Oyoq kiyim eksporti 4,3 million AQSH dollariga kamaygan
Oyoq kiyim eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 milllion AQSH dollariga kam.
Tirnoq zamburug’lari (Gribok) ga qarshi maskalar va davolash yo’llari
Tirnoq zamburug’i keyingi paytlarda juda ko’p tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, uni davolash yo’llari ham turlichadir. Bu kasallik bilan aynan o’zim ham og’riganman. Shaxsan o’zim qo’llagan davolash yo’llari, hamda, tabiiy davolash yo’llari haqida bugun siz bilan o’z tajribalarimni o’rtoqlashmoqchiman.
Demak boshladik, birinchi navbatda, zamburug’ni uy sharoitida davolash haqida gaplashamiz. Quyidagi davolash usullari har biri alohida bajariladi.
Tirnoq zamburug’ini uy sharoitida davolash
- Olma uksusi iliq suvga 1/3 nisbatda aralashtiriladi va tog’orachaga solib oyoqlar 20 daqiqaga vanna qilinadi. Keyin oyoqlar qurutilib, ikki litr suvga ikki osh qoshiq istemol sodasi aralashtiriladi. Va yana 15 minut oyoqlar vanna qilib o’tiriladi. So’ngra oyoqlar quritilib, zamburug’lari tozalanadi. Bu muolaja har kuni yotishdan oldin yangi tirnoqlar o’sib chiqqunga qadar takrorlanadi.
- 30 gr munchoq qalampir (gvozdika) ning yanchilgani 100 gr o’simlik yog’iga aralashtiriladi. 40 gradusgacha olovda qizdiriladi. Sovuganidan keyin kuniga ikki mahal tirnoqlarga surtiladi. Qolgan maska shisha idishda, sovuq va qorong’u joyda saqlanadi. Tirnoq ko’rinishi yaxshi tomonga o’zgarguniga qadar davom ettiriladi.
- Bitta tuxum, bir osh qoshiq o’simlik yog’i, bir osh qoshiq 70% li uksus aralashtirilib, tirnoqlarga surtiladi. Va oyoqqa salafan kiydirilib, ustidan noski kiyiladi. Maska asosan kechqurun uyquga yotishdan oldin qilinadi. Qolgan maska muzlatgichga qo’yib keyingi kunlar ishlatiladi. Bir marta tayyorlangan maska 3-4 kunga yetishi kerak. Keyin esa yangidan tayyorlanadi.
- Ichimlik sodasi uch choy qoshiq, suv 2-3 qoshiq, 2-3 tomchi limon suvi tomizilib aralashtiriladi. Tirnoqlarga 10 minutga surtib qo’yiladi. Keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja har kuni bajariladi.
- Tirnoq osti pilkalab tozalaniladi va pereks vodorot bilan yuviladi va oyoq qurigunicha kutiladi va yana surtiladi va yana yuviladi. Shunday qilib 3-4 marta takrorlanadi. Quriganidan keyin yod surtiladi. Bu kun ora ancha vaqtgacha takrorlanadi.
- Bir choy qoshiq olma uksusiga bir choy qoshiq qizil yod aralashtiriladi. Tirnoqlarga paxtali tampon qilib, kechqurun bir necha soatga tirnoq ustiga qo’yiladi. Tampon shaklida qo’ymasdan shunchaki maskani tirnoqqa surtadigan bo’lsak, kuniga ikki mahal surtiladi. Bu muolaja o’n kun davomida takrorlanadi. 10 kun dam olinib, yana 10 kun takrorlanadi.
- Bolalar kremi bir idishga siqib olinib, ustiga yarim osh qoshiq 70% li uksus quyib aralashtiriladi. Har kuni kechqurun tirnoqlarga va tovonga surtiladi. Qolgan maskani bankachaga olib qo’yib, har kuni ishlatish mumkin. Maskani surtishdan oldin, o’yoqlar 15 daqida iliq suvda vanna qilinadi. Muolaja bir oy davomida takrorlanadi.
- Oyoqlar 15 minut iliq suvda vanna qilinadi. Quriganidan keyin har bir tirnoqqa bir tomchidan 5% li yod surtiladi. Har kuni kechqurun yotishdan oldib ikki oy davomida qo’llaniladi.
- Najdak qog’ozi bilan tozalangan tovon va tirnoqlarga levomikol mazi surtiladi. Har kuni kechqurun yotishdan oldin surtilib, ustidan salafan va noski kiydirilib yotiladi.
Tirnoq zamburug’ini tibbiy yo’l bilan davolash
Dermatologiya klinikasida vrachga uchrashib, qon tahlili va tirnoq zamburug’idan analiz topshiriladi. Analiz javobiga qarab tashhiz qo’yiladi.
Agar jigarda muammo bo’lsa, immunitet past bo’lsa, ba’zi vitaminlar etishmovchiligi bo’lsa, zamburug kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu muammolar vrach tomonidan o’rganib chiqilib, kompleks davolaniladi. Men aynan shu yo’l bilan davolandim va shifo topdim.
Oyoq kiyim eksporti 4,3 million AQSH dollariga kamaygan
Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 20,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 20,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan.
Oyoq kiyim eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 milllion AQSH dollariga kam.
2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston oyoq kiyimlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 11,7 mln.
Qozogʻiston – 4,9 mln.
Tojikiston – 3,1 mln.
Rossiya – 538,5 ming
Afgʻoniston – 427,0 ming AQSH dollari.
2021-yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyimlari eksport qilgan hududlar:
Samarqand viloyati – 7,4 million;
Andijon viloyati – 5,5 million;
Fargʻona viloyati – 4,6 million;
Toshkent viloyati – 1,2 million AQSH dollari.
Qanday qilib bo’y o’stirish kerak — usullar, yo’llari, mashqlar va ovqatlanish
Ushbu maqolada biz eng keng tarqagan bo’y o’stirish usullarini va shuningdek: «Bo’yni o’stirish mumkinmi va iloji bo’lsa, qanday qilib?» degan savolni batafsil ko’rib chiqamiz. Bo’y o’stirish yo’llari turlicha bo’lib, har bir kishi o’ziga mos keladiganini tanlasa bo’ladi.
- 1 Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar
- 2 Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?
- 3 Bo’y o’stirish uchun mashqlar
- 4 Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish
- 5 Bo’y o’stirishning radikal usullari
- 6 Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob
- 6.1 1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?
- 6.2 2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?
- 6.3 3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?
- 6.4 4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?
- 6.5 5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?
Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar
Insonning o’sishiga eng faol ta’sir qiluvchi uchta omil mavjud.
- Irsiyat. Uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
- Kasalliklar. Bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.
- Hayot tarzi. Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.
Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir.
Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?
Ko’pincha odamlar qad-qomatni rost tutishni unutishadi. Yelkani tik ushlashni nazorat qilish, uzun ko’rinishni istaydigan shaxsga kerak bo’lgan birinchi narsadir. Egilgan yelka va bosh bo’yni bir necha santimetrga past qilib ko’rsatadi. Boshingizni, yelkangizni va qomatingizni qanday tutishingizni eslab, boshingizda kitob bilan xonada yurish juda foydali. Keng yelkalar va tekis qomat nafaqat sizni uzunroq ko’rsatadi, balki mushaklardan keraksiz zo’riqishni ham bartaraf qiladi, ularni charchashini oldini oladi. Bundan tashqari, qomatni tik holatda ushlash ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Bu omilar o’z navbatida ko’p narsaga ta’sir ko’rsatadi va tabiiy bo’y o’sishiga ham yordam beradi. Yana bir qator usullar sizni uzunroq qilib ko’rsatishga qodir:
- Soch turmagi. Bir necha qo’shimcha santimetr «uzayishni» hohlasangiz, sochni balandroq qilb turmaklashingiz mumkin. Erkaklar ham sochini ko’tarishi va soch uchun lak bilan hajm berishlari mumkin.
- Kiyim. Har qanday stilistdan kiyimlar yordamida bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishni iloji bormi deb so’rasangiz, bu turli uslublar qanchalik ko’p ekanligidan hayratda qolasiz. Vertikal chiziqlar, tasvirlar, gavda uzunligi bo’ylab bir qator terilgan tugmalar, erkin tushib turgan sharflar, uzun taqinchoqlar, V shaklidagi kesmalar va boshqalar bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Gorizontal chiziqlari mavjud yoki kontrast ranglarga ega kiyimlarni kiymaslik tavsiya etiladi. Kalta shimlar va beli pasaytirilgan kiyimlardan ham voz kechgan ma’qul.
- Poyafzal. Bo’yni vizual tarzda uzunroq qilish uchun siz maxsus poyafzal pataklaridan foydalanishingiz mumkin. Siz ularni sotib olishingiz yoki o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Ushbu ichki patak sizni 2-4 sm va undan uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, sotuvda maxsus poyafzal mavjud bo’lib, unga bo’yni uzun qilib ko’rsatish uchun maxsus pataklar o’rnatilgan. Bularning hammasi ba’zan juda foydali bo’ladi va kishini o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ayollarga kelsak, ular qanday qilib uzunroq ko’rinish mumkinligini yaxshi bilishadi. Oyog’iga baland poshnali poyafzal kiyish kifoya. Poshna qanchalik baland bo’lsa, shuncha uzunroq ko’rinishadi. Lekin juda baland poshnali oyoq kiyimlari oyoq va umurtqa pog’onasiga yuk tushirishini unutmaslik kerak.
Tashqi ko’rinishga yetarlicha e’tibor berib, doimo yelkani tik tutsangiz va kiyimlarni e’tibor bilan tanlasangiz, qad-qomatingiz siz istagan chiroyda bo’ladi.
Bo’y o’stirish uchun mashqlar
Bo’yni o’stirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan va ko’plab odamlar tomonidan sinovdan o’tkazilib, odamning tabiiy ravishda o’sishiga yordam berishi mumkin. Eng yaxshi ma’lum bo’lgan bo’y o’stirish texnikasi quyida keltirilgan:
- Turnikda tortinish. Turnikda osilib turish va tortinish bo’y os’tirish uchun foydali ekanligini barcha bilsa kerak. Iloji bo’lsa har kuni tongda turib, 3-5 minut shunchaki turnikda osilib turing. Umuman olganda, turnikda qilinadigan barcha mashqlar bo’y o’sishiga yordam beradi.
- Inversion mashqlari. Ushbu texnikaning ma’nosi shundaki, mashq tananing teskari holatida sodir bo’ladi (bosh pastda, oyoqlar yuqorida). Doimiy mashqlar ajoyib natijalarga erishishga yordam beradi. Bu mashqlar, bo’y o’stirishidan tashqari, umurtqa pog’onasi uchun juda foydali. Ular umurtqalararo churra, lumbosakral radikulit, bukrilik kabi turli xil muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
- Velosiped mashg’ulotlari. Velosiped hayadash oyoqlarini uzaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Velosiped o’rindig’ini shunday ko’tarish kerakki, pedalga oyoqning uchi zo’rg’a yetsin. Mashg’ulotlar uchun sizning odatiy velosipedingiz ham to’g’ri keladi.
- Suzish. Bo’yni o’stirish uchun suzishning eng yaxshi uslubi — brass usulidir. Agar siz muntazam ushbu uslubda suzayotgan bo’lsangiz, tanangiz doimiy cho’zilishlar va bo’shashishlar ta’sirida bo’ladi. 2 sm yoki undan ko’p o’sish uchun kuniga bir soatdan haftasiga kamida 3 marta mashq qilish kerak.
Bo’y o’tirish uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan bir qatorda, to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri yondashuv va uyqu ham juda muhimdir.
Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish
Kerakli «qurilish materiali» va energiya bo’lmasa, tana o’sish uchun resurslardan mahrum bo’ladi. Shuning uchun, siz qanday qilib bo’yingizni uzunroq qilish haiqda o’ylayotgan bo’lsangiz, ovqat ratsioningizga ko’proq e’tibor bering.
Organizmdagi o’sish gormoni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun yuqori glitsemik indeksli mahsulotlar miqdorini kamaytirish kerak. Ratsiondan shirinliklar, un mahsulotlari, juda shirin mevalarni cheklash yoki chiqarib tashlash kerak. Dietologlar kechki taomga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Kechqurungi taomnomada ko’proq oqsil va kamroq uglevod saqlagan mahsulotlar, masalan, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, pishloq, ko’katlar, yong’oq, urug’lar, dukkaklilar bo’lishi kerak. Oziq-ovqat qo’shimchalarini iste’mol qilish ham zarar qilmaydi. Ularda rux mikroelementi bo’lishi kerak. Ushbu mikroelement o’sish gormoni ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.
Uzun bo’y sohibi bo’lishni hohlasangiz, shuningdek ovqat ratsionidagi kaltsiy miqdorini nazorat qiling. Ularning o’sish davrida yetishmasligi bo’yning past bo’lib qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’proq sut, pishloq, yogurt, tvorog iste’mol qiling, ular kasltsiyga boy hisoblanadi. Rux mikroelementi esa qovoq, qo’zichoq go’shti, yer yong’oq kabi mahsulotlarda ko’p.
Bo’y o’stirishning radikal usullari
Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.
- Ilizarov usuli. Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.
- Bliskunov usuli. Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.
Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob
Xulosa o’rnida uzunroq bo’lishni istaganlar tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga e’tibor qarataylik.
1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?
Ehtimol, agar o’sish sohasini qandaydir tarzda uyg’otishga muvaffaq bo’lsa. Suyaklar doimo mexanik ta’sir natijasida tashqi sharoitlarga moslashishi uchun o’sishi mumkinligi ma’lum. Barmoqlari bilan doimo ishlaydigan ba’zi bir professional massajistlar, vaqt o’tishi bilan qo’llaridagi suyaklarini uzayganini sezishadi. Basketbol va voleybol o’yinchilarida yetakchi qo’l ko’pincha boshqasidan ko’ra uzunroq bo’ladi. Ko’proq oyoqari bilan ishlaydigan jangchilarda, hatto kattalarda ham oyoqlari uzayishi kuzatiladi. Har qanday pianinochi yoki gitarist barmoqlariga e’tibor bersangiz ham bunga amin bo’lasiz. Mantiqan, inson organizmi shunday tuzilganki, agar hayotiy zarur bo’lsa, suyaklar har qanday yoshda cho’zilishi va qalinlashishi mumkin.
2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?
Mashg’ulotlarga oqilona yondashuv bo’lganda ijobiy ta’sir qiladi.
3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?
Inson tanasi o’ziga xos bo’lgan nisbatlarni saqlab qolish xususiyatiga ega.
4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?
Odatda, 5 sm dan oshiq o’sganigizda, bu uzunlik siz bilan qoladi. Agar siz 1-2 sm o’sgan bo’lsangiz, unda bu yutuq vaqtinchalik bo’lishi mumkin va mashg’ulotlar davom ettirilishi kerak.
5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?
Uzoq muddatli uyqu tananing tabiiy o’sishi uchun juda muhim shartdir. Somatotropin gormonining asosiy miqdori uyqu paytida ishlab chiqariladi. Agar inson doimiy uyquga to’ymasa, unda bo’yni o’stirish uchun muntazam jismoniy mashqlar ham yordam bermaydi.
Agar sizning bo’yingiz past bo’lsa, bu siz butun hayotingiz davomida past bo’y bilan yashashingizni anglatmaydi. Yuqorida tavsiya etilgan hayot tarzi, uslubi va ovqatlanish bo’yicha ko’rsatmalarni e’tiborga olib, o’zingizga mos usullardan foydalanishingiz mumkin. Sabr-toqat qilish kerak, agar siz choralarni qo’llayotgan bo’lsangiz, natijalar uzoqqa cho’zilmaydi.