Press "Enter" to skip to content

Qo‘l-oyoqlar nega muzlaydi

Gipotireoz juda keng tarqalgan holat bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli o‘zini sezdirmaydi. Ehtimol, kichik belgilar kuzatilar: tez charchash, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, teri quruqlashishi. Qo‘l va oyoqlar muzlashi ham metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining erta alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Qanday qilib bo’y o’stirish kerak — usullar, yo’llari, mashqlar va ovqatlanish

Ushbu maqolada biz eng keng tarqagan bo’y o’stirish usullarini va shuningdek: «Bo’yni o’stirish mumkinmi va iloji bo’lsa, qanday qilib?» degan savolni batafsil ko’rib chiqamiz. Bo’y o’stirish yo’llari turlicha bo’lib, har bir kishi o’ziga mos keladiganini tanlasa bo’ladi.

  • 1 Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar
  • 2 Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?
  • 3 Bo’y o’stirish uchun mashqlar
  • 4 Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish
  • 5 Bo’y o’stirishning radikal usullari
  • 6 Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob
    • 6.1 1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?
    • 6.2 2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?
    • 6.3 3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?
    • 6.4 4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?
    • 6.5 5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?

    Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar

    Insonning o’sishiga eng faol ta’sir qiluvchi uchta omil mavjud.

    • Irsiyat. Uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
    • Kasalliklar. Bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.
    • Hayot tarzi. Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

    Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir.

    Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?

    Ko’pincha odamlar qad-qomatni rost tutishni unutishadi. Yelkani tik ushlashni nazorat qilish, uzun ko’rinishni istaydigan shaxsga kerak bo’lgan birinchi narsadir. Egilgan yelka va bosh bo’yni bir necha santimetrga past qilib ko’rsatadi. Boshingizni, yelkangizni va qomatingizni qanday tutishingizni eslab, boshingizda kitob bilan xonada yurish juda foydali. Keng yelkalar va tekis qomat nafaqat sizni uzunroq ko’rsatadi, balki mushaklardan keraksiz zo’riqishni ham bartaraf qiladi, ularni charchashini oldini oladi. Bundan tashqari, qomatni tik holatda ushlash ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Bu omilar o’z navbatida ko’p narsaga ta’sir ko’rsatadi va tabiiy bo’y o’sishiga ham yordam beradi. Yana bir qator usullar sizni uzunroq qilib ko’rsatishga qodir:

    • Soch turmagi. Bir necha qo’shimcha santimetr «uzayishni» hohlasangiz, sochni balandroq qilb turmaklashingiz mumkin. Erkaklar ham sochini ko’tarishi va soch uchun lak bilan hajm berishlari mumkin.
    • Kiyim. Har qanday stilistdan kiyimlar yordamida bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishni iloji bormi deb so’rasangiz, bu turli uslublar qanchalik ko’p ekanligidan hayratda qolasiz. Vertikal chiziqlar, tasvirlar, gavda uzunligi bo’ylab bir qator terilgan tugmalar, erkin tushib turgan sharflar, uzun taqinchoqlar, V shaklidagi kesmalar va boshqalar bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Gorizontal chiziqlari mavjud yoki kontrast ranglarga ega kiyimlarni kiymaslik tavsiya etiladi. Kalta shimlar va beli pasaytirilgan kiyimlardan ham voz kechgan ma’qul.
    • Poyafzal. Bo’yni vizual tarzda uzunroq qilish uchun siz maxsus poyafzal pataklaridan foydalanishingiz mumkin. Siz ularni sotib olishingiz yoki o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Ushbu ichki patak sizni 2-4 sm va undan uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, sotuvda maxsus poyafzal mavjud bo’lib, unga bo’yni uzun qilib ko’rsatish uchun maxsus pataklar o’rnatilgan. Bularning hammasi ba’zan juda foydali bo’ladi va kishini o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ayollarga kelsak, ular qanday qilib uzunroq ko’rinish mumkinligini yaxshi bilishadi. Oyog’iga baland poshnali poyafzal kiyish kifoya. Poshna qanchalik baland bo’lsa, shuncha uzunroq ko’rinishadi. Lekin juda baland poshnali oyoq kiyimlari oyoq va umurtqa pog’onasiga yuk tushirishini unutmaslik kerak.

    Tashqi ko’rinishga yetarlicha e’tibor berib, doimo yelkani tik tutsangiz va kiyimlarni e’tibor bilan tanlasangiz, qad-qomatingiz siz istagan chiroyda bo’ladi.

    Bo’y o’stirish uchun mashqlar

    Bo’yni o’stirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan va ko’plab odamlar tomonidan sinovdan o’tkazilib, odamning tabiiy ravishda o’sishiga yordam berishi mumkin. Eng yaxshi ma’lum bo’lgan bo’y o’stirish texnikasi quyida keltirilgan:

    • Turnikda tortinish. Turnikda osilib turish va tortinish bo’y os’tirish uchun foydali ekanligini barcha bilsa kerak. Iloji bo’lsa har kuni tongda turib, 3-5 minut shunchaki turnikda osilib turing. Umuman olganda, turnikda qilinadigan barcha mashqlar bo’y o’sishiga yordam beradi.
    • Inversion mashqlari. Ushbu texnikaning ma’nosi shundaki, mashq tananing teskari holatida sodir bo’ladi (bosh pastda, oyoqlar yuqorida). Doimiy mashqlar ajoyib natijalarga erishishga yordam beradi. Bu mashqlar, bo’y o’stirishidan tashqari, umurtqa pog’onasi uchun juda foydali. Ular umurtqalararo churra, lumbosakral radikulit, bukrilik kabi turli xil muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
    • Velosiped mashg’ulotlari. Velosiped hayadash oyoqlarini uzaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Velosiped o’rindig’ini shunday ko’tarish kerakki, pedalga oyoqning uchi zo’rg’a yetsin. Mashg’ulotlar uchun sizning odatiy velosipedingiz ham to’g’ri keladi.
    • Suzish. Bo’yni o’stirish uchun suzishning eng yaxshi uslubi — brass usulidir. Agar siz muntazam ushbu uslubda suzayotgan bo’lsangiz, tanangiz doimiy cho’zilishlar va bo’shashishlar ta’sirida bo’ladi. 2 sm yoki undan ko’p o’sish uchun kuniga bir soatdan haftasiga kamida 3 marta mashq qilish kerak.

    Bo’y o’tirish uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan bir qatorda, to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri yondashuv va uyqu ham juda muhimdir.

    Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish

    Kerakli «qurilish materiali» va energiya bo’lmasa, tana o’sish uchun resurslardan mahrum bo’ladi. Shuning uchun, siz qanday qilib bo’yingizni uzunroq qilish haiqda o’ylayotgan bo’lsangiz, ovqat ratsioningizga ko’proq e’tibor bering.

    Organizmdagi o’sish gormoni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun yuqori glitsemik indeksli mahsulotlar miqdorini kamaytirish kerak. Ratsiondan shirinliklar, un mahsulotlari, juda shirin mevalarni cheklash yoki chiqarib tashlash kerak. Dietologlar kechki taomga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Kechqurungi taomnomada ko’proq oqsil va kamroq uglevod saqlagan mahsulotlar, masalan, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, pishloq, ko’katlar, yong’oq, urug’lar, dukkaklilar bo’lishi kerak. Oziq-ovqat qo’shimchalarini iste’mol qilish ham zarar qilmaydi. Ularda rux mikroelementi bo’lishi kerak. Ushbu mikroelement o’sish gormoni ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.

    Uzun bo’y sohibi bo’lishni hohlasangiz, shuningdek ovqat ratsionidagi kaltsiy miqdorini nazorat qiling. Ularning o’sish davrida yetishmasligi bo’yning past bo’lib qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’proq sut, pishloq, yogurt, tvorog iste’mol qiling, ular kasltsiyga boy hisoblanadi. Rux mikroelementi esa qovoq, qo’zichoq go’shti, yer yong’oq kabi mahsulotlarda ko’p.

    Bo’y o’stirishning radikal usullari

    Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.

    • Ilizarov usuli. Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.
    • Bliskunov usuli. Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.

    Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob

    Xulosa o’rnida uzunroq bo’lishni istaganlar tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga e’tibor qarataylik.

    1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?

    Ehtimol, agar o’sish sohasini qandaydir tarzda uyg’otishga muvaffaq bo’lsa. Suyaklar doimo mexanik ta’sir natijasida tashqi sharoitlarga moslashishi uchun o’sishi mumkinligi ma’lum. Barmoqlari bilan doimo ishlaydigan ba’zi bir professional massajistlar, vaqt o’tishi bilan qo’llaridagi suyaklarini uzayganini sezishadi. Basketbol va voleybol o’yinchilarida yetakchi qo’l ko’pincha boshqasidan ko’ra uzunroq bo’ladi. Ko’proq oyoqari bilan ishlaydigan jangchilarda, hatto kattalarda ham oyoqlari uzayishi kuzatiladi. Har qanday pianinochi yoki gitarist barmoqlariga e’tibor bersangiz ham bunga amin bo’lasiz. Mantiqan, inson organizmi shunday tuzilganki, agar hayotiy zarur bo’lsa, suyaklar har qanday yoshda cho’zilishi va qalinlashishi mumkin.

    2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?

    Mashg’ulotlarga oqilona yondashuv bo’lganda ijobiy ta’sir qiladi.

    3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?

    Inson tanasi o’ziga xos bo’lgan nisbatlarni saqlab qolish xususiyatiga ega.

    4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?

    Odatda, 5 sm dan oshiq o’sganigizda, bu uzunlik siz bilan qoladi. Agar siz 1-2 sm o’sgan bo’lsangiz, unda bu yutuq vaqtinchalik bo’lishi mumkin va mashg’ulotlar davom ettirilishi kerak.

    5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?

    Uzoq muddatli uyqu tananing tabiiy o’sishi uchun juda muhim shartdir. Somatotropin gormonining asosiy miqdori uyqu paytida ishlab chiqariladi. Agar inson doimiy uyquga to’ymasa, unda bo’yni o’stirish uchun muntazam jismoniy mashqlar ham yordam bermaydi.

    Agar sizning bo’yingiz past bo’lsa, bu siz butun hayotingiz davomida past bo’y bilan yashashingizni anglatmaydi. Yuqorida tavsiya etilgan hayot tarzi, uslubi va ovqatlanish bo’yicha ko’rsatmalarni e’tiborga olib, o’zingizga mos usullardan foydalanishingiz mumkin. Sabr-toqat qilish kerak, agar siz choralarni qo’llayotgan bo’lsangiz, natijalar uzoqqa cho’zilmaydi.

    Qo‘l-oyoqlar nega muzlaydi?

    Avvalo, boshlang‘ich tushunchalar bilan tanishib chiqamiz. Oyoq-qo‘llarning muzlashi aksariyat holatlarda odatiy bo‘lishi mumkin. Ular doimo sovuqni birinchi sezadi va oxirida isiydi. Bu hayotda qolish mexanizmining muhim elementidir.

    Sovuq muhit sharoitiga tushib qolsak, miya qo‘l-oyoqlardagi tomirlarni siqilishga majbur qilib, qon aylanishi cheklanadi. Qon kamroq soviydi va oyoq yoki kaftlardan ko‘ra muhimroq bo‘lgan ichki organlarda issiqlikni ushlab turishga yordam beradi.

    Biroq, ba’zida boshqacha bo‘ladi: muhit unchalik ham sovuq emasga o‘xshaydi, ammo qo‘llaringiz va oyoqlaringiz baribir muzlay boshlaydi va ularni qizdira olmaysiz. Bu nima bilan bog‘liq bo‘lishi haqida quyida o‘qiysiz.

    1. Siz tashvishlanasiz, stressga tushgansiz

    Stressli vaziyatga organizmning tabiiy javob bu qonga adrenalin chiqarilishidir. Ushbu gormon tanani safarbar qilishga yordam beradi va «jang yoki yugurish» holatiga samarali tayyorlaydi. Atrofdagi qon tomirlarining keskin torayishi tayyorgarlikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Jang yoki yugurish paytida qo‘l yoki oyog‘ingizdan jarohat olish vaziyatida ushbu qisilish kerak bo‘ladi: qon yo‘qotish kamroq bo‘ladi, demakki, hayotingizni xavf ostida qoldirmaydi.

    Albatta, zamonaviy hayotda stressning yirtqich hamlasi yoki o‘tkir qilich bilan qurollangan dushmanning hujumi bilan bog‘liqligi kamdan-kam uchraydi. Ammo tananing reaksiyalari o‘zgarmasdir: oyoq-qo‘llardagi tomirlar keskin torayadi, qon aylanishi yomonlashadi. Natijada qo‘l va oyoqlarda harorat tushib ketadi.

    Chorasi qanday?
    Eng muhimi, dam olish va tinchlanish. Stressdan xalos bo‘lishingiz bilan oyoqlaringiz va qo‘llaringiz yana isiy boshlaydi.

    2. Sizda qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar mavjud

    Qon aylanishining yomonligi, oyoq-qo‘llar muzdek bo‘lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Qon aylanishining yomonlashishiga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin:

    • tomirlarni toraytiradigan noqulay holatda turish;
    • tomirlarning varikoz kengayishi;
    • xolesterin oshishi, u tomirlarda qon oqimiga xalaqit qiladigan tangachalar (blyaki) yuzaga kelltiradi;
    • chekish;
    • yurak-qon tomir kasalliklari;
    • kamharakat hayot tarzi.

    Chorasi qanday?
    Agar muzli oyoq muammosi sizni doimiy ravishda bezovta qilsa, shifokor bilan maslahatlashing. U qon aylanishi buzilishining aniq sababini aniqlaydi va uning oldini olish uchun zarur tavsiyalar beradi. Gap, aksincha, bir martalik vaziyat haqida ketayotgan bo‘lsa, ehtimol, o‘rningizdan turishingiz va qizib olishingiz yetarli.

    3. Sizda temir tanqisligi kamqonligi mavjud

    Oddiy qilib aytganda, qonda gemoglobin yetishmasligi. Muntazam sovuq qo‘llar va oyoqlar ushbu kasallikning asosiy alomatlaridan biridir.

    Chorasi qanday?
    Temir yetishmasligi, qoida tariqasida, o‘zini zaiflik, tez charchoq, mo‘rt sochlar va tirnoqlar orqali sezdiradi. Agar siz muzlash bilan bir qatorda ushbu alomatlarni ham payqasangiz, shifokoringizga murojaat qiling. U qon tahlili natijalariga ko‘ra ratsionni tartibga solishni maslahat beradi yoki maxsus dori-darmonlarni buyuradi.

    4. Sizda qalqonsimon gormonlar yetarli emas

    Gipotireoz juda keng tarqalgan holat bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli o‘zini sezdirmaydi. Ehtimol, kichik belgilar kuzatilar: tez charchash, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, teri quruqlashishi. Qo‘l va oyoqlar muzlashi ham metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining erta alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin.

    Chorasi qanday?
    Yana, shifokor qabuliga borishni maslahat beramiz (darhol endokrinologga borishingiz mumkin) va qalqonsimon gormonlar tahlili uchun qon topshiring. Natijaga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, shifokor sizga qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanishni buyuradi.

    5. Sizda qandli diabet bor

    Qonda glyukoza ortishi qon tomirlariga salbiy ta’sir qiladi: ular elastik qobiliyatini yo‘qotadi va torayadi. Sh sababli, to‘qimalarga boruvchi qon oqimi yomonlashadi va oyoq-qo‘llar muzlay boshlaydi.

    Bundan tashqari, diabetning yoqimsiz asoratlari bor — muntazam yuqori shakar miqdori tufayli oyoq kaftlarida asab tugunlari shikastlanishi sababli periferik neyropatiya. Natijada, oyoqlaringiz yonayotgandek yoki aksincha, muzli bo‘lib tuyulishi mumkin.

    Chorasi qanday?
    Ehtimoliy diabet kasalligini tasdiqlash yoki rad etish uchun terapevt bilan bog‘laning. Agar kasallik tashxisi qo‘yilsa, shifokor oyoq muzlashidan xalos bo‘lishga yordam beradigan davolanishni taklif qiladi.

    6. Sizda buyrak bilan bog‘liq muammo bor

    Buyraklar faoliyatida nosozliklar yuzaga kelishi shish paydo bo‘lishiga olib keladi, bunda tomirlar siqilib, qon aylanishi buziladi. Bu avvalo oyoq-qo‘llar shishi va natijada doimiy sovuqlikka sababchi bo‘ladi.

    Qo‘l-oyoqlar nega shishadi?

    Chorasi qanday?
    Shifokorga murojaat qiling. U buyraklaringizni tekshirishga yordam beradigan tahlillarni tayinlaydi. Agar zaruriyat tug‘ilsa, shish va u bilan bog‘liq yoqimsiz simptomlardan xalos bo‘lishga yordam beradigan dori-darmonlarni buyuradi.

    7. Sizda anoreksiya bor

    Bunday ovqatlanish buzilishi, odam ovqat yeyishni rad etishiga va tez vazn yo‘qotishiga olib keladi. Anoreksiya sabab bo‘lgan yog‘ to‘qimalari yetishmasligi tufayli tanada issiqlikni saqlab qolish qiyinlashadi. Hayotiy muhim ichki organlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan haroratni ushlab turish uchun miya atrof-muhitda — oyoq-qo‘llarda qon aylanishini cheklaydi.

    Chorasi qanday?
    Anoreksiya oyoq va qo‘llarni muzlatishdan tashqari yetarli alomatlarga ega. Ularning asosiylari keskin vazn yo‘qotish va «ortiqcha» kaloriya oldida tahlika. Agar bu sizga tanish bo‘lsa, jiddiy buzilishlarning rivojlanishini o‘tkazib yubormaslik uchun zudlik bilan terapevt ko‘rigiga boring.

    8. Siz surunkali ravishda yetarli darajada uxlamaysiz

    Uyqusizlik moddalar almashinuvi va umumiy qon aylanishini sekinlashtiradi. Qon aylanishi sekinlashishi esa boshqalar qatori, oyoqlarimizni muzlatadi.

    Chorasi qanday?
    Uxlab oling va doimiy ravishda kuniga kamida 7-8 soat dam olishga harakat qiling. Bu nafaqat oyoq-qo‘llarni isitishga yordam beradi, balki umumiy farovonlik va sog‘likka foydali ta’sir ko‘rsatadi.

    Qo’l va oyoq terisining yorilishi sabablari va davolash usullari

    Agar siz ushbu sahifadagi havola orqali biror narsa sotib olsangiz, biz kichik komissiya olishimiz mumkin. Bu qanday ishlaydi.

    Ko’p odamlar uchun, qishda quruq havo qo’llar, lablar yoki oyoqlarda quruqlikka olib kelishi mumkin bo’lgan paytda yorilgan teri paydo bo’ladi yoki yomonlashadi.

    Ba’zida yorilgan teri ekzema yoki toshbaqa kasalligi kabi teri holati tufayli yoki terining tirnash xususiyati beruvchi moddaga tegishi tufayli paydo bo’ladi.

    Yoriq teri, shuningdek, asosiy tibbiy holatning alomati bo’lishi mumkin. Masalan, qandli diabet bilan yashaydigan odamlar tagida terining yorilib ketganligini sezishi mumkin.

    Ushbu maqolada biz qo’llar, oyoqlar va lablar terisi yorilishining ba’zi keng tarqalgan sabablarini, shuningdek, yordam beradigan davolash usullari va uy sharoitlarini ko’rib chiqamiz.

    Yoriq teri nima?

    Amerika Dermatologiya Uyushmasining (AAD) ma’lumotlariga ko’ra, yorilgan terini belgilaydigan yoriqlar yoki kesmalar odatda odamning terisi quruq yoki tirnash xususiyati bo’lganida paydo bo’ladi. Qurigan va yorilgan teri:

    Ba’zi odamlar har qanday mahsulotni yorilgan teriga surtishda yoqimsiz his-tuyg’ularni his qilishlari mumkin. Ularning terisi suv harorati va uy tozalash vositalariga nisbatan sezgirroq bo’lishi mumkin.

    Yoriq teri tananing har qanday qismida paydo bo’lishi mumkin, ammo bu ayniqsa qo’llar kabi ochiq joylarda seziladi.

    Rasmlar

    Sabablari

    Qo’llarning, oyoqlarning va lablarning yorilgan terisi turli sabablarga ko’ra rivojlanishi mumkin.

    Quruq teri

    AAD eslatishicha, qattiq qish harorati va shamol terini bezovta qilishi mumkin. Havoning namligi tushganda, terining qurishi va yorilishi boshlanishi mumkin.

    Sovuq yoki quruq ob-havo sharoitida ko’plab odamlarda quruq va yoriq lablar paydo bo’ladi. Yalash, tishlash va terish yorilgan lablarni yanada kuchaytirishi mumkin.

    Dermatit bilan bog’laning

    Kontakt dermatit – bu qichiydigan, quruq teri toshmasi bo’lib, odam ma’lum bir moddaga tushganda paydo bo’ladi. Bu odamda allergiya bo’lganligi sababli yoki modda toksik yoki tirnash xususiyati beruvchi bo’lishi mumkin.

    Misol uchun, lateks qo’lqopi bilan lateks allergiyasiga chalingan odam kontakt dermatitini rivojlantirishi mumkin. Gripp davrida qo’llarni tez-tez yuvish ham quruqlikka, qichishishga yoki yorilishga olib kelishi mumkin. Bu shuningdek, COVID-19 pandemiyasi paytida qo’l yuvish uchun ham amal qiladi.

    COVID-19 pandemiyasi paytida teri kasalliklari bo’lgan odamlarning qo’llarini tez-tez yuvish haqida ko’proq bilib oling.

    Egzema

    Ekzema yoki atopik dermatit bilan og’rigan odamlarda terining qurishi va qichishi kuzatiladi. Terining qizarishi va yallig’lanishi ko’rinishi mumkin. Ko’pincha, chizish döküntüyü yanada kuchaytiradi.

    Ekzema terining to’sig’i juda ko’p namlikni yo’qotishga imkon berganida paydo bo’ladi. Namlikning etishmasligi quruqlikka va ba’zan terining yorilishiga olib keladi. Ekzemaga nima sabab bo’lishi har doim ham aniq emas, lekin u oilalarda yuqishi mumkin.

    Psoriaz

    Psoriaz – bu teriga ta’sir qiluvchi otoimmun holat. Psoriaz bilan og’rigan odamlarda, odatda, bosh terisi, magistral va bo’g’imlarning atrofida juda quruq terining parchalari bor. Biroq, yamaqlar tananing har qanday joyida paydo bo’lishi mumkin. Psoriaz bilan og’rigan ba’zi odamlar og’riqni boshdan kechirishadi.

    Sportchining oyog’i

    Sportchining oyog’i yoki tinea pedis – bu oyoq qo’ziqorini qo’zg’atadigan infektsiya. Ringworm – qo’ziqorinlarning bir turi. Sportchining oyoq belgilariga quyidagilar kiradi:

    • qichishish
    • oyoq barmoqlari orasidagi toshma
    • terining tozalanishi
    • terining yorilishi

    Odamlar sportchining oyoqlarini olishlari mumkin, agar ular ko’p vaqtni suvda o’tkazsalar, ko’p terlashsa yoki terining nafas olishiga imkon bermaydigan poyabzal kiysalar.

    Diyabetik neyropatiya

    Qandli diabet bilan og’rigan odamlarda oyoqlari bilan bog’liq muammolar paydo bo’lishi mumkin. Bunga quruq yoki yorilgan teri kiradi.

    Asab tizimidagi o’zgarishlar tufayli diabetga chalingan odamlarning oyoqlari kam terlaydi. Namlikning ko’pligi sportchining oyoqlari uchun xavf tug’diradigan omil bo’lsa, juda ozligi terini quritib, yoriqlarni keltirib chiqaradi.

    Ba’zi odamlar oyoqlarini ko’rmayotganliklari sababli, ularni tekshirish uchun sherigiga yoki shifokoriga ishonishlari kerak. Oyoqlardagi yoriqlar terisi odamda infektsiya yoki og’riqli teri yarasi paydo bo’lguncha sezilmasdan qolishi mumkin.

    Davolash

    Odamning davolanishi uning yorilgan terisi sababi va joylashishiga bog’liq bo’ladi.

    Sovuq havoda yoki qo’lni tez-tez yuvish natijasida yuzaga keladigan yoriqlar uchun AAD terining namligini saqlashni tavsiya qiladi. Odam buni qo’llarini yuvgandan so’ng darhol xushbo’y va bo’yoqsiz qo’l kremini yoki moyni surtish orqali amalga oshirishi mumkin.

    Yoriq teri uchun namlovchi vositani tanlashda odamlar ushbu foydali tarkibiy qismlarga e’tibor berishlari kerak:

    • zaytun yog’i
    • jojoba yog’i
    • shi yog’i
    • sut kislotasi
    • karbamid
    • gialuron kislotasi
    • dimetikon
    • glitserin
    • lanolin
    • mineral moy

    Alkogolli qo’llarni tozalash vositalari ham quruqlikni keltirib chiqarishi mumkinligi sababli, dermatologlar ularni ishlatgandan keyin namlovchi vositani qo’llashni maslahat berishadi.

    Ekzema va toshbaqa kasalligiga chalingan odamlar, shuningdek, alevlenmeyi oldini olish va terini himoya qilish uchun nemlendirici kremlardan foydalanadilar. Biroq, ular alevlenmeyi nazorat qilish uchun qo’shimcha davolash usullarini talab qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kirishi mumkin:

    • kortikosteroid kremlari
    • kalsineurin inhibitörleri
    • dorilar
    • UV nurlari terapiyasi

    Agar teriga yuqtirilgan bo’lsa, shifokor antibiotikli malham yoki tabletkalarni ham buyurishi mumkin.

    Bir maqolaga ko’ra, sportchining oyog’i bo’lgan odamlar terlashning oldini olish uchun oyoq kiyimlarini almashtirishlari yoki talk qo’yishlari kerak bo’lishi mumkin. Shuningdek, ular qo’ziqorinni davolash uchun qo’ziqorinlarga qarshi vositalardan foydalanishlari kerak bo’lishi mumkin.

    Xalqaro hamshiralik tadqiqotlari jurnalidagi maqolada oyoqlarda qon oqimining etishmasligi diabetga chalingan odamlarning terisi yorilib ketishiga sabab bo’lishi mumkinligi aytilgan. Siqilgan paypoq kiyish orqali oyoqdagi qon oqimini boshqarish yordam berishi mumkin.

    Uyda davolanish usullari

    Yoriq terining yomonlashishini oldini olish uchun odamlar qo’llarini issiq suv bilan yuvishdan saqlanishlari kerak. Issiq hammom va dush quruq yoki yorilgan terini yomonlashtirishi mumkin. Dermatologlar quyidagilarni tavsiya qilishadi:

    • issiq suv o’rniga iliq foydalanish
    • namlikni yopish uchun hammom eshigini yopish
    • dushdagi vaqtni maksimal 10 daqiqagacha cheklash
    • ozgina miqdorda xushbo’y hidsiz tozalash vositasi bilan yuvish
    • terini silamoq bilan emas, balki qoralash orqali quritish
    • qoralanganidan keyin darhol namlovchi vositani qo’llang

    Shifokorlar, shuningdek, odamlarga qo’llarini himoya qilish uchun qo’lqop kiyishni maslahat berishadi:

    • qishda ko’chaga chiqish
    • qo’llarni namlaydigan vazifalarni bajarish
    • qattiq kimyoviy moddalar, yog’sizlantiruvchi vositalar va boshqa moddalardan foydalanish

    Ba’zi dermatologlar havo quruq bo’lsa, uyda namlagichdan foydalanishni maslahat berishadi. AAD ma’lumotlariga ko’ra, namlagichlar quruq lablarni davolashda ham yordam berishi mumkin.

    Dudoqlar uchun balzalar, shuningdek, quruq yoki yorilib ketgan lablarni tinchlantirishga yordam beradi. Biroq, ba’zi lablar balzamlari ularning tarkibiy qismlari tufayli kuyish yoki kuyishga olib kelishi mumkin. Agar lablaringiz yorilib ketgan bo’lsa, tirnash xususiyati qilmaydigan labda balzamini tanlash muhimdir.

    Ba’zi mato quruq terini bezovta qilishi mumkin. Bu paxta yoki ipak kabi silliq, nafas oladigan matolarni kiyishga va jun kabi tekstura qilingan materiallardan qochishga yordam berishi mumkin. Gipoallergenli kir yuvish vositalari va matolarni yumshatuvchi vositalardan foydalanish tirnash xususiyati kamaytirishga yordam beradi.

    Asoratlar

    Teri yorig’i bo’lgan odamlar infektsiyaga ko’proq moyil bo’lishadi, chunki terining to’sig’i buzilgan. Teriga bakteriyalar va boshqa mikroblar kirib, infektsiyani keltirib chiqarishi mumkin.

    Yoriq joyida og’riq, qizarish, yallig’lanish yoki yiringni sezgan odamlar, albatta, shifokorga murojaat qilishlari shart. Yoriqlar qon ketishni ham boshlashi mumkin.

    Qandli diabet bilan yashaydigan odamlarning oyoqlarida qon aylanishi yomon va asab tizimida buzilishlar bo’lishi mumkin. Ushbu holatlar terining qurishi va sekin tiklanadigan yoriqlarga olib kelishi mumkin.

    Ba’zan oyoq tagidagi yoriqlar og’riqli yaraga aylanib, odamlarning turishi yoki yurishi qiyinlashishi mumkin. Bir maqolaga ko’ra, agar diabet kasalligi bo’lgan ba’zi odamlar yarasi og’irlashsa, amputatsiyani talab qilishlari mumkin.

    Shifokorga qachon murojaat qilish kerak

    Agar tez-tez namlash va terining yorilishiga olib keladigan xatti-harakatlardan qochish yordam bermasa, odam shifokor bilan gaplashishi kerak. Shifokor har qanday asosiy sharoitlarni tekshirishi mumkin.

    Farmatsevt odamga yorilgan qo’llar va oyoqlarni tinchlantirish uchun tegishli krem ​​yoki malham tanlashda yordam berishi mumkin.

    Yorilgan teridan asorat belgilari bo’lgan odamlar ham shifokor bilan gaplashishlari shart. Ushbu belgilar terini o’z ichiga oladi:

    Qandli diabet bilan og’rigan odamlarda oyoq tagida yorilgan teridan yaralar paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qilishlari kerak. Yara yurishni qiyinlashtirishi va tibbiy yordamga muhtoj bo’lishi mumkin.

    Xulosa

    Qo’llar va oyoqlardagi yoriqlar terisi qishda tez-tez uchraydi, ammo ekzema va sportchining oyog’i kabi ba’zi teri kasalliklarida ham paydo bo’lishi mumkin. Yoriq terining oldini olish uchun odamlar issiq suv va qattiq kimyoviy moddalardan foydalanishdan saqlanishlari, yuvinishdan keyin namlashlari kerak.

    Terining yorilishiga olib keladigan teri kasalliklari bo’lgan odamlar asosiy sababni davolash uchun dori-darmonlarni talab qilishlari mumkin. Agar tez-tez namlash va ogohlantiruvchi omillardan qochish yordam bermasa, odam o’z shifokori bilan gaplashishi kerak.

    Quruq teri mahsulotlarini xarid qiling

    Ushbu maqoladagi ba’zi mahsulotlarni dorixonalarda yoki Internetda sotib olish mumkin:

    • quruq teriga krem
    • ekzema kremi
    • psoriaz kremi
    • lablar uchun balzalar
    • sportchining oyoq mahsulotlari