Press "Enter" to skip to content

Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar

Vyetnamka eng qulay oyoq kiyimi hisoblanadi. Biroq u ham sizga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Agar rezina bog‘lari barmog‘ingizga botsa, ularni atlas yoki ipak mato bilan o‘rab chiqing.

Poyabzal bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslaxat

Biz uy sharoitida oyoq kiyim bilan bog’liq bo’lgan noqulayliklarni bartaraf etish yo’lini siz bilan bo’lishamiz.

1. “G’irchillaydigan”poyabzal

Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida g’irchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki bo’lmasa tagiga sepib qo’yishning o’zi sizni muammodan halos etadi.

Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qo’ying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh bo’lasiz.

3. Ifloslangan oppoq keda

Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek bo’lib qoladi.

4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi og’riq

Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan bo’lsa, quyidagi usulni sinab ko’ring: oyoqning nomsiz barmog’iga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv to’qimasi mavjud bo’lib, bog’lab olish orqali unga bo’lgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada o’zingizni qulay his etasiz.

5. Xiralashib qolgan poyabzal

Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun mo’ljallangan losyon bilan tozalang. Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.

6. Juda tor poyabzal

Bir oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning. Natijani o’zingiz seza boshlaysiz.

Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar

Do‘kondan tufli xarid qilasiz-u, u oyog‘ingizga loppa-loyiqdek ko‘rinadi. Biroq uyga olib kelib kiyishni boshlaganingizda muammolar paydo bo‘ladi. U oyog‘ingizni siqishi, sirpanishi yo bo‘lmasa, terlatib yuborishi mumkin. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun nima qilish kerak? Siqilmang. Bizda bu holatlarni zudlik bilan bartaraf etadigan turli usullar mavjud. Ular yordamida oyoq kiyim bilan bog‘liq har qanday muammoga yechim topish mumkin.

Oyoqda qadoq paydo bo‘lmasligi uchun
Oyoqdagi qadoq va suvli pufakchani davolash uchun oddiy sharikli dezodorantlar qo‘l keladi. Uni oyoq terisiga surtib, qurishini kuting. Keyin oyoq kiyim ichiga ham dezodorant purkab, kiyib yurish mumkin .

Sirpanuvchi oyoq kiyim

Yangi oyoq kiyimingiz hadeb sirpanib ketyaptimi? Uning ostini qumqog‘oz bilan biroz ishqalang. Faqat me’yoridan oshirib yubormang.

Gʻichirlasa.
Tuflining g‘achir-g‘uchur ovozi joningizga tegdimi? Yangi oyoq kiyimdan voz kechishga shoshilmang. Bu kamchilikni yo‘qotsa bo‘ladi. Tufli ichiga biroz bolalar kukunidan sepasiz. Shunda g‘ichirlash qoladi.

Oyoq kiyimlar ustining qayrilib qolishi

Agar tabiiy charmdan ishlangan oyoq kiyimi buklanib qolsa, o‘sha joyning ichki tomonini ag‘darib, bug‘ bilan biroz ishlov bering. Bu jarayondan so‘ng tufli yangidek ko‘rinadi.

Baland poshna og‘ritsa

Baland poshnada yuradigan xonimlar 2-3-barmoq orasidagi og‘riqlardan yaxshi xabardor. Bunga sabab, oyoq tagidagi nerv va qon aylanishining buzilishi hisoblanadi. Baland poshnalar salbiy xususiyatini kamaytirish uchun 4-5-barmoqlarni tibbiyot plastiri bilan bog‘lab qo‘ying. Bu ahvolingizni ancha yengillashtiradi.

Etik tor kelsa
Etik ichini biroz kengaytirish uchun unga bir necha bog‘lam gazetani yaxshilab tiqing. So‘ng uni bir necha kun qoldiring. Gazeta bog‘lamlari oyoq kiyimni ancha kengaytiradi. Zarurat tug‘ilsa, buni yana takrorlash mumkin.

Agar vyetnamkalar barmoqlaringizni qirsa

Vyetnamka eng qulay oyoq kiyimi hisoblanadi. Biroq u ham sizga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Agar rezina bog‘lari barmog‘ingizga botsa, ularni atlas yoki ipak mato bilan o‘rab chiqing.

Noxush hid
Oyoq kiyimi o‘zidan noxush hid taratyaptimi? Kechqurun ichiga bir nechta quruq paketli choyni tashlab qo‘ying. Ertalab noxush hiddan asar ham qolmaydi.

Suv dog‘lari
Suv tomgach, ko‘pincha oyoq kiyimida dog‘ qoladi. Undan xalos bo‘lish yo‘li juda oson. Tish pastasiga biroz sirka aralashtirib, tuflini arting va toza suvda yuvib tashlang.

Rezinadan qilingan oyoq kiyim

Bolangizni turli yiqilishlardan himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, rezina tapochka tagiga bir necha qator issiq kley yurg‘izib chiqing.

Yaltirashi uchun!

Laklangan oyoq kiyimi avvalgidek yaltirab turishini istasangiz, ustiga oyna yuvish vositasidan sepib, mayin mato bilan arting.

Agar oyoq kiyimi siqsa
Yangi oyoq kiyimi sizga mos tushishi uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Bunga chidab o‘tirish kerak emas. Oyoq kiyimga qalin jun paypoq kiydirib, ustidan fen bilan qizdiring. Aynan siqayotgan joylariga ko‘proq e’tibor qarating.

Oyoqlar terlasa

Gipergidroz – ko‘pchilikka tanish hodisa. Oyoqni doim xushbo‘y saqlash uchun tovon qismiga kundalik gigiyenik prokladkadan qo‘ying. Ularni tez-tez almashtirib tursangiz, oyoq kiyimingizdan doim yaxshi hid taralib turadi.

Qirilgan joylar

Oyoq kiyim yuzasidagi qirilgan joylarni tibbiyot yoki texnik vazelin yordamida tekislash mumkin. Paxtali cho‘p yordamida qirilgan yuzaga vazelinni surtib, mayin harakatlar bilan uni yoyib chiqamiz.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Eskirgan kiyimlarga qayta hayot bag‘ishlash usullari

“Xitrosti jizni” nashri eski buyumlarga yangi hayot bag‘ishlash sirlari bilan bo‘lishdi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Sevimli jinsi shimingizning molniyasi o‘z joyida turmasdan, pastga tushib ketaversa, uni nina to‘g‘nag‘ich yordamida mahkamlab qo‘yish mumkin.

Oq rangli kiyimda terdan qolgan dog‘larni ketkazish uchun, uni yuvishdan oldin dog‘li joylarga limon sharbati singdirib chiqing.

Krossovkangiz kirlanib, eski ko‘rinishga kelib qolgan bo‘lsa, kir yuvish vositasi va osh sodasi aralashmasi yordamida uni oqartirish mumkin. Buning uchun aralashma bilan eski tish cho‘tkasi yordamida poyabzalning rezina qismlarini yuvib chiqing.

Agar kiyimingizda qizil vinodan dog‘ qolgan bo‘lsa, uni oq vino, gazli suv yoki tuz yordamida ketkazish mumkin. Ularning barchasi samaradorlik bo‘yicha bir xil hisoblanadi.

To‘q rangli jinsi kiyimlar o‘z rangini saqlab qolsin, desangiz, ularni yuvishdan avval kir yuvish mashinasiga sirka qo‘shing.