1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili – o‘zbek tili qabul qilindi.
Ssenariylar to’plami(20 dan ortiq tadbir ssenariylari)
O‘quvchilar maktab formasida. Sinfda O‘zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O‘zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.
Salom qismi:
1) Quyoshdek shu’la sochgan,
Bilimga keng yo‘l ochgan,
Bizni erkalab quchgan
Hamma: Sizgadir ushbu kalom
2) Kunday yorug‘ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo‘lib bizga parvona
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
3) Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi
1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz baxtiyor avlodmiz
2 – boshlovchi: – Ha biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz
1 – boshlovchi: – Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz tayanchi bo‘lgan Yurtboshimiz omon bo‘lsin!
2 – boshlovchi: – “O‘zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: – Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o‘quvchi: – Vatan bu kindik qonimiz to‘kilgan tuproq
2 – o‘quvchi: – Vatan – bu beshigimiz, ko‘chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o‘quvchi: – Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
4 – o‘quvchi: – Vatan – bu buyuk millatimiz
5 – o‘quvchi – Vatan – bu maktabimiz!
6 – o‘quvchi: – Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!
2 – boshlovchi: – Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
7 – o‘quvchi: – Mustaqillik – o‘z erkiga ega bo‘lish, Vatan o‘zimizniki deganidir.
1 – boshlovchi: – Mustaqillik bizga nima berdi?
8 – o‘quvchi: – Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
9 – o‘quvchi: – Millatimizning o‘zligini, milliy g‘ururini himoya qilgan Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.
10 – o‘quvchi: – Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro‘z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.
“Humo qushim” qo‘shig‘i
“O‘zbegim” she’ri I – II bandi
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tyanshon, O‘zbegim
So‘ylasun O‘rxun xati.
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim
O‘zbekiston. Rasmiy nomi – O‘zbekiston Respublikasi. Poytaxti – Toshkent. Hududi – 448,9 ming km 2 . Aholisi – 32 mln kishi.
Davlat tili – o‘zbek. Dini – islom, e’tiqod erkinligi davlat qonunlari bilan belgilangan Pul birligi – so‘m
Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat
Iqtisodi – agrar davlat hisoblanadi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud.
O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar: Shimolda Qozog‘iston, Janubda Turkmaniston va Afg‘oniston, Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston. (Xaritadan ko‘rsatiladi)
Sahna ko‘rinishi
“Til qudrati’
Muallif: Qadim zamonda ikki olim bo‘lgan ekan. Ular ikkalasi ham bir go‘zal, farishta qizga ko‘ngil qo‘yishibdi. Shunda qizning tog’asi ulardan:
– Sizlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchiman, – debdi
Shunda birinchi olim:
– Men farzandimga riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman. Unga ajnabiy tillarni o‘rgataman, – debdi
Ikkinchi olim esa:
– Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona tilimizni o‘rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni uqtirmoqchiman. unga o‘z ona tilimizda ertak, doston, qo‘shiqlar aytib beraman, – debdi
Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va unga qarab:
– Men seni o‘zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o‘rgatishdagi sening fikring ma’qul”, – debdi
Ha, til katta qudratga ega.
“Ona tilim” she’ri
Buyuk Temur jahon bo‘ylab
O‘z dovrug‘in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo‘lib qolgan tilim
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Shunday tildan tonar bo‘lsam
Qiyma – qiyma bo‘lsin tilim
Alla bo‘lib jaranglagan
Ona tilim – jonu dilim
– Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?
Bayroq, gerb, madhiya
O‘g‘il – qizning farzidir.
O‘zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan. Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O‘zbekiston Respublikasi kelajagi o‘z aksini topgan
1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
1991-yil 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi
1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilindi
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1992 -yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili – o‘zbek tili qabul qilindi.
“Barkamol avlod” qo‘shig‘i
Buyuk bobokalonlarimiz:
- Mirzo Ulug‘bek she’ri
- Amir Temur she’ri
- G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish
“Do‘ppi tikdim” raqsi
Mana aziz mehmonlar, o‘quvchilar shuning bilan bugungi “O‘zbekiston – mening Vatanim” nomli tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
– Biz o‘z tilak va istaklarimizni ushbu misralarda bayon etamiz:
Asragin Ollohim O‘zbekistonni
Kelajagi buyuk nurli bo‘stonni
Sodiq farzandlarinh duolar qilar
Tinchlik, osudalik hamrohing bo‘lar (M. Yusuf)