilimiz bilan bog’liq juda ko’p naqllar, maqollar, hikmatli so’zlar bor. Deyarli barchasidan bir umumiy xulosa chiqarish mumkin. Buni muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi so’zlaridan ham anglash mumkin: ”Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo’lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo’llab-quvvatlaymiz. Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulug’ alloma, XX asr boshida olti tilli – o’zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug’at tuzgan Ishoqxon Ibratning …

    Hushtakni qattiqroq chaling!

    Agar haydovchi yo‘l qoidasini buzsa, YPX inspektori hushtak chaladi. Qoidabuzarga jarima belgilaydi. Bu bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatlar oldi olinishi haqiqat.Afsuski, millatni millat, davlatni davlat sifatida ko‘rsatuvchi ramzlardan biri ona tilimizni har qadamda buzishadi. Ammo hech kim bu holatdan tashvish chekmaydi. Aslida qoidabuzarlikning eng xatarlisi ona tiliga bo‘lgan bepisand munosabatdir.Bundan o‘ttiz bir yil muqaddam yurtimizda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandi. Ushbu hujjat haqida gap ketganda, ko‘pchiligimiz yuzlab qonunlarning shunchaki, bittasiday tasavvur qilishimiz ham afsuski, haqiqat. To‘g‘ri, mohiyatan olganda tilga oid bir yo‘nalishni tartibga soluvchi meʼyorlar jamlanmasi, xolos. Ammo ana shu qonun bilan o‘zbek …

    Reklama – madaniyat, maʼnaviyatni ifodalaydi

    Baʼzan shunday bo‘ladi, ko‘chada ketayotib yo‘l betidagi yozuvlarni bir-biriga ulab, hijjalab o‘qib ham biron bir maʼno topa olmaysiz. Xunobingiz oshadi, uning davlat tilida emasligi dilingizni xira qiladi, ayni mana shu ishga diqqatni oshirish haqida o‘ylay boshlaysiz.Tilga bo‘lgan hurmat hissini oshirish, bu boradagi ishlarni namoyon etish haqida gap ketar ekan, albatta ko‘cha yozuvlari, peshlavhalarning joylashtirilishi va ularning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi asosiy eʼtiborda bo‘ladi. Negaki, tashqi reklama, ko‘chadagi yozuvlar o‘tgan-qaytgan kishiga dars beradi, yo‘l ko‘rsatadi va madaniyat, maʼnaviyatni ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosini taʼminlash hamda Vazirlar …

    Til g‘ururi

    O‘zbek xalqi nihoyatda bag‘rikeng va mehmondo‘st xalq. Aksiomaga aylanib qolgan bu fikrni kundalik hayotimiz, o‘tmishimiz yaqqol tasdiqlaydi. Birinchi jahon urushi yillarida front chizig‘idan ko‘plab aholi, yetim bolalar O‘zbekistonga ko‘chirib kelindi. O‘zbek xalqi ularga boshpana berdi, egnini but qildi, qornini to‘yg‘izdi. Evaziga hech narsa so‘ragani yo‘q. O‘sha yillardagi o‘zbek xonadonidagi holatni o‘zimcha tasavvur qilaman: Oiladagi besh farzand yoniga yana besh nafar sariq sochli, ko‘k ko‘zli bolalar qo‘shib olingan. Ona bolalariga xitob qilarkan, noningizni ikkiga bo‘ling, yarmini mehmonga bering, mehmon xafa bo‘lmasin, kiyimingizni eskisini o‘zingiz kiyib yangisini mehmonga bering, mehmon xafa bo‘lmasin, yotog‘ingizni mehmonga berib pastda o‘zingiz …

    Tilimiz – borlig`imiz

    Har bir millatning qon-qoniga singib ketgan fe’l-atvori, ma’naviy tafakkuri avvalo, uning milliy tilida, shevasida aks etishi shu millatning o`ziga xosligi ifodasi demakdir. Til biz uchun necha asrlar davomida sayqal topib, shakllangan, suronlardan omon qolgan omonatdir. Xizmat yuzasidan hududdagi ko`rkam, peshtoqiga ajnabiy tilda  nom bitilgan, dong`i ketgan tadbirkorlik sub’yektigi tashqi yozuvlarni ko`zdan kechirdim. Shaharda obro`yi baland, sokin, aholining eng sevimli dam olish maishiy maskani. Tadbirkor bilan suhbatlashar ekanman, bino peshtoqidagi so`zni o`zgartish zarurligi, o`zbek tilining davlat tili sifatida mavqei va nufuzi, peshlavha va e’lonlar  qaysi tilda ifodalansa, aholida shu tilga bo`lgan munosabatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi …

    Til — shaʼn, til — qadr-qimmat

    Tarixdan maʼlumki, har bir mustaqil davlatning milliy ramzlari bo‘lgan. Va ularning muhofazasi qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Shunday ramzlardan biri ona tilidir. Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deya belgilangan.Adliya vazirligi tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatida maqomi va nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladigan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan dastlabki palladayoq turli-tuman qarashlar va fikrlar yuzaga chiqdi. O‘zini shu yurt kelajagi, shu millat istiqboli uchun daxldor deb bilgan inson borki, o‘zbek tilining mavqeini oshirish …

    Yuksak manzillarga tikkanmiz ko‘zni!

    Adliya vazirligi tomonidan xalq muhokamasiga qo‘yilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga doir qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi” ayniqsa har kim o‘z fikrini erkin bildirish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoqlarda aks-sado berdi va u shovqinlar bugungacha ham tinib ulgurmadi. “Aks-sado” so‘zi bu yerda juda o‘z o‘rniga tushadi: haqiqatan ham na aqlga, na mantiqqa to‘g‘ri keladigan g‘alati daʼvolar, shov-shuv va vahimalar ko‘tarishga urinishlar kuzatildi.Shulardan biri “Vesti.uz” internet nashrida chop etilgan “O‘zbekistonda Pushkin tili uchun jarima qo‘llashmoqchi”” deb nomlangan fitna maqoladir.Butun dunyoda “Ommaga fikr bildiruvchi kishining o‘zini tutish meʼyori” degan …

    Davlat tilida ish yuritish: masʼuliyat, burch va javobgarlik

    Til – ijtimoiy hodisa. Uni tabiat qonunlariga aloqasi yo‘q. Uni rivojlantirish ham, barbod qilish ham insonning qo‘lida.Odamzodga yo‘qdan bunyod etish buyurilmagan, yo‘qdan bor qilolmaydi. Lekin borini rivojlantirish, boridan o‘ziga qo‘layini, mukammalrog‘ini barpo etish uchun aql berilgan.Shu bilan birga, tabiat boyliklarini yo‘qotgan, yo‘q qilgan insonning o‘zi.O‘zini anglagan, kelajagini o‘ylagan millat borki, o‘z tilini, qadriyatini, madaniyatini, maʼnaviyatini asrash uchun kurashgan, kurashadi – boyliklarini asragan millatning kelajagi bor.O‘zbek tili, uning qudrati, shukuhini kimgadir isbotlash uchun birgina shu tilda ijod qilgan, o‘zbek millatining buyuk namoyandalari sharafiga 36 davlat, 74 ta davlatda ular sharafiga o‘rnatilgan yorgorliklarda ham bilsa bo‘ladi.Ajdodlarimiz tomonidan …

    Mustaqilligimizni ona tilimizga munosabatimiz belgilaydi

    Til millatning ko‘zgusi. Unga qarasangiz o‘zingizni ko‘rasiz, balandu pastingizni, imkonu imkonsizligingizni. Ko‘krak urib, kerilmaylik, qay darajada mustaqilligimizni ham ona tilga munosabatimiz ko‘rsatib turibdi. Tilga munosabat – mustaqillikka, mustaqil davlatchiligimizga munosabat!Davlat idoralarida o‘zbek tiliga munosabatga shunday yondashish kerak. Agar bu idoralarda hali hanuz to‘liq o‘zbek tilida hujjat, ish yuritilmayotgan ekan, unda biz hali to‘liq mustaqil davlatmiz, o‘z yo‘limizni, kelajagimizni o‘zimiz belgilaymiz, deb kerilishimiz o‘rinsiz. Milliy tilga munosabat bularning bari omonat ekanini ko‘rsatib turadi.Davlat idoralarida davlat nomini belgilab turgan tilda ish yuritilishi shu idoralarning, shu xodimlarning mustaqil davlatchiligimizga munosabati demakdir. Demak, davlat tilida ish yuritish chala ekan, …

    Davlat tili: faqat rasmiy idoralar bilan cheklanish kifoya qilmaydi

    Xalqni xalq qilib turadigan omillardan asosiysi – til. Tarixdan bilamizki, qavmlar ona tilini unutishi oqibatida boshqa elatlarga qo‘shilib, madaniy singishib ketish hollari ko‘p yuz bergan. Masalan, forsiyda so‘zlasha boshlagan turkiylar yoki turkiyda gaplasha boshlagan forsiylar keyinchalik genetik ildizlaridan uzoqlashib, til egalarining nomini olgan, o‘zlarini qaysi millatga mansub deb bilish borasida ham evrilishga uchragan.Til muloqot vositasi sifatida juda kuchli mafkuraviy quroldir. Ehtimol, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Til, bu – mafkura”, deganimiz aniqroq bo‘lar. Chunki, masalan, hindcha bilgan odam axborotni asosan shu til vositasida olishga odatlanadi, o‘z-o‘zidan mazkur millat muhitiga ko‘nikib boradi. Ana endi ona tilidan umuman bexabar, miyasining “yegan-ichgan”i …

    O‘zbek tili – milliy maʼnaviyat poydevori

    Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz balki muqaddas insoniy burchimizdir.Shavkat MirziyoyevDunyo tamaddunida millatning o‘zligini, xalqning takomil darajasini belgilovchi muhim omillaridan biri – til. Ona tilining rivoji, unda yaratilgan osori-atiqalar, maʼnaviy merosning ko‘lamiga, ona tilini o‘rganish, tahlil etish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab millatga baho beriladi. Aslida dunyo bo‘yicha mavjud 7 mingdan ziyod tildan bor-yo‘g‘i 200 taga yaqiniga rasmiy maqom berilgani ham shu jihat bilan belgilanadi.Teran tarixi, takomil bosqichlari, boy maʼnaviy merosi va mavqeiga ega bo‘lgan o‘zbek tili bayramini har yili 21 oktyabr kuni rasman …

    Men bog‘dan kelsam.

    Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat tilida ish yuritishni taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasining eʼlon qilinishi ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda, loyihani buzib talqin qilinishlar, vazirlikni millatchilikda ayblashlar, bir-birini haqoratlashlar. Avvalo, bir narsaga fikringizni qaratishni xohlardim. O‘zbekiston Respublikasida rasmiy davlat tili – o‘zbek tili. Bu 1989 yilda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risda”gi qonuning 1-moddasida o‘z aksini topgan. To‘g‘ri, mazkur qonunning kamchiliklari, jiddiy tahrirga muhtojligi xususida ko‘p fikrlar bildirildi, hatto davlatimiz rahbari tomonidan ham uni qayta ishlash kerakligi aytib o‘tildi. Demak, qonunga muvofiq davlat muassasalarida ish yuritish davlat tilida olib borilishi …

    O‘z tilini bilmaslikdan yo‘qolib borayotgan qadriyatlar , onajondan “mam”ga, otajondan “pap”gacha.

    Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi kunda yer yuzida yetti mingga yaqin til va lahja bo‘lib, ulardan ikki yuzga yaqini davlat tili maqomini olgan. Darvoqe, bu mustaqillik tushunchasi bilan hamohangdir. Shu sababli mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritmasidan avval “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi juda muhim tarixiy hodisa bo‘lgan edi.O‘tgan 30 yil mobaynida lug‘atlarimiz boyitildi, tilimizga yangi so‘zlar kirib keldi, eskilari tiklandi. Atamalar o‘zbekchalashdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlar va qarorlar o‘zbek tilida yozildi.O‘zbek tilini keng isteʼmolga kiritish maʼnaviy sohadagi islohotlarning o‘zagiga aylangan bo‘lsa-da, farzandlarimizga bolaligidanoq o‘z tilimizni chuqurroq o‘rgatish o‘rniga, maktablarda rus sinfiga berishga oshiqdik. “O‘g‘lim rus tilida zo‘r …

    “Bolangdan hurmat kutsang, otangni eʼzozla”

    Bu voqea ikki yillar ilgari to‘y oldi “maslahat oshi”da sodir bo‘lgandi. Kimni qurbi nimaga yetadi, kim nima qo‘sha oladi kabi savollarga javob izlanayotgan payt. O‘ttiz yoshni qarshilab qolgan, ammo ancha “katta” ko‘rinadigan Mansur gapga qo‘shildi:– Paxan,shu to‘yda usilitel, artistni men viruchat qilsamda, rublni maydalab. A, bu Zafar bratan erta biz to‘y qilsak otvetini qiladiku-a. Knigasiga shunaqa yozilgan, tak chto. – Sendan hech narsa kerakmas, baraka topgur kerakmas, – davra ahli guv etib unga yuzlandi. Negadir otaxonning tepa labi dir-dir titrardi, – oldin tilingni charxla, – dadil aytilayotgan bu gapda taʼkid, qatʼiyat bor edi. –To‘rt kun chetga …

    Imlo va talaffuz — savodxonlikning ikki qanoti

    Har bir fuqaro davlat tilida to‘g‘ri so‘zlab, to‘g‘ri yoza olsagina fuqarolik burchini his etgan, yurt qismatiga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotgan bo‘ladi. Qolaversa, bu millatparvarlik, maʼrifatparvarlik, yuksak maʼnaviyatimizning muhim belgisi — savodxonlik darajamizga bog‘liq. Savodxonlik esa ikki asosga tayanadi. Bu og‘zaki va yozma nutq madaniyatiga to‘la va to‘g‘ri amal qilishdir. Xo‘sh, biz har ikkalasi yuzasidan savodxonmiz deya o‘z-o‘zimizga savol bersak, ijobiy javob berish mushkulligini ham bilamiz. Gap muammolarni eʼtirof etishda emas, balki natija uchun kurashishda. Qanday qilsak, tom maʼnoda savodxonlik darajamiz oshadi va maʼnaviyatimiz yuksaladi? Qanday qilsak, kundalik muloqotlarimizdagi, internet orqali yozishmalarimizdagi qusurlardan, ko‘cha-ko‘ydagi bitik va peshlavhalardagi, …

    O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo‘li

    Yaqinda diyorimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlarining safiga yana biri qo‘shildi.Bu Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonda 21-oktyabrni “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekilgani bilan yana-da ahamiyatlidir. Shu munosabat bilan ona tilimizning beqiyos imkoniyatlari, tilimiz tarixi va bugungi istiqboli  to‘g‘risida bir necha qismdan iborat maʼrifiy darslar tashkil etishni rejalashtirganmiz.  Bugungi onlayn mashg‘ulotimiz “O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo‘li” deb nomlanadi.Bugun  koronavirus pandemiyasi butun dunyo xalqlari salomatligiga  jiddiy xavf solib turgan bir paytda, O‘zbekiston aholisi ham bu ofatni mardonavor yengib o‘tish uchun astoydil harakat qilmoqda. Shular qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham karantin qoidalariga qatʼiy …

    Bu kutilgan onlar edi

    Esimda, 1989-yil 21-oktyabr.“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun!Bu yillar davomida kutilgan onlar edi!O‘sha kuni biz uchun katta bayram bo‘lgan bo‘ldi. Bir-birlarimizni ko‘zda yosh bilan tabriklagandik. Tasavvur qilyapsizmi, sobiq sovet ittifoqi tasarrufida turib bunday jurʼat, albatta hammani quvontirgan. Oradan yillar o‘tdi. 30 yil!Shu davr ichida, o‘zbek tili rovojlanish o‘rniga biroz orqaga ketganday bo‘ldi.Endi biz chet tillarni o‘rganishga ro‘ju qo‘ya boshladik. Bolalarimizni rus maktablarga berdik. Natijada ular ruscha fikrlab, miyasida o‘zbekchaga tarjima qilib gapiradigan, g‘uldiraydigan bo‘ldilar. Shunday qilib, farzandlarimizni qiynadik: o‘zbekcha gapiray desa, tili rus, butunlay u tomonga o‘tib olay desa, qoni o‘zbek, ruhi o‘zbek. Ayrim qatlamlarda …

    Toponimik joy nomlari-xalq xohish-irodasi va qadriyati ifodasidir

    Har bir aholi yashash hududining tabiiy geografiyasi, bu yerda yashovchi aholining til xususiyatlari, kundalik mashg‘uloti bilan uyg‘un holda paydo bo‘ladigan joy nomi tarixdan shakllangan. Toponimlar ijtimoiy jarayon sifatida tarixiy taraqqiyotning muhim bir bosqichi sifatida avloddan avlodga o‘tgan. Shu bois yurtimiz o‘tmishida biror joyga nom berish hech qachon oliy hukmdorning farmon yoki qarori bilan emas, balki xalq xohish-irodasi, azaliy qadriyati tufayli amalga oshirilgan. Chunonchi, O‘zbekiston tarixida turli millat va elatlar yashab o‘tgani bois toponimlarida turkiy, forsiy, so‘g‘diy, arabiy tillar fonetikasi aks etgan. Aksar aholisi turkiy tilli bo‘lgan hududlarda ham forsiy komponentli joy nomlari uchrashi aholining boshqa tillar …

    Til va g‘urur

     “O‘z tilini unutgan xalqning Bog‘larida o‘sgan gullarinChirmab uxlar zaharli ilon”. Xurshid DavronTil-inson qiyofasi va ichki go‘zalliklarini namoyon etadigan eng nurli tuyg‘u. O‘z tilini unutgan xalq, o‘zligini unutadi. O‘z tiliga mehr-muhabbatli, sadoqatli bo‘lgan inson xalqini, vatanini, qadriyatlarini doimo e’zozda tutadi, avaylab-ardoqlaydi.Tilni millat ko‘zgusi deydilar. Chunki xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlari shu xalqning tili va adabiyoti orqali namoyon bo‘ladi. Shu sabab, qaysiki xalq o‘z tilini unutsa, o‘zligini yo‘qotsa, bunday xalq ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi. Agar tarixga nazar tashlasak, birgina qadimiy Turon sarhadlarida massaget, sak, xorazmiy, sug‘d kabi qabila va xalqlar yashaganligini ko‘rishimiz mumkin. Ular qirg‘inbarot urushlar tufayli emas, balki …

    O‘zbek tiliga hurmat va ehtirom har birimizning burchimizdir

    Til – millatning maʼnaviy boyligidir. Bu orqali har bir millat dunyo sahnasida o‘zini, o‘zligini, maʼnaviy va siyosiy qiyofasini, asosiysi, jonajon tilining shaklu shamoyilini yuksak ifodalaydi va namoyon etadi. Shuning uchun ham har bir davlat o‘z ona tili bilan qudratlidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki har bir xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi demakdir.O‘zbek tili – dunyodagi eng boy tillardan biridir. Ona tilimiz asrlar osha sayqallanib, yuksak ulug‘lanib kelindi. Natijada bu tilda allomalarimiz tomonidan jahon ahlini lol qoldirgan va ayni paytda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan nodir maʼnaviy xazina – ulkan asarlar yaratildi.Kechagidek yodimda, …

    Vikipediyada o‘zbek tilidagi yana bir sahifa yaratildi, bu safar Nariman Narimanov haqida

    2020-yilning aprelida Ozarbayjonning mashhur yozuvchisi va davlat arbobi Nariman Najaf o‘g‘li Narimanovning tug‘ilgan kuniga 150-yil to‘ladi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti taniqli yozuvchining yubileyini nishonlash to‘g‘risidagi tegishli farmonga imzo chekdi.Hozirgi paytda karantin sharoitida o‘zining virtual faoliyatini kengaytirayotgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Madaniyat markazi taniqli yozuvchi, dramaturg, publitsist va mashhur davlat arbobi Nariman Narimanovning 150-yilligi munosabati bilan Vikipediyada yangi loyihani ishga tushirdi. Vikipediya xalqaro elektron Ensiklopediyasida taniqli yozuvchi va davlat arbobi Nariman Narimanovga bag‘ishlangan o‘zbek tilidagi maxsus bo‘lim yaratildi.Bo‘limda Nariman Narimanovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida batafsil va keng maʼlumot beriladi, uning shifokorlik va siyosiy faoliyati aks etadi, shuningdek, …

    Tilaklar ham til tufayli

    Qonun so‘zi qudratli so‘z. U barchani sergaklantiradi, itoat ettiradi, kishi e’tiborini tortuvchi kuch bor unda. Ayni paytda unga so‘zsiz bo‘ysunish, uni hurmat qilish talabi ham bor. Har bir davlatning taraqqiyotini ta’minlaydigan tarixiy hujjatlari – qonun, qaror, farmon va farmoyishlari bo‘ladi. Qaror, farmonlar tez-tez almashinib tursa ham davomiyligi, “umri uzunligi” bilan xarakterlanadigani bu Qonundir. Shunday ekan, muayyan soha yoxud jabhaga oid qonunlar o‘sha tizimning rivojini ta’minlasa, shunday hujjatlar borki, ular butun bir xalqning ruhiyatini, millatning qiyofasini o‘zida mujassam etadi. Shubhasizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolangani va shunga ko‘ra, 21-oktabr …

    O‘zbekistonda birinchi “Imlo” darsligini yaratgan ziyoli haqida bilasizmi?

    1885-yili Qo‘qon shahri yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan Ashurali Zohiriy Qo‘qondagi Muhammad Alixon madrasasida arab, fors tillarini, islom huquqi, tarix, adabiyotni chuqur o‘rgangan. Bir paytda rus-tuzem maktabida o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan. Bu vaqtda u turk, ozarbayjon, tatar va rus tillarini o‘rganadi. Jadid muallimlari bilan hamkorlikda yangi usuldagi maktablar ochib faoliyat yuritgan.Zohiriy o‘zbek tilida birinchi bo‘lib boshlang‘ich sinflar uchun “Imlo” darsligini yaratib, 1916-yilda Qozon shahrida nashr etgan maʼrifatparvar, ilmli, o‘sha davrning ziyolilaridan biri bo‘lgan. Yetuk adabiyotshunos sifatida Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Vaqfiya” asarlari ustida matnshunoslik tadqiqotlarini ham olib borgan va bu asarlarni husnixatda ko‘chirgan.Ashurali Zohiriy jurnalist …

    Maʼrifat ayyomi: til – millat ko‘rki!

    21-oktyabr endilikda mamlakatimizda ona tilimizning bayrami sifatida keng nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni joriy yilning 10-aprel kuni qabul qilindi.Tasodifmi yo boshqami, bilmadimu, ushbu qonun imzolangan kun millatimiz, maʼnaviyatimiz, adabiyotimiz, ona tilimiz jonkuyari Abdulla Qodiriy tavallud topgan sanaga to‘g‘ri kelganida ham qandaydir maʼno borday. Zero, sevimli yozuvchimizning ona tilimizga hurmati, munosabati, bor jozibasi bilan ko‘rsata olish isteʼdodi uning asarlarida yaqqol ufurib turibdi.Hozirgidek o‘ta murakkab va sinovli kunlarda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunning imzolanishi har qanday sharoitda ham til, maʼnaviyat masalalari davlatimizning doimiy eʼtibor markazida ekanini yana bir bor isbotlamoqda.O‘tgan …

    Munosabat: har bir kun bayram

    Kecha, 10-aprel kuni muhtaram Prezidentimiz O‘zbek tili kuni bayramini belgilash to‘g‘risidagi Qonunni tasdiqlab, imzo chekdi. Bu voqea ulkan o‘zgarishlarga asos bo‘ladigan va bugungi dolg‘ali davrda ko‘z ko‘nikib, ong o‘rganib ulgurgan o‘nlab farmoni oliylar qatorida el-ulus tomonidan xotirjam qabul qilindi.Aslida-chi? Tilimizga toj kiydirilishi bizning asriy orzuyimiz, otalarning qo‘letmas armoni emasmidi?Millatdoshlari jam bo‘lgan majlisda o‘z tilida so‘zlashdan mahrum bo‘lgan, ona tili mavzusidagi ilmiy ishini asl tilida himoya qilishga huquqsiz ziyoli-olimlarning achchiq iztirobiga aylanmaganmidi bu o‘ksiz til?O‘zbek tili deganda ne-ne allomai zamonlar tiliga tushov tushib, duduqlanib qolmasmidi?Bu qutlug‘ imzo chekilgan lahza juvonmarg Abdulla Qodiriyning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelganichi!?Qaysi …

    Munosabat: Til bayrami – dil bayrami

    Sal balandparvoz gapdek tuyulishi mumkin, biroq 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangani haqida xabarni eshtishim bilan negadir xayolimga “Til bayrami – dil bayrami” degan gap keldi. Balki bu gap qayerdadir, kimdir tomonidan aytilgan, ko‘p marta ishlatilgan, hatto siyqasi chiqib ketgan ham bo‘lishi mumkin, ammo o‘zbek tilini ona tili sifatida biladigan, ana shu tilda tilim chiqqan, uni boshqa tillarga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘radigan inson, shu millat vakili sifatida yana yuz, ming, hatto yuz ming martalab shunday deyishga asosim bor, deb o‘ylayman.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat tilida ish yuritish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha ish boshlaganimga ko‘p vaqt …

    Davlat tiliga eʼtibor – milliy o‘zlikni anglash va uni namoyon qilish asosidir

    O‘zlikni anglash bu osongina kechadigan voqelik emas. Uni anglash aynan namoyon etish bo‘ladi.Bugun ona tilimizni ommaviy ravishda va keng miqyosda, o‘zbek davlatchiligining har sohasida tafakkur ifodalarimizning omili sifatida qo‘llashimiz u qadar ko‘ngildagidek bo‘lmagani va bunda har birimizning tegishlicha aybimiz borligini his etamiz. Negaki, 1989-yilda “Davlat tili haqida” qabul qilingan Qonunga qariyb 30 yildan ortiq vaqt bo‘ldi. Qonun hech bir sohada o‘zining to‘la-to‘kis ifodasini topmadi.Shu bois, yana-da kuchli huquqiy asos beruvchi bir hujjatga, davlat tili amal qilishini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ehtiyoj sezildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan …

    Toponimika xalq qadriyati demakdir

    Hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, xilma-xil tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsuli hisoblanadi. Toponimika dunyodagi barcha insoniyatning, xalq maʼnaviyati va maʼrifatini belgilovchi vositalardan biri sifatida geografik nomlarni, yaʼni joy, suv va boshqa obyektlarning nomlari, ularning maʼno-mazmuni, kelib chiqishi va tarixini o‘rganadi.Respublikamizda 2011-yil “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinguniga qadar geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni 1996-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish …

    O‘zbekning qizi (Manzara)

    Yo‘nalishli taksiga chiqishga yuragim bezillaydi.Tunov kuni Yunusoboddan Shimoliy temir yo‘l vokzaliga qatnaydigan yo‘nalishli taksida o‘zim guvoh bo‘lgan voqeani olaylik.Javzo oldi yoqqan yomg‘irning hosiyati ko‘p, deyishadi. Tog‘larda – qor, daryolarda – suv, ekinlar tagida xalqob mo‘l bo‘lsa-da, savrda ko‘kdan tomchi tushmasa, g‘alla boshog‘i puchligicha qoladi.Shomdan tonggacha yomg‘ir tinmadi. Maydalab, sekin, shoshilmasdan yog‘di. Ertalab quyosh chiqib, hamma yoq charaqlab ketdi. Havoning musaffoligi dimoqqa, qaldirg‘ochlar “qo‘shig‘i” quloqqa xush yoqadi. Daraxtlarning zumrad yaprog‘idan to‘kilayotgan kumush tomchilar billurdek tovlanadi.Yo‘nalishli taksi tomon yurdim.Liq to‘la mikroavtobusning old o‘rindig‘ida o‘yma yoqali yashil gulli adras ko‘ylagining uzun etaklarini tizzalari orasiga olib, boshqalarga yuzma-yuz o‘tirgan …

    Til nomusi

    Bir muddat avval xizmat safari bilan Niderlandiyada, aniqrog‘i, Gaaga, Amsterdam shaharlarida bo‘ldik.Gollandlar, umuman, Yevropa xalqlarining til muhofazasi uchun qat’iyati va jonkuyarligidan ibrat olish kerak. Masalan, Gaagada men ingliz tilida yozilgan biron peshlavha yoki joy nomini ko‘rmadim (Amsterdamda biroz bor). Bo‘lmasa, qancha xalqaro tashkilotlar bosh qarorgohlari va elchixonalar joylashgan, dunyo xalqlari delegatsiyalari qadami uzilmaydigan shahar. Ingliz tilini bilmagan mahalliy aholini uchratmadim, hamma inglizcha gapirsangiz, javob qaytaradi. Lekin asosiy muloqot – golland tilida. Bizga hamrohlik qilgan elchixona xodimining aytishicha: “Gollandlar yanayam til borasida demokrat. Belgiyaliklar yoki fransuzlar. Bay-bay-bay, ingliz tilini biladi, ammo inglizcha gapirsang ham, fransuzcha javob …

    Til – millat taqdiri va istiqboli

    Til – millat sha’ni va g‘ururini o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda uni millat qiyofasiga mengzash mumkin. Aslini olganda dunyodagi barcha xalqlar ham o‘zining milliy davlat tiliga ega emasligi har birimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlash bilan birga katta mas’uliyat ham yuklaydi. Negaki tilni asragan elni asraydi.Millat hech qachon fidoyilarni unutmaydi. Bundan 31 yil muqaddam mustaqillikka erishmasdanoq Birinchi Prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish masalasiga alohida e’tibor berdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu yurtdoshlarimiz hayotida unutilmas, tarixiy kunga aylandi.Agarda ona tilimizga o‘sha paytlarda davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmaganida balki bugun Alisher …

    “Mening tig‘ tilgan tilim. ”

    Hazrat Alisher Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, deya xitob qilganlarida bizdek loqayd, o‘z tilining ahamiyati, tub mohiyati, mavqeyini anglamaydigan, o‘z tilini hurmat qilmaydigan, sevmaydigan, tilni faqat odamlararo so‘zlashib aloqa qilishda ishlatiladigan qurol sifatidagina anglaydigan nodonlarni ko‘zda tutgan bo‘lsalar, ehtimol. Tinch zamonimizda biror ishni qoyil qilolmaganimiz, hadahadan boshqa ishga yaramaganimiz yetmagandek, tilimizning xazinasini kun sayin toptab, uning gavharlarini bitta-bitta boy berayotirmiz. Ba’zan ko‘rib-bilib turib, ba’zan bilib-bilmay turib yo‘qotib borayotirmiz xazinamizni. Ha, uning ko‘tarib ketguvchisi yo‘q. Bu shunday xazinaki, unda har kuni ishlatib, sayqallab, qimmatini oshirib turilmagan gavharlar asta qadrini yo‘qotadi. Biz o‘zimiz uni xotirlarimizdan quvib …

    So‘zlar bilan so‘zlashuv

    Eshqobil Shukur Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari va 2005-yilda «Ko‘hna bog‘ rivoyatlari» nasriy kitobi nashr etilgan. «Naqshband», «Ibtido xatosi» kabi dostonlari, «Nasoyim ul-muhabbatga sayr» turkumi, shuningdek, «Oqibat oqshomi», «Dunyoning ko‘chishi» kabi qissalari ham bor.“O‘ZIM”DAGI “O‘Z”IM“O‘z” so‘zi katta tarixga ega so‘zlarimizdan biri sanaladi. Bu so‘zda insonning mohiyati namoyon bo‘ladi. Hazrat Navoiy aytganlar:Bulbullar olur nolani ta’lim, agar etsaBog‘ ichra Navoiy o‘z-o‘zi birla tarannum.Xo‘sh, Navoiy o‘z-o‘zi bilan …

    Tilimizning qorovullari kim?

    Bu savolni ko‘pchilikka bersangiz, yelka qisib javob berishi turgan gap. Chunki tilga qorovul bo‘lish qanaqa bo‘lishini afsuski, aksariyat kishilar o‘ylab ham ko‘rishmaydi.Bizda o‘zga davlatlarga, ularning turmush sharoitlariga shunchalar havas kuchliki, oxirgi vaqtlarda o‘zimizning kim ekanligimizni ham unutib qo‘yyapmiz. Hech e’tibor berasizmi, juda ko‘p ota-onalar farzandini voyaga yetkazayotganda, unga to‘g‘ri va aniq talaffuz qilishni, til me’yorlarini buzmasdan gapirishni o‘rgatishmaydi.Ba’zilar hattoki, bolasiga qo‘shilib bola bo‘lib ketadi. Masalan, “suv ichasanmi”, deyish o‘rniga “chuv, “umma” ichasanmi yoki “nanna” yeysanmi, deyish ota-onalar uchun odatiy hol. Bu ham mayli. Eng achinarlisi, tilimizda o‘zga millat so‘zlarini o‘z so‘zlarimizdek ishlatayotganimiz va uni farzandlar …

    Tilga hurmat hissi avvalo insonning o‘zidan boshlanishi kerak emasmi?

    Ona tilim – jon-u dilim– “O‘zbek tilining mavqeyini oshirish uchun nima qilish kerak?” Katta anjumanda, notiq tomonidan ana shu savol kuyunchaklik bilan o‘rtaga tashlandi. Yonimda o‘tirgan kishi sekin hamrohiga shivirladi:– Til bayram 21-oktabrda shekilli. Hali bor-ku, aa?– Bilmadim, nega domla bu mavzuni ko‘taryaptilar, menam hayron.Ha, domla jon kuydirib ko‘tarayotgan bu mavzu vaqt, zamon tanlamaydigan, kunda kunora qayg‘uradigan mavzudir. Bahs boshlanib ketdi. O‘z fikrini bildiruvchilarning aksariyati o‘qituvchilar ekan, fikrlar dadil bo‘ldi. bog‘cha yoshidagi bolalar uchun maxsus qo‘llanmalar zarur;…maktab o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini har chorakda o‘tkazish kerak;…tashkilot, korxona va muassasa xodimlarining davlat tilida ish yuritishi uchun ularni …

    Ona tili – millat ko‘zgusi

    Ona tilim, sen – ruhimning qanoti…Rauf ParfiTil – millatning o‘tmishi, buguni va ertasini bog‘lab turadigan mustahkam ko‘prik. U darz ketsa, istalgan millat o‘zi, o‘zligi, ma’naviy qiyofasini butkul yo‘qotadi. Til – madaniyat, ma’rifat, axloq, tarbiya va shaxs kamolotining bosh mezoni. Bu mezon shikastlansa, millat tanazzulga, uning go‘zal va abadiy qadriyatlari yo‘qlikka yuz tutmog‘i muqarrardir. Unutmaylikki, inson ruhiy kechinmalarining rangin tasviri, o‘y-fikrlarining jo‘shqin tabiati, fitratu fikratidagi erk va hurriyat mushohadasining nurli tasviri Ona tilining jozibasi, shukuhi, so‘nmas va betakror qudrati orqali namoyon bo‘ladi.Xalqlar, millatlar, elatlar etnik kelib chiqishi, shakl-u shamoyili, madaniyati va tarixiy rivojlanish omillariga ko‘ra, inkor …

    G‘aflat va mutelik irsiymi yoki hirsiy?

    Davlat tili – milliy maslak va tafakkur erkinligining bosh asosi, ma’naviy yuksalishning birdan bir manbayidir. Til va ruh, til va mushohada, til va shaxs kamoli, til va millat taqdiri – bularning ma’no-mazmunini yetarli zaylda tushuna olgan kishi milliy tilning yaratuvchanlik, xaloskorlik kuch-quvvatiga zarracha ham shubhalanmaydi. Afsuski, xalq, yurt, butun shaxs tarbiyasi va til orasidagi botiniy birlikni idrok aylashga qodir ziyolilar ancha ozchilikni tashkil qiladi.So‘z va iborani aytmay qo‘ya qolaylik, ona tilidagi hatto belgi, ishorat, ramzlar ham ma’ni va taassurot yo‘liga qarab ko‘ngilga zavq, ruhga farah bag‘ishlaydi.Hayot haqiqati va zamon talablarini har turli bahs, munozara tushuncha …

    Bunday ona til ta’limi o‘zimizni aldashdan boshqa narsa emas!

    Tilshunos olim Baxtiyor Mengliyev bilan suhbatIjtimoiy hayotdagi muammolarning yechimi oldimizga yangi-yangi muammolarni qo‘yadi. Aslida taraqqiyotning mohiyati ham, mantig‘i ham mana shunda. Bu – jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ta’lim sohasiga ham birday tegishli. Ayniqsa, milliylikning ifodasi bo‘lgan ona tili ta’limida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu boradagi muammolar va ularning yechimiga doir fikrlarini bilish maqsadida sohaning yirik mutaxassisi, professor Baxtiyor Mengliyevni suhbatga tortdik. Albatta, ustozning fikrlarida bahstalab o‘rinlar ham yo‘q emas. Shuning uchun takliflarni Kun.uz o‘quvchilari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdik.– Hozirgi kunda ona tili ta’limidagi muammolar nimalarda ko‘rinadi?– Hammamiz maktabda fizika, kimyo, matematika, biologiya predmetlarini o‘qiganmiz. …

    Tiriklay ko‘milgan ko‘zlar

    Yaqinda “Kun.uz” sayti tilchi Baxtiyor Mengliyev bilan gurung qildi. Olimning maktablarda bolalarga qoida emas, so‘z o‘rgataylik, degan fikri meni qog‘oz qoralashga undadi.Haqrost, ziyolilarimizning maktab, litsey, kollej, hatto oliy o‘quv yurtini tamomlayotgan yoshlar savodsiz, degan ta’nasi to‘g‘ri. Bir nechta xorijiy tilda biyron farzandlarimiz ona tilida erkin fikr yuritolmaydi, lug‘at boyligi juda ham g‘arib. Ularning bir hovuchgina so‘zga andarmonligi kitob va asl milliy adabiyotdan begonalashuviga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, har bir millatning tamaddun tufayli unutilgan, iste’moldan chiqqan so‘zlari bo‘ladi. Ona tilimiz ham bundan xoli emas. Ammo, nazarimda, tarix qatida qolgan, biz unutgan so‘zlar yerdami yo ko‘kda qandaydir g‘azabnok …

    Ona tilimizning abadiyati nima bilan kafolatlanadi?

    Bizda ota bilan o‘g‘il, ona bilan qiz, do‘st bilan do‘st, oila, boringki qarindosh-urug‘lar muhim gaplarini o‘zaro gaplashib olishga o‘rgangan. O‘zaro! Bu juda yaxshi odat. Endi zamon shuni taqozo qilayaptiki, butun millat ham xuddi shunday zarur gaplar haqida gaplashib olishga o‘rganishi kerak ekan. Biz millat bo‘lib, bir bo‘lib gaplasha olayapmizmi? Hamma gap shunda. Ko‘p yillardirki, biz bunday mehr-oqibat maylislaridan yiroqlashib ketdik. Buning o‘ziga xos bir qancha sabablari borki, ularga to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman. Chunki, gurungimizning yo‘rig‘i bo‘lak. O‘tgan o‘tdi, bo‘ladiganini gaplashaylik. Muhimi, mamlakatimizda shiddat bilan yangi davr boshlandi. Endi har birimiz nigohlarimizni biroz yangilab olishimizga to‘g‘ri kelayapti.2019-yilning …

    Ona tili va milliy g‘urur

    O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 4-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu juda katta voqea. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasi ostida amalga oshirilayotan ulug‘vor ishlarning yana bir ifodasi.Davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab juda ko‘plab madaniy, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi va bu ezgu ish davom etmoqda.Bu tadbirlarning eng oliy darajasi 21-oktabr kuni poytaxtimizning qoq markazida bunyod etilgan Xalqaro Kongress markazida bo‘lib o‘tdi. “Toshkent Siti” …

    Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmasini bosing

    © 2023
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI MA’NAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTI

    Ona tili va adabiyot o’quv dasturi

    O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so’zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin.

    O’zbek tilining rivojlanish tarixini uch bosqichga bo’lish mumkin: qadimgi turkiy, qadimgi o’zbek va zamonaviy o’zbek tili davrlari.

    Qadimgi turkiy til
    Ushbu bosqich V-XI asrlarga tegishli. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg’oqlari bo’ylab hind-eron qabilalari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. Aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo’lib, uning asosida keyinchalik ko’plab Osiyo tillari paydo bo’lgan. Bugungi kunda qadimgi turkiy yozuvning faqat o’sha davrga tegishli madaniy yodgorliklarda tasvirlangan qismlari mavjud.

    Qadimgi o’zbek tili
    Ikkinchi bosqich XI-XIX asrlarga to’g’ri keladi. Shu vaqt ichida o‘zbek tili ko‘plab qo‘shni tillar ta’sirida rivojlandi. Tilning shakllanishiga birlashgan va rivojlangan adabiy tilni yaratgan shoir Alisher Navoiy ulkan hissa qo’shdi. Bu shaklda u 19-asrning oxirigacha o’zgarishsiz ishlatilgan.

    Hozirgi o‘zbek tili
    XX asrda zamonaviy o’zbek tilining shakllanishi boshlandi. Butun O’zbekiston aholisi tomonidan tan olingan Farg’ona lahjasi uning asosini tashkil etdi. Aholining aksariyati sartiya tili deb biladigan ushbu lahjada gapirishgan va uning karnaylari sartlar deb nomlangan. Etnik sartlar o’zbek xalqiga tegishli emas edi, ammo o’tgan asrning 20-yillarida “sart” so’zidan voz kechildi va mamlakat aholisi o’zbeklar deb nomlana boshladi. Adabiy til normalari yanada demokratiklashdi, bu esa uni ancha soddalashtirdi.

    O‘zbek yozuvi
    Butun rivojlanish tarixi davomida o’zbek tilida uch xil yozuv mavjud edi. O’tgan asrning 20-yillari oxirigacha o’zbeklarning etnik guruhi arab alifbosiga asoslangan edi. Sovet hokimiyati paydo bo’lishi bilan yozuv bir qator islohotlarga duch keldi. So’ng 1938 yilgacha Lotin alifbosi ishlatilgan, keyin esa kiril alifbosiga o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatga aylangandan so’ng 1993 yilda yana lotin alifbosi qaytarildi.

    Bugungi kunda o‘zbek yozuvida arab harflari, lotin va kirill harflari parallel ravishda qo‘llanilmoqda. Katta avlod kirill grafikasini afzal ko’radi, chet elda yashaydigan o’zbeklar esa arab harflariga o’rganishgan. Maktablarda o’qivchilar lotin tilida o’qishadi, shuning uchun o’quvchilar va o’quvchilarga Sovet davrida nashr etilgan kitoblarni o’qish juda qiyin.

    O’zbek tili fors tilidan olingan so’zlarga boy. XX asrda lug’at rus tilidagi so’zlar bilan sezilarli darajada boyitildi va bugungi kunda u ingliz tilidagi so’zlar bilan jadal ravishda to’ldirilmoqda. Davlat dasturiga muvofiq, o’zbek tilini boshqa tillardan olingan so’zlardan tozalash boshlangan.
    Bularning barchasi, shubhasiz, o’zbek tilini va tarjimalarini o’rganishda ba’zi bir qiyinchiliklarga olib keladi, ammo uni o’ziga xos va yanada qiziqarli qiladi.

    Hozirgi kunda ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda 24 millionga yaqin, Afg’onistonda – 3 million, Todjikistonda -taxminan 1 million, Qozog’istonda – 500.000, Turkmanistonda – 350.000ga yaqin, Rossiyada – 300.000 kishi o’zbek tilida so’zlashar ekan.

    Aziz yurtdoshlar!
    Toshkent sahridagi Turin politexnika universuteti Davlat tilimiz – O’zbek tili bayrami bilan Sizlarni mubarakbod etadi!

    Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar

    Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi.

    Majitov Sherzod Akramovich, Nasirova Shaira Narmuradovna

    Содержимое разработки

    3-MAVZU. TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN DASTURIY VOSITALAR

    1. Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi.
    2. Hot Potatoes, iSpring dasturlari va uning imkoniyatlari.
    3. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik, videoma’ruzalar, elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish.
    4. Prezi onlayn-perezentatsiyalarni yaratish dasturi. CoursLab dasturi va uning imkoniyatlari. Mytest – test yaratish va o‘tqazish dasturlari.
    1. O‘zlashtirishni nazorat qilishda AKTning o‘rnini izohlang.
    2. iSpring dasturi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni keltiring.
    3. iSpring Free dasturi.
    4. SCORM va TinCan tizimlari haqida tushuncha.
    5. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videoma’ruzalar yaratish qanday amalga oshiriladi?
    6. QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
    7. iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni yaratish ketma-ketligini keltiring.
    8. iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron onlayn-perezentatsiyalarni yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
    9. Elektron on-line kurslarini LMS, iSpring-server yoki virtual server yordamida mobil aloqa vositalaridan foylalangan holda tashkil etish ketma-ketligini keltiring.
    10. Mustaqil ta’lim va til o‘rganuvchilarning o‘z-o‘zini baholash usullarini keltiring.
    11. Ta’limda baholash turlari va bu jarayonda AKTning o‘rnini baholang, hamda misollar bilan tushuntiring.
    12. Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan online kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
    13. Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan offline kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
    14. Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan Internet saytlari haqida nimalarni bilasiz?

    Ona tili va adabiyot o’quv dasturi

    RUSTAMOV DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH
    Fakulteti dekani. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
    Telefon:
    0(374) 223-42-76
    E-pochta:
    xorijiy@adu.uz
    Qabul kunlari:
    Har kuni

    Fakultet dekani biografiyasi:

    • 2005-2009 yy. – Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi.
    • 2009-2011 yy. – Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti.
    • 2011-2015 yy. – Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
    • 2015–2016 yy. – Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi.
    • 2016-2018 yy. – Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti.
    • 2018-2018 yy. – Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b.
    • 2018 -2019 – Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
    • 2019- 2020 – Andijon davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)” kafedrasi mudiri
    • 2020-yil 2-oktyabrdan Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani

    KARIMOV KAMOLIDDIN NASRIDINOVICH
    O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027

    E-pochta:
    king230680@gmail.com

    MATQULOV HOSILBEK MAVLONOVICH
    Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027
    E-pochta: matqulov78@mail.ru

    AHUNOV MUQIMJON MUHAMMADAMINOVICH
    O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027
    E-pochta: xorijiy@adu.uz

    POZILOV MA’MIRJON SOBIROVICH
    O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027
    E-pochta: 205boss_205@mail.ru

    ATABOYEV AHADJON JUMAQO’ZIYEVCIH
    O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027
    E-pochta: ataboyev.87@bk.ru

    MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O’G’LI
    Axborot texnologiyalari bo’yicha dekan o’rinbosari
    Telefon: +998742234027
    E-pochta: adu_02_07@mail.ru

    Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti uzoq tarixga ega. 1963-yil 1-sentyabrda Andijon pedagogika instituti tarix-filologiya fakulteti tarkibida ingliz va nemis tillaridan pedagog mutaxassislar tayyorlash boʻlimi ochilgan. 1966-yildan boshlab Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil topdi. Ushbu ilm dargohiga turli yillarda quyidagi professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilgan. Xususan, M.E.Habibov (1966-1978), X.Azimov (1978-1983), M.E.Umarxoʻjayev (1983-2000)larning mehnatlari bilan institut mamlakatda yetakchi chet tili mutaxassislarini tayyorlovchi dargohga aylangan.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 3-sentyabrdagi 341-sonli buyrugʻi bilan Andijon davlat tillar pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti tashkil etildi.
    Yarim asrlik davrda ushbu ilm dargohida ingliz, nemis, fransuz, rus, shuningdek, fors, arab, hind, turk tillari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanib, ular umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimidagi turli institutlarda oʻqituvchi, ilmiy xodim, tarjimon sifatida faoliyat koʻrsatmoqdalar.
    2020-yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani sifatida filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Rustamov Dilshodbek Abduvoxidovich faoliyat yuritib kelmoqda.

    Fakultetda 7 ta kafedra ish olib borib, ularda 200 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar ishlab kelmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, professorlar, 24 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.

    Chet tillar fakulteti qoshida faoliyat olib borayotgan kafedralar:

    • Nemis tili va adabiyoti;
    • Fransuz tili va adabiyoti;
    • Ingliz tili va adabiyoti;
    • Ingliz tili grammatikasi;
    • Ingliz tili fonetikasi;
    • Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar);
    • Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar).

    Fakultetda talabalar quyidagi yoʻnalishlarda tahsil oladilar:

    5111400 – ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
    5111401- nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
    5111402- fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
    5611500 – gid hamroxligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)
    5A111401- ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (Magistratura)

    Fakultetning ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida 2000 nafardan ziyod, nemis tili va adabiyoti yoʻnalishida 150 nafar va fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishida 120 nafardan ziyod talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Fakultetda xar yili talabalar turli tanlovlarda ishtirok etib koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, har yili talabalarimiz “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi hamda turli Respublika va xalqaro fan olimpiadalarining sovrindorlari sifati eʼtirof etilmoqda.

    Shuningdek, fakultetda Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik amaliy-ilmiy innovatsion markazi (ALTAIIM) ham faliyat olib bormoqda.

    O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
    O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
    2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.

    FAKULTET KAFEDRALARI

    INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

    VOSITOV VALIJON ABDUVAHOBOVICH
    Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
    Telefon: 0(374) 223-42-76
    E-pochta: xorijiy@adu.uz

    Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, sinxron va izchil tarjima, til amaliyoti, chet (ingliz) tili fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boradi.
    Kafedra universitet tarkibida fanlar boʻyicha oʻquv uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
    Kafedra tashkil etilgandan buyon unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Abduvaliyev (1996-1998, 2010-2015 yy), filologiya vanlari doktori, professor Gʻ.M.Xoshimov (1998-2005 yy), filologiya fanlari doktori, professor K.J.Joʻrayev (2005-2007yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.B.Umirzaqov (2007-2008 yy), katta oʻqituvchi B.T.Jalilov (2008-2009 yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov (2009-2010 yy), lar rahbarlik qildilar.
    Hozirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vositov Valijon Abduvaxobovich rahbarlik qilmoqda.
    Kafedrada 34 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 4 nafari daraja va unvonlarga ega. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 11 nafari katta oʻqituvchi, 17 ta assistent oʻqituvchi lavozimlarida ishlaydi.
    Kafedra ilmiy salohiyati 11.1% ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 36.5 ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari 14 fandan talabalarga tahsil berib kelmoqda.
    Iqtidorli talabalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtish maqsadida “Yosh adabiyotchi” toʻgaragi tashkil etilgan. Toʻgarakda talabalarni inglizzabon mamalakatlar (Angliya va Amerika) adabiyoti tarixiga doir badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va keng ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yoʻnaltiriladi.

    INGLIZ TILI GRAMMATIKASI KAFEDRASI

    XOSHIMOV G’ANIJON MIRZAAHMEDOVICH
    Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.
    Telefon: +998 90 528 18 81
    E-pochta: xorijiy@adu.uz

    “Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutaxasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.

    Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.

    Kafedra 2018-yilda “Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Kafedrani filologiya fanlari doktori, professor G.M.Hoshimov boshqaradi. 2020/2021 o’quv yilida kafedra tarkibida 23 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, 6 nafari katta o’qituvchi, 16 nafari o’qituvchilardir

    Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.

    Kafedra qоshida “Yosh grammatikachilar”, “Сreative writers”, “Fluent speakers”, “Curious readers” ilmiy-amaliy to’garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. To’garaklarda 100 dan ortiq talabalar ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilmoqda. Ularga 18 nafar tajribali professor-o’qituvchilar qo’shimcha dars mashg’ulotlarini o’tib, fan olimpiadalariga tayyorlaydilar, ilmiy tadqiqot ishlariga yo’nalitirib boradilar.

    INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI

    SOLIJONOV SOBIR OTAXONOVICH
    Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
    Telefon: 0(374) 223-42-76
    E-pochta: xorijiy@adu.uz

    Ushbu kafedra 1991-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” deb nomlangan. Kafedraga 2017-yildan boshlab hozirgi paytgacha kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov mudirlik qilib kelmoqda.

    Oʻquv-uslubiy ishlar

    Kafedrada 28 ta oʻqituvchi asosiy shtatda ishlaydi, shulardan 2 ta fan nomzodi, 2 ta f.f.f.d (PhD), (2 ta dotsent).
    Kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Amaliy fonetika”, “Oʻqish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti”, “Integrallashgan til koʻnikmalari”, “Kommunikativ leksika”, “Xorijiy OAV tili”, “Oʻlkashunoslik”, “Tili oʻrganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati” va boshqa mutaxassislik fanlaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari olib boriladi.
    Kafedra aʼzolari kafedra tasarrufidagi 1-4 kurslarda 21 ta fan boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar va ularning amaliyotlariga rahbarlik qiladilar.

    Ilmiy tadqiqot ishlari

    Ingliz tili fonetikasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri Ingliz tilining stilistikasi, leksikologiyasi, fonetikasi va madaniyatlararo muloqot madaniyatini oʻrganish, tadqiq qilish hamda chogʻishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda kafedra ilmiy salohiyati 16 foizni tashkil etmoqda. Kafedra doktoranti M.Qurbonovning f.f.f.d (PhD) boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi himoyasi kutilmoqda.
    2020-yilda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta oʻquv (uslubiy) qoʻllanma nashrga ruxsat berilgan boʻlsa, 12 ta ilmiy maqolalar va 80 dan ortiq tezislar nashrdan chiqarilgan. Ilmiy maqolalarning 6 tasi impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda, 2 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, 2 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va 2 tasi respublikada roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda nashr qilingan boʻlsa, tezislarining 55 tasi xalqaro va 25 tasi respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami hisoblanadi.
    Kafedra aʼzolaridan 2 nafari 2020-yilda amalga oshirilgan innovatsion loyixalarda qatnashmoqda. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Solijonov Sobirjon 2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻlgan va tasdiqlangan “Sunʼiy ong platformalari uchun elektron lugʻat va matn tarjimoni dasturiy mahsulotini yaratish”. Amaliy loyixa (Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha (Filologiya) loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha 2020-yil boshlanib, 2022-yilda yakunlanadi.
    Kafedraning yana bir aʼzosi dotsent Xoʻjayeva Raʼno Mutallibovna 2020-2022-yillarga moʻljallangan “FZ-201912099 Oʻzbek folklorining oʻzbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” va “Kodeks Kummanikus“ kulyozmasining elektron izoxli matni va lugatini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
    Kafedra oʻqituvchisi G.Mamadaliyeva AQSH Davlat Departamenti tomonidan ajratilgan ”Faculty Enrichment Program” dasturi doirasida 26 ming AQSH dollar qiymatida grantni qoʻlga kiritdi. Natijada, grant doirasida 2020-2021-yillar davrida universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy pedagogik talim texnologiyalarini oʻrganish, talimdagi mavjud muammo va vazifalarga yechim topishda xorijiy tajriba almashinuvi kabi ishlar amalga oshiriladi.

    Kafedraning hamkorlik aloqalari

    2020-yilda kafedraning ilmiy yoʻnalishidagi xalqaro aloqalari Italiyaning Piza universiteti, Turkiyaning TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği markazi, Rossiyaning Moskva davlat lingvistik universiteti, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til oʻqitish instituti, Amerika Qoʻshma Shtatlarining “American English E-Teacher” dasturi “TESOL Methodology course” kursi, Xindistoning “Master Mind Publik School” va “SHIVALIK VIDYAVALA” maktablari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi va xozirga qadar olib borilmoqda.
    Kafedra doktoranti M.Qurbanovga Piza universiteti Lingvistika, filologiya va adabiyot departamenti professori Mirko Tovasanis (Mirko Tavosanis), Turk tili tarixi va madaniyat birligi (TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği) markazi oʻqituvchisi Sefer Eraslan (Sefar Eraslan) va Moskva davlat lingvistika universiteti professori Olga Irisxanova ingliz (italyan), turk va rus tillaridan ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Natijada, xammualiflikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida xozirga qadar jami 5 ta ilmiy maqolalar tayyorlanib, ular kelgusida xorijdagi va mahalliy ilmiy jurnallarga chop etish uchun taqdim qilindi.

    NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

    UMARXO’JAEV MUXTOR ESHONXO’JAEVICH
    Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor.
    Telefon: 0(374) 223-42-76
    E-pochta: xorijiy@adu.uz

    1966 yili Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil etilishi bilan chet tillar fakulteti qoshida nemis tili kafedrasi tashkil etildi va kafedraga M.T.To’xtaev mudir etib tayinlandi. Kafedraga 1996 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.N. Nazarov va 2010 yildan professor M.E. Umarxo’jaev mudirlik qilib kelmoqda.

    O’quv-uslubiy ishlar

    Hozirda bu kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 7 nafar katta o’qituvchi va 9 nafar o’qituvchi nazariy va amaliy mashg’ulotlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga 14 ta fandan: Til ko‘nikmalari integratsiyasi, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Amaliy fonetika, Amaliy grammatika, Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi, Mamlakatshunoslik, Stilistika va matn tahlili, Leksikologiya, Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi, Nemis tili stilistikasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Nemis tili nazariy grammatikasi, Nemis tili nazariy fonetikasi fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.

    Kafedra ilmiy faoliyati

    Kafedrada professor M.E.Umarxo’jaev rahbarligida ilmiy maktab faoliyat olib bormoqda. Filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Eshonxo’jaevich Umarxo’jaev 1995 yildan Rossiya ijtimoiy fanlar Akademiyasining a’zosi, 2007 yildan Germaniyaning Leyptsig universiteti translatologiya instituti faxriy professori. M.E.Umarxo’jaev yosh avlodni tarbiyalash, ulardan ilmiy kadrlar yetishtirish ishlariga munosib rahbarlik qilib kelmoqda. Shu bilan bir paytda munosib shogirdlar ham tayyorladi, shogirdlari filologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Jo’raev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.Nazarov, professor Z.Zokirova, falsafa doktori (PhD) J.Egamberdiyevlardir. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Jumladan, xozirda kafedra o’qituvchilari N.Qodirova “Xushomad ma’nosini ifodalovchi turg’un so’z birikmalari va ularning lingvistik tahlili” va O.Azamov “Zoonim komponentli frazeologizmlar va ularning tarjima muammolari” mavzulari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

    Prof. M.E. Umarxo’jaevning 2010 yilda “Umumiy tilshunoslik” va “Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi” nomli o’quv qo’llanmalari ham nashrdan chiqdi. Professor M.E. Umarxo’jaev tomonidan yaratilgan “Ming bor eshitgandan bir bor ko’rgan afzal” (2014) nomli nemischa-inglizcha-o’zbekcha tasvirli tematik lug’atdan Respublika miqyosida qo’llanib kelinmoqda. Katta o’qituvchi I. Jabborov bilan hammualliflikda tarjima qilingan “Gyote va islom” risolasi “Islom.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi va munosib taqdirlandi. “Diniy atamalar izohli lug’ati” o’zbek lug’atshunosligida yangi sahifani ochib berdi.

    Kafedrada 2017-2021 yillarga mo’llallangan quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:

    • umumiy tilshunoslik
    • tarjimashunoslik
    • lug’atshunoslik.

    Kafedra qoshidagi to’garaklar

    Kafedrada “Yosh tarjimon” to’garagi faoliyat olib boradi. To’garakda talabalar og’zaki va yozma tarjima ko’nikmalarini rivojlantiradilar, nemis va o’zbek adiblari qalamiga mansub badiiy asarlardan tarjimalar qiladilar. To’garakka kafedra katta o’qituvchisi O.Azamov rahbarlik qilib kelmoqda.

    Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida jami 148 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 1, 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan 15 nafar iqtidorli talabalar kafedra professor-o’qituvchilariga biriktirilgan. Ular o’zlarining maqola va tezislari bilan Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

    Grantlar va loyihalar

    Professor M.E.Umarxo’jaev tomonidan ishlab chiqilgan “Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug’at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd so’m grant mablag’lari ajratildi. Loyiha 2020-2023 yillar davomida amlaga oshirilib, ushbu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar Respublikamiz oliy o’quv yurtlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun: xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun elektron matn tarjimoni yaratish; soxa mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti aks ettirilgan soxaga ixtisoslashgan ikki va ko’p tillik turli tipdagi terminologik o’quv va tarjima elektron va bosma lug’atlar tuzish, ularni chop etish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo’lga qo’yish; jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzular yoritilgan maqolalar hamda rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga joriy qilingan o’quv va ilmiy-texnik adabiyotlar axborot-taxlil monitoringi olib borish va “Tezkor ilmiy xabarnoma” byulleteni nashr etish va boshqalardan iborat.

    Kafedraning halqaro hamkorlik faoliyati

    Kafedraning ilmiy va o’quv sohalarida Respublikamizning yetakchi OTMlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston Jahon tillari universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Xorijiy ta’lim muassaslari va ilmiy markazlaridan Germaniyaning Gyote Instituti, Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati, Leyptsig universiteti, Bonn universiteti, Erfurt universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. SHuningdek yaqin vaqt ichida jahondagi yetakchi tarjimashunoslik markazlari «Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar institutlari doimiy xalqaro koferentsiyasi (CIUTI)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAPTI)» va Germaniyaning Friedrich-Alexander- Universität Erlangen-Nürnberg, Universität Hildesheim, Frantsiyaning Universite de Lorraine lug’atshunoslik markazlari hamda lug’atshunoslikka ixtisoslashgan «DUDEN», «F.A.Vgoskhaus», «Oxford University Press», «Cambridge University Press» kabi yetakchi nashriyot uylari bilan maqsadli ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

    FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI