Ertak o’qitish dars ishlanmasi Mavzu
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi. >>>>
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. >>>>
Qalam va sichqon
23.09.2020 Bahrom 58 567 ko‘rishlar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi. >>>>
Quyonning labi nega tirtiq?
02.05.2020 Bahrom 22 978 ko‘rishlar
Bir kun quyonlar baland bir qarag’ay tagiga to’planib o’zlaricha masla- hat qilishibdi. Ular kuyib-pishib, har qaysisi o’z taqdiridan nolibdi. >>>>
Tulki bilan chumoli
12.04.2020 Bahrom 39 667 ko‘rishlar
Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi. >>>>
Samoviy poyga
07.04.2020 Bahrom 17 752 ko‘rishlar
Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq yashagan ekanlar. >>>>
Chol bilan sichqon
04.04.2020 Bahrom 43 973 ko‘rishlar
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonda shu go‘zal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tug‘ilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan. >>>>
Qaysi qush baxtli?
01.04.2020 Bahrom 18 020 ko‘rishlar
Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda, oqqush dunyodagi eng baxtli qush bo‘lsa kerak”. >>>>
Bahodir tabib
31.03.2020 Bahrom 24 905 ko‘rishlar
Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi.
Ikki to‘lqin
27.03.2020 27.03.2020 Bahrom 8 357 ko‘rishlar
Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.
Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa, urilib, bosib, buzib o‘tib ketarkan. >>>>
Ertak o’qitish dars ishlanmasi Mavzu
O’qituvchi o’quvchilar bilan doimiy she’riy tarzda salomlashadi:
O’qituvchi:
Darsimizning neligini so’zlar kim,
Bilsangiz gar ayta qoling turmay jim?
O’quvchilar:
Hozirgi darsimiz bilsangiz o’qish,
Maqsadimiz o’qib bilmoq yozu qish.
Sinfga ertak kitobi obrazi kirib keladi o’qituvchi: keling janob Kitob, sizni tanimayroq turibmiz kitob: men sizlarga bugun hamrohlik qilish uchun kitoblar olamidan kelgan sexrli kitobman. Darsda birga o’tirishga ruxsat berasizmi o’qituvchi: bolalar ruxsat beramizmi? o’quvchilar: albatta biz bundan hursand bo’lamiz
Kitob: raxmat aziz bolajonlar, men ham quruq kelmadim, sizlarga sexrli yulduzchalar olib keldim, eng yaxshi qatnashgan o’quvchilarga beraman, va ohirida kimniki ko’pligiga qarab sovg’am bor
o’qituvchi o’tilgan mavzu yuzasidan savollar beradi, kitob javob bergan o’quvchilarga yulduzchalar taqdim etadi.
Kitob ham o’zi tayyorlab kelgan didaktik o’yinni o’quvchilar bilan birgalikda o’ynaydi va yulduzchalar taqdim etadi
Kutubxona o’yini:
Partaga kitob maketli kartalar qo’yiladi,
Har bir maketda maqollar rebursi bo’ladi. O’quvchilar bittadan chiqib, tanlagan kartalaridagi maqolni topishadi.
Didaktik o’yindan so’ng, yangi mavzu bayoniga o’tiladi: o’qituvchi: bolajonlar bugun sizlar bilan ertak o’qiymiz. Kitob: o’quvchilar ertak haqida nimalarni bilasizlar? 1-o’quvchi: ertaklar yaxshilikka yetaklar 2-o’quvchi:ertak xalq o’g’zaki ijodiga kiradi 3-o’quvchi: biz bolalar ertaklarni doim sevib o’qiymiz va eshitamiz, chunki ular bizni yaxshilikka chorlaydi. Kitob: Barakalla bolajonlar sizlar men kutganiomdan ham aqlli va zukko ekansizlar. O’qituvchi: bugungi ertagimiz ahillik haqida, hamma kitobini ochsin, ertak nomi “AHILLIZ ULUG’ BAXT”
O’qituvchi ertak asosida tayyorlab kelgan ko’rgazmali rasmlar bilan, darsni mazmunini so’zlab beradi:
O’qituvchi ertak asosida tayyorlab kelgan ko’rgazmali rasmlar bilan, darsni mazmunini so’zlab beradi:
Bu ertak donishmand chol va ularning yetti o’g’li haqida. Donishmand ota o’g’illarining beboshligidan, bir-biri bilan urshib, kattalari kichiklarini urib, kichiklari kattalarini so’ziga kirmasligidan bezor bo’libdi. Cholni taniganlar, aqlli cholning farzandlari ahmoq bo’libdida, deb gapirishar ekan. Chol bularga chiday olmay ohiri o’g’illarini yoniga chaqirib, yettita novda berib ularni sindirishga buyurubdi. Hech bir bola bu ishni uddasidan chiqa olishmabdi. Bittasini sindishligini aytganda ular bemalol sindirishibdi, shunda dono chol:
-mana ko’rdingizmi, bitta novdani tez sindirdingiz, hammasini bittada sindira olmadingiz, agar birlashib ahil yashasangiz hech qanday kuch sizni yenga olmaydi-debdi. O’gillar qilgan ishligidan uyalib, chol olamdan o’tgandan so’ng ham ahil yashashni boshlashibdi.
Kitob: mana ko’rdingizmi aziz bolajonlar, kuch birlikda.
O’quvchilar ertakni zanjir usulida o’qiydilar va mustahkamlash uchun quyidagi savollarga javob beradilar: 1. Donishmand cholning nechta o’g’li bo’lgan ekan? 2. Ertakning boshida cholning o’gillari qanday o’sayotganligi haqida nima deyilgan? 3. Chol o’g’illariga birinchi gal novdalarni qanday qilib berdi? 4. Ikkinchi galda novdalar nechtadan berildi? 5. Chol olamdan o’tgan bo’lsada, uning o’g’illari qanday yashay boshladi?
Dars yakunida o’quvchilar to’plagan yulduzchalar sanalib, eng ko’p yulduzcha to’plagan 5ta o’quvchiga estalik kitoblari Kitob qahramoni tomonidan beriladi.
Uyga vazifa qilib, qahramonlarni rasmini chizish va ertak mazmunini gapirib berishga tayyorlanish
E’tiboringiz uchun tashakkur.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling