Press "Enter" to skip to content

О‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati

nutqiy kompetensiyani rivojlantirish:
og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantirish
ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish
malakalarini hosil qilish
sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni
to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy
grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va
yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish
malakalarini o‘stirish

Ozbek tili davlat tili

“Elektromagnit moslashuv markazi”
davlat unitar korxonasi

Ishonch telefoni:
+998 (71) 202-61-68
+998 (95) 340-41-07

  • Asosiy
  • Markaz haqida
  • “EMMM” DUK yangiliklari
  • O’zbek tili – Davlat tili

O’zbek tili – Davlat tili

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan 2021 yil 4-oktyabr kuni “EMMM” DUK ning 2021 yil 7 sentyabrdagi 42-8/6249 sonli xatiga va ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan “O’zbek tili – Davlat tili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, davlat tili xar bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdan iborat edi. Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi, huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog’i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Til – millat qiyofasining bir bo’lagi hisoblanadi.

2021 yil 21-oktyabr kuni, O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to’ladi. Shu munosabat bilan, bu kunni bayram kuni sifatida nishonlash bo’yicha muxtaram Prezidentimiz qaror imzoladilar.

Davra suxbati qizg’in munozaralarga boy tarzda o’tdi. Ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va o’z fikrlarini bildirdilar.

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

Shuningdek, o’qing

  • Biz haqimizda
  • Rahbar murojaati
  • Tuzilma
  • Rahbariyat
  • Markaziy apparat
  • Viloyat bo’limlari
  • “Oqtosh” dam olish maskani
  • Soha yangiliklari
  • “EMMM” DUK yangiliklari

“О‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati

2. 1-MAVZU: “O‘ZBEK TILI” FANINING MAQSADI VA VAZIFASI, UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI. DAVLAT TILI VA YANGI ALIFBONI JORIY ETISH

TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR, ULARNING IJROSI
REJA:
• 1. “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni
o‘rganishning ahamiyati.
• 2. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
• 3. Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi qonun
va uning ijrosi.

3.

Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas
bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom
ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas
insoniy burchimizdir.
SH.M.MIRZIYOYEV
1989-YIL 21-OKTYABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI
MAQOMI BERILGAN KUN
Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi.
Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili
bayrami kuni» deb belgilandi.

4.

5.

6.

FANNI
OʻQITISHDAN
MAQSAD
“O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi va vazifasi
talabalarning o‘zbek tilidan olgan bilimlarini
yanada boyitish, o‘z fikr-mulohazalarini o‘gzaki
va yozma ravishda erkin bayon eta olishlariga
erishish. Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun
mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni
taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborotkommunikasiya tizimidan keng foydalanish.

7. Fanning vazifasi – o‘qituvchi va talaba oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi

nutqiy kompetensiyani rivojlantirish:
og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantirish
ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish
malakalarini hosil qilish
sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni
to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy
grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va
yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish
malakalarini o‘stirish

8.

1991-yil 31-avgustda O’zbekistonning mustaqil
Davlat sifatida ajralib chiqishi, BMTga a’zo
bo’lib kirishi (1991-yil 1-iyul) munosabati
bilan, O’zbekiston hududida hamma millat,
xalqlar o’rtasida yaqinlik, hamjihatlikni
o’rnatish niyatida O’zbekiston Oliy Kengashi
1995-yil 21-dekabrda “Davlat tili haqida” gi
qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Mavzu: Dunyo tillari va unda Ozbek tilining tutgan o’rni. Umumxal tili va adabiy til. Reja

Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind , o’ngayaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari.

Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.

Jahon tillari – yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. Jahon tillari umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). Jahon tillari ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b.

Qardoshligiga koʻra Jahon tillari tillar oiyaasita birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi.

Bular orasida qad. eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi.

Qadimiy hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir.

Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi.

Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi:

1) Shimoliy german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi;

2) Gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan.

Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.

Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.

Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.

Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).

Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. Jahon tillari orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.

Kartvel (Janubiy Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi.

Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari ) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi.

Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan.

Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. Jahon tillarining anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qadamiy yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan.

Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.

Sobiq Sho’rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog’ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig’ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug’lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo’nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo’llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo’ldi.

1988-yildan boshlab o’zbek ziyolilari ham matbuotda o’zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko’tarib chiqdilar.

Bu masalaga bag’ishlangan bir qancha anjumanlar bo’lib o’tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o’zbek tili O’zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Burning natijasida o’zbek tili respublikamizda o’tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo’llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.

«Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o’tgach, respublikamiz hayotida katta o’zgarish ro’y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e’tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o’rtasidagi obro’-e’tibori oshdi. O’zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.

«Davlat tili haqida»gi Qonunning ko’p moddalari o’z kuchini yo’qotdi yoki tahrirtalab bo’lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo’ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O’zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O’zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o’zining aniq ifodasini topdi. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko’rsatishi, rivojlanishi, O’zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o’z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko’rsatadi.

  1. O’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari.

Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. Bundan o’zbek xalqi ham mustasno emas.

Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o’g’uz, qipchoq, uyg’ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko’plab qabilalar o’zbek xalqining shakl-lanishida muhim o’rin tutgan.

Otashzabon shoir Turdi Farog’iy:

— Tor ko’ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,

To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling, —deb yozganida o’zbek xalqining tashkil topishida 92 urug’ vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.

Darhaqiqat, O’zbekistonning qayeriga borsangiz, dar-xon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug’ nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o’tganligidan aks-sado berib turadi.

Birgina «qipchoq» atamasini olib ko’raylik. Qipchoq-mahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo’jaligida mavjud. Bu nom o’zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o’rin tutganligidan dalolat

berib turibdi. Bu gapni o’g’uz, qorluq-chigil-uyg’ur qa-bilalariga nisbatan ham aytish mumkin.

Naql qiladilarki: «0’tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo’q». Aziz o’quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olish-ga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.

Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo’linadi. Til oilalari shu oilaga asos bo’lgan til nomi bilan yuritiladi. O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning ham-masi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, turk-man, ozarbayjon, usmonii turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.

Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrlarga bo’ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O’rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllani-shi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.

Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo’g’ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqianib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, Iekin qadim­gi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O’rxun-enasoy, uyg’ur (qisman moniy), sug’d yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.

Eski Turkiy Til. Eramizning XI asrlaridan boshlab qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va Qoraxoniylar sulolasi hukmronligida-gi o’zlarining davlatlarini tashkil etdi.

Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda Somoniylarga qarashli boigan Buxoro va Samarqandlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg’ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o’ziga bo’ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.

Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg’ur madaniyatining va g’arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirili-shi uning yozma madaniyatida ham o’z ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgor-liklaridan biri Mahmud Koshg’ariyning «Devonu Iug’atit-turk» nomli qomusiy asaridir.

Bu asar turkiy tillarning o’sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xu-susiyatlari haqida to’la ma’lumot beruvchi qimmatli man-badir. Shu bilan birga turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.

Mahmud Koshg’ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o’rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo’rialishiga asos soldi.

Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorli-gi — bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilik» («Baxt kel-tiruvchi bilim») asaridir. Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo’lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo’ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ah­mad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarlari shu davr-ning eng buyuk adabiy durdonalaridir.

Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osi-yodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi va shuning uchun bu davr tili ko’pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy tii deb yuritiladi.

Mahmud Koshg’ariy Chindan tortib to Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday deb yozadi:

— Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urugiari bor. Men bulardan asosiy-larini — ona urugiarini yozdim, shaxobchalarini tashladim.

«Devonu lug’atit-turk»dagi ma’lumotlarga qaraganda, o’sha davrda bajanak, qipchoq, o’g’uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, ig’raq, uyg’ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan «eng yengili — o’g’iz, eng to’g’risi, yaxshi-si — yag’mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til — haqoniy o’lkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta’kidlangan.

Eski turkiy til eski o’zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o’rin tutgan.

Eski O’zbek Adabiy Tili. Qoraxoniylar davri adabiy tili o’zbek tilining shakllani-shi uchun ham asos bo’ldi. Bu davrdagi ikki adabiy til an’anasi sharqiy (qorluq-uyg’ur) adabiy tili va g’arbiy (qipchoq-o’g’uz) adabiy tili o’zbek tilining shakllanishida xizmat qildi.

Xususan, g’arbiy til an’anasida yozilgan Qui Alining «Qissai Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an’anasida yozilgan Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy» (1309—1310) asarlari o’zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir.

A. Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o’zbek tilining yorqin namunasidir.

«0’g’uznoma», «Tafsir» (Qur’onning so’zma-so’z tar-jimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning «Xus-rav va Shirin», Sayfi Saroiyning «Guliston», Xorazmiy-ning «Muhabbatnoma» asarlari eski o’zbek tilida yaratilgan dastlabki namunakrdir.

Arab, fors-tojik tillariga xos boigan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o’zbek tiliga kp’plab o’zlashdi. Bu davrda o’zbek qabilalari boshqa boshladilar.

O’zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdin-ning «Mo’g’ulIar tarixi» asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo’shin boshliqlaridan biri O’zbektoy deb atalgan.

O’zbek degan so’zning «o’ziga bek», «otliq qo’shin», «sod-da», «to’g’ri», «insofli», «saxiy», «odamoxun», «diltortar», «suyukli» kabi ma’nolari ham

mavjud. O’zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig’atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo’lib qolishi Shayboniyxon boshchiligidagi o’zbek urug’larining Markaziy Osiyoda o’troqlashuvi, hokimiyatni o’z qo’llariga olishi bilan bog’liq.

O’zbek tilining takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lut-fiy singari o’nlab, yuzlab so’z ustalari xizmat qilgan bo’lsalar, Mavlono Alisher Navoiy uning obro’yini dunyoga tanitdi. Navoiy davri va Navoiygacha boigan davrda o’zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan. XVI asrdan o’zbek urug’larining nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi. Shuningdek, o’zbek tili mo’g’ullar bosqinidan so’ng shu yerga egalik qilgan Chig’atoy nomi bilan, rus bosqini davrida esa ruslar tomonidan sart tili nomi bilan ham yuritilgan.

Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o’zbek tilining shakl-lanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo’lgan o’zbek tili eski o’zbek tili deb nomlanadi.

Demak, eski o’zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan o*zbek tili tarixini o’z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o’zida mujassam etadi.

Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog’iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Holmuhammad o’g’li Furqat, Muhammad Aminxo’ja Muqimiylarning eski o’zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xiz-matlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o’zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinaniilonlar va tikonlar o’rab turganligini ta’kidladi.

Navoiy eski o’zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikon»lardan tozalab berdi.

Eski o’zbek adabiy tili hozirgi o’zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhim o’rin tutgan.

  1. Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari

O‘zbek tili – ko‘p dialektli til. Bu uning m urakkab tarixiy taraqqiyot yoTini bosib o ‘tganligi, bugungi о ‘zbek millati o‘tmishda xilm a-xil etnik tarkibga ega boMganligi bilan belgilanadi.

O‘zbek m illiy tilini tashkil etuvchi turli-tum an shevalari uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular:

1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi;

2) qipchoq lahjasi;

3) o ‘g ‘uz lahjasi.

Lahjalar o‘zaro farqli xususiyatga ega. Bu farqlar, aytilganidek, lahjalaming har biri dastlab har xil qabila yoki qabila birlashmalarining tili bolganligi bilan bog’liq.

Bu tarixiy jarayonni har tom on lama to‘g‘ri anglagan E.Polivanov о‘zbek tilining ko‘p dialektli til ekanligini nazarda tutib: « O‘zbek milliy tili (o‘zbek iahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) уagona tizimning, aslida hech qachon amalda bo‘lmagan о‘zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo’li bilan emas, balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan», – degan edi. O‘zbek xalqining shakllanish tarixi bilan yuzaki tan ish ish dan ham shunday xulosaga kelish mumkin.

O‘zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi O‘zbek milliy adabiy tilining me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida
mavqega ega edi.

O‘zbek tili bu lahjasining nom lanishida («qarluq-chigi 1-uyg‘ur lahjasi») bir muncha anglashilm ovchilik mavjud. Birinchidan, bu atam adagi chigil so‘zi ortiqcha. chunki chigillar qarluqlam ing bir bo‘g‘ini, xolos. Bu bo‘g ‘in qanchalik katta va, Koshg‘ariy so‘ziga ko‘ra, ahamiyatli bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub. Ikkinchidan, atam a tarkibidagi uyg’ur so‘zinm g ham qadimgi uyg‘urlarga hech qanday aloqasi yo‘q.

Bu atama о‘zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g ‘arbiy xun tarmog’ining qarluq guruhiga m ansub bo’lgan hozirgi uyg‘ur tiliga ishora qiladi, xolos. Shuning uchun hozirgi о‘zbek milliy adabiy tili me’yorlarining bu lahja xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nom lanishida tarixchi va shevashunoslam ing xulosasi zarur. A.K. Borovkov qayd qilib oMganidek, о‘zbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos boMgan deb aytib bo‘lmaydi.

Buning bosh sababi shundaki, hozirgi о‘zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an’anasining (jumladan, eski turkiy, eski o‘zbek, yangi о‘zbek adabiy tillarining) bevosita davom i va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an ’anasiga ega boMmagan xalqlarda bolganidek) tam om an yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til kamida m ing yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, o‘zbek tilining barcha lahjalari o’zbek tilining taraqqiyotiga ma’lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining adabiy tiiga ta’siri bir sohada kuchliroq bolsa, boshqa sohada o’zga bir shevalar guruh ining ta’siri ko‘proq seziladi.

Masalan, Andijon, Farg‘ona shevalari o’zbek tiliga xos eng ko‘p tarqalgan gram m atiк shakl lardan birini ~ hozirgi zamon fe’lining -yap affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu shakl qipchoq lahjalari da ham aynan shunday qo’llanadi. Shunisi xarakterliki, bir qarashda adabiy tildan birm uncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq lahjasi morfologiyasi singarm onizm dan, ya’ni fonetik o ‘ziga xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent shevasida x va h tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari shakllari farqlanmaydi.

Qipchoq shcvalarida esa ular qat’iy ajratiladi. Qipchoq shevalarining adabiy til lug’atini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor.

Masalan, qirqim, o’tov, to’l, sarimoy, chakki, chalop, uloq, sovliq kabi umumiy va chorvachilik atam alari, quyruq, bovur, patir, tovoq, kulchatoy, lochira singari parrandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq shevalaridan kirib kelgan. Adabiy tilning rivojlanishiga о ‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi ham m a’lum darajada hissa q o ‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi yoshulli, o’g’lon, buyon, qaydin, qorago’z kabi qator so’ziam i misol sifatida keltirish kifoya. Demak, о‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba bo‘lgan tarixiy an ’ana bilan bir qatorda barcha lahja hamda shevalam ing o ‘ziga xos o ‘mi bor.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.

2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.

3. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995.

4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.

5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007.

  1. http://library.tersu.uz
  2. https://n.ziyouz.com
  3. http://library.navoiy-uni.
  4. http://kutubxona.adu.uz

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami

1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan esa 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 31 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami” kuni keng nishonlanmoqda. Xuddi shunday tadbirlar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudlarida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tashkil etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudida Zarafshon shaxar va Tomdi tuman jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari sudya va xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, buyuk tarixga ega ona tilimizga mustaqil yurtimizning davlat tili maqomi berilgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlayotgani hamda davlat tilida ish yuritish va uning o‘ziga xos fazilatlarini saqlab qolish bo‘yicha sud tizimida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Huquqshunosning asosiy qurollaridan biri til ekanligi bois, o‘zbek tilining sud-huquq sohasidagi tutgan o‘rnini yanada chuqur o‘rganish va tahlil qilish soha mutaxassislarining e’tiboriga molik masala hisoblanadi.

Darhaqiqat, yetuk sudyaning rasmiy hujjatlarni davlat tilida bexato tuza olishi, ish jarayonida o‘z nuqtai nazarini ravon ifodalay bilishi adolatni qaror toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

D.Ergasheva

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi

D.Xonbo‘tayeva

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi raisi

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.

Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.

Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktyabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash

va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

oʻzbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

davlat tilini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) uch oy muddatda:

“Oʻzbek tili bayrami kuni” ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini;

“Davlat tili haqida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;

b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;

v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020-2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:

mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;

taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining

nutq madaniyatini oshirish;

davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;

davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik

va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 21-oktyabr

Tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar

  • O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
  • Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmasini bosing

© 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI MA’NAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTI