O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin
Фото: Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси
Шаҳрисабз ихтисослаштирилган ўрмон хўжалиги ва Шаҳрисабз тумани ИИБ ходимлари томонидан туманнинг Ҳазора қишлоғида яшовчи фуқаро Ж.Б. томонидан Танхоз дарёсининг Қорамур қишлоғидан оқиб ўтувчи қисмида 22 дона Ўзбекистон гулбалиғи ноқонуний равишда овлангани аниқланди. Бу ҳақда Ўзбекистон Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси маълум қилди.
Қизил китобга киритилган 73,5 млн сўмлик балиқларни ноқонуний овлаган шахс аниқланди
Фото: Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси
Шаҳрисабз ихтисослаштирилган ўрмон хўжалиги ва Шаҳрисабз тумани ИИБ ходимлари томонидан туманнинг Ҳазора қишлоғида яшовчи фуқаро Ж.Б. томонидан Танхоз дарёсининг Қорамур қишлоғидан оқиб ўтувчи қисмида 22 дона Ўзбекистон гулбалиғи ноқонуний равишда овлангани аниқланди. Бу ҳақда Ўзбекистон Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси маълум қилди.
Қайд этилишича, ашёвий далил сифатида фуқаро Ж.Б.дан Ўзбекистон Қизил китобига киритилган 22 дона гулбалиқ (форель) ва 2 дона қармоқ воқеа жойида олинган ҳамда баённома расмийлаштирилган. Фуқародан ҳолат юзасидан тушунтириш хати олинган. Табиатга етказилган зарар 73,5 миллион сўмга баҳоланган.
Фото: Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси
Мазкур шахс тегишли рухсати бўлмай туриб овланиши тақиқланган ноёб балиқ турини овлагани учун жавобгарликка тортилди ва табиатга етказилган зарар ундириладиган бўлди. “Замин” янгиликларини “Одноклассники”да кузатиб боринг
O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin
“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
- ular o‘sish muhiti bo‘lgan joylarda ularning sonini saqlab qolish va ko‘payishini ta’minlaydigan darajadagi miqdorda hamda tegishli toifa va turdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;
- ularning tarqalish hududida ularga zararli ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan xo‘jalik va boshqa faoliyat turlarini olib borishni taqiqlash bilan amalga oshiriladi.
- Fanlar akademiyasining xulosasi va tavsiyalari asosida ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlar belgilash;
- ularning yashash muhiti, ko‘payish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlash maqsadida xo‘jalik va boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish jarayonida ularga zararli ta’sir ko‘rsatishni taqiqlash;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish;
- tutqunlikda va yarim erkin sharoitlarda ko‘paytirish;
- ularni muhofazasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
- ularni saqlash uchun biotexnikaviy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
- maxsus yaratilgan sharoitlarda ko‘paytirish va keyinchalik tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborish;
- mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
- yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish;
- o‘lja olish maqsadida ov qilish.
O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni o‘lja olish maqsadida ovlash Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakillari ishtirokida faqatgina qari yoshdagi erkak hayvon turiga nisbatan amalga oshiriladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan Qizil kitobiga kiritilgan ayrim hayvon turlariga ov qilish (tutish) har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin.
Avvalroq Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan bo‘rsiq noqonuniy tarzda Toshkentga olib ketilayotgani aniqlangani, Buxorodan Sudoche ko‘liga olib kelingan 17 bosh turkman qulonlari olib kelingani, Qashqadaryoda ayiq o‘ldirilgani haqida xabar berilgan.
Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
Zomin qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarga qo‘ng‘ir ayiq va to‘ng‘izlar tushib qoldi, deb xabar berdi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, qo‘riqxona xodimlari tomonidan dengiz sathidan 3500−3800 metr balandlikda qo‘riqxonada yashaydigan hayvonlarning yashash tarzini kuzatish maqsadida 20 dona fotoqopqon o‘rnatilgan. Har ikki holatda ham hayvonlar tunda fotoqopqonlarga tushib qolgan.
Zomin davlat tog‘-archa qo‘riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida joylashgan. Uning maydoni qariyb 27 ming gektarni tashkil qiladi.
Agroturizm.uz loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘riqxonada baliqning 1 turi, amfibiyalarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi, sutemizuvchilarning 30 turi yashaydi. Ulardan qor qoploni, Seversov qo‘yi va qora kalxat xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qor qoploni, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, Seversov qo‘yi, qora grif, qora laylak, soqolli kalxat, burgut, oqboshli kalxat, pakana burgut, lochin va qizilboshli lochin kabi hayvonlar bor.
Davlat ekologiya qo‘mitasi «Qizilqum» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga shoqol tushib qolgani aks etgan tasvirlarini ham namoyish etdi.
«Bu hayvonlar qo‘riqxona hududida ancha keng tarqalgan bo‘lib, Amudaryo sohillari va barcha ichki suv havzalar bo‘yidagi to‘qayzor, qamishzorlar ichida ham yashaydi. Ularni kechqurunlari aholi yashaydigan hududlarga yaqin joylashgan poliz, sholi va boshqa ekin maydonlarida uchratish mumkin», — deyiladi qo‘mita xabarida.
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi Buxoro va Xorazm viloyatlari hududida joylashgan bo‘lib, u Amudaryoning qirg‘oqbo‘yi qismidagi 10,3 ming gektar maydonni o‘z ichiga olgan. Qo‘riqxonada Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz, shoqol, dasht burguti, qumloq va qamishzor mushugi kabi jami 35 ga yaqin sutemizuvchilar turi yashaydi.
- # ekologiya qo‘mitasi
- # hayvonlar
- # qizil kitob
- # qo‘riqxona