Press "Enter" to skip to content

Yapon olimlari ko rish qobiliyatini tiklashning noyob usulini kashf qildi

Ildiz hujayralarining ajoyib xususiyati bor. Ular o’z-o’zini yangilay oladi. Qolaversa, qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanish qobiliyatiga ega. Shu bois bu «mitti organizm»lar zamonaviy tibbiyotda bemor tanasidagi zararlangan hujayralarni almashtirishda qo’llaniladi.

Uzbek tilida Bu shunaqa o’yin

Futbol jamoasining murabbiyi va eng yaxshi futbolchilar – Bushuev va Milenkov o’rtasidagi ziddiyat futbolchilarning jamoani tark etishiga olib keldi. Milenkov ilmiy-tadqiqot institutiga qaytib keldi va Bushuev viloyat shahriga jo’nab ketdi, murabbiy bo’ldi va o’yinga ilmiy yondashuvga asoslanib, qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdi .

Skachat Bu shunaqa o’yin Uzbek tilida Tarjima kino

Kinoni yuklab olgandan so’ng, iltimos, sharhingizni qoldiring va filmga baho bering.

O’xshash kinolar

Edem: Jannatmakon orol
Matonat Kurashi
Tubsiz moviy dengiz 2
Ko’rkam yigit

Izohlar

Haftaning TOP reytingi
Tungi Bo’rilar
Vampirlar Kundaligi
Bizning oxirgimiz / so’ngimiz
Top Gan: Meverik
Arvoh ovchilari Lokvud jamoasi

Все права на фильмы принадлежат их авторам. Кино и видео представлены только для ознакомления.
Администрация сайта не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя © 2020-2022 uzbeklar.biz
Bosh sahifa | Jahon kinosi | Hind kino | О нас | Правообладателям | DMCA | ahmadakauzb@gmail.com

Yapon olimlari ko’rish qobiliyatini tiklashning noyob usulini kashf qildi

Ildiz hujayralarining ajoyib xususiyati bor. Ular o’z-o’zini yangilay oladi. Qolaversa, qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanish qobiliyatiga ega. Shu bois bu «mitti organizm»lar zamonaviy tibbiyotda bemor tanasidagi zararlangan hujayralarni almashtirishda qo’llaniladi.

Yapon olimlari esa dunyoda ilk bor induksiyalangan plyuripotent o’zak hujayralaridan ko’z shox pardasini o’stirib, uni jarrohlik yo’li bilan donorga ko’chirib o’tkazishdi.

Xo’sh, bu yangilikning nimasi olamshumul?

Gap shundaki, shu paytgacha qo’llanilayotgan usulga muvofiq, insondan ko’chirib o’tkazilgan ko’z shox pardasi an’anaviy tarzda ildiz otadi. Ammo bemor tanasi donor shox pardasini rad eta boshlaydi. Chunki unda begona immunitet hujayralari mavjud bo’ladi.

Yaponlar o’tkazgan tadqiqot esa — noyob tajriba. Chunki ildiz hujayralaridan o’stirilgan shox parda immunitet tizimidan xoli. Shu sababli uni organizm ijobiy qabul qiladi.

Qolaversa, donorlik yo’li bilan ko’chirib o’tkazilgan ko’z shox pardasi vaqt o’tishi bilan qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Masalan, kunchiqar mamlakatda 1500 nafarga yaqin kishi shunday muammodan aziyat chekmoqda. Yangi izlanishlar ana shu murakkabliklarga barham berishi mumkin.

Shox parda epiteliysi kasalligiga chalingan 40 yoshli yapon ayoli klinik sinovga rozilik bildirdi. Operatsiyadan so’ng uning ko’rish qobiliyati tiklandi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Moziyga qaytib. Poydevor (1-qism)

Avval eslatib o’tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O’zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Gazetaning ilk sonidan qanday maqolalar joy olishi haqida uzoq bosh qotirildi. Men futbolimizda eng birinchi isloh qilinishi bo’lgan yo’nalish sifatida bolalar futbolini ko’rsatdim va “Poydevor” degan maqolani yozib berdim. Hajmi kichina, hech qanday fakt, raqam va tahlil yo’q. Lekin aynan shu maqolaga gazeta chiqqan kunning o’zida mutasaddilar tomonidan etiroz bo’ldi. Ular “ilk sondan tanqidiy maqola berish shartmidi, sizlar birinchi navbatda futbolni targ’ib qilishinglar kerak” degan fikr bildirishdi. Dastlab ana shu maqolachani etiboringizga havola etamiz.

POYDEVOR
(“O’zbekiston futboli” gazetasining 1993 yil 21 iyul sonidan olingan).

Yaqinda bir tanishim o’g’liga futbol o’ynaydigan biror oyoq kiyim topib berishimni iltimos qildi. «Men bir-ikki sport buyumlari do’konini axtarib topa olmadim, sen esa xar xolda shu soxaga yaqin odamsan», deb qo’shib qo’ydi. Unga bunday poyafzalni oddiy sport jurnalisti bir chetda tursin, mashxur futbolchi Mirjalol Qosimovning o’zi izlab topa olmayotganini aytganimda xang-mang bo’lib qoldi. Keyin «ha, futbol o’ynamasa-o’ynamabdi- da», deb boshqa mavzuga o’tib ketdi.

Men esa futbol o’ynash ishtiyoqida oyoq kiyimi izlab yurgan minglab bolalarni o’ylab ketdim. Ular baribir futbol o’ynayverishadi, buning uchun hech narsa to’siq bo’la olmaydi. Butsi bo’lmasa yalang oyoq o’ynayverishadi, maydon bo’lmasa ko’chada ikkita g’isht qo’yib «darvoza» yasashadi. Bunday holni nafaqat bizda, balki dunyoning narigi chekkasida joylashgan Braziliyada ham kuzatish mumkin. U erda ham minglab bolalar dengiz va okean chetidagi qumliklarda yalang oyoq koptok tepishadi. Faqat farqi shundaki, ularning o’yinini yuzlab murabbiylar tomosha qilishadi va oxir-oqibatda eng istedodlilarini tanlab olib, futbol klublariga joylashtirishadi. Mashhur Pele ham, Garrincha ham, Braziliyani uch karra jahon chempioni qilgan ko’pgina futbolchilar ham o’sha qumliklarda «kashf qilingan». Biz esa shuncha paytgacha ko’cha changituvchilarga «bo’ldi, bekorga tentirashni bas qil, jiddiyroq ish bilan shugullan», deya maslahat berganmiz.

SHukrlar bo’lsinki, futbolning ahamiyatini biz ham tushuna boshladik. Hukumat bu borada tarixiy hujjat qabul qildi, ota-onalar farzandlarini futbol maktablariga etaklayaptilar. Qani endi ishbilarmonlar ham yurtimizga «Smirnoff», «Rasputin» aroqlari va «Polo» sigaretalari o’rniga futbol kiyimlari, poyafzallari, anjomlari olib kelishsa. Biz ko’rmagan narsalarni farzandlarimiz ko’rishsa, bizdan chiqmagan futbol chempionlari ulardan chiqsa.

Lekin «holva» degan bilan og’iz shirin bo’lmaydi. Orzular ro’bga chiqishi uchun amaliy ish kerak. Hukumat o’z qarori bilan O’zbekiston futboli uchun poydevor qo’ydi. Ana shunday poydevor har bir viloyat, shahar va tumanlarda qo’yilishi zarur. Eng muhimi, ular mustahkam bo’lishi kerak. CHunki bolalar futboliga etibor bermay turib katta futbolni rivojlantirib bo’lmaydi. O’zbekiston futbol federaciyasining yaqinda bo’lib o’tgan Ijroiya qo’mitasi ham bu masalaga jiddiy yondashdi. Bolalar futbol maktablarini ko’paytirish uchun tadbirlar belgilandi.

. Aytgancha, haligi tanishim o’g’liga baribir butsi olib beribdi, Kievnikini. Tijorat do’konidan. 10 ming so’mga. Lekin gap pulda emas. Muhimi, tanishim farzandi kelajakda haqiqiy futbolchi bo’lib etishishi uchun poydevor qo’yibdi.

Abror IMOMXO’JAEV.
(Davomi bor).