Ta’lim yo’nalishlari haqida
Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o‘z qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan turmush sharoitini ta’minlashga asosiy javobgardir.
YO’L HARAKATI QOIDALARI
KO’CHA VA YO’LLARDA O’QUVCHI O’ZINI QANDAY TUTISHI LOZIM?
Piyodalarga yo’lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo’lmasa, yo’l chekkasidan yoki velosiped yo’ikasidan harakatianing. O’ng tarafdan, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatianing.
Unutmana! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi. Ko’cha va yo’llarda o’ynamang! Transport vositasiga osilmang!
«Velosipedlarda harakatlanish man etiladi» belgisi
«Piyodalaming harakatlanishi man etiladi» belgisi
Chang’i, g’ildirakchali konki va skeytbordda faqat to’silgan maydonlarva bog’larda uching!Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qtsmiga chiqmang.
Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib oling, skeytbordni esa qo’lingizda ushlang.
TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo’ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to’xtagandan so’ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.
«Avtobus yoki trolleybus to’xtash joyi» belgisi
«Taksi to’xtash joyi» belgisi
Tramvay to’xtash joyi belgisi
KO’CHA VAYO’LLARDAN O’TISH
Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o’tish joylaridan va «Piyodalarning o’tish joyi» belgisi mavjud joylardan kesib o’ting. Bunda o’zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo’qiigiga ishonch hosil qilib, ko’cha va yo’lni tik perpendikulyar holda kesib o’ting.
«PIYODALAR O’TISH JOYI» BELGILARI
«Yer usti piyodalar o’tish joyi» belgisi
«Yer osti piyodalar o’tish joyi» belgisi
«Svetofor orqali yo’lda harakatlanishni tartibga solish» belgisi
«Velosipedlarda harakatlanish man etiladi» belgisi
«Harakatlanish taqiqlanadi» belgisi
SVETOFORISHORALARI (SIGNALLARI)
Svetofor yoki yo ‘ l harakatini tartibga soluvchi yo ‘ l noziri borjoylarda ko ‘ chadan ishora ( signal ) bo ‘ yicha o ‘ ting . Yo ‘ l harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yo ‘ q joyiarda yo ‘ ining qatnov qismini transportlarga xalal bermasdan , o ‘ zingizni erkin tutib , ikkilanmasdan kesib o ‘ ting . Ikki tomonlama harakatlanish tashkil etilgan ko ‘ chani kesib o ‘ tishdan oldin to ‘ xtab , chapga qarang va transport vositasi bo ‘ lmasa , o ‘ tishni boshlang . Yo ‘ ining o ‘ rtasiga borib , o ‘ ngga qarang . Agar yaqin masofada transport vositasi bo ‘ lsa , xavfsiz joyda yoki ko ‘ chaning o ‘ rtasida kutib turing , yo ‘ l bo ‘ shagach harakatda davom eting
«Velosipedlarda harakat qilish» belgisi
Yo’lovchilar harakati» belgisi
Esingizda tuting! Yo’ining transport vositasi qatnaydigan qismida yo’l-yo’l chizig’i bir tarafga ikkitadan ortiq bo’lsa va harakatdagi transportlarning signallari va chiroqiari yoqilgan holatda bo’lsa, bu tez yuradigan transport vositalari qatnaydigan yo’l hisoblanib, uni kesib o’tmang.
JAMOAT TRANSPORT! SALONIDA:
Salonga kirgan zahoti, o’rtasiga o’tib oling, chiqish maydonchalarida to’xtab turmang. Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy bering.
Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so’zlashmang. Haydovchini ishidan chal- g’itmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo’lsa, awalroq harakatqilib chiqishga hozirlik ko’ring.
TRANSPORTDAN TUSHISHDA: Transport vositasi batamom to’xtab bo’lgandan so’ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o’ng tomonga qarab yaqin lashib kelayotgan transport vositasi bo’lmasa, yo’lkadanyuring.
Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan,Tramvayning o’ting oldidan o’ting
AVTOBUS YO ‘L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA:
Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo’ljallangan derazalardan foydala- ning. Yo’l-transport hodisasidan so’ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini bilib, so’ng chiqishga harakat qiling.
TRAMVAY YOKI TROLLEYBUS YO’L- TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA
Tramvay, trolleybus salonida sarosimaga tush masdan vaziyatni ko’zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini aniqiab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tushing, chunki vagon elektr tokida bo’lishi murnkin.
AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH:
- eshik
- shamollatish tuynuklari
- halokatdan chiqish uchun mo’ljallangan derazalar
Aylanma g’ov (turniket) orqali bepul o’tishga urin- mang: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin).
Birinchi xavfli joy – aylanma g’ov
ESKALATORDA: Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo’ling. Shovqin qilmang va ba- land ovozda so’zlash- mang. Eskalatorda yugurmang, uning harakatiga qarshi turmang, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo’ymang va o’tirib olmang. Eskalatordan tushayotganda to’xtab qolmang, tiqilinch holatni yuzaga keltirmang. Tezlik oshib ketsa yoki eskalator yaroqsiz holatga kelsa, tezda boshqa eskalatorga o’tib oling. Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlamang.
Birinchi xavfli joy – aylanma g’ov
Ikkinchi xavfli joy- eskalator
PLATFORMADA
Platforma chekkasiga yaqinlashmang, belgilangan chegaradan o’tmang. Poyezd batamom to’xtamaguncha vagonlar yoniga yaqinlashmang. Relsga tushib qolgan narsani o’zboshimchalik bilan ko’tarmang, stansiyadagi navbatchini chaqiring.
Agar poyezd yer osti yo’lida (tunelda) to’xtab qolsa, metropoliten xodimlari va mashinist ko’rsat-malarini bajaring. Yelkangizdagi og’ir sumka yoki rukzakni tushiring. Har qanday xavfli holatda poyezd haydovchisi bitan tezkor aloqani jo’rtinchi o’rnatib, tugmani bosib, vagon xavfli joy – raqamini, shoshilmasdan nima vagon bo’lganini tushintiring.
Jamoat transportida, metroda yurganda ogoh bo’ling! Egasiz qoldirilgan sumka, paket va boshqa narsalami ko’rganda shu zahoti ichki ishlar xodimlariga yoki poyezd mashinistiga xabar hering. Shu narsalar ichida portlovchi moddalar bo’lishi mumkin. Qo’lingiE bilan tegmang, atrofda turgan odamlarni xavf haqida ogoh qiling.
Uchinchi xavfli joy-perron (platforma)
AVTOMOBILDA
Agar 12 yoshga to’lmagan bo’lsangiz, oldingi o’rin-diqqa o’tirmang. Avtomobilga o’tirgach, xavfsizlik kamarinitaqiboling. Avtomobilda o’t o’chiruvchi moslama va dorilar turadigan quticha qayerda joylashganligini eslab qoling. Harakatlanish vaqtida ogoh bo’lib, diqqat bilan yo’lni kuzatib boring.
TEMIR YO’LDA
Temir yo’llarda, ayniqsa, temir yo’l kesish- malarida, ogohlantirish belgilari qo’yilgan joylarda yurmang, o’ynamang. Poyezdlar tagiga kirmang, piyodalar ko’priklari va o’tishjoylaridanfoydalaning. Poyezd kelishi arafasida, platforma chekkasida turmang va yugurmang. Poyezd batamom to’xtamaguncha vagon oynalaridan boshingizni chiqarmang. Poyezd haraxatlan- gan vaqtda tamburning tashqi eshiklarini ochmang va sakrab tushmang,
Ko’chaga chiqishdan oldin, ushbu xavfsizlik qoidalarini to’ liq o’qib, organing:
Ota-ona ruxsatisiz bemaqsad ko’chaga chiqmang. Mahallalarda, dahalarda belgilangan joylarda o’ynang va transport harakatiga xalaqit bermang, o’z xavfsizligingizni ta’minlang. Oromgohlarga borishda ushbu xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilng. Ko’cha va yo’llarda yurish qoidalarini amalda bilmasangiz, kattalar nazoratida chiqing.
IV.Iaktabga borish va kelishda o’rganib chiqilgan «Uy – maktab – uy» yo’nalishi orqali harakatlaning. Transport vositasiga chiqishda yuqoridagi talablarni to’liq bajaring. Yo’l harakati Qoidalarini qunt bilan o’rganing va uni o’zgalarga ham o’rgating. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini o’rganing va ularni amalda biling. Voyaga etmaguncha transport vositasini boshqarmang. Ota-onaning o’git, nasihatlariga quloq soling, o’zboshimchalik qilmang.
YO’L -TRANSPORT HODISALARI (YTH) SODIR BO LGANDA, BIRINCHI TIBBIY YORDAM
YORDAM BERISH QOIDALARI
Murakkab bo’lmagan me’yorlar va qoidalar o’qib, o’rganilib, uning talabiari to’liq bajarilsa, shikastlanishga va o’limga olib keluvchi ko’p hodisalarning oldini olish mumkin. Ularga amal qilsangiz, o’zingiz va yaqin kishilaringizning hayotini saqlab qolishingiz mumkin. Ehtiyot choralari ko’rilishiga qaramay, baribir yo’llarda baxtsiz hodisalar bo’lib turadi. Agar Siz shunday vaziyatga tushib qolsangiz yoki yordam berishga qaror qilgan bo’lsangiz, quyidagi qoidalarga amal qiling.
QUYIDAGI HOLATLARDAJAROHATLAR HAYOT UCHUN XAVFLI BO’LADI:
• bosh yoki tanaga kuchli zarba berilganda;
- elektrtokita’sirida;
d) portlashda.
BOSHVA UMURTQA POG’ONASINING JAROHATLARI:Bosh va umurtqa pog ‘ onasi jarohatlarining beigilari darhol yoki kechroq namoyon bo ‘ lishi mumkin .
JAROHAT BELGILARI
— Es-hushi darajasining o’zgarishi; uyquchanlik, hushning noaniqligi, hushdan ketish.
— Bosh, bo’yin yoki ko’krak qafasining orqa devorida qattiqog’riq yokibosimhissi.
• Qo ‘ l va oyoq , barmoqlarida sanchiq , yoki sezuvchanlikning yo ‘ qolishi .
• Tana biron-bir qismining harakat qobiliyatini yo’qotishi.
• Boshda yoki umurtqa pog’onasida g’ayri tabiiy bo’rtiqsimon hosilalarning paydo bo’lishi.
• Quloqlar yoki burundan qon yohud orqa miya suyuqligi kelishi.
• Bosh, bo’yin yoki ko’krak qafasining orqa devori sohasidan qon ketishi.
• Nafas olish va chiqarishning qiyinlashishi.
- Ko’rish qobiliyatining buzilishi.
- Ko’ngil aynishi yoki qayt qilish.
—Ko’z qorachiqlarining har xil kattalikda bo’lishi.
—Tana muvozanatini yo’qotish.
— Bosh qismida, ko’zlar va quloqlar atrofida ko’kimti
BIRINCHI YORDAM
Tezyordamni chaqiring. Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda uchratgan bo’lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo’llaringi2 bilan qimirlamasliginita’minlang. Nafas yo’llariningo’tkazuvchanliginita’minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating. Tashqiqonketishinito’xtating. Shikastlangan odamning me’yoriy tana haroratini ta’minlang. Agar shikastlangan odam boshida himoya qalpog’i bo’lsa, uni yechmang. Uni shikastlangan odam nafas olmayotgan holdagina yeching.
HARAKAT-TAYANCH SOHASINING SHIKASTLANISHI
Harakat – tayanch sohasining shikastlanishi juda keng tarqal- gandir. Ular turli sharoitlarda yuz beradi: yiqilganda, noqulay yoki kutilmagan harakatda yoki yo’l- transport hodisasida. Sinish bu suyak butunligining buzilishidir. U to’liq va chala, yopiq yoki ochiq bo’lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan yopiq sinishda teriga shikast yetmaydi. Ochiq sinishda esa, yara jarohati yuz beradi.
CHIQISH – bu suyak bo’g’imdagi odatiy holatiga nisbatan siljishidir.
Suyakning chiqishiga sabab bo’lgan katta kuch ta’sirida suyak sinishi va atrofdagi asab hamda qon tomirlarga jarohat yetkazishi mumkin. Suyakning chiqishini bo’g’imning ko’zga tashlanadigan deformatsiyasiga ko’ra osonlik bilan aniqlash mumkin.
Paylarning cho’zilishi va uzilishi bo’g’imga haddan tashqari kuch bilan ta’sir etganda yuz beradi. Pay cho’zilishining og’ir turlarida bo’g’imning bir ozgina harakati ham qattiq og’riq bilan kechadi. Boldir-panja va tizza bo’g’imlari, barmoqlar va bilak paylarining cho’zilishi keng tarqalgandir.
Mushaklar va tog’aylarning cho’zilishi odatda og’ir buyumlarni ko’targanda, mushaklar haddan tashqari og’ir ish bajarganda yoki noqulay harakatda qo’qqisdan yuz beradi. Agar bu tarzdagi jarohatlarga e’tibor berilmasa, mushaklarning cho’zilishi surunkali holga aylanishi mumkin, ayniqsa, bo’yin, bel va son sohalarida.
KASALLIK BELGILARI
- Og’riq
• Shish
• Odatdagi harakat vazifasini bajara olmaslik
• Teri rangi o’zgarishi deformatsiya (shaklning o’zgarishi) - Tashqi qon ketishi
- Jarohat olgan paytda suyaklarda qisirlash yoki shaqillagan tovush.
- Tinchlik
• Tana jarohatlangan qismining harakatsizligini ta’minlash
• Jarohatlangan joyga sovuq narsa qo’yish
• Tananing jarohatlangan qismini bir oz yuqori holatda joylashtirish.
Tananing jarohatlangan qismi «shina» (taxtacha, karton, buklangan jurnallar, ko’rpa, bintlarva h.k) bilan mustahkamlanadi.
Shina:
— Shikastlangan qism holatini o’zgartirmagan holdao’rnatiladi.
— Jarohat qismini ham, ana shu sohadan yuqori va quyida joytashgan bo’g’imlarni ham o’z ichiga olmog’i kerak
- Jarohatlangan sohadan yuqorida va pastda mahkamlanadi.
• O’rnatilganidan so’ng barmoqlarni tekshir, paypaslab ko’rganingda ular iliq va tirnoqlar atrofi
pushti rangda bo’lishi kerak.
— Uvishishdan shikoyat bo’lsa, bog’lovni bo’shating.
XAVFSIZLIK HAQIDA YANA BIR ESLATMA
Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo’lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so’rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.
Agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo’lakda bo’lsa, qo’ni-qo’shnilardan kimning buyumi ekanligini so’rang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 02 ga xabar bering va topilmani ko’rgan vaqtingizni belgilab qo’ying.
Agar qarovsiz yotgan buyum maktab va maktabgacha bo’lgan muassasalar binosi ichida bo’lsa, darhol ma’muhyatgaxabarqiling.
Agar qarovsiz yotgan buyum bozorlarda yoki do’konlarda bo’lsa, zudlik bilan ma’muriyatga yoki ichki ishlar bo’linmasiga xabar qiling.
Maktab tevarak atrofida transport vositalarining to’xtashi 150 metr masofada ruxsat etiladi. Bundan yaqin masofada turgan transport vositasi ko’rsangiz zudlik bilan bino ma’muriyatiga yoki 02 ga xabar qiling.
Ta’lim yo’nalishlari haqida
DAVOLASH FAKULTETI
(Davolash ishi)
1. Fakultetning qisqacha tarixi
Davolash fakultetining tarixi 1919-yilning 13-sentyabrida Turkiston Davlat universiteti qoshida tibbiyot fakulteti tashkil etilishi bilan bog‘liq. 1920-yilning 5-may kuni tibbiyot fakultetiga 500 o‘rinli shifoxonaga ega bo‘lgan sobiq kadetlar korpusining binosi topshirildi. Dastavval fakultetda 205ta talaba 5ta kursda tahsil olgan. 1931 yilda tibbiyot fakulteti alohida institutga aylantirildi. 1935 yilda esa O‘rta Osiyo tibbiyot institutining nomi Toshkent tibbiyot istitutiga o‘zgartirildi. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilib, shulardan biri davolash profilaktika fakulteti keyinchalik davolash fakulteti nomi bilan atala boshlandi
Fakultetga asos solingan vaqtidan boshlab uning dekani sifatida N.I.Ragoza, S.G.Xaskin, P.A.Nerdit, A.S.Volûnskiy, A.M.Geller, A.X.Xodjaev, I.Yu.Laskov, S.A.Dolimov, A.I.Magrupov, M.I.Gasparyan, N.M.Majidov, M.A.Ashrapova, R.M.Nurmuhamedov, A.I.Mo‘minov, N.X.Shomirzaev, Sh.I.Karimov, K.N.Najmutdinov, M.X.Qoriev, M.M.Mirsamatov, T.X.Qayumov, P.I.Toshxo‘jaev, A.M.Xakimov, Sh.Ya.Zokirxujaev kabi mashxur olimlar faoliyat yuritganlar
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetida professorlar O.R.Teshaev (2005-2006 yy), Q.I.Rasulev (2006-2008 yy), S.P.Abdullaev (2008-2011 yy), B.T.Xalmatovalar (2011-2014 yy) P.S.Zufarov (2014-2017 yillar) dekan vazifasini bajarishdi. 2017 yil mart oyidan boshlab fakultetni professor B.T.Xalmatova boshqarib kelmoqda.
2. Professor-o‘qituvchi xodimlar xarakteristikasi
Bugungi kunda fakultetda 260 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafari akademik, 61 nafari fan doktori va 104 nafari fan nomzodlari hisoblanadi.
3. Bugungi kunda nechta talaba tahsil oladi?
Bugungi kunda 1865 nafar talaba tahsil oladi
4.Tahsil oluvchilar oldiga qo‘yilgan talablar (horijiy til va AKT ni bilishi, buni bilish o‘qish jarayonida qanchalik zarur, horijiy til va AKT ni bilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Fakultetda tahsil oluvchi talabalar horijiy tallar va axborot kommunikatsion texnologiyalarni mukammmal bilishlari talaba etiladi. Bugungi kundagi tibbiyotning eng so‘ngi yutuqlaridan foydalanishlari uchun va zamon talablariga mos adabiyotlardan o‘qib tahsil olishlari uchun internet resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Aks holda fanlarni o‘zlashtirishda boshqa talabalardan ortda qolishlari va yetuk mutahassis bo‘lib yetishishlari qiyin bo‘ladi.
5. Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarga qanday choralar ko‘riladi?
Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.
6. O‘qishning davomiyligi
Yangi nizomga muvofiq davolash fakultetida o‘qish muddati 6 yilni tashkil etadi.
7. O‘quv mazmuni nimadan iborat?
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash uchun talabalar dastlabki uch yil davomida fundamental fanlarni o‘rganadilar, 4 yildan bshlab klinik fanlarni o‘qiy boshlaydilar. Klinik fanlarni o‘qish vaqtida fanlararo integratsiyaga e’tibor qaratiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning zamonaviy usullari faol qo‘llaniladi.
8. O‘qishni tugallagandan keyin kim bo‘lishadi?
O‘qishni tugatganlaridan so‘ng ular baklavr – “Umumiy amaliyot shifokori” diplomini olishadi.
9. Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgandan keyin qayerda ishlash mumkin?
Davolash fakultetining bitiruvchilari oilaviy poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam stansiyalari, qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borishlari va magistratura, klinik ordinaturada tahsilni davom ettirib, mutahassis sifatida klinika va shifoxonalarda, ilmiy tekshirish institutlari va yetakchi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishlari mumkin.
TIBBIY-PEDAGOGIKA FAKULTETI
(Kasbiy ta’lim – tibbiy-pedagogika ishi)
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti haqida.
“Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim isloxotini amalga oshirish xamda davolash ishi o‘qituvchisi, umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 maydagi 228-sonli qarori bilan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti rektorining 1998 yil 30 avgust 140- sonli buyrug‘i bilan davolash fakulteti qoshida “kasbiy ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha tibbiy pedagogika fakulteti tashkil etildi.
Hozirgi kunda fakultetda tibbiyot kollejlari va tibbiyot institutlari uchun yuqori saviyali pedagoglar hamda umumiy amaliyot shifokori tayyorlanmoqda.
2. Professor-o‘qituvchi xodimlar tarkibi.
Xozirgi davrda fakultetda 131 nafar pedagog hodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 21 nafari fan doktorlari, 43 nafari fan nomzodlaridir. Pedagog hodimlarining 22 tasi dotsent, 16 tasi professor unvoniga ega. Fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zosi akademik T.F.Daminov faoliyat olib bormoqda.
3. Bugungi kunda nechta talaba tahsil oladi?
Ayni vaqtda fakultetda 706 nafar talaba bo‘lib, shundan 214 nafari davlat granti asosida va 492 nafari to‘lov shartnoma asosida ta’lim olmoqda.
4. Tahsil oluvchilar oldiga qo‘yilgan talablar (horijiy til va AKT ni bilishi, buni bilish o‘qish jarayonida qanchalik zarur, horijiy til va AKT ni bilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Har bir talaba o‘zini shaxsiy noutbuki (netbuk, planshet, iPad) ega bo‘lishi va unda erkin ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o‘rganish va uni ta’lim olish sohasida ishlata bilish lozim, chunki ko‘plab adabiyotlar yuqoridagi xorijiy tillarda, shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlar va xorijdan kelgan mutaxassislar ishtirokida turli master klasslar va integral ma’ruzalar, muhokamalarda ishtirok eta olishi va tma.uz sayti orqali dunyoning yetakchi kutubxonalari va izlovchi portallaridan foydalana olishi lozim. Shuningdek akademiyada Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Agar talaba xorijiy tillar va axborot texnologiyalari bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmasa yuqoridagi imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
5. Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarga qanday choralar ko‘riladi?
Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.
6. O‘qishning davomiyligi
Tibbiy pedagogika fakultetida o‘qish muddati 6 yilni tashkil qiladi. Ushbu fakultetning o‘quv rejasini bajargan bitiruvchilar oliy malakali, raqobatbardosh tibbiy va pedagogik mutaxassisliklarni egallaydilar.
8. O‘qishni tugallagandan keyin kim bo‘lishadi?
Tibbiy pedagogika fakultetini tugatgan talabalar umumiy amaliyot vrachi va litsey, kollejlar pedagogi kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar magistratura va klinik ordinaturada taxsil olishni davom etishlari mumkin.
Fakultet bitiruvchilari QVP, oilaviy poliklinikalar, rayon markaziy poliklinikalari va keng tarmoqli rayon shifoxonalarida UASh, kollejlarda esa pedagog sifatida ishlashlari mumkin.
TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETI
(Tibbiy-profilaktika ishi)
- Fakultetning qisqacha tarixi.
1920 yilda Toshkent shahrida Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilgan bo‘lib Universitet tarkibida tibbiyot fakulteti ham bo‘lgan. 1931 yilga kelib fakultet O‘rta Osiyo tibbiyot instituti nomi bilan Universtitet tarkibidan ajralib chiqadi va 1935 yilda Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlanadi. Institut tarkibida quyidagi to‘rt fakultet bo‘lgan: davolash-profilaktika, onalik va bolalikni himoya qilish, sanitariya-profilaktika va stomatologiya fakultetlari. 1933 yildan sanitariya-profilaktika fakulteti sanitariya-gigiena fakulteti deb qayta nomlangan. 1992 yildan hozirgi vaqtgacha tibbiy profilaktika fakulteti deb yuritiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakulteti tibbiy fanlarning rivojlanishiga va kadrlar tayyorlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda balki O‘rta Osiyo Davlatlarida ham katta yutuqlarga erishgan. Tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatgan akademik Turakulov Ya.X., professorlar Zairov K.S., Smetanin N.N., Kovaleva ye.P., Gusev M.I., Izmerov N.F., Ubaydullaev A.X., Chichenin P.I., akademik Iskandarov T.I. va boshqalar ushbu fakultetning tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
Fakultetga asos solingan vaqtidan boshlab uning dekani sifatida Krыjenkov A.N., Georgievskiy A.V., Kampansev N.N., Shtiben V.D., Dixtyar S.R., Akovbyan A.A., Vvedenskiy D.A., Zaxidov A.Z., Babadjanov S.N., Madjidov V.M., Maxmudov O.S., Abduraximov F.G., Magzumov B.X., Demidenko N.M., Tashxodjaev P.I., Katsenovich L.A., Parpiev O.P., Xakimov A.X., Shakirov E.A., Baxritdinov Sh.S., Mirsharapov U.M., Mirtazaev O.M., Zufarov P.S., Nuruzova Z.A., Salomova F.I. faoliyat yuritganlar. Fakultetni 2016 yil 2-sentyabrdan t.f.d. Kulmanova M.U. boshqarib kelmoqda.
- Fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar
Tibbiy profilaktika fakultetiga biriktirilgan 11 kafedra va 1 ta ilmiy maktabda 137 nafar oliy malakali mutahassislar: 21 nafar professorlar, 34 nafar dotsentlar, 82 nafar katta o‘qituvchilar va assistentlar mehnat qilib kelmoqdalar.
- Fakultetda tahsil olayotgan talabalar
Tibbiy profilaktika fakultetida tibbiy profilaktika ishi bo‘yicha 525 nafar (325 nafar o‘g‘il va 200 nafar qiz) va tibbiy biologiya yo‘nalishida 50 nafar (20 nafar o‘g‘il va 30 nafar qiz), jami 575 nafar talaba taxsil olmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasida taxsil olayotgan har bir talabaga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilishi va chet tillarini mukammal o‘rganishlari tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan birinchi kunidan boshlab talab qilinadi. Agar talabalar ushbu talablarga javob bermasa kelajak ishlarida (yetuk bilimli mutaxassis bo‘lishi, ilmiy ishlar olib borishi hamda chet ellarda malaka oshirish) yutuqlarga erisha olmaydi.
- Agar talabalarda akademik qarzdorlik mavjud bo‘lsa?
Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.
Tibbiy profilaktika ishi mutaxasssisligi bo‘yicha o‘qish davomiyligi 5 yil, tibbiy biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 yil.
Tibbiy profilaktika yo‘nalishida: kasalliklar profilaktikasi va joylarda tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkillashtirish.
Tibbiy biologiya yo‘nalishi: tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ixtisoslashgan markazlar va boshqa tibbiy muassasalarda fundamental va amaliy muammolarni hal etish uchun ilmiy – tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash.
- O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilarning sohasi
Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: vrach gigienist-epidemiolog
Tibbiy biologiya yo‘nalishi: vrach laborant
- Tibbiyot akademiyasini tugatgan talabalar ish joylari
Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: tuman, shahar va Respublika DSENMlarida, davlat sanitariya-profilaktika muassasalari, sug‘urta va munitsipial tibbiyot muassasalari, tibbiy-sanitariya qismlari, OITSga qarshi kurash markazlar, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘rta va oliy tibbiy o‘quv muassasalarida faoliyat olib boradilar.
Tibbiy biologiya yo‘nalishi: Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).
Vrach laborant – sog‘liqni saqlash tizimida, sanatoriyalarda, ayrim tashkilot va vazirliklar tarkibidagi tibbiy sanitariya bo‘limlari, sport – sog‘lomlashtirish komplekslarida, diagnostika markazlarida mutaxassis.
OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRA FAKULTET
(Oliy hamshiralik ishi)
BAKIYEVA SHAHLO HAMIDULLAYEVNA
dekan, t.f.d., dotsent
Tel./Faks: +(998)90 328-48-90
e-mail: shakhlo.bakieva@tma.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi «Respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi UP-2107 sonli farmoniga asosan, Respublikamizdagi barcha tibbiyot institutlarida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, «Oliy hamshiralik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha Tibbiyot Institutlarida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo’limlari faoliyat ko‘rsata boshladi.
1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining Tibbiy pedagogika fakultetining qoshida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limlari tashkil etildi.
Birinchi Toshkent tibbiyot institutida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga «Ko‘z kasalliklari» kafedrasining dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Yangiyeva N.R. va ikkinchi Toshkent tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti qoshidagi «Oliy malumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga tibbiyot fanlari doktori, professor Raximboyeva G.S. raxbarlik qilganlar. O‘sha paytda ilk talabalar soni 1 – ToshMI da 38 ta va 2 – ToshMI da 40 ta bo‘lgan. 2002 yil «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limi maqomi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» maqomiga o‘zgartirildi. 2002 yil 2 – ToshMI dagi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga raxbar bo‘lib, tibbiyot fanlari doktori, Umarov R.X. tayinlandi. 2003 yildan esa, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobojonova SH.A. raxbar etib tayinlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 19 iyul 2005 yildagi № PQ–3629 sonli farmoniga kо‘ra bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» fakulteti tashkil etildi va fakultet dekani lavozimiga Bobojonova SH.A. tayinlandi. Bu paytga kelib talabalar soni 100 tadan ortdi.
2007 yildan boshlab OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori Xalmatova B.T. dekan lavozimida faoliyat yuritdi. Aynan shu yillardan boshlab OMH fakulteti fakultet sifatida ilgarilab bordi. Barcha sohalarda jumladan sport, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bilim salohiyatida ham fakultet birinchi o‘rinlarda turdi. Aynan dekan Xolmatova B. T. boshchiligida fakultetning Ilmiy Kengash ishlari yo‘lga qo‘yildi. 2010-2011 o‘quv yilidan fakultetga 6 ta kafedra biriktirildi. Jumladan: Hamshiralik ishi, Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqlari, 1-ijtimoiy fanlar, 1-sonli tillar, Akusherlik va ginekologiya, Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedralari. Bu kafedralarda ham bahamjixatlik bilan olib borilgan ishlar anchagina samarasini berdi.
2011-2015 o‘quv yillarda OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori, professor Rustamova X.E. dekan lavozimida ishlaganlar. Shu yildan boshlab dekan boshchiligida fakultetning O‘quv uslubiy kengash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
2015-2016 o‘quv yilida OMX fakulteti dekani f.f.n., dotsent Norkulov Suxrob Do‘stmurodovich ish yuritganlar va kopgina yutuqlarga erishganlar.
2016-2017 o’quv yilida Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekanligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi LOR kasalliklari kafedrasi dotsenti t.f.d. Bakiyeva Shahlo Hamidullayevna tayinlangan.
5510700 – “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yо‘nalishi
Fakultetga qarashli kafedralar
Hamshiralik ishi kafedrasi. Kafedra mudiri, professor Razikova Ilmira Sadullayevna
Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish, boshkarish kafedrasi. Kafedra mudiri, professor Rustamova Xamida Yelemesovna
Ijtimoiy fanlar kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Norqulov Suhrob Do‘stmurodovich
Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Bahriyev Ibroxim Isomadinovich
Tillar kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Abdullayeva Rozanna Mirzatullayevna
OMH fakulteti kafedralarida 60 dan ziyod о‘qituvchilar mehnat qilishadi, ular orasida 5 fan doktori, 15 da fan nomzodlari va ta’lim xodimlari mavjud
Fakultet talabalari 3-kursda о‘z arizalariga kо‘ra 4 mutaxassislik bо‘yicha bо‘linadi
1)Akusherlikda hamshiralik ishi, 2) Anesteziologiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi
3) Xirurgiyada hamshiralik ishi 4) Menejment
Hozirgi kunda fakultetda 269 ta talabalar tahsil olmoqda.
2013 yilda OMH fakulteti talabalari uchun “OMH о‘quv markazi” tashkil etildi. “OMH о‘quv markazi” maqsadi Patronaj va professional parvarish, zamonaviy parvarish va og‘ir yotgan bemorlarga, xayotga xavf soluvchi holatlarda shoshilinch yordam kо‘rsatish texnologiyalarini, onalik–bolalikda hamshiralarning rolini va akusherlik yordamini vaqtida kо‘rsatish haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish, amaliyot bo’yicha keng tushuncha berish. Besh bosqichdan iborat bо‘lgan hamshiralik jarayonini va bu jarayonni hamshiralik kasallik tarixida hujjatlashtirish usullarini talabalarga о‘rgatish.
“OMH о‘quv markazi” vazifalari
– Malakali tibbiy topshiriqlarni yechishni taminlovchi malakali bilimlarni shakllantirish;
– О‘quv-mashg‘ulot komplekslarini tashkillashtirish uchun innovatsion kompyuter texnologiyalarni qо‘llash;
– О‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti yakunida talabalar bilimini yakuniy tekshirish.
OMH fakulteti bitirgan talabalar 2 yillik 5A510701 – “Oliy ma’lumotli hamshira” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturada о‘qishni davom ettirishlari mumkin
5A510701- “Oliy ma’lumotli hamshira” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tamomlaganlar 140023 – “Hamshiralik ishini tashkil etish” ixtissosligi bо‘yicha doktorlik dissertatsiya ishi bilan shug‘ullanishlari mumkin
2010-2011 о‘quv yillarida OMH fakulteti tashkil etilib, unga 6 kafedra biriktirilgan, ushbu kafedralarda 75 professor о‘qituvchilar ish yuritishadi. Fakultetning ilmiy salohiyati 31,6 %. Bugungi kunda fakultetda 267 talaba tahsil olmoqda. Ular Akademiyamizning 25 kafedrasida 55 fandan bilim olishadi.
Kafedralarning moddiy-texnik bazasi asosan bugungi kun talablariga javob beradi. Kafedralarda fakultet talabalariga dars berish uchun malakali pedagoglar ajratilgan. Ma’ruzalarning 60%ni professorlar, 40% dotsentlar tomonidan о‘qiladi.
Bugungi kunda OMH fakultetida bir qator ishlar olib borilmoqda.
– Jumladan amaliy dars va ma’ruzalar sifatiga e’tibor berilmoqda.
– О‘qish jarayonida Yangi pedagogik texnologiyalar keng tadbiq qilinmoqda.
– Barcha fanlar bо‘yicha о‘quv-metodik qо‘llanmalar, adabiyotlar yaratilgan va yangilanib bormoqda.
– Klinik fanlar bо‘yicha amaliy darslar amaliy kо‘nikmalarni о‘rgatish uchun tashkil qilingan laboratoriya va QVP modulida о‘tishmoqda.
Ushbu standartda klinik amaliyot soatlariga aloxida e’tibor berilgan, ya’ni 50% – klinik amaliyot va 50% nazariyaga ajratilgan. Auditoriyada о‘tiladigan amaliy mashg‘ulotda mulyajlarda avtomatik darajagacha amaliy kо‘nikmalar о‘rgatiladi, klinik amaliyot klinikada о‘qituvchi nazorati va tajribali «yetakchi» hamshira rahbarligida bemor yonida olib boriladi. Yangi DTSga – jamoada hamshiralik ishi, sog‘liq va kasallik sotsiologiyasi; psixologiyaga kirish, inson taraqqiyoti, tibbiy va farmatsevtik maxsulotshunoslik, infeksion nazorat, dalillarga asoslangan tibbiyot, ilmiy tekshirish ishlarini amaliyotda qо‘llash, hamshiralar uchun chet tili kabi fanlar kiritilgan.
Hozirgi kunda Oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash jarayoni tubdan о‘zgargan, ular 4 asosiy ixtisoslik yо‘nalishida ta’lim oladilar: anesteziologiya va reanimatsiya blokida hamshiralik ishi; jarroxlik blokida hamshiralik ishi; akusherlik blokida hamshiralik ishi; hamshiralik ishida menejment.
Bugungi kunda Respublikada oliy ma’lumotli hamshiralar soni 1860 taga tengdir. Ushbu fakultet bitiruvchilari kollej va sog’liqni saqlash tizimining har xil yo‘nalishlarida ishlab kelmoqda, jumladan: 24,6% i- turli kollejda o‘qituvchi, 15,3% turli DPMlarda bosh hamshira va katta hamshira lovozimlarda, 4,2%dan anesteziologiya va reanimatsiya, jarroxlik bo’limlarida hamshira, 3,6%- yetakchi hamshiralar va 2,5%- magistraturada o’kishni davom ettirmoqdalar.
Ush bu fakultet bitiruvchilariga talab juda katta, «Oliy ma’lumotli hamshira» yo’nalishining bitiruvchisi quyidagi turdagi kasbiy faoliyatni bajarishga tayyor bо‘lishi lozim:
- davolash-profilaktik;
- tashkiliy-boshkaruv;
- axborot-taxliliy;
- marketing;
- innovatsion;
- reabilitatsion;
- tarbiyaviy-pedagogik;
- metodik;
- konsultativ;
- ilmiy-izlanish.
Demak, hozirgi zamon talabiga muvofiq kadrlarni tayyorlash uchun о‘quv jarayonini yanada mukamallashtirishimiz zarur. OMH fakulteti talabalari uchun ushbu о‘quv yilida о‘quv jarayonni sog‘liqni saqlash amaliyotiga maksimal yaqinlashtirish, amaliy kо‘nikmalarni chuqurroq о‘rgatish, oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlashda kafedralararo integratsiyani kuchaytirish uchun OMH markazi tashkil qilinish maqsadi qо‘yilgan. Ushbu markazda 6 о‘quv bо‘lim (terapevtik, xirurgik, onalik va bolalik, laborator-instrumental diagnostikasi, hamshiralik ishida shaxslararo munosabatlar kо‘nikmalarini о‘rganish, menejment va liderlik), kutubxona, о‘quv xonasi, kompyuter zali tashkil etish rejalashtirilgan. Markazda reja asosida 1,2,3 kurs talabalariga amaliy darslar о‘tiladi va bemorlarni parvarishi bо‘yicha amaliy kо‘nikmalar mulyaj, fantomlar va boshka о‘quv qо‘llanamlar yordamida о‘rgatiladi.
Respublikamizda hamshiralik ishini takomillashtirish kо‘p jixatdan ushbu kasb egalarini rolini va axamiyatini oshirishdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilg‘or tajribalaridan hamda ilm–fan yutuqlaridan foydalangan holda hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni uzluksiz ta’lim orqali yaxshilashdan iborat. Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni yuksak samarali tizimini yaratishning asoslaridan biri ushbu mutaxassislik bо‘yicha respublikamizga yetuk magistrlar tayyorlashdan iborat.
Davr taqozo etganidek, kadrlarni qayta tayyorlash kelajak avlodga bо‘lgan ishonchni yanada orttirish jamiyatimiz taraqqiyotini bundanda yuksaltirish malakali mutaxassislarning kasbiy saloxiyatini oshirib, ijobiy natijalarga erishishdir. Buning uchun xar birimiz soxa yо‘nalishi buyicha mas’uliyatni xis etgan xolda davlatimiz g‘amxо‘rligida yaratilayotgan barcha sharoitlardan tо‘g‘ri foydalanib, kadrlarni qayta tayyorlashda samarali ishlarni amalga oshirishimiz kerak.
Hamshiralik ishini rivojlantirishning istiqboli:
- ilmiy-izlanish bilan shug‘ulanuvchi mutaxassislarga xar tomonlama yordam kо‘rsatish
- boshqa OTMlar bilan xamkorlik ishlarini takomillashtirish
- oliy ma’lumotli hamshira faoliyatining klinik standartlari va talablarini ishlab chiqish
- hamshira ishini baholash tamoyillarini aniqlash
- hamshiralik ishi liderlarini tayyorlash
- hamshiralik ishini boshkarishni takomillashtirish
- amaliy о‘qitish va hamshira faoliyatining sifat indikatorlarini ishlab chiqish
FAKULTET O’QUV USLUBIY HAYOTI
- OMH fakulteti sog’liqni saqlashda hamshiralik ishi jarayoni bo‘yicha yuqori darajada nazariy va amaliy bilimlarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
- Fakultet talabalari to‘rt yo‘nalish: akusherlik, anesteziologiya – reanimatologiya, xirurgiya, menejment yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib chiqadilar.
- Fakultet talabalariga 15 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 40 nafar assistentlar ta’lim berib kelmoqdalar.
- Fakultet tarkibidagi kafedralar tomonidan talabalarga fan bo‘yicha yetarli bilim olishlari uchun eng so‘nggi axborot va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarda ta’lim beriladi.
O‘qish muddati 3 yil (bakalavr)
O‘QUV BAZALAR
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti respublikaning barcha tibbiy oliy o‘quv yurtlarida «5510700-Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yo‘nalishlari uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
- OMH fakultetini tamomlagach «Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish mumkin.
- OMH fakultetini bitirgan talabalarimiz yetakchi hamshira, vrach statist, hamshiralik ishi bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari hamda Oliy o‘quv yurtlarida, tibbiyot kollejlarida hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqdalar.
2013 yilda fakultet talabalari uchun «OMH o‘quv markazi» ochilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘rgatadi:
- Tibbiy hujjatlarni olib borishni o‘rgatish;
- Terapevtik bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
- Xirurgik va reanimatsion bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
- Homilador ayollarni, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda malakali parvarish qilish bo’yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
- Zamonaviy asbob-uskunalarda ishlashni, bemorlarni laborator-instrumental tekshiruvga tayyorlashni o‘rgatish;
- Hamshiralik jarayonida shaxslararo muloqotni o‘rgatish;
- Talabalarni o‘qitishda fanlararo integrasiyani keng qo’llash;
- Yakuniy nazoratning klinik qismini o‘tkazishni yuqori darajada tashkil qilish.
Hozirda fakultetda 267 nafar talaba tahsil olmoqda. Asosiy tibbiy fanlardan tashqari, chet tilini, kompyuter texnikasini o‘rganish mashg‘ulotlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet talabalari TTA miqqiyosida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
Ta’lim yo’nalishlari haqida
So’nggi xabarlar
- E’lon! 30/10/2022
- Abituriyentlar uchun e’lon! 08/09/2022
- Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga tavsiya etilgan abiturientlar diqqatiga! 04/09/2022
DTM KIRISH BALLARI 2022
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
Oxirgi xabar
2022-12-11 06:22:56
Talabalik davringiz eng yorqin lahzalarga boy boʻlishini istaysizmi?
– Unda sizni diplomi tan olinadigan O’zbekiston Xususiy universitetlarga kirishingizni 100% kafolatlaymiz!
BARCHA ta’lim YO‘NALISHLARIGA qishki qabul boshlandi
YO’NALISHLAR:
Davolash ishi
Pediatriya
Stomatologiya
Farmatsevtika
Filologiya (barcha tillar)
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Pedagogika-psixologiya
Tarix
Sport turlari
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Turizm
Iqtisodiyot sohalari
Bank ishi va audit
Neft va gaz
va boshqa ko’plab sohalar
Bugundan boshlab qabul ESHIKLARI sizlar uchun OCHIQ.
Qo’shni davlatlardan xususiy universitetlarga 2-3-kurslardan perevod qilish imkoni ham mavjud!
Ta’lim tili: O’zbek, Rus, ingliz
Bakalavr Diplomi
Universitetlar: Litsenziya | Akkreditatsiyaga ega
O’zbekistonda tan olinadigan Diplom
Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi!
Batafsil ma’lumot uchun telefonlar
+998909069400
@UZB_Consultingl
+998909079400
@Cosulting_UZB
238 viewsС. Латипов, 03:22
2022-12-10 17:08:22
Telegramda KATTA KONKURS start oldi!
10-dekabr kuni 23:59 da ball yig’ish to’xtatiladi va eng ko’p ball yig’gan 10 ishtirokchi pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
1-o’rin — 5 million so’m
2-o’rin — 2 million so’m
3-o’rin — 1 million so’m
4-o’rin — 500 ming so’m
5-o’rin — 400 ming so’m
6-7-o’rinlar — 300 ming so’m
8-9-o’rinlar — 200 ming so’m
10-o’rin — 100 ming so’m
KONKURSDA ISHTIROK ETISH
121 views , 14:08
2022-12-10 13:04:36
DTM imtihoni uchun
BARCHA FANLARDAN onlayn tayyorgarlik testiga start berildi!
Ertaga, 11-dekabr kuni 20:00 da DTM standartidagi onlayn imtihonda ishtirok eting va bilimingizni sinovdan o’tkazing!
Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda qatnashish
BLOK TEST barcha fanlardan bo’lib o’tadi. O’zingizga mos yo’nalishni tanlang:
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Rus tili
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + matematika
va boshqa yo’nalishlar
Test sizga nima beradi ?
➞ barcha fanlardan blok test
➞ javoblar tahlili
➞ umumiy natijalar mandati
➞ DTM standartidagi savollar
➞ asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.
Edu – ta’lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
183 viewsС. Латипов, 10:04
2022-12-10 13:04:20
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?
Savolga rasmiy javobni Xususiy universitetlarga litsenziya beradigan asosiy tashkilot Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob berdi.
159 viewsС. Латипов, 10:04
2022-12-09 16:05:46
2022/2023 yil uchun O’zbekistonda joylashgan litsenziyaga ega Universitetlarda talaba bo’lishingiz uchun so’nggi imkoniyat
Ta’lim shakli: Kunduzgi va sirtqi
Kompyuter dasturlash texnologiyalari;
Iqtisodiyot;
Filologiya: Ona tili/ Ingliz tili
Matematika;
Arxitektura;
Soliq va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va moliya;
Logistika
Tarix, Huquq
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Jismoniy tarbiya va sport
Kontrakt 10 mln so’m dan boshlanadi
Firma to’lovi chegirmada 2.5 mln
2-kursga perevod uchun 4 mln
3-kursga perevod uchun 4,5 mln
Murojaat uchun:
93-613-11-21 | Online murojaat
94-072-11-21 | Online murojaat
99-533-11-21 | Online murojaat
Manzil: Toshkent shahar novza metro Ziraat bank yonida
Manzil: Namangan Sardoba bozori yonida
Telegram kanal: @dreaminternational_uz
399 viewsС. Латипов, 13:05
2022-12-09 10:51:09
QISHKI QABUL BOSHLANDI
“YUKSALISH GROUP CONSULTING” orqali tez va osson talaba boʻling
• RENESSANS TAʼLIM UNIVERSITETI
• ALFRAGANUS UNIVERISTETI
• SHARQ MILLIY UNIVERSITETI
• TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERISTETI
Barcha universitetlarga chegirma davom etmoqda .
20 dan ortiq yoʻnalishlar bor.
2, 3 kursga oʻqishni koʻchirish mumkin. (Перевод)
BATAFSIL MAʼLUMOT UCHUN BOSING
SUPER CHEGIRMA
Firma toʻlovi 4.000.000 emas chegirma narxda 1.000.000 soʻm. (Chegirma muddati 1-dekabrdan 20-dekabrgacha)
Call Center
+998949452056 | Online murojaat
+998949442056 | Online murojaat
+998949822056 | Online murojaat
+998917888248 | Online murojaat
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani 11-mavze 46-uy
Ijtimoiy tarmoqlar:
Instagram | Telegram
138 viewsС. Латипов, 07:51
2022-12-08 17:57:36
Talaba bo’lishga ulgurmadingizmi?
Sizda NMD group support yordamida talaba bo’lish imkoni bor.
Rasman 2022-2023-o’quv yili uchun O’zbekistonda joylashgan Oliy ta’lim muassasalariga qishki qabul boshlandi
Mavjud yo’nalishlar
IT;
Iqtisodiyot;
Boshlang’ich ta’lim;
Maktabgacha ta’lim;
Pedagogika va psixologiya;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
Xorijiy til va adabiyot (Ingliz tili, rus tili).
Matematika
Arxitektura
Tarix
Buxgalteriya
Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi
Kontrakt 9 milliondan boshlanadi
Hujjatlar 3 kun davomida onlayn qabul qilinadi
3 yil staji borlar uchun onlayn ta’lim
Firma to’lovi: 1.8 million so’m;
Perevod uchun: 2.5 million so’m;
Murojaat uchun:
+998-99-259-22-02
@nmd_support_adminn
Shoshiling joylar soni chegaralangan
122 viewsС. Латипов, 14:57
2022-12-08 12:00:15
O’ZBEKISTONdagi xususiy universitetlarga 2022-2023
o’quv yili uchun qabullarimiz yakunlanmoqda O’zbekiston va chet el universitetlariga ATIGI 3.000.000 SO’MGA talaba bo’lishingizni kafolatlaymiz
YO’NALISHLAR:
Filologiya (tillar bo’yicha)
Pedagogika va psixologiya
Tarix
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Turizm
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Iqtisodiyot
Davolash ishi
Sport
Iqtisod
Diffiktologiya
Neft va gaz
Moliya
Stomatologiya
Farmaseftika
Elektir energiya
Biologiya
PEREVODCHILAR DIQQATIGA:
Xususiy universitetlarga 2-3 kursdan perevod qilish imkoni ham mavjud!
Ta’lim shakllari: Kunduzgi, Sirtqi va kechki
Yillik kontrakt: 11 mlndan 17 mlngacha
Shoshiling kvotalar soni cheklangan!
Batafsil ma’lumot va hujjatlar qabuli uchun telefonlar
Murojaat uchun:
Toshkent
+998934496944
@Zarina_adminka01
+998903711504
@ConsultingN1
+998934498449
@ConsultingN2
Qabul tugashiga 4 kun qoldi
Manzil:Toshkent shahar chilonzor tumani shuxrat choraxa turon bank yonida
265 viewsС. Латипов, 09:00
2022-12-07 14:25:58
Abiturientlar Diqqatiga!
Toshkent da joylashgan nufuzli universitetlarda TALABA bo’lish imkoniyati hali ham mavjud!
Ta’lim turi: kunduzgi, sirtqi, kechki
Bakalavr diplomi
Litsenziya | Akkreditatsiyaga ega
O’zbekistonda tan olingan diplom
Qulay to’lov-kontrakti
Kafolatlangan xizmat
2-kurs dan o’qishga joylash (PEREVOD)
Yo’nalishlar:
– Tarix
– Iqtisod
– Rus tili adabiyoti
– Ingliz tili adabiyoti
– Soliqlar va soliqqa tortish
– Buxgalteriya
– Xalqaro moliya
– Matematika
– Dasturlash – IT
– Arxitektura
SHOSHILING JOYLAR SONI 15 TA QOLDI!
Kompaniya xizmati- 2.5 mln so’m
Rasmiy shartnoma bilan ishlaydigan yagona ishonchli consulting firma
Firibgarlardan ogoh bo’ling
QA’BUL KUNI: 15-DEKABRGACHA
Qabul komissiya bo’yicha
Murojaat uchun:
+998998240997 | @uni_operator
+998998340997 | @uni_operator_1
Ona tili va adabiyot yo’nalishlari
BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA
MUQADDIMA
Ushbu Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganini hisobga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur xujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’iy nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib,
bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib,
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,
Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.
2-modda
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki birorbir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.
3-modda
Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.
4-modda
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.
5-modda
Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayoggan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda
Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
7-modda
Bola tug‘ilgan zahoti ro‘yxatga olinadi va tug‘ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo‘lish, shuningdek, iloji boricha, o‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi.
Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarni o‘z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshirilishini, ularning majburiyatlari shu sohaga tegishli xalqaro hujjatlarga asosan, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo‘lmagan taqdirda bajarilishini ta’minlaydilar.
8-modda
Ishtirokchi-davlatlar qonunda ko‘zda tutilganidek, bolaning o‘ziga xos xususiyatlari jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga zid ravishda aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladilar.
Agar bola o‘ziga xoslik elementlarining bir yoki barcha qismlaridan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam himoyalashni ta’minlaydilar.
9-modda
Ishtirokchi-davlatlar bola o‘z ota-onasidan ularning hoxishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydilar, vakolatli organlar sud qaroriga binoan qo‘llanilgan qonun va tartib-rusumga muvofiq tarzda bunday ayrilish bolaning eng yaxshi manfaatlari yo‘lida zarur deb topgan holatlar bundan mustasnodir. Bunday ajrim, masalan, ota-ona bolaga shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan yoki unga g‘amxo‘rlik qilmay qo‘ygan yoxud ota-ona alohida yashayotgan hamda bola yashaydigan joyga nisbatan qaror qabul qilish zarurati paydo bo‘lgan u yoki bu aniq holatda zarur bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq holda ishni har qanday sharoitda ko‘rib chiqish jarayonida barcha manfaatdor tomonlarga muhokamada qatnashish va o‘z nuqtai nazarini bayon qilish imkoniyati beriladi.
Ishtirokchi-davlatlar ota-onasining bittasi yoki har ikkovidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqini hurmat qiladilar, bunday munosabatlar bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladigan bo‘lsa bundan mustasno bo‘ladi.
Ishtirokchi-davlat tomonidan qabul qilingan biror-bir qaror, masalan, hibsga olish, qamash, surgun qilish, deportatsiya yoki ota-onadan bittasi yoxud ikkovining ham yoki bolaning o‘limi (ana shu shaxs davlat ixtiyorida bo‘lgan paytda har qanday sababga ko‘ra ro‘y bergan o‘lim ham shunga kiradi) tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlat ota-onaga, bolaga yoki, agar zarurat tug‘ilsa, oilaning boshqa a’zosiga ularning iltimosiga binoan oilaning yo‘qolgan a’zosi (a’zolari yashab turgan joy) haqida, zarur axborotni agar bu bolaning farovonligiga ziyon keltirmaydigan bo‘lsa yetkazib beradi. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimosni qondirish o‘z-o‘zidan tegishli shaxs (shaxslar) uchun noxush oqibatlarga olib kelmasligini ta’min etadilar.
10-modda
Ishtirokchi-davlatlarning 9-moddadagi 1-band bo‘yicha majburiyatiga muvofiq bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida ishtirokchi-davlatga kirish yoxud undan chiqish uchun bergan arizalari ishtirokchi-davlatlar tomonidan ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi lozim. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimoslar arizachilar va ularning oila a’zolari uchun noxush oqibatlar keltirib chiqarmasligini ta’minlaydilar.
Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari, otasi va onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqiga egadir. Ana shu maqsadda 9-moddaning 2-bandi bo‘yicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar bolaning va ota-onasining har qanday mamlakatni tark etish, jumladan, o‘z mamlakatini tashlab ketish va unga qaytib kelish huquqini hurmat qiladilar. Har qanday mamlakatni tark etish huquqiga nisbatan qonunda belgilab qo‘yilgan va davlat xavfsizligini, jamoat tartibini (ordre public), aholining sog‘lig‘i va ma’naviyati hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini saqlash uchun zarur hisoblangan, ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan boshqa huquqlarga mos tushadigan cheklashlargina amalda bo‘ladi.
11-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolalarning g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish uchun chora-tadbirlar ko‘radilar.
Ana shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlar tuzilishiga yoxud amaldagi bitimlarga qo‘shilishga ko‘maklashadilar.
12-modda
Ishtirokchi-davlatlar o‘zining qarashlarini shakllantirishga qodir bolaga, ana shu karashlarni bolaga taalluqli barcha masalalar bo‘yicha erkin ifoda etish huquqini ta’minlaydilar, binobarin, bolaning qarashlariga uning yoshi va yetukligiga muvofiq munosib darajada e’tibor beriladi.
Ana shu maqsadda bolaga, jumladan, bolaga taalluqli har qanday sud yoki ma’muriy muhokama paytida, bevosita, vakil yoxud tegishli organ orqali milliy qonunchilikning protsessual me’yorlarida ko‘zda tutilgan tartibda o‘zining fikrlarini ular tomonidan eshitish imkoniyati beriladi.
13-modda
Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborotni, chegarasidan qat’iy nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Bunday huquqning amalga oshirilishi ba’zi bir cheklashlarga duch kelishi mumkin, biroq bunday cheklashlar faqat qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlardan iborat bo‘ladi, bu quyidagilar uchun zarur:
boshqa shaxslarning huquqlari va obro‘sini hurmat qilish uchun;
davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini (ordre public), aholining sog‘lig‘i yoki ma’naviyatini muhofaza qilish uchun.
14-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladilar.
Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holatlarda qonuniy vasiylarning bolaga uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
O‘z dini yoki e’tiqodini targ‘ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati va sog‘lig‘ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina cheklanishi mumkin.
15-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning assotsiatsiya va tinch yig‘ilishlar erkinligi huquqini e’tirof etadilar.
Bu huquqning amalga oshirilishiga nisbatan biror-bir cheklashlar qo‘llanilmaydi, qonunga muvofiq qo‘llaniladigan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) manfaatlari yo‘lida, aholining sog‘lig‘i yoki ma’naviyatini saqlash, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bundan mustasnodir.
16-modda
Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy dahlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishiga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro‘siga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Bola ana shunday aralashishlar yoki tajovuz qilishlardan qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
17-modda
Ishtirokchi-davlatlar ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeini e’tirof etadilar hamda bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonlikka, shuningdek, bolaning sog‘lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydilar. Shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar:
ommaviy axborot vositalarini ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi hamda 29-modda ruhidagi bola uchun foydali axborot va materiallarni tarqatishga rag‘batlantiradilar;
turli xil madaniy, milliy va xalqaro manbalardan bunday axborot va materiallar tayyorlash, ayirboshlash hamda tarqatish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar;
bolalar adabiyotini nashr etish va tarqatishni rag‘batlantiradilar;
ommaviy axborot vositalarining qandaydir ozchilikni tashkil qiluvchi guruh yoki tub aholiga mansub bolaning til ehtiyojlariga alohida e’tibor berishni rag‘batlantiradilar;
13- va 18-moddalarni hisobga olgan holda bolaning farovonligiga zarar yetkazadigan axborot va materiallardan uni himoya qilishning tegishli tamoyillarini ishlab chiqishni rag‘batlantiradilar.
18-modda
Ishtirokchi-davlatlar bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy va bir xil javobgarligi tamoyili e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan barcha mumkin bo‘lgan kuch-g‘ayratlarni safarbar etadilar. Ota-ona yoki tegishli holatlarda qonuniy vasiylar bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun asosiy javobgar bo‘ladilar. Bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko‘rsatadigan asosiy g‘amxo‘rlikning predmeti hisoblanadi.
Ushbu Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va ko‘maklashish maqsadida ishtirokchi-davlatlar ota-ona va qonuniy vasiylarga bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam ko‘rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog‘ining rivojlanishini ta’minlaydilar.
Ishtirokchi-davlatlar ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo‘ljallangan xizmatlar hamda bolalar parvarish qilinadigan muassasalardan bolalarning foydalanish huquqiga ega bo‘lishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar.
19-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolani jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikning, haqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste’molliklar sodir etishning har qanday shakllaridan himoyalash maqsadida jamiki zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy choratadbirlarni ko‘radilar.
Bunday himoya choralari, zarurat tug‘ilgan taqdirda, bola va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan shaxslarni lozim darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish uchun samarali tartib-rusumlarni, shuningdek, bola bilan yuqorida ko‘rsatilgan tarzda shafqatsizlarcha muomala qilish hollari munosabati bilan ogohlantirish, aniqlash, xabar berish, qarab chiqish, tergov olib borish, davolash hamda shundan keyingi choralarni ko‘rish zarurati tug‘ilgan taqdirda, sud ishini qo‘zg‘atish uchun chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.
20-modda
O‘zining oila g‘amxo‘rligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo‘lgan yoki o‘zining eng yaxshi manfaatlari yo‘lida bunday g‘amxo‘rlikda qola olmaydigan bola davlat tomonidan ko‘rsatiladigan alohida himoya va yordamni olish huquqiga egadir.
Ishtirokchi-davlatlar o‘z milliy qonunlariga muvofiq ravishda bolani parvarish qilishning almashtirilishini ta’minlaydilar.
Bolani bunday parvarishlash, jumladan, islom shariati bo‘yicha “kafola”ga tarbiyaga berishni, asrab olishni yoki zarurat tug‘ilgan taqdirda, bolalar boqiladigan tegishli muassasalarga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Parvarishni almashtirish turlari qarab chiqilayotganda bola tarbiyasidagi vorislikning maqsadga muvofiqligi hamda uning etnik kelib chiqishi, diniy va madaniy mansubligi, ona tili yetarli darajada hisobga olinishi lozim.
21-modda
Bola asrab olish tizimi mavjudligini e’tirof yoki hal qiladigan ishtirokchi-davlatlar bolaning eng yaxshi manfaatlari birinchi navbatda hisobga olinishini ta’minlaydilar, ular:
bolani asrab olish faqat vakolatli ma’murlar tomonidan hal etilishini ta’minlaydilar, bunday ma’murlar qo‘llaniladigan qonun va tartib-rusumlarga muvofiq hamda ishga taalluqli va ishonchli butun axborot asosida asrab olishga ota-ona, qarindoshlar va qonuniy vasiylarga nisbatan bolaning maqomiga qarab, agar talab etilsa, manfaatdor shaxslar zarur bo‘lib qoladigan maslahat asosida asrab olish uchun o‘zlarining ongli roziliklarini berishlari bois yo‘l qo‘yilishini aniqlaydilar;
boshqa mamlakatda asrab olish, agar bolani tarbiyaga berish yoki uning tarbiyasini ta’minlay oladigan yoxud asrab oladigan oilaga joylashtirish mumkin bo‘lmasa, agar bola paydo bo‘lgan mamlakatda uni munosib ravishda tarbiyalashni ta’minlashning iloji bo‘lmasa, bola boqishning muqobil usuli sifatida qaralishini e’tirof etadilar;
bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda xuddi mamlakat ichkarisida asrab olinganida qo‘llaniladigan kafolat va me’yorlar qo‘llanilishini ta’minlaydilar;
bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda uning joylashtirilishi shu ish bilan bog‘liq shaxsga o‘zini oqlamagan moliyaviy foyda keltirmasligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radilar;
zarur holatlarda ushbu moddaning maqsadlariga ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartlashuvlar yoki bitimlar tuzilishi yo‘li bilan erishishga ko‘maklashadilar hamda shu asosda bolaning boshqa mamlakatda joylashuvi vakolatli ma’murlar va organlar tomonidan amalga oshirilishini ta’minlashga intiladilar.
22-modda
Ishtirokchi-davlatlar qochqin maqomini olishni istagan yoki qochqin hisoblangan bolani qo‘llaniladigan xalqaro yoki ichki huquq va tartib-rusumlarga muvofiq ravishda, ham unga hamroh bo‘layotgan va bo‘lmayotgan ota-onasi yoki tegishli ravishda himoya qiladigan va insonparvarlik yordami ko‘rsatadigan har qanday boshqa shaxsni ushbu Konvensiyada va inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro hujjatlarda yoki hujjatlarda bayon qilingan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan huquqlardan foydalanishini ishtirokchilari hisoblanadigan ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar ta’minlashi uchun zarur choralarni ko‘radilar.
Ana shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar, o‘zlari zarur deb topgan holatlarda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa vakolatli hukumatlararo tashkilotlar yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgan nodavlat tashkilotlarning bunday bolani himoya qilish, unga yordam ko‘rsatish hamda har qanday qochqin bolaning ota-onasi yoki oilasining boshqa a’zolarini izlashda, uning o‘z oilasi bilan qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish maqsadidagi har qanday kuch-g‘ayratlariga ko‘maklashadilar. Agar ota-onasi yoki oilasining boshqa a’zolarini topish iloji bo‘lmagan taqdirda bu bolaga, ushbu Konvensiyada ko‘zda tutilganidek biror-bir sababga ko‘ra o‘zining oilaviy g‘amxo‘rligidan doimiy yoki vaqtincha mahrum bo‘lgan har qanday ko‘rsatiladigan himoya taqdim etiladi.
23-modda
Ishtirokchi-davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o‘zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o‘ziga ishonch tug‘diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to‘laqonli hamda munosib tarzda yashashi lozimligini e’tirof etadilar.
Ishtirokchi-davlatlar aqliy va jismoniy noto‘kis bola o‘ziga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi huquqiga ega ekanligini e’tirof etadilar hamda buni rag‘batlantiradilar, imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yordam so‘rab iltimos qilingan bo‘lsa va bunday yordam bolaning ahvoliga, uning otaonasi va bola haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan boshqa shaxslarning mavqeiga mos kelsa, shunga haqli bolaga unga g‘amxo‘rlik qilish uchun javobgar kishilarga ana shunday yordam berilishini ta’minlaydilar.
Aqliy va jismoniy noto‘kis bolaning alohida ehtiyojlari e’tirof etilgan holda ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq yordam imkon darajasida bolaning ota-onasi va uning haqida g‘amxo‘rlik qilayotgan boshqa shaxslarning moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinib bepul beriladi, bunday yordam noto‘kis bola ta’lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog‘liqni tiklash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish sohasidagi xizmatlaridan samarali ravishda bahramand bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutadi, shuningdek, dam olish vositalariga yo‘l ochadiki, bunday vositalar imkon darajasida bolani ijtimoiy hayotga jalb etishga, shaxsning rivojlanishi, jumladan, madaniy va ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Ishtirokchi-davlatlar xalqaro hamkorlik ruhida no-to‘kis bolalarning sog‘lig‘ini saqlash profilaktikasi, tibbiyot, ruhiy va funksional davolanishi sohasidagi tegishli axborotning ayirboshlanishiga ko‘maklashadilar, sog‘lomlashtirish usullari, umumiy ta’lim va kasb-kor tayyorgarligi haqidagi axborotni tarqatish, shuningdek, ana shu axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lish ham shunga kiradi, toki ishtirokchi-davlatlar bu sohadagi o‘z imkoniyatlari va bilimlarini yaxshilashga, tajribalarini kengaytirishga erishsinlar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyoj-lariga alohida e’tibor berilishi lozim.
24-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning sog‘liqni saqlash tizimining takomillashgan xizmatlaridan, kasalliklarni davolash va salomatlikni tiklash vositalaridan foydalanishini huquqiy e’tirof etadilar. Ishtirokchi-davlatlar birorta ham bola sog‘liqni saqlash tizimining bunday xizmatlaridan bahramand bo‘lishdan iborat o‘z huquqidan mahrum bo‘lib qolmasligini ta’minlashga harakat qiladilar.
Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqning to‘la amalga oshishiga erishadilar, jumladan, quyidagi choralarni ko‘radilar:
chaqaloqlar va bolalar o‘limi darajasini pasaytirish;
hamma bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishi va ularning sog‘lig‘ini saqlashga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor berilishiga erishish;
boshqa usullar qatorida qulay texnologiyani qo‘llash va yetarli miqdorda to‘yimli oziq-ovqat va toza ichimlik suv yetkazib berish yo‘li bilan hamda atrof-muhitning ifloslanish xavf-xatarini e’tiborga olgan holda birlamchi tibbiysanitariya yordami ko‘rsatish doirasida kasalliklar va to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurash olib borish;
onalarga tug‘ish oldidan va tuqqandan keyingi davrda ularning sog‘lig‘ini saqlash sohasida tegishli ravishda xizmatlarni taqdim etish;
jamiyat barcha tabaqalarining, jumladan, ota-onalar va bolalarning go‘daklar sog‘lig‘i va ovqatlanishi, ko‘krak suti bilan boqishning afzalliklari, gigiyena, bola yashayotgan muhit sanitariyasi va baxtsiz hodisalarning oldini olish haqidagi xabardorligini ta’minlash, shuningdek, ularning ilm olishiga yo‘l ochish va egallagan bilimlaridan foydalanishlarini qo‘llabquvvatlash;
profilaktik tibbiy yordam va oila hajmini rejalashtirish sohasidagi ma’rifiy ishlar va xizmatlarni rivojlantirish.
Ishtirokchi-davlatlar bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan an’anaviy amaliyotga barham berish maqsadida har qanday samarali va zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddada e’tirof etilgan huquqlar to‘la amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirish majburiyatini oladilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berilishi zarur.
25-modda
Ishtirokchi-davlat parvarish qilish, himoya ostiga olish yoki jismoniy yoxud ruhiy davolash, bolaga taqdim etiladigan davolashni vaqtincha baholash hamda bunday vasiylik bilan bog‘liq, bolaga tegishli barcha boshqa shart-sharoitni yaratib berish maqsadida vakolatli organlar tomonidan vasiylikka topshirilgan bolaning huquqlarini e’tirof etadilar.
26-modda
Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning ijtimoiy ta’minot ne’matlaridan, jumladan, ijtimoiy sug‘urtadan foydalanish huquqini e’tirof etadilar hamda ana shu huquq davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq tarzda to‘la amalga oshishiga erishish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Bu ne’matlar zaruratga qarab bolaning hamda bolani boqish mas’uliyatini zimmasiga olgan shaxslarning, bola tomonidan yoki uning nomidan ne’matlarni olish bilan bog‘liq har qanday fikr-mulohaza nazarda tutilgan holda taqdim etiladi.
27-modda
Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy kamol topishi uchun zarur hisoblangan turmush darajasiga ega bo‘lish huquqini e’tirof etadilar.
Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o‘z qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan turmush sharoitini ta’minlashga asosiy javobgardir.
Ishtirokchi-davlatlar milliy shart-sharoitlarga muvofiq va o‘z imkoniyatlari doirasida ana shu huquqning amalga oshishida ota-ona va bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslarga yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar, zarurat tug‘ilgan hollarda moddiy yordam beradilar, ayniqsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bilan ta’minlash borasidagi dasturni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Ishtirokchi-davlatlar ota-ona yoki bola uchun moliyaviy javobgar hisoblangan boshqa shaxslar tomonidan bolani boqish ishtirokchi-davlat ichida ham, xorijda ham tiklanishini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Xususan, bola uchun moliyaviy javobgar shaxs va bola turli davlatlarda yashayotgan bo‘lsalar, ishtirokchi-davlatlar xalqaro bitimlarga qo‘shilishga yoki shunday bitimlar tuzilishiga, shuningdek, boshqa tegishli kelishuvlarga erishishga ko‘maklashadilar.
28-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini e’tirof etadilar hamda ana shu huquq teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, jumladan:
bepul va majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy etadilar;
ham umumiy, ham kasb-hunar bo‘yicha o‘rta ta’limning turli shakllari rivojlanishini rag‘batlantiradilar, bunday ta’limdan hamma bolalar bahramand bo‘lishlarini ta’minlaydilar hamda bepul ta’lim joriy etish va zarurat tug‘ilgan hollarda moliyaviy yordam ko‘rsatish singari zarur choratadbirlarni ko‘radilar;
barcha zarur vositalar yordamida har bir bolaning qobiliyati asosida oliy ta’limdan bahramand bo‘lishini ta’minlaydilar;
barcha bolalar uchun ta’lim va kasb-hunar tayyorgarligi sohasida axborot hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradilar;
bolalarning maktabga muntazam borishlariga ko‘maklashish hamda maktabni tashlab ketadigan o‘quvchilar sonining kamayishi uchun chora-tadbirlar ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar maktab intizomi bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmatlash o‘z ifodasini topgan usullar yordamida hamda ushbu Konvensiyaga muvofiq olib borilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar ta’limga taalluqli masalalar bo‘yicha, jumladan, butun dunyoda johillik va savodsizlikni tugatishga yordam beradigan hamda ilmiy-texnikaviy bilimlar va o‘qitishning zamonaviy usullariga yo‘l ochishni yengillashtiradigan maqsadlarga qaratilgan xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar va rivojlantiradilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berilishi zarur.
29-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar:
bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishi;
inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga hurmatni tarbiyalash;
bolaning ota-onaga, uning madaniy o‘ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy qadriyatlariga, o‘zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash;
bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar va ayollarning tengligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o‘rtasida do‘stlik ruhida tayyorlash;
atrof-tabiatga hurmatni tarbiyalash.
Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgai tamoyillarga rioya qilgan holda rahbarlikni amalga oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.
30-modda
Etnik, diniy yoki til jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi yoxud tub aholiga mansub shaxslar yashaydigan davlatlarda ana shunday ozchilikka yoki tub aholiga mansub bolaning mazkur guruh boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z madaniyatidan foydalanish, o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish, shuningdek, ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmasligi lozim.
31-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va bo‘sh vaqtini o‘tkazish huquqini, o‘zining yoshiga mos keladigan o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug‘ullanish huquqini e’tirof etadilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama qatnashish huquqini hurmat qiladilar, rag‘batlantiradilar hamda madaniy va ijodiy faoliyat, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun tegishli teng imkoniyatlar yaratib berilishiga ko‘maklashadilar.
32-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda uning sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan yoxud sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar keltiradigan har qanday ishlardan himoya qilinish huquqini e’tirof etadilar,
Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning amalga oshirilishini ta’minlash uchun qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek, ta’lim sohasidagi chora-tadbirlarni ko‘radilar. Ana shu maqsadlarda, boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda, ishtirokchi-davlatlar, jumladan:
ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh yoki eng kichik yoshlarni belgilab qo‘yadilar;
kundalik vaqtdagi ishning muddati va mehnat sharoitiga doir zarur talablarni aniqlaydilar;
ushbu moddaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun jazoning tegishli turlari yoki boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadilar.
33-modda
Ishtirokchi-davlatlar tegishli xalqaro shartnomalarda belgilab qo‘yilganidek, bolalarni giyohvandlik va psixotrop moddalarini g‘ayriqonuniy ravishda iste’mol qilishdan himoya etish maqsadida zarur barcha chora-tadbirlarni, jumladan, qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek ta’lim sohasidagi choralarni hamda ana shunday moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda ishlab chiqarishda va ularni sotishda bolalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radilar.
34-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolani shahvoniy maqsadlarda foydalanish va shahvoniy buzishning barcha shakllaridan himoya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Ana shu maqsadlarda ishtirokchi-davlatlar, jumladan, milliy, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada quyidagi holatlarning oldini olish uchun hamma zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar:
bolani har qanday g‘ayriqonuniy ravishdagi shahvoniy faoliyatga tortish va majburlash;
bolalardan fohishabozlik yoki g‘ayriqonuniy ravishdagi barcha shahvoniy maqsadlarda foydalanish;
bolalardan pornografiya va pornografiya materiallari tayorlash maqsadlarida foydalanish.
35-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolalarni o‘g‘irlash, sotish yoki ularni har qanday maqsadlarda va har qanday shakllarda kontrabanda qilishning oldini olish uchun milliy, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
36-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolani uning farovonligiga oid har qanday jihatdan zarar yetkazadigan foydalanishning barcha boshqa shakllaridan himoya qiladilar.
37-modda
Ishtirokchi-davlatlar quyidagilarni ta’minlaydilar:
birorta ham bola qiynoqlarga yoki boshqa shafqatsizlarcha, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni oyoq osti qiladigan muomala yoki jazoga duchor etilmasligini. Na o‘lim jazosi, na ozodlikka chiqarish imkoniyatini ko‘zda tutmagan umrbod qamoq jazosi 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun belgilanmaydi;
birorta ham bola g‘ayriqonuniy ravishda yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum etilmasligini. Bolani hibsga olish, ushlab turish yoki qamoqqa solish qonunga muvofiq amalga oshiriladi hamda faqat noiloj chora sifatida va mumkin qadar tegishli qisqa vaqt mobaynida ishlatiladi;
ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola uning yoshidagi shaxs ehtiyojlari hisobga olingan holda insoniy muomala va shaxsining ajralmas qismi bo‘lgan qadr-qimmatini hurmatlashdan foydalanishini. Xususan, ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola, agar bolaning eng yaxshi manfaatlari yo‘lida shunday qilish kerak, deb hisoblanmasa, kattalardan ajratib saqlanadi hamda alohida holatlarni istisno qilganda, o‘z oilasi bilan xat yozish va diydor ko‘rishish orqali aloqa bog‘lab turish huquqiga egadir;
ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola huquqiy va boshqa tegishli yordamdan zudlik bilan bahramand bo‘lish huquqidan, shuningdek, sud yoki boshqa vakolatli, mustaqil va xolis organ oldida o‘zining ozodlikdan mahrum etilishining qonuniyligiga e’tiroz bildirish huquqidan hamda ana shunday har qanday protsessual xatti-harakatga nisbatan ular tomonidan kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi huquqidan foydalanadi.
38-modda
Ishtirokchi-davlatlar xalqaro insonparvarlik huquqining qurolli mojarolar ro‘y bergan holatda ularga nisbatan qo‘llaniladigan va bolalarga taalluqli me’yorlarini hurmat qilishni, ularga rioya etilishini ta’minlashni o‘z zimmalariga oladilar.
Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan shaxslar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasliklarini ta’minlash uchun imkoni bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan har qanday shaxsni o‘z qurolli kuchlari safiga xizmatga chaqirishga yo‘l qo‘ymaydilar. 15 yoshga yetgan biroq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasidan armiyaga jalb etilayotganda ishtirokchi-davlatlar yoshi kattaroq shaxslarni ma’qul ko‘rishga harakat qiladilar.
Qurolli mojarolar paytida harbiy bo‘lmagan aholini himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro insonparvarlik huquqi bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar qurolli mojarolarning ta’siridan bolalarni himoyalash hamda parvarishlashni ta’minlash uchun imkoni bo‘lgan barcha zarur choratadbirlarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
39-modda
Ishtirokchi-davlatlar beparvolik, ishlatish yoki suiiste’molliklar, qiynashning har qanday ko‘rinishlari yoki shafqatsizlik, noinsoniy yoxud qadr-qimmatni oyoqosti qiladigan boshqa har qanday muomala, jazolash yoki qurolli mojarolar qurboni bo‘lgan bolaning jismoniy va ruhiy tiklanishi hamda ijtimoiy jihatdan o‘zini o‘nglab olishiga ko‘maklashish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Bunday tiklanish va o‘zini o‘nglab olish bolaning sog‘lig‘i, o‘zini o‘zi hurmatlashi va qadr-qimmatini ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi lozim.
40-modda
Ishtirokchi-davlatlar jinoiy qonunchilikni buzgan deb topilgan, qonunni buzishda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilayotgan har bir bolaning unda qadr-qimmat va ahamiyatga moliklik his-tuyg‘usini tarbiyalaydigan, bolada inson huquqlariga va boshqalarning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlaydigan hamda bunda bolaning yoshi va o‘zini o‘nglab olishi, jamiyatda foydali o‘rin tutishiga ko‘maklashish istagi hisobga olinadigan huquqini e’tirof etadilar.
Ana shu maqsadlarda va xalqaro xujjatlarning tegishli qoidalarini e’tiborga olib, ishtirokchi-davlatlar, jumladan, quyidagilarni ta’minlaydilar:
birorta bola xatti-harakat sodir etilgan vaqtda milliy yoki xalqaro huquqda man etilmagan harakat yoki harakatsizlik sababli jinoiy qonunchilikni buzgan deb topilmasligi, ayblanmasligi va aybdor deb topilmasligini;
jinoiy qonunchilikni buzgan deb hisoblanayotgan yoki uni buzishda ayblanayotgan har bir bola kamida quyidagi kafolatlarga ega bo‘lishi zarur:
uning aybi qonunga muvofiq isbotlanguncha aybsizlik prezumpsiyasi;
unga qarshi qo‘yilayotgan ayblar haqida o‘ziga, zarurat tug‘ilgan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi orqali kechiktirmasdan va bevosita ma’lum qilish hamda o‘zining himoyasini tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy va boshqa xil yordam olishi;
ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud organi tomonidan ishni adolatli tarzda ko‘rish davomida qonunga muvofiq ravishda advokat yoxud boshqa tegishli shaxs ishtirokida, agar bu bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladi deb hisoblanmasa, xususan, uning yoshi yoki ota-onasi yoxud qonuniy vasiylarining mavqei hisobga olingan holda hech kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi;
guvohlik ko‘rsatmasi berish yoki aybga iqror bo‘lishga majburlashdan erkinlik; ayblash bo‘yicha guvohlarning ko‘rsatmalarini yoxud mustaqil ravishda yoxud boshqa shaxslar yordamida o‘rganib chiqish hamda himoya guvohlarining teng ravishdagi ishtiroki va ularning ko‘rsatmalarini o‘rganishni ta’minlash;
agar bola jinoiy qonunchilikni buzgan deb hisoblansa, yuqori turuvchi vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud tomonidan tegishli qarorni va u bilan bog‘liq holda qabul qilingan har qanday choralarni qonunga muvofiq ravishda takroran ko‘rib chiqish;
agar bola foydalanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda gapira olmasa, tarjimonning bepul yordam berishi;
ishni ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida uning shaxsiy hayotini to‘la hurmat qilish.
Ishtirokchi-davlatlar jinoiy qonunchilikni buzgan deb hisoblanayotgan, qonunbuzarlikda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilgan bolalarga bevosita taalluqli qonunlar, tartibqoidalar, organlar va muassasalarni aniqlashda ko‘maklashishga intiladilar, jumladan:
jinoiy qonunchilikni buzishga qodir bo‘lmagan eng kichik yoshni belgilashga;
zarurat tug‘ilgan taqdirda va imkon bo‘lganda, bunday bolalar bilan muomala qilish bo‘yicha inson huquqi va huquqiy kafolatlar to‘la rioya etilgan holda sud muhokamasidan foydalanmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishga.
Bolaning farovonligi, holati va jinoyatning xarakteriga muvofiq keladigan, muassasalardagi parvarishning o‘rnini bosadigan muomala qilishni ta’minlash maqsadida parvarish, vasiylik va nazorat haqida qoida, maslahat xizmatlari, sinov muddatini belgilash, o‘quv va kasb-hunarga tayyorlash dasturlari va parvarishning boshqa shakllari mavjud bo‘lishi zarurdir.
41-modda
Ushbu Konvensiyadagi hech bir narsa bola huquqlarini amalga oshirishga ko‘p darajada yordam beradigan har qanday vaziyatga daxl qilmaydi hamda bunday qoidalar quyidagilarda o‘z ifodasini topishi mumkin:
mazkur davlatga nisbatan amal qilayotgan xalqaro huquq normalarida.
II QISM
42-modda
Ishtirokchi-davlatlar tegishli va ta’sirli vositalardan foydalangan holda Konvensiyaning tamoyillari va qoidalari haqida katta yoshdagilarni ham, bolalarni ham keng xabardor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.
43-modda
Ishtirokchi-davlatlar tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha erishilgan taraqqiyotni ko‘rib chiqish maqsadida quyida ko‘zda tutilgan vazifalarni ado etadigan Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita ta’sis qilinadi.
Qo‘mita o‘zining yuksak ma’naviy fazilatlari hamda ushbu Konvensiyada qamrab olingan sohalarda vakolatli deb e’tirof etilgan o‘n nafar ekspertdan iboratdir. Qo‘mita a’zolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan o‘z fuqarolari ichidan saylanadilar hamda ular shaxsan ishtirok etadilar, binobarin, adolatli ravishda jug‘rofiy taqsimlanishga, shuningdek, bosh huquqiy tizimlarga e’tibor beriladi.
Qo‘mita a’zolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilganlar orasidan yopiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Har bir ishtirokchi-davlat o‘z fuqarolari orasidan bitta shaxsni ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘mitaga dastlabki saylov ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oydan kechikmasidan, keyin esa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Har bir saylov kunidan kamida to‘rt oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishirokchi-davlatlarga ikki oy mobaynida o‘z nomzodlarini taqdim etish taklifi bilan xat orqali murojaat qiladi. So‘ngra Bosh kotib ko‘rsatilgan barcha nomzodlar ro‘yxatini alifbo tartibida ishtirokchi-davlatlar nomini qayd etgan holda tuzib chiqadi hamda bu ro‘yxatni ushbu Konvensiya ishtirokchidavlatlariga taqdim etadi.
Saylovlar Bosh kotib tomonidan chaqiriladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy muassasalarida ishtirokchi-davlatlar kengashlarida o‘tkaziladi. Ishtirokchidavlatlarning uchdan ikki qismi kvorumni tashkil etadigan ana shu kengashlarda Qo‘mita tarkibiga saylangan deb eng ko‘p ovoz olgan hamda ishtirokchi-davlatlarning kengashida ishtirok etayotgan va ovoz berishda qatnashayotgan vakillarining mutlaq ko‘pchilik ovozini to‘plagan nomzodlar hisoblanadilar.
Qo‘mita a’zolari to‘rt yillik muddatga saylanadilar. Ular nomzodlari takroran ko‘rsatilgan taqdirda qayta saylanish huquqiga egadirlar. Birinchi saylovlarda saylangan besh a’zoning vakolat muddati ikki yillik davr oxirida tugaydi, birinchi saylovdan keyinoq zudlik bilan aynan shu besh a’zo kengash Raisi tomonidan qur’a tashlash orqali aniqlanadi.
Qo‘mita a’zolaridan birortasi vafot etgan yoki iste’foga chiqqan yoxud u qandaydir sababga ko‘ra Qo‘mita a’zosi vazifalarini bundan keyin bajara olmay qolgan taqdirda o‘sha Qo‘mita a’zosini ko‘rsatgan ishtirokchi-davlat Qo‘mita qo‘llabquvvatlashi sharti bilan qolgan muddatga o‘z fuqarolari orasidan boshqa ekspert tayinlaydi.
Qo‘mita o‘zining tartib-qoidalarini o‘rnatadi.
Qo‘mita ikki yillik muddatga o‘zining mansabdor shaxslarini saylaydi.
Qo‘mita sessiyalari, odatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy muassasalarida yoki Qo‘mita tanlagan boshqa har qanday qulay joyda o‘tkaziladi. Qo‘mita o‘z sessiyalarini, odatda har yili o‘tkazadi. Qo‘mita sessiyasining davom etishi Bosh Assambleya qo‘llab-quvvatlashi sharti bilan ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlarining kengashida aniqlab qo‘yiladi va zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.
Qo‘mita o‘zining vazifalarini ushbu Konvensiyaga muvofiq samarali bajarishi uchun uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi zarur xodimlar va moddiy mablag‘ bilan ta’minlaydi.
Ushbu Konvensiyaga binoan ta’sis etilgan Qo‘mita a’zolari Bosh Assambleya tomonidan belgilab qo‘yilgan tartib va shartlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti mablag‘lari hisobidan Bosh Assambleya tasdiqlagan rag‘batlantirishlarni oladilar.
44-modda
Ishtirokchi-davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orqali Qo‘mitaga Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlari mustahkamlash yuzasidan qabul qilingan choratadbirlar haqida hamda ana shu huquqlarini amalga oshirishda erishilgan taraqqiyot haqida ma’ruzalar taqdim etish majburiyatini oladilar:
Konvensiya kuchga kirganidan keyin ikki yil mobaynida tegishli ishtirokchi-davlat uchun;
keyinchalik har besh yilda.
Ushbu moddaga muvofiq taqdim etiladigan ma’ruzalarda mazkur Konvensiya bo‘yicha majburiyatlarning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi omil va qiyinchiliklar, agar ular mavjud bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, ma’ruzalarda yetarli axborot ham o‘z ifodasini topadi, toki mazkur mamlakatda Konvensiyaning amal qilish borasida Qo‘mita to‘la tasavvurga ega bo‘lsin.
Qo‘mitaga har tomonlama dastlabki mufassal ma’ruza taqdim etgan ishtirokchi-davlat ushbu moddaning 1-b bandiga binoan taqdim etiladigan keyingi ma’ruzalarda ilgari bayon qilingan asosiy axborotni takrorlashiga zarurat bo‘lmaydi.
Qo‘mita ishtirokchi-davlatlardan ushbu Konvensiyaning bajarilishiga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha axborot so‘rab olishi mumkin.
Qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar ikki yilda bir marta Bosh Assambleyaga Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash vositachiligida taqdim etiladi.
Ishtirokchi-davlatlar ma’ruzalari o‘z mamlakatlarida keng oshkora bo‘lishini ta’minlaydilar.
45-modda
Konvensiyaning samarali amalga oshirilishga ko‘maklashish va ushbu Konvensiyada qamrab olingan sohalardagi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasalari, Bolalar jamg‘armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa organlari ushbu Konvensiyaning ular vakolati doirasiga kiradigan qoidalarini amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilinayotgan paytda vakil yuborish huquqiga egadirlar. Qo‘mita Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasalari, Bolalar jamg‘armasi va boshqa vakolatli organlariga agar maqsadga muvofiq deb topsa, ularning tegishli vakolat doirasiga kiradigan masalalarda Konvensiyaning amalga oshirilishiga doir ekspertlar xulosasini taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Qo‘mita Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasalari, Bolalar jamg‘armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa organlariga o‘z faoliyat doirasiga kiradigan sohalarda Konvensiyaning amalga oshirilishi haqida ma’ruzalar taqdim qilishni taklif etishi mumkin;
Qo‘mita Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasalari, Bolalar jamg‘armasi va boshqa vakolatli organlariga, agar maqsadga muvofiq deb topsa, ishtirokchi-davlatlarning texnik maslahat yoki yordam so‘ralgan yoxud shunga ehtiyoj ko‘rsatib o‘tilgan har qanday ma’ruzalarini, shuningdek, Qo‘mitaning ana shunday iltimos yoki ko‘rsatmalarga doir fikr-mulohaza va takliflarini, agar ular mavjud bo‘lsa, qayta yo‘llaydi;
Qo‘mita Bosh Assambleyaga o‘z nomidan Bosh kotibga bola huquqlariga taalluqli alohida masalalar yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishni taklif etishni tavsiya qilishi mumkin;
Qo‘mita ushbu Konvensiyaning 44- va 45-moddalariga muvofiq olinadigan axborotga asoslangan umumiy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar kiritishi mumkin. Umumiy ahamiyatga molik bunday taklif va tavsiyalar manfaatdor har qanday ishtirokchi-davlatga oldindan yo‘llanadi hamda ishtirokchidavlatlarning fikr-mulohazalari bilan birgalikda, agar mavjud bo‘lsa, Bosh Assambleyaga ma’lum qilinadi.
III QISM
46-modda
Ushbu Konvensiya barcha davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
47-modda
Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi zarur. Ratifikatsiya yorliqlari saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
48-modda
Ushbu Konvensiya unga har qanday davlatning qo‘shilishi uchun ochiqdir. Qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
49-modda
Ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirilgan sanadan e’tiboran o‘ttizinchi kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoki unga qo‘shiladigan har bir davlat uchun yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoxud qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlab qo‘yishga topshirilgan sanadan e’tiboran mazkur Konvensiya bunday davlat uni ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni saqlab qo‘yishga topshirilgandan keyingi o‘ttizinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
50-modda
Har qaday ishtirokchi-davlat Konvensiyaga tuzatish taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Shundan so‘ng Bosh kotib taklif etilgan tuzatishni ishtirokchi-davlatlarga mana shu takliflarni ko‘rib chiqish va ularni ovozga qo‘yish maqsadida ishtirokchidavlatlarning konferensiyasini chaqirish tarafdorimi, degan so‘rov bilan qayta yo‘llaydi. Agar mana shunday xabar yetkazilgan sanadan boshlab to‘rt oy mobaynida ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib bunday konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti belgisi ostida chaqiradi. Bu konferensiyada ishtirok etayotgan va ovoz berishda qatnashayotgan ishtirokchi-davlatlarning ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilingan har qanday tuzatish tasdiqlash uchun Bosh Assambleyaga taqdim etiladi.
Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan keyin hamda ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki aksariyat qismi qabul qilgan taqdirda kuchga kiradi.
Tuzatish kuchga kirgandan keyin u mana shu tuzatishni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy bo‘lib qoladi, boshqa davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya qoidalari hamda ular qabul qiladigan keyingi har qanday tuzatishlar majburiy hisoblanadi.
51-modda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi davlatlar tomonidan ratifikatsiya yoki qo‘shilish paytida bildirilgan e’tiroz matnini kabul qilib oladi hamda barcha davlatlarga yuboradi.
Ushbu Konvensiyani maqsad vazifalariga mos tushmaydigan e’tirozga yo‘l berilmaydi.
E’tiroz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yuborilgan tegishli bildirishnoma yo‘li bilan istalgan paytda olib tashlanishi mumkin, so‘ngra Bosh kotib bu haqda barcha davlatlarga xabar yetkazadi. Bunday bildirishnoma uni Bosh kotib qo‘lga olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
52-modda
Har qanday ishtirokchi-davlatning ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yozma ravishdagi bildirishnoma yuborish asosida bir tomonlama bekor qilishi Bosh kotib bildirishnomani olganidan keyin bir yil o‘tgach, kuchga kiradi.
53-modda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning saqlovchisi etib tayinlanadi.
54-modda
Ushbu Konvensiyaning inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha asl nusxasi matnlari teng bir xillikka ega bo‘lib, saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
Ushbuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekkan vakolatli vakillar o‘zlarining tegishli hukumatlari tomonidan shunga yetarli darajada vakil qilingan bo‘lib, mazkur Konvensiyani imzoladilar.
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44/25-sessiyasi da qabul qilgan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XII-sonli qarori bilan ratifikatsiya qilingan
- 28 Avgust 2019
- 78209
- Chop etish