Tor poyabzalni kengaytirish borasida bir nechta maslahatlar
Bir oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning. Natijani o’zingiz seza boshlaysiz.
Poyabzal bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslaxat
Biz uy sharoitida oyoq kiyim bilan bog’liq bo’lgan noqulayliklarni bartaraf etish yo’lini siz bilan bo’lishamiz.
1. “G’irchillaydigan”poyabzal
Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida g’irchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki bo’lmasa tagiga sepib qo’yishning o’zi sizni muammodan halos etadi.
Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qo’ying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh bo’lasiz.
3. Ifloslangan oppoq keda
Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek bo’lib qoladi.
4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi og’riq
Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan bo’lsa, quyidagi usulni sinab ko’ring: oyoqning nomsiz barmog’iga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv to’qimasi mavjud bo’lib, bog’lab olish orqali unga bo’lgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada o’zingizni qulay his etasiz.
5. Xiralashib qolgan poyabzal
Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun mo’ljallangan losyon bilan tozalang. Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.
6. Juda tor poyabzal
Bir oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning. Natijani o’zingiz seza boshlaysiz.
Tor poyabzalni kengaytirish borasida bir nechta maslahatlar
Deyarli har bir ayolning kiyim shkafida hali biron marta ham kiyilmagan kamida bir-ikki juft oyoq kiyimi saqlanib turadi. Chunki bu oyoq kiyim oyog‘ingizni chidab bo‘lmas darajada qisadi va qanday qilib uni sotib olganingizga o‘zingiz ham hayron qolasiz.
Lekin bu unchalik katta muammo emas. Oyoq kiyimini biroz kengaytirishga urinib ko‘rishning imkoni bor.
- Agar oyoq kiyimi biroz qisayotgan bo‘lsa, oyoqqa ho‘l paypoq kiyib, xonalar bo‘ylab bu poyabzalda yurish kifoya qiladi. Bu bir necha marta takrorlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek bu oyoq kiyimini issiq fen bilan quritish tavsiya qilinadi.
- Oyoq kiyimini kengaytirish uchun muzlatish usulidan ham foydalaniladi. Tuflining ichiga oldindan sellofan paketlar joylanadi va unga to‘ldirib suv solinadi. Keyin muzlatgichga qo‘yiladi. Oyoq kiyimini uning ichida 10 soatdan ortiq ushlab turish tavsiya qilinadi, chunki bu vaqt ichida suv muzga aylanadi va uni bir-ikki santimetrga kengaytiradi.
- Suvni yorma bilan almashtirish mumkin. Yormaga suv quyish va u to‘liq shishguncha qoldirish zarur. Bu usul ham tuflingizga qo‘shimcha razmer qo‘shishga imkon beradi.
- Yormani oldindan g‘ijimlangan va ho‘llangan qog‘oz bilan almashtirish mumkin. Ho‘l qog‘ozni poyabzal ichida u to‘liq quriguncha qoldirish yoki muzlatgich ichiga qo‘yish kerak.
- Oyoq kiyimini kengaytirish uchun spirtli eritmalardan foydalanish mumkin. Aroq yoki atirni suv bilan teng miqdorda aralashtirish va bu eritma bilan poyabzal ichidagi muammoli joylarga yoki hamma joyiga surish kerak. Keyin esa bu oyoq kiyimini ho‘l paypoq bilan birga kiyish va xonalar bo‘ylab bir necha soat davomida yurish kerak.
Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 10:48
Bugun, 10:58
Bugun, 10:17
Ko‘proq yangiliklarni yuklash
- Daryo
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing
Tor shim bolada oyoq qiyshiqligiga olib keladi(mi)?
O‘g‘lim endigina bir yoshni qarshiladi. Asta-sekin yurishga harakat qilyapti. Ammo uning oyoqlarini maymoqlanib, qiyshiq bosayotganidan tashvishga tushyapman. Bu xastalikning kelib chiqish sabablari nima? Shifokorlar «ulg‘ayishi bilan yaxshilanib ketadi», deyishdi. Chindan ham hech qanday davo choralarini ko‘rish shart emasmi?
Salima Karimova,
Sirdaryo viloyati
— Maymoqlik — ikki xil bo‘ladi: tug‘ma va orttirilgan. Homilaning ikki-besh oyligida oyoq panjalari rivojlanadi, — deydi ortoped-travmatolog Rustam SHAROPOV. — Shu vaqt oralig‘ida onaning qandaydir xastalikni boshdan kechirishi yoki oilaviy kelishmovchiliklar, asab buzilishi holatlari homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qolaversa, shifokor nazoratisiz turli dori vositalarini qabul qilish ham shunday holatga olib keladi. Rentgen yoki ish joyidagi sharoit taqozosi sabab nurlanishlar ham bolada tug‘ma oyoq qiyshiqligiga sabab bo‘ladi.
Orttirilgan maymoqlikka esa miya to‘qimalari va nerv tolalaridagi o‘zgarishlar, jarohat, suyak sinishlari olib keladi.
Ikki haftaligidan boshlash
Bola tug‘ilganda, albatta, ortoped nazoratidan o‘tishi zarur. Oxirgi yillarda tug‘uruqxonalarda qo‘shimcha mutaxassislar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmayapti. Shu masala bo‘yicha bir necha marta mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildik. Ammo hech qanday natija yo‘q. Agar tug‘ilganidanoq tashxis qo‘yib, davolash boshlansa, oyoqni yumshoq boylam va yengil uqalash bilan davolash imkoni ancha yuqori. Bolaning kindigi tushgach, ya’ni ikki haftadan keyin davolash choralarini boshlashning ayni vaqti. Bizda chilla davri deb qirq kungacha chaqaloqning oldiga hech kimni kiritishmaydi. Yosh ona bolaning oyog‘i qiyshiqligini qayerdan bilsin? O‘zi shunday bo‘lar ekan-da, deb e’tibor bermaydi. Qirq kundan keyin esa davolash nisbatan qiyin kechadi.
Eng oson va arzon davo
Shifokor bolani ko‘rib, zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazgandan keyin aniq tashxis qo‘yadi. Kasallikning turli darajalari mavjud. Yengilroq ko‘rinishi bo‘lsa, turli uqalash, fiziodavo va shinalar buyuriladi. Sekin-asta bolaning oyog‘i to‘g‘rilanadi.
Qiyshiqlik ko‘proq bo‘lganda, ya’ni og‘ir darajalarida uqalash va shinalarning o‘zi kifoya emas. Bunday vaqtda bosqichma-bosqich gips qilish buyuriladi. Bu davolashning eng oson va arzon usuli. Bemor to‘liq shifo topguncha to‘rt-besh marta gips qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Og‘ir ko‘rinishlarini ikki-uch oy davomida to‘g‘rilash mumkin. Shunda ham asoratlar qolish ehtimoli mavjud. To‘g‘rilangan oyoq paylari tortilib qoladi. Bunday vaqtda jarrohlik usuli bilan ular uzaytiriladi. Shundan keyin shina taqiladi va maxsus oyoq kiyimlar tavsiya etiladi. Kechqurun suyak to‘qimalari biroz bo‘shashgan holatda bo‘lgani uchun bolaga uxlaganda alohida to‘g‘rilovchi oyoq kiyimni ikki yarim yilgacha kiydirish zarur.
Bir yoshdan so‘ng bu usullarning foydasi kam. Keyin faqatgina jarrohlik yo‘li bilan davo qo‘llash mumkin, xolos. Hatto og‘ir darajalaridan shikoyat qilib kelgan to‘rt-besh yoshli bolalar suyaklarining oralariga maxsus moslamalar qo‘yiladi.
Asoratlari
Bu xastalikka vaqtida e’tibor qaratmaslik keyinchalik bolaning tashqi ko‘rinishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Uzoqdan ham uning oyog‘i qiyshiqligini bilish mumkin. Qolaversa, bemalol yura olmaydi, tez charchaydi. Uning ruhiyatida ham salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bola boshqalarga ko‘rinishdan uyaladi, odamovi bo‘lib qoladi. O‘rtoqlari bilan bemalol o‘ynay olmaydi. Ota-ona ham farzandining bu holatidan siqiladi.
Qadamni qiyshiq tashlasa.
Maymoqlikning yana bir turida bola kichikligida oyog‘ini qiyshiq tashlab, keyinchalik tabiiy ravishda to‘g‘rilanib ketadi. Ekologik muhitning buzilishi, hamda texnikaning rivojlanishi sabab hozir aksariyat bolalarda bu holat kuzatilmoqda. Bola tug‘ilgan vaqtda son suyak boshchasi to‘liq rivojlanmaydi. Shu bois bola son suyagining to‘g‘ri harakatlanishi uchun qadamini ichkariga qarab bosadi. Bu unga ancha qulaylik tug‘diradi. To‘g‘ri yursa, tez charchab qoladi. Ayrim chet davlatlarda bunday holatlar bemorlik hisoblanmaydi. Ma’lum vaqt o‘tib son suyak boshchasi o‘sib, asta-sekin joyiga tushadi. Oyog‘i ham to‘g‘rilanib ketadi. Nisbatan yengil turlarida shunday, og‘ir darajalarini, albatta, davolash zarur.
Shu bilan birga, ovqatlanishga alohida e’tibor berib, vitaminlarga boy taomlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Suyak rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan kalsiyga boy sut, tvorog kabi mahsulotlar tavsiya etiladi. Shuningdek, uni toza havo va quyoshda chiniqtirish ham yaxshi samara beradi.
Qulay va tabiiy bo‘lsin
Avvallari yosh bolalar keng shim, shalvarlar kiyishardi. Tor tikilgan shimda bola qiynalib yuradi. Hatto oyog‘ini tashlay olmaydi. Hozir hamma zamonaviylik ortidan quvib bolalarni ham qiynab qo‘yishyapti. Shu tarzda bolaning oyog‘i qiyshayishiga o‘zimiz sababchi bo‘lib qolamiz. Kiyimlarining toza paxtadan, yurishga qulay bo‘lishiga alohida e’tibor berish juda muhim.
Bolaning oyoq kiyimi esa toza teridan tikilgan, yengil va tag qismi yumshoq bo‘lish kerak. Shunda bolaning oyog‘i erkin bukilib, yoziladi. Uning oldi uchli emas, dumaloq bo‘lishiga alohida e’tibor bering. Har bir bolaning oyoq kiyimi o‘ziga mos bo‘lsin. Ba’zan ota-onalar bir-ikki o‘lcham katta oyoq kiyim olishadi. Bu juda zararli. Uning ichida o‘ynab turgan oyoq qiyshayishga moyil bo‘ladi. Bitta paypoq bilan loyiq turishi kerak. Poyabzalning tovon qismi tekis emas, albatta, bir santimetr baland bo‘lishi kerak. Bolada tayanch-harakat tizimining to‘g‘ri rivojlanishida bu kabi jihatlarni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.