O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan g’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»
Indonesian Journal Publisher
Yogyakarta 55253, Indonesia
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIZIL KITOBI”GA (2006-2019) KIRITILGAN CHINNIGULDOSHLAR(CARYOPHYLLACEAE) OILASINING SOLISHTIRMA TAHLILI
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitob”i 2006- 2019-yil nashrlarining 1-tomiga kiritilgan Chinniguldoshlar oilasining solishtirma tahlili amalga oshirilgan.
Article Details
Most read articles by the same author(s)
- Abduxalilova Madinaxon Abdurayim qizi, O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIZIL KITOBI”GA (2006-2019) KIRITILGAN CHUCHMOMADOSHLAR(AMARYLLIDACEAE) OILASINING SOLISHTIRMA TAHLILI , Web of Scientist: International Scientific Research Journal: Vol. 4 No. 2 (2023): wos
- Abduxalilova Madinaxon Abdurayim qizi, COMPARATIVE ANALYSIS OF THE FAMILY OF FLOWERS (IRIDACEAE) INCLUDED IN THE RED BOOKI OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN (20 06-2019) , Web of Scientist: International Scientific Research Journal: Vol. 4 No. 2 (2023): wos
Current Issue
Indexing
Information
Web of Scientist: International Scientific Research Journal
Contact Email: academiascienceinfo@gmail.com
Address:
Andri Putra Kesmawan
Indonesian Journal Publisher
Yogyakarta 55253, Indonesia
All the articles published by this journal are licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.
O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan g’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»
Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madinaxon Abduxalilova
Ushbu maqolada Qizil kitobning yaratilish tarixi hamda O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning 2006-2019yil nashrlarining 1-tomiga kiritilgan G’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по естественным и точным наукам , автор научной работы — Madinaxon Abduxalilova
O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan ayiqtovondoshlar oilasining solishtirma tahlili
O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan burchoqdoshlar oilasining solishtirma tahlili
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI
NUROTA TUMANIDA UCHROVCHI KOVRAK O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan g’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili»
O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan g’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili
Madinaxon Abduxalilova madinaxon14092004@mail.ru Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qizil kitobning yaratilish tarixi hamda O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning 2006-2019- yil nashrlarining 1-tomiga kiritilgan G’ovzabondoshlar oilasining solishtirma tahlili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Qizil kitob, G’ovzabondoshlar, maqomi, o’sish holati, O’zR FA Botanika bog’i.
Comparative analysis of the govzabondosh family included in the “Red book” of the Republic of Uzbekistan (2006-2019)
Madinakhon Abdukhalilova madinaxon14092004@mail.ru Andijan State University
Abstract: This article provides information about the history of the creation of the Red Book and a comparative analysis of the Govzabondosh family included in volume 1 of the “Red Book” of the Republic of Uzbekistan in 2006-2019.
Keywords: Read book, Govzabandosh, status, state of growth, botanic garden of the UzR SA.
Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo’qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo’lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o’rin tutishini ham inkor etmaslik lozim[4].
1948 yilda uncha katta bo’lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o’tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) tashkil etildi. TRAI oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri yo’qolib ketish arafasida bo’lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko’rish shart bo’lgan o’simlik va hayvonot turini aniqlash bo’lgan.Shu maqsadda 1949 yilda doimiy qutqarish qo’mitasi xizmati tashkil etildi. Unga turli
mamlakatlarning taniqli zoologlari kiritildi. Bu qo’mitaga tabiatni asrash bo’yicha eng obro’li mutaxassislardan biri – angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi. Qo’mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot turlari ro’yxatini tuzish (bilan) va nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro’yxat muvaffaqiyatli tarzda Qizil kitob, deb nomlandi.
Qizil kitobning ilk ko’rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og’ir mehnat talab qilindi. U 1963 yilda ikki tomlik kitob ko’rinishida dunyo yuzini ko’rdi. Har bir hayvonot turi uchun alohida sahifa ajratildi va unda qisqa shaklda ayni vaqtdagi va o’tmishdagi yashash tarzi, holati, umumiy soni, himoya qilish bo’yicha qabul qilingan va qilinishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar, tutqinda bo’lgan hayvonlar sanog’i va ko’payishi bilan bog’liq ma’lumotlar kiritildi. Yo’qolib borayotgan eng noyob hayvon turlari esa qizil sahifada chop etildi.Qizil kitobning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo’lib, 1966-1971 yillarda nashrdan chiqarildi[4].
O’zbekiston Qizil kitobi ilk bor 1979 yilda ta’sis etilgan, mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlar haqida ma’lumotlar kiritilgan. Bundan ko’zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari e’tiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat[3].
“Qizil Kitob”ning 2006- yilgi nashriga 325 ta o’simlik turlari kiritilgan bo’lib, 5 ta tur(mayda moviygul, nurota moviyguli, oqtog’ moviy guli, yirik halqagulli tangabarg, Buxoro g’ichmolasi)G’ovzabondoshlar oilasiga mansub turlar hisoblanadi. Ushbu turlardan Yo’qolgan yoki yo’qolgan bo’lishi mumkin mumkin bo’lgan turlar (Maqomi – 0) mavjud emas, Yo’qolish arafasida turgan turlar (Maqomi – 1) ham mavjud emas, kamyob turlar (Maqomi – 2) soni 5ta, son jihatdan kamayib borayotgan turlar (Maqomi – 3) ham mavjud emas. (1-jadval)[1].
Ushbu 5 ta tur o’simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etganimizda, ushbu o’simliklarning 3tasi bir yillik o’t o’simlik, 1tasi 2 yillik va yana bir tur o’simlik ko’p yillik o’t o’simlik ekanligi ma’lum bo’ldi.(1-jadval)[1].
Jami turlar soni Maqomi Hayot shakli O’sish holati O’sish joyi
0 1 2 3 Bir yillik o’ t Ikki yillik o’ t Ko’ p lyiliko’ t Tabiiy Mada-Niylashti-rilgan SA o T Adir Yaylov Cho’ l
5 0 0 5 0 3 1 1 5 0 5 0 0 0
“Qizil Kitob”ning 2019-yilgi nashriga 314 ta o’simlik turlari kiritilgan bo’lib bulardan 7 ta tur (Mayda moviygul, nurota moviyguli, oq tog’ moviyguli, yirik halqagulli tangabarg, Buxoro g’ichmolasi, yirik ildizli mexrigiyoh, boshoqsimon noneya) G’ovzabondoshlar oilasi hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu turlardan Yo’qolgan yoki yo’qolgan bo’lishi mumkin mumkin bo’lgan turlar (Maqomi – 0) mavjud emas, Yo’qolish arafasida turgan turlar (Maqomi – 1) soni 4ta, kamyob turlar (Maqomi – 2) soni 3ta, son jihatdan kamayib borayotgan turlar (Maqomi – 3) mavjud emas. (2-jadval)[2].
Ushbu 7 ta tur o’simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etganimizda, ushbu o’simliklardan 4ta tur 1 yillik o’t o’simlik hayotiga mansub ekanligi, yana bir turning 2 yillik o’t o’simlik hayotiy shakliga mansub ekanligi, yana bir tur ning esa ko’p yillik o’t o’simlik hayotiy shakliga mansub ekanligi ma’lum bo’ldi. (1-jadval).(2-jadval)[2].
Jami turlar soni Maqomi Hayot shakli O’sish holati O’sish joyi
0 1 2 3 Bir yillik o’ t Ikki yillik o’ t Ko’ p lyiliko’ t Tabiiy Mada-Niylashti-rilgan m o H Adir Yaylov Cho’ l
7 0 4 3 0 4 1 1 7 0 7 0 0 0
Ushbu maqolada, G’ovzabondoshlar oilasi vakillarining Qizil kitobga (2006-2019-yillardagi nashrlariga)kiritilgan turlari solishtirildi. Bu orqali Qizil kitobga kiritilgan mazkur turlarning soni 2006-2019-yillar oralig’ida 2taga ortganligi, ushbu oilaga mansub Qizil kitobga kiritilgan turlarning madaniylashtirilayotganligi haqida ma’lumotlar yo’qligi, faqatgina 1ta tur bo’yicha olib borilgan ishlar natijasiz tugaganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu o’simliklarni aksariyat ko’pchiligi uchun muhofaza choralari ishlab chiqilmagan bo’lib, 1ta tur o’simlik (yirik ildizli mehrigiyoh) muhofaza qilinmaydi. Buni esa, G’ovzabondoshlar oilasi vakillarining Qizil kitobga kiritilgan turlar soni 2006-2019-yillar oralig’ida ortganligining sabablaridan biri deb hisoblash mumkin.
1. O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” 1-jild. – Toshkent: Chinor ENK, 2006 .
2. O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” 1-jild. – Toshkent: Chinor ENK, 2019.
3. O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” 1-jild. – Toshkent: Chinor ENK, 2016.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi elektron shaklda yuritiladi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Uz24.Uz‘ning yozishicha, hujjat Qizil kitobda qayd etiladigan hayvonlar va o‘simliklarga oid ma’lumotlarning turlarini, ularni Qizil kitobga kiritish va undan chiqarish asoslari hamda tartibini, shuningdek, Qizil kitobni yuritish chora-tadbirlarini va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.
Belgilanishicha, Qizil kitob Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan elektron shaklda yuritiladi. Qizil kitobning elektron shakli Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy saytiga (www.uznature.uz) joylashtiriladi. Shu bilan birga, Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydi, ularni o‘zining saytida joylashtiradi.
Ma’lumot uchun, Qizil kitob O‘zbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, o‘simliklar hamda qo‘ziqorinlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarining nobud bo‘lishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.