Press "Enter" to skip to content

Payg’ambarlar qissasi kitob pdf

Alloh Ibrohim (a.s.)ni hidoyat qildi va u zotni Nabiy hamda xalil (do‘st) qilib oldi. Alloh Ibrohim (a.s.)ni qavmini (haq yo‘lga) da’vat etishga va butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.

Payg’ambarlar qissasi kitob pdf

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

7

Bir kuni tunda Ibrohim (a.s.) yulduzni ko‘rdilar va “Bu mening robbim”, dedilar. Yulduz g‘oyib bo‘lgach, Ibrohim (a.s.): Yo‘q! Bu Robbim emas! dedilar.

Ibrohim (a.s.) oyni ko‘rganlarida: “Bu robbim”, dedilar. Oy g‘oyib bo‘lgach, Ibrohim (a.s.): “Yo‘q! Bu Robbim emas”, dedilar.

Quyosh chiqdi, Ibrohim (a.s.): (Mana shu Robbim. Bu kattaroq), dedilar. Kechqurun quyosh botgach esa, Ibrohim (a.s.): “Yo‘q! Bu mening robbim emas”, dedilar.

“Albatta Alloh tirik va o‘lmaydi.

Albatta Alloh hamisha boqiy qoluvchi va yo‘q bo‘lmaydi.

Albatta Alloh kuchli va uni hech bir narsa yenga olmaydi.

Yulduz zaif bo‘lib, tong undan g‘olib keladi. Oy ham kuchsizdir, quyosh unga g‘olib keladi.

Quyosh ham zaifdir, kecha (tun) unga g‘olib keladi, bulut ham unga g‘olib keladi. Menga yulduz yordam bera olmaydi, chunki u ojizdir, menga oy yordam bera olmaydi, chunki u ojizdir, quyosh ham menga yordam bera olmaydi, chunki u ham ojizdir. Menga Alloh yordam beradi. Chunki Alloh tirik va o‘lmaydi, hamisha boqiy va yo‘q bo‘lmaydi. U kuchli va Uni hech bir narsa yenga olmaydi”.

8 – Robbim Alloh

Ibrohim (a.s.) robbilari Alloh ekanini bildilar. Chunki Alloh tirik va o‘lmaydi. Albatta, Alloh hamisha boqiy va yo‘q bo‘lmaydi. Albatta Alloh kuchli va uni hech bir narsa yenga olmaydi. Ibrohim (a.s.) bildilarki, albatta Alloh yulduzlarning robbi va Alloh oyning robbi va Alloh quyoshning ham robbidir. Haqiqatda Alloh olamlar robbidir.

Alloh Ibrohim (a.s.)ni hidoyat qildi va u zotni Nabiy hamda xalil (do‘st) qilib oldi. Alloh Ibrohim (a.s.)ni qavmini (haq yo‘lga) da’vat etishga va butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.

9 – Ibrohim (a.s.)ning da’vati

Ibrohim (a.s.) o‘z qavmini Allohga da’vat qildi va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytardi. Ibrohim (a.s.) qavmiga: “Nimaga ibodat qilasizlar?” dedi. Ular: “Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz”, deyishdi. Ibrohim (a.s.): “Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?”. Ular: “Yo‘q, biz ota-bobolarimizni shunday qilayotganlarini ko‘rdik”, dedilar.

Ibrohim (a.s.): “Men bu butlarga ibodat qilmayman, aksincha men bu butlarga dushmanman”, dedilar. Men olamlarning robbiga ibodat qilaman.

“U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning O‘zi. Meni yediradigan va ichiradigan ham Uning O‘zi. Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi. Meni o‘ldiradigan, so‘ngra tiriltiradigan ham Uning O‘zi”.

Albatta butlar yaratmaydi ham, hidoyat ham qilmaydi. Albatta, ular biror zotni taomlantira olmaydi.

Agar biror kishi bemor bo‘lib qolsa, shifo berolmaydi. Albatta, ular biror kishini o‘ldirolmaydi ham, tiriltirolmaydi ham.

Пайғамбарлар қиссаси 1-қисм

GRAND TA’LIM нодавлат таълим муассасаси катта устози Анвар Аҳмад таълим даргоҳига асос солинган илк кунлардан бери фаолият юритади. Араб тили грамматикасида оид кўплаб дарслик ва адабиётлар тўпловчиси ва муаллифларидан.

arabic.uz сайтининг муҳаррири, “Риёзус солиҳийн”, “Ал-Азкор”, “Саодатга етакловчи ҳикматлар” ва бошқа кўплаб асарлар таржимони ва нашрга тайёрловчиси.

Анвар Аҳмад 1977 йилда таваллуд топган, оилали 4 нафар фарзанди бор. Миср Араб Республикасининг Азҳари Шариф, ал Азҳар институтлар бўлими, эъдодий ўрта-махсус билим юртини тамомлаган.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг шогирди. “Саҳиҳи Бухорий”дан шайх хазратларидан ижоза олган. “Олтин силсила” таржимонлар гуруҳининг аъзоси.

Аввал Миср Араб республикаси элчихонаси қошидаги фан ва таълим марказида араб тили ўқитувчиси, 2008 йилдан эса GRAND TA’LIM етакчи ўқитувчиларидан.

МАҚСАДИМИЗ

Миллий қадриятларимиз, маънавий бой меросимизни тиклаш ва уларни чуқур ўрганиш, унинг мазмун-моҳияти ва аҳамиятини халқимиз ўртасида тарғиб этиш, имом Замахшарий, Абдураҳмон Жомий каби бобокалонларимиз ижод қилган араб тили ва грамматикасига бўлган рағбатни қондириш, сақланаётган тарихий ва нодир қўлёзмаларни авлодларга етказиш, аждодларимиз ҳаёти, ахлоқи ва юксак маънавиятини ифодаловчи матнларни таржима қилиб, ёшлар қалбида улар қолдирган меросга ҳурмат, эъзоз ва муҳаббат туйғусини шакллантириш.

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ: [email protected]