Organik kimyo kitobi
kollejlarning iqtidorli o’quvcliilari, olimpiada qatnashchilari, yosh o‘qituvchilar,
Organik kimyo kitobi
Organik sintezning muvaffaqiyatli rivojlanishi kimyoviy tuzilish nazariyasi va organik moddalarning xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plangandan keyin (XIX asrning ikkinchi yarmi) boshlandi. Shu vaqtdan boshlab organik sintez yangi organik birikmalarni sintez qilishning asosiy manbaiga aylandi. XX asrning keyingi 10 yilligi organik sintezning shiddatli rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Сканируй меня
Подписывайтесь на нас
Электронная библиотека
- Учебная литература
- Монографии
- Художественная литература
- Методические указания
- Авторефераты и диссертации
- Коммерциализация
Мы в социальных сетях
Наш адрес
- г. Самарканд, ул. Амира Темура, 18
- +998 (66) 233 28 63
- sammu@sammu.uz
Карта
Все права защищены. Все права на сайте защищены в соответствии с законодательством Республики Узбекистан, в том числе авторские и смежные права. При использовании материалов сайта ссылка на сайт Самаркандского государственного медицинского университета обязательна.
Внимание! Если вы обнаружите ошибки в тексте, выделите их и нажмите Ctrl+Enter, чтобы уведомить администрацию
H. S. Tojimuhamedov o r g a n ik k im y o
o‘zbek olimlari ilmiy ishlarining natijalari to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Organik birikmalar tuzilishini kimyoviy va spektral usullarda aniqlashga katta
e’tibor qaratilgan. Har bir bob oxirida mavzuga oid savol va topshiriqlar berilgan.
Organik kimyo darsligi universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarining kimyo
yo’nalishidagi talabalariga mo’ljallangan. Undan maktab, akademik litsey,
kollejlarning iqtidorli o’quvcliilari, olimpiada qatnashchilari, yosh o‘qituvchilar,
hamda ilmiy tadqiqot institutlarining xodimlari ham foydalanishlari niumkin.
UO‘K: 547.1 (075)
Taqrizchilar:
D.N.Dolimov – k.f.d., professor.
A.G’.Maxsumov – k.f.d., professor.
N.I.Mukarramov – k.f.n.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta ntaxsus ta’lim vazirligi
Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2014-yil 28-yanvardagi 3-sonli
majlis qarori bilan chop etildi.
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014.
SO‘Z BOSHI
uyg‘unlashib ketgan. Eksperimental ma’lumotlar asosida nazariya
shakllanishi yoki aksincha, nazariy g‘oyalar asosida tajribalar rejali
amalga oshirilishi mumkin. Shularni e’tiborga olib organik kimyoni
san’atga qiyoslagan va uni shu maqomga olib chiqqan olimlar bo‘lgan
(masalan, K. Veygand, R. Vudvord, R. Xofman).
Mazkur organik kimyo darsligining yozilishi Respublikamizda
Istiqlol yillarida olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy
islohotlarga hamohangdir. ‘ Bu yangi
to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Vazirlar
Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv
adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4-
(1998yil 5 yanvar), “0 ‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni
qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Respublika
Muvofiqlashtiruvchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 208- (2000yil 29
may), 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o ‘quv adabiyotlari
bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 278- (2013yil 2
avgust) qarorlari va buyruqlarining bajarilishiga qaratilgan.
Organik kimyo darsligida shu fanning rivojlanish tarixi, dastlabki va
zamonaviy nazariyalar, birikmalarni nomlash, olish va identifikatsiya
qilish usullari, organik birikmalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari,
reaksion qobiliyatining turli omillarga bogMiqligi tushuntirilgan.
Darslikda organik birikmalarning xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi
muhim ma’lumotlar ham berilgan.
elektronika, mashinasozlik, neft va gaz sanoati, elektr va issiqbardosh
qurilish materiallari, tibbiyot vositalari, biologik faol birikmalar,
jumlasidandir. Bunday ma’lumotlar talabalarda nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etishlariga rag‘bat uyg‘otadi. Har bir bob so‘ngida
mavzuga oid topshiriqlar ham berilgan bo‘lib, ular mustaqil yechish va
olingan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Talabalarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida
organik kimyoga xos tushunchalar, birikmalaming nomlari va
olimlaming familiyalari ingliz (rus) tilida ham berilgan. Istiqlol
yillaridagi turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar qatorida ilmiy, ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar ham muhim o ‘rin
tutadi. Shu o ‘rinda darslikdan yosli olimlarning ham manfaat olishlariga
Mazkur darslikning o‘ziga xos jihatlariga ayrim misollar keltiramiz:
– XXI asr organik kiniyo fani yutuqlari bilan boyitilganligi.
Masalan, darslikda 2000 yildan keyingi muddatdagi ilmiy yangiliklar
keng yoritilgan. Jumladan, Stille reaksiyasidagi oraliq mahsulotlar
degidrobenzolning 8K haroratda IQ-spektrda qayd etilishi va boshqalar.
– Alkanlar sintezida litiy dialkilkupratlarning ishlatilishi. Bu usul
Vyurs reaksiyasining imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
– Kaliksarenlar va bosliqa supramolekulyar birikmalar haqidagi
m a’lumotlarning koltirilishi. Oldingi darsliklarda fenolformaldegid
smolalar keltirilgan bo’lsada, ularga o ‘xshash reaksiyalar asosida
olinadigan, tuzilishi va xossalari jihatidan qiziqarli boMgan analogik
birikmalarga ahamiyat qaratilmagan.
– Tushuncha va ina’lumotlarga yetarlicha izoh berilganligi. Masalan,
Reney nikeli, benzinning navlari kabi tusluinehalarga izohlar berilgan.
– Nobel mukofoti sovrindorlarining ishlariga katta ahamiyat
berilganligi. Bu mukolbt sohiblarining crishgan natijalari va ulardan
foydalanish nafaqat organik kimyo uchun, balki insoniyatning boshqa
hayotiy ehtiyojlari uchun muhim boigan birikmalarni olishga imkon
– 0 ‘zbek olimlarining ilmiy ishlariga e’tibor qaratilganligi. Ushbu
ma’lumotlar yoshlarimizning ulug‘ ustozlar ishlaridan ibrat olishlariga,
ularda vatanga niuhabbat
xizmatiga bei bogMashlariga korinaklashadi.
– Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash
sohalariga munosib o‘rin berilganligi. Ma’lumki kimyoviy birikmalarni
ishlatishda me’yorga amal qilmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu
munosabat bilan ishlatilishi ta’qiqlangan freonlar, amfetaminlar,
pestitsidlar, ularning o ‘miga taklif qilingan birikmalar (masalan, tabiiy
pestitsidlar) haqida ma’lumotlar berilgan.
– Estetik jihatdan darslikning dizayniga e’tibor qaratilganligi.
foydalanilganligi. Kimyoviy modellarni ko‘rganda har bir kishida
hayratlanish, qiziqish paydo bo‘ladi, ularni tasavvur qilish va shunday
qiziqarli strukturalarni hosil qilishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘onadi,
ularning ijodkorlariga hurmat shakllanadi.
– Predmetlararo munosabatlarga keng o‘rin berilganligi. Zamonaviy
texnologiyalar, elektronika, optika, tibbiyot anjomlari va dori-damionlar,
qurilish materiallari haqida ma’lumotlarning berilishi organik kimyo
fanini fizika, matematika, biologiya, tarix, geografiya fanlari hamda
hayot bilan bevosita yoki bilvosita bog‘laydi.
Ushbu organik kimyo darsligi 5140500 kimyo yo‘nalishidagi o‘quv
dasturiga mos holda yozilgan. Lining yoshlarimizning ma’naviy, ilmiy
va ma’rifiy jihatdan boyishlarigayordam berishiga ishonamiz.
Darslik kamchiliklardan xoli bo’lmasligi mumkin. Uning haqida
bildiriladigan fikr va mulohazalami mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
B IR IN C H IQ IS M
1. Organik kimyo fani
Barcha organik bivikmalar tarkibida uglerod elementi borligini
e’tiborga olib nemis kimyogari X.G. Gmelin 1848 yilda: “Organik
kimyo – uglerod birikmalarining kimyosi” degan dastlabki ta’rifni
bergan. M a’lumki uglerod birikmalarining ayrimlari (CO, C 0 2, karbonat
va sianid kislota, ularning tuzlari va b.) noorganik moddalar qatoriga
kiradi. Shularni hisobga olgan holda K. Shorlemmer organik kimyoni
aniqroq holda quyidagicha ta’riflagan: “Organik kimyo – uglevodorodlar
va ularning hosilalari kimyosini o ‘rganadigan fandir
birikmalar tarkibiga uglerod va vodoroddan tashqari kislorod, azot,
oltingugurt va boshqa elementlar ham kirishi mumkin.
Organik kimyo darsligi organik kimyoning nazariy va eksperimental
asoslarini, tabiiy va ikkilamchi xomashyolardan toza moddalarni
ajratish, organik birikmalarni laboratoriya va sanoat sharoitida sintez
reaksiyalarning mexanizmlari, organik moddalarning
organik kimyo sohasidagi mashhur olimlar va ularning ishlari kabi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2. Organik kimyoning rivojlanish tarixi va dastlabki nazariyalar
Turli organik birikmalarni olish usullari qadimdan ma’lum b o iib
kelgan. Masalan, qadimgi Misr va Rimda o‘simliklardan tarkibida
indigo va alizarin birikmalari saqlagan bo‘yoqlar olingan. Ko‘pgina
xalqlar shakar va kraxmal saqlagan xomashyodan spirtli ichimliklar va
sirka tayyorlashni bilishgan. Eramizdan oldingi 1300-1 OOOyillarda
qadimgi Gretsiyada chiqindilaming o‘g ‘it xossalari, Xitoyda esa porox
tayyorlash ma’lum bo‘lgan.
Alkimyogar Jobir ibn Hayyonni (Gaber, 721-815) ko‘pgina olimlar
“eksperimental kimyoning otasi” deb atashadi. U eksperimental
(tajribaviy) kimyoga asos solgan va ayrim kislotalar (sirka, limon, uzum
kislotalari va b.) haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan. U grek va misr
sistemalashtirgan va laboratoriya tajribalariga tayangan. Hayyon
o‘quvchilari bilan ko‘plab preparativ kimyo usullarini ishlab chiqqan:
kristallash, filtrlash (moddalarni tozalash) usullari haqida asarlar yozib
Al-Kindi (Alkindus, 800-870) vino (may)ni haydab toza spirt olish
haqida (850yy), Muhammad Ar-Roziy (Rhazes yoki Abubater, 865-925)
nazorat qilinadigan distillash va ekstraksiya haqida (900yy) risolalar
yozgan. “Sirlar kitobi”da Ar-Roziy birinchi bo‘lib barcha moddalarni
yer (minerai), 0‘simlik va hayvondan olinuvchi sinflarga ajratgan;
shuningdek, erish, haydash, suyuqlanish, distillash, quyuqlashtirish
(сгущение; thickening) usullari va b. haqida asarlar yozib qoldirgan.
Beruniy (973-1048) va Ibn Sino (980-1037) ham o‘z ishlari bilan
kimyo rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. At-Tusiy (1201-1274)
massalar saqlanish qonunining dastlabki talqinini (1250y) keltirgan. A.
de Villanova (1235-1311) efir moylari tayyorlash (1280y) haqida risola
asrdan boshlab yatrokimyo deb ataluvchi davrda asosiy
izlanishlar dori vositalarini ajratish
va ishlatishga qaratilgan:
o‘simliklardan efir moylari ajratilgan, dietil efir, yog‘ochni quruq
haydab yog‘och spirti (metanol) va qo‘rg’oshinli qandni haydab sirka
kislota, qahraboni haydab esa qahrabo kislota olingan. Lavuaze
kimyoviy birikmalar tarkibini aniqlashning miqdoriy usullarini ishlab
*Haydash – moddalarni qattiq yoki suyuq holatdan gaz holatga
o ‘tkazib, so ‘ngra qaytadan suyuq holatga keltirish usuli.
XVI-XVII asrlarda ba’zi 0‘simlik mahsulotlarini haydash natijasida
organik birikmalar olish amalga oshirilgan. Sheele bir necha organik
kislotalarni (olma, uzum, limon, gallat, sut, oksalat) ajratib oigan (1769
1785). Ruel inson peshobidan mochevinani ajratgan (1773y).
Berselius o‘simlik va hayvonlardan olinadigan moddalarni umumiy
nomga birlashtirib “organik birikma” deb atadi (1807y). U “organik
moddalar faqat tirik organizmda hayotiy kuch (vita – hayot) ta’sirida
hosil bo‘ladi” degan fikrni ilgari surib, vitalizm nazariyasiga asos soldi.
Vyoler ammoniy sianatning (NH4OCN) suvli eritmasini bug‘latish
orqali dastlabki sintetik organik modda – mochevinani (1828y), Kolbe
sirka kislotasini, Bertlo H2S va CS2 dan metanni, Butlerov formalindan
qand moddasini sintez qildi. XIX asrning birinchi yarmida katta
umumlashtirishlar qilindi: organik birikmalarni analiz qilish usullari
takomillashtirildi (Berselius, Libix, Dyuma, Shevryol), dastlabki
moddadan mahsulotgacha o‘zgarmasdan o ‘tib boruvchi atomlar gurubini
radikallar deb ataldi va bu ma’lumotlar asosida fanga radikallar
nazariyasi kiritildi (Vyoler. Gey-Lyussak, Libix, Dyuma). Tiplar
nazariyasiga (Jerar, 1853y) ko’ra organik birikmalar noorganik
birikmalar hosilasi sifatida qaraldi (vodorod, suv, vodorod xlorid,
ammiak tiplari), ulardagi vodorod atomlarini organik radikallarga
almashtirish natijasida organik moddalar hosil boMishi tushuntirildi;
fanga izomeriya (Berselius) tushunchasi kiritildi.
Franklend metalorganik birikmalarni o‘rgandi va uglerodning IV
1858y), C-C oddiy va C=C qo‘sh
bog‘larining mavjud boMishi postulat sifatida kiritildi. Kuper valentlikni
chiziq (shtrix) bilan belgilashni (1858y) taklif qildi. Natijada organik
birikmalar tuzilish formulalarini yozishda kimyoviy bogMar chiziqlar
bilan ko‘rsatiladigan boMdi.
Organik kimyo va kimyo sanoatining rivojlanishiga
qa’shgan hissasi uchun A. Buyer I905y Nobel mukofoti
sohibi bo’lgan. Organik ho’yoqlar va aromatik birikmalar
ustida ladqlqotlar alib borgan. Birinchi kashfiyotini Bayer
12 yoshlda mix va natriy karbonati – yangi qo ‘sh tuzini
otishdan bashlagan. Mishyakorganik birikmalar sohasida
ishlagan, barbitur kislotasi va barbituratlarni kashf qilgan.
Organik kimyo amaliyotiga Zn kukuni bilan qa)’tarishni
olib kirgan (naftalin —> tetragidronaftalin, mezitilen —>
tetragidromezitilen). Indigoni dinitrofenildiatsetilendan
sintez qilib, uning tuzilish formulasini taklif qilgan. Bu
ishlar sintetik indigoni sanoatda ishlab chiqish imkonini
berdl. Uglevodorod halqalarining kuchlanish nazariyasini ilgari surgan. Tuzilish
nazariyasiga sis-trans-izomeriya tushunchasini kiritgan. Adolf fon Bayer nemis
organik kimyogarlari maktabining asoschisi bo ‘lib, G. O. Viland, K. Grebe,
K. T. Liberman, V. Meyer, E. Fisher. E. Buxner va b. uning o ‘quvchilaridir.
Organik birikmalarni sanoat miqyosida sintez qilish yoMga qo‘yildi
(Gofman, Perkin), sintetik bo‘yoqlar: movein, fuksin, sianin va
azobo‘yoqlar olindi. Zininning
anilinni sintez qilish usuli takomil
lashtirildi va anilin bo‘yoqlari sanoati tashkil qilindi (1842y). Bayer
laboratoriyasida tabiiy bo‘yoqlarni sintetik usuilarda olindi (indigo va
uning hosilalari, alizarin, ksanten, antraxinon bo‘yoqlari).
Moddaning kimyoviy va fizikaviy xossalari uning tuzilishiga
bog4liqligi g‘oyasi yuzaga keldi (Butlerov, 1861y), natijada kimyoviy
tuzilishning klassik nazariyasi paydo b o id i (murakkab zarrachaning
kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementar zarrachalar
tabiatiga, ularning miqdori va kimyoviy tuzilishiga bog’liq). Kimyoviy
tuzilish nazariyasi organik kimyoning rivojini jadallashtirdi: 1865y
Kekule benzolning tuzilish formulasini taklif etdi, so‘ngra bog‘laming
ossillyatsiyasi g‘oyasini ilgari surdi; Markovnikov va Zaytsevlar fanga
reaksiya yo’nalishi va kimyoviy tuzilish orasidagi bogMiqlikni
ifodalovchi qoidalar kiritdilar. Vislitsenusning (+) va (-) sut
kislotalarining kimyoviy tuzilishi bir xil ekanligi to‘g‘risida olgan tajriba
ma’lumotlari (1873y) fazoviy tuzilish nazariyasining (Vant-Goff, Le
Bel, 1874y) yuzaga kelishiga xizmat qildi, unga ko‘ra IV valentli C
atomi tetraedrik tuzilishga ega bo‘lishi postulati kiritildi, shuningdek, 4
xil o ‘rinbosar tutgan uglerod atomi mavjud bo‘lganida fazoviy – ko‘zgu
(aks) izomeriya yuzaga kelishi aniqlandi (qo‘sh bog‘li moddalai’ uchun
geometrik izomeriya). Shular asosida fazoviy kimyo (stereokimyo) –
molekuladagi atomlarning uch oMchamli fazoda joylashishi haqidagi fan
yuzaga keldi, fazoviy tuzilishning modda xossasiga ta’sir qilishi
ko‘rsatildi. Konfiguratsiya, konformatsion analiz, molekulyar mexanika,
optik faollik, xirallik tushunchalari paydo bo‘ldi.
Bayer, Laar, Klayzen, Knorre ishlarida dinamik izomeriya – tautomeriya
tushunchasi rivojlantirildi. Bu ishlarning barchasi sintetik organik
kimyoning rivojlanishiga xizmat qildi. XIX asr oxiriga kelib
uglevodorodtar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, galogenli
va nitrobirikmalar, azot- va oltingugurt saqlagan birikmalar, aromatik
tabiatli geterotsiklik birikmalar muhim vakillarining sintezi amalga
oshirildi. Dienlar, atsetilen va allenlar olish usullari ishlab chiqildi
(Favorskiy), kondensatsiya reaksiyalari ochildi (Vyurs, Borodin, Perkin,
Klayzen, Mixael, Fridel, Krafts, Knyovenagel va b.). Uglevodlar, oqsil
va purin hosilalarini olish, organik sintezda fermentlami qo‘llash,
peptidlar sintezi sohalarida katta yutuqlarga erishildi (Fisher, 1894y).
Vallax ishlari bilan terpenlar kimyosi va xushbo‘y moddalar sanoatiga
Vilshtetter kokain (1897y) va xlorofill (1907-1911) tuzilishini
aniqladi. Magniyorganik birikmalar yordamidagi sintezlar (Grinyar,
1900-1920) va uglevodorodlarning katalitik o‘zgarishlari (Zelinskiy,
191 Oy) organik sintez rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shiIdi, neft kimyosi
rivojlana boshladi. Erkin radikallar kimyosi Gombergning (1900y)
trifenilmetil radikalini olishi bilan boshlanib, Chichibabin, Viland va
Goldshmidt ishlari bilan davom ettirildi.
1917y Lyuis kimyoviy bog‘ni elektron juftlar yordamida tasvirlash
taklifi bilan chiqdi. Xyukkel aromatik uglevodorodlarning xossalarini
tushuntirish uchun kvant nazariyani qoiladi (193 ly), bu bilan organik
kimyoda yangi yo‘nalish bo‘lgan kvant kimyoga asos solindi. Ingold
to’yingan uglerod atomidagi almashinish reaksiyasining tezligini
o‘rgandi (1933y), bu esa katta ko‘lamdagi organik reaksiyalar
mexanizmini o‘rganishga yo‘l ochib berdi.
Keyinchalik kimyogarlar toshko‘mir va koks tarkibini o‘rgana
boshladilar, bu esa XIX asr oxirlariga kelib organik sintez sanoatining
yuzaga kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. 0 ‘tgan asrning 50-60
yillarida organik sintezning asosiy e’tibori neft asosidagi moddalarga
Neftkimyoning rivojlanishi esa polimerlar kimyosining shakllanishiga
XX asr boshlarida Preglning organik birikmalar mikrotahlili
(mikroanaliz) asoslarini ishlab chiqishi tabiiy birikmalar kimyosi
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi, Viland (19lOy) o‘t kislotalari tabiatini
aniqladi, Vindaus (1913-1915) xolesterin, Fisher (1927-1929) porfirin,
bilirubin va geminlami sintez qildi, Xeuors uglevodlar tuzilishini
aniqladi, C vitamini sintez qilindi, Karrer va Kunlar (1911-1939)
karotinoidlar va B2, B6, E, K vitaminlarini olishdi; alkaloidlar, jinsiy
gormonlar, terpenlar kimyosi rivojlandi (Butenandt (1929-1961),
Rujichka (1920-1924), Orexov va Robinson).
Akademik A.P. Orexov (1881-1939) alkaloid saqlagan 800dan ortiq
o ‘simliklarni sistematik o‘rganishni yo‘lga qo‘ygan. Uning rahbarligida
lOOdan ortiq yangi alkaloid saqlovchi o ‘simliklar aniqlanib, efedrin,
salsolin, anabazin va boshqa alkaloidlarni sanoat miqyosida olish yo‘lga
Organik kimyo kitobi
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Organik kimyo
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Husnutdin Muhitovich Shohidoyatov Habibulla Sayfullaevich Tojimuhamedov
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Darslik 5140500 Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti
va оrganik kimyo fani dasturi asоsida tayyorlangan bo‘lib, оrganik
kimyoning barcha bo‘limlarini o‘z ichiga оladi. Unda оrganik
birikmalarning turli sinflari, ularning nоmlanishi, izоmeriyasi, оlinish
usullari, fizikaviy, kimyoviy хоssalari va ishlatilishi bayon qilingan.
Оrganik reaksiyalarning meхanizmlari zamоnaviy bilimlar asоsida talqin
etilgan. Unda 150dan оrtiq Nоbel mukоfоti sоvrindоrlari va o‘zbek
оlimlari ilmiy ishlarining natijalari to‘g‘risida ma’lumоtlar berilgan.
Оrganik birikmalar tuzilishini kimyoviy va spektral usullarda aniqlashga
katta e’tibоr qaratilgan. Har bir bоb охirida mavzuga оid savоl va
tоpshiriqlar berilgan.
Оrganik kimyo darsligi universitetlar va bоshqa оliy o‘quv
yurtlarining kimyo yo‘nalishidagi talabalariga mo‘ljallangan. Undan
maktab, akademik litsey, kоllejlarning iqtidоrli o‘quvchilari, оlimpiada
qatnashchilari, yosh o‘qituvchilar, hamda ilmiy tadqiqоt institutlarining
хоdimlari ham fоydalanishlari mumkin.