Press "Enter" to skip to content

Oyoq kiyim qutisidan quticha, kitob javoni hamda mehmonxona bezagi yasash usullari

Zamonaviy, sifatli erkaklar oyoq kiyimini xarid qiling!
Butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bilan, Bulavka internet-doʻkonida sotib oling!

Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto)

Maxsus idishlar, savat yoki saqlash qutilarini sotib olish shart emas. Buyumlarni toza saqlash va eskirmasligi uchun oddiy oyoq kiyim qutilaridan foydalanish mumkin. Ular hech qanday xarajat talab qilmaydi va har bir uyda mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Poyabzal qutisi bir nechta qulayliklarga ega: yopiladi, ko‘pincha shkaflardagi tortma va javonlarning o‘lchamiga mos keladi, ortiqcha namlikni yaxshi singdiradigan mustahkamda kartondan qilingan. Ba’zilarida havo o‘tkazadigan maxsus teshiklari ham bor. Shuning uchun ularni oshxonadan tortib hujjatlar, zargarlik buyumlari va kiyimlargacha bo‘lgan turli xil narsalarni saqlash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, qutining chiroyli ko‘rinishi uchun uni qog‘oz, mato yopishtirish yoki arqon bilan o‘rash orqali bezash oson.

Kosmetika uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutidagi bo‘limlarni qopqoqni pichoq yoki qaychi bilan kesish orqali amalga oshirish mumkin.

Tirnoq bo‘yoqlari uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutidagi bo‘yoqlarning rangini darhol ko‘rish uchun qopqog‘iga belgi qo‘yish kerak.

Taqinchoqlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutini igna orqali teshib, unga ziraklarni joylash mumkin.

O‘quv qurollari uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Odatda qalam va ruchkalarni tartib bilan joylash qiyin, ular doimo aralashib ketadi. Lekin oyoq kiyim qutisini ichiga hojatxona qog‘ozidan qolgan aylana shaklidagi kartonlarni joylab, ularga ruchka va qalamlarni rangiga qarab solib qo‘yish ancha qulay.

Uzatkichlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Xuddi shu tarzda turli xil quvvatlagich, quloqchin kabi vositalarni ham quti ichiga joylash mumkin.

Mavsumiy kiyimlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Mavsumiy kiyimlar ichida qo‘lqop, sharf, shapka va shunga o‘xshash kiyimlar quti ichidan tartib bilan joy oladi.

Quvvatlagichlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Odatda ayrim qutilarning chet qismi teshik bo‘ladi. Bu telefonlarni quvvatlashda juda foydali. Qutining tag qismi kesib olinadi va qutining ichiga quvvatlash uchun telefonlar qo‘yiladi.

Suratlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Balki aksariyat odamlar buni allaqachon qo‘llab kelayotgandir. Chunki ularni yaxshi saqlash uchun qutilar eng qulayi.

Hujjatlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Hujjatlarni ham tartib bilan saqlash uchun qutilar yaxshi tanlov hisoblanadi.

  • Karton yordamida uy uchun kerakli buyumlar yasaymiz (foto)
  • Yosh onaning Nobel mukofotiga tavsiya qilishga arziydigan samarali layfxaklari (foto)
  • Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)

Oyoq kiyim qutisidan quticha, kitob javoni hamda mehmonxona bezagi yasash usullari

Oyoq kiyim solinadigan qutini biz ko‘pincha joy egallamasligi uchun tashlab yuboramiz. Gohida ular shunchalik qattiq va mustahkam bo‘ladiki, tashlab yuborishga ko‘zingiz qiymaydi. Axir ulardan ajoyib buyumlar yasash mumkin-ku. Biroz ijodkorlik qobiliyatingizni ishga solib, oddiy karton qutisidan o‘zingizga asqatadigan va ko‘zingizni quvnatadigan buyumlar yasab olishingiz mumkin.

1. Mayda-chuydalar solib qo‘yiladigan quti
Juda ajoyib qaror. Mayda buyumlarni solib qo‘yish uchun ortiqcha pul sarflagandan ko‘ra, uni oyoq kiyim qutisidan yasab qo‘yavering. Qutiga chiroyli matoni yelimlab chiqing. Ustiga bitta bant qo‘ndirsangiz, ajoyib pardoz qutisi hosil bo‘ladi. Qutiga gulqog‘oz ham yopishtirish mumkin. Qolganiga tasavvuringizni ishga soling.

2. Dekorativ devor polkalari
Agar sizda oyoq kiyim qutilari yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ulardan chiroyli dekorativ polkalar yasash mumkin. Buning uchun bir nechta quti, aerozol bo‘yoq, gulqog‘oz, qaychi, yelim, otvyortka va ikkita vint kerak bo‘ladi. Agar chiroyli qilib terib chiqsangiz, uyingiz o‘zgacha chiroy ochadi.

3. Kartondan kitob javoni
Bolalarning darsligi terib qo‘yiladigan quti-shkaflar ko‘rgan ko‘zni quvnatishi aniq. Uni devorga o‘rnatish, yoki stol ustiga joylashtirish ham mumkin. Biroz dekorativ vositalar qo‘shilsa, uy bezagiga ham aylanadi.

4. Katta qalamdon
Kansyelyariya mahsulotlari: qalam, ruchka, chizg‘ich, flomaster, markerlar bu qalamdonga bemalol joylashadi. Uning tashqi ko‘rinishini o‘zingiz istagandek bezashingiz mumkin. Ichiga esa temir banka joylashtiring.

5. Qo‘g‘irchoqlar uchun uycha
Agar qizalog‘ingiz bor bo‘lsa, oyoq kiyim qutisidan qo‘g‘irchoq uchun uycha yasash ham mumkin. Ozgina fantaziyangizni ishga solib, kiyim javon hamda karavot ham yaratish mumkin. Axir qutilarning uzunchoq shakllilari ham bor-ku.

6. Taqinchoqlar uchun quticha
Serhashamlikni xush ko‘radiganlar qutini baxmal bilan o‘rab, ajoyib shkatulka hosil qilishlari mumkin. Qora barxat yuzada taqinchoqlar juda chiroyli ko‘rinadi.

7. Vannaxona uchun dekor
Oyoq kiyim qutisiga paxtali mato yoki jgut o‘rab, ichiga paket solib qo‘ying. Kir bo‘lgan kiyim, sovun yoki sochiqlarni shunda saqlash mumkin.

8. Mehmonxona uchun bezak
Bu borada dizaynerning maslahatini olish muhim. Bir nechta oyoq kiyimi qutisi qopqog‘ini olib, tasavvuringizni ishga soling. Mato va gulqog‘ozlardan tashqari barg va patlar, rangli tosh, folga, chig‘anoq va shu kabi vositalardan foydalanib bezash ham mumkin.

9. Mini proyektor
Do‘stlaringizni hayron qoldirishni istaysizmi? Shunchaki quti yonidan dumaloq teshik ochib, unga linzani joylashtiring. Bir tomoni yassi linza. Linzaning to‘g‘risiga smartfonni qo‘yib, filmni yoqing. So‘ng popkornni olib, bemalol filmdan zavqlanish mumkin.

Oyoq kiyim qutisiga quyidagi buyumlarni joylash mumkin:

• Tikish anjomlari;
• o‘yinchoqlar;
• tirnoq uchun laklar;
• asbob-uskunalar;
• urug‘lar;
• ziravorlar;
• eski fotolar;
• zaryadkalar;
• taqinchoqlar;
• mato bo‘laklari.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Erkaklar oyoq kiyimi

Zamonaviy, sifatli erkaklar oyoq kiyimini Oʻzbekistonda sotib olish

Zamonaviy, sifatli erkaklar oyoq kiyimini xarid qiling!
Butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bilan, Bulavka internet-doʻkonida sotib oling!

Savollar bormi? Qoʻngʻiroq qiling:
Ish vaqti: 9:00–18:00 dushanbadan jumagacha. Shanba: 9:00–17:00
Kompaniya haqida

  • Buyurtma qanday rasmiylashtiriladi
  • Yetkazib berish sharti
  • Toʻlov
  • Qaytarish shartlari
  • Oʻlchab koʻrish xizmati
  • Obuna
  • Obunani bekor qilish
Aksiyalar, chegirmalar va yangi tovarlarni kuzatib boring:
Установите приложение:

Nega xaridorlar «Bulavka»ni tanlaydilar

Kiyim-kechak, poyabzal, oʻyinchoqlar va aksessuarlarning keng va istalgan paytda buyurtirishga hozir tanlovi. Barcha tovarlar omborlarimizda mavjud va oʻzbekistonning istalgan shahriga yetkazib beriladi.

Doim siz uchun:

  • har kuni – 80% gacha chegirmalar;
  • Toshkentda 10 tagacha tovarni bepul oʻlchab koʻrish;
  • katalogda 2 000 dan ziyod brend;
  • toʻlov tizimlari oqali toʻlash (mintaqalar uchun):

Tovarni tanlab qoʻyish uchun avtorizatsiya talab etiladi
Buyurtmani yakunlash uchun avtorizatsiya talab etiladi
Sharh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Shikoyat yuborish uchun siz tizimga kirishingiz kerak
Ovoz berish uchun siz tizimga kirishingiz kerak.
Avtorizatsiya

Birinchi marta kirishingizmi?

Buyurtmalar tarixini va koʻrilgan tovarlarni saqlash, buyurtma holatini kuzatish, manzillar kitobini boshqarish, tovarlarni Savatda saqlash uchun roʻyxatdan oʻting!