O‘zbekiston arboblari
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari
Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o’zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o’rganish yo’llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko’plab dasturlash tillari mavjud bo’lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo’lib, quyi yoki o’rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo’lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo’linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo’lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko’pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo’lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo’lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo’lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo’naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til – ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko’p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga “tushunarli” tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e’lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o’yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o’tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo’ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so’ng ishlab chiqarish to’xtatildi, ko’p o’tmay esa Microsoft.NET tizimini qo’llab quvvatlashi to’g’risida e’lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: “Vijual Beysik”) – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili – eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo’lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo’ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog’liq bo’lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko’ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o’zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o’xshash.Eng ko’p yo’l qo’yildigan xatolarga sabab bo’luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o’tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o’qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan qo’shimcha dastur kerak bo’ladi. Web dasturlashda ham huddi shunday jarayon sodir bo’ladi. Siz internetdagi saytlarni ko’rishlik uchun ishlatadiganingiz Brauzerlar – web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o’xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to’plami kerak bo’ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so’rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo. ) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo’natadi. Shunday qilib klient – yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu – Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo’natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Quyida web serverni
O‘zbekiston arboblari
«O‘zbekiston arboblari» veb-sayti O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli insonlar haqida ma’lumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy resursdir.
Avloniy Abdulla
Tavallud topgan sana: 12 iyul 1878 yil
Vafot etgan sana: 24 avgust 1934 yil
Tug’ilgan joy: Toshkent
Yo’nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar
Tarjimai hol
Abdulla Avloniy – buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog, jurnalist va xalq arbobi, o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri. U o‘zbek pedagogikasi, dramaturgiyasi, milliy teatri, jurnalistikasi, bolalar adabiyotini yangi darajaga olib chiqqan.
U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Otasi Miravlon kambag‘al kishi bo‘lgan, shu sababli Avloniy yoshligidan ishlab, pul topishni boshlagan. Uni “Imaratgi usta” deb nomlashgan. Bu haqda u o‘z tarjimai holida shunday yozadi: 12 yoshimda O‘qchi mahallasidagi madrasada tahsil olganman, 13 yoshimda pul topib, oilamga yordam berganman, qishda esa o‘qiganman.
15 yoshidan Abdulla Avloniyning she’rlari yozma manbalarda chopila boshlagan. 1904 yil Avloniy jadidlar boshqaruvchilaridan biri bo‘lgan va jadidchilik maktabini ochgan, 1909 yil “Jamiyati hayriya” tashkilotini yaratadi. 1905-1917 yillar o‘z nashrlari bilan bosma manbalarda faol qatnashadi, “o‘zgarish urug‘lari”ni eka boshlaydi.
1907 yil Avloniy “Shuhrat” gazetasini ochadi. O‘qishdan so‘ng pedagogika bilan shug‘ullanadi, yangi o‘quv tizimiga asos soladi va Sharq hamda G‘arb tillarini o‘qitish taklifini beradi.
Avloniy birinchi bo‘lib jo‘g‘rofiya, kimyo, astronomiya va fizika fanlarini Turkiston maktabida o‘qitish taklifini beradi, u darslar orasida tanaffuslarni, o‘quvchilar bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishi orasida imtihon topshirish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, Turkistondagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi.
1895 yildan e’tiboran, Avloniy “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”, “Avloniy”, “Surayyo”, “Abulfayz”, “Indamas” kabi tahalluslar ostida ijod qilarkan, feletonlar va dramatik asarlar yozadi. U o‘z xalqini ta’lim olib, ma’rifatli bo‘lishga chorlagan.
1909 yil u jadidchilik uslubidagi maktabni ochadi. Behbudiy bilan birgalikda u “Turon” truppasiga asos solishadi va “Padarkush” piesasini sahnalashtirishadi. 1917 yil revolyutsiyadan so‘ng “Yashasin xalk jumxuriyati” shiori bilan “Turon” gazetasini nashrdan chiqara boshlaydi.
Shoir sifatida Avloniy juda ko‘p she’rlar yozgan. Uning “O‘z mamlakatimizda”, “Maktab” kabi mashhur she’rlari xalqni ma’rifatparvarlikka chorlaydi. Ayniqsa, “Adabiyot” kitobi juda mashhur.
Abdulla Avloniy 19 asr oxirlaridan o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan jadidchilik harakati boshqaruvchilaridan biri hamda o‘zbek bolalarining yangi uslubdagi maktabi tashabbuschilaridan biri bo‘lgan. Ushbu maktablar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yozgan.
Afg‘oniston xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan, Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi elchi-konsuli bo‘lgan. U O‘rta Osiyo universitetida dars bergan va kitoblar yozgan.
Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgust kuni Toshkent shahrida vafot etgan va Botkina qabristoniga ko‘milgan.
Ilmiy ishlari
O‘zbek tilida bolalar uchun darsliklar:
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yohud ahloq”.
“To‘y”, “Qurultoy”, “Layli va Majnun”, “Ikki muhabbat”, “Advokatlik osonmi?”, “O‘liklar”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Bo‘ron”, “Portugaliya inqilobi”.
“Mardikorlar ashulasi”, “Vatan”, “Maktab”, “Bog‘cha”, “Yalqov shogird tilidan”, “Tog‘lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilardan tortiq”, “Ko‘klam keldi”, “Tovush”.
“Maqsad va maslak”, “Xolimizga doir”.
Boshqa ishlari:
1907 yil o‘zbek tilida “Shuhrat” gazetasini nashrdan chiqaradi.
1913 yil “Turon” truppasiga asos soladi.
1917 yil “Osiyo” gazetasini nashrdan chiqaradi.
Ona tili va adabiyot rasmlari
IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan O’rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissalari.
IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi.
Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.
O’rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma’lumotlar.
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni etti iqlimga bo’lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Evropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O’trorda tug’ilgan, boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy o’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum.
IX-XII asrlarda adabiyot, me’morchilik va din ravnaqi. O’rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar.
Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g’isht bilan qurilgan go’zal maqbara. Bu bino to’rtburchak shaklida bo’lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o’tilgan. Shu bilan birga bu bino to’rt fasadlidir. Uning to’rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo’q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o’sha davr uchun xos bo’lgan me’moriy xususiyatlardan ham ko’p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o’rnatish. Bino ichidagi bunday shakddagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saklanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko’pgina masjidlar o’z vaqtida arablargacha bo’lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo’lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyat go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar kushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha etib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi.
Ahmad Yugnakiy (XIIasr II yarmi-XIII asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak qishlog’ida tug’ilgan Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyik» (haqiqatlar hadisi) asari juda mashhur bo’lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo’lgan fazilatlar bayon etilgan.
Abu Abdullo Rudakiy (884-954 yillar) Fors tojik adabiyotining buyuk ustozi. Samarqandga yaqin Rudek qishlog’ida tug’ilgan. Uning she’riy merosi nihoyatda boy va rang barang. Uning qalamiga mansub «Kalila va Dimna», «Davroni oftob», «Sindbodnoma» kabi poemalardan parchalar saqlanib qolgan.
Abu Mansur Muhammad Dakikiy (942-1020 yillar) X asrning Rudakiydan keyingi eng mashhur shoirlaridan manbalarga qaraganda Samarqandda tug’ilgan. Somoniylar saroyida yashagan. Birinchi bo’lib «Shoxnoma» yozishni boshlagan. Lekin faqat ma’lum bir qismini yozishga ulgurgan va tasodifiy voqea bilan vafot etgan. Undan 1209 bayt saqlanib qolgan. Dakikiy musiqa ilmini rivojiga ham katta hissa qo’shganligi haqidagi manbalar ham mavjud.
Abulkosim Firdavsiy (942-1020 yillar). Eronning Tue shahrida tug’ilgan. Arab va fors adabiyotini yaxshi bilgan. Butun umrini Eron shoxlarining afsonaviy qahramonlariga bag’ishlangan katta epik asar «Shoxnoma» ni yaratishga sarflagan. Asar dunyoni ko’pgina tillarida nashr qilingan. Firdavsiy o’z «Shoxnoma» si bilan o’ziga abadiy haykal yaratib ketgan va avlodlar tashakkuriga sazovor bo’lgan.
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniyati rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bu davrda tasavvuf (sofizm) ta’limotlari madaniyatning, ma’naviyatning barcha tomonlariga kirib borganligini kuzatish mumkin. So’fizm shaxsiy erkinlik, o’z hohishi bilan tozalanib Olloxga ruhiy ma’naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvufda ruxni kamolotga va uni so’nggi maqsadi – Olloxga erishuv yo’llari 4 bosqichdan iboratdir: 1) Shariat. 2) Tariqat. 3) Ma’rifat. 4) Haqiqat.
So’fizm nazariyotchilari, olimlari o’z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor, bilimdon-mutafakkirlar bo’lgan. X asrdan boshlab sufizm g’oyalari O’rta Osiyo shaharlarida ham tarqala boshlagan. Viz quyida ushbu yo’nalishga sodiq qolgan holda o’z ijodlari bilan dunyoga tanilgan ba’zi mutafakkirlar haqida fikr yuritamiz.
Ahmad Yassaviy (1105-1165 yillar) Yassi (Turkiston shahrida ruhoniy shahrida tug’ilgan.) Otasi Ibroxim Sa’y Rom shahrida ko’p yillar shayxlik qilgan. Ahmad Yassaviy asli kelib chiqishi Toshkentdan bo’lgan mashhur turk mashoyixi Arslonbob Toshkandiydan taxsil olgan. Uning vafotidan so’ng Yusuf Hamadoniydan ilm o’rgangan. Yassaviydan bizgacha etib kelgan yagona meros – bu uning «Devoni xikmat» idir. Unda Yassaviyning sermazmun xikmatlari, munojatnomasi, «Faqrnoma». risolasi o’z aksini topgan. Ahmad Yassaviy tasavvufda Yassaviya tarikatiga asos soldi.
Sulaymon Bakirgoniy (1186 yilda vafot qilgan). Ahmad Yassaviyning munosib shogirdi, uning ishini davomchilaridan biridir. Xorazmning Bakirgon degan joyida tug’ilgan. Turkiy xalqlar orasida hakim ota laqabi bilan ham mashhur bo’lgan. Uning din va tasavvuf, ishq va ahloqdan saboq, beruvchi asarlari butun Turkiston hududlarida sevib o’qilgan. Uning «Bakirg’on kitob» nomli yirik asari keyingi yillarda o’zbek kitobxonlariga ham etib keldi.
Najmiddin Kubro (1145-1221 yillar). Shoir va olim. O’rta Osiyodagi yirik sufiylik oqimi – Kubraviyaning asoschisi. Xivada tug’ilgan. O’rta va yaqin Sharq o’lkalariga, O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Afg’oniston hududlariga keng tarqalgan oqimdir. U o’zining qator risolalarida Kubraviya birodarligi qoidalarini ishlab chiqargan Najmiddin Kubro 76 yoshida Urganchga hujum qilgan Mo’g’ullarga qarshi lashkar to’plab chiqib xalqni hujumga boshlab borgan. Islom dinining mamlakatda asosiy din sifatida tan olinishi, boshqa diniy e’tiqodlarning oyoq-osti qilinishi, mehnatkash xalq ommasi turmush tarzining og’irlashishi ular orasida ularni yulatishga, og’irligini engil qilishga yordam beruvchi g’oyani qidirishga majbur qila boshladi. Bu g’oya tasavvuf g’oyasi bo’ddi.
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
Burxoniddin Marganoniy. (1197 yilda vafot qilgan). To’liq ismi Burxoniddin Marginoniy Ibn Abu Bakr al-Farg’oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fiqx ilmiga (din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib oldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fikx sohalari bo’yicha qo’llanma) asari 56 kitobdan iborat bo’lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi
DTM ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi
Davlat test markazi ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan. Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
“Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan.
Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.