2021-2022-o quv yili uchun On-line olimpiada boshlandi
O`quvchilarda boy adabiyotimiz va ona tilimiz bilan ongli ravishda faxrlanish, ajdodlarga munosib bo`lish, ularda ona xalqimiz tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat tuyg`ularini shakllantiradi va rivojlantiradi; o`quvchilarda yon-atrofda va jahonda ro`y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga to`g`ri munosabat bildirish ko`nikmasini, mafkuraviy immunitetni shakllantiradi va dunyoni ma’rifat, ilm-zakovat, qalam bilan olish mumkinligi haqidagi g`oyani ular qalbiga singdiradi
Ona tili va adabiyot olimpiada 2022
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar,
Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va O‘zbekiston hududida institut tomonidan berilgan diplom to‘laqonli tan olinadi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi №OT 0002 (0059) davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, 2022 yil O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazgani to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.
Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
– IELs 6.5 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadi;
– so‘nggi 2 yil ichida matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, biologiya, kimyo va tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-kursiga tegishli ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadilar;
– kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘qishni grant asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Har yili institut ta’sischilari tomonidan yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim granti ajratiladi;
– kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies ta’lim dargohlarida “2+2” yoki “3+1” dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.
Bakalavr yo‘nalishlari va kirish imtihoni fanlari quyidagicha:
*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.
*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.
** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas. ** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas. ** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas.
Germaniyaning IU International University of Applied Sciences universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanadigan qo‘shma magistratura mutaxassisliklari uchun:
***Ushbu qo‘shma magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar faqat oflayn shaklda qabul qilinadi.
Hujjatlar qabuli 2022 yilning 1 avgustiga qadar oflayn va onlayn tartibda institutning rasmiy veb-sayti orqali www.ytit.uz (admission.ytit.uz) amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi zaruriy hujjatlar taqdim qilinadi:
- Pasport yoki ID nusxasi (rangli);
- Bakalavr yo‘nalishlari uchun: litsey yoki kollej diplomi/umumiy o‘rta ta’lim maktabi attestati nusxasi (rangli);
- Magistratura mutaxassisliklari uchun: oliy ta’lim diplomi nusxasi (ilovasi bilan) yoki ma’lumotnoma;
- Elektron fotosurat (3,5 sm×4,5 sm) – oxirgi 3 oy ichida tushirilgan;
- Agar mavjud bo‘lsa, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELs – 5.5/ CEFR – B1/ DuoLingo – 85/ TOEFL – 58/ TOPIK – 3 va yuqori natijali rasmiy sertifikat nusxasi (rangli).
Ingliz tili hamda koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarga mazkur fanlar uchun kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi va til bilish bilan bog‘liq bo‘lgan imtihondan ozod etiladilar.
Manzil: 100121, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy.
Mo‘ljal: Janubiy vokzal.
Ma’lumot uchun telefon: +998 78 1294040 (ichki raqam 1).
Institutning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
2021-2022-o’quv yili uchun “On-line” olimpiada boshlandi
SamDU akademik litseyi 2021-yil 20 mayga qadar umumta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli o’quvchilari uchun “On-line” (masofaviy) olimpiada o’tkazadi. “On-line” olimpiadada oʼquvchilar yoʼnalishlar boʼyicha chuqurlashtirib oʼqitiladigan matematika, fizika, biologiya, kimyo, tarix, ona tili va adabiyot (oʼzbek guruhlari uchun), ingliz tili, rus tili va adabiyoti (oʼzbek va rus guruhlari uchun) fanlaridan ishtirok etishlari mumkin. “On-line” olimpiada SamDU akademik litseyining «samdual.uz» veb-sayti va «test.samdual.uz» sayti orqali o’tkaziladi.
Olimpiadada 70 va undan yuqori ball toʼplagan oʼquvchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi hamda ikkinchi bosqich Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan “Test” sinovlariga kirishga ruxsat beriladi.
SamDU akademik litseyida bugungi kunda quyidagi yoʼnalishlar bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlar berib kelinmoqda:
- 1. Аniq fanlar (iqtisod,) – matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot, O’zbekiston tarixi.
- 2. Аniq fanlar (texnika) – matematika, fizika, ona tili va adabiyot, O’zbekiston tarixi.
- 3. Tabiiy fanlar – kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, matematika, O’zbekiston tarixi.
- 4. Xorijiy filologiya (ingliz, oʼzbek, rus) – ingliz tili, ona tili va adabiyot, rus tili (rus guruhlari uchun), tarix, matematika.
- 5. Ijtimoiy-gumanitar (filologiya) – ona tili va adabiyot, ingliz tili, O’zbekiston tarixi, matematika.
- 6. Ijtimoiy-gumanitar (tarix) – tarix, geografiya, chet tili (ingliz va nemis), ona tili va adabiyot, matematika.
Qoʼshimcha maʼlumotlarni +998662322462, +998996887346, +998936069060 telefon raqamlari (aloqa boʼlmay qolgan vaqtlarda @azizsharipov2106 telegram manzili) orqali olishingiz mumkin.
- Samarqand shahri, Rudakiy ko’chasi 237-uy
- +99866-232-11-80
- samdual@umail.uz
Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi.
O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zbek tili bayrami arafasida Xalqaro O‘zbek tili olimpiadasi tashkil etilmoqda
Tanlov haqida
Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi 2022-yil 18-oktabr kuni o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro olimpiada o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha bitta bosqichda – test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada qatnashishni istagan har bir o‘quvchi individual tarzda elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va ishtirok etishi mumkin.
- Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishdir;
- Xorijiy davlatlardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
- Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish;
- Xorijdagi o‘zbek tilini o‘rganishga intilayotgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
Hamid Olimjon va
Zulfiya nomidagi
o’zbek tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib
o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Yangiliklar
Navoiyga_ehtirom
15:47 09.02.2023
Alisher Navoiy- millatimiz quyoshi
11:42 09.02.2023
Alisher Navoiy- millatimiz quyoshi
11:41 09.02.2023
Chellenj
11:39 09.02.2023
To’garak jarayonlari davom etmoqda…
11:37 09.02.2023
Diagnostik_test
11:36 09.02.2023
Asosiy ko‘rsatkichlar
O’quvchilar soni
O‘qituvchilar soni
Olimpiada g‘oliblari soni
Yotoqxona sig‘imi soni
Ta’lim standartlariga muvofiq ijod maktabining har bir o`quvchisini ta’lim va tarbiya olishi yuzasidan konstitutsiyaviy huquqini ro`yobga chiqarish
O`quvchilarda boy adabiyotimiz va ona tilimiz bilan ongli ravishda faxrlanish, ajdodlarga munosib bo`lish, ularda ona xalqimiz tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat tuyg`ularini shakllantiradi va rivojlantiradi; o`quvchilarda yon-atrofda va jahonda ro`y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga to`g`ri munosabat bildirish ko`nikmasini, mafkuraviy immunitetni shakllantiradi va dunyoni ma’rifat, ilm-zakovat, qalam bilan olish mumkinligi haqidagi g`oyani ular qalbiga singdiradi
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti, Ijod va Ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tomonidan belgilangan kvota asosida 7-sinfdan qabul qilinadi.